Научная статья на тему '“BOBURNOMA”DA KAMOLIDDIN BINOIY OBRAZI'

“BOBURNOMA”DA KAMOLIDDIN BINOIY OBRAZI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
297
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Kamoliddin Binoiy / “Boburnoma” / temuriylar davri / Zahiriddin Muhammad Bobur / Alisher Navoiy. / Kamoliddin Binai / "Baburnoma" / Timurid era / Zahiriddin Muhammad Babur / Alisher Navoi.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Aslonov, Ilhom

Adabiyotimiz tarixida shunday shaxslar borki, ular o‘z zamonasida, san’at va adabiyot namoyondalari orasida shuhrat va e’tiborga sazovor bo‘lgan, hatto tarixiy manbalarda ular haqida ko‘plab ma’lumotlar keltirilgan, ammo qaysidir sabablar bilan bugungi kunga qadar ular ijodi o‘rganilmay kelinmoqda. Shunday mashhur shaxslardan biri, mumtoz adabiyotimizning yorqin vakili shoir, tarixchi va musiqashunos Kamoliddin Ali ibn Muhammad Sabz Binoiydir. Maqola “Boburnoma”da Binoiy obrazining badiiy tasviriga bag‘ishlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMAGE OF KAMOLIDDIN BINOI IN "BOBURNAMA".

In the history of our literature, there are such persons who in their time received fame and attention among the representatives of art and literature, even in historical sources there is a lot of information about them, but for some reason they are not known until today. his work is not studied. One such famous person, a bright representative of our classical literature poet, historian and musicologist Kamoliddin Ali ibn Muhammad Sabz Binai. The article is devoted to the artistic image of Binai in ";Boburnoma".

Текст научной работы на тему «“BOBURNOMA”DA KAMOLIDDIN BINOIY OBRAZI»

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

"BOBURNOMA"DA KAMOLIDDIN BINOIY OBRAZI

Ilhom Aslonov

Alisher Navoiy nomidagi o'zbek tili va adabiyoti universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi mudiri, filolog, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent. E-mail: ilhom-aslonov@mail.ru

Adabiyotimiz tarixida shunday shaxslar borki, ular o Z zamonasida, san 'at va adabiyot namoyondalari orasida shuhrat va e'tiborga sazovor bo 'lgan, hatto tarixiy manbalarda ular haqida ko 'plab ma 'lumotlar keltirilgan, ammo qaysidir sabablar bilan bugungi kunga qadar ular ijodi o'rganilmay kelinmoqda. Shunday mashhur shaxslardan biri, mumtoz adabiyotimizning yorqin vakili - shoir, tarixchi va musiqashunos Kamoliddin Ali ibn Muhammad Sabz Binoiydir. Maqola "Boburnoma"da Binoiy obrazining badiiy tasviriga bag'ishlanadi.

Kalit so'zlar: Kamoliddin Binoiy, "Boburnoma ", temuriylar davri, Zahiriddin Muhammad Bobur, Alisher Navoiy.

In the history of our literature, there are such persons who in their time received fame and attention among the representatives of art and literature, even in historical sources there is a lot of information about them, but for some reason they are not known until today. his work is not studied. One such famous person, a bright representative of our classical literature - poet, historian and musicologist Kamoliddin Ali ibn Muhammad Sabz Binai. The article is devoted to the artistic image of Binai in "Boburnoma".

Key words: Kamoliddin Binai, "Baburnoma", Timurid era, Zahiriddin Muhammad Babur, Alisher Navoi.

"Boburnoma"da Kamoliddin Binoiy shaxsiyati, asosan, Alisher Navoiy obrazi talqinida, Husayn Mirzo shuarolari zikrida ko'zga tashlanadi: "Yana Binoiy edi, hiriyliqtur, otasi Ustoz Muhammad sabz banno uchun mundoq taxallus qilibtur, devon tartib qilibtur, masnaviylari ham bor". Bobur Binoiy asarlariga baho beradi, ayrim kamchiliklarini bayon etadi va, asosan, uning shaxsiyatida shartakigo'ylik,

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

o'tkir hazilkashlik xususiyati g'olibligi va bu xususiyat Alisher Navoiy bilan bo'lgan zarofatgo'ylikda yaqqol ko'zga tashlanganligini ta'kidlaydi va misollar keltiradi [2].

Darhaqiqat, Binoiy sermahsul shoir bo'lib, 3 ta devon tuzgan. U yana "Behro'z va Bahrom" dostoni, "Majma' ul-g'aroyib" ("Ajoyib voqealar majmu'i") qasidasi hamda "Shayboniynoma" va "Futuhoti xoniy" ("Xonning g'alabalari") tarixiy asarlarini yozgan. Shoir "No'h rang" va "Savt un-naqsh" kabi mashhur musiqiy asarlar ham yaratgan. Iste'dodli ijodkor Binoiyning Hirot adabiy muhitida o'z o'rni bo'lgan. Manbalar uning Sulton Husayn Boyqaro saroyi, Jomiy, Navoiy kabi ulug' shoirlar, vazirlar va boshqa ziyolilarning adabiy majlislarida ishtirok etib, g'azallar o'qiganini tasdiqlaydi [4].

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Kamoliddin Binoiyning hayoti temuriylar toj-u taxt uchun hayot-mamot kurashi olib borgan g'oyatda og'ir va murakkab bir davrda kechadi. Shu bois u nihoyatda qarama-qarshi hayot yo'lini bosib o'tadi. 1458-yilning kuzida Abu Said Hirot yonida Jahonshohni tor-mor keltirib ikki o'rtada bitim tuzilgach Xuroson Abu Said ixtiyorida qoladi. G'arbiy Eronda esa Jahonshoh hukmdor bo'ladi. Jahonshoh Hirotdan juda ko'p ulamo, Shuaro va hunarmandlarni, shular qatorida 6 yashar Kamoliddinning otasini ham binokor usta bo'lganligidan o'zi bilan birga olib ketadi. Kamoliddin Eronda uch yil yashab yana Hirotga qaytib kelgan. Taxminan 1487-yilgacha u Hirotda adabiyot, she'riyat ilmi, musiqa va tarix fanlarini chuqur o'rganib, zamonasining yetuk shoiri va olimi bo'lib yetishadi [5].

Binoiy haqida ko'plab tarixiy manbalarda ma'lumotlar keltiriladi. Manbalarning eng asosiylaridan biri Zahiriddin Muhammad Boburning "Boburnoma"sidir.

Mavlono Binoiy iste'dodiga Hazrat Navoiy ham munosabat bildirib, jumladan, "Majolis un-nafois"da shunday yozgan: "Bag'oyat qobiliyati bor. Avval tahsilga mashg'ul bo'ldi... Xatg'a ishq paydo bo'ldi. Oz fursatda obodon bitidi. Andin so'ng ilmi musiqiyg'a mayl ko'rguzdi. Advor ilmi bilan bot o'rganib, xili ishlar tasnif qilib advorda dag'i risola bitidi... Bu sifati salbi uchun faqr tariyqin ixtiyor qildi va riyozatlar ham tortti, chun piri va murshidi yo'q erdi, o'z boshicha qilg'on uchun hech foyda bermadi...[4].

Bobur Binoiyni dastlab xoja Yahyo xizmatida ko'rganligini, keyinchalik u Bobur xizmatida ham bo'lganligini yozadi. "Mullo Binoiyni va Muhammad Solihni anda Xoja xizmatida ko'rdim. Muhammad Solihni o'shul bir qatla o'q ko'rdum. Mullo Binoiy xud so'ngralar xili mening xizmatimda bo'ldi" [1,96]

Taqdir taqozosi bilan Binoiy bir joyda muqim yashay olmagan. U dam Hirotda Husayn mirzo saroyida, dam Tabrizda, Sulton Ya'qubbek saroyida, so'ngra

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Shayboniyxon qoshida, undan so'ng Bobur xizmatida bo'ladi. 1512 yilda Eron shohi Ismoil Safaviyning sarkardasi Najmi Soniy Qarshi shahri aholisini qirg'in qilganda Binoiyni ham qatl ettiradi.

Iste'dodli ijodkor Binoiyning Hirot adabiy muhitida o'z o'rni bo'lgan. Manbalar uning Sulton Husayn Boyqaro saroyi, Jomiy, Navoiy kabi ulug' shoirlar, vazirlar va boshqa ziyolilarning adabiy majlislarida ishtirok etib, g'azallar o'qiganini tasdiqlaydi [4].

Bobur o'z asarida Binoiyga tarif berar ekan uning "fazilatliq" kishi bo'lganligini, hatto dushmani Shayboniyxon xizmatida bo'lgan bo'lsada, uning tomonidan nojoyiz biror bir hatti- harakat sodir bo'lmaganligini aytib, uning ijodiga e'tibor qaratadi. "Shayboqxon Samarqandni olg'onda, Mullo Binoyini mulozim qilib edi. Shayboqxon bila edi. Samarqand fathidin necha kundin so'ngra Samarqandg'a keldi. Qosimbek andin badgumon bo'lub, Shahrsabz sari ruxsat berdi. Necha kundin so'ng chun fazilatliq kishi edi, gunohe sodir bo'lmaydur edi, Samarqandg'a kelturduk. Doim qasida va g'azal o'tkarur edi. Navoda bir amal mening otimg'a bog'lab o'tkardi. Ushul asnoda bir ruboi aytib o'tkardi. Ruboi: Ne g'alla maro kazo' tavonam no'shid Ne muhmali g'alla to tavonam po'shid Onroki na xo'rdanastu ne po'shidan, Dar ilmu hunar kujo tavonad ko'shid.

Mazmuni: Na yegulik g'allam bor va na kiyinishga asragan kiyimim bor. Yeydngani, kiyadigani bo'lmagan kishi ilm va hunarga qandan urina olsin?

Bobur ushbu mahallarda bir-ikki she'riy misralar yozib yurganligini va yaxlit g'azal bitmaganligini yozadi. Bobur shaxsiyati va ijodini o'rganishda ushbu ma'lumotlarning qimmati beqiyosdir, chunki bu misralar Boburning jiddiy ijod bilan shug'illanishi qaysi davrdan boshlanganiga baho berishga imkon yaratadi. "Ul fursatlarda birar, ikkirar bayt aytur edim. Vale g'azal tugatmaydur edim. Birgina turki ruboi aytib yibordim. Ruboi:

Ishlar bori ko'nglungdag'idek bo'lg'usidur, In'omu vazifa bori buyrulg'usidur. Ul g'allau muhmalki deb erding, berdim, Muhmalg'a bo'yu g'alladin uy to'lg'usidur".

E'tibor bersangiz, Bobur javob ruboiysini turkiyda bitadi, vaholanki uning bu ruboiyni forsiy tilda bitish imkoniyati ham bor edi. Balki, Boburda Binoiyning turkiy she'riyat borasidagi Navoiy bilan bo'lgan quyidagi bahslaridan xabardorligi va turkiy tilning jozibadorligini yana bir bor namoyish qilish istagi g'olib kelgandir: Tarixchi Mirzo Muhammad Haydar Do'g'latning "Tarixi Rashidiy" asarida bu voqea shunday

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

hikoya qilinadi: "Mir Alisher kishi yiborib chorlab olib kelibdur. Lutfu marhamat birla oshnoliq qilibdurlar. Va in'omu ehson ham qilibdurlar. Va o'tgan voqeag'a uzr aytibdurlar. Ondin Mir Alisher so'rabdurki, Iroq viloyati (Oqqo'yunlilar davlati) qandoq joy ekan, deb? Binoiy ayttilarki, iroqiylarning bir qismi ishi manga xo'b ko'rindiki, ular aslo turkiy she'r aytmas ekanlar. Mir Alisher ayttilarki, siz hanuz hushyor bo'lmagan ekansiz, mundoq taarruzni tark qiling"[4].

Nima bo'lganda ham Binoiy ham turkiy ruboiy bilan javob qaytarishga majbur bo'ladi. "Boburnoma"da mazkur suhbat batafsil yoziladi, buning s ababi Boburning Binoiyga nisbatan e'tirofini, qolaversa, Binoiyni qaysi bir ma'noda o'ziga ustoz sifatida ko'rganligini bildirsa ajab emas.

Bobur biror bir tarixiy shaxsga ta'rif berar ekan uning ijobiy va salbiy tomonlarini birday ochib beradi. Maqbul bo'lmagan sifatlarini ro'yi rost aytadi, ustun tomonlarini tan oladi. Shuningdek Boburning rostgo'yligi "Boburnoma" matnida berilgan ma'lumotlarning haqqoniyligiga bo'lgan ishonchni yanada ortiradi.

"Bir masnaviysi bor, mevalar bobida, mutaqorib bahrida, bemuhassal nima debtur, bekore qilibtur. Yana bir muxtasar masnaviysi bor, xafif bahrida. Yana bir ulug'roq masnaviysi bor, ul ham xafif bahrida, bu masnaviyni so'ngralar tugatib edi. Burunlar musiqiydin bexabar ekandur, bu jihattin Alisherbek ta'n qilur ekandur. Bir yil mirzo Marvg'a qishlay borg'anda Alisherbek ham borur. Binoiy Hirida qolur. Ul qish musiqiy mashq qilur, yozgacha oncha bo'lurkim, ishlar bog'lar. Yoz mirzo Hiri kelganda savt va naqsh o'tkarur. Alisherbek taajjub qilib tahsin qilur. Musiqiyd a tavr ishlar bog'labtur, ul jumladin bir naqshi bor, Nuhrangg'a mavsum. Bu to'qquz rangning tuganishi va naqshning maylosi rosttadur"[1].

Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, sharq adabiyoti, davlatchiligi tarixi, geografiyasi, nabotot va hayvonot olami va boshqa ko'plab sohalarda ma'lumot beruvchi nodir asar "Boburnoma"da hali o'rganilishi lozim bo'lgan masalalar talaygina. Ma'lumki, "Boburnoma"da 1500 dan ortiq tarixiy shaxslar haqida ma'lumot beriladi. Asarda temuriylar davrida yashab ijod etgan san'at va adabiyot namoyondalari haqida ham qimmatli ma'lumotlar berilgan. Ushbu ma'lumotlarning chuqur o'rganilishi sobiq sho'rolar tuzimi davrida siyosiy va g'oyaviy tayziqlar asosida to'laqonli ahamiyat qaratilmagan masalalarning yoritilishiga, adabiyotimiz rivojiga hissa qo'shgan tarixiy shaxslarning hayoti va ijodini o'rganishga va shu asosda adabiyotimizga yanada haqqoniy baho berilishiga erishishga imkon yaratadi.

XULOSA

REFERENCES

о

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

1. Бобур Захириддин Мухаммад. Бобурнома/ урта ёшдаги мактаб болалари учун/ нашрга тайёрловчи П. Шамсиев: мухаррир А. Уктам/ - Т: Юлдузча. 1989.

2. Хасан Кудрагуллаев "Бобурнома" ва "Тарихи Рашидий"да Навоий сиймоси «Узбекистан адабиёти ва санъати» газетаси, 2011 йил 7-сони.

3. Bobur Zahiriddin Muhammad. Boburnoma/Z. M. Bobur; O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi; Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi; Xalqaro bobur fondi. - Toshkent: "O'qituvchi" NMIU, 2017. - 368 b.

4. http://qashqadaryogz.uz/read/binoijning-atl-etilishi-sababi-nima-edi (мурожжат килинган сана 17.12.2022).

5. Baratov, R. U. (2019). INTEGRATION OF A SCIENCE, FORMATION, AND MANUFACTURE IN THE COURSE OF PROFESSIONAL TRAINING. In ОБЩЕСТВЕННЫЕ НАУКИ В СОВРЕМЕННОМ МИРЕ: ПОЛИТОЛОГИЯ, СОЦИОЛОГИЯ, ФИЛОСОФИЯ, ИСТОРИЯ (pp. 51-54).

6. Baratov, R., & Uzbekova, S. (2022). INTEGRATION OF SCIENCE, EDUCATION AND PRODUCTION IN THE PROCESS OF TRAINING. World scientific research journal, 4(2), 7-11.

7. Абдурашидова, Нилуфар Абдурашидовна, & Хасанов, М. (2022). ЁШЛАР ДУНЁКАРАШИДА ДИН ВА АХЛОКДИНГ УЗАРО МУТАНОСИБЛИГИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (10), 1226-1235.

8. Ramatov, J.S., Valiev, L.A., Xasanov, M.N. XIX ASRDA HINDISTONDAGI IZHTIMOII - FALSAFIY JARAYONLAR // ORIENSS. 2022. №6. URL: https://cyberleninka.ru/article/n/hih-asrda-indistondagi-izhtimoiy-falsafiy-zharayonlar (kirish 12/11/2022).

9. Ф. А. Кушаков, М. Н. Хдсанов, Р. У. Баратов, Ж. С. Раматов, & С. X,. Султанов (2022). ЯНГИ УЗБЕКИСТОНДА ИНСОН ХУКУКЛАРИ ВА СУЗ ЭРКИНЛИГИ. Academic research in educational sciences, 3 (10), 803-810.

10. Раматов, Ж. С., Муратова, Д., Султанов, С. X., Тухтабоев, Э., Кушаков, Ф., & Хасанов, М. Н. (2022). ИЖТИМОИЙ АДОЛАТ ВА КАДРИЯТЛАР ПЛЮРАЛИЗМИ. World scientific research journal, 8(1), 102-108.

11. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.У., Султанов, С.Х., Муратова, Д.А., Хасанов, М.Н., & Эрниёзов, У.К. (2022). ЁШЛАР ЗАМОНАВИЙ МАДАНИЙ КИЁФАСИ ВА УМУМИНСОНИЙ КАДРИЯТЛАР ТУШУНЧАСИНИНГ МАЗМУН-МОХДЯТИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (10), 376-386.

368 б.

о

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

12. Hasanov, M., & Tuhtaboev, E. (2021). THE PERFORMANCE OF THE PERFECT MAN IN THE EASTERN RENESSANCE (ON THE EXAMPLE OF FARABI'S VIEWS). Innovative Technologica: Methodical Research Journal, 2(05), 1-6.

13. Hasanov M., Tuhtaboev E. THE PERFORMANCE OF THE PERFECT MAN IN THE EASTERN RENESSANCE (ON THE EXAMPLE OF FARABI'S VIEWS) //Innovative Technologica: Methodical Research Journal. - 2021. - Т. 2. - №. 05. -С. 1-6.

14. М.Н.Хасанов, Д.А.Хафизов, Р.Х.Тоиров, & ХД.Болтабоев. (2022). АБУ НАСР ФОРОБИЙ ЯШАГАН ДАВРДАГИ ИЛМ-ФАН ВА ТАЪЛИМ-ТАРБИЯ . JOURNAL OF NEW CENTURY INNOVATIONS, 4(3), 137-140. Retrieved from http: //www.wsrj ournal .com/index. php/new/articl e/view/62 7

15. Jumaniyoz Ramatov, Rozigul Umarova, Rashid Baratov, Mirshod Khasanov, Siroj Sultonov, & Fayzulla Kushakov (2022). MODERN REQUIREMENTS FOR THE SPIRITUAL IMAGE OF YOUNG PEOPLE AND ITS MANIFESTATION IN PRACTICE. Academic research in educational sciences, 3 (10), 582-586.

16. Ramatov, J.S., & Khasanov, M.N. (2022). SOCIAL ASPECTS OF PROFESSIONAL QUALITY IMPROVEMENT (ON THE EXAMPLE OF THE RAILWAY SECTOR). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (6), 969-976.

17. Раматов, Ж.С., Валиев, Л.А., & Хасанов, М.Н. (2022). XIX АСРДА ХИНДИСТОНДАГИ ИЖТИМОИЙ - ФАЛСАФИЙ ЖАРАЁНЛАР. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (6), 1070-1078.

18. Журабоев, Н. Ю., Кушаков, Ф. А., Султанов, С. Х., & Хасанов, М. Н. (2022). КОНФУЦИЙЛИК ХУСУСИЯТЛАРИДАН ХИТОЙ ФАЛСАФАСИНИНГ КЕНГАЙИШИ. World scientific research journal, 9(2), 3742.

19. Ruzigul, U., Nasirjan, J., Dilmurodkhakim, A., Mirshod, H., & Urozboy, E. (2020). Rationale and history of human reflections in the muslim philosophy. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(5), 1453-1458.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.