Научная статья на тему 'BUXORO AMIRLIGI SUD SOHASIGA OID BA’ZI MULOHAZALAR'

BUXORO AMIRLIGI SUD SOHASIGA OID BA’ZI MULOHAZALAR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

1633
120
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sud hokimiyati / ma’muriy apparat / fiqh ulamolari / qozikalon / shariat ahkomlari. / Judiciary / administrative apparatus / jurists / qazikalon / sharia rules

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — E’zoza Mirobid Qizi Xushvaqtova

E’tiboringizga havola etilayotgan maqolada Buxoro amirligida sud tizimining ahamiyatli jihatlari yoritilgan. Mazkur maqola mavzu doirasi amirlikda sud hokimiyatining o’rni, hukmdorlar islohotlari, boshqa xonliklar sud tizimidan farqli jihatlarini o’z ichiga oladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOME COMMENTS ON THE JUDICIARY OF THE EMIRATE OF BUKHARA

The article highlights important aspects of the judicial system in the Emirate of Bukhara. The scope of this article covers the role of the judiciary in the emirate, the reforms of the rulers, the order of judicial proceedings.

Текст научной работы на тему «BUXORO AMIRLIGI SUD SOHASIGA OID BA’ZI MULOHAZALAR»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-113-119

BUXORO AMIRLIGI SUD SOHASIGA OID BA'ZI MULOHAZALAR

E'zoza Mirobid qizi Xushvaqtova

Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti talabasi xushvaqtovaezoza@gmail .com

ANNOTATSIYA

E'tiboringizga havola etilayotgan maqolada Buxoro amirligida sud tizimining ahamiyatli jihatlari yoritilgan. Mazkur maqola mavzu doirasi amirlikda sud hokimiyatining o'rni, hukmdorlar islohotlari, boshqa xonliklar sud tizimidan farqli jihatlarini o'z ichiga oladi.

Kalit so'zlar: Sud hokimiyati, ma'muriy apparat, fiqh ulamolari, qozikalon,shariat ahkomlari.

SOME COMMENTS ON THE JUDICIARY OF THE EMIRATE OF

BUKHARA

ABSTRACT

The article highlights important aspects of the judicial system in the Emirate of Bukhara. The scope of this article covers the role of the judiciary in the emirate, the reforms of the rulers, the order ofjudicial proceedings.

Keywords: Judiciary, administrative apparatus, jurists, qazikalon, sharia rules.

KIRISH

Davlat hokimiyatining ajralmas qismi sanalgan sud hokimiyatini shakllantirish borasidagi tarixiy tajribamizni har tomonlama chuqur tahlil etish, shuningdek, bugungi kunda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotimizning barcha jihatlarini o'zida aks ettiradigan hamda jahon andozasidagi mustaqil sud hokimiyatini qaror toptirish har birimizning fuqarolik burchimizdir...

Prezident Sh.M.Mirziyoyev o'z nutqlarida "...yurtimizda so'nggi yillarda qonun ustuvorligini ta'minlash va sud-huquq sohasini takomillashtirish bo'yicha keng ko'lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu o'zgarishlar inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlash va odil sudlovga erishishga qaratilgan"[1] deya siyosatda odil sudning o'rni benihoya kattaligini ko'rsatib bergan.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-113-119

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Sharq durdonasi hisoblangan Buxoroda mang'itlar hukmronligi 1756-1920 [6, C.450] -yillarni o'z ichiga olib, Buxoro amirligi davlatchilik tarixini o'rganishda davlat tizimida sudning o'rni kattadir. Buxoro amirligining davlatchilik tarixini o'rganishda uning sud tizimi, jarayoni hamda jinoyat va jazoga oid masalalarni batafsil o'rganish muhim ahamiyatga ega.

Buxoro amirligida sud tizimi O'rta Osiyodagi boshqa xonliklar singari bir xil ko'rinishga ega bo'lgan. Xususan, amirlikda sud ishlari shariat asosida olib borilgan, qozi va a'lamlar tarkibiga kiritilgan. Ular amir tomonidan tayinlangan, qozilik faoliyati qozi kalon tomonidan boshqarilgan [7, C.27]. Sud tizimi davlatning ma'muriy apparati qo'lida bo'lsada, fiqh ilmi ulamolarining nazorati ostida bo'lgan. Davlatda diniy amaldorlarning sud faoliyatini nazorat qilishi , ularning davlat boshqaruvidagi ahamiyati yuqori ekanligidan dalolat beradi. Amirlikda qozilik mahkamasi mavjud bo'lib, qozi ul-quzzot tomonidan boshqarilgan. Unda mirzalar va mulozimlar faoliyat yuritganlar [24, C.58]. Qozi ul-quzzot, o'z navbatida, Buxoro shahrining bosh qozisi hisoblangan. Mirzalar - qozilik mahkamasining ish yurituvchilar, mulozimlar esa, surishtiruv ishlarini olib boorish bilan mashg'ul bo'lganlar [24, C.58]. Devoni ulamo - qozilik faoliyatiga ko'maklashuvchi va maslahat beruvchi idora. Ushbu idorada muftiylar va a'lamlar faoliyat yuritganlar. Ma'lumotlarga qaraganda, mazkur devonda 12 muftiydan iborat bo'lgan kengash amal qilgan [19,C.17]. Mahalliy qozilik idorasi- barcha bekliklarda ushbu idoralar bevosita amir tomonidan tayinlanadigan qozilar tomonidan boshqarilgan. Ayni shu idorada muftiylar va mulozimlar ham xizmat qilganlar. Qozilik mahkamasidan farqli o'laroq, mahalliy qozilik idorasida mulozimlar qozilar hukm va qarorlari ijrosini ta'minlash bilan shug'ullanganlar [24, C.59]. Qozilar mahalliy bekdan (hokim) mustaqil faoliyat yuritib, muayyan darajada beklikning faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirganlar [15, C.173]. Qozi askar - bevosita qozilik mahkamasiga bo'ysunuvchi, harbiy xizmatchilar tomonidan xizmatda, jang davomida yoki boshqa urishlarda sodir etilgan harbiy jinoytlarni ko'rib hal etuvchi qozi. Ayrim manbalarda bunday turdagi ishlar naqib tomonidan hal etilgan deya keltiriladi [18, C.140].

Buxoro amirligi sud sohasi bo'yicha bir qancha hukmdorlar islohotlar amalga oshirgan bo'lib, ulardan biri Amir Shohmuroddir. Hukmdor sifatida shaxsi juda qiziq, sufiy tal'at, Buxorodagi o'zbek mang'itlar sulolasining birinchi amiri, tarixda Amir Shohmurod nomi bilan tanilgan amir Amir Ma'sum al-Ma'ruf, Ibn Doniyolbiy otaliq Shohmurodbiydir (1785-1800) [11,C. 131]. Uning to'g'risida ham ko'pchilik turlicha fikr bildirishgan. Masalan, "Самарканд тарихи" kitobida uning faoliyati bor

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-113-119

yo'g'i olti satr bag'ishlangan bo'lsa-da, bu ham faqat salbiy tomondan baholangan [17]. Tarixchi olim G.A.Hidoyatovning "Mening jonajon tarixim" nomli kitobida esa yetti satr bag'ishlanib, bunda ham faqat salbiy tomondan xarakterlangan [8, C.238].

Tarixchi Mulla Olim Mahdum Hoji o'zining "Tarixi Turkiston" asarida "Shohmurodbiy ziyoda so'fiy, Xudoga yaqinlashish yo'lini tutgan (doxuli suluk) va taraqqiyparvar, payg'ambar shariatining targ'ibotchisi, taomi o'z kasbi halolidin edi [12,C.110], - deb xarakterlaydi. Rus olimlaridan N.P.Ostroumov ham Shohmurodbiyning faoliyatiga yuqori baho beradi: "U xazinadan faqatgina o'z xizmati uchun shariatga ko'ra qancha haq berilsa, shuncha olgan, bu o'sha davr rus pulida bir kunga qirq tiyinni tashkil qilgan [16, C.17 ].

Ma'sum mang'itlarining birinchi hukmdorlaridan Doniyolbiy otaliqning 12 o'g'lidan kattasi bo'lib, garchi bosh qozi uni hokimiyatdan mahrum etishni maslahat bergan bo'lsa-da, u Buxoro taxtiga voris qilib tayinlandi va otasi vafotidan keyin 1785-yilda amir sifatida taxtga o'tirdi [14, C.62].

Shohmurod islohotlarining ba'zilari 1789-yilda Mirzo Bodi Devon tomonidan yozilgan "Majma al-arqam" (Raqamlar va ruqumlar, siyoqat haqida) asarida [13] keltirilgan.

Shohmurod hukmronligi boshida shariat tartiblariga qat'iy rioya qilishga alohida e'tibor qaratdi.Chunonchi, biz avvallari ko'rgan muxtasib- rais xizmatini, ya'ni bozorlardagi adolat buzilishi, ko'cha-kuylarda axloq normalariga rioya qilish kabilar bilan bog'liq tadbirlarni tikladi [3, C.281]. Islohotlari ichida, ayniqsa, uning sud tizimidagi islohoti diqqatga sazovordir. Bu haqida "O'zbekiston tarixi" kitobida bir parcha keltirilgan: "Har bir musulmon, xatto qul ham qoziga o'z shikoyati bilan kelishga va o'zining xo'jayini g'ayriqonuniy ish qilayotgan bo'lsa, uni javobgarlikka tortishga haqli qilib qo'yilgan edi" [22, C.688].

Bunday qoidaning joriy etilishi o'sha vaqtdagi Buxoro amirligi uchungina emas, balki Turkiston davlatlaridagi sudlovni ijobiylashtirish uchun tashlangan katta qadam bo'lgan. Manbalarga ko'ra, amirlikda sud hay'ati ishlarini Shohmurodning bevosita o'zi boshqargan. Sud ishlarini olib borish uchun maxsus sudlov qonunlari majmuasi ishlab chiqilgan bo'lib, barcha viloyat, tuman, beklik, qozilari aynan mana shu qonunlar majmuasi asosida ish olib borganlar [7, C.288]. Umuman olganda, Amir Shohmurod tomonidan o'tazilgan islohotlar mamlakatdagi markaziy hokimiyatni mustahkamlab, yuksalishni ta'minlashga xizmat qilgan.

Buxoro amirligi sud tizimida alohida ahamiyatga ega bo'lgan. Hamma sudlar tepasida oliy-sudya-qozikalon turgan. Amir Muzaffar davridan boshlab amirlikdagi barcha huquqiy normalar qozilar tomonidan hal qilingan. Barcha fuqarolik, xo'jalik

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-113-119

va jinoiy ishlar Qur'on asosida ko'rib chiqilgan hamda jazolar tayinlangan. Qozilar amir irodasiga ko'ra qozikalon tomonidan tayinlangan. Shariat bo'yicha boshq aruv qozilar qo'lida bo'lgan. Qozikalon amirlik poytaxtining bosh qozisi bo'lishi bilan birga, davlatdagi bosh qozilar boshlig'i hisoblangan [7, C.288 ].

Buxoro amirligida qozilikka quyidagi asosiy talablar qo'yilgan: musulmon erkak kishi bo'lmoqligi, erkin, voyaga yetgan, oilali, jismoniy kamchiligi mavjud bo'lmagan, fiqh ilmini mukammal bilishi, hayotiy tajribaga ega bo'lgan, arab tilini biladigan hamda badnom fuqaro bo'lmasligi kabilar. Sadriddin Ayniyning fikriga ko'ra, bunday talablarga faqatgina Buxoro madrasalarida 19-yil davomida bilim olgan bitiruvchilar javob bera olishlari mumkin edi [2, C.138-141]. Zaruriyat tug'ilgan hollarda qozi qozilik talablariga javob beradigan fuqarolardan bir yoki bir necha o'rinbosarlarni tayinlar edi [21, C.138 ]. Ayollar qozilik lavozimiga tayinlanishmagan.

Qozi muayyan bir ish bo'yicha jarima, qamoq va kaltaklash kabi jazolarni tayinlash huquqiga ega bo'lib, og'ir jinoyatlarni (odam o'ldirish, bosqinchilik, talonchilik) sodir etgan shaxslarga nisbatan o'lim jazosini hal qilish yoki avf qilish masalasi bevosita amir tomonidan hal qilingan. O'lim jazosiga hukm qilish qozi tomonidan tuzilsada, amir uni faqat tasdiqlagan yoki rad etgan [24, C.62 ].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Buxoro amirligida sud ishlarini olib borishning alohida xususiyati shunda ediki, qozilar har bir ishni muayyan to'lov evaziga ko'rib chiqqanlar. Odatda qozilar sud majlislarini masjidlarda olib borsalarda, ko'p hollarda ularga o'z uylarida ishlarni ko'rib chiqib, tahlil qilish va muzokaralar olib boorish yo'lga qo'yilgan. Nizolar ko'p jihatdan suv taqsimotidagi kamchiliklar, soliqlar, bojlar va boshqa turli xil to'lovlarni undirish kabi masalalardan kelib chiqqan [6, C.77 ].

Davlat boshlig'iga ariza va murojaatlar har haftada ikki marotaba taqdim etilgan. Murojaatlar ikki shaklda amalga oshirilgan.

- Ommaviy arz - aholi uchun saroyda o'tkazilgan. Ushbu ommaviy arzni boshlanish muddati bir-ikki soat oldin jamoatchilikka e'lon qilinib, unga ko'ra ariza va murojaatlari bo'lgan har qanday fuqaro arkka hozir bo'lishi mumkin bo'lgan;

- Da'vogarlar davlat boshlig'ining saroydan chiqib ketish vaqtida murojaat etishlari mumkin [ 18, C.24 ].

Amirlikda amir ariza va murojaatlarni ko'pincha Buxoro arkida, ba'zan esa saroy minorasi oldida muhokama etgan [6, C.32 ]. Bizga ma'lumki, islom huquqida isbot etish ta'limotlari qiyosiy usulda tahlil etilib, batafsil o'rganilgan. Buxoro

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-113-119

amirligida quyidagilar isbot etishning asosiy shakllari hisoblangan: 1)aybni tan olish; 2)guvohning ko'rsatmalari; 3)qasam ichish; 4)yozma dalillar [20, C.205]. Guvoh o'z ko'rsatmalarini faqat o'zi bilgan yoki ko'rganligiga asoslanib bayon etishi lozim bo'lgan. Boshqa birovdan eshitgan, bilganlarini sud jarayonida aytib berish - "guvoh tariqasida ko'rsatma" deb rasmiy tan olinmagan [24, C.63 ]. Amirlikda guvoh tariqasida sud jarayonida: voyaga yetmaganlar, qullar, g'ayridinlar, tuhmatchilar, ig'vogarlar, yolg'onchilar, qasamxo'rlar, jazoga tortilganlar, yaqin qarindoshlar va boshqalar ishtirok eta olmaganlar [10, C.105 ].

Sud ishlarini tezlikda amalga oshirilishi sudning eng ma'qul sifatlari deb hisoblangan. Qozi hukmidan norozi bo'lganlar qozikalon yoki amirga ariza berishga haqli bo'lishgan. "Qozi chiqargan hukmni qozikalon, uning hukmini esa faqat amir bekor qilishi mumkin bo'lgan [23, C.202 ].

Buxoro amirligining sudi boshqa musulmon mamlakatlarining sudidan qattiqqo'lligi bilan ajralib turgan. O'g'irlik va shunga o'xshash ishlarni qilgan kishilar minoradan uloqtirilgan. Ba'zi og'ir jazolari tufayli zindonga yoki kanaxonaga tashlash odati mavjud bo'lgan [4, C.98 ].

XULOSA

Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, Buxoro amirligida sud tizimi boshqa xonliklarga nisbatan ancha muayyan darajada takomillashgan. Buxoro amirligi davlat tizimida sud hokimiyati unchalik ko'p tadqiq qilinmagan. Davlat hokimiyatini tashkil etish, ayniqsa, sud hokimiyatini shakklantirish borasidagi tarixiy tajribamizni har tomonlama tahlil etish, bugungi kunda ijtimoiy voqeligimiz uchun monand keladigan hamda jahon tajribasining ilg'or tomonlarini o'zida mujassamlashtirgan mustaqil sud hokimiyatini barpo etish biz tarixchilar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan tarixning har bir sohasida asosli dalillangan ma'lumotlarga ishonish va dalillash bizning asosiy vazifamizdir.

REFERENCES

1. Prezident.uz sayti.(President.uz website).

2. Айни Садриддин. Бухара. (Воспоминания). - Душанбе: Ирфон, 1980.(Ayniy Sadriddin. Bukhara.(Memories). - Dushanbe: Irfon.)

3. Азамат Зиё. Узбек давлатчилиги тарихи. Т.:Шарк,-2000.(Azamat Ziyo.History of Uzbek statehood. T.: Shark-2000.)

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-113-119

4. Barakayev J. Haydarov Y. Buxoro tarixi (eng qadimgi davrlardan ulug' oktabr inqilobigacha). T.:O'qituvchi,1991. (Barakayev.J , Haydarov. Y. History of Bukhara (from ancient times to the Great October Revolution. T.:O'qituvchi,1991.)

5. Бухарский A.A тракрат о чинах и званиях и об обязанностях носителей их средневековой Бухаре / Советское востоковедение.- Москва. 1948. T.V.( Bukharsky A.A Treatise on the ranks of titles and the duties of their bearers in medieval Bukhara / Soviet oriental studies. - Moskva. 1948.)

6. Дониш А. Истирия мангитской династии. / Пер. С тадж. И.А Наджафова. -Душанбе: Дониш, 1967. (Donish A . History of the Mangit dynasty. Nadjafova I.A. Dushanbe: Donish,1967.)

7. Ешов Б. Узбекистон давлатчилиги ва бошкарув тарихи. T.:-2012.(Eshov B. History of statehood and governance of Uzbekistan. T.:-2012.)

8. Х,идоятов Г.А. Менинг жонажон тарихим.Т.: Укитувчи.1992. (Hidoyatov G.A My dear history. T.:Uqituvchi.1992.)

9. Искандаров Б.И. Из истории Бухарского эмирата. - М.: Изд.Вос.Лит, 1958.(Iskandarov B.I From the history of the Bukhara Emirate.M.:-1958.)

10. Лунёв Ю.Ф. Госуд арство и право узбекских ханств с XVI по XIX века.-М.:Аст, 2004. (Lunyov Y.F. State and law of the Uzbek khanates from the 16th to the 19th centuries.-M.:Ast.)

11. Мирза Абдулазим С омий. Мангит султонлари тарихи. Т.: Шарк юлдузи. (Mirza Abdulazim Somiy. History of Mangit sultans. T.:Eastern star.)

12. Мулло Олим Махдум Х,ожи. Тарихи Туркистон.-Карши: Насаф, 1992. (Mullo Olim Mahdum Hoji. History of Turkestan.- Karshi:Hasaf,1992.)

13. Мукимов.З. "Мажма ал-аркам", // Зарафшон газетаси, 1993-йил 8-декабр. (Muqimov Z. Majma al-arqam, // Zarafshan newspaper, December 18, 1993.)

14. Мукимов.З. Килич ва калам сохдблари. Самарканд.-2008. (Muqimov Z. Swort and pen holders.Samarkand.-2008.

15. Нечаев А.В. По горной Бухаре. Путевые очерки. - СПб.: 1914. (Nechayev A.V. Along mountain Bukhara.-1914.)

16. Остроумов Н.П. Туземцы Туркестанского края прежде и теперь. -Ташкент.1912. (Ostroumov N.P. The natives of the Turkestan regionbefore and now. -Tashkent. 1912.)

17. Самарканд тарихи. 1-том. -Тошкент.1969.(History of Samarkand.Volume 1.-Tashkent.)

18. Семенов А.А. Бухарский тракрат о чинах и званиях и об обязанностях носителей их средневековой Бухаре / Советское востоковедение. - Москва. 1948.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-113-119

T.V . (Semyonov A.A. Bukhara treatise on ranks and titles and the duties of their bearers in medieval Bukhara/ Soviet oriental studies.-Moskva.1948.)

19. Тухтаметов Т.Г. Россия и Бухарский эмират в начале XX века. - Душанбе: Ирфон, 1977. - С.17; Муродов И. Чукур урганилмаган мавзу // Бухоронома. -2001.(Tuxtametov T.G. Russia and the Bukhara Emirate at the beginning of the 20th century. -Dushanbe: Irfon. 1977.)

20. Ханыков Н. Описание Бухарского ханства.- СПб.: «Типография Императорской Академии Наук», 1843.(Xanikov N. Description of the Bukhara Khanate.-CPb.: "Printing house of the Imperial Academy of Sciences", 1843.)

21. Юшков С.А История государства и права СССР. Ч.И. - М.:Наука, 1940. (Yushkov S.A. History of the state and law of the SSSR.-M.:The science,1940.)

22. Узбекистон СССР тарихи, 4-томлик, 1-том . (History of the Uzbek SSSR,Volume 4,volume 1.).

23. Узбекистон тарихи: давлат ва жамият тараккиёти / Сагдуллаев А., Аминов Б., Мавлонов У., Норкулов.- Тошкент: Академия, 2000.(Sagdullayev A., Aminov B., Mavlonov O'., Norqulov N. History of Uzbekistan:state and society development. -Tashkent: Academy,2000.)

24. Шодиев.Ж.М. Бухоро амирлиги давлатчилигининг ривожланиши/Укув кулланма. Т.: ТДЮИ нашриёти, 2010. (Shodiyev J.M. Development of the statehood of the Bukhara Emirate / Study guide. T.:TDYI Publishing house,2010.)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.