Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA BADIIY ASARLAR USTIDA ISHLASH TAMOYILLARI'

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA BADIIY ASARLAR USTIDA ISHLASH TAMOYILLARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
25
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
boshlang‘ich ta’lim / o‘qish darslari / badiiy asar / badiiy asar tahlili / badiiy asarlarni o‘rganish bosqichlari. / primary education / reading classes / artistic work / analysis of artistic work / stages of studying artistic works.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Akramova S.R., Axmedova Sh.F.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining badiiy tafakkuri va dunyoqarashini o‘stirishda darsliklarda keltirilayotgan badiiy asarlar muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada badiiy asarlar ustida ishlash jarayoni, badiiy asarlarni tahlil qilish metodikasi va samarali usullari haqida so‘z yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STRUCTURE OF WORK ON WORKS OF ART IN READING LITERACY LESSONS IN PRIMARY SCHOOLS

Art works presented in textbooks are important in developing the artistic thinking and outlook of elementary school students. This article talks about the process of working on works of art, the methodology and effective methods of analyzing works of art.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF O‘QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA BADIIY ASARLAR USTIDA ISHLASH TAMOYILLARI»

Akramova S.R.

BDPI boshlang'ich ta'lim kafedrasi dotsenti

Axmedova Sh.F.

BDPI boshlang'ich ta'lim kafedrasi magistranti

BOSHLANG'ICH SINF O'QISH SAVODXONLIGI DARSLARIDA BADIIY ASARLAR USTIDA ISHLASH TAMOYILLARI

Annotatsiya. Boshlang'ich sinf o'quvchilarining badiiy tafakkuri va dunyoqarashini o'stirishda darsliklarda keltirilayotgan badiiy asarlar muhim ahamiyatga ega. Ushbu maqolada badiiy asarlar ustida ishlash jarayoni, badiiy asarlarni tahlil qilish metodikasi va samarali usullari haqida so 'z yuritiladi.

Kalit so'zlar: boshlang'ich ta'lim, o'qish darslari, badiiy asar, badiiy asar tahlili, badiiy asarlarni o 'rganish bosqichlari.

Akramova S.R.

Associate Professor of the Department of Primary Education, BSPI

Akhmedova Shakhnoza Fayzullo kizi Master's student of the Department of Primary Education, BSPI

STRUCTURE OF WORK ON WORKS OF ART IN READING LITERACY LESSONS IN PRIMARY SCHOOLS

Abstract. Art works presented in textbooks are important in developing the artistic thinking and outlook of elementary school students. This article talks about the process of working on works of art, the methodology and effective methods of analyzing works of art.

Keywords: primary education, reading classes, artistic work, analysis of artistic work, stages of studying artistic works.

Bugungi kunda yosh avlodni ma'naviy barkamol, jismoniy sog'lom va yetuk shaxs sifatida tarbiyalash nafaqat ta'lim tizimining, balki butun jamiyatimizning oldida turgan dolzarb vazifalardan biridir. Bu borada maktab ta'limi, xususan, boshlang'ich ta'lim dasturi muhim ahamiyatga ega. Chunki maktabga ilk qadam qo'ygan bolaning savodini chiqarish, unda dastlabki ilmiy dunyoqarash elementlarini shakllantirish ta'limning aynan shu bosqichida amalga oshiriladi. Bu maqsadga erishish uchun, avvalo, o'quvchilarda yuqori darajadagi o'qish savodxonligini shakllantirish lozim.

O'qish savodxonligi doirasida o'quvchida to'g'ri, tez, ongli, ifodali o'qish malakalarini shakllantirish, ularni oddiy kitob o'quvchisidan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko'tarish; o'qish orqali tevarak-atrof, borliq haqidagi bilimlarini kengaytirish, ularning dunyoqarashini boyitish; tafakkurida elementar adabiy tushunchalarni shakllantirish; har qanday uslubdagi matnni o'qish va uni anglash, tanqidiy va kreativ fikrlash ko'nikmasini oshirish nazarda tutiladi.

O'qish savodxonligi - jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma tilning shakllarini idrok etish va amaliyotda qo'llay olish qobiliyatidir. O'qish savodxonligi jamiyat tomonidan talab qilinadigan va inson tomonidan qadrlanadigan yozma til shakllarini tushunish va ulardan foydalanish, shuningdek, matnlardan turli shakllarda ma'no hosil qila olish qobiliyati hamdir.

Zamonaviy maktab oldiga qo'yilgan vazifalar, kichik maktab yoshidagi o'quvchilar umumiy rivojlanishining o'sganligi, psixologiya va xususiy metodika sohasidagi yutuqlar sinfda o'qish mazmuni va o'qitish metodlariga o'zgartirish kiritishni talab etmoqda. Shularga bog'liq holda badiiy asarni tahlil qilish metodikasi takomillashtira borildi: takroriy bayon qilish mashqlari kamaytirildi, ijodiy va o'qilgan matn yuzasidan o'z fikrini bayon qilish ko'nikmasini o'stiradigan mashqlar ko'paytirildi, asar qismlari ustida emas, balki yaxlit asar ustida ishlanadigan bo'ldi, asar g'oyasi va obrazlarini tushuntirishda o'quvchilarning mustaqilligi ortdi, matn ustida ishlashda xilma-xil topshiriq turlaridan, ta'limda texnika vositalaridan va ilg'or pedagogik texnologiya usullaridan ko'proq foydalanila boshlandi.

Boshlang'ich sinflarning o'qish savodxonligi darslarida o'ziga xos turli janrga xos asarlar o'rgatiladi. Bulardan, asosan, hikoya, she'r, ertak, masal, maqol, doston, rivoyat va topishmoq kabi janrdagi asarlar ko'pchilikni tashkil etadi. Bulardan tashqari, ilmiy-ommabop matnlar ham o'rin olgan.

Turli janrdagi badiiy asarlar qurilishi, uslubiy jihatidan o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, ularning o'quvchilarga ta'siri ham har xil bo'ladi. Tabiiyki, har bir janrga oid asar matni lingvistik jihatdan ham o'ziga xos xususiyatlarga ega. Masalan, she'riy asarlar matni hikoya matnidan, ertak matni she'r matnidan, ilmiy-ommabop maqola matni masal janriga taalluqli asarlar matnidan tubdan farq qiladi. Topishmoqlar predmet, voqea-hodisalar o'rtasidagi o'xshashlikni taqqoslash orqali o'zlashtirilsa, maqollar mazmuni hayotiy misollar vositasida sharhlashni taqozo etadi. Shunga ko'ra, turli janrdagi badiiy asarlarni o'qishda o'qituvchidan unga mos usullar tanlash talab etiladi.

O'qilgan asar mazmunini izchil ravishda qayta hikoya qilish uning rejasini tuzishga yordam beradi. Reja tuzishda o'quvchi hikoyani tarkibiy qismlarga bo'ladi va har qaysi qismdagi asosiy fikrni aniqlaydi. Bularning hammasi analitik ish hisoblanadi. Keyin sintetik ishga o'tiladi, ya'ni bolalar hikoya qismlariga sarlavha topadilar. O'quvchilar o'qituvchi rahbarligida reja tuzish jarayonida o'qilgan hikoyaning har bir qismida bosh va ikkinchi darajali masala nimalardan iboratligi haqida, qanday qilib fikrni qisqa va aniq ifodalash haqida o'ylaydilar. Sarlavha topish ustida ishlash, o'quvchilar topgan sarlavhani jamoa bo'lib muhokama qilish, reja tuzish jarayonining o'zi bolaning fikrlash qobiliyatini faollashtirishi, unda o'z mulohazasini isbotlash, asoslash odatlarini tarbiyalashi lozim. Asarni o'qish va tahlil qilish jarayonida tuzilgan reja doskaga yozilsa, hikoya mazmunini izchil qayta hikoya qilishga yordam beradi. Reja asosida hikoya qilishning vazifasi mazmunni berilgan izchillikda o'zlashtirishdir. Reja asosida qayta hikoyalash o'qituvchi savoliga javob berishga nisbatan asar mazmunini aytib berishning xiyla mustaqil formasidir. O'qilgan asar mazmunini o'zlashtirish ustida ishlashdagi keyingi

bosqich, qisqartirib hikoyalash hisoblanadi. Qisqartirilgan hikoyalash uchun 2-3 qismga bo'linadigan, bu bo'limlar yaqqol ajralib turadigan, mazmuni sodda asarlar tanlanadi.

Qisqartirib hikoyalashga o'rgatish quyidagicha uyushtiriladi: o'qituvchi hikoyaning oldindan belgilab qo'yilgan birinchi qismini o'qiydi va o'quvchilar bilan birgalikda eng muhim, asosiy fikr aniqlanadi. Bunda o'quvchilar ba'zan asardagi so'zlardan foydalanadilar. Bu o'quvchilarga qiyinlik qilsa, bo'limdagi asosiy fikrni o'z so'zlari bilan aytib berishlari mumkin. Keyin o'quvchilar o'qituvchi bilan bu qismni qisqartirib hikoyalashda nimalar haqida gapirmaslik kerakligini, qaysilar ikkinchi darajali yoki kam ahamiyatli fikr ekanini aniqlaydilar. Asarning boshqa qismlari yuzasidan ham shunday ish olib boriladi va o'quvchilar asarni qisqartirib qayta hikoya qiladilar. O'qilgan asarni qisqartirib hikoya qilishga 3- sinfdan boshlab o'rgatiladi. Tanlab hikoyalash ham bolalarning tafakkuri va nutqini o'stirish vositalaridan biridir. Tanlab hikoyalashda o'quvchi:

1) o'qigan matndan bir qismini, uning chegarasini ongli ravishda ajratib so'zlab beradi;

2) hikoyadan faqat bir voqeani aytib beradi;

3) hikoya mazmunini faqat bir syujet yo'nalishida so'zlab beradi.

Bolalar tanlab qayta hikoyalash malakasini hosil qilishga boshlang'ich sinf izohli o'qish darsida keng qo'llanadigan metodik usullar yordam beradi:

1) hikoya qismiga chizilgan rasm asosida hikoyalash;

2) hikoyadagi bir voqeani tasvirlovchi rasm asosida hikoyalash;

3) tanlab qayta hikoyalashni talab etadigan savollarga javob berish.

O'quvchi tanlab hikoya qilishga tayyorlanganda o'qilgan matnni tahlil qiladi. Bunday tahlil bolalar tafakkurini, ular nutqidagi mustaqillikni o'stiradi va o'qilgan matn mazmunini o'zlashtirishga yordam beradi. Hikoyani o'qish bilan bog'liq holda o'tkaziladigan ijodiy ishlar ham o'quvchilar nutqini, tafakkurini o'stiradi. Bular:

1) ijodiy qayta hikoyalash;

2) inssenirovka qilish;

3) o'qilgan asarga rasm chizish; hikoyani davom ettirish.

1. Ijodiy qayta hikoyalashda o'qilgan hikoyaning sharoitini, yo formasini o'zgartirib hikoya qilinadi, yoki hikoyani yangi epizodlar bilan t o'ldirib hikoya qilinadi.

2. Inssenirovka yoki sahnalashtirishda o'quvchilar o'qilgan hikoyani sahnabop qilib o'zgartiradilar. Buning uchun ular hikoyaga ssenariy haqida, kostyum, qatnashuvchilarning imo-ishorasi haqida o'ylaydilar, monologik nutqni dialogik nutqqa aylantiradilar (bu tilni o'rgatish nuqtai nazaridan eng muhim ish hisoblanadi).

3. O'qilgan hikoyaga rasm chizishda o'quvchi rassomlar tomonidan chizilgan rasmlardan o'qilgan asarning mazmuniga mos rasm tanlaydi yoki o'zi rasm chizadi. Agar o'quvchi rasmni yaxshi chiza olmasa, o'zi chizmoqchi bo'lgan rasmni og'zaki tasvirlab beradi, ya'ni so'z bilan rasm chizadi.

4. O'qilgan hikoyani davom ettirish usuli maktab tajribasida keng qo'llanadi. Bu usul hikoyaning mazmuni uni davom ettirishga imkon beradigan asarlarda

qo'llanadi. Boshlang'ich sinflarda hikoya syujeti, kompozitsiyasi, qahramonlarini o'rganish bo'yicha turli tahlillar matn ustida ishlash asosida olib boriladi. Bunda o'quvchining ijodiy faolligi ortadi, ijodiy fikrlash doirasi kengayadi.

Hikoya mazmunini o'zlashtirish bo'yicha matn asosida quyidagicha ishlar amalga oshiriladi:

1. Matn mazmuni yuzasidan o'qituvchi savollariga javob berish.

2. Hikoya matni asosidagi savol-topshiriqlarni bajarish.

3. Hikoya mazmuni yuzasidan o'quvchilarning savollar tuzishi.

4. Hikoya mazmuniga mos rasmlar chizish.

5. Hikoya matnini qismlarga bo'lish.

6. Har bir qismga sarlavha topish.

7. Hikoyaga reja tuzish.

8. Reja asosida qayta hikoyalash (to'liq, qisqartirib va ijodiy qayta hikoyalash).

9. Reja asosida bayon yozish.

Tahlilda o'qilayotgan hikoya matnining tushunarliligi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Tushunarlilik deganda yozuvchi yaratgan badiiy olamning o'ziga xosligi, obrazli tasvirning o'quvchi hayotiy tajribasi, bilim darajasiga muvofiqligi nazarda tutiladi. Hikoyani o'rganishda savollarni, odatda, o'qituvchi beradi, ammo asar mazmuni, qatnashuvchi shaxslarning xulq-atvorini ochish yuzasidan o'quvchilarga ham savol tuzdirish juda foydali. Bu usul bolalarga juda yoqadi va ishni jonlantiradi, asar mazmunini yaxshi tushunish, o'z fikrini izchil bayon qilish malakasini egallash, mazmun va voqealar orasidagi bog'lanishni to'liq esda saqlab qolishda o'quvchilarga yordam beradi.

Boshlang'ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish metodikasida kichik yoshdagi o'quvchilarning badiiy asarni idrok qilishidagi psixologik xususiyatlar albatta hisobga olinadi. Ruhshunos olimlaming tekshirishlaridan ma'lum bo'lishicha, asarni idrok qilishga, bilim olishga xizmat qiladigan komponentlar bilan birga, uni emostional-estetik his etish ham kiradi. Badiiy asarni yaxshi idrok etish uchun uni tushunishning o'zigina yetarli emas. Asarni idrok etish murakkab jarayon bo'lib, asarga unda tasvirlangan voqelikka qandaydir munosabatning yuzaga kelishini o'z ichiga oladi.

Xulosa o'mida shuni ta'kidlab o'tish kerakki, nutq o'stirish mashg'ulotlarida, bolalarning badiiy asarlarni o'qib, qayta hikoya qilib berishlariga katta ahamiyat beriladi. Badiiy asarlarni qayta hikoya qilib berishga o'rgatish va ularni sahnalashtirish, she'rni yod oldirish o'qituvchiga katta mahorat va mas'uliyat yuklaydi. Muallif tomonidan badiiy asar mazmuni qanchalik yorqin ifodalangan bo'lsa, unda ishtirok etuvchilar nutqi o'quvchiga ifodali, mazmunli yetkazilsa, u bolalar emotsiyasiga ta'siï etadi, his-tuyg'usi rivojlanishiga, asar qahramonlari bilan bo'ladigan voqealarning uzoq esda saqlanishiga, lug'atining boyishiga hamda nutqining grammatik jihatdan to'g'ri shakllanib borishiga ijobiy ta'siï ko'rsatadi. Bolalar hech qanday qiyinchiliksiz o'qituvchining asar yuzasidan bergan savollariga javob bera oladilar, ayrim so'zlarni, jumlalarni takrorlaydilar, qahramonlarning ijobiy va salbiy tomonlarini xarakterlab beradilar, o'qituvchiga taqlid qilib, ularning ovozini o'xshatishga harakat qiladilar.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Jumaboyev M. "Bolalar adabiyoti va folklor". Toshkent.: Fan, 2006.

2. Sarimsoqov B. "Badiiylik asoslari va mezonlari". Toshkent.: Fan, 2004.

3. Zunnunov A. va boshqalar. Adabiyot o'qitish metodikasi. - T.: O'qituvchi, 2012. 160-bet.

4. Qosimova K, Matchonov S, G'ulomova X va boshqalar. Ona tili o'qitish metodikasi (boshlang'ich ta'lim fakulteti talabalari uchun darslik). - T.: Nosir, 2009.

5. Akramova G.R., Akramova S.R. Ma'murov B.B. Methods of using STEAM technologies in the development of pupils' computational thinking. E3S Web of Conferences 538, 05029 (2024) https://doi.org/10.1051/e3sconf/20245380502 9 IPFA 2024.

6. Akramova S.R. Ona tili darslari orqali o'quvchilarni matn ustida ishlashga o'rgatishning ahamiyati. "Yoshlarning intellektual va ma'naviy salohiyatini oshirishda navoiy va bobur ijodiy merosining o'rni va ahamiyati" respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallari 2024-yil, 15-fevral. 326-328-betlar.

7. Matchonov S. Boshlang'ich sinf o'qish darslarini pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish. -T.: Yangiyo'l poligraf servisi, 2008.

8. Imomov K.va boshqalar. O'zbek xalq og'zaki poetik ijodi.Tashkent 1990.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.