Научная статья на тему '“BOSHLANGʻICH TA‟LIM PEDAGOGIKASI” NING ZAMONAVIY DOLZARB MASALALARI'

“BOSHLANGʻICH TA‟LIM PEDAGOGIKASI” NING ZAMONAVIY DOLZARB MASALALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

311
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Boshlang'ich ta'lim / pedagogika / zamonaviylik / dolzarblik / yangilik / tarbiya / ta'lim / ustuvorlik / tajriba.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Onaxon Mannapovna Jabborova

Maqolada “Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi”ning zamonaviy dolzarb masalalari va ularni tadqiq etishning zaruriyati to'g'risida fikr yuritilib, mazkur masalaga doir muallifning yondashuvlari taqdim etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“BOSHLANGʻICH TA‟LIM PEDAGOGIKASI” NING ZAMONAVIY DOLZARB MASALALARI»

"BOSHLANG'ICH TA'LIM PEDAGOGIKASI" NING ZAMONAVIY

DOLZARB MASALALARI

Onaxon Mannapovna Jabborova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti Boshlang'ich ta'lim metodikasi kafedrasi

mudiri

ANNOTATSIYA

Maqolada "Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi"ning zamonaviy dolzarb masalalari va ularni tadqiq etishning zaruriyati to'g'risida fikr yuritilib, mazkur masalaga doir muallifning yondashuvlari taqdim etilgan.

Kalit so'zlar: Boshlang'ich ta'lim, pedagogika, zamonaviylik, dolzarblik, yangilik, tarbiya, ta'lim, ustuvorlik, tajriba.

АННОТАЦИЯ

В статье рассматриваются современные актуальные вопросы «Педагогики начального образования» и необходимость их исследования, а также представлен авторский подход к данному вопросу.

Ключевые слова: Начальное образование, педагогика, современность, актуальность, новаторство, воспитание, образование, приоритет, опыт.

ABSTRACT

The article discusses the modern topical issues of "Primary Education Pedagogy" and the necessity of their research, and presents the author's approach to this issue.

Keywords: Primary education, pedagogy, modernity, relevance, innovation, upbringing, education, priority, experience

"0'zbekiston-2030" strategiyasida mamlakatimizda 2023 yilga qadar ta'lim tizimida, jumladan, boshlang'ich ta'limda sifat ko'rsatkichlariga erishish vazifasi qo'yilgan. Bu vazifalar negizini boshlang'ich ta'lim jarayonini xalqaro ta'lim dasturlari va xorijiy mamlakatlarning boshlang'ich ta'lim bo'yicha tajribalariga mos ravishda rivojlantirish tashkil qiladi[1]. Shu jihatdan bunday yondashuv boshlang'ich ta'limning sifat ko'rsatkichlari mezonlarini belgilaydi. Mazkur vazifalar va mezonlar ijrosi jarayonida "Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi"ning zamonaviy dolzarb masalalarini tadqiq etish va bu masalalar bo'yicha aniq metodik xulosalarga kelish

330

dolzarb bo'lib turibdi. Ushbu o'rinda ana shu masalaning eng asosiy jihatlari ta hliliga tortamiz.

"Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi" o'quv fani to'g'risida. COVID-19 pandemiyasi keltirib chiqargan murakkab ijtimoiy sharoit tufayli 2020-2021 o'quv yilidan boshlab oliy ta'lim jarayonini amalga oshirishga doir yangicha yondashuvlar, intensiv ta'lim usullari va samarali o'qitish shakllarini amaliyotga joriy etish ishlari amalga oshirildi. Shu jihatdan Chirchiq davlat pedagogika universitetida Pedagogika nazariyasi va tarixi fani turkumidagi boshlang'ich ta'lim nazariyasi, didaktikasi va metodologiyasi bo'limi asosida 2021 yili yangi o'quv fani "Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi" dasturi ishlab chiqilib, tegishli ravishda Oliy ta'lim vazirligi ro'yxatidan o'tkazildi. Mazkur o'quv fani Dasturi asosida ilk bor "Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi, innovatsiyasi va integratsiyasi" darsligi tayyorlanib, nashr etildi va 2021-2022 o'quv yilidan boshlab amaliyotga joriy etildi[2].

Mazkur "Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi" yangi o'quv fanining muhim tarkibiy asoslarini "Boshlang'ich ta'lim pedagogikasining umumiy nazariy masalalari", "Boshlang'ich ta'lim didaktikasi", "Boshlang'ich ta'limda tarbiya nazariyasi", "Boshlang'ich ta'limda innovatsiya" va "Boshlang'ich ta'limda integratsiya" modullari tashkil qiladi. Mazkur modullarda ushbu o'quv fanining eng muhim 30 mavzusi o'z ifodasini topgan. Dastlabki tajribalardan kelib chiqib 2023 -2024 o'quv yilidan boshlab bu yangi o'quv fani 2 muhim mustaqil predmetga -"Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi" va "Boshlang'ich ta'limda innovatsiya va integratsiya" o'quv fanlariga bo'lindi. Buning natijasida mazkur o'quv fani asoslarini o'qitish texnologiyalari zamonaviy talablar asosida takomillashtirildi.

"Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi" o'quv fani bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini tayyorlashda eng muhim majburiy va kasbiy -mutaxassislik fanlarining asosi sifatida oliy pedagogik ta'lim jarayonining o'qitish sifatini oshirishda muhim o'rin tutmoqda. Shu jihatdan bu o'quv fanining zamonaviy dolzarb masalalarini idrok etish muhim hisoblanadi.

"Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi"ning tarbiya bo'yicha zamonaviy dolzarb masalasi. Pedagogika fanining tarkibiy qismi sifatida "Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi" o'quv fanida eng asosiy masala tarbiya hisoblanadi. Shu jihatdan bugungi kunda mazkur o'quv fanining tarbiyaga doir yondashuvlarini zamonaviylashtirish va takomillashtirish dolzarb bo'lib turibdi. Chunki O'zbekiston Respublikasi Prezxidentining tashabbusi bilan mamlakatimizda 2022 yili milliy Pedagogikamiz tarixida ilk bor "Tarbiya" o'quv fani joriy etilib, ta'lim tizimining eng muhim o'quv fanlaridan biri sifatida amaliyotga joriy etildi[3]. Buning natijasida bu yangi o'quv fani bo'yicha ham maxsus o'quv adabiyotlari yaratilib, o'qitish

331

jarayoniga tadbiq etildi[4]. Bu masala va mamlakatimizda barpo etilayotgan Yangi O'zbekiston taraqqiyoti "Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi" o'quv fanining tarbiya masalasiga doir yangicha yondashuvlarini ko'rib chiqishni taqozo etadi. Shu ma'noda ushbu o'quv fanining tarbiya masalasiga doir zamonaviy dolzarb masalalarining asosiylarini quyidagilar tashkil qiladi:

1) tarbiyadan ta'limga tamoyili asosida ta'lim oluvchilarni tarbiyalash ishini amalga oshirish;

2) bilim asosida tarbiyalash tamoyiliga tayangan holda ta'lim oluvchilarni tarbiyalash ishini amalga oshirish;

3) tarbiyalanganlik ko'rsatkichlarini xolis baholash indikatorlari asosida o'rganib borish;

4) tarbiya mezonlari, qadriyatlari va fazilatlarini zamonaviy talablar asosida yangilab borish.

Bunday yondashuv ushbu o'quv fanining tarbiya masalasi bo'yicha dolzarb masalalari majmuini tashkil qiladi. Buning natijasida bu o'quv fanida tarbiya ustuvor yo'nalish sifatida qabul qilinib, qolgan barcha pedagogik masalalar uning tarkibi sifatida ko'rib chiqiladi. Natijada bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashning muayyan yondashuvlari o'zgaradi va ular vositasida boshlang'ich sinf o'quvchilarini hozirgi zamon talablari asosida tarbiyalash ishlarini amalga oshirish imkoniyatlariga ega bo'linadi.

"Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi"ning texnologiya bo'yicha zamonaviy dolzarb masalalari. Mazkur o'quv fanining bugungi kundagi eng muhim zamonaviy dolzarb masalalaridan biri boshlang'ich ta'limda qo'llaniladigan o'qitish texnologiyalarini tanlash va tadbiq etish yondashuvlarini yangilashdan iborat. Bizning yondashuvimizga ko'ra mazkur masalada boshlang'ich ta'limda qo'llaniladigan texnologiyalar shu ta'lim bosqichining mazmuni, xususiyatlari va maqsad-muddaolariga mos bo'lishi kerak. Har qanday ta'lim yoki o'qitish texnologiyasini to'g'ridan-to'g'ri boshlang'ich ta'lim jarayoniga tadbiq etib bo'lmasligini eslatib o'tish joiz. Shu ma'noda "Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi" o'quv fani oldida texnologiyalar masalasi bo'yicha quyidagi dolzarb masalalarni ilmiy-metodik jihatdan hal etish muhim bo'lib turibdi:

1) boshlang'ich ta'limga mos o'qitish texnologiyalarini tanlash mezonlarini ishlab chiqish va amaliyotga kiritish;

2) boshlang'ich ta'limga joriy etiladigan zamonaviy innovatsion, raqamli va masofaviy ta'lim kabi zamonaviy texnologiyalarni tezkor hamda samarali shakllarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;

332

3) boshlang'ich ta'limga individual texnologiyalarni joriy etish va ulardan samarali foydalanish metodikasini ishlab chiqish;

4) bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini boshlang'ich ta'limda tezkor, izchil va qulay samaradorlikka erishish imkonini beradigan o'qitish texnologiyalari bilan qurollantirish.

Aynan mana shu masalalarning ilmiy-metodik yechimlarini topish va ular bo'yicha metodik tavsiyalarni taqdim etish ushbu o'quv fanining eng muhim va zamonaviy dolzarb masalalari hisoblanadi.

E'tibor berilsa, "Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi" o'quv fanining bugungi kundagi zamonaviy dolzarb masalalari ushbu o'quv fanini takomillashtirishning eng muhim omillaridan hisoblanadi[5]. Ta'kidlangan masalalarning o'rganilishi va ular bo'yicha yangi ilmiy tadqiqotlar, o'quv materiallari va metodik tavsiyalarning ishlab chiqilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Shu sababli ushbu o'quv fani kelgusi yangi o'quv yilidan boshlab zamonaviy yondashuvlar asosida tayyorlangan variant asosida o'qitilishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

Shunday qilib "Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi" o'quv fanining dolzarb masalalarini idrok etish va bu masalalar bo'yicha tegishli tashkiliy-metodik ishlarni amalga oshirish muhim ahamiyatga egadir. Bu borada to'plangan dastlabki tajribalardan kelib chiqib, muammoni hal etish va o'ziga xos o'quv adabiyotlarini yaratish maqsadga muvofiq bo'ladi.

REFERENCES

1. "O'zbekiston-2030" strategiyasi. // www.ziyonet.uz

2. O'zbekiston Respublikasi Varizlar Mahkamasining 2020 yil 6 iyundagi 422-sonli "Umumiy o'rta ta'lim maktablarida "Tarbiya" fanini bosqichma -bosqich amaliyotga joriy etish chora tadbirlari to'g'risida"gi Qarori. // www.ziyonet.uz

3. Бабашев, Ф. (2022). УЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИДА ОЛИЙ ТАЪЛИМНИ ТИЗИМЛИ исло; ^ИЛИШНИНГ УСТУВОР ЙУНАЛИШЛАРИ. Архив научных исследований, 2(1).

4. Бабашев, Ф. А. (2018). Реформы, нацеленные на дальнюю перспективу. Вопросы науки и образования, (1 (13)), 118-119.

5. Jabborova O., Umarova Z., Boboxodjayeva L. Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi. Darslik. - Toshkent, 2021

6. Jabborova O., Umarova Z. Boshlang'ich ta'limda "Tarbiya" fanini o'qitish metodikasi. O'quv qo'llanma. - Toshkent, 2022

7. Jabborova O. Boshlang'ich ta'limda innovatsion texnologiyalar. - Darslik. -Toshkent, 2023

333

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.