BOSHLANG'ICH SINFLARDA AYRIM TAQLID SO'Z TURKUMIGA OID SO'ZLAR BILAN ISHLASH Ergashova Mehriniso Husniddin qizi
Buxoro davlat pedagogika instituti Boshlang'ich ta'lim fakulteti 2-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.8227574
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilariga so'z turkumlarini o'rgatish jarayonida o'rgatiladigan taqlid so'z turkumiga oid ayrim so'zlar ustida ishlash metodikasi bo'yicha fikr va qarashlar o'z ifodasini topgan. Ushbu maqola nazariy tushuncha va tavsiflar berish bilan birgalikda ayrim didaktik o'yinlarning amalda qo'llanish yo'l-yo'riqlarini o'zida aks ettirganligi bilan dolzarbdir.
Kalit so'zlar: dastur, taqlid, vosita, topshiriq, ovoz, usul, mustaqil, atrof-muhit, amaliy ko'rsatmalar.
WORKING WITH WORDS RELATED TO SOME IMITATION VOCABULARY
IN ELEMENTARY GRADES
Abstract: In this article, opinions and views on the methodology of working on some words related to the imitation vocabulary taught in the process of teaching vocabulary to elementary school students are expressed. This article is relevant as it reflects the guidelines for the practical use of some didactic games along with providing theoretical concepts and descriptions.
Keywords: program, simulation, tool, task, voice, method, independent, environment, practical instructions.
РАБОТА СО СЛОВАМИ, ОТНОСЯЩИМИСЯ К ИМИТАЦИОННОЙ ЛЕКСИКЕ В МЛАДШИХ КЛАССАХ
Аннотация: В данной статье высказываются мнения и взгляды на методику работы над некоторыми словами, относящимися к имитативной лексике, преподаваемой в процессе обучения лексике учащихся начальной школы. Эта статья актуальна, так как в ней отражены рекомендации по практическому использованию некоторых дидактических игр, а также предоставлены теоретические концепции и описания.
Ключевые слова: программа, имитационное моделирование, инструмент, задача, голос, метод, самостоятельный, среда, практические инструкции.
KIRISH
So'z turkumlarini o'rganish izchil, tizimli va maqsadga yo'naltirilgan jarayon bo'lib, u pedagogdan yuksak mahoratni talab qiladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilariga so'z turkumlarini o'rgatish jarayonida tilshunoslikdagi barcha so'z turkumlari qamrab olinmaydi, ammo ba'zi tushuntirish va tushunish jarayoni murakkab bo'lgan so'z turkumlarining ( masalan, olmosh yoki bog'lovchi so'z turkumlarining ayrim men, sen, u, chunki, shuning uchun kabi so'zlari) ayrim so'zlari o'rgatiladi. Ushbu ilmiy ish davomida shunday so'z turkumlariga yorqin namunalarni fikr, isbot va dalillar vositasida ko'rib chiqamiz.
Taqlid so'zlar so'z turkumlarining uchinchi guruhi, ya'ni alohida olingan so'z turkumlariga kiradi. Bizga ma'lumki, tilshunoslikda 12 ta so'z turkumi mavjud bo'lib, ular quyidagi guruhlarga ajratiladi:
1. Mustaqil so'z turkumi;
2. Yordamchi so'z turkumi;
3. Alohida olingan yoki oraliqdagi so'zlar.
ASOSIY QISM
Taqlid so'zlar ushbu yuqoridagi guruhlarning uchinchi turiga mansub hisoblanadi. Taqlid so'zlar deb, atrofdagi jonli va jonsiz narsalarning tovushiga va holatiga taqlidni ifodalagan so'zlarga aytiladi. Ammo ushbu ta'rif boshlang'ich sinf o'quvchilarining yosh xususiyatlariga va tushunish jarayonlariga nisbatan biroz murakkab bo'lib, ularga quyidagi shaklda tushuncha bergan ma'qul deb o'ylaymiz:
Atrofdagi tovushlarni yozuvda ifodalash uchun ishlatiladigan barcha so'zlarimiz taqlid so'zlar deb ataladi. Ushbu ta'rif yuqorida keltirib o'tilgan ta'rifga nisbatan tushunish sodda hisoblanadi. O'qituvchi taqlid so'zlarni o'quvchilarga ongli ravishda tushuntirishi uchun oddiy kundalik hayot va ularni o'rab turgan atrof-muhitdagi jonli va jonsiz predmetlarning ovozlaridan foydalanishi ijobiy samara beradi deb o'ylaymiz.
Resbuplika Ta'lim Markazi tomonidan xorij tajribalari bilan hamohang tarzda ishlab chiqilgan milliy dasturdagi ilmiy dalillar shuni ko'rsatadiki, taqlid so'zlar haqidagi boshlang'ich tushunchalar o'quvchilarda ikkinchi sinfdan boshlab shakllana boshlaydi. Shunga qaramasdan, ushbu so'zlarning barcha xususiyat va mohiyatlariga chuqur to'xtalib o'tilmaydi. Masalan, ushbu so'zlar so'zlar so'z turkumining alohida olingan so'z turkumlari guruhiga kirishi kabi ma'lumotlar o'quvchiga taqdim etilmaydi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari ikkinchi sinfda ona tili va o'qish savodxonligi darsligining o'ninchi bo'limi "Bolalar qo'shiqlari" bo'limidagi birinchi mavzu vositasida alohida olingan so'z turkumlarining bir turi bilan tanishadilar. Ushbu bo'limda berilgan "Jo'jalarim" she'ri fikrimizning yorqin isbotidir. Bu she'rda jo'jalarning tovushlariga taqlid qilingan so'zlardan foydalanilgan: "chip-chip" so'zi. O'quvchilarning ongidagi ilk tasavvur shu she'r orqali shakllana boshlaydi. Boshlang'ich sinf o'quvchilari "Bolalar qo'shiqlari" bo'limi doirasida ham jonli narsalarning tovushga taqlidini ham jonsiz narsalarning tovushiga taqlidni o'rganadilar. Ammo holatga taqlid bundan mustasno.
Yuqorida keltirib o'tilgan ma'lumotlarga parallel ravishda o'quvchilar takror taqlid so'zlar ishtirokida fe'lli birikmalar tuzishni o'rganadilar. Fikrimizga ilmiy dalil sifatida quyidagi birikmalarni keltirib o'tishimiz mumkin:
1. Vov-vov qilmoq-vovullamoq;
2. Miyov-miyov-miyovlamoq;
3. Vish-vish-vishillamoq.
Darslikning biz yuqorida ta'kidlab o'tgan mavzuga oid bo'limidagi she'rlar asosida mashqlar ishlanib, o'quvchilar bilimlari musatahkamlanadi. "Ona chumchuq va bola chumchuq" she'ridagi "chiriq-chiriq" so'zi chumchuqning ovoziga taqlid bo'lib, bolalarga kundalik hayotda ayrofdan eshitililgan chumchuqning ovozi aslida qanday so'z ekanligi ongli ravishda tushuntiriladi. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ushbu jarayonga yetib kelgunga qadar og'zaki nutqda ishlatilgan yoki atrof-muhitdan eshitilgan borliqdagi jonli va jonsiz narsalarning ovozi haqida bilim, ko'nikma va malakalar shakllana boshlaydi. Bundan tashqari, og'zaki nutqda ishlatgan taqlid so'zlarini yozma nutqda ham aks ettira oladilar.
Ikkinchi sinfda o'quvchilar jonli narsalarning ovoziga taqlidni tashqari jonsiz predmetlarning ovoziga taqlid so'zlar haqida ham ma'lumotga ega bo'ladilar. Mavzuga oid bo'limdagi "Arra g'iz-g'iz" she'ri fikrimizning yorqin isbotidir.
O'quvchilarning bilimlarini avtomatlashgan ko'nikma va malakaga aylantirishda pedagogga yaqindan yordam beradigan vositalar bu metodlar va didaktik o'yinlardir. Taqlid so 'zlar haqidagi bilimlarni mustahkamlab olishda rasmlar bilan ishlsh usuli yaxshi samara beradi. Masalan, o'qituvchi atrofdagi istalgan predmetning rasmini ko'rsatib, uning ovoziga taqlid
qilishlarini so'rashi mumkin. Ushbu usul yordamida kichik yoshdagi, endigina o'yin faoliyatidan yiroqlashgan bolaning darsga bo'lgan ishtiyoqi oshadi. Va xorij tajribalari asosida ishlab chiqilgan milliy dasturga muvofiq ravishda fanlar integratsiyasi hosil bo'ladi. Shu o'rinda bir narsani ta'kidlab joizki, bu jarayonda tabiat qo'yniga ekskursiya qilish yuqori darajada samara beradi. Chunki yon-atrofdagi jonli va jonli predmetlarni ko'rib, ularning ovozini tahlil qilgan o'quvchida ongli ravishda bilim shakllanadi. XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, alohida olingan so'z turkumlariga kiruvchi taqlid so'zlarni o'rganish bosqichida o'quvchilarning lug'at boyligi ortadi. Ko'pincha amaliy ko'rsatmalarga urg'u berish shart bo'lganligi bois bolalarda ishtiyoq o'sadi, ruhiyat ko'tariladi. Atrofdan eshitayotgan so'zlari qanday so'z turkumi ekanligini bilib oladilar.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Абдуллаева А., Биринчи синфда нутк устириш. - Тошкент.: «Укитувчи», 1980. -156 б.
2. Абдуллаева А., Рах,монова С. Она тили дарслари (усулий кул-ланма). - Тошкент.: «Укитувчи», 1999. - 146 б.
3. Klaraxon Mavlonova, Shokir Tursun, Iroda Azimova, Sa'dullo Quronov uchinchi sinf ona tili darsligi.
4. Klaraxon Mavlonova, Shokir Tursun, Iroda Azimova, Sa'dullo Quronov
5. Зикриллаев F. Узбек тили морфологияси - Бухоро, 1994. - 195 б.
6. Менглиев Б. Тил ва тараккиёт. - "Маърифат" газетаси, 2013 йил 30 октябрь сони, 8 - 9- б.
7. Мирзаев М., Усмонов С., Расулов И. Узбек тили. - Тошкент.: «Укитувчи», 1966. -267б.
8. Миртожиев М. Х,озирги узбек тили. - Тошкент.: «Укитувчи», 1992. - 168 б.
9. Сайфуллаева Р., Менглиев Б. ва бошкалар. Х,озирги узбек тили. Синтаксис. Укув кулланма. - Тошкент, 2006. - 171 б.
10. Сайфуллаева Р., Менглиев Б. ва бошкалар. Х,озирги узбек тили. Укув кулланма. -Тошкент.: «Университет», 2007. - 405б.
11. Турсунов У., Мухторов Ж., Рахматуллаев Ш. Х,озирги узбек тили. - Тошкент.: «Узбекистон», 1994.
12. Рахматуллаев Ш., Маматов Н., Шукуров Р. Узбек тили антонимларининг изошли лугати. - Тошкент.: «Укитувчи», 1980. - 232 б.
13. Шоабдурах,монов Ш. ва бошкалар. Х,озирги узбек адабий тили. - Тошкент.: «Укитувчи», 1980. - 448 б.
14. Нурмонов А., Искандарова Ш. Тилшунослик назарияси. - Тошкент.: «Фан», - 176б.
15. Узбек тилининг изох,ли лугати. 1-жилд. - Тошкент.: «Узбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2006 - 680 б.
16. Узбек тилининг изох,ли лугати. 2-жилд. - Тошкент.: «Узбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2006 - 672 б.
17. Узбек тилининг изох,ли лугати. 3-жилд. - Тошкент.: «Узбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2006 - 688 б.
18. Узбек тилининг изох,ли лугати. 4-жилд. - Тошкент.: «Узбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2008 - 608 б.
19. Узбек тилининг изошли лугати. 5-жилд. - Тошкент.: «Узбекистон миллий энциклопедияси» Давлат илмий нашриёти, 2008 - 592 б.
20. Гуломов А., Неъматов X,. Она тили таълими мазмуни. - Тошкент.: «Укитувчи», 1995 - 128 б.
21. Гуломова А., ^обилова Б. Нут; устириш машгулотлари. - Тошкент.: «Укитувчи», 1995. - 160 б.
22. Содикова М. Хозирги узбек тилида сифат. - Тошкент.: «Укитувчи», 1975. - 225 б.
23. ^учкортоев И. Суз маъноси ва унинг валентлиги. - Тошкент.: «Фан», 1977. - 168 б.
24. Хожиев А. Узбек тили синонимларининг изошли лугати. - Тошкент.: «Укитувчи», 1974. - 308 б.
25. Ahmedova N. Boshlang'ich sinflarda nutq o'stirish usullari. // Talim jarayonida nutq madaniyatini takomillashtirish masalalari. «O'zbek tili» doimiy anjumani beshinchi yig'ilishi tezislar to'plami (1999- yil 29-30 aprel) - Toshkent.: «Sharq», 1999. - 76-77b.
26. Zeboxon Ro'zmetova, Shokir Tursun, Klaraxon Mavlonova, Sa'dullo Quronov. Ona tili va o'qish savodxonligi. 1-sinf uchun darslik.-Toshkent-2021. 61-b