Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA KREATIVLIK SIFATLARINI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA KREATIVLIK SIFATLARINI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
703
53
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
zamonaviy ta’lim / kreativ ta’lim / kreativlik sifatlari / jamoa / dars / to’garak / ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar / interfaol metod. / modern education / creative education / creative qualities / community / lesson / circle / educational process.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Avezova, Rohila Ro‘zimboyevna

XXI asr fan va texnikaning rivojlanish ilm-fanga bo‘lgan talabning oshishiga sabab bo‘lmoqda. Aynan ilm-fan mavqeyini oshirishda boshlang’ich sinf o‘qituvchisining bilimi, mahorati, ijodkorligi, tashabbuskorligi, izlanuvchanligi, boshqaruvchanligini rivojlanish cho‘qqisiga chiqishda kreativ ta’limning o‘ziga xos ahamiyati bor. Ushbu maqolada o’qituvchining kreativlik sifatlari va unga qo’yilgan asosiy talablar, dars hamda darsdan tashqari faoliyatda ham o’qituvchining ijodkorligi, umuman boshlang’ich ta’lim jarayonida qo‘llanilishi to‘g’risidagi mulohazalar keltirib o‘tilgan va tegishli xulosalar chiqarilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

WAYS TO FORM CREATIVE QUALITIES IN PRIMARY SCHOOL TEACHERS

The development of science and technology in the 21st century is leading to an increase in demand for science. It is precisely in raising the status of science that creative education has a special role in the development of knowledge, skills, creativity, initiative, inquisitiveness, leadership of the primary school teacher. This article provides feedback on the creative qualities of the teacher and the basic requirements for him, the creativity of the teacher in the classroom and extracurricular activities, its application in the primary education in general, and the relevant conclusions. removed.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARIDA KREATIVLIK SIFATLARINI SHAKLLANTIRISH YO‘LLARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARIDA KREATIVLIK SIFATLARINI SHAKLLANTIRISH YO'LLARI

Avezova Rohila Ro'zimboyevna

Toshkent shahridagi Yodju texnika Instituti "Pedagogika va psixologiya"kafedrasi katta o'qituvchisi

XXI asr fan va texnikaning rivojlanish ilm-fanga bo 'lgan talabning oshishiga sabab bo'lmoqda. Aynan ilm-fan mavqeyini oshirishda boshlang'ich sinf o 'qituvchisining bilimi, mahorati, ijodkorligi, tashabbuskorligi, izlanuvchanligi, boshqaruvchanligini rivojlanish cho 'qqisiga chiqishda kreativ ta 'limning o 'ziga xos ahamiyati bor. Ushbu maqolada o 'qituvchining kreativlik sifatlari va unga qo'yilgan asosiy talablar, dars hamda darsdan tashqari faoliyatda ham o'qituvchining ijodkorligi, umuman boshlang'ich ta'lim jarayonida qo'llanilishi to 'g'risidagi mulohazalar keltirib o 'tilgan va tegishli xulosalar chiqarilgan.

Kalit so'zlar: zamonaviy ta'lim, kreativ ta'lim, kreativlik sifatlari, jamoa, dars, to 'garak, ma 'naviy-ma 'rifiy tadbirlar, interfaol metod.

Развитие науки и технологий в XXI веке ведет к увеличению спроса на науку. Именно в повышении статуса науки творческое воспитание играет особую роль в развитии знаний, умений, творческих способностей, инициативности, любознательности, лидерства учителя начальных классов. В данной статье представлены отзывы о творческих качествах учителя и основных требованиях к ним, о творческих способностях учителя на уроках и внеучебной деятельности, о его применении в начальном образовании в целом и соответствующих выводах.

Ключевые слова: современное образование, творческое воспитание, творческие качества, общность, урок, кружок, учебный процесс.

The development of science and technology in the 21st century is leading to an increase in demand for science. It is precisely in raising the status of science that creative education has a special role in the development of knowledge, skills, creativity, initiative, inquisitiveness, leadership of the primary school teacher. This article provides feedback on the creative qualities of the teacher and the basic requirements for him, the creativity of the teacher in the classroom and

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

extracurricular activities, its application in the primary education in general, and the relevant conclusions. removed.

Keywords: modern education, creative education, creative qualities, community, lesson, circle, educational process.

KIRISH

Ta'limning zamonaviy globallashuv va axborotlashuv sharoitida rivojlanishi va takomillashuvini innovatsiyalarning turli shakllarini tadqiq etmasdan, bugungi kunda mutaxassisni nimaga va qanday tayyorlashga bir qator yondashuv va munosabatlarni tamoyillar asosida ko'rib chiqmasdan amalga oshirish mumkin emas. Ijodkor shaxsning shakllanishini shaxsning o'zaro mos tarzda bajarilgan ijodiy faoliyat va ijodiy mahsulotlarni yaratish borasidagi rivojlanishi sifatida belgilash mumkin.Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida kreativlik sifatlarini rivojlantirish jarayonining umumiy mohiyatini to'laqonli anglash uchun dastlab "kreativlik " tushunchasining ma'no mazmuni tushunib olishi talab etiladi.

Kreativlik (lot , ing. "create " - yaratish, "creative" - yaratuvchi , ijodkor) -individning yangi g'oyalarni ishlab chiqarashga tayyorlikni tavsiflovchi va mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati.1

Ken Robinsonning fikriga ko'ra, "kreativlik - o'z qiymatiga ega orginal g'oyalar majmui"dir. Gardner esa o'z tadqiqotlarida "kreativlik-shaxs tomonidan amalga oshiriladigan amaliy harakat bo'lib, u o 'zida muayyan yangilikni aks ettirishi va ma'lim amaliy qiymatga ega bo'lishi lozim" Olimning yondoshuviga ko'ra kreativlik " muayyan soha bo'yicha o'zlashtirilgan puxta bilimlar bilan birga yuqori darajada noodatiy ko'nikmalarga ham ega bo'lish "demakdir.2

Har bir boshlang'ich sinf o'qituvchisi o'z mutaxassisligini chuqur bilishi, pedagogik vaziyatlarni tahlil qilishi, uslubiy modellarni to'g'ri tanlash qobiliyati, ta'lim jarayonidagi ta'sir mazmuni va usullarini loyihalashni bilishi zarur. Shundagina yetik mutaxasis bo'lishi mumkin.

Boshlang'ich sinf o'qituvchisining kreativlik sifatlarini amalga oshirishda jamoanining o'rni beqiyos. Bunda o'qituvchi o'quvchilar jamoasini ijtimoiy ahamiyatga ega yagona maqsadni ko'zda tutuvchi, birgalikdagi faoliyatni tashkil etuvchi, umumiy saylab qo'yilgan organiga ega bo'lgan, mustahkamlik, umumiy javobgarlik bilan ajralib turuvchi, barcha a'zolarimng huquq va majburiyatlarda

1 Mavlonova R., Rahmonqulova N., Matnazarova K., Shirinov M., Hafizov S. "Umumiy pedagogika". Darslik. Toshkent, "Innovasiyon rivojlanish nashriyoti-matbaa uyi", 2020, 526 b.

2 10 Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). -Alexandria - Virginia, USA: ASCD, 2014. - p. 4

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tengligi sharoitida majburiy aloqadorlikka ega bo 'lgan o'quvchilar guruhini tashkil qilishda ijodiy yondashgan holda amalga oshirsa ko'zlagan maqsadga erishiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'qituvchining ijodkorligini nomoyon qiladigan jarayon bu- darsdir. Dars bevosita o'qituvchi rahbarligida aniq belgilangan vaqt davomida muayyan o'quvchilar guruhi bilan olib boriladigan ta'lim jarayonining asosiy shakli sanaladi. Darsda har bir o'quvchi xususiyatlarini hisobga olish, barcha o'quvchilarning mashg'ulot jarayonida o'rganilayotgan fan asoslarini egallab olishlari, ularning idrok etish qobiliyatlari va ma'naviy-axloqiy sifatlarini tarbiyalash hamda rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratiladi.

Boshlang'ich sinflarda o'qituvchi dars jarayonida o'qituvchi shaxsiga xos bo'lgan kreativlik

sifatlari:

Ijodiy yo'nalganlik

Tafakkur tezligiga egalik

Innovatsiyon qobiliyatga egalik

Mantiqiy fikrlash

Hissiyotga boylik

Yuksak badiiy qadriyatga egalik

Boy tasawurga egalik

Ijodiy tashabbuskorlik

Refleksiya qobiliyati

Shu orqali boshlang'ich sinf o'qituvchisida dars jayonida kreativ sifatlarini rivojlantirishning samarali yo'llaridan foydalansa maqsadlidir.

l.O'qituvchilarda kreativ fikrlash ko'nikmasini samarali shakllantirish maqsadida o'quvchilarga ularni fikrlashga undovchi savollar tarkibida zarur so'zlarning bo'lishiga e'tibor qaratiladi. Suvning tabiatda aylanish hodisasini ta'riflab bering o'rniga yog'inlarning (yomg'ir, qor, shudring, do'l va boshqalar) paydo bo'lishi algoritmini(ketma- ketligini) tuzib chiqing. Bunda o'qituvchi har bir jarayonning " bog'liqlikni topishi , " fikrni mantiqan bayon eting", " tasavvur qiling " kabi fikrlardan foydalanish orqali unda kreativ fikrlash ko'nikmasi namoyon bo'ladi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2.Boshlang'ich sinf oqituvchilari o'quvchilarda kreativ fikrlash ko'nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishda ko'rsatmali metod va usullardan foydalansa oldiqa qo'ygan maqsadga erishadi.

3. O'quvchilarda muammoni yechish va innovatsiyon g'oyalarni ilgari surish jarayonida kreativ va ijodiy fikrlashga urg'u berishi lozim . Suvning tabiatda aylanishi va yog'inlarning paydo bo'lishi o'rtasidagi bog'liqlikni topish" Topshiriqni bajarar ekan, o'quvchilar tabiatda suvning aylanishiu va yog'inlarning paydo bo'lishi tizimi bilan bog'liq turli muammolarni tahlil qilib, xulosaga keladi. Natijada ushbu jarayonda ko'p tamonlama fikrlash, mushohada yuritish ro'y beradi.

Boshlang'ich sinf o'qituvchining ijodkorlik sifatlarini rivojlantirishda ta'limning yordamchi shakli to'garaklarda foydalanish maqsadlidir.

Fan to'garaklar yo'nalishi, mazmuni, ish metodi, o'qish vaqti va boshqa jihatlari bilan ajralib turadi. Ular o'quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish, o'qishga ijobiy munosabatni shakllantirishga yordam beradi.Bu bilan o'qituvchining ijodkorlik sifatlarini ham shakllantiradi.Chunki to'garak ijodiy yondoshgan holda tashkil qilinadi. To'garak rahbari(boshlang 'ich sinf o 'qituvchisi) to'garak mashg'ulotida samaradorlikka erishish uchun to'garak mashg'uloti ishlanmasida ijodkorlikka alohida e'tibor qaratishi, uni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tuzishi lozim.

Misol uchun to'garaklarni tashkil etishda boshlang'ich sinf o'qituvchisi " AJIL" ("Amaliy jamoaviy ijodiy loyihalar") strategiyasi o'quvchilarda ijodiy faoliyat ko'nikma va malakalarini, jamoaviy ijodiy ishlarni tashkil etish ishlarni tashkil etish tashkil etish ko'nikmalarini shaklllantirish, jamoaviy ijodiy loyiha (ish)larning shakllari to'g'risidagi tushunchani hosil qilishga ko'maklashishga xizmat qiladi. "Ajil" texnologiyasini to'garak jarayonida "Men - jamoaviy ish tashkilotchisiman" mavzusidagi blits-o'yin o'tkazilgandan so'ng qo'llash maqsadga muvofiqdir.

Boshlang'ich sinf o'qituvchining ijodkorlik sifatlarini rivojlantirishda yana bir jihat ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarning o'rni juda kattadir. Ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish ham pedagog faoliyatining muhim yo'nalishi hisoblanadi. SHunday ekan, boshlang'ich sinf o'qituvchisi ma'naviy-ma'rifiy ishlarini tashkil etishga ham ijodiy yondasha olishi zarur. Bunda u quyidagilarga e'tiborni qaratishi lozim:

-ma'naviy-ma'rifiy ishlarni maqsaga muvofiq, izchil, uzluksiz va tizimli tashkil etish;

-o'quv yili uchun puxta asoslangan ma'naviy-ma'rifiy ishlar rejasini ishlab chiqishi;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

-rejadan talabalarning ehtiyoj va qiziqishlariga mos keladigan hamda dolzarb mavzulardagi muammolarga bag'ishlangan tadbirlarning o'rin olishiga erishish;

- ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarning reja uchun emas, balki talabalarning ehtiyojlarini qondirish, ularni shaxs va mutaxassis sifatida shakllanishlarini ta'minlash maqsadida tashkil etish;

-ma'naviy-ma'rifiy ishlarni ularning yo'nalishi, mazmuni, xarakteriga, ko'lami va xususiyatlariga ko'ra turli shakllardan interfaollik asosida tashkil etilishiga erishish;

- har bir ma'naviy-ma'rifiy tadbirning aniq maqsad asosida tashkil etilishi va albatta, kutilgan natijani kafolatlay olishini ta'minlash;

- ma'naviy-ma'rifiy ishlarni tashkil etish va o'tkazishda akademik guruhning barcha talabalari birdek faol ishtirok etishlariga erishish.

Darhaqiqat, boshlang'ich sinf o'qituvchilarida kreativ fikrlash ko'nikmasini shakllantirish. Bunda o'qituvchidan sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilishda noan'anaviy usullardan keng foydalangan holda amalga oshirishi talab qilinadi. O'qituvchida kreativni rivojlantirish bugungi kunning asosiy vazifalaridan biridir. O'qituvchida kreativni rivojlantirishda turli xil interfaol metodlarni bilishi va o'zing faoliyati davomida samarali foydalanishi lozim. Boshlang'ich sinf o'qituvchisi o'z-o'zidan ijodkor bo'lib qolmaydi.Uning ijodkorlik qobiliyati ma'lum vaqt ichida izchil o'qib organish, o'z ustida tinimsiz ishlash orqali shakllantiriladi va u asta-sekin takomillashib, rivojlanib boradi. Har bir o'qituvchi ijodiy o'z-o'zini tarbiyalash olishi zarur. Bunda o'zini o'ziga xos ijodiy shaxs sifatida anglash, uni yanada takomillashtirish va moslashtirishni talab qiladigan kasbiy va shaxsiy fazilatlarini aniqlash, shuningdek uzluksiz tizimda o'z-o'zini takomillashtirishning uzoq muddatli dasturini ishlab chiqish o'z-o'zini tarbiyalash demakdir.

REFERENCES

1. Mavlonova R., Rahmonqulova N., Matnazarova K., Shirinov M., Hafizov S. "Umumiy pedagogika" Darslik. Toshkent, "Innovasiyon rivojlanish nashriyoti-matbaa uyi", 2020, 526 b.

2. Drapeau Patti. Sparking student creativity (practical ways to promote innovative thinking and problem soving). - Alexandria - Virginia, USA: ASCD, 2014. - p. 4

3. M.Usmonboyeva va A. To'rayev "Kreativ pedagogika asoslari" O'quv uslubiy majmua Toshkent, 2016, 193 b.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 4/2

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

4. Холйигитова, Н. Х. (2019). Ижтимоий психологияда укув фаолияти мотивациясининг ривожланиш омиллари (илмий адабиётлар та^лили). Современное образование (Узбекистан), (11 (84)), 20-25.

5. Холйигитова, Н. Х. (2019). МОТИВАЦИОННЫЙ СИНДРОМ-КАК МОТИВИРУЮЩИХ КОМПОНЕНТОВ ПРОФЕССИОНАЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ. In Актуальные проблемы мирового научного пространства (pp. 52-54).

6. Холйигитова, Н. (2014). Инновацион технологиялар-таълим ва тарбия жараёнларининг сифат ва самарадорлиги омили сифатида. Современное образование (Узбекистан), (1), 22-25.

7. Содикова, Ш. М. (2018). МЕТОДИКА ВВЕДЕНИЯ ЭЛЕМЕНТОВ МОДУЛЯЦИИ ЛАЗЕРНОГО ИЗЛУЧЕНИЯ В КУРСЕ ФИЗИКИ. Наука в современном мире: приоритеты развития, 1(1), 29-32.

8. Содикова, Ш. М. (2018). ОСОБЕННОСТИ ИЗЛОЖЕНИЯ ТЕМЫ" СВОЙСТВА ЛАЗЕРНОГО ИЗЛУЧЕНИЯ" В АКАДЕМИЧЕСКИХ ЛИЦЕЯХ. Стратегии и тренды развития науки в современных условиях, 1(1), 31-33.

9. Tursunaliyevna, A. M., & Karimovna, N. Y. (2022). MAKTABGACHA TARBIYA MUASSASALARIDA MADANIY-GIGIYENIK MALAKALARNI TARBIYALASH-BOLALAR ORGANIZMINING JISMONIY RIVOJLANISHIDA MUHIM VOSITA. INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRACTICE. SCIENTIFIC-METHODICAL JOURNAL, 3(1), 98-103.

10. Тураева, Д. Р. (2018). СТИЛИ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ПЕДАГОГОВ В СИСТЕМЕ «ПЕДАГОГ-УЧАЩИЙСЯ»-КАК ПРЕДМЕТ ИССЛЕДОВАНИЯ.

In Международная научно-техническая конференция молодых ученых БГТУ им. ВГ Шухова (pp. 5628-5634).

11. Тураева, Д. Р. (2014). Факторы, определяющие индивидуально -психологические особенности личности педагогов профессионального колледжа. Современные гуманитарные исследования, (3), 118-121.

12. Нарметова, Ю. (2022). Психосоматик беморларда эмоционал-невротик бузилишлари ва уларга психологик ёрдам курсатишнинг узига хослиги. Общество и инновации, 3(2), 64-71.

13. Avezova, R. MODERN PEDAGOGICAL APPROACHES TO EDUCATION. Chief Editor.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

о

R

VOLUME 2 | ISSUE 4/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

14. Ахмедова, M., & Нарметова, Ю. (2022). Neyropedagogika va neyropsixologiya rivojlanib kelayotgan yangi fan sohasi sifatida. Общество и инновации, 3(2), 103-109.

15. Akhmedova, M., Narmetova, Y., & Alisherov, B. (2021). Catigories of person in conflict and methods of conflict resolution in the occurrance of conflicts between medical personnel.

16. Akhmedova, M. T., Narmetova, Y. K., Nurmatova, I. T., & Malikova, D. U. K. (2022). Communicative Competence Formation in Future Teachers Based on an Integrated Approach. International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 9(4), 54-60.

17. Melibayeva, R. N., Khashimova, M. K., Narmetova Yu, K., Komilova, M. O., & Bekmirov, T. R. (2020). Psychological mechanisms of development students' creative thinking. International journal of scientific & technology research, 9(03).

18. RAKHMATULLAYEVA, M. A. K., & AVEZOVA, R. R. (2021). THE CONCEPT OF INTEGRATION IN PRIMARY EDUCATION. THEORETICAL & APPLIED SCIENCE Учредители: Теоретическая и прикладная наука, (12), 786-

19. Kholyigitova, N. K. (2019). PEDAGOGICAL INNOVATIVE TECHNOLOGIES AT THE UNIVERSITY. In МИРОВАЯ НАУКА XXI ВЕКА (pp. 12-15).

20. KHOLYIGITOVA, N. (2018). RELATIONSHIP BETWEEN STUDENT'S PROFESSIONAL ORIENTATION AND DYNAMIC PROCESS IN GROUPS. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol, 6(1).

788.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.