Научная статья на тему 'BOSHLANG`ICH SINFDA MATEMATIKA O`QITISHNI TASHKIL QILISH SHAKLLARI'

BOSHLANG`ICH SINFDA MATEMATIKA O`QITISHNI TASHKIL QILISH SHAKLLARI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
3753
178
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Ученый XXI века
Область наук
Ключевые слова
MATEMATIKA / DIDAKTIK MAQSAD / DARS / SINF / MALAKA / TAYYORGARLIK

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Safarova N.N., Abdukarimova R.A.

Maqolada boshlang`ich sinfda matematika o`qitishni tashkil qilish shakllari haqida ma’lumot berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG`ICH SINFDA MATEMATIKA O`QITISHNI TASHKIL QILISH SHAKLLARI»

BOSHLANG ICH SINFDA MATEMATIKA O QITISHNI

TASHKIL QILISH SHAKLLARI

N.N. Safarova1, R.A. Abdukarimova2

Maqolada boshlang'ich sinfda matematika o'qitishni tashkil qilish shakllari haqida ma'lumot berilgan.

Kalitso'zlar: matematika, didaktik maqsad, dars, sinf, malaka, tayyorgarlik.

Boshlang'ich sinflаrdа matematikаdаn quyidаgi dаrs turlаrini ko'rsatish mum-kin: O'quvchilarni yangi tushunchаlаr bilаn tаnishtirish, yangi bilim vа ko'nikmalarni hоsil qilish dаrslаri. Bu dаrslаrdа hisоblаsh, grаfik yoki mаsаlа yechish bilimlаri hоsil qilinаdi. Turli xil mashqlar yordamida yangi bilim, malaka, ko'nikmalarni mustahkamlash darslari. O'tilganlarni takrorlash, umumlashtirish va sistemalashtirish darslari. Keyingi ishda xatolarning oldini olish maqsadida bilim, malaka va ko'nik-malarni tekshirish darslari.

Har bir matematika darsida turli xildagi didaktik maqsadlar amalga oshirilishi mumkin: uy vazifasini tekshirish, darsning va mavzuning maqsadini bayon qilish, oldin o'tilganlarni takrorlash yoki bolalarning hayot tajribasini esga tushirish yo'li bilan o'quvchilarni yangi materialni o'zlashtirishga tayyorlash, og'zaki hisoblash uchun maxsus mashqlar, yangi materialni o'rganish (darsning asosiy bo'limi), bolalarning jamoa ishi sifatida birinchi o'zlashtirilgan bilim va ko'nikmalarini mustahkamlash, o'rganilgan bilimlarni hisoblash, mashq, bilim va malakalarni qo'llash (darsning asosiy bo'limi), o'quvchilarni mustaqil ishlari va uni tekshirish, oldin o'zlashtirilgan materiallarni takrorlash, uyga vazifa berish, darsni xulosalash.

Boshlang'ich sinfda matematika darsining har bir qismini umumiy didaktik masalalarni bajarishga qaratilmog'i kerak. Darsning qismlari asosiy didaktik maqsadga qarab o'zaro bog'langan bo'lishi kerak. Alohida dars turlarining mumkin bo'lgan struk-turalarini qarab chiqamiz. Masalan: o'quvchilarni yangi tushunchalar bilan tanishtirish, yangi bilim va ko'nikmalarni hosil qilish darslari.

Darsning borishi. Darsni maqsadga muvofiq shunday boshlash kerakki, barcha o'quvchilarni ishga, o'quv vazifalarini aktiv bajarishga darhol tortadigan bo'lsin. Shu maqsadda uncha katta bo'lmagan mustaqil ishlarni kartochkalarga yozib borish kerak, bu esa o'quvchilardan masala shartini yozmasdan hisoblash natijalarinigina yozishni talab qiladi. Bunday mustaqil ishlar o'quvchilarni yangi materialni o'zlashtirishga tayyorlaydi.

O'quvchilar diqqatini yo'naltirish usullaridan yana biri darsning mavzusi va maqsadini aniq tushunarli e'lon qilishdir. Bunda albatta o'quvchilarning qiziqishini ortirish va muammoli vaziyat yaratish zarur. Masalan: o'quvchilar faqat hisoblashning og'zaki usuli bilan tanish bo'lsalar, ularga ikkita uch xonali sonlarni qo'shish tavsiya qilinsa, unda o'zlarining ortiqcha bilim va malakalarini qo'llaydilar. O'quvchilar ma'lum qiyinchiliklardan o'tadilar. Shunday qilib, oldindan o'rganilgan hisoblash jarayonlari bilan bu misolni bajarish qiyin emasligiga ishonch hosil qiladi.

Yangi og'zaki usulni o'zlashtirish kerak. Dars ana shu usulga bag'ishlangan bo'ladi. Ikkinchi holda dars o'quvchilar bilan qisqacha suhbat bilan olib borilishi mumkin. Bunday darsdan agar o'quvchilar bir xonali sonlarni ko'paytirishni tushuntirishda foydalanish mumkin. Yangi o'quv materialini o'quvchilarning aktiv o'zlashtirishiga tayyorlash maqsadida oldin o'zlashtirilgan materiallar takrorlanadi, takrorlash xarakteridagi materiallar ko'pincha og'zaki hisoblash orqali bajariladi. Shuningdek, yangi materialni o'zlashtirishga qaratilgan misol va masalalarni mustaqil yechish ham mumkin. Darsning ikkinchi qismida yangi matematik tushuncha beriladi yoki arifmetik misollarning yangi turi yechiladi. Bu o'quvchilarning bayoni yoki suhbati orqali olib

1 Safarova Nigora Nasilloyevna - O'zbekiston respublikasi Ichki ishlar vazirligi Buxoro akademik litseyi matematika fani o'qituvchisi (Buxoro, O'zbekiston).

2Abdukarimova Rayxona Akmalovna - Buxoro davlat universiteti Fizika-ma-tematika fakulteti 1-1MAT-21 guruhi talabasi (Buxoro, O'zbekiston).

boriladi. Ba'zan o'quvchi buni mustаqil tаnlаb olishni ham tаvsiya qilаdi. Masalan, оldin o'tilgan mаvzugа bog'liq hо1dа mаsа1а yoki misо1 yechish mаqsаd qilib о1ingаn bolsa, u holda misollarni o'quvchilar mustahkamlash, mustaqil yechish orqali o'zlarining bi-lim va malakalarini oshirishi mumkin.

Yangi materialni mustahkamlash. Bu bosqichda o'quvchilarga keltirib chiqarilgan holda, xulosa, muhokamalarni esga olish, undan keyin mustahkamlash xarakteridagi vazifa berish kerak. Bu vazifani bajarish yordamida o'tilgan yangi bilim mustahkamlanadi va birinchi bor amaliyotga tadbiq qilinadi. Birinchi vazifalar odatda jamoa ravishda bajariladi. Ba'zan esa misol-masalalar mustaqil bajarilgandan keyin, o'quvchilardan birortasi doskaga chiqib shu qoidaning to'g'riligini misol, masala yechish orqali ko'rsatib beradi. O'quv materialining murakkabligiga qarab har qaysi bosqichda ham eng samarali yol tutish lozim.

Boshlanglch sinflarda matematika darsiga tayyorlanish. Matematika dar-siga tayyorlanishda birinchi navbatdagi mavzu bir tizimga keltirilgan darslarning o'rnini ko'rsatish zarur. Undan keyin o'quvchilarga yangi dars materiali yuzasidan ishga qanday me'yorda tayyorlanganligini, buning uchun nimani takrorlash zarurligini aniqlash zarur.

Matematika darsini tahlil qilish. Boshlanglch sinflarda matematikadan darsni tahlil qilish va baholash birinchi navbatda uning talim-tarbiyaviy ahamiyatini ko'rsatadi, shuning uchun darsni tugatganda har tomonlama uni qay darajada tuzilgan-ligini va olilganligini, hozirgi zamon psixologik-pedagogik talablar darajasida qanday bajarilganligini va asosiy didaktik prinsiplarini qanday qollanganligini ko'rsatish kerak. Dars tahlili uning mazmuni strukturasini, vaqtni taqsimlashni, ish bajarish usullari, qollanilgan ko'rgazma va boshqa didaktik vositalarni ko'rsatish zarur. Darsning har bir tomonini qarashda o'quvchilar faoliyatini qanday yo'naltirilganligini, undan qaysi o'rinda aktivlik va mustaqillik buzilganini, hayajonlanish bolganligini, shaxsning boshqa tarbiyaviy tomonlarini amalga oshirganligini e'tiborga olish kerak.

Dars tahlili quyidagi yo'nalishda yoritilishi mumkin: 1. Darsning asosiy didaktik maqsadini tushuntirish va asoslash. 2. Dars mazmunining tahlili. 3. O'quvchilar faoliyatini uyushtirish va yo'naltirishga baho. Darsda nechta o'quvchi yoki barcha o'quvchilar aktiv qatnashganligini va mustaqil faoliyat bilan bilimlarni egallaganligi, unga qanday yo! bilan erishish zarurligini aytish kerak. 4. Darsda qollaniladigan ko'rgazma va boshqa didaktik qollanmalarning rolini ko'rsatish. 5. Dars natijasini baholash. Baholashning muhim belgilaridan biri shuki, dars o'z maqsadiga erishganligi, har bir o'quvchi tolaligicha mustaqil ish qilganligi, ularning barchasi o'qituvchi rahbarligida amalga oshirilganligi ko'rsatiladi. Dars tahlilini qilishda shu narsani tush-unish zarurki, uholda dars to'g'ri baholanadi, o'quvchilarni o'qitish va tarbiyalashning pedagogik jaryonlari bir maqsadga qaratilgan bolsa.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Jumayev M.E, Jumayev E.E, Adilxanova N. Boshlanglch sinflarda matematika o'qitish metodikasi / (KHK uchun) Toshkent. -Ilm Ziyo. 2003 yil.

2. HMoMoBa Ш.М., HopoBa Ф.Ф. РОЛЬ СОЦИАЛЬНЫХ СЕТЕЙ В ОБРАЗОВАНИИД/UNIVERSUM: ТЕХНИЧЕСКИЕ НАУКИ. №10(103), 2022. С. 30-32.

© A.B. Obidova, O.O. Hakimova, 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.