Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O’QUVCHILARIGA BADIIY ASARLARNI O’QITISH ORQALI NUTQLARINI O‘STIRISH TEXNOLOGIYALARI'

BOSHLANG‘ICH SINF O’QUVCHILARIGA BADIIY ASARLARNI O’QITISH ORQALI NUTQLARINI O‘STIRISH TEXNOLOGIYALARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
5449
279
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
nutq / nutq aspektlari / badiiy asarlar / hikoya / ertak / ta’lim va tarbiya / adabiy til normalari / tafakkur va notiqlik san’ati / ta’lim sifati. / speech / aspects of speech / works of art / storytelling / fairy tales / education and upbringing / norms of literary language / art of thinking and speaking / quality of education.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Karimova, Shohsanam Islomxon Qizi

Maqolada boshlang‘ich sinf o’qish darslarida nutq o‘stirishda badiiy asarlarning o’qitish metodologiyasi, o’ziga xos xususiyatlari, o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirishida ularning nutqidagi kamchiliklar sabablarini aniqlash, uni bartaraf etish yo’llari, sifatli ta’lim berish jarayonida nutq o‘stirishga erishish orqali o‘quvchilarda shakllantirilishi lozim bo‘lgan kommunikativ ko‘nikmalar haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TECHNOLOGIES OF SPEECH GROWTH THROUGH TEACHING ART WORKS TO PRIMARY SCHOOL STUDENTS

The article describes the methodology of teaching works of art in the development of speech in primary school, its features, to identify the causes of shortcomings in the development of students' oral speech, ways to overcome it , communicative skills that need to be formed in students by achieving speech development in a quality teaching process.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O’QUVCHILARIGA BADIIY ASARLARNI O’QITISH ORQALI NUTQLARINI O‘STIRISH TEXNOLOGIYALARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIGA BADIIY ASARLARNI O'QITISH ORQALI NUTQLARINI O'STIRISH TEXNOLOGIYALARI

Karimova Shohsanam Islomxon qizi

Urganch davlat universiteti magistranti

Maqolada boshlang'ich sinf o'qish darslarida nutq o'stirishda badiiy asarlarning o 'qitish metodologiyasi, o 'ziga xos xususiyatlari, o 'quvchilarning og'zaki nutqini o 'stirishida ularning nutqidagi kamchiliklar sabablarini aniqlash, uni bartaraf etish yo 'llari, sifatli ta 'lim berish jarayonida nutq o 'stirishga erishish orqali o 'quvchilarda shakllantirilishi lozim bo 'lgan kommunikativ ko 'nikmalar haqida so 'z boradi.

Kalit so'zlar: nutq, nutq aspektlari, badiiy asarlar, hikoya, ertak, ta'lim va tarbiya, adabiy til normalari, tafakkur va notiqlik san 'ati, ta 'lim sifati.

TECHNOLOGIES OF SPEECH GROWTH THROUGH TEACHING ART WORKS TO PRIMARY SCHOOL STUDENTS

Karimova Shohsanam Islamkhan kizi

Master of Urgench State University

The article describes the methodology of teaching works of art in the development of speech in primary school, its features, to identify the causes of shortcomings in the development of students' oral speech, ways to overcome it , communicative skills that need to be formed in students by achieving speech development in a quality teaching process.

Keywords: speech, aspects of speech, works of art, storytelling, fairy tales, education and upbringing, norms of literary language, art of thinking and speaking, quality of education.

Ta'lim o'qituvchi va o'quvchilaming hamkorlikdagi faoliyati bo'lib, shu jarayonda shaxsning taraqqiyoti, uning ma'lumoti va tarbiyasi ham amalga oshadi. Darslarda o'qituvchi o'z bilimi, ko'nikma va malakalarini mashg'ulotlar vositasida o'quvchilarga yetkazadi, o'quvchilar esa uni o'zlashtirib borishi natijasida undan foydalanish qobiliyatiga ega bo'ladi. O'rganish jarayonida o'quvchilar o'zlashtirishning turli ko'rinishlaridan foydalanishadi, ya'ni o'zlashtirilayotgan

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ma'lumotlarni qabul qilish, qayta ishlash hamda amaliyotga tatbiq etishda o'ziga xos tafovutlarga tayanadi. Ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarlarning dars paytidagi hamkorligi, o'quvchilarning mustaqil ishlashi, sinfdan tashqari ishlar shaklida ta'lim va tarbiya masalalari hal etiladi [1].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida garchi ilmiy jihatdan bo'lmasa-da, amaliy jihatdan turli janrga mansub asarlar o'qib o'rganiladi. O'qish darsliklariga, asosan, hikoya, she'r, ertak, masal, maqol, doston, rivoyat va topishmoq kabi janrdagi asarlar kiritilgan. Bulardan tashqari, ilmiy-ommabop asarlar ham o'qitiladi.

Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubi jihatidan o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ularning o'quvchilarga ta'siri ham har xil bo'ladi. Tabiiyki, har bir janrga oid asar matni lingvistik jihatdan ham o'ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, she'riy asarlar matni hikoya matnidan, ertak matni she'r matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni masal janriga taaluqli asarlar matnidan tubdan farq qiladi. Topishmoqlar predmet, voqea-hodisalar o'rtasidagi o'xshashlikni taqqoslash orqali o'zlashtirilsa, maqollar mazmuni hayotiy misollar vositasida sharhlashni taqozo etadi. SHunga ko'ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o'qishda o'qituvchidan unga mos usullar tanlash talab etiladi [2].

O'qilgan asar mazmunini izchil ravishda qayta hikoyalash uning rejasini tuzishga yordam beradi. Reja tuzishda o'quvchi hikoyani tarkibiy qismlarga bo'ladi va har qaysi qismdagi asosiy fikrni aniqlaydi. Bularning hammasi analitik ish hisoblanadi. Keyin sintetik ishga o'tiladi, ya'ni bolalar hikoya qismlariga sarlavha topadilar. O'quvchilar o'qituvchi rahbarligida reja tuzish jarayonida o'qilgan hikoyaning har bir qismida bosh va ikkinchi darajali masala nimalardan iboratligi haqida, qanday qilib fikrni qisqa va aniq ifodalash haqida o'ylaydilar. Sarlavha topish ustida ishlash, o'quvchilar topgan sarlavhani jamoa bo'lib muhokama qilish, reja tuzish jarayonining o'zi bolaning fikrlash qobiliyatini faollashtirishi, unda o'z mulohazasini isbotlash, asoslash odatlarini tarbiyalashi lozim. Asarni o'qish va tahlil qilish jarayonida tuzilgan reja doskaga yozilsa, hikoya mazmunini izchil qayta hikoya qilishga yordam beradi. Reja asosida hikoya qilishning vazifasi mazmunni berilgan izchillikda o'zlashtirishdir. Reja asosida qayta hikoyalash o'qituvchi savoligi javob berishga nisbatan asar mazmunini aytib berishning hiyla mustaqil formasidir. O'qilgan asar mazmunini o'zlashtirish ustida ishlashdagi keyingi bosqich, qisqartirib hikoyalash hisoblanadi. Qisqartirib hikoyalash uchun 2-3 qismga bo'linadigan, bu bo'limlar yaqqol ajralib turadigan, mazmuni sodda asarlar tanlanadi. Qisqartirib

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

hikoyalashga o'rgatish quyidagicha uyushtiriladi: o'qituvchi hikoyaning oldindan belgilab qo'yilgan birinchi qismini o'qiydi va o'quvchilar bilan birgalikda eng muhim, asosiy fikr aniqlanadi. Bunda o'quvchilar ba'zan asardagi so'zlardan foydalanadilar. Bu o'quvchilarga qiyinlik qilsa, bo'limdagi asosiy fikrni o'z so'zlari bilan aytib berishlari mumkin. Keyin o'quvchilar o'qituvchi bilan bu qismni qisqartirib hikoyalashda nimalar haqida gapirmaslik kerakligini, qaysilar ikkinchi darajali yoki kam ahamiyatli fikr ekanini aniqlaydilar. Asarning boshqa qismlari yuzasidan ham shunday ish olib boriladi va o'quvchilar asarni qisqartirib qayta hikoya qiladilar. O'qilgan asarni qisqartirib hikoya qilishga 3- sinfdan boshlab o'rgatiladi. Tanlab hikoyalash ham bolalarning tafakkuri va nutqini o'stirish vositalaridan biridir [3].

Tanlab hikoyalashda o'quvchi:

1) o'qigan matndan bir qismini, uning chegarasini ongli ravishda ajratib so'zlab beradi;

2) hikoyadan faqat bir voqeani aytib beradi;

3) hikoya mazmunini faqat bir syujet yo'nalishida so'zlab beradi.

Bolalar tanlab qayta hikoyalash malakasini hosil qilishga boshlang'ich sinf izohli o'qish darsida keng qo'llanadigan metodik usullar yordam beradi:

1) hikoya qismiga chizilgan rasm asosida hikoyalash;

2) hikoyadagi bir voqeani tasvirlovchi rasm asosida hikoyalash;

3) tanlab qayta hikoyalashni talab etadigan savollarga javob berish.

O'quvchi tanlab hikoya qilishga tayyorlanganda o'qilgan matnni tahlil qiladi.

Bunday tahlil bolalar tafakkurini, ular nutqidagi mustaqillikni o'stiradi va o'qilgan matn mazmunini o'zlashtirishga yordam beradi. Hikoyani o'qish bilan bog'liq holda o'tkaziladigan ijodiy ishlar ham o'quvchilar nutqini, tafakkurini o'stiradi. Bular:

1) ijodiy qayta hikoyalash;

2) inssenirovka qilish;

3) o'qilgan asarga rasm chizish;

hikoyani davom ettirish.

1. Ijodiy qayta hikoyalashda o'qilgan hikoyaning sharoitini, yo formasini o'zgartirib hikoya qilinadi, yoki hikoyani yangi epizodlar bilan to'ldirib hikoya qilinadi.

2. Inssenirovka yoki sahnalashtirishda o'quvchilar o'qilgan hikoyani sahnabop qilib o'zgartiradilar. Buning uchun ular hikoyaga ssenariy haqida, kostyum, qatnashuvchilarning imo-ishorasi haqida o'ylaydilar, monologik nutqni dialogik nutqqa aylantiradilar (bu tilni o'rgatish nuqtai nazaridan eng muhim ish hisoblanadi).

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

3. O'qilgan hikoyaga rasm chizishda o'quvchi rassomlar tomonidan chizilgan rasmlardan o'qilgan asarning mazmuniga mos rasm tanlaydi yoki o'zi rasm chizadi. Agar o'quvchi rasmni yaxshi chiza olmasa, o'zi chizmoqchi bo'lgan rasmni og'zaki tasvirlab beradi, ya'ni so'z bilan rasm chizadi.

4. O'qilgan hikoyani davom ettirish usuli maktab tajribasida keng qo'llanadi. Bu usul hikoyaning mazmuni uni davom ettirishga imkon beradigan asarlarda qo'llanadi.

Boshlang'ich sinflarda hikoya syujeti, kompozitsiyasi, qahramonlarini o'rganish bo'yicha turli tahlillar matn ustida ishlash asosida olib boriladi. Bunda o'quvchining ijodiy faolligi ortadi, ijodiy fikrlash doirasi kengayadi [4].

Hikoya mazmunini o'zlashtirish bo'yicha matn asosida quyidagicha ishlar amalga oshiriladi:

1. Matn mazmuni yuzasidan o'qituvchi savollariga javob berish.

2. Hikoya matni asosidagi savol-topshiriqlarni bajarish.

3. Hikoya mazmuni yuzasidan o'quvchilarning savollar tuzishi.

4. Hikoya mazmuniga mos rasmlar chizish.

5. Hikoya matnini qismlarga bo'lish.

6. Har bir qismga sarlavha topish.

7. Hikoyaga reja tuzish.

8. Reja asosida qayta hikoyalash (to'liq, qisqartirib va ijodiy qayta hikoyalash).

9. Reja asosida bayon yozish.

Tahlilda o'qilayotgan hikoya matnining tushunarliligi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Tushunarlilik deganda yozuvchi yaratgan badiiy olamning o'ziga xosligi, obrazli tasvirning o'quvchi hayotiy tajribasi, bilim darajasiga muvofiqligi nazarda tutiladi.

Hikoyani o'rganishda savollarni, odatda, o'qituvchi beradi, ammo asar mazmuni, qatnashuvchi shaxslarning xulq-atvorini ochish yuzasidan o'quvchilarga ham savol tuzdirish juda foydali. Bu usul bolalarga juda yoqadi va ishni jonlantiradi, asar mazmunini yaxshi tushunish, o'z fikrini izchil bayon qilish malakasini egallash, mazmun va voqealar orasidagi bog'lanishni to'liq esda saqlab qolishda o'quvchilarga yordam beradi.

Ertak ustida ishlashda bolalarni ertakni o'qishgagina emas, balki uni aytib berishga o'rgatish ham muhimdir. Ertak aytish og'zaki nutqni o'stiradi, bolalar nutqini yangi so'z va iboralar bilan boyitadi [5].

Ertaklarda keltirilgan maqollar ustida ishlash, ularda ilgari surilayotgan g'oyalarni bolalar ongiga yetkazish, yod oldirish yo'li bilan bog'lanishli nutqni o'stirish, nutqning ta'sirchanligini oshirish lozim. Masalan, «Rostgo'y bola» (1-sinf)

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ertagida bola o'z rostgo'yligi bilan podshoga ma'qul bo'lganligi hikoya qilingan. Ertak g'oyasiga mos xulosa esa «Boshingga qilich kelsa ham to'g'ri gapir» maqoli bilan ifodalangan. O'quvchilar ushbu maqol mazmunini tushunib olishsa, o'zlari ham yuqoridagi kabi ertak tuzib, hikoya qilib berishlari mumkin [6].

Ertakni o'qib, mazmuni bilan tanishtirilgach, o'quvchilardan shaylanib, ro'parasida, sharbat, xayrli ish, xivchin, muhayyo so'zlarining ma'nosi so'raladi. Javoblar to'ldiriladi, umumlashtiriladi.

Ertak matni bilan ishlash jarayonida unda qo'llangan badiiy vositalar: jonlantirish, metafora, mubolag'alar ustida ishlash ham muhim ahamiyat kasb etadi

Yuqoridagi barcha fikrlarni hisobga olganda, ertakni o'rganish darslarining qurilishi quyidagicha bo'lishi mumkin:

1. Ertak bilan tanishtirish:

a) o'quvchilarni ertakni idroketishga tayyorlash;

b) o'qituvchining ertakni ifodali o 'qishi, yod aytib berishi va hok.

2. Ertakni o 'quvchilar qay darajada idrok etganliklarini aniqlash maqsadida qisqacha suhbat o 'tkazish;

3. Ertakni qismlarga bo'lib o'qish va tahlil qilish; undagi ayrim tasviriy vositalar, ma'nodosh so'zlarni topish, lug'at ishi (ayrim so'zlar ma'nosini tushuntirish);

4. Ertakni aytib berishga tayyorlanish (ichda o 'qish);

Har bir mamlakatning taraqqiyoti, istiqboli, farovonligi, ma'naviy yuksalishi, jahonning eng rivojlangan davlatlar qatoridan o'rin olishi - bilimli, yuqori intellektual salohiyatli, qalbiga va ongiga ezgu fazilatlarni mujassamlagan yoshlarga bog'liq hisoblanib, har jihatdan yetuk va barkamol, Vatan taqdiri uchun sidqi dildan xizmat qiladigan, fidoyi, iymonli avlodni voyaga yetkazish, o'qitishni sifatli va mazmun jihatdan yuqori pog'onalarga olib chiqish avvalo o'qituvchi va tarbiyachi murabbiylar zimmasiga sharafli va ayni paytda mas'uliyatli vazifani yuklaydi [8]

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlab o'tish kerakki, nutq o'stirish mashg'ulotlarida, ayniqsa, bolalarning badiiy asarlarni o'qib, hikoya qilib berishlariga katta ahamiyat beriladi. Badiiy asarlarni qayta hikoya qilib berishga o'rgatish va ularni sahnalashtirish, she'rni yod oldirish o'qituvchiga katta mahorat va mas'uliyat yuklaydi. Muallif tomonidan badiiy asar mazmuni qanchalik yorqin ifodalangan bo'lsa, unda ishtirok etuvchilarning nutqlari (gaplari) bolalarga ifodali, mazmunli yetkazilsa, u

[7].

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 6 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

bolalarni hayajonlantiradi, his-tuyg'ularining rivojlanishiga, asar qahramonlari bilan bo'ladigan voqealarning uzoq esda saqlanishiga, lug'atining boyishiga hamda nutqining grammatik jihatdan to'g'ri shakllanib borishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Bolalar hech qanday qiyinchiliksiz o'qituvchining asar yuzasidan bergan savollariga javob bera oladilar, ayrim so'zlarni, jumlalarni takrorlaydilar, qahramonlarning ijobiy va salbiy tomonlarini xarakterlab beradilar, o'qituvchiga taqlid qilib, ularning ovozini o'xshatishga harakat qiladilar.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni. // Barkamol avlod. O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: SHarq, 1997.

2. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. // Barkamol avlod O'zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: SHarq, 1997.

3. Umumiy o'rta ta'limning davlat ta'lim standartlari va o'quv dasturi // O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligining axborotnomasi, 7-maxsus son. T.: SHarq, 1999.

4. Boshlang'ich ta'lim bo'yicha yangi tahrirdagi davlat ta'lim standarti // Boshl. ta'l. jurnali. Toshkent, 2005. №5. 5, 6, 8-9-betlar.

5. Boshlang'ich ta'lim bo'yicha yangi tahrirdagi o'quv dasturi // Boshl. ta'l. jurnali. Toshkent, 2005. №5. 21- 33 - betlar.

6. Zunnunov A. va boshq. Adabiyot o'qitish metodikasi. T.: O'qituvchi, 1992.

7. Rafiev A. Lotin yozuviga asoslangan o'zbek alifbosi va imlosi. T.: 2003.

8. G'ulomov A. Ona tili o'qitish printsiplari va metodlari. T.: O'qituvchi, 1992.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.