Научная статья на тему 'BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA ZAMONAVIY MULTIMEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING SAMARASI'

BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA ZAMONAVIY MULTIMEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING SAMARASI Текст научной статьи по специальности «Компьютерные и информационные науки»

CC BY
57
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Multimedia / grafika / geometriya / idrok etish / qiziqish / motivatsiya

Аннотация научной статьи по компьютерным и информационным наукам, автор научной работы — Ahmedov Alisher Hasan O‘g‘li, Boritoshova Ruxshona Akbar Qizi

Ushbu maqolada boshlamg‘ich sinf matematika darslarida foydalanish uchun kerak bo‘ladiganmultimedia vositalari haqida ma’lumot berilgan. Boshlang‘ich sinf matematika darslarida foydalanish uchun juda muhum bo‘lgan multimedia vositalarining samarasi, foydalanish yo‘llari va turlari haqida ma’lumotlar keltrilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG‘ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA ZAMONAVIY MULTIMEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING SAMARASI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

BOSHLANG'ICH SINF MATEMATIKA DARSLARIDA ZAMONAVIY MULTIMEDIA VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING SAMARASI

1Ahmedov Alisher Hasan o'g'li 2Bo'ritoshova Ruxshona Akbar qizi

1Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o'qituvchisi Sharof Rashidov ko'chasi 360-uy Denov 190507 O'zbekiston 2Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti talabasi Sharof Rashidov ko'chasi 360-uy Denov 190507 O'zbekiston [email protected], [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13309090 Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlamg'ich sinf matematika darslarida foydalanish uchun kerak bo'ladigan multimedia vositalari haqida ma'lumot berilgan. Boshlang'ich sinf matematika darslarida foydalanish uchun juda muhum bo'lgan multimedia vositalarining samarasi, foydalanish yo'llari va turlari haqida ma'lumotlar keltrilgan.

Kalit so'zlar: Multimedia, grafika, geometriya, idrok etish, qiziqish, motivatsiya

KIRISH

Bugungi kunda boshlang'ich sinflarda matematika fanini o'qitish haqida gap ketganda, o'qituvchilar o'z o'quvchilarini o'quv jarayoniga jalb qilish uchun doimo innovatsion vositalar va resurslarni izlaydilar. Ayniqsa, boshlang'ich sinf matematika darslarida bolaning fanga bo'lgan qiziqishini oshirish, dars samaradorligini yaxshilash uchun yangi, innovatsion vositalardan foydalanishga harakat qiladi. Texnologiyaning jadal rivojlanishi multimedia vositalari matematika darslarini yaxshilash va mavzuni o'quvchilar uchun qulayroq va qiziqarli qilish uchun mashhur tanlovga aylandi. Ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilarida matematik tushunchalarni shakllantrish, dars samaradorligini oshirish uchun juda muhum bo'lgan zamonaviy multimedia vositalari haqida ma'lumotlar beramiz. Ushbu multimedia vositalari dars samarodorligini oshirish o'zining kata imkoniyatlari bilan sifatlanadi. Xususan, kichik maktab yoshidagi bolalarda hisoblash tushunchalari bilan birgalikda geometrik tushunchalarni shakllantirshda ushbu vositalarning o'rni beqiyos hisoblanadi.

1 TADQIQOT METODOLOGIYASI

Hozirgi zamon talabiga ko'ra o'qituvchilar darslarni qiziqarli va o'quvchining bilim olishga bo'lgan motivatsiyasini oshirish uchun albatta zamonoviy ta'lim vositalarini darslarda muntazam qo'llab borishi kerak. Buning uchun o'qituvchida zamonaviy ta'lim vositalari haqida bilim va ko'nikmalar shakllanga bo'lishi zarur. Ayniqsa boshlang'ich sinf o'qituvchisi bu masalaga jiddiy e'tibor berishi zarur. Chunki boshlang'ich sinf o'quvchilarining kichik maktab yosh davri o'yinga asoslangan, diqqati beqarordir. Buning uchun o'qituvchi dunyodagi rivojlangan malakatlar ta'lim tizimi, ular foydalanayotgan metod va zamonaviy vositalarini bilishi shart.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni, 2018 yil 5 sentyabrdagi "Xalq ta'limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi PF-5538-son , 2019 yil 29 apreldagi "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030

yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi PF-5712-son[1] Farmonlarida umumta'lim tashkilotlar faoliyatini yanada rivojlantirish, ta'lim sifatini oshirish, ta'lim oluvchilarning bilimga bo'lgan qiziqishlarini rag'batlantirish, o'quvchilarning o'zlashtirish ko'rsatkichlarini yanada oshirishga qaratilgan vazifalarning ijrosini ta'minlash yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirish ko'rsatib o'tilgan.

2 MAVZUGA OID ADABIYOTLAR RO'YXATI

Axborot kommunikatsiya texnologiyalari ta'lim jarayoniga joriy etilgandan so'ng multimedia vositalaridan foydalanish sezilarli darajada oshdi. Media ta'lim vositalari ta'lim muassasalari tomonidan keng qo'llaniladi. Ushbu o'rganish usuli keng tushunchalarni tushunishni osonlashtiradi va foydalanuvchilarga ularni an'anaviy o'qitish usullariga qaraganda kamroq vaqt ichida o'rganish imkonini beradi. Multimediali texnologiya bir vaqtning o'zida ma'lumot taqdim etishning bir necha usullaridan foydalanishga qodir: matn, grafika, animatsiya, videotasvir va ovoz. Multimedianing eng muhim hususiyati interfaollik-axborot muhitida ishlash jarayonida foydalanuvchiga ta'sir o'tkaza olishga qodirlik hisoblanadi.[2]

Mahalliy tadqiqotchi olimlarizdan X.N. Begmatova "Maktabgacha ta'limi muassasalarida multimedia texnologiyalaridan foydalanishning ilmiy metodik asoslari" mavzusida ilmiy izlanish olib brogan. Abduqodirov A.A., Begmatova N.X. Maktabgacha ta'lim muassasalarida multimedia texnologiyasidan foydalanish uslubiyoti (o'quv-uslubiy qo'llanma), Hayitov A.G'. "Ta'lim jarayonini kompyuterlashtirish". (Uslubiy qo'llanma). Boqiev R.R., Qayumova N. Axborot texnologiyalarini o'qitish metodikasi. (Metodik qo'llanma), Taylaqov N. "Multimediali (keys) texnologiya". (Darslik) ushbu mavzuga oid ilmiy izlanishlar olib borganlar.

Chet el olimlaridan Ogoltsova N.N. "Multimedia loyihalari o'qituvchilar malakasini oshirish vositasi sifatida", Klemisheva N.V. "Multimedia oliy ta'lim didaktikasi sifatida", Hayitov A.G'. "Ta'lim jarayonini kompyuterlashtirish". Robert I.V. "Yangi axborot texnologiyalari o'qitishda: didaktik muammolar,

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, 0-8 MAv 2004 www.in-academy.uz

istiqbollardan foydalanish" (Uslubiy qo'llanma), Apatova P.V. "Kompyuter o'qitishning didaktik jihatlari" (Uslubiy qo'llanma), Boqiev R.R., Qayumova N. "Axborot texnologiyalarini o'qitish metodikasi". (Metodik qo'llanma) ushbu yo'nanalish bo'cha izlanishlar olib borganlar.

4 TAHLIL VA NATIJALAR

Dars jarayonlarida multimedia vositalari foydalanish darsni yanada samaraliroq natijalarga olib kelishi barchaga ma'lum. Ayniqsa, matematika darslarini qiziqarli tashkil etish o'qituvchidan yuksak mahorat, kreativlik va kompyuter texnologiyalarini yaxshi bilishini talab etadi. Bolalarda matematik tushunchalarni shakllantrishda ilg'or multimedia ilovalaridan foydalanish juda yaxshi samara beradi. Kichik maktab yoshidagi bolada asosiy faoliyat o'yin faoliyati bo'lganligi sababli o'qitishda o'yin faoliyati bilan birgalikda olib borishimiz kerak. Bu bilan bir vaqtning o'zida bolaning ham o'yin faoliyati ham dars faoliyati amalga oshiriladi. Matematika darslarida foydalanish uchun eng zarur deb hisoblangan bir nechta multimedia vositalarini ko'rib chiqamiz.

Multimedia o'zi nima? Multimedia (lotincha — ko'p va — vositachi bo'lmoq) — kompyuterning matn, grafik, tovushli va videoma'lumotlar bilan ishlashga imkon beruvchi qurilmasi.[3]

Multimediaga berilgan yuqoridagi ta'rifdan ko'rinadiki multimedia ko'p vositalik demakdir. Ko'p vositalik esa bir nechta (matn, grafika, tovush , rasm video va animarsiya)vositalar bilan bir vaqtda ishlash imkonini beradi. Multimedia bolaning bilim olishi uchun kerak bo'ladigan ma'lumotlar jamlanmasidir. Ta'lim olishda eng muhum narsa bu ma'lumotni eslab qolish va xotirada uzoq vaqt saqlanishidir. Psixologlarnig tajribalariga ko'ra inson ma'lumotlarni turli darajada eslab qoladi. Bu esa ma'lumotlar istemolchiga qay usulda yetkazilganligi bilan bog'liq. Agar o'quvchi ma'lumotni video orqali qabul qilsa 30% gacha ma'lumotni eslab qoladi, agar video bilan birgalikda audio, grafika va animatsiya ko'rinishida bo'lsa ma'lumotning 75% gacha bo'lgan qismni eslab qoladi. Bundan ko'rinib turiptiki, multimediali o'qitish o'samarasini bermasdan qolmaydi. Multimedia vositalari asosida o'qitish quyidagi afzalliklarga ega:

• Berilayotgan ma'lumot (misol, masala, geometrik tushuncha) haqida chuqurroq va tushunarliroq ma'lumot olish imkoni mavjud;

• Multimedia vositalari qimatli vaqtni tejash imkonini beradi;

• O'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishini oshiradi;

• O'quvchilarda kriativlik qobiliyatlarini shakllantradi;

• Olingan bilimlar o'quvchi xotirasida uzoq vaqt saqlanib qoladi;

• Darsning samaradorkigini va unimdorligini oshiradi;

• Ta'lim olishning yangi usullari bilan hamnafas qiladi.

Multimedia vositalaridan foydalanish ayniqsa matematika darslarida o'z imkoniyatlarini yanada aniqroq ko'rsatadi. Nimagaki, hozirgi zamon 4K modeliga asoslangan yangi darslikdagi misol va masalalar o'quvchining kriativliligini shakllantrishga qaratilgan bo'lib, o'qituvchilarga ushbu misol va masalalarni o'quvchilarga tushuntirish bir muncha qiyinchilik tug'dirmoqda. Bunday vaziyatda albatta ta'lim vositalari hususan multimedia vositalari yordamga keladi.

Multimedia vositalari bir nechta turlsrga bo'linadi:

• Tovushni kiritish va chiqarish qurulmalari (mikrofon, kuchaytirgichlar, tovush kolonkalari);

• Video va grafik ma'lumotlarni kiritish qurilmalari (raqamli video kamera, raqamli foto kamera, TV-tyuner, modem);

• Ma'lumotlarni namoyish etish raqamli tasvir va videoaxborotlarni

foydalanuvchiga namoyish etish qurilmalari (monitor, proyektor, video karta).

Multimedia vositalari quyidagi ko'rinishdagi ma'lumotni iste'molchiga (o'quvchiga) yetkazadi: Matn ko'rinishida: Matematika darslarida eng muhum ma'lumotlardan biri bu matndir. Matn misol yoki masalani o'quvchiga aniq qilib yetkazishdagi barhayot vositadir. O'quvchi berilgan misol va masalani o'qish orqali boshqalarga halal bermasdan mazmunini anglash imkonini beradi.

Garfik ko'rinishda: Rasmlar, fotosuratlar, tasvirlar va boshqa san'at asarlari grafik deb ataladi. Garfika multimedianing ajralmas va muhum qismidir. Garfikadan ayniqsa boshlang'ich sinf o'quvchilarida geometrik tushunchalarni shakllantrishda foydalanish juda yaxshi natija beradi. O'quvchilarga geometrik tushunchalar (burchak, uchburchak, to'rtburchak, piromida va h.)larni grafik ko'rinishda taqdim qilinsa o'quvchilar bu ma'lumotlarni yaxshi anglab oladi.

Animatsiya ko'rinishida: Animatsiya

multimedianing eng dinamik shakllaridan biridir. Animatsiya chizmalar, obektlar, odamlar va h.klarning harakatsiz tasvirlarini yozib olish orqali yaratiladi. Animatsiyadan geometriyaga oid, harakatga oid misol va masalalarni bolaga yetkazishda foydalangan ma'qul.

Audio ko'rinishida: audio- bu nutq, musiqa va boshqa turdagi tovushlar. Ovoz elementi oddiy multimedia muhitini yaxshilash uchun ishlatiladi. Ovozli ma'lumot ham o'quvchilarga o'zgacha ta'sir qiladi. Yangi darsliklarda audio matn bilan ishlashga oid topshiriqlar ham anchani tashkil qiladi. Bu o'quvchini mustaqil ravishda ishlashga undaydi.

Video ko'rinishida: Video yozuv bilan tasvirlar ketma-ketligini ko'rsatadi. Vidio o'quvchilarga berilgan topshiriqlarni mukammal darajada yetkazishda eng asosiy vosita snaladi. Chunki vidioda ham ovoz, ham atsvir, ham animatsiya tasvirlanga bo'lishi mumkin.

5 XULOSA VA TAKLIFLAR

Xulosa qilib aytganda, bugungi rivojlanib borayotgan zamonda darslarni zamonaviy kompyuter texnologiyalari, zamonaviy multimedia texnologiyalari va vositalari orqali amalga oshirish juda muhum.

"¿J PPSUTLSC-2024

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

Hozirgi zamon darsliklaridagi topshiriqlarni tushuntrish uchun an'naviy ko'rgazmali qurollardan ko'ra zamonaviy texnologiyalaridan foydalanish ancha qulay va samarali ekanligi hech kimga sir emas. Shularni inobatga olgan holda, maqolada ko'rsatib o'tilganidek zamonaviy vositalardan foydalanib darslarni tashkil qiladigan bo'lsak, albatta buning natijasi juda yaxshi bo'ladi.

Shularni inobatga olgan holda, biz quyidagilarni tavsiya beramiz:

1.Dars mashg'ulotlari davomida multimedia vositalari foydalanilsa, o'quvchilarning fanga bo'lgan qiziqishlari va darslarga qatnashishi to'liq ta'minlanadi.

2.Matematika darslarida geometrik tushunchaklarni shakllantrishda vositalaridan foydalanilsa o'quvchining fanni o'zlashtrishiga yaxshi samara beradi.

4.Multimedia vositalari qimmatli bo'lgan vaqtni tejaydi.

5.O'quvchilarga ma'lumotni kompleks tarzda yetkazishga yordam beradi.

6.Umumta'lim maktablarining boshlang'ich sinf o'qituvchilarini kompyuter va multimedia

texnologiyalaridan foydalanish ko'rsatkichlarini shakllantirish, uni baholash va rag'batlantirib borish ularni bu sohadagi rivojlanishini ta'minlaydi.

ADABIYOTLAR:

[1] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son "2022-2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni https://lex.uz/ru/docs/-3893445.

[2] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-sentabr, PF-5538-son "Xalq ta'limini boshqarish tizimini takomillashtirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi Farmoni. -T.:2018. manba: https://lex.uz/ru/docs/-3893445

[3] O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 29 aprel, PF-5712-son "O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsyepsiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi" Farmoni. -T.:2019. manba: https://lex.uz/docs/-4312785

[4] Maqsudov Ulug'bek Qurbonovich, Eraliyev Yo'ldoshali, Qosimova Gulzoda "TA'LIMDA MULTIMEDIALI VOSITALARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI", "Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences" jurnali, 2022-yil noyabr.

[5] Suyarov Akram Musayevich, dotsent, PhD "Ta'lim tizimida interfaol multimedia vositalaridan foydalanishning imkonoyatlari «Нoвoсти oбрaзoвaния: исследoвaние в XXI веке», № 7 (100), 4acTb 1 «Hobocth o6pa3oBaHua: исследoвaние в XXI веке» феврaль, 2023 г

[6] Ta'limda axborot texnologiyalari o'quv qo'llanma / R.X. Ayupov. Nizomiy

[7] nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti. - T.: TDPU, 2020 yil

www.in-academy.uz

[8] https://uz.wikipedia.org/

[9] https://www.lex.uz/uz/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.