*TABIIY FANLAR* *ЕСТЕСТВЕННЫЕ НАУКИ* * NATURAL SCIENCES*
УДК 615:547:635.8 CAPPARIS SPINOSA O'SIMLIGI YER USTKI QISMIDAN POLISAXARIDLAR EKSTRAKSIYASI R.A.Botirov, D.K.Mutalova, A.I.Sanoev, A.Z.Sadikov, Sh.Sh.Sagdullayev*
Kalit so'zlar: Capparis spinosa, xomashyo, erituvchi, ekstraksiya, ekstrakt, maydalik darajasi, konsentratsiya, harorat, vaqt, polisaxaridlar yig'indisi, texnologiya.
Avvalgi ishlarimizda staxidrin alkaloidi, g'unchalari va yetilmagan mevalaridan polisaxaridlar yig'indisini ishlab chiqarish texnologiyalari yaratilganligi haqida xabar bergan edik [1,2]. Yaratilgan texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan namunalarning farmakologik va toksikologik xususiyatlari o'rganilganda bir qator biologik faolliklarni namoyon qilishi aniqlangan [3,6]. Xorijiy olimlar tomonidan olib borilgan ilmiy-tadqiqotlarda Capparis spinosa o'simligi yer ustki qismidan olingan polisaxaridlar bir qator biologik xususiyatlarni namoyon qilishi aniqlangan [7-10]. Mamlakatimizda o'sadigan Capparis spinosa o'simligi yer ustki qismini tahlil qilinganimizda ko'p miqdorda polisaxaridlar saqlashi aniqlandi [11]. Tadqiqotlarimizni davom ettirib olingan polisaxaridlarning monosaxarid turlari va miqdorlari o'rganildi [12].
O'simlik xomashyolari tarkibidagi biologik faol xususiyatga ea bo'lgan moddalarni ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqishda ekstraksiya jarayoniga ta'sir etuvchi omillarni o'rganish muhim vazifalardan hisoblanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, kovul o'simligi yer ustki qismidan suvda eriydigan polisaxaridlar yig'indisini ajratib olish texnologiyasini ishlab chiqishni oldimizga maqsad qildik. Buning uchun avvalo o'simlik xomashyosi tarkibidagi suvda eriydigan polisaxaridlar yig'indisini miqdorini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun Capparis spinosa o'simligi yer ustki qismida polisaxaridlarning miqdoriy ulushini miqdorini aniqlash uchun XI Davlat Farmakopeyasida keltirilgan polisaxaridlarning umumiy miqdorini aniqlash usulidan foydalanildi.
Unga ko'ra Capparis spinosa o'simligi yer ustki qismidan iborat xomashyoning 10 g (aniq o'lcham) analitik namunasi olinib, 250 ml o'lchamli shlifli tubi dumaloq kolbaga joylandi, kolbaga 200 ml suv quyildi, kolbaga qaytarma sovutkich ulanib, aralashtirib turgan holda, elektr plitkasida 30 daqiqa davomida qaynatildi. Ekstraksiyani yana ikki marta takroran amalga oshirildi: 1-marta 200 ml suv bilan, 2-marta 100 ml suv bilan bajarildi. Suvli ekstraktlar birlashtirildi va sentrifugaga qo'yilib, daqiqasiga 5000 aylanma harakat tezligida 10 daqiqa davomida aylantirildi. So'ngra 500 ml o'lchamli kolba olinib, og'ziga diametri 55 mm bo'lgan shisha voronka joylandi, voronkaga 5 qavatli doka mato joylandi va suv bilan namlantirildi, sentrifugadan chiqqan ekstraktlar dokadan suzib olindi. Fil'tr suv bilan yuvildi va eritma hajmi o'lchov chizig'iga yetguncha suv bilan to'ldirildi (A eritma).
A eritmadan 25 ml olinib, sentrifuga stakaniga joylandi, stakanga 75 ml 95%-li etil spirti qo'shildi, yaxshilab aralashtirildi, suv hammomiga tushirilib, 5 daqiqa davomida 30°S haroratda ilitildi va 1 soatga qoldirildi. Belgilangan muddat yakuniga yetgach, sentrifugaga qo'yilib,
*R.A.Botirov - O'simlik moddalari kimyosi instituti doktoranti; D.K.Mutalova - O'simlik moddalari kimyosi instituti ilmiy xodimi; A.I.Sanoev - O'simlik moddalari kimyosi instituti doktoranti; A.Z.Sadikov - O'simlik moddalari kimyosi instituti yetakchi ilmiy xodimi; Sh.Sh.Sagdullayev - O'simlik moddalari kimyosi instituti bosh ilmiy xodimi.
65
daqiqasiga 5000 aylanma harakat tezligida 30 daqiqa davomida aylantirildi. Stakandagi suyuqlik qismi ajratib olinib, 100-105°C haroratda o'zgarmas vaznga kelguncha quritilgan, diametri 40 mm bo'lgan teshiklari o'lchami 16 shisha fil'trda vakuum ostida bosim 13-16 kPa ko'rsatkichida qoldiq fil'trdan o'tkazildi. Cho'kma qismi esa takroran fil'trga solindi va jarayon davomida avval 15 ml 95%-li etil spirtining suvli aralashmasida (3:1), so'ngra 10 ml asetonda, 10 ml etilasetatda yuvildi. Cho'kmaga ega bo'lgan fil'tr avval ochiq havoda, so'ngra 100-105°C haroratda o'zgarmas doimiy miqdorga kelguncha quritildi.
Polisaxaridlarning Capparis spinosa o'simligi xomashyosi tarkibidagi miqdori (X) mutlaq quruq xomashyoda saqlanishiga nisbatan quyidagi formula bo'yicha hisoblandi:
_ (m2 - m±) • 500 • 100 • 100
X _ m • 25 • (100 - W)
bu yerda m1 - fil'trning massasi grammlarda,
m2 - fil'trning cho'kma bilan birgalikdagi massasi grammlarda,
m - xomashyo massasi grammlarda,
W - xomashyoni quritishdagi massasining yo'qolgan miqdori foizlarda.
Capparis spinosa o'simligi yer ustki qismi turli vegetasiya davri va o'sish joyiga qarab, namunalardagi miqdoriy jihatdan suvda eriydigan polisaxaridlar yig'indisi 5,6% dan 6,5% oralig'ida ekanligi kuzatildi.
O'simlik xomashyosi tarkibidagi suvda eriydigan polisaxaridlar yig'indisi miqdori aniqlangandan keyin xomashyo tarkibidan ularni yuqori unum bilan ajratib olish yuzasidan tadqiqotlar olib borildi. Buning uchun izlanishlarimizni davom ettirgan holda, ekstraksiya jarayoniga ta'sir qiluvchi omillarning samaradorligi, ya'ni xomashyoning maydalanganlik darajasini, erituvchi turi va konsentratsiyasini, ekstraksiya harorati va davomiylik vaqtini o'rganish hamda xomashyoni necha marta ekstraksiya qilish kerakligini aniqlash uchun tadqiqotlar olib bordik.
Xomashyoning samarali maydalanganlik darajasini o'rganish uchun Capparis spinosa o'simligi yer ustki qismi (suvda eriydigan polisaxaridlar yig'indisining quruq xomashyo massasiga nisbatan miqdori 6,0%) 2 mm dan kichik, 3-7 mm, 8-12 mm qilib maydalandi. Birinchi ekstraktorga maydalanmagan, ikkinchisiga 8-12 mm uchinchisiga 3-7 mm, to'rtinchi ekstraktorga 2 mm gacha qilib maydalangan xomashyodan 0,5 kg dan joylandi.
Ekstraktorlarga xona haroratida suvdan xomashyoni to'liq qoplaguncha quyilib, 8 soatdan so'ng birinchi quyilma olindi. Bu jarayon 7 marta takrorlandi. Natijalar quyidagi 1-jadvalda keltirildi.
1-jadval. Capparis spinosa o'simligi yer ustki qismidan suvda eriydigan polisaxaridlar _yig'indisining chiqish unumiga xomashyo maydalik darajasi ta'siri_
№ Maydalik darajasi, mm Ekstraktiv moddalarning chiqish unumi (%) xomashyo massasiga nisbatan Suvda eriydigan polisaxaridlar yig'indisining chiqish unumi, %
Xomashyo massasiga nisbatan Xomashyoda saqlash miqdoriga nisbatan
1 Maydalanmagan 17,2 2,48 52,5
2 8 - 12 18,3 3,08 63,2
3 3 - 7 20,2 3,29 68,3
4 2 mm dan kichik 17,1 3,33 74,3
Jadvaldan ko'rinadiki, 2 mm gacha qilib maydalangan xomashyodan ekstraksiya qilib olinganda asosiy suvda eriydigan polisaxaridlar miqdorini yuqori bo'lishi bilan birga ekstraktni loyqa va ekstraktiv moddalarni ham ko'p miqdorda erib chiqishi natijasida fil'trlash jarayoni qiyin bo'ladi. Natijada suvda eriydigan polisaxaridlar yig'indisini ajratib olish jarayonida bir qator qiyinchiliklar kelib chiqadi. Maydalanmagan xomashyodan ekstraksiya qilinganda esa ekstraksiya jarayonini juda sekin bo'ladi va natijada ekstraksiya jarayoniga ko'p vaqt sarf bo'ladi. Eng ko'p
66
unum bilan suvda eriydigan polisaxaridlar yig'indisini ekstraksiya qilish uchun xom ashyoni 3 - 7 mm qilib maydalash maqsadga muvofiq ekanligi aniqlandi.
O'simlik xomashyosini maydalik darajasi o'rganilgach xomashyoni ekstraksiya qilish uchun samarali erituvchi tanlash uchun bir qator tajribalar o'tkazildi. Tajribalarni olib borish uchun organik erituvchilar va ularni suvli eritmalaridan foydalandik. Tajribalarni bir xir sharoitda va bir xil xom ashyo namunalaridan turli erituvchilar bilan ekstraksiya qilish orqali olib borildi.
Maydalik darajasi 2-4 mm bo'lgan, quruq xomashyo 0,5 kg dan tortib olinib, 8 ta 5l sig'imga ega bo'lgan ekstraktorga joylandi. Birinchi ekstraktorga suv, 2 ekstraktorga - etil spirti (95%), va 3,4,5,6,7 -ekstraktorlarga uning turli suvli - spirtli 80,70,60,50%,40% konsentratsiyali eritmalaridan quyildi. Barcha ekstraktorlarga ekstragentlar xomashyoni to'liq qoplaguncha quyildi va xona haroratida 6 martadan 8 soat mobaynida tindirish usuli bilan ekstraksiya qilib olindi. Ekstraksiya qilib olingan barcha spirtli ekstraktlar rotor bug'latish uskunasida suvli qism qolguncha quyultirildi. Suvli ekstrakt 1/10 qismi qolguncha quyultirildi. Quyultirilgan suvli qismdagi suvda eriydigan polisaxaridlar yig'indisining miqdori yuqorida keltirilgan usulda aniqlandi. O'tkazilgan tajribalarning natijalari quyida (2-jadvalda) keltirildi.
2-jadval. Capparis spinosa o'simligi yer ustki qismidan suvda eriydigan polisaxaridlar _yig'indisining chiqish unumiga erituvchilarni ta'siri_
Erituvchi Ekstraktiv moddalarning xom ashyo massasiga nisbatan chiqish unumi (%) Suvda eriydigan polisaxaridlar yig'indisining chiqish unumi, %
Xomashyo massasiga nisbatan Xomashyo massasiga nisbatan
Etil spirt:95% 8,1 0,25 4,2
80 % 12,2 0,74 12,4
70 % 13,5 1,4 23,2
60 % 14,6 2,1 34,8
50 % 15,2 2,75 45,7
6 40% 16,1 3,4 57,2
7 suv 20,2 3,9 65,3
Jadvaldan ko'rinadiki, 95% li konsentrlangan etil spirti bilan ekstraksiya qilinganda eng kam miqdorda suvda eriydigan polisaxaridlar ekstraktga ajralib o'tadi. Suvli - spirtli erituvchi tarkibida suvning miqdori ortib borgan sari suvda eriydigan polisaxaridlarning ekstraktga o'tishi ortib boradi va eng samarali ekstragent sifatida suv bilan ekstraksiya qilinganda 65,3% unum bilan suvda eriydigan polisaxaridlarni ekstraktga o'tishi aniqlandi.
Xomashyodan biologik faol moddalarni ekstraksiya qilishda ekstraksiya jarayoniga haroratning ta'siri ham muhim o'rin tutadi. Haroratning ortishi moddalarning erituvchida eruvchanligini oshirib, xomashyodan moddalarni erituvchiga erib o'tish jarayonini tezlashtiradi. suvda eriydigan polisaxaridlarning xomashyodan ekstraksiya qilib olish uchun ekstraksiya jarayoniga harorat ta'sirini o'rganish uchun bir qator izlanishlar olib bordik.
Maydalik darajasi 3-7 mm bo'lgan, quruq xom ashyo 0,5 kg dan tortib olinib, 4 ta kolbalarga joylandi va xom ashyoni to'liq qoplaguncha suv erituvchisidan quyildi. Birinchi kolbada ekstraksiya jarayonini olib borish uchun haroratni 20-30°C, ikkinchi kolbada 30-40°C, uchinchi kolbada 40-50°C, to'rtinchi kolbada esa 50-60°C da bo'lishini (ITJ-0-03 markali suvli termostatda, Rossiya) nazorat qilib bordik.
Ekstraksiya jarayoni 8 martadan 8 soat mobaynida tindirish usuli bilan ekstraksiya qilib olindi. Ekstraksiya qilib olingan barcha spirtli ekstraktlar rotor bug'latish uskunasida suvli qism qolguncha quyultirildi. Suvli ekstrakt 1/10 qismi qolguncha quyultirildi. Quyultirilgan suvli qismdagi suvda eriydigan polisaxaridlar yig'indisining miqdori yuqorida keltirilgan usulda aniqlandi. Olib borilgan izlanishlar natijalari 3-jadvalda keltirildi.
3-jadval. Capparis spinosa o'simligi yer ustki qismidan suvda eriydigan polisaxaridlar __yig'indisining chiqish unumiga haroratni ta'siri_
№ Harorat oC Ekstraktiv moddalarning xom ashyo massasiga nisbatan chiqish unumi (%) Suvda eriydigan polisaxaridlar yig'indisining chiqish unumi, %
Xomashyo massasiga nisbatan Xomashyo massasiga nisbatan
1 20-30 15,2 3,92 65,3
2 30-40 19,7 4,28 71,4
3 40-50 23,0 4,66 77,7
4 50-60 28,2 4,83 80,5
5 60-70 28,2 4,84 80,6
Jadvaldan ko'rish mumkinki, xomashyoni ekstraksiya qilishdagi haroratning ko'tarilishi suvda eriydigan polisaxaridlar yig'indisini ekstraksiya jarayoniga katta ta'sir ko'rsatadi. Harorat ortib borgan sari suvda eriydigan polisaxaridlar miqdorini ekstragentga erib o'tishi ham tezlashadi va chiqish unumi ham ortadi. Harorat 70°C bo'lganda ham ekstraksiya jarayonida suvda eriydigan polisaxaridlarning chiqish unumi 60°C haroratdagi bilan deyarli bir xil qiymatni ko'rsatdi. Shuning uchun Capparis spinosa o'simligi yer ustki qismini suv bilan ekstraksiya qilish jarayonidagi haroratni 50-60°C oralig'ida olib borish eng samarali ekanligini aniqladik.
Suvda eriydigan polisaxaridlar yig'indisini eng yuqori unum bilan ajratib olish uchun xomashyoni necha marta ekstraksiya qilish kerakligini aniqlash uchun bir qator tajribalarni olib bordik. Buning uchun maydalik darajasi 2-4 mm bo'lgan, quruq xomashyo 0,5 kg dan tortib olinib, 4 ta kolbalarga joylandi va xom ashyoni to'liq qoplaguncha suv erituvchisidan quyildi. Xona haroratini 50-60°C bo'lishi ta'minlandi va ekstragent quyilgach oradan 8 soat vaqt o'tgach quyib olindi. Har bir olingan suvli ekstraktlar yuqoridagi keltirilgan tahlil usullari bilan tahlil qilib borildi. Buning uchun tajribalarimiz natijasi (1-grafikda) keltirilgan.
1-grafik. Capparis spinosa o'simligi yer ustki qismidan suvda eriydigan polisaxaridlar yig'indisini chiqish unumini ekstraksiyalar soniga ta'siri
60
1-grafikdan ko'rinadiki, xomashyoni 4 marta ekstraksiya qilib olish maqsadga muvofiqdir. Ekstraksiya jarayonida har bir quyilmani olish uchun qancha vaqt sarf qilish kerakligini aniqlash uchun quyidagi tajribani olib bordik. Buning uchun maydalik darajasi 2-4 mm bo'lgan, quruq xomashyo 0,5 kg dan tortib olinib, 4 ta kolbalarga joylandi va xomashyoni to'liq qoplaguncha suv erituvchisidan quyildi. Ekstraktordagi ekstraksiya jarayonidagi haroratni 60°C bo'lishi ta'minlandi. 1-kolbadagi quyilma oradan 4 soat o'tgach, 2-kolbadagi 6 soat, 3-kolbadagi 8 soat va 4-kolbadagi 10 soat
68
vaqt o'tgach quyib olindi. Bu jarayon 5 ta quyilma olinguncha davom ettirildi. Tajribalar natijalari (3-jadvalda) keltirildi.
3-jadval. Suvda eriydigan polisaxaridlar yig'indisini chiqish unumini ekstraksiya jarayonida quyilmalar vaqtiga bog'liqligi, %
№ 1-Куйилма 2-куйилма 3-куйилма 4-куйилма ваю
1-колба 28 10 3 3 4 соат
2-колба 35 18 8 6 6 соат
3-колба 51 25 12 6 8 соат
4-колба 51,5 25 12,1 6 10 соат
Olingan natijalarga ko'ra, xomashyoni 1,2,3 quyilmalarini 8 soat, 4 quyilmasini esa 6 soat mobaynida ekstraksiya qilish samarali ekanligi aniqlandi.
Xulosa: Yuqorida o'tkazilgan tajribalar asosida Capparis spinosa o'simligi yer ustki qismidan suvda eriydigan polisaxaridlar yig'indisini ekstraksiya qilib olish uchun xom ashyoni 3-7 mm kattalikda maydalash, erituvchi sifatida suv erituvchisidan foydalanish hamda ekstraksiya qilish mobaynida 60°C dan kam bo'lmagan haroratda 6 marta ekstraksiya qilish va 1,2,3 quyilmalarni 8 soatda, 4 quyilmani esa 6 soat mobaynida ekstraksiya qilish maqsadga muvofiqligi aniqlandi.
Adabiyotlar:
1. Botirov R.A., Valiev N.V., Juraev O.T., Sadikov A.Z., Sagdullaev Sh.Sh., Tursunova Sh.Z. Texnologiya proizvodstva alkaloida staxidrina iz rasteniya Capparis spinoza L // Universum: texnicheskie nauki: elektron. nauchn. jurn. 2020. № 9(78). S. 55-59. DOI -10.32743/UniTech.2020.78.9-2.
2. Botirov R.A., Saidova G.E., Mutalova D.K., Sadikov A.Z., Sagdullaev Sh.Sh. / Capparis spinosa o'simligi g'unchalari va yetilmagan mevalari ekstraktidan biologik faol substansiyasini ishlab chiqarish texnologiyasi // Kimyo va kimyo texnologiyasi jurnali 2024 yil, №2 son. B. 72-75.
3. Axmedov V.N., Botirov R.A., Khushbaktova Z.A., Sadykov A.Z., Sagdullayev Sh.Sh. / Evaluation of aggregant properties of stachydrine alkaloid // 12th Symposium on the Chemistry of Natural Compounds. 2017. Tashkent. Abstracts. P. 177.
4. Mirzaev Yu.R., Ruzimov E.M., Botirov R.A., Saidova G.E., Sadikov A.Z., Sagdullaev Sh.Sh. / Farmakologicheskoe issledovanie ekstrakta butonov i svetkov Capparis spinosa // Universum: ximiya i biologiya elektron. nauchn. jurn. 2023. №3(105). № 41 Fiziologiya. C. 26-32.
5. Bekmurzayeva N.B., Botirov R.A., Azamatov A.A., Tursunkhodzhaeva F.M., Aytbayeva A.B., Sadykov A.Z., Sagdullayev Sh.Sh. / Anti-inflammatory, antihypoxant and antioxidant activity of products isolated from caper cultivated in Uzbekistan // The Bioscan 19(2): 75-80, 2024.
6. Bekmurzaeva N.B., Botirov R.A., Azamatov A.A., Aytmuratova U.K., Siddikova A.A. Opredelenie ostroy toksichnosti polisaxaridov iz nadzemnoy chasti Capparis spinosa // Universum: ximiya i biologiya: elektron. nauchn. jurn. [i dr.]. 2024. 10(124). Ximiya biologiya S. 65-70. URL: https://7universum.com/ru/nature /archive/item/18286 40.
7. Aglal A. Alzergy1, Saad M.S. Elgharbawy1,2, Ghyath S. Mahmoud3 and Mervat R. Mahmoud / Role of Capparis spinosa in ameliorating trichloroacetic acid induced toxicity in liver of Swiss albino mice // Life Science Journal 2015;12(2) P. 26-39.
8. Ali Esmail Al-Snafi / The chemical constituents and pharmacological effects of Capparis spinosa -an overview // Indian Journal of Pharmaceutical Science & Research, Vol5|Issue 2| 2015 |93-100.
9. Aliyazicioglu R, Eyupoglu OE, Sahin H, Yildiz O and Baltas N. Phenolic components, antioxidant activity, and mineral analysis of Capparis spinosa L. Afr J Biotechno, 12(47), 2013, 6643-6649.
10. Zeggwagh NA, Michel JB and Eddouks M. Cardiovascular effect of Capparis spinosa aqueous extract. Part VI: In vitro vasorelaxant effect. American Journal of Pharmacology and Toxicology, 2(3), 2007, 135-139.
11. Siddikova A.A., Kodiraliyeva F.A., Botirov R.A., Bekmurzayeva N.B., Azamatov A.A., Sadikov A.Z., Sagdullaev Sh.Sh. / Carbohydrates of the aerial parts of plants Capparis spinosa // International Scientific and technical conference Actual Problems the Chemistry of Natural Compounds, September19-20, 2024 Tashkent P. 61.
12. Kodiralieva F.A., Siddikova A.A., Botirov R.A., Bekmurzaeva N.B., Sadikov A.Z., Sagdullaev Sh.Sh. / Fiziko-ximicheskie xarakteristiki polisaxaridov nadzemnoy chasti Capparis spinosa // Universum: ximiya i biologiya: elektron. nauchn. jurn. [i dr.]. 2024. 11(25) S. 25-31.
CAPPARIS SPINOSA O'SIMLIGI YeR USTKIQISMIDAN POLISAXARIDLAR EKSTRAKSIYaSI
Maqolada Capparis spinosa - kovul o'simligi yer ustki qismidan suvda eriydigan polisaxaridlar yig 'indisini ekstraksiya qilish jarayoniga xomashyoning maydalanganlik darajasi, erituvchi turi va konsentratsiyasi, ekstraksiya jarayonidagi harorat kabi omillarning ta'sirini o'rganish natijalari keltirilgan. Tadqiqotlar natijasida Capparis spinosa o'simligi yer ustki qismidan suvda eriydigan polisaxaridlar yig'indisini yuqori unum bilan ekstraksiya qilib olish uchun xom ashyoni 3-7 mm kattalikda maydalash, erituvchi sifatida suv erituvchisidan foydalanish hamda 4 marta 60°C dan kam bo'lmagan haroratda ekstraksiya qilish kerakligi aniqlandi. Bundan tashqari 1,2,3 quyilmalarni 8 soatda, 4 quyilmani esa 6 soat mobaynida ekstraksiya qilish maqsadga muvofiq ekanligi aniqlandi.
ЭКСТРАКЦИЯ ПОЛИСАХАРИДОВ ИЗ НАДЗЕМНОЙ ЧАСТИ CAPPARIS SPINOSA
В настоящей статье приведены результаты по изучению влияния таких факторов, как степень измельчения сырья, тип растворителя и его концентрация, а также температуры на процесс экстракции водорастворимых полисахаридов из надземной части Capparis spinosa. В результате исследований выявлено, что для максимального извлечения суммы водорастворимых полисахаридов из надземной части Capparis spinosa, сырье следует измельчать до размера 3-7 мм, в качестве растворителя использовать воду и 4-кратно экстрагировать при температуре не ниже 60°С. Также, установлено, что при экстракции целесообразно извлекать 1, 2, 3 -сливы водных вытяжек за 8 часов, а 4 слив - за 6 часов.
EXTRA CTION OF POL YSA CCHARIDES FROM THE AERIAL PARTS OF CAPPARIS SPINOSA
This article presents the results of studying the influence of such factors as the degree of raw material grinding, the type of solvent and its concentration, as well as temperature on the process of extraction of water-soluble polysaccharides from the above-ground part of Capparis spinosa. As a result of the research it was found that for the maximum extraction of the amount of water-soluble polysaccharides from the above-ground part of Capparis spinosa, the raw material should be crushed to a size of 3-7 mm, water should be used as a solvent and extracted 4 times at a temperature of at least 60 ° C. It was also found that during extraction it is advisable to extract 1, 2, 3 - drains of aqueous extracts in 8 hours, and 4 drains - in 6 hours.
70