Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINFLARDA TA’LIM SIFATINI OSHIRISH'

BOSHLANG’ICH SINFLARDA TA’LIM SIFATINI OSHIRISH Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
547
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
AKT / pedagogik / interfaol / texnologik xarita / model chizmasi

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Marxaboxon Erkinjon Qizi Xolmatova

Mazkur maqolada boshlang’ich sinflarda ta’lim sifatini oshirishda hozirgi zamon talablari, boshlang’ich sinflar o’qituvchisining faoliyati, AKT sohasida salohiyatga ega bo’lishi, Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari haqida qisqacha ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINFLARDA TA’LIM SIFATINI OSHIRISH»

BOSHLANG'ICH SINFLARDA TA'LIM SIFATINI OSHIRISH

Marxaboxon Erkinjon qizi Xolmatova Andijon shahar, 43-maktabi

Annotatsiya: Mazkur maqolada boshlang'ich sinflarda ta'lim sifatini oshirishda hozirgi zamon talablari, boshlang'ich sinflar o'qituvchisining faoliyati, AKT sohasida salohiyatga ega bo'lishi, Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari haqida qisqacha ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: AKT, pedagogik, interfaol, texnologik xarita, model chizmasi

IMPROVING THE QUALITY OF EDUCATION IN PRIMARY CLASSES

Marxaboxon Erkinjon kizi Xolmatova Andijan city, School №43

Abstract: This article provides a brief overview of modern requirements for improving the quality of education in primary school, the work of primary school teachers, ICT capacity, methods of organizing lessons based on pedagogical technologies.

Keywords: ICT, pedagogical, interactive, technological map, model drawing

Boshlang'ich ta'lim umumiy o'rta ta'limning asosiy poydevori, o'quvchilarning kelajakda komil inson bo'lib voyaga yetishini ta'minlovchi muhim bosqich hisoblanadi.

Yurtimizda boshlang'ich ta'limni rivojlantirish borasida qator yutuqlarga erishildi. Jumladan, boshlang'ich ta'lim bosqichi uchun zamon talablariga javob beradigan yangi davlat ta'lim standartlari, o'quv dasturi, shu jumladan, darsliklarning multimedia ilovalari, darsliklar va o'quv qo'llanmalari ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etildi. Ilg'or pedagogik texnologiyalar va o'qitishning interfaol usullaridan keng foydalanilmoqda.

Boshlang'ich sinflar o'qituvchisining faoliyati eng avvalo, jajji o'quvchi-bolajonlarni ta'lim muhitiga moslashtirish bo'lib hisoblanadi. Ularda o'qish jarayoniga qiziqish hamda zamonaviy o'quvchilarga zarur bo'lgan xususiyatlarni shakllantirish, ta'lim jarayonining o'ziga xos jihatlari bilan tanishtirish birinchi o'qituvchining vazifasi bo'lib hisoblanadi. Hozirgi davr boshlang'ich sinflar o'qituvchisi o'quvchi-bolalarni zamonaviy axborot jamiyati sharoitlarida o'qitish, ta'lim va tarbiya berish, ularga dastlabki bilimlarni zamon ruhiga muvofiq ravishda, yetkazib bera bilishi zarur. O'qitishning asosiy maqsadi - o'quvchi bolalarning

I ibiSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

bilimlarni o'zlashtirish hamda ta'lim jarayonida olgan axborotlardan amaliy foydalanish jarayonlarini ham anglab borishga o'rgatishdan iborat.

Boshlang'ich ta'lim jarayoni o'qituvchilari zamon talabiga mos dars o'tishlari uchun AKT sohasida salohiyatga ega bo'lishlari zarur. Bu hozirgi davrda uzluksiz ta'lim tizimining dolzarb vazifalaridan biridir. Umumiy ma'noda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi salohiyati tushunchasida insonning AKT savodxonligi, ya'ni kundalik hayotida ham, kasbiy faoliyatida ham undan to'g'ri foydalana olish qobiliyati nazarda tutiladi.

Pedagogning AKT sohasidagi bilimlari salohiyati ularning ushbu sohada malaka oshirishlari orqali amalga oshiriladi. Boshlang'ich sinflar o'qituvchilari muntazam ravishda, AKT bo'yicha malaka oshirishlari, shuningdek, zamonaviy ta'lim tizimi talablariga muvofiq bo'lish uchun mustaqil ta'lim orqali ham o'z bilimlarini oshirishlari zarur. Bundan tashqari, o'qituvchilar Internet vositasida turli ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar materiallaridan foydalanishlari, hamkorlar bilan tajriba almashish maqsadida hozirgi davrda kengayib borayotgan o'qituvchilar forumlaridan foydalanishlari ham foydadan holi bo'lmaydi.

Pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslar tashkiliy usullari, o'tkazish metodlariga ko'ra o'quvchi ehtiyojiga mos tushishi kerak. Chunki bunday darslar bola ruhiyatiga yaqinroq bo'ladi. O'quvchilarning o'quv materiallarini o'zlashtirishga bo'lgan qiziqish, xohish va istaklarini qo'zg'otish asosida maqsadga erishish motivatsiya bo'lib, bu o'qituvchi va o'quvchilarning o'zaro ichki yaqinlashuvidir.

Boshlang'ich sinfda ta'lim jarayonida o'quvchilarning o'qish motivini rivojlantirish katta ahamiyatga ega. Chunki motiv o'quvchilarni ta'lim jarayoniga qiziqtiradi, darsga faol qatnashishga, bilimlarni egallashga undaydi. Interfaol metodlar o'qish motivini rivojlantirishga katta yordam beradi.

Boshlang'ich sinflarda ko'proq bolalarning yoshini, bilim saviyasini hisobga olish lozimligini unutmaslik kerak. Ularga oddiy, oson va vaqt kam sarflanadigan o'yin mashqlardan foydalanib, darslar o'tish yaxshi samara beradi. Ko'proq atrof-muhit bilan bog'lab o'tilgan mashg'ulotlar bolalar ongini, dunyoqarashini, erkin fikrlash, bayon etish qobiliyatini, mustaqil ishlash ko'nikmasini rivojlantiradi.

Innovatsion texnologiyalardan dars jarayonida foydalanishning o'ziga xosligi shundaki, ular o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyati orqali amalga oshiriladi. O'qitish jarayoni o'qituvchi hamda o'quvchilar faoliyatini o'z ichiga oladi. O'qituvchining faoliyati o'quv materialini bayon qilish, o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishini orttirish, fikrini teranlashtirish va e'tiqodini shakllantirish, o'quvchilarning mustaqil mashg'ulotlariga rahbarlik qilish, ularning bilim, ko'nikma va malakalarini tekshirish hamda baholashdan iborat. O'z ishiga ixlos bilan qaragan o'qituvchida chinakkam ehtiros bo'ladi.

I icclT^^^^H 632 http://oac.dsmi-qf.uz

Darsning oldindan loyihasi, yani texnologik xaritasi tuziladi. Texnologik xarita tuzish uchun o'qituvchi darsning har bir bosqichida amalga oshiriladigan ishlar, ularda o'qituvchining pedagogik va o'quvchilarning o'quv bilish faoliyatini tashkil etish, boshqarish va faollashtirish yo'llari, teskari aloqani amalga oshirish, ularga ajratilgan vaqtni aniq belgilash lozim. Texnologik xaritada albatta tashkiliy qism, yangi mavzuning motivatsiyasi, o'quvchilar bilimini tekshirish, yangi mavzuni o'rganish va uni mustahkamlash, erishilgan natijalarni tahlil qilish va yakun yasash kabi bosqichlari bo'ladi. Bunda o'qituvchi va o'quvchining dars davomida bajaradigan ishlari bosqichma-bosqich qayd etiladi. Dars texnologik xaritasining mukammal tuzilishi, maqsad va vazifalarini amalga oshirish, samaradorlikka erishish va bosqichlar o'rtasidagi uzviylikni taminlash, vaqtdan unumli foydalanish imkonini beradi.

"Baliq skeleti" texnologiyasi

Ushbu texnologiya baliq model chizmasi orqali namoyish etilib, bunda o'quvchilar o'rtaga tashlangan muammoni har tomonlama ochib berishga harakat qiladilar. Baliq skeleti chizmasi vatmanga chizilib uning tepa qismiga yechilishi kerak bo'lgan muammo yoziladi. Pastki qismiga muammoni hal etilish yo'llari yozib boriladi. Masalan, yo'l harakati darslarida "Yo'l qoidalari" mavzusida "Svetofor nima uchun kerak?" muammosi qo'yilsa, bolalar o'z fikrlari bilan baliq skeletini boyitib boradilar.

Ushbu texnologiya ona tili, o'qish darslarida o'tilayotgan mavzu haqida o'z fikriga ega bo'lish, matn bilan ishlash, o'rganilgan materialni yodida saqlash, so'zlab berish, fikrini erkin holda bayon etish, hamda dars mobaynida o'qituvchi tomonidan barcha o'quvchilarni baholay olishga qaratilgan metodlardan biridir.

Xulosa qilib aytganda, innovatsion texnologiyalardan foydalanib, o'tilgan darsda o'quvchilar o'z qobiliyati va imkoniyatlarini namoyish qilishga erishadilar, jamoa bilan ishlash malakasiga ega bo'ladilar, o'zgalar fikrini hurmat qilishni o'rganadilar. Bu esa, darsning samaradorligini oshirib, talim sifatini kafolatlashga xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. "Barkamol avlod yili" Davlat Dasturi. - T.: O'zbekiston, 2010.

2. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi Qonuni Barkamol avlod - O'zbekiston taraqqiyotining poydevori.- T.: "Sharq", 1998

3. Abduqodirov A.A., Begmatova N.X. Maktabgacha ta'lim muassasalarida multimedia texnologiyasidan foydalanish uslubiyoti (o'quv-uslubiy qo'llanma). -Qarshi: Nasaf, 2011.

4. Alimov N. Maktabgacha yoshdagi bolalarni matematik ta'limga tayyorlash . Maktabgacha ta'lim. - T., 2005.

I îhSi^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

5. Axmedova M. Maktabgacha yoshdagi bolalarning o'zlashtirish darajasini aniqlash va tahlil qilish . Bola shaxsini rivojlantirishning dolzarb muammolari mavzusidagi II xalqaro anjuman. - T.: 2008.

634

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.