BUXОRО У^ОУА^ SАNОАT KОRXОNАLАRIDА RАQАMLI MARKETING FАОLIYАTINI TАKОMILLАSHTIRISHDAGI ZAMONAVIY
YONDASHUVLAR
Rajabova Mohichehra Abduxoliqovna
Buxoro davlat universiteti, Marketing va menejment kafedrasi o 'qituvchisi
m. a. raj abova@buxdu. uz
Annotatsiya: Ushbu maqola Buxoro viloyati sanoat korxonalarida raqamli marketing faoliyatini takomillashtirishning zamonaviy yondashuvlarini tahlil qiladi. Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi sanoat korxonalari uchun marketing strategiyalarini qayta ko'rib chiqishni talab qiladi. Maqolada kontent marketingi, SEO, ijtimoiy media marketingi, elektron pochta marketingi, ma'lumotlar tahlili va sun'iy intellekt kabi raqamli marketing vositalarining korxonalarda qo'llanishi ko'rib chiqiladi. Shuningdek, raqamli marketingning sanoat korxonalarining raqobatbardoshligini oshirishga ta'siri tahlil qilinadi va zamonaviy raqamli strategiyalar orqali samaradorlikni oshirish bo'yicha tavsiyalar beriladi.
Kalit so'zlar: raqamli marketing, sanoat korxonalari, Buxoro viloyati, SEO, ijtimoiy media marketingi, elektron pochta marketingi, ma 'lumotlar tahlili, sun 'iy intellekt, raqobatbardoshlik, zamonaviy yondashuvlar.
СОВРЕМЕННЫЕ ПОДХОДЫ К СОВЕРШЕНСТВОВАНИЮ ЦИФРОВОЙ
МАРКЕТИНГОВОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ НА ПРОМЫШЛЕННЫХ ПРЕДПРИЯТИЯХ БУХАРСКОЙ ОБЛАСТИ
Ражабова Мохичехра Абдухоликовна
Бухарский государственный университет, преподаватель кафедры
маркетинга и менеджмента
m.a.raj abova@buxdu. uz
Аннотация: Данная статья анализирует современные подходы к совершенствованию деятельности цифрового маркетинга на промышленных предприятиях Бухарской области. Развитие цифровых технологий требует пересмотра маркетинговых стратегий для промышленных предприятий. В статье рассматриваются такие инструменты цифрового маркетинга, как контент-маркетинг, SEO, маркетинг в социальных сетях, электронный почтовый маркетинг, анализ данных и искусственный интеллект, и их
применение на предприятиях. Кроме того, анализируется влияние цифрового маркетинга на повышение конкурентоспособности промышленных предприятий, а также даются рекомендации по повышению эффективности через современные цифровые стратегии.
Ключевые слова: цифровой маркетинг, промышленные предприятия, Бухарская область, SEO, маркетинг в социальных сетях, электронный почтовый маркетинг, анализ данных, искусственный интеллект, конкурентоспособность, современные подходы.
MODERN APPROACHES TO IMPROVING DIGITAL MARKETING ACTIVITIES IN INDUSTRIAL ENTERPRISES OF THE BUKHARA
REGION
Rajabova Mohichehra Abdukholiqovna
Bukhara State University, teacher of the department of marketing and management
m. a. raj abova@buxdu. uz
Abstract: This article analyzes modern approaches to improving digital marketing activities in industrial enterprises of the Bukhara region. The development of digital technologies requires a revision of marketing strategies for industrial enterprises. The article examines digital marketing tools such as content marketing, SEO, social media marketing, email marketing, data analytics, and artificial intelligence, and their application in enterprises. Additionally, the impact of digital marketing on enhancing the competitiveness of industrial enterprises is analyzed, and recommendations are provided for increasing efficiency through modern digital strategies.
Keywords: digital marketing, industrial enterprises, Bukhara region, SEO, social media marketing, email marketing, data analytics, artificial intelligence, competitiveness, modern approaches.
KIRISH
Buxoro viloyati sanoat korxonalarida raqamli marketing faoliyatini takomillashtirish bugungi kunda dolzarb masalalardan biridir. Global iqtisodiyotning raqamli inqilobga o'tishi sanoat korxonalarining marketing strategiyalarini qayta ko'rib chiqishni talab qiladi. Internet texnologiyalari va raqamli platformalarning keng tarqalishi bilan korxonalar o'z mahsulotlarini va xizmatlarini targ'ib qilishda samaraliroq yondashuvlarni qo'llash imkoniyatiga ega bo'ldilar. Raqamli marketing nafaqat mahsulotlar va xizmatlarni reklama qilishni, balki mijozlar bilan barqaror aloqalarni o'rnatish va raqobatbardoshlikni oshirishni ham o'z ichiga oladi. Ushbu
maqolada, Buxoro viloyati sanoat korxonalarida raqamli marketing faoliyatini takomillashtirish uchun zamonaviy yondashuvlar va texnologiyalarni joriy qilishning ahamiyati tahlil qilinadi. Raqamli marketingning asosiy vositalari, ularning afzalliklari va Buxoro viloyati sanoat korxonalari uchun qo'llash strategiyalari o'rganiladi. Shuningdek, korxonalar uchun raqamli marketingning samaradorligini oshirish yo'llari hamda bu sohadagi ilg'or tajribalar ko'rib chiqiladi. Maqola raqamli marketing strategiyalari orqali sanoat korxonalarining iqtisodiy samaradorligini oshirish imkoniyatlarini ochib beradi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Buxoro viloyati sanoat korxonalarida raqamli marketing faoliyatini takomillashtirish maqolasini yozish jarayonida bir qator mahalliy va xorijiy olimlarning asarlaridan foydalanildi. Chaffey, D., & Ellis-Chadwick, F. (2019) ning Digital Marketing: Strategy, Implementation, and Practice [1]. Pearson Education asarida raqamli marketing strategiyalarining zamonaviy yondashuvlarini keng ko'lamda yoritadi. Asarda sanoat korxonalari uchun raqamli marketingning muhim aspektlari, jumladan, SEO, kontent marketingi, va ijtimoiy tarmoqlarni samarali boshqarish bo'yicha tushunchalar berilgan. Buxoro viloyatidagi sanoat korxonalari raqamli marketingni joriy qilishda ushbu strategiyalarni qo'llashi mumkin. Kotler, P., & Armstrong, G. (2020), Principles of Marketing, Pearson Education [2] asarida marketingning asosiy tushunchalari, shu jumladan raqamli marketingning ahamiyati va u qanday qilib korxonalar samaradorligini oshirishga yordam berishi haqida ma'lumot beriladi. Buxoro viloyatidagi sanoat korxonalari uchun marketing strategiyalari va zamonaviy raqamli yondashuvlarni qo'llash ko'rib chiqiladi. Ryan, D. (2017). Understanding Digital Marketing: Marketing Strategies for Engaging the Digital Generation, Kogan Page [3] asarida raqamli marketingning zamonaviy vositalari va ularni samarali qo'llash usullari muhokama qilinadi. Raqamli texnologiyalarning marketingga ta'siri va sanoat korxonalarida ularni qanday qo'llash mumkinligi haqida aniq tavsiyalar beriladi. Ushbu asar Buxoro viloyatidagi korxonalar uchun dolzarb bo'lishi mumkin. Charlesworth, A. (2018). Digital Marketing: A Practical Approach, Routledge [4] asari raqamli marketingning amaliy jihatlarini o'rganadi. Bu asarda sanoat korxonalari uchun samarali raqamli marketing kampaniyalarini ishlab chiqish, ularni amalga oshirish va natijalarini o'lchash bo'yicha ko'rsatmalar mavjud. Buxoro viloyati sanoat korxonalari uchun ushbu yondashuvlarni qo'llash korxonalarining raqobatbardoshligini oshirishda yordam beradi. UNDP (2020). Human Development Report 2020: The Next Frontier -Human Development and the Anthropocene. New York: United Nations Development Programme [б]. Ushbu hisobot sanoat korxonalarining raqamli iqtisodiyotda rivojlanish imkoniyatlarini yoritib beradi. Buxoro viloyatidagi sanoat
korxonalarining raqamli marketingni joriy etish orqali rivojlanishiga hissa qo'shishi mumkin bo'lgan iqtisodiy va ijtimoiy ko'rsatkichlar haqida ma'lumot beradi. Jarvinen, J., & Karjaluoto, H. (2015). The Use of Digital Analytics for Measuring and Optimizing Digital Marketing Performance, Journal of Interactive Marketing [5], ushbu maqolada raqamli marketingning samaradorligini o'lchash va takomillashtirishda raqamli analitikalar roli ko'rib chiqilgan. Sanoat korxonalari o'z raqamli marketing faoliyatining natijalarini qanday baholashi va optimallashtirishi mumkinligi haqida qimmatli ma'lumot beradi. Yuqoridagi asarlar Buxoro viloyatidagi sanoat korxonalarida raqamli marketing faoliyatini takomillashtirish uchun zamonaviy yondashuvlar, strategiyalar va ularning natijalarini o'lchash usullarini o'z ichiga oladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Sanoat subyekti bo'lgan korxonalar miqdoriy ko'rsatkich bo'yicha eng katta mulkdorlar qatlami hisoblanadi, shu sababli O'zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining ham ijtimoiy, ham iqtisodiy rivojlanish darajasiga ta'sir etadi. O'zbekiston iqtisodiyotini raqamlashtirish hamda Sanoat sohasida raqamli marketingni rivojlantirish sanoat korxonaning raqamli muhitda boshqariladigan tizim sifatida faoliyat ko'rsatishiga yordam beradi, shu munosabat bilan tadbirkorlarga axborot texnologiyalari va raqamlashtirish sohasida yangi kompetensiyalar zarur, buning uchun esa tadbirkorlarni o'qitish sohasida davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash talab qilinadi.
Ta'kidlash joizki, raqamli institutsional muhit nafaqat ishbilarmonlik va iste'molchi amaliyotlarni, iqtisodiyot agentlari o'rtasida o'zaro aloqalarning axborot va kommunikatsiya tarkibiy qismlarini ta'minlash usullari va shakllarini, balki ularning o'zlarini ham o'zgartiradi: ishlab chiqaruvchilar va xaridorlar tegishli xulq-atvor modellari bilan raqamli mijozlarga aylanadi.
1-jаdyаl
Sanoat xаrаjаtlаrini minimаllаshtirish uсhun rаqаmli рlаtfоrmаlаrning
imkоniyаtlаri1
Fаоliyаt Instrumentаl rаqаmli рlаtfоrmа Infi";^^^!!;! rаqаmli рlаtfоrmаsi Аmаliy rаqаmli рlаtfоrmа
Platformaga asoslangan faoliyat turi Apparat va dasturiy-apparat yechimlarini ishlab chiqish Qaror qabul qilish uchun xizmatlar va ma'lumotlarni taqdim yetish Yaratilgan boyliklarni bozorda almashish
Platformaga asoslangan faoliyat natijasi Yaratilgan dasturiy-apparat yoki apparat mahsuloti Iqtisodiy faoliyatda qaror qabul qilish uchunzarur bo'lgan ma'lumotlar Bozor ishtirokchilari o'rtasida tovarlar yoki xizmatlar almashinuvini belgilaydigan bitim
1 Muallif tomonidan ishlab chiqilgan
Tranzaksiya xarajatlarini kamaytirish imkoniyat-lari Ma'lumotlarni uzatish va qayta ishlashning sezilarli tezlashishi Qaror qabul qilish tizimi elektron hujjat aylanishi tizimi yordamida markazlashtirilgan. Eng daromadli muqobil bitimlarni internet yordamida tezkor tanlash
Raqamli marketing an'anaviy marketinga nisbatan investitsiyalardan foydalanishni yuqori rentabelligini ta'minlaydi, chunki an'anaviy marketing platformaga qarab o'zgarib turadigan yuqori xarajatlarni talab qiladi (1-jadval).
Sanoat korxonaning faoliyat ko'rsatish jarayoni korxona tomonidan boshqariladigan tizim sifatida amalga oshiriladi. Uni boshqaruvchi tizimning «kirishi» da tashqi raqobatlashgan bozor muhitining ta'siri seziladi. Bu ma'lum bir tuzatuvchi qarorlarni qabul qilishni - biznes egasining boshqaruv bo'yicha buyruq yoki farmoyishlarini belgilab beradi. «Chiqish» da qayta aloqani ta'minlaydigan boshqaruv quyi tizimi uchun axborot va taqdim etilayotgan xizmat sifati haqida mijozlarning bahosi joylashgan bo'ladi [7].
Muallif shirinlik mahsulotlari bozorini tahlil qilish jarayonida e'tiborni talab tuzilishini o'rganish, qandolat mahsulotlari iste'molchilari segmentlarini aniqlash va xulq-atvorlarini tahlil qilish, ya'ni iste'molchilar qanday qandolat mahsulotlarini xush ko'rishi, qandolat mahsuloti ishlab chiqaruvchilar to'g'risida qanday ma'lumotga ega ekanliklari, ularning qandolat mahsulotlariga bo'lgan xohish va istaklarini baholash, narx va reklamaning ta'siri hamda sotish kanallariga qaratgan. Muallif tomonidan marketing tadqiqotlariga asoslanib, iste'molchilar o'rtasida so'rovnoma o'tkazilgan hamda respondentlarning bergan javoblari asosida tahlil ishlari amalga oshirilgan. Tahlil natijalari milliy qandolat mahsulotlarining ham raqobatbardoshligi oshib borayotganligini ko'rsatadi. So'rovnomada «Siz milliy mahsulotlarni xorijiy mahsulotlar bilan taqqoslaganda qanday baholaysiz?» degan savolga respondentlarning 46 foizi «narxi arzonroq», 32,0 foizi «mazali», 19,0 foizi «sifati yaxshi», 3,0 foizi «kamroq obro'ga ega» deb hisoblashadi (1-rasm).
1-rasm. Shirinlik mahsulotlarini tanlashning asosiy xususiyatlari2
2 Muallif ishlanmasi
Tadqiqot ishida sotib olish qaroriga ta'sir etuvchi omillarning ahamiyati salmoq koeffitsiyenti asosida baholangan. Bunda har bir omilning salmog'ini hisoblash quyidagi formula orqali amalga oshirilgan:
Ot = (Ji x KJ + (J2 x K2) + (J3 x K3) + (J4 x K4) + (J5 x K5) bunda:
Ot - talabga ta'sir etuvchi omillarning salmog'i; Js - javoblar soni (darajalar bo'yicha); K - tanlov ketma-ketligiga ko'ra salmoq koeffitsiyentlari. Muallif tomonidan iste'molchilarning qandolat mahsulotlarini sotib olish bo'yicha qaror qabul qilishlariga ta'sir qiluvchi omillar va ularning ketma-ketlik bo'yicha reytingi aniqlangan, hamda marketing tahliliga asoslangan holda, qandolat mahsulotlariga talabni baholashda iste'molchilarning mazkur mahsulotlarni sotib olish qaroriga ta'sir ko'rsatuvchi omillarning ahamiyatlilik darajasi (At) ning muayyan kombinatsiyasi [NA=26,3; SA=24,0; IA=19,0; QA=16,7; RA=14,0;] ni ta'minlash orqali mahsulotni sotish hajmini oshirish taklifi asoslangan (2-jadval).
2-jadval
Iste'molchilarning shirinlik mahsulotlarini sotib olish qaroriga ta'sir etuvchi
omillarning ahamiyatlilik darajasi3, %
Omilning muhimlilik darajasi Omillar
Narxi Sifati Ishlab chiqaruv- chining imidji Qadoq-lanishi Reklama dagi mahsulot
1 37,34 36,57 11,54 11,25 3,30
2 36,57 24,64 19,50 10,09 9,21
3 11,54 13,87 31,13 22,99 20,47
4 11,25 12,03 18,33 29,58 28,81
5 3,30 12,90 19,50 26,09 38,22
jami 100 100 100 100 100
Omilning ahamiyatlilik darajasi (At) 26,3 24,0 19,0 16,7 14,0
Tadqiqot davomida olingan natijalar asosida, muallif tomonidan iste'molchilarning qandolat mahsulotlari sotib olmaslik sabablari va unga ta'sir etuvchi asosiy omillar ham aniqlangan (2-rasm).
3 Muallif ishlanmasi
2-rasm. Iste'molchilarning qandolat mahsulotlarini sotib olishiga to'sqinlik
qiluvchi omillar4, %
So'rovnomada «Agar siz shirinlik mahsulotlari sotib olmaydigan bo'lsangiz, buning sababi nimada?» degan savolga respondentlar shirinlik mahsulotlarini sotib olishiga qarshilik ko'rsatuvchi asosiy sabablar sifatida yuqori narx (45,1 foiz), xomashyo sifatiga shubhaliligi (37,6 foiz), qadoqning sifati pastligi (36,8 foiz) va iste'molchilar afzal ko'rgan brendining mavjud emasligi (31,7 foiz) deb ko'rsatishgan. Dissertatsiya ishida shirinlik mahsulotlariga bo'lgan talabni o'rganish maqsadida ijtimoiy so'rovnoma ishlab chiqilgan hamda so'rovnoma natijalariga asoslangan holda, talabning shakllanishiga ta'sir etuvchi omillarning ekonometrik tahlili amalga oshirilgan.
To'plangan ma'lumotlar asosida, iste'molchilarning imkoniyati, istagi, tovarlar xaridi va iste'molidan qoniqishi yuzasidan baholashning 5 ta indeksi (latent 1 - latent 5) ishlab chiqilib, ular orasidagi o'zaro ta'sirlar aniqlangan.
So'rovnoma natijasida olingan ma'lumotlarga muvofiq, bog'liq o'zgaruvchilar (Dependent variable DV) 5quyidagilardan iborat: u1 - iste'molchi statusi (1-latent); u2 - mahsulot iste'moli (2-latent); u3 - iste'molchi xaridi (3-latent); u4 - shokolad iste'moli (4-latent); u5 - bozorni to'ldirish (5-latent).
Ekonometrik tahlil jarayonida ko'p omilli chiziqli regressiya tenglamasi (Multivariate Least Squares regression)6 qo'llanilib, tahlil jarayonida STATA 16.0 dasturidan foydalanilgan. Tahlil natijalariga asoslangan holda, O'zbekistonda oziq-ovqat tovarlariga bo'lgan talab va taklif holatini tahlil qilishda qandolat mahsulotlariga bo'lgan talabga ta'sir etuvchi omillarning o'zaro munosabatlari aniqlangan (3-rasm).
4 Tadqiqot va tahlil natijalari asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
5 https://www.mytutor.co.uk/answers/8683/A-Level/Psychology/What-is-the-difference-between-an-independent-variable-IV-and-a-dependent-variable-DV/
6 https://real-statistics.com/multiple-regression/least-squares-method-multiple-regression/
3-rasm. Tasdiqlovchi omilli tahlil natijalarining vizual ifodasi7
Kronbax-Alfa testiga muvofiq «Iste'molchi statusi» va «Shokolad iste'moli» o'zgaruvchilari teskari munosabatga (reverse causality) ega ekanligi asoslangan. Oziq-ovqat tovarlari bozorini to'ldirishda marketing strategiyalaridan foydalanishni takomillashtirish bo'yicha yondashuvlar ishlab chiqilgan, O'zbekiston Respublikasida shirinlik ishlab chiqarish tarmog'ini rivojlantirish istiqbollari prognoz qilingan hamda iste'mol bozorini shirinlik mahsulotlari bilan to'ldirishda marketing strategiyalaridan samarali foydalanish bo'yicha ilmiy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Muallif tomonidan shirinlik mahsulotlari bozoriga davlat tomonidan va marketing strategiyalaridan foydalanish orqali ta'sir ko'rsatish yo'nalishlari aniqlangan (4-rasm).
Muallifning fikricha, oziq-ovqat tovarlari, jumladan shirinlik mahsulotlari bozorida ishlab chiqaruvchi korxonalar o'z maqsadlarini umummilliy maqsadlari bilan muvofíqlashtirishi lozim. Muvofíqlashtirish esa marketing orqali amalga oshirilib, bu ishlab chiqaruvchilar va boshqarish tuzilmalari o'rtasidagi bog'lovchi vosita sifatida xizmat qiladi. Mazkur jarayon o'zaro axborot almashuvi orqali amalga oshirilib, uning to'g'ri tahlil etilishi asosiy maqsadga erishishga yo'naltirilgan qarorlar qabul qilish imkonini beradi.
7 Tadqiqot va tahlil natijalari asosida muallif tomonidan ishlab chiqilgan.
Davlat tomonidan tartibga solish yo'nalishlari
Marketing orqali ta'sir etish yo'nalishlari
1. "¿te'jioLïbiLaj daramzdlaiiTarid qoaüivitiiLms oitisbi
2.Kani dzmodb iit='aioL:Maim 5ub=i(liya]asli
3. Qaidclat nJmilflftM] uaixiiL taitibaa âch^b
4.DivlîtiLiig czk -ovqat ahmm diakJlanuLïh
1. To'loygs qcbiiiyatli bLabni ras 3itLnti::-ii
SlnnnUc njaJiïulotlar: bozcTiiu axborot lailán t? minljj]
"i. ^tiirLnJik m¿biikrtLari|a to'Lovf a qodii tüat'.i mDrataring
qilish
L MahaJLiy qatiílit iiLliî dhi^mwiiaiii qo'Dab-pvratlaili
I Saliq iiyoiilL
J ÔlTjblit ï] ihiLlOtlOT. ¿ifltÍLiü? JLiZCTlti
4 IiLla'3 chiLiiishn: lilsenscyalash : XmQznu iLs'Ljtíiü:
]. Xaridoilar kobJaiydizaji yausi mah^nlntiami i^iJib cbiqarübm laa'bitlaiitÚL;!!
? Tir::Vialliv sbirLLLlk tDV.ajlsjl^j ra J ViitljTitinL-i
Milliy sbiruaJdk broidir.L n*LTqjl2atmEli 4. Q'iarc aloqdam n-oqjiarliritli
L Qnti-slït mahsnMhd ^VÜIIÜEÍÜL Iz'ÜULIzíL I impcrt va sibport nihnirhilar fanlíyatki lUEEtiiyalaíl j T:]iFto\::La tartibji mliib 4 ^portai kvfllalaib
: IhpoifciL ; jh;i¿i}iLa;lT
1. Shiriiilik mahsiilotlaiim elcaport q:luv:h:km: rag'batlantiiish
2. Malialli}' shiriiLÍt mahíulotlaiini xorijiy bízorga clnqariliE.hi
1. TarVikli aajqlaiM STUIEI DÏMJU^'CÎU tasliilcrlaT va iavdDLi ]itjeDïiyalasli
2. Saqlaiiaj jubiidiyajaili
ulzurji qsriüljt ';a;arli±LÍ tambzi i^liih
4. ïïavdo tsutibi ;te ilrbJitmahsulDiljii iifa"Jza naya ¡plinidiini u^orjit qüiah
4-rasm. Shirinlik mahsulotlari bozoriga davlat tomonidan va marketing orqali
ta'sir ko'rsatish yo'nalishlari8
Muallifning fikricha, oziq-ovqat tovarlari, jumladan shirinlik mahsulotlari bozorida ishlab chiqaruvchi korxonalar o'z maqsadlarini umummilliy maqsadlari bilan muvofiqlashtirishi lozim. Muvofiqlashtirish esa marketing orqali amalga oshirilib, bu ishlab chiqaruvchilar va boshqarish tuzilmalari o'rtasidagi bog'lovchi vosita sifatida xizmat qiladi. Mazkur jarayon o'zaro axborot almashuvi orqali amalga oshirilib, uning to'g'ri tahlil etilishi asosiy maqsadga erishishga yo'naltirilgan qarorlar qabul qilish imkonini beradi.
O'zbekiston Respublikasi shirinlik sanoatida ishlab chiqarilgan mahsulotlar to'g'risidagi ma'lumotlarga asoslangan ko'p omilli iqtisodiy model (2)
^ ~ i'y°kl * = 1,^2 ,...Xa,U) shuni ko'rsatadiki, respublikada shirinlik mahsulotlari savdosi (lnX1) o'rtacha bir foizga oshgani holda shirinlik mahsulotlari (lnY) respublikada o'rtacha 0,1619 foizga oshadi. Agar respublikada shirinlik mahsulotlari ishlab chiqarishning fizik hajmi (lnX2) o'rtacha bir foizga oshsa,
8 Muallif ishlanmasi
1. Ulgurji va ¿baiani rnvdn m'DhaiiisLmi i3ElbadamLri¿lL
2. Siluiidi bDiariii: ui£LÍtoriiiz qilisi va axfcarct ailan :a'im£i]aii Hamf-mrlilr ElIliajDEabatlajja: riivy'anHni}!
4. Tcvaj 3yl3TT»:-ni n^ii'-.jlljtl-tirV'i
respublikada shirinlik mahsulotlari ishlab chiqarish (lnY) o'rtacha 0,8585 foizga oshadi.
O'zbekiston Respublikasida qandolatchilik sanoatiga ajratilgan investitsiyalar (lnX5) o'rtacha bir foizga oshsa, Respublikada qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish (lnY) o'rtacha 0,2906 foizga ortar ekan.
Tadqiqot ishida O'zbekiston Respublikasida qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi (lnY) hamda unga ta'sir etuvchi omillar bo'yicha ko'p omilli ekonometrik model ishlab chiqilgan:
ln Г = 1619,00653,5 ln X1 + 8585,0 ln X2 + 0579,0 ln X3 + 7178,0 ln X 4 + 2906,0 ln X 5.
O'zbekiston Respublikasi qandolat sanoatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bo'yicha olingan ma'lumotlar asosida hisoblangan ko'p omilli ekonometrik model (2) bo'yicha hisob-kitoblar ko'rsatadiki, respublikada qandolat mahsulotlari savdosi (lnX1) o'rtacha bir foizga ortsa, respublikada qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish (lnY) o'rtacha 0,1619 foizga ortar ekan. Respublikada qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishning natura hajmi (lnX2) o'rtacha bir foizga oshsa, respublikada qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish (lnY) o'rtacha 0,8585 foizga ortar ekan.
O'zbekistonda qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar soni (lnX3) o'rtacha bir foizga oshsa, respublikada qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish (lnY) o'rtacha 0,0579 foizga ortar ekan. Qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda xodimlar soni (lnX4) o'rtacha bir foizga oshsa, respublikada qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish (lnY) o'rtacha 0,7178 foizga ortar ekan.
Muallifning fikricha, prognoz davrida, ya'ni 2022-2030-yillarda shirinlik mahsulotlari ayirboshlash hajmi 7 987 592,8 million so'mdan 23 728 798,6 million so'mgacha oshishi va o'sish sur'ati qariyb 3,0 barobarga yetishi kutilmoqda. Ko'rish mumkinki, prognoz davridagi o'rtacha yillik o'sish 14632865,4 mln.so'mni tashkil etadi. Shirinlik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini nafaqat tannarx birliklarida, balki jismoniy jihatdan ham baholash maqsadga muvofiqdir. 2022-2030 yillar prognoz davrida shirinlik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 190 752,1 tonnadan 527 851,4 tonnagacha ko'tarilishi asoslanadi, ya'ni o'sish sur'ati 2,76 barobarga teng bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasi qandolat sanoatida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar bo'yicha olingan ma'lumotlar asosida hisoblangan ko'p omilli ekonometrik model (2) bo'yicha hisob-kitoblar ko'rsatadiki, Respublikada qandolat mahsulotlari savdosi (lnX1) o'rtacha bir foizga ortsa, Respublikada qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish (lnY) o'rtacha 0,1619 foizga ortar ekan. Respublikada qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishning natura hajmi (lnX2) o'rtacha bir foizga oshsa, Respublikada qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish (lnY) o'rtacha 0,8585
foizga ortar ekan. O'zbekistonda qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar soni (lnX3) o'rtacha bir foizga oshsa, Respublikada qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish (lnY) o'rtacha 0,0579 foizga ortar ekan. Qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda xodimlar soni (lnX4) o'rtacha bir foizga oshsa, respublikada qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish (lnY) o'rtacha 0,7178 foizga ortar ekan.
Muallif tomonidan O'zbekistonda qandolat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmiga muhim omillarning ta'sirini ifodalovchi ko'p omilli ekonometrik model asosida 2030 yilga qadar prognoz ko'rsatkichlari ishlab chiqilgan (3-jadval).
3-jadval
O'zbekiston Respublikasida shirinlik mahsulotlari ishlab chiqarishning
2030 yilgacha prognoz ko'rsatkichlari9
Yillar Shirinlik mahsulotlari ishlab chiqarish, mln. so'm, Y Shirinlik mahsulotlari savdosi, mln. so'm, X1 Shirinlik mahsulotlari ishlab chiqarish, tonna, X2 Shirinlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar soni, birlik, X3 Shirinlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalarda xodimlar soni, nafar, X4 Ajratilgan investitsiyalar, mln. so'm, X5
2022 2707277.8 7987592.8 190752.1 6511.6 28563.6 7674394.8
2023 3242230.7 9152155.7 216633.0 6824.3 29725.5 10119653.7
2024 3882889.3 10486507.6 246025.4 7152.1 30934.6 13344034.6
2025 4650140.7 12015403.4 279405.7 7495.6 32192.9 17595786.0
2026 5568999.6 13767206.8 317314.9 7855.6 33502.3 23202254.3
2027 6669423.2 15774416.9 360367.6 8232.9 34865.0 30595087.0
2028 7987288.5 18074271.1 409261.7 8628.3 36283.2 40343465.7
2029 9565561.4 20709436.0 464789.5 9042.7 37759.0 53197927.7
2030 11455697.9 23728798.6 527851.4 9477.0 39294.9 70148150.6
Fikrimizcha, prognoz davrida, ya'ni 2022-2030 yillarda shirinlik mahsulotlari savdosi hajmi 7987592,8 mln. so'mdan 23728798,6 mln. so'mga ortishi va bunda o'sish sur'atlari ko'rsatkichi salkam 3,0 barobar bo'lishi kuzatilmoqda. Prognoz davrida yillik o'rtacha o'sish 14632865,4 mln. so'mni tashkil etishini ko'rish mumkin. Shirinlik mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini nafaqat qiymat birliklarida, balki natura birliklarida ham baholash maqsadga muvofiq bo'ladi.
2022-2030 yillar uchun hisoblangan prognoz davrida shirinlik mahsulotlari 190752,1 tonnadan 527851,4 tonnaga ortishi, bunda o'sish sur'atlari ko'rsatkichi 2,76 marta oshishi asoslangan.
Tadqiqot ishida oziq-ovqat tovarlari bozorida marketing strategiyalaridan samarali foydalanish yo'llarini tadqiq etish maqsadida O'zbekiston qandolat mahsulotlari bozorining PEST tahlili o'tkazilgan. Shuningdek, tadqiqot obyekti qilib olingan Buxoro shahridagi "Heart's Glad" XK va "Iso Umarov orzusi" MCHJ shaklidagi shirinlik sexlarining kuchli va zaif tomonlari, imkoniyatlari va
9 Muallif ishlanmasi
tahdidlarining SWOT tahlili amalga oshirilgan. Tahlil natijalariga asoslangan holda, qandolat mahsulotlari bozorida segmentlash strategiyasini ishlab chiqishning konseptual modeli tavsiya etilgan.
Shirinlik mahsulotlari bozorida marketing tadqiqotini ushbu model asosida amalga oshirish segmentlash strategiyasi tahlili, oldiga qo'yilgan maqsadlarga qanchalik erishilganligini, qandolat mahsulotlari iste'molchilarining kelajakdagi talab va ehtiyojlarini shakllantirish va shu asosida ishlab chiqarishni tashkil etishga keng imkoniyat yaratadi.
Menimcha, strategiyani ishlab chiqishda qandolat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonalar quyidagi savollarga javob topishlari lozim, ya'ni «Kim uchun ishlab chiqaramiz?», «Nima ishlab chiqaramiz?» va «Xaridorlar ehtiyojini qanday qondiramiz?».
O'zbekiston Respublikasi aholisining hayot tarzida shirinlik mahsulotlari birinchi darajali zarur tovarlardan hisoblanmaydi. Lekin, talab daromad bo'yicha elastik bo'lib, aholi daromadlarining o'sishi bu mahsulotlarga bo'lgan talabning ham ko'payishiga olib keladi. Shirinlik mahsulotlari bozorini rivojlantirish strategiyasini shakllantirishda eng avvalo, mazkur strategiyani ishlab chiqishdan oldin qo'yilayotgan asosiy maqsadni aniqlab olish kerak. Asosiy maqsad shirinlik mahsulotlari bozorini rivojlantirish uchun qulay sharoitlarni yaratish hamda iste'mol tovarlarining madaniylashgan bozorini yaratishdan iborat. Shirinlik mahsulotlari bozorida segmentlash strategiyasidan foydalanishda iste'molchilar xulq-atvori hamda xarid qilish imkoniyatlarini baholash orqali iste'molchilarning o'xshashliklari va farqlarini aniqlash bosqichini kiritish taklifi asoslangan. Iste'molchilar xulq-atvorini o'rganish asosida korxonaning marketing strategiyasini ishlab chiqish muhim ahamiyatga ega hisoblanadi, chunki u korxona faoliyatining barcha boshqa tomonlarini rejalashtirish va muvofiqlashtirishda asosiy o'rin tutadi [8]. Tadqiqot ishida ko'rsatilishicha, iste'molchilarning xohish istaklarini o'rganish orqali strategiyani ishlab chiqish, dastur va rejalarni tuzish uchun korxona ishlab chiqarayotgan mahsulotlar iste'molchilarning qaysi guruhi ehtiyojlarini qondirayotganligini tadqiqot natijalari asosida aniqlash muhim hisoblanadi. Iste'molchilar xulq-atvorini o'rganish, korxonalarga ularning ehtiyojlari va qaror qabul qilish jarayonlarini chuqurroq tushunishga imkon beradi. Ushbu ma'lumotlar asosida marketing strategiyasini ishlab chiqish, korxonaning raqobatda ustunlikka erishishi va bozor talablariga tezkor javob berish imkonini yaratadi. Iste'molchilar xulq-atvori - bu iste'molchilarning tovar yoki xizmatlarni tanlash, sotib olish va ulardan foydalanishdagi qaror qabul qilish jarayonidir.
Tadbirkorlikda raqamli marketingni rivojlantirish uchun shart-sharoitlar
Mamlakat telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlanishi Biznes egalari va xodimlarning raqamli kompitensiyalarning rivojlanishi
Raqamli marketingni rivojlantirish bo'yicha chora-tadbirlar
Mahsulotni ijtimoiy tarmoqlarda ilgari surish Sanoatda raqamli marketingni qo'llanilishini rag'batlantirish
Kutilgan natija
Maqsadli muloqot doirasi o'sishi Sotuv hajmining o'sishi Tadbirkorlik foydasining o'sishi
5-rasm. Sanoatda raqamli marketingni rivojlantirishni rag'batlantirish modeli10
Marketing strategiyasini to'g'ri ishlab chiqish uchun iste'molchilarning motivatsiyasi va xarid qilish sabablarini aniqlash, iste'molchi qaror qabul qilish jarayoni va muammolarni aniqlash, ma'lumot izlash, tanlov variantlarini baholash va xarid qilish, xulq-atvorga ta'sir qiluvchi omillar va madaniy, ijtimoiy, shaxsiy va psixologik omillarlarni tushunish muhim. Marketing strategiyasini to'g'ri ishlab chiqish uchun iste'molchilarning motivatsiyasini tushunish juda muhimdir, chunki bu iste'molchilarning xarid qilish qarorlarini qanday qabul qilishlarini aniqlashga yordam beradi. Iste'molchilarning motivatsiyasi, odatda, ular o'z ehtiyojlarini qondirish va muammolarini hal qilish uchun xarid qilishga intilishidan kelib chiqadi. Inersion ssenariy tarkibiy qismidagi tendensiyalarning saqlanib qolishini nazarda tutadi, raqamli ssenariy esa 2030 yilgacha oziq-ovqat sohasida raqamli marketingni rivojlantirishni taqozo etadi. Hisob- kitoblarga ko'ra, inersion ssenariy bo'yicha aholi jon boshiga chakana savdo aylanmasi 2030 yilgacha 11471 ming so'mni tashkil qiladi. Raqamli ssenariy bo'yicha esa bu ko'rsatkich 19784 ming so'mga yetishi mumkin, bu deyarli 72,5 foizga yuqori. Shu bois oziq-ovqat sanoatida, xususan, qandolatchilik sohasida raqamli marketing vositalaridan foydalanish samaraliroq. Amalga oshirilgan hisob-kitoblar raqamli marketing rivojlanishining, xususan, qandolatchilik mahsulotlarini sotishning mamlakat telekommunikatsiya infratuzilmasi rivojlanish darajasiga bog'liqligini aniqlab berdi. Ushbu chora-tadbirlarning umumiy ta'siri Sanoatda raqamli marketingni rivojlantirishni rag'batlantirish modelini tashkil qiladi (5-rasm).
10 Muallif ishlanmasi
4-jadval
Shirinlik ishlab chiqarish korxonasining o'z saytidan foydalanish
samaradorligini baholash11
Baholash mezonlari Mezonning nisbiy vazni Foydalanish samaradorligi, ball Yakuniy ko'rsatkichlar
Saytni axborot bilan to'l dirganlik
Tashkilot haqida ma'lumotlar 0,07 7 0,49
Hamkorlar haqida ma'lumotlar 0,05 4 0,20
Tovarlar reklamasi 0,13 8 1,04
Qo'shimcha ma'lumotlar 0,05 3 0,15
Jami 0,30 22 1,88
Qayta aloqa qilish imkoniyati
Ulanish uchun ma'lumotlar 0,10 9 0,9
Sharhlar va takliflar bilan mehmonlar sahifasi 0,05 1 0,05
Jo'natmalarga obuna 0,05 8 0,4
Jami 0,2 18 1,35
Katalog
Yangilanib turishi 0,125 10 1,25
Axborot tarkibi 0,125 10 1,25
Jami 0,25 20 2,5
Qo'shimcha parametrlar
Sayt dizayni 0,125 8 1,00
Foydalanish qulayligi 0,125 8 1,00
Jami 0,25 16 2,00
Hammasi bo'lib 1,00 76 7,73
Tuzilgan modelni sharhlashda shuni ta'kidlash kerakki, sanoatda raqamli marketingni rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar texnologik baza (rivojlangan telekommunikatsiya infratuzilmasi, optik tolali liniyalarning mavjudligi, yuqori tezlikdagi internet, shu jumladan mobil aloqa, barcha shahar va aholi punktlarida internet mavjudligi) va biznes egalari va kichik qandolatchilik korxonalari xodimlarida virtual makonda marketing tadbirlarini amalga oshirish uchun zarur raqamli kompetensiyalar mavjudligi hisoblanadi. Mavjud va potensial xaridorlar bilan aks aloqa mavjudligi, ularning shikoyatlari, sharhlari va istaklariga qarab, noyob savdo taklifini va umuman marketing strategiyasiga tuzatish kiritish raqamli marketingni rivojlantirish bo'yicha barcha tadbirlarning muhim tarkibiy qismi hisoblanadi.
11 Statal4 dasturi yordamida muallif tomonidan hisoblangan.
Muallif tomonidan kichik qandolatchilik korxonalari faoliyatida elektron aloqa vositalaridan foydalanish samaradorligini aniqlash uslubiyati ishlab chiqildi (4-jadval). Bunda ekspert baholash usulidan foydalangan holda o'n balli tizim bo'yicha o'tkazildi. Har bir blok muhimlik darajasiga ko'ra o'zining maksimal ball soniga ega.
Shunday qilib, biz 7,73 ga teng yakuniy ko'rsatkichga ega bo'ldik. Shunga ko'ra, Sanoat qandolatchilik korxonalari o'z korxonasining veb-sayti imkoniyatlaridan 77,3 foiz foydalanadi takomillashtirish lozim, degan xulosaga kelish mumkin. Ko'rsatkich yuqori, ammo bu sohada rivojlanishi ham ortib bormoqda.
XULOSA
Bugungi kunda global iqtisodiy o'zgarishlar va raqamli texnologiyalarning rivojlanishi sanoat korxonalarining marketing strategiyalariga ta'sir ko'rsatmoqda. Raqamli marketing faoliyatining takomillashuvi sanoat korxonalariga o'z mahsulot va xizmatlarini yangi bozorlar, xususan, xalqaro bozorlar orqali samarali ravishda yetkazishga yordam bermoqda. Buxoro viloyatidagi sanoat korxonalari ham bu jarayondan chetda qolmagan va raqamli marketingni joriy etish orqali o'z faoliyatini yanada kengaytirish imkoniga ega.
Zamonaviy yondashuvlar asosan quyidagi sohalarni qamrab oladi. Kontent marketing. Kontent marketingi bu raqamli marketingning asosiy elementlaridan biri bo'lib, u orqali korxonalar o'z mijozlariga qimmatli va foydali ma'lumotlarni yetkazib, ular bilan uzoq muddatli munosabatlar o'rnatadi. Buxoro viloyatidagi sanoat korxonalari o'z mahsulotlari va xizmatlarini tushuntiruvchi maqolalar, blog postlar va video materiallar orqali iste'molchilar bilan muloqotda bo'lishlari mumkin. SEO (Search Engine Optimization) SEO - bu korxonaning raqamli mavjudligini yaxshilashga qaratilgan strategiyadir.[9] Sanoat korxonalari o'z veb-saytlarini optimallashtirish orqali izlash tizimlarida yuqori o'rinlarni egallab, mijozlar sonini oshirishlari mumkin. Buxoro viloyatidagi sanoat korxonalari, SEO orqali mahsulotlari haqida ma'lumot olishni istagan xalqaro va mahalliy mijozlarni jalb qilish imkoniga ega bo'ladi.
Ijtimoiy media marketingi (SMM) Ijtimoiy tarmoqlar raqamli marketingda muhim rol o'ynaydi. Facebook, Instagram, LinkedIn va boshqa ijtimoiy platformalar orqali sanoat korxonalari o'z brendi va mahsulotlarini ommaga tanishtirishi mumkin. Buxoro viloyatidagi sanoat korxonalari SMM strategiyalarini qo'llab, mahsulot va xizmatlarini kengroq auditoriyaga yetkazish imkoniyatiga ega bo'lishadi.
Elektron pochta marketingi. Elektron pochta orqali marketing sanoat korxonalariga to'g'ridan-to'g'ri muloqot qilish imkonini beradi. Mijozlarga muntazam ravishda yangiliklar, mahsulotlar yoki xizmatlar haqidagi axborotlar yuborish orqali korxonalar mijozlar bilan aloqa o'rnatib, sotuvni oshirishlari mumkin.
Ma'lumotlar tahlili va sun'iy intellekt. Raqamli marketingda ma'lumotlar tahlili va sun'iy intellekt texnologiyalari orqali mijozlar xatti-harakatlarini kuzatish va tahlil qilish imkoniyati mavjud. Bu sanoat korxonalariga raqamli marketing kampaniyalarini samarali rejalashtirish va natijalarini tahlil qilishda yordam beradi. Buxoro viloyati korxonalari bu texnologiyalar yordamida mijozlar talablari va ehtiyojlarini aniqroq tushunishlari va mos ravishda strategiyalarni ishlab chiqishlari mumkin. Mobil marketing. Bugungi kunda smartfonlardan foydalanish ko'payib borayotgan bir paytda, mobil marketing sanoat korxonalari uchun katta imkoniyatlar yaratadi. Mobil ilovalar yoki mobil optimallashtirilgan veb-saytlar orqali sanoat korxonalari o'z mijozlariga doimiy aloqada bo'lib turishi mumkin. Influencer marketing [10]. Buxoro viloyatidagi sanoat korxonalari, taniqli shaxslar va bloggerlar bilan hamkorlik qilib, mahsulot va xizmatlarini keng auditoriyaga taqdim etish orqali o'z brendlarini ommaviylashishi mumkin.
Buxoro viloyatidagi sanoat korxonalari raqamli marketingning yuqoridagi zamonaviy yondashuvlarini qo'llagan holda, nafaqat mahalliy bozorda, balki xalqaro bozorlar darajasida ham raqobatbardoshligini oshirishi va mijozlar sonini ko'paytirishi mumkin. Shu bilan birga, raqamli marketing strategiyalarini takomillashtirish korxonalarning barqaror o'sishi va rivojlanishi uchun katta imkoniyatlar yaratadi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Chaffey, D., & Ellis-Chadwick, F. (2019). Digital Marketing: Strategy, Implementation, and Practice. Pearson Education.
2. Kotler, P., & Armstrong, G. (2020). Principles of Marketing. Pearson Education.
3. Ryan, D. (2017). Understanding Digital Marketing: Marketing Strategies for Engaging the Digital Generation. Kogan Page.
4. Charlesworth, A. (2018). Digital Marketing: A Practical Approach. Routledge.
5. Järvinen, J., & Karjaluoto, H. (2015). The Use of Digital Analytics for Measuring and Optimizing Digital Marketing Performance. Journal of Interactive Marketing.
6. UNDP. (2020). Human Development Report 2020: The Next Frontier -Human Development and the Anthropocene. New York: United Nations Development Programme.
7. Holliman, G., & Rowley, J. (2014). Business to Business Digital Content Marketing: Marketers' Perceptions of Best Practice. Journal of Research in Interactive Marketing.
8. Leeflang, P., Verhoef, P., Dahlström, P., & Freundt, T. (2014). Challenges and Solutions for Marketing in a Digital Era. European Management Journal.
9. Bala, M., & Verma, D. (2018). A Critical Review of Digital Marketing and Its Implications for Consumer Behavior. International Journal of Management, IT & Engineering.
10. Tiago, M. T. P., & Veríssimo, J. M. C. (2014). Digital Marketing and Social Media: Why Bother?. Business Horizons.