Научная статья на тему 'YAPON TILIDAGI ONOMATOPOETIK SO‘ZLARNI TARJIMADA BERISH MASALASI'

YAPON TILIDAGI ONOMATOPOETIK SO‘ZLARNI TARJIMADA BERISH MASALASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
81
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
taqlid so‘z / yapon tili / onomatopeya / yapon adabiyoti / taqlid / harakat / holat / hissiyot / eshitish / ko‘rish / tarjima / ekvivalent / imitation / Japanese language / onomatopoeia / Japanese literature / imitation / action / state / feeling / hearing / sight / translation / equivalent.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abdurahimova, Laylo

Mazkur ilmiy maqolada yapon tilidagi taqlid so‘zlar, ya’ni onomatopeya so‘zlarining o‘ziga xos jihatlari hamda ularni tarjimada berish masalasini ko‘rib chiqamiz. Onomatopeya so‘zlari yapon tilida tahminan 4000 ga yaqin bo‘lib, eng keng qo‘llanuvchi til birikmasi hisoblanadi. Yapon tilida taqlid so‘zlarining o‘zbek tilidan farqli ravishda 5 ko‘rinishi mavjud bo‘lib, tovushga taqlid va harakatga taqlid eng muhim turi hisoblanadi hamda bunday so‘z turkumlarining deyarli barchasi juft va takroriy usulda yoziladi. Ushbu maqolada onomatopoetik so‘zlarning tarjimada berish masalasi va tahliliy xulosada ularning o‘zbek tilidan farqlanishiga izoh beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PROBLEM OF TRANSLATING ONOMATOPOETIC WORDS IN THE JAPANESE LANGUAGE

In this scientific article, we will consider the specific aspects of Japanese onomatopoeic words and their translation. There are approximately 4,000 onomatopoeic words in the Japanese language, and it is the most widely used word combination. Unlike the Uzbek language, there are 5 types of imitation words in Japanese, and imitation of sound and imitation of movement are the most important types, and almost all such word groups are written in pairs and repetitions. This article explains the issue of onomatopoetic words in translation and their difference from the Uzbek language in the analytical conclusion.

Текст научной работы на тему «YAPON TILIDAGI ONOMATOPOETIK SO‘ZLARNI TARJIMADA BERISH MASALASI»

о

YAPON TILIDAGI ONOMATOPOETIK SO'ZLARNI TARJIMADA

BERISH MASALASI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.10335750

Laylo Abdurahimova,

TDSHU 2-kurs magistranti, Toshkent, O'zbekiston Tel: +998946528530; Email: [email protected] Ilmiy rahbar: Muborakova Dilshoda Abduraxmatovna PhD, dotsent

Annotatsiya: Mazkur ilmiy maqolada yapon tilidagi taqlid so'zlar, ya'ni onomatopeya so'zlarining o'ziga xos jihatlari hamda ularni tarjimada berish masalasini ko'rib chiqamiz. Onomatopeya so 'zlari yapon tilida tahminan 4000 ga yaqin bo 'lib, eng keng qo'llanuvchi til birikmasi hisoblanadi. Yapon tilida taqlid so'zlarining o'zbek tilidan farqli ravishda 5 ko'rinishi mavjud bo'lib, tovushga taqlid va harakatga taqlid eng muhim turi hisoblanadi hamda bunday so'z turkumlarining deyarli barchasi juft va takroriy usulda yoziladi. Ushbu maqolada onomatopoetik so 'zlarning tarjimada berish masalasi va tahliliy xulosada ularning o 'zbek tilidan farqlanishiga izoh beriladi.

Kalit so'zlar: taqlid so'z, yapon tili, onomatopeya, yapon adabiyoti, taqlid, harakat, holat, hissiyot, eshitish, ko 'rish, tarjima, ekvivalent.

Аннотация: В этой научной статье мы рассмотрим особенности японских звукоподражательных слов и их перевода. В японском языке около 4000 звукоподражательных слов, и это наиболее широко используемое словосочетание. В отличие от узбекского языка в японском языке существует 5 типов слов-подражаний, причем наиболее важными видами являются имитация звука и имитация движения, причем почти все такие группы слов пишутся парами и повторами. В данной статье разъясняется вопрос звукоподражательных слов в переводе и их отличие от узбекского языка в аналитическом заключении.

Ключевые слова: подражание, японский язык, звукоподражание, японская литература, подражание, действие, состояние, чувство, слух, зрение, перевод, эквивалент.

Abstract: In this scientific article, we will consider the specific aspects of Japanese onomatopoeic words and their translation. There are approximately 4,000 onomatopoeic words in the Japanese language, and it is the most widely used word

combination. Unlike the Uzbek language, there are 5 types of imitation words in Japanese, and imitation of sound and imitation of movement are the most important types, and almost all such word groups are written in pairs and repetitions. This article explains the issue of onomatopoetic words in translation and their difference from the Uzbek language in the analytical conclusion.

Key words: imitation, Japanese language, onomatopoeia, Japanese literature, imitation, action, state, feeling, hearing, sight, translation, equivalent.

"Onomatopeya" so'zi yunoncha "onomatopoeia" so'zidan olingan bo'lib, "ismlash, nomlash yoki nomlash san'ati" degan ma'nolarni anglatadi. O'zbek tilshunosligida ushbu atama "taqlid so'zlar" bilan sinonim shaklda qo'llash mumkin. Tovushlar inson va tabiat tovushlariga bo'linadi. Inson tovushlari nutq a'zolarining harakati asosida paydo bo'lsa, tabiat tovushlari, odatda, narsalar bir biriga tegishi, urilishi, qisilishi, siqilishi, buralishi kabilar asosida paydo bo'ladi. Shuningdek, hayvon-jonivorlarning tovushi: itlarning vovullashi, mushukning miyovlashi, qushlarning sayrashi, qo'ylarning ma'rashi, eshaklarning hangrashi kabilarga taqlid qilish asosida ham tilimizda bir qancha so'zlar paydo bo'ladi. Bunday so'zlar tilshunoslikda taqlid so'zlar deb yuritiladi. Taqlid so'zlar, shuningdek, jonli-jonsiz narsalarning holatiga taqlidni bildiruvchi so'zlardir. Shunga ko'ra ikki turga bo'lib o'rganiladi:

1. Tovushga taqlid so'zlar.

2. Holatga taqlid so'zlar.

Yapon onomatopeyasi zamonaviy yapon adabiyot namunalarida: zamonaviy asarlar, manga, va asosan, animelarda, shuningdek, og'zaki nutqda ko'p qo'llaniladi. Yapon tili taqlid so'zlarining grammatik jihatiga yana to'xtaladigan bo'lsak, yapon taqlid so'zlari kichik besh turga ajratib o'rgatiladi:

- Giongo

(^ | In) - jonli yoki jonsiz narsalarning tovushi, jumladan, tabiatdagi

tovushlarni aks ettiruvchi taqlid turi. Masalan:

Yapon tilida Ma'nosi

( b ( b (para para) mayda tomchilab yog'uvchi yengil yomg'ir ovozi

^ 5 ^ 5 (goro goro) Momaqaldiroq ovozi yoki kata narsaning dumalagandagi tovush

0 0 - - tf 0 - Shamolning esishi uchun ishlatiluvchi

(pyuu pyuu)

onomatopoetik so'z

- Giseig

o | ) - Bu onomatopeya so'zlari jonli mavjudotlar tomonidan

chiqarilgan tovushlarni ifodalaydi. Bunga hayvon hamda inson tovushlariga kiradi. Masalan:

Yapon tilida Ma'nosi

(suu suu) Uyqudagi sokin nafas olish tovushi

(oioi) Baland ovozda hamda dod deb yig'lashda ishlatiluvchi birikma

ШЪэ ШЪэ (kya kya) Bolalarning maroq bilan o'ynashiga nisbatan qo'llaniluvchi onomatopeya

- Gitaig

o ( effete ) — holat hamda inson his-tuyg'ularini ifodalovchi taqlid

so'zlar. Masalan:

Yapon tilda Ma'nosi

Ko'zning porlashi

Tananing qizishi yoki ovqatning isishiga nisbatan ishlatiladi

сись Haddan tashqari va insonni behalovat qiluvchi issiq havo

- Giyoug

o ( ci^^C - Bu turdagi taqlid so'zlar odatda harakat yoki bir joydan

ikkinchi joyga siljish bilan bog'liq harakatlarni tasvirlaydi. Masalan:

Yapon tilida Ma'nosi

5353 Maqsadsiz sayr qilish

ttZb Tez yurish, ishtiyoq bilan yurish

©3©3 Toshbaqaga o'xshab sekin va sust harakat qilish

Yapon tilida

Ma'nosi

O'tmish yoki arzimas narsalar haqida tashvishlanish

Yolg'iz va sokin

Baxtli, xushchaqchaq va orzu-umidga to'la hissiyotni ifodalaydi

- Gijoug

o (^ - his tuyg'ularni ifodalovchi taqlid so'zlar bo'lib, asosan,

komikslarda ko'p uchraydi.

Yapon tilida taqlid so'zlar tovush yoki harakatga taqlid qilishdan ko'ra ko'proq vazifani bajaradi, ya'ni ular tovushlar, shakllar yoki mavhum his-tuyg'ularni ifodalaydi. Taqlid so'zlar yapon tilining barcha darajalarida, kundalik suhbatdan tortib, to gazeta va adabiyotda ham juda keng qo'llaniladi. Semantik jihatdan yapon tilidagi taqlid so'zlar nutqiy hodisalarni yanada jonli, ifodali va yorqinroq tasvirlashga xizmat qiladi. Taniqli yapon tilshunos olimi Sugiyama buni tasdiqlagan holda shunday degan edi: "Taqlid so'zlar ishlatilganda, yapon tilida so'zlashuvchilar gapning nimaga ishora qilinayotgani haqida aniqroq tasavvurga ega bo'ladilar".

Yapon tili o'zining noyob fonologik, morfologik va semantik xususiyatlarga ega. Yapon yozuv tizimi 3 tizimdan iborat bo'lib, ular Hiragana , Katakana va Kanji . Aksariyat hollarda taqlid so'zlar hiragana yozuv tizimida, ba'zi hollarda esa katakanada beriladi, kanji esa qo'llanilmaydi.

Yapon tilidagi onomatopoetik so'zlar ramziy so'zlarning o'ziga xos turkumiga kiradi va ma'lumotlarning ko'pligi va ifodaliligi tufayli kundalik nutq, adabiyot hamda ommaviy axborot vositalarida tez-tez qo'llaniladi. Biroq, tilshunoslarning aksariyati yapon tili va tarjima tillari o'rtasidagi tipologik farqlar tufayli ularni tarjima qilish qiyin deb bilishadi. Ular komikslarga uchinchi o'lchovni, ya'ni tovush o'lchovini beradi. Onomatopoetik so'zlar turli millat va madaniyatlarda, ba'zan keskin farq qiladi. Shuning uchun har bir mamlakat o'zining onomatopoetik iboralar to'plamiga ega. Dunyoning qayerida bo'lsangiz ham, biror narsaning ovozi odatda bir xil bo'ladi. Masalan, Angliya yoki Koreyada stakanni yerga tashlasangiz, u bir xil shovqin chiqaradi, ammo uni tasvirlash uchun ishlatiladigan tovushlar turli mamlakatlarda sezilarli darajada farq qilishi mumkin. Turli tillarning tovush inventarlari tufayli bir xil tovush turlicha uchraydigan misollar:

Itning hurishi: Ingliz tilida "Woof-Woof" itning hurishini tasvirlash uchun ishlatilsa, o'zbek tilida bu "Vov-vov" shaklida, rus tilida esa "Gav-Gav" asosan ishlatiladi. Agar ular kichik itlar bo'lsa, ruslar ,odatda, "Tyav-Tyav" dan foydalanadilar. Fransuz tilida esa bu "Ouaf-Ouaf' shaklida ifodalanadi.

Chaqaloq yig'isi: "Wah-Wah" ingliz tilida chaqaloq yig'layotganini tasvirlash uchun ishlatilsa, fransuz tilida "Ouin-Ouin", ispan tilida "Bua-Bua" ishlatiladi. "Eungae-Eungae" deya koreyslar chaqaloq yig'laganda chiqaradigan tovushga ishora qilish uchun foydalanadilar.

Og'riqni ifodalash: "Ouch" ingliz tilida kimdir jarohat olganida ishlatiladi, ammo fransuz tilida odam "Aie" deb qichqiradi. Boshqa joyda, ya'ni nemis tilida kimdir og'riq yoki jarohat olganini ifodalash uchun "Au", "Aua" yoki "Autsch" dan foydalanadi.

Ammo so'z shakllari butunlay boshqacha bo'lsa-da, aksariyat hollarda umumiy tushunish hissi mavjud. Mushuklar chiqaradigan shovqin onomatopeyalar o'rtasidagi umumiy tushunishning bir misolidir: Ingliz tilida bu tovush "Meow" deb ta'riflangan bo'lsa, nemis tilida "Miau", fransuzcha "Miaou", ispancha "Miau" va xitoycha "Miao". Ularning barchasi bir xil tovushdan foydalanadi, bu holda "M" burun tovushi - shuning uchun tarjimalar bir xil bo'lmasa-da, ular turli tillarni ishlatadigan turli millat va madaniyatlarga mansub odamlar uchun osongina tanib olinadi.

Hozirgi vaqtda yapon onomatopoetik so'zlar tarjimalarini o'rganish keng tarqalgan. Tarjima esa qiyin kurash maydoni desak yanglishmagan bo'lamiz. Yapon olimi Hayase (1978) dastlabki tadqiqotida yozuvchi Yasunari Kavabataning "Yukiguni" ("Qorlar mamlakati") asarining tarjimasida 186 ta onomatopoetik so'zdan 59 tasi tarjima qilinmay qolganligini aniqladi. U buni tillarning turli tuzilishga egaligi, tarjima uslubi yoki so'zni kengroq izohlash zarurligi bilan bog'ladi.

Yaponlar tabiiy nutqni shakllantirish maqsadida taqlid so'zlardan ko'proq foydalanishga harakat qilishadi. O'zbek tilida bu kabi holatda alohida fe'l, sifat, ravish so'zlar bor bo'lgani holda yapon tilida bunday imkoniyat cheklanganligi sababli taqlid so'zlar tildagi muhim aspekt sifatida uzluksiz rivojlanishda davom etadi. Mamalakatlararo turli madaniy, ilmiy va boshqa aloqalar natijasida tilga yangi so'zlar ham kirib keladi va bu tilning boyishida juda muhim jarayon sanaladi. Ko'rinib turibdiki, bu jihatdan o'zbek va yapon tillari orasida farq katta. Ya'ni ular umuman boshqa boshqa so'z turkumlariga mansub deb qaraladi. O'zbek va yapon tillarida tabiat hodisalariga tegishli taqlid so'zlar kirish so'z turkumiga kiradi, kirish so'zlar esa alohida olingan so'zlar guruhiga mansubdir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES):

1. Sugiyama Y. (2005). Not all verb-framed languages are created equal: The case of Japanese. Proceedings of the 31st Annual Meeting of the Berceley Linguistics Society, 299-310.

2. https://www.hercules-tc.com/language-management/language-intelligence-and-insight/translating-comics-and-cartoons-the-challenge-of-onomatopoeias/ (vebsayt).

3. Hayase M. (1978) Eigoyaku o toshite mita Nihongo no giseigo no tokucho. Kansai gaikokugo daigakukKenkyu ronshu (28), 117-127.

4. Bakirava S., Rahimova H. Onomatopeya so'zlarining yapon tilini o^ganishdagi muhim afzalliklari. Ta'lim fidoyilari. Konfeгensiya 2022.

5. Bakirova S., Rahimova H., O'zbek va yapon tillarini onomatopeya so'zlaгi oгqali qiyoslash, Ta'lim fidoyilaгi, 10.06.2022, ISSN 2180- 2130.

6. Otamurodova D.A. Leksikologiya: Fan dasturi. Toshkent, 2016. O'zbekiston.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.