Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA DIDAKTIKANING XUSUSIYATLARI'

BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA DIDAKTIKANING XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Прочие социальные науки»

CC BY
5628
276
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
taʼlim / boshlangʻich / didaktika / tushuncha / xususiyat / bilim / koʻnikma / samara / malaka / yondashuv / oʻqitish / metod. / education / elementary / didactics / concept / characteristic / knowledge / skill / efficiency / skill / approach / teaching / method.

Аннотация научной статьи по прочим социальным наукам, автор научной работы — Sarvinoz To‘lqin Qizi Rahimjonova

Ushbu maqolada boshlangʻich taʼlim didaktikasining oʻziga xos xususiyatlari toʻgʻrisida mulohaza yuritilgan va metodik tavsiyalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

FEATURES OF DIDACTICS IN PRIMARY EDUCATION

The article examines the features of the didactics of primary education and provides guidelines.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA DIDAKTIKANING XUSUSIYATLARI»

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

BOSHLANG'ICH TA'LIMDA DIDAKTIKANING XUSUSIYATLARI

Sarvinoz To'lqin qizi Rahimjonova

Qo'qon universiteti Iqtisodiyot va ta'lim fakulteti 3-bosqich talabasi sarvinizrahimionova@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada boshlang'ich ta'lim didaktikasining o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida mulohaza yuritilgan va metodik tavsiyalar berilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, boshlang'ich, didaktika, tushuncha, xususiyat, bilim, ko'nikma, samara, malaka, yondashuv, o'qitish, metod.

The article examines the features of the didactics of primary education and provides guidelines.

Keywords: education, elementary, didactics, concept, characteristic, knowledge, skill, efficiency, skill, approach, teaching, method.

O'zbekistonda amalga oshirilayotgan ta'lim islohotlari jarayonida boshlang'ich ta'limni rivojlantirish asosiy yo'nalishlardan biri hisoblanadi. Buning uchun boshlang'ich ta'lim didaktikasi asoslarini idrok etib olish maqsalga muvofiqdir.

Didaktika pedagogika fanining muhim tarkibiy qismidir. "Didaktika" so'zi lotincha bo'lib, o'qitish nazariyasi va qonuniyatlarini o'rganadi. Didaktikaning asosiy kategoriyalari quyidagilardan iborat:

1) o'qitish;

2) ta'lim berish;

3) o'qish.

Didaktikaning o'qitish kategoriyasi ta'limni ilmiy va tizimli qonuniyatlar asosida tashkil qilishni ifodalaydi. Mazkur kategoriya pedagogikaning negizi hisoblanadi. Didaktikaning ta'lim berish kategoriyasi quyidagilarni bildiradi:

- bilim berish;

- ma'lumotlar uzatish;

- o'quvchilarning o'quv-bilish faoliyatini tashkil etish;

- o'qish jarayonida yuzaga keladigan muammolarni hal etish;

FEATURES OF DIDACTICS IN PRIMARY EDUCATION

ABSTRACT

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

- o'quvchilarning ijodkorligi va mustaqilligini shakllantirish;

- o'quvchilarning o'zlashtirishini baholash.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Ta'lim berish kategoriyasi o'qituvchining (pedagogning) faoliyati natijasida amalga oshiriladi. Didaktikaning o'qish kategoriyasi quyidagilarni ifodalaydi:

- o'quvchilarning davlat ta'lim standartlariga muvofiq bilim, ko'nikma va malakalarni egallashi;

- o'quvchilarning berilgan topshiriqlarni bajarishi;

- o'quvchilarning ongi, dunyoqarashi va mustaqil fikrining shakllanishi.

O'qish kategoriyasi ta'lim oluvchilar faoliyati bilan amalga oshiriladi. Didaktikaning asosiy vazifasi o'quv faoliyatini amalga oshirishdir. O'quv faoliyati quyidagilarni qamrab oladi:

- bilimlar majmuini berish va egallash;

- o'quv faoliyatini turli vositalar va metodlar asosida tashkil etish;

- o'quvchilarning savodxonligini oshirish;

- o'quvchilarning bilish tajribasini kuchaytirish.

Didaktikaning o'quv faoliyatidagi samaradorligi ichki va tashqi mezonlar bilan belgilanadi. Bunda ichki mezon ta'limni muvaffaqiyatli o'zlashtirishdan iborat, tashqi mezon esa ta'limning umumiy samaradorligi bilan belgilanadi. Bu mezonlar asosida o'quv faoliyati tartibga solinib boriladi va unda sifat hamda samaradorlik darajalariga ko'ra o'quv faoliyati baholanadi.

Didaktika nazariyasi va amaliyotiga doir bir necha tadqiqotlar amalga oshirilgan. Bu borada ayniqsa chex pedagogi Yan Amos Komenskiyning (XVII asr) "Buyuk didaktika" asari muhim hisoblanadi. Bu asarda quyidagilar didaktikaning asosiy tamoyillari sifatida asoslab berilgan:

a) bolaparvarlik;

b) xalqparvarlik;

d) insonparvarlik;

e) bag'rikenglik.

Didaktikaning mazkur tamoyillari hozirgi zamon ta'lim va tarbiya jarayonida qabul qilingan bo'lib, ular pedagogik qonuniyatlar sifatida qaraladi. Bunday yondashuv natijasida butun dunyo ta'lim tizimida gumanizm ideal g'oya sifatida qabul qilingan. Unga ko'ra, ta'lim olish va ta'lim berishda insonning yoshi, jinsi, irqi, millati va ijtimoiy mavqei hisobga olinmaydi. Shu jihatdan keyingi 4 asr davomida pedagogika fani insonparvarlik san'ati sifatida e'tirof etib kelinmoqda.

O'zbekiston sharoitida o'quv faoliyati didaktikaning qonuniyatlari va tomoyillariga qat'iy amal qilingan holda tashkil etilgan. Shu sababli mamlakatimiz

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

ta'lim tizimi xalqlarning ilg'or rivojlanib boruvchi ta'limi ro'yxatiga kiritilgan. Boshlang'ich ta'lim didaktikasining xususiyatlari. O'zbekiston pedagogik fanlari tarkibida boshlang'ich ta'lim didaktikasi o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bunda asosiy xususiyatlar quyidagilardan iborat:

- 7-11 yoshli o'quvchilarni bilim olamiga olib kirish;

- mazkur yoshdagi o'quvchilarni jamiyatning talab va ehtiyojlariga mos ravishda o'qitish;

- boshlang'ich ta'limda eng zamonaviy va maqbul o'quv fanlarini qo'llash.

Shuningdek, boshlang'ich ta'lim didaktikasida asosiy e'tibor o'qitish va o'quvchilarning bilimlarni o'zlashtirishiga qaratiladi. Shu sababli 2020-2021 o'quv yilidan boshlab boshlang'ich ta'lim davlat standartlari qayta ko'rib chiqildi va o'quv fanlari maqbullashtirildi. Misol uchun, o'zbek pedagogikasi tarixida ilk bor "Tarbiya" o'quv fani yaratildi va ta'lim jaraèniga tatbiq etildi. Boshlang'ich sinflarda mazkur fan o'quvchilarning ongi, dunèqarashi va axloqini milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg'unligiga asosan shakllantirishga yo'naltirilgan.

Boshlang'ich ta'lim didaktikasida o'qitishning sifat va samaradorligiga erishish bosh maqsad hisoblanadi. Shu jihatdan o'zlashtirish jarayoni quyidagi darajalar asosida baholanadi:

1) fanlarning (hodisalarning, voqelikning, faktlarning) o'quvchilar tomonidan farqlanishi va o'zlashtirilishi;

2) fanlar materiallarini tushunishi va ular asosida o'quvchilarning o'z bilimlarini boyitib borishi.

O'zbekiston boshlang'ich ta'lim didaktikasida o'qituvchilarning individual o'qtitish uslublari muhim o'rin tutadi. Unga ko'ra, hozirgi kunda O'zbekiston boshlang'ich ta'limida bin nechta fan o'qituvchilari o'quv faoliyati bilan shug'ullanmoqda. Mazkur o'qituvchilarning har biri o'zining individual o'qitish uslubiga ega. Ayni paytda, boshlang'ich ta'lim davlat standartlariga muvofiq o'qituvchilarning turli o'qitish uslublari pedagogik qonuniyatlar asosida umumiylashadi. Bunda quyidagi qonuniyatlar asosiy vazifani bajaradi:

- mavzularning tushuntirish va o'rgatish metodlari asosida yoritilishi;

- har bir o'quvchining mavzularni o'zlashtirishga erishilishi;

- o'quvchilarning yoshi, jismoniy va ruhiy imkoniyatlariga mos o'quv vositalarining tanlanishi;

- o'quvchilarni mustaqil ta'lim olishga yo'naltirilishi.

NATIJALAR

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavakat Mirziyoyevning tashabbusi bilan jamiyatda kitobxonlik qadriyati qayta tiklandi. Buning natijasida b oshlang'ich ta'lim

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

didaktikasida ham yangilanish ro'y berdi. Unga ko'ra, boshlang'ich sinf o'quvchilaring kitob o'qishlari va ularni muhokama qilishlari boshlang'ich ta'lim didaktikasining tarkibiy qismiga aylandi. Bugungi kunda pedagogik olimlarning oldid a boshlang'ich sinf o'quvchilari o'qishi zarur bo'lgan adabiyotlar majmuini tuzish va kitobxonlikning didaktik muammolarini hal qilish vazifasi turibdi. Shu sababli oliy pedagogik ta'lim jaraènida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari boshlang'ich ta'lim didaktikasi asoslari va yordamchi didaktik adabiyotlar xususiyatlari to'g'risida aniq bilimga ega bo'lishi kerak.

Boshlang'ich ta'lim didaktikasida o'qitishning oddiydan murakkablikka tamoyiliga asoslaniladi. Bunda o'quvchilarning bilim darajasi va ko'nikmasi bosqichma-bosqich rivojlanib borishiga asosiy e'tibor qaratiladi.

Hozirgi zamon texnologiyasining rivojlanishi natijasida boshlang'ich ta'limda masofaviy ta'lim, kompyuterli texnologiyali ta'lim kabilar keng qo'llanilmoqda. Shu sababli bunday texnologiyali ta'lim turlarining didaktikasini ishlab chiqish zaruryat bo'lib turibdi. Bu borada bizning yondashuvimiz quyidagicha: kompyuter kabi texnik imkoniyatlar boshlang'ich ta'limda maqsad emas, balki vosita bo'lishi kerak. Bunday yondashuv 7-11 yoshli o'quvchilarning texnik vositalardan oqilona foydalanish ko'nikmasini shakllantiradi.

Boshlang'ich ta'lim didaktikasi samaradorligi. O'zbekiston sharoitida boshlang'ich ta'lim didaktikasining samaradorligi quyidagilar bilan belgilanadi:

a) o'quv jarayonini eng yuqori talablar asosida tashkil etish;

b) boshlang'ich ta'limni professional o'qituvchilar bilan ta'minlash; d) boshlang'ich ta'lim davlat standartlarini qat'iy bajarish.

MUHOKAMA

Mazkur mezonlarga binoan boshlang'ich ta'lim didaktikasining samaradorligiga erishiladi. Keyingi paytlarda boshlang'ich ta'limda texnik vositalarni va zamonaviy texnologiyalarni keng qo'llanilayotganligi bois boshlang'ich ta'limning samaradorligi aynan ana shu jarayon bilan baholanmoqda. Biroq, boshlang'ich ta'lim didaktikasining samaradorligi eng avvalo O'qituvchilarning faoliyati bilan baholanishi kerak. Chunki o'qituvchining asosiy maqsadi o'quv fanlarini talab darajasida o'qitish, tushuntirish va uning yo'nalishlarini baholab borishdan iborat. Shu jihatdan boshlang'ich ta'lim didaktikasida texnik vositalar va zamonaviy texnologiyalar samaradorlikka erishishning ikkilamchi asosi hisoblanadi.

Oliy pedagogik ta'lim jarayonida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari boshlang'ich ta'lim didaktikasining samaradorligiga erishish ko'nikmasini egallashi taqozo etiladi. Buning uchun talabalar quyidagilarga amal qilishi kerak: - boshlang'ich ta'lim didaktikasi bo'yicha bilimlarni egallash;

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=2223Q

- boshlang'ich ta'lim didaktikasiga doir qo'shimcha adabiyotlarni o'qish;

- "Boshlang'ich ta'lim" jurnali va "Ma'rifat" gazetalari bilan muntazam tanishib borish;

- Ustozlardan boshlang'ich ta'lim didaktikasiga doir maslahatlar olish.

O'zbekiston sharoitida umumiy didaktika masalalari yaxshi tadqiq etilgan. Ayni paytda, boshlang'ich ta'lim didaktikasi bo'yicha ilmiy ishlanmalar kam. Shu sababli oliy pedagogik ta'lim jarayonida talabalarning boshlang'ich ta'lim didaktikasi muammolari bo'yicha ilmiy tadqiqotchiligini kuchaytirish dolzarb bo'lib turibdi.

Boshlang'ich ta'lim didaktikasining umumiy samaradorligi 4-sinf bitiruvchilarining bilim va ko'nikma darajasi bilan belgilanadi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan boshlang'ich ta'lim bitiruvchilarini umumiy, Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga tayyorlash vazifasi qo'yildi. Shu ma'noda boshlang'ich ta'limni bitiruvchilar ushbu ta'lim maskanlarining qaysi birida ko'p o'qishiga qarab boshlang'ich ta'lim didaktikasining umumiy samaradorligi baholanishi tarkib topdi. Bu yangilik boshlang'ich ta'lim didaktikasi samaradorligida asosiy mezonlardan biri sifatida qaralmoqda.

Shunday qilib, hozirgi zamon "Boshlang'ich ta'lim didaktikasi" mazmuni o'ziga xos xususiyatlarga egaligi bilan pedagogik fanlar tarkibida muhim o'rin tutadi.

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan so'zlagan Murojaat nutqi.// "Xalq so'zi"gazetasi 2020 yil 1 oktabr soni.

2. Abdullayeva B. va boshq. Общая педагогика. - T.,2017.

3. Kupisevich Ch.Osnovbi obщey didaktiki. - M.,1986

4. Jabborova Onahon Mannapovna, Jumanova Fotima Uralovna, Mahkamova Shohida Rahmatullayevna. (2020). Formation of artistic perception of future teachers. International journal of psycological and rehabilitation, 24(4), 4087-4095.

5. Jabborova Onahon Mannapovna. (2019). Psycholocial and pedagogical foundations of the formation of the artistic perception of students in secondary schools. European journal of research and reflection in educational sciences, 7(10), 9-14.

6. Jabborova Onahon Mannapovna, Ismoilova Dilafruz Muhiddinovna. (2020, may). Optimation of primary education. ACADEMICIA: An international multidisciplinary research journal, 10(5), 1229-1232.

7. Mardonov Sh.K., Jabbarova O.M. Zadachi urokov izobrazitelnogo isskustva v nachalnoy shkole. Academic research in educational sciences, Issue 3, 2020, pp 862-

XULOSA

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

870.

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2022

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230

8. Tojiboeva Gulmira Rifovna, Pulatova Dildora Turgunovna. Pedagogik kompetentlik: nazariya va amaliyot. Academic research in educational sciences, Issue 3, 2020, pp 209215.

9. Musurmonov Raxmatulla, Musurmanova Maluda. O'qituvchilarnmg kasbiy kompetentligini rivojlantirishda innovatsiyalar. Academic research in educational sciences, Issue 3, 2020, pp 777-783.

298

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.