Научная статья на тему 'BOKS TERMINLARI VA TUSHUNCHALARINI DERIVATSIYA TURI SIFATIDA BIR TILDAN BOSHQA TILGA QARZ OLISH'

BOKS TERMINLARI VA TUSHUNCHALARINI DERIVATSIYA TURI SIFATIDA BIR TILDAN BOSHQA TILGA QARZ OLISH Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
1293
71
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Ключевые слова
“hittingwiththefeet" / “hitting with the knees” / “hitting with the elbows” / “infighting” / “punch-drunk” / ” bustprotectors” / "Pugnus" / “qualification” / “disqualification” / ‘semi-finalist” / ‘semi-final” / ” be on the ropes” / ” counter with right ducking”.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Umriniso Obidova

Qadimdan sport yakkakurashi, olimpiada o’yinlari, qo’l bilan mushtlashuv bilan ota-bobolarimiz shug’ullanib kelishgan, shu sababli tilimizda aynan shu sport turiga oid atamalar paydo bo’lgan. Bu maqola boks terminlarini derivatsiya turi sifatida bir tildan boshqa tilga qarz olishi haqida so’zlaydi. Ayniqsa, ularning tarixi, yoritilishiga misollar orqali urg’u beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BOKS TERMINLARI VA TUSHUNCHALARINI DERIVATSIYA TURI SIFATIDA BIR TILDAN BOSHQA TILGA QARZ OLISH»

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 3 I ISSUE 1 I 2022 ISSN: 2181-1601

BOKS TERMINLARI VA TUSHUNCHALARINI DERIVATSIYA TURI SIFATIDA BIR TILDAN BOSHQA TILGA QARZ OLISH

Umriniso Obidova

O'zbekiston Milliy universiteti 2-kurs magistratura talabasi

ANNOTATSIYA

Qadimdan sport yakkakurashi, olimpiada o'yinlari, qo'l bilan mushtlashuv bilan ota-bobolarimiz shug'ullanib kelishgan, shu sababli tilimizda aynan shu sport turiga oid atamalar paydo bo'lgan. Bu maqola boks terminlarini derivatsiya turi sifatida bir tildan boshqa tilga qarz olishi haqida so'zlaydi. Ayniqsa, ularning tarixi, yoritilishiga misollar orqali urg'u beradi.

Kalit so'zlar: "hittingwiththefeet", "hitting with the knees", "hitting with the elbows", "infighting", "punch-drunk"," bustprotectors", "Pugnus", "qualification", "disqualification", 'semi-finalist", 'semi-final"," be on the ropes"," counter with right ducking".

Boks qadimgi Yunonistonda paydo bo'lganligi sababli, boksning birinchi atamalari yunon-lotincha tilda o'z aksini topgan. "Pugilizm" ya'ni "mushtli jang", "boks" ma'nosini anglatib, lotinchada "Pugnus" - "musht" demakdir.

Shunisi e'tiborga loyiqki, "pugil" so'zi lotincha asosga borib taqalgan holda, ingliz tilida pugilist - bokschi, pugilizm esa "boks" sport turi ma'nosida saqlanib qolgan. Balki bunga lotin tilining barcha hind-yevropa tillariga bobotil sifatida qaralishi ham sabab bo'lishi mumkin.

Boksning terminologik lug'atida ham terminologik, ham xalqaro munosabatlar mavjud bo'lganligi sababli, ingliz va o'zbek tillaridagi ushbu boksning maxsus tilida yaxlit terminologik umumiylik mavjud.

Boks terminologik tizimini derivatsiya jihatidan tahlil qilish va tasniflash uchun turli xil atamalar ko'rib chiqilgan bo'lib, ularga leksik-semantik, morfologik-sintaktik atamalar va terminologik qarz olish kiradi.

Boksning terminologik derivatsiyasini1 o'rganish jarayonida turli xil atamalarga duch kelamiz. Ularga bir o'zakli atamalar, murakkab o'zakli atamalar, qo'shma so'zli atamalar va qisqartma otlar (abbreviatura) ni misol keltirishimiz mumkin.

Boks atamalarini bir tildan boshqa tilga qarz olish, ya'ni ingliz tilidagi boks terminlarini o'zbek tiliga o'zlashtirilishi bu "boks tili" terminologik tizimining rivojlanishiga va umuman o'zbek tilining rivojlanishiga katta ta'sir ko'rsatadi.

Boks tilining talaffusida ingliz tilidan qarzdorlik ustunlik qiladi, ya'ni boks sohasiga oid inglizcha so'zlar ko'plab ushbu sport turi bilan shug'ullanuvchi mamlakatlarga tarqalgan, chunki Angliya bu sportning asoschisi hisoblanadi.

O'zbek boks terminologiyasida ingliz tilidan kelib chiqqan so'zlar juda ko'p, chunki aksariyat inglizcha boks terminlarini o'zbek tiliga tarjima qilish va uning muqobil variantlarini topish xuddi O'zbek Kurashi sport turi singari ilojsizdir. Chunki Kurashningning ham vatani O'zbekiston bo'lgani uchun undagi "kurash", "chala", "yonbosh" singari terminlar kurash sport turi bilan shug'ullanuvchi boshqa mamlakatlarga keng yoyilganidek boks terminlari ham o'zgarmasdan asl holidek qo'llaniladi.

"swing" - "uzoq masofadan yuborilgan yon zarba", "uppercut" - "jag' qismiga pastki tomondan yuborilgan zarba va hk.)

Shuningdek, ingliz tili so'z tarkibiy qismi ham o'ziga xosdir. Bunda asosan -ist, -ing, -ation,-er suffikslari orqali sport terminlari hosil bo'ladi. Masalan: -ing: awarding, blocking; -er/-or: announcer, boxer, bruiser; -ist: tit list;

-ation: qualification, disqualification; -er: stomacher, counter; Prefikslar: -re: rematch;

-semi: semi-finalist, semi-final; -dis: disqualification, disqualify;

Boks terminologiyasida sintaktik so'z qurilishi ham o'ziga xos xususiyat va ko'rinishga egadir. Masalan bunga so'z birikmalarining yasalishi misol qilib keltirishimiz mumkin:

1) Ikki so'zdan iborat so'z birikmali terminlar:

- Hand wrap - boks bintlari, durable boxer - chidamli bokschi;

2) Uchta so'zdan iborat so'z birikmali terminlar:

- Hand wrap inspection - boks bintlarini ko'rikdan o'tkazish, counter with partying - контрудар отбивом;

3) To'rtta so'zdan iborat so'z birikmali terminlar:

- «be on the ropes» - повиснуть на канатах ринга, «counter with right ducking» -контрудар с нырком вправо;

4) Beshta so'zdan iborat so'z birikmali terminlar:

- knockout points on the body » - уязвимые мест а н а тел е боксера , «blo w wit h th e ope n glove » - удар открытой перчаткой;

5) Olti va undan ortiq so'zdan iborat so'z birikmali terminlar: pressing with the arm in the opponent's face» - нажим рукой в лицо противника.

Boks ingliz va o'zbek tillarini jang san'ati terminologiyasidan kundalik hayotga kirib boruvchi yorqin iboralar bilan boyitdi, bunda majoziy ma'noga ega bo'lgan turli xildagi terminlarni misol qilib keltirishimiz mumkin:

- kamar ostiga zarba berish ("blow below the belt" - "beldan pastga yuborilgan zarba", "ta'qiqlangan zarba"2 предательский удар);

- "to be on the ropes" (" jang mobaynida ring arqonlariga suyanish "->" muvaffaqiyatsizlik, shu jumladan moliyaviy");

- "round" ("boksdagi o'yin davomiyligi" - "muzokaralar davri");

- "to parry" ("zarbani qaytarish, o'zini himoya qilish "-" hujumlarni tez va mohirlik bilan daf qilish ", "munozarada raqibning dalillarini rad etish");

-"sparring" ("o'quv mashg'ulotidagi musobaqa" - "nizo", "bahslashish"); -"shadowfighting" = "shadowboxing" ("soya bilan boks" - "jo'shqin va shiddatli kurash", "jangning ko'rinishi");

-"infighting" ("yaqin masofadagi jang" - "ichki muhitdagi kurash", "ichki mojaro");

-"punch-drunk" ("zarba holatida boshiga shikast etkazish "->" hayratda qolish, hayratlanish");

-"side-step" ("yon tomonga qadam tashlash"->"qochish");

-"knock-out" (" nokaut zarbasi "->" g'ayrioddiy narsa "," sensatsiya "," ajoyib muvaffaqiyat").

Qarzga olingan elementlarning turiga (ta'lim shakli yoki modeliga) qarab, qarzga olingan atamalarni quyidagicha keltirishimiz mumkin:

Ildiz so'zdan tarkib topgan morfema:

-pugil- pugilist, pugilizm, pugilistik kabi terminlar;

Affiksal morfema:

-semi-finalist (lotin), counter — offensive (fr.), ex-champion (lot.), sz/per-weight (lot), professions (lotin).

Ingliz tilida ko'p sonli frazeologik kombinatsiyalar vaqt o'tishi bilan boksning rivojlanishi va uning terminologiyasi sifatida o'zgargan. Ba'zi iboralar g'oyib bo'lgan (masalan, "fightwiththegloves" "qo'lqoplar bilan kurashish". Ba'zi bir frazeologik birikmalar asl ma'nosini yo'qotdi, masalan, "skin-game" "teri o'yin".

Bir qator kombinatsiyalar tilda o'zgarishsiz saqlanib qoldi (masalan, "throw / tossinthetowel"-"sochiq uloqtirish-taslim bo'lish, mag'lubiyatga iqror bo'lish").

Hozirgi kunda boksning barcha turlari keng tarqalgan b'lib ulardan biri kikboksing - u oyoq va qo'l zarbalarini o'zida birlashtirgan karate va klassik ingliz boksini aks ettiradi. Kikboksing boksdan meros bo'lib, asosiy zarbani boshga beradi va tepaga to'g'ridan-to'g'ri zarba, yon tomondan zarba, pastdan tepish, boshga tepish kabi

zarbalarni o'z ichiga oladi. "Block", "parrying", "slipping", "duck", "side-stepping" kabi iboralar bu sport turida ham mavjud.

Kikbokschilar uchun maxsus himoya uskunalari ishlab chiqilgan bo'lib, bu nafaqat o'g'il bolalar uchun , balki qizlar uchun ham turli qulayliklar yaratib kelmoqd a. Ularga "shin-pads", "footprotectors" - oyoqlar himoyasi uchun va "bustprotectors" ko'krak qafasi himoyasi asboblari kiradi.

Fransuz boksi (ingliz klassik boksining yana bir shakli) esa ko'cha janglari asosida paydo bo'lgan. Bu sport turida :

- oyoqlar bilan urish - " hittingwiththefeet",

- tizzalar biln urish "hitting with the knees",

- tirsaklar bilan urish "hitting with the elbows" kabi zarbalar mavjud bo'lib,

- oyoq bilan boshga berilgan zarba "a high kick to the head" ayniqsa mashhur.

Tailand boksi ham klassik ingliz boksini eslatib asosiy zarbalari musht orqali

yuboriladi, shuningdek unda tirsak zarbalari ("hitting with the elbow"), tosga yuborilagan to'g'ridan-to'g'ri zarba (прямой удар стопой в пах) -"straightgroinkicking" kabi zarbalar mavjud. Tailand boksining nomi - "eight-handfight"-" sakkiz qo'l jangi " ya'ni bunda qo'l mushtlaridan tashqari tizzalar ham qo'llaniladi.

Xulosa

O'rganib chiqishdan shuni xulosa qilish mumkinki, tahlil qilish jarayonida derivatsiya tushunchasini tub mohiyati va uning lingvistikadagi o'rnini, shuningdek boks sohasi terminologiyasining derivatsion xususiyatlari haqida atroflicha ma'lumotlarga ega bo'ldik.

Yuqorida keltirilganidek, hozirgi o'zbek adabiy tilida morfemika bo'limidan tashqari so'z yasalishi ham alohida soha sifatida o'rganib kelinmoqda. So'z yasash usullari esa affiksatsiya (qo'shimcha qo'shish orqali), kompozitsiya (so'zlarni qo'shish orqali) kabilardir. So'z yasalishi umumtilshunoslikda derivatsiya (so'z yasalishi) nomi bilan yuritilib kelmoqda.

Derivatsiya hodisasi diaxron (tarixiy) va sinxron (hozirgi) usullariga ega ekanligiga yuqorida o'zbek tilida keltirilgan misollarda guvohi bo'ldik.

Biz hozirgi sinxron yasalish masalasi bilan qiziqamiz. Chunki diaxron so'z yasalishi til tarixining o'rganish obyekti hisoblanadi, hamda u ancha eskirdi.

Yuqorida keltirilib o'tilgan faktlarga binoan uchinchi bobimizning ikkinchi bo'limida boks tilining derivativ xususiyatlari haqida so'z yuritdik. Masalan, boks terminologiyasida boshqa tillardan qarz olish, boks terminlar sohasiga fransuz, nemis, lotin, grek va boshqa tillardan kirib kelgan so'zlarning haqida fikr yuritildi.

Shuningdek , ushbu maqolada terminlarning yasalish usullari haqida ham tahlil jarayonlari olib borildi. Bunga misol qilib quyidagilarni keltirishimiz mumkin:

Boks terminologiyasining so'z tarkibiy qismi ham o'ziga xosdir. Bunda asosan -ist, -ing, -ation,-er suffikslari orqali sport terminlari hosil bo'ladi. Masalan:

-ing: (awarding, blocking); -er/-or: (announcer, boxer, bruiser); -ist: titlist; -ation: (qualification, disqualification); -er: (stomacher, counter); Prefikslarga: -re: (rematch); -semi: (semi-finalist, semi-final); -dis: (disqualification, disqualify) va boshqalar.

Boks terminologiyasida sintaktik so'z qurilishi ham o'ziga xos xususiyat va ko'rinishga egadir. Masalan bunga so'z birikmalarining yasalishi misol qilib keltirishimiz mumkin.

Biz tahlil jarayonida boks terminlari orasida nafaqat ikkita yoki uchta, balki to'rtta, beshta, oltitagacha so'z birikmalarida tashkil topgan terminlarga ham duch keldik. Bunday so'zlar asosan idiomalarni tashkil etadi.

REFERENCES

1. Апалько ИЛО. Специальная лексика бокса // Современные направления в обучении иностранным языкам в неязыковом вузе: Матер, регион, науч.-практ. конф. Краснодар: КубГУ, 2004. - С. 65-67.

2. Апалько ИЛО. Специальная лексика бокса // Современные направления в обучении иностранным языкам в неязыковом вузе: Матер, регион, науч. -практ. конф. Краснодар: КубГУ, 2004. - С. 65-67.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.