Научная статья на тему 'BUXGALTERIYA HISOBI TIZIMINING HOLATI VA UNING FAOLIYATINI BAHOLASH'

BUXGALTERIYA HISOBI TIZIMINING HOLATI VA UNING FAOLIYATINI BAHOLASH Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
2645
234
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Buxgalteriya hisobi / rentabellik / sof daromad / bozor iqtisodiyoti / audit / konsalting / inventarizatsiya / iqtisodiy tahlil / tashqi nazorat. / Accounting / profitability / net income / market economy / audit / consulting / inventory / economic analysis / external control.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Zarema Ibragimova

Ushbu maqolada buxgalteriya hisobi tizimi haqida tushuncha berilishi bilan bir qatorda, tizimning holati, buxgalteriya tizimining faoliyati va uni nazorat qiluvchi va baholovchi audit tizimi haqida bir qancha ma'lumotlar keltirildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STATUS OF THE ACCOUNTING SYSTEM AND EVALUATION OF ITS ACTIVITY

In addition to providing an understanding of the accounting system, this article provides some information about the status of the system, the operation of the accounting system, and the audit system that monitors and evaluates it.

Текст научной работы на тему «BUXGALTERIYA HISOBI TIZIMINING HOLATI VA UNING FAOLIYATINI BAHOLASH»

BUXGALTERIYA HISOBI TIZIMINING HOLATI VA UNING FAOLIYATINI

BAHOLASH

Zarema Ibragimova

Farg'ona politexnika instituti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada buxgalteriya hisobi tizimi haqida tushuncha berilishi bilan bir qatorda, tizimning holati, buxgalteriya tizimining faoliyati va uni nazorat qiluvchi va baholovchi audit tizimi haqida bir qancha ma'lumotlar keltirildi.

Kalit so'zlar: Buxgalteriya hisobi, rentabellik, sof daromad, bozor iqtisodiyoti, audit, konsalting, inventarizatsiya, iqtisodiy tahlil, tashqi nazorat.

STATUS OF THE ACCOUNTING SYSTEM AND EVALUATION OF ITS

ACTIVITY

Zarema Ibragimova

Fergana Polytechnic Institute

ABSTRACT

In addition to providing an understanding of the accounting system, this article provides some information about the status of the system, the operation of the accounting system, and the audit system that monitors and evaluates it.

Keywords: Accounting, profitability, net income, market economy, audit, consulting, inventory, economic analysis, external control.

KIRISH

Ma'lumki, hisobot, korxona, birlashma, uyushma, konsern, korporatsiya, aksiyodorlik jamiyati va shu kabilaming o'tgan vaqt ichidagi ishlari natijalari va sharoitlari to'g'risidagi ma'lumotlar majmui bo'lib, u xo'jalik faoliyatini tahlil, nazorat qilish va boshqarish maqsadida tegishli subyektlarga topshiriladi. Hisobot axborotlari sotilgan mahsulot, ish va xizmatlar, ulaming ishlab chiqarish xarajatlari, xo'jalik mablag'lari va ulaming tashkil bo'lish manbalari, ishlaming moliyaviy natijalari, soliqqa tortish va dividendlar to'g'risidagi ma'lumotlami o'z ichiga oladi. Buxgalteriya hisobi yordamida xo'jalikda mavjud bo'lgan har xil turdagi moddiy qiymatliklar va pul mablag'larining miqdori, boshqa korxona va tashkilotlar bilan hisob-kitoblarning holati, undagi boshqa resurslarning umumiy hajmi haqida ma'lumotlar olinadi; tayyorlangan materiallar, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi va tannarxi aniqlanadi; xo'jalik faoliyatining moliyaviy natijalari - foyda (sof daromad) yoki zarar hisoblab

chiqiladi; korxonaning rentabelligi hamda korxona va uning tarkibiy qismlarining boshqa qator ko'rsatkichlari hisoblab aniqlanadi. Buxgalteriya hisobida ham, tezkor va statistika hisobidagi kabi, barcha o'lchagichlar - natura, mehnat va pul o'lchagichlari qo'llaniladi. Lekin unda pul (qiymatli) o'lchagichga alohida ahamiyat beriladi, chunki u buxgalteriya hisobining umumlashtiruvchi ko'rsatkichlarini olish imkonini beradi. Shuning uchun pul o'lchagichda buxgalteriya hisobining barcha ob'ektlari, garchi ular natura va mexat o'lchagichlarida aks ettirilgan bo'lsa ham, albatta, pul o'lchagichida ifodalanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Pul o'lchagichi yordamida buxgalteriya hisobi korxonaning barcha mablag'lari hajmi, ishlab chiqarishga qilingan harajatlar, davr harajatlari, ko'zda tutilmagan harajatlar, mahsulotning ishlab chiqarish tannarxi, realizatsiyadan olingan yalpi tushum, morjinal (eng katta yalpi) foyda kabilarni beradi.Buxgalteriya hisobining eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, unda barcha xo'jalik operatsiyalari yoppasiga qayd qilinadi. Bu narsa barcha xo'jalik jarayonlarining to'la tavsifini olish uchun zarurdir. Buxgalteriya hisobining boshqa xususiyati, uning hujjatlanishidir. Buxgalteriya hisobi tizimida qayd qilinadigan har bir muomala dastlab hujjatlashtirilishi kerak. Hujjat buxgalteriya hisobi ma'lumotlarining yagona manbai hisoblanadi. Barcha muomalalarni qamrab oladigan hujjatlarning mavjudligi buxgalteriya hisobi ma'lumotlaridan moddiy javobgar shaxslar faoliyati ustidan nazorat qilish uchun foydalanish va boshqarish uchun asoslangan ma'lumotlar olish imkoniyatini beradi. Buxgalteriya hisobida yig'ma yakunlangan ko'rsatkichlarni olish uchun yig'ilgan ma'lumotlarni ilmiy ishlashning maxsus usullaridan foydalaniladi. Bu usullarning muhim xususiyatlari shundan iboratki, ular alohida ajratib olingan korxona, tashkilotlar va muassasalarning butun xo'jalik faoliyatini uzluksiz va o'zaro bog'langan holda aks ettirilishini ta'minlaydi.

Darhaqiqat, bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda buxgalteriya hisobini shunday tashkil etish kerakki, u tejamli bo'lib, kam mablag' sarflangan holda ichki va tashqi foydalanuvchilarni ko'proq axborotlar bilan ta'minlansin. Bozor munosabatlariga o'tish va davlat mulkini xususiylashtirish xo'jalik yuritishning mazmuni, tuzilishi va psixologiyasida jiddiy o'zgarishlarga olib keladi. Bu o'z navbatida, buxgalteriya hisobida tub o'zgarishlarni talab qiladi. Buxgalteriya hisobi xalqaro biznes tili sifatida davlat qonunlarini bajarilishini kafolatlashi, tadbirkorlikni rivojlantirishiga mulkni saqlash va ko'payishiga xizmat qilishi, manfaatdor (investorlar, aktsiyadorlar, banklar, fondlar, mol yuboruvchilar, mol oluvchilar, rasmiy organlar va sh.k.) lar tomonidan muhim iqtsodiy qarorlarni qabul qilishda (kapitalini investitsiya qilish, bozorga chiqish, xodimlarni yollash, soliq siyosati, moliyalash manbalarini qidirib topish, hisoblashishlar va sh.k.) zarur bo'ladigan to'liq va ishonarli axborotlarni o'z vaqtida yetkazib berish

kerak.

MUHOKAMA

Buxgalteriya hisobini hozirgi zamon talabi darajasida tashkil etish quyidagi kompleks tadbirlar bilan ta'minlanadi:

1.Buxgalteriya hisobini qonuniy tartibga solish va uning me'yoriy bazasini shakllantirish;

2.Uslubiy ta'minot (yo'riqnomalar uslubiy ko'rsatmalar, sharxlar) bilan;

3.Kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bilan;

4.Xalqaro professional tashkilotlar bilan hamkorlik qilish yo'li bilan;

5.Hisobni boshqarish tizimini qaytadan tashkil etish yo'li bilan.

Buxgalteriya hisobi xo'jalik faoliyati jarayonlari, aktivlar, ularning manbalari va oxirgi moliyaviy natijalarni aks ettirishni makon va zamonda, dialektik harakatda amalga oshiradi. Aynan shunday yondashish buxgalteriya hisobining metodini ifodalaydi. Buxgalteriya hisobining metodining mohiyati unda qo'llaniladigan usullarda yorqin namoyon bo'ladi.

Buxgalteriya hisobi tizimi faoliyatini baholash xususida to'xtalar ekanmiz, bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotga o'tish xo'jalik yurituvchi subyektlarning moliyaviy hisobotlarini xolis tekshiruvdan o'tkazish, ularning realligini ekspert qilish , shu asosda moliyaviy hisobotga xolis xulosa berish, shuningdek mavjud xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo'yicha kasbiy maslahatlarni berish, hisob-kitoblarni tiklash va yuritib berish, biznes reja va soliq deklaratsiyalarini tuzib berishdan iborot maxsus «audit» deb atalmish faoliyat turini vujudga kelishiga asos solganligini alohida ta'kidlash kerak.

«Audit- bu mustaqil malakali mutaxassislar tomonidan korxonaning moliyaviy hisobotini yoki u bilan bog'liq moliyaviy axborotni, bu hisobot yoki axborotning qonun va boshqa normativ hujjatlarga muvofiqlik darajasi to'g'risida xulosa chiqarish maqsadida tadqiq etilishi», deb ta'kidlaydi professor M.M. To'laxo'jayeva. «Audit ( auditing) -bu dahlsiz kompetent xodim tomonidan axborotlarni belgilangan mezonlarga mosligini aniqlash va xolisona xulosa berishi maqsadida xo'jalik tizimi to'g'risidagi axborotlarni to'plash va baholash jarayoni".

NATIJA

Auditning mohiyati - bozor iqtisodiyoti sharoitida uning obyektiv iqtisodiy taraqqiyot qonunlari, kategoriyalari, xalqaro hamjamiyatda tan olingan hamda ayrim olingan bir konkret mamlakatda amal qilayotgan me'yoriy hujjatlarning talablariga mos tekshiruv obyektida uning barcha faoliyatlari raqamlar yordamida ifodalangan, maxsus tizim asosida xulosa va takliflar berishdan iborat», deb yozadi professor N.Sanayev.Professor X.N.Musayev auditning mohiyatini quyidagicha e'tirof etgan:

«audit -bu muayyan vakolatlar berilgan shaxslar, ya'ni auditorlar tomonidan xo'jalik yuritayotgan subyektlar faoliyatlarining respublikada qabul qilingan qonun-qoidalarga muvofiqligini tekshirish yo'li bilan baholash va xolisona xulosalar berishdir» Tizim sifatida audit jamiyat miqiyosida mavjud bo'ladi.

Yaxlit tizimni tashkil etuvchi auditni ichki va tashqi auditga bo'lish mumkin. Ichki audit iqtisodiyotning quyi bo'g'ini bo'lgan xo'jalik yurituvchi subyektlarda ichki nazorat vositasi hisoblanadi.Tashqi audit davlat va xo'jalik yurituvchi subyektlar manfaatlari nuqtai nazaridan mustaqil auditorlik tashkilotlari tomonidan o'tkaziladigan nazorat vositasi hisoblanadi. Tashqi audit davlat tomonidan me'yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi.

Auditning mohiyati uning tarkibiy komponetlarining mazmunida yorqin namoyon bo'ladi. Bunday komponentlar quyidagilardir.Ichki nazorat -bu xo'jalik yurituvchi subyektlar moliyaviy - xo'jalik faoliyatini rahbariyat tomonidan tasdiqlangan maxsus Nizom asosida doimiy nazorat qilib boruvchi bo'limning yoki xodimning (xodimlarning) ish faoliyati. Bunday nazoratni ichki audit bo'limi yoki ichki auditorlar olib borishlari mumkin. Tashqi nazorat -bu mustaqil auditorlik tashkilotlarining shartnoma asosida korxonalarda yuz bergan hodisa va jarayonlarni, ularning natijalarini qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlarga mosligini tekshirish bo'yicha olib borgan ish faoliyati. Iqtisodiy tahlil - bu moliyaviy hisob va hisobot ma'lumotlari asosida korxonalarning moliyaviy -xo'jalik faoliyati va uning natijalarini qo'yilgan maqsad va talablarga ko'ra dinamik va statik jihatdan izohlab berish bo'yicha olib borilgan ish faoliyati.

XULOSA

Ekspertiza - tuzilgan buxgalteriya hisobi hujjatlarini, hisob registrlari va moliyaviy hisobotlarni qonunlar va boshqa me'yoriy hujjatlar talablariga mos kelish darajasiga baho berish bo'yicha olib borilgan ish faoliyati.

Inventarizatsiya - bu korxona aktivlari va majburiyatlarining haqqoniy mavjud holatini aniqlash, ularni hisob ma'lumotlariga mos kelishligini belgilash bo'yicha amalga oshirilgan ish faoliyati.

Konsalting - bu xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga ularni qiziqtiruvchi turli bilimlar va amaliy ko'nikmalar bo'yicha maslahatlarni berish borasida olib borilgan ish faoliyati.

Kasbiy xizmatlar - bu auditorlik tashkilotlarining shartnomalar asosida xo'jalik yurituvchi sub'ektlarga hisobni yuritib berish, uni tiklash, soliq deklaratsiyalarini tuzib berish, biznes rejani tuzish va boshqa kasb ishlarini bajarib berish borasidagi ish faoliyati. Shunday qilib, yuqoridagi fikr va mulohazalardan kelib chiqgan holda audit va auditorlik faoliyatlariga quyidagicha ta'rif berish mumkin. Audit - bu xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning moliyaviy xo'jalik faoliyatini davlat va xo'jalik yurituvchi sub'ektlarning manfaatlari nuqtai nazaridan qonunlar va va boshqa me'yoriy hujjatlarga

mos kelishini ichki va tashqi nazoratdan o'tqazish, tahlil va ekspertiza qilish, shuningdek konsalting va boshqa turdagi kasbiy xizmatlarni ko'rsatish tizimi.

REFERENCES

1. O'zbekiston respublikasi buxgaletriya hisobining milliy standartlari BHMS. 21 -sonli, Tarjimonlar: prof. A.Sotvoldiev va O.Masharipov. Toshkent - 2002.

2. Norbekov D. BuxgaIteriya hisobi nazariyasi. T.:-«Iqtisod-moliya», 2006.

3. Sotivoldiyev A.S. Zamonaviy buxgalteriya hisobi. T.: - 2002.

4. U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova. Buxgalteriya hisobi. Toshkent -2011.

5. B.Xashimov. Buxgalteriya hisobi nazariyasi. Toshkent - 2003.

6. K. B. Urazov. Buxgalteriya hisobi va audit. Toshkent - 2004.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.