Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANINI O‘QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH'

BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANINI O‘QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

3911
352
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kompyuter / texnologiya / matematika / innovatsion ta‟lim / elektron ishlanma / SMART telefon. / компьютер / технологии / математика / инновационное образование / электронное развитие / SMART-телефон.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Shaxlo Nasrullayevna Djumayeva

Maqolada so„nggi yillarda kompyuterlar va axborot texnologiyalari hayotimizga dadil kirib kelayotganligi, matematika darslarida o„quvchilarni fikrlash qobilyatini shakllantirish maqsadida kompyuterdan foydalanishlari va kompyuter savodxonligi, matematika fanini o„qitishda innovatsion yondashuvlar, boshlang„ich sinf o„quvchilarida matematika fanlarini o„qitish to„g„risida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В ПРЕПОДАВАНИИ МАТЕМАТИКИ В НАЧАЛЬНЫХ ШКОЛАХ

В статье рассматривается недавнее появление компьютеров и информационных технологий в нашей жизни, использование компьютеров в математике для развития у учащихся мыслительных способностей и компьютерной грамотности, новаторские подходы к обучению математике, преподаванию математики учащимся начальных классов.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANINI O‘QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH»

BOSHLANG'ICH SINFLARDA MATEMATIKA FANINI O'QITISHDA INNOVATSION TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

Shaxlo Nasrullayevna Djumayeva

Toshkent viloyati Chirchiq Davlat pedagogika instituti talabasi

Аннотация: Maqolada so'nggi yillarda kompyuterlar va axborot texnologiyalari hayotimizga dadil kirib kelayotganligi, matematika darslarida o'quvchilarni fikrlash qobilyatini shakllantirish maqsadida kompyuterdan foydalanishlari va kompyuter savodxonligi, matematika fanini o'qitishda innovatsion yondashuvlar, boshlang'ich sinf o'quvchilarida matematika fanlarini o'qitish to'g'risida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: kompyuter, texnologiya, matematika, innovatsion ta'lim, elektron ishlanma, SMART telefon.

ИСПОЛЬЗОВАНИЕ ИННОВАЦИОННЫХ ТЕХНОЛОГИЙ В

ПРЕПОДАВАНИИ МАТЕМАТИКИ В НАЧАЛЬНЫХ ШКОЛАХ

Аннотация: В статье рассматривается недавнее появление компьютеров и информационных технологий в нашей жизни, использование компьютеров в математике для развития у учащихся мыслительных способностей и компьютерной грамотности, новаторские подходы к обучению математике, преподаванию математики учащимся начальных классов.

Ключевые слова: компьютер, технологии, математика, инновационное образование, электронное развитие, SMART-телефон.

USE OF INNOVATIVE TECHNOLOGIES IN TEACHING MATHEMATICS IN PRIMARY SCHOOLS

Abstract: The article examines the recent appearance of computers and information technologies in our lives, the use of computers in mathematics to develop students thinking abilities and computer literacy, innovative approaches to teaching mathematics, teaching mathematics to primary school students.

Keywords: computer, technology, mathematics, innovative education, electronic development, SMART phone.

So'nggi yillarda kompyuterlar va axborot texnologiyalari hayotimizga dadil kirib kelmoqda. Kompyuter bugungi kunda axborotlarni olish va qayta ishlashning muhim vositasi bolib, uning tezkorligi tasavvurni lol qoldiradi. Shuning uchun ham bu vositalarning o'quv jarayoniga joriy etilishini hozirgi davrda tabiiy hol deb qarash joiz boladi. Didaktik darslik bo'yicha qollanilayotgan kompyuter jarayonlarini ma'lum tizimga solishiga urinib ko'raylik. Multimediya texnologiyalar tufayli o'quvchilarda qiziqish va manfaatdorlik tug'diradi. Fikrlash faoliyatini faollashtirib, o'tilgan materialni samarali o'zlashtirish imkonini b eradi. Amalda namoyish etilishi qiyin bo'lgan jarayonlarni modellashtirish va ko'rsata olish imkonini beradi. Materialni o'rganish sur'ati bilan bir qatorda uni tushunish, anglash o'qitishni yakka-yakka (individual) shaklda o'tkazish imkonini beradi. Matematika darslarida o'quvchilarni fikrlash qobiliyatini shakllantirish maqsadida kompyuterdan foydalanish masalasiga to'xtalib o'tamiz. O'qituvchi o'z mashg'uloti davomida o'quvchilarga ma'lum hajmdagi mashg'ulotlarni beribgina qolmay, ularda turli vositalardan, jumladan, kompyuterdan foydalanib, mustaqil ravishda boshqa ma'lumotlarni izlab topishga ishtiyoq tug'dirishni shakllantirishga erishishi lozim. O'quvchilarning mustaqil ravishda bilishga harakati yaxshi tashkil etilgan bo'Isa, mashg'ulot shuncha samarali va sifatli o'tadi. Kompyuter o'quvchilarni mustaqil ish olib borish imkoniyatini oshiradi, o'qituvchi esa o'tilgan materialni o'zlashtirish jarayonini turli shakllarda nazorat qilishi mumkin.

"Matematika fanini o'qitishda innovatsion yondashuvlar" - matematika fani o'qituvchilari malakasini oshirish kursining o'quv dasturi asosida tuzilgan bo'lib, u matematika fani o'qituvchilariga ta'limda zamonaviy yondashuvlar va innovatsiyalarning mazmun va mohiyatini ochib beradi. Fanlarni o'rganish uchun kerak bo'ladigan ba'zi mobil ilovalardan namunalarini ko'rib chiqamiz. "Matematik topqirlik" og'zaki hisob-kitob qobiliyatini o'stirish ilovasi. Ilova tez hisoblash uchun mavjud algoritmlarni aks ettiradi. Har bir o'quvchi ularni o'rganishi mumkin, so'ngra nazariy bilimlarni amaliy mashqlarda mustahkamlashi, shu tariqa og'zaki hisoblash amaliy tajribalarini boyitishi mumkin. Bu ilovani yaratuvchilari og'zaki hisobda tarmoqdagi boshqa foydalanuvchilar bilan raqobat qilish imkonini ham hisobga olishgan [1;2]. Matematika fanini o'qitishda noan'anaviy ta'lim yondashuvlari - agar biror tizimni yangilashga qaratilgan faoliyat qisqa muddatli, yaxlit tizim xususiyatiga ega bo'lib, faqatgina tizimdagi ayrim elementlarni o'zgartirishga xizmat qilsa u innovatsiya (yangilanish) deb yuritiladi. Bordi-yu, faoliyat ma'lum kontseptual yondashuv asosida amalga oshirilib, uning natijasi muayyan tizimning rivojlanishiga yoki uni tubdan o'zgartirishga xizmat qilsa, u innovatsiya (yangilik kiritish) deb ataladi. Boshqacha

qilib aytganda, innovatsiya (inglizcha "innovatsion" - yangilik kiritish) deb muayyan tizimning ichki tuzilishini o'zgartirishga qaratilgan faoliyatga aytiladi. Matematika fanini o'qitishda innovatsion yondashuvlar moduli bo'yicha o'quv-uslubiy majmua ta'lim oluvchida yangi g'oya, me'yor, qoidalarni yaratish, o'zga shaxslar tomonidan yaratilgan ilg'or g'oyalar, me'yor, qoidalarni tabiiy qabul qilishga oid sifatlar, malakalarni shakllantirish imkoniyatini yaratadigan ta'limga innovatsion ta'lim deyiladi. Innovatsion ta'lim jarayonida qo'llaniladigan texnologiyalar innovatsion ta'lim texnologiyalari yoki ta'lim innovatsiyalari deb nomlanadi. Ta'lim innovatsiyalari - ta'lim sohasi yoki o'quv jarayonida mavjud muammoni yangicha yondashuv asosida yechish maqsadida qo'llanilib, avvalgidan ancha samarali natijani kafolatlay oladigan shakl, metod va texnologiyalardan iborat deb aytish mumkin. Bugungi kunda ta'lim tizimi oldida turgan ta'lim-tarbiya samaradorligini oshirish jahon ta'lim standartlari darajasida bilim berish hamda ta'lim innovatsiyalarni joriy etish orqali har tomonlama yetuk ijodkor ma'naviy boy, kasb-hunarli, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, milliy istiqlol g'oyasi ruhida tarbiyalangan, o'z mustaqil fikriga ega barkamol shaxsni kamolga yetkazish kabi vazifalarni hal etishda ta'lim muassasalarining pedagogik jamoasi xususan har bir fan o'qituvchisi o'z pedagogik faoliyatini tubdan o'zgartirishi lozim. Respublikamiz miqyosida umumta'lim maktablariga katta e'tibor qaratilgan bo'lib, maktablarimizni jahon standartlariga mos holda jihozlar bilan ta'minlash ishlari amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda uzluksiz ta'lim tizimi bo'g'inidagi ta'lim muassasalari, shu jumladan, umumiy o'rta ta'lim maktablari o'qituvchilari oldida yangi muammolar, ya'ni o'qitilayotgan fanning o'zlashtirish sifatini oshirish vazifasi turibdi. Bu borada matematika fanini o'qitishda ham turlicha metodlar qo'llanilmoqda, bundan ko'zlangan asosiy maqsad matematika fanini o'qitishni taqdim o'zlashtirishdan iboratdir. Matematika fanini o'qitishda, undagi mavzularni tushuntirishda va ko'rgazmalilikni tashkil etishda zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan ham foydalanish mumkin. Axborot texnologiyalari vositalaridan biri multimedia muhitida har xil animatsiyalar, dasturlar orqali matematikani o'qitishni tashkil qilish mumkin. Qo'yilgan talablar bo'yicha axborot texnologiyalarining multimedia vositalari asosida dars jarayonini tashkil qilish pedagog o'qituvchilaming yumushini osoniashtirib, o'quv jarayonini boshqarish, uning samaradorligini yanada ko'tarishga erishiladi. Shu bilan bir qatorda ta'lim muassasasi rahbariyatiga talaba, guruh, mutaxassisliklar bo'yicha test natijalarini ko'rib borish va ulaming o'zlashtirish natijalariga baho berish, o'qituvchilaming ma'ruza matnlari va boshqa mustaqil ishlariga mo'ljallangan materiallarining tayyorlash sifatiga baho berish, multimedia vositalari asosida laboratoriya ishlarini

bajarish uchun kompyuterda modellashtirilgan virtual stendlar joriy etish, kursni o'zlashtirish bo'yicha uslubiy materiallami tayyorlash uchun takliflar ishlab chiqish kabilami amalga oshirish imkoniyatini beradi. Axborot texnologiyalarining multimedia vositalari o'quv jarayonida quyidagi eng muhim jihatlari bilan alohida ahamiyatga egadir: differentsial va individual o'qitish jarayonini tashkil qilish; o'qish jarayonini baholash, teskari (qarshi) aloqa bog'lashi; o'z-o'zini nazorat qilish va tuzatib borishi; o'rganilayotgan fanlami namoyish etishi va ulami dinamik jarayonini ko'rsatishi; fan ma'ruzalarida animatsiya, grafika, multiplikatsiya, ovoz kabi kompyuter va axborot texnologiyalaridan foydalanishi; o'quvchi-talabalarga fanni o'zlashtirish uchun strategik ko'nikmalar hosil qilishi va hokazo [1;2]. Shuningdek, multimedia vositalarining amaliy tomoni ulardan o'quv jarayonida foydalanish va kelgusida ta'lim tizimida o'quv jarayoni uchun m aium otlar bazasini va virtual stendlar yaratishdek muhim vazifani amalga oshirishga zamin hozirlaydi. Fanlarning elektron variantlarini yaratish masalasi, o'quv jarayoniga axborot texnologiyalarini joriy etish va zamonaviy dasturiy ta'minotlar yaratish masalasi bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Umumiy o'rta ta'lim maktablari boshlang'ich sinf (3-sinf) matematika darslari uchun elektron ishlanmalar yaratish metodikasi, darslarda axborot texnologiyalaridan foydalanish va shu asosida darslar o'tish metodikasi ishlab chiqilgan. Yaratilgan elektron ishlanmada sarvaraq, mundarija, o'quv materiallarini bayon qilish sahifalari mayjud bo'lib, bilimlami nazorat qilish uchun test va topshiriqlar ham ishlab chiqilgan. Elektron ishlanmaning asosiy bo'limi matn, grafik, animatsiya va test dasturlarini o'z ichiga olgan. Umumiy o'rta ta'lim maktablari boshlang'ich sinf matematika darslarini yangi pedagogik texnologiyalar va zamonaviy axborot texnologiyalari asosida o'tishda kompyuterlardan foydalanib, multimedia imkoniyatlari asosida dars o'tish noan'anviy dars turlaridan biri hisoblanadi. Ishda keltirilgan elektron ishlanma orqali boshlang'ich 3-sinf matematika darslarini kompyuter imkoniyatlaridan foydalanib maktabda dars o'tganimizda, olingan natijalar bo'yicha quyidagi xulosalarga keldik:

- elektron ishlanma imkoniyatlaridan foydalanib, o'quvchilarga mavzuni to'liq tushuntirish imkoniyati oshadi;

- harakatli tasvirlar va animatsiyalar o'quvchilaming tasavvurlarini kengaytitish uchun muhim rol o'ynaydi;

- dars o'tishda vaqtdan yutish imkoniyati tug'ildi, ya'ni mavzuning tushuntirilishiga va o'quvchilaming mavzuni o'zlashtirishlariga kam vaqt sarflandi;

- amaliy ishlarga, ya'ni misol va masalalar yechishga, hayotiy misollar keltirishga, o'quvchilar o'rtasida savol-javob o'tkazishga ko'proq vaqt qoladi;

- yuqoridagilar asosida, ulaming bilim, ko'nikma va malakalari oshadi; barcha o'quvchilami baholashga imkon tug'iladi, ya'ni misol va masalalami yechishga baho qo'yilsa, uyga berilgan vazifalarni bajarishlariga qarab, test topshiriqlarini bajargach, ular jamlanib baho qo'yiladi;

- o'quvchilarning o'zlari mustaqil o'rganishlari uchun imkoniyat yaratiladi, ya'ni o'quvchi ushbu elektron ishlanmadan foydalanishi o'qituvchi ishtirokisiz mustaqil ravishda multimediya imkoniyatlaridaidan foydalanib mavzuni o'rganishi va yaxshi o'zlashtirishi mumkin.

Hozirgi kompyuterlashgan internet tizimi tezlik bilan rivojlanayotgan zamonning yosh avlodlariga zamonga moslashgan holda yangicha dars tizimini joriy qilish lozimdir, chunki maktabdan tashqaridagi hayotda hamma internet tarmog'i bilan birga yashaydi. O'sib kelayotgan avlodni barkamol va aqlli qilib tarbiyalashda avvalo maktab tizimini tubdan o'zgartirib har bir fanlar uchun (SMART) xonalarni tashkil qilsak maqsadga muvofiq bo'lar edi. O'quvchilarni o'qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda planshetlar bilan darslar o'tilishini ta'minlasak va matematika fanidagi barcha mavzularni (SMART) xonalarda o'quvchilarni planshetlarda mustaqil ishlashlarini taminlasak bilim olishni samaradorligiga erishishimiz mumkin. Xonalarda ko'proq o'quvchilar ushlab ko'rib misollarni bajaradigan jihozlar bilan jihozlash kerak. Bolalar ushlab, amalda bajarsalar har bir misol va mashqlarni tezda o'zlashtiradilar. Har bir bola SMART telefon yoki kampyuter texnologiyalaridan foydalangisi, uning ishlash funksiyalari, imkoniyati darajasidagi barcha o'yin va pragrammalarni tez o'rganib olishga qiziqadi. Demak biz matematikani bolalarga tez va sifatli o'rgata oladigan elektron programma ishlab chiqishimiz kerak. Uy vazifalarini ham o'zlari qiziqib tayyorlashadi.

Uning ichida o'yinli va mulohaza qilishga majbur qiladigan masalalar, tezkor, sodda misollarning javoblarini og'zaki aytishadigan bo'lishi kerak. Bu programma ham darsda foydalana olinadiga ham darsdan tashqarida mustaqil foydalanish uchun yaratiligan bo'lishi kerak. O'yinli qismida labirintdan chiqish o'inini o'ynash bilan bir qatorda labitintdan chiqish uchun qancha vaqt sarflanganini, nechcha qadam yurganini, umumiy qancha klm yurganini to'g'ri ko'rsatishi shart bo'ladi, to'siqlaridan o'tish uchun misollar beriladi javobini to'g'ri yechsa to'siqlar olinadi. Noto'g'ri javob berilsa to'siqlar olinmaydi misollarni yana qayta yechishga to'g'ri keladi, barcha shartlarini to'g'ri bajarishmasa past ko'rsatkich olishi mumkin bo'ladi. O'yinni o'ynash bilan birga bola aqlini ishlatishga majbur

bo'ladi, chunki qadamlarini sanab, vaqtni ham hisoblab, misollarni to'g'ri yechib borishiga to'g'ri keladi. Bu programmaning maqsadi vaqtni, kilometrni hisoblashni o'rganish va darsalardan uzoqlashmagan holda matematik misollarni yechishdan iborat bo'ladi. Bolalar uchun ham madaniy hordiq beruvchi o'yin ham darslik vazifasini bajaradi.

REFERENCES

1. Divanova M.S., Alimova S.Q., Alimov O.N. Boshlang'ich sinflarda MatematiKa fanini o'qitishda axborot texnolog iyalaridan foydalanish, 46 bet.

2. Jumayev М.Е., Z.G'. Tadjiyeva. Boshlan'gich sinflarda matematika o'qitish metodikasi "Fan va texnlogiya", 2005. 312 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.