Научная статья на тему 'BOBUR MIRZO VA ORIFLIK'

BOBUR MIRZO VA ORIFLIK Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
316
40
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Boburnoma” / Zahiriddin Muhammad Bobur / Xoja Ahror / tasavvuf / naqshbandiya / irfon / XV asr. / "Baburnoma" / Zahiriddin Muhammad Babur / Khoja Ahror / Sufism / Naqshbandiyya / Irfan / 15th century.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Sulaymonov, Qo‘zibek

Ushbu maqolada O‘rta Osiyolik mutafakkir, mutasavvif olim, naqshbandiya tariqatining asoschisi Xoja Ahror (Xoja Ubaydulloh ibn Xoja Mahmud ibn Xoja Shahobiddin Shoshiy) Mirzoning eng qiyin damlarida uni g‘oyibona tarzda ma’nan-ruhan qo‘llab quvvatlab kelgani va Boburning ma’naviy piri haqidagi qarashlari to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

BABUR MIRZA AND IRFAN

In this article, the Central Asian thinker, mystic scholar, founder of the Naqshbandi sect, Khwaja Ahror (Khwaja Ubaidullah ibn Khwaja Mahmud ibn Khwaja Shahabeddin Shoshi), supported Mirza in his most difficult moments in absentia, mentally and spiritually, and Babur information about their views on the spiritual age is given.

Текст научной работы на тему «BOBUR MIRZO VA ORIFLIK»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

BOBUR MIRZO VA ORIFLIK

Sulaymonov Qo'zibek

Sharof Rashidov nomidagi SamDU Mumtoz adabiyot tarixi kafedrasi kabinet mudiri

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada O'rta Osiyolik mutafakkir, mutasavvif olim, naqshbandiya tariqatining asoschisi Xoja Ahror (Xoja Ubaydulloh ibn Xoja Mahmud ibn Xoja Shahobiddin Shoshiy) Mirzoning eng qiyin damlarida uni g'oyibona tarzda ma'nan-ruhan qo'llab quvvatlab kelgani va Boburning ma'naviy piri haqidagi qarashlari to 'g'risida ma'lumotlar beriladi.

Kalit so'zlar: "Boburnoma", Zahiriddin Muhammad Bobur, Xoja Ahror, tasavvuf, naqshbandiya, irfon, XV asr.

In this article, the Central Asian thinker, mystic scholar, founder of the Naqshbandi sect, Khwaja Ahror (Khwaja Ubaidullah ibn Khwaja Mahmud ibn Khwaja Shahabeddin Shoshi), supported Mirza in his most difficult moments in absentia, mentally and spiritually, and Babur information about their views on the spiritual age is given.

Key words: "Baburnoma", Zahiriddin Muhammad Babur, Khoja Ahror, Sufism, Naqshbandiyya, Irfan, 15th century.

XV-XVI asr badiiy, tarixiy asarlari mazmunida tasavvufiy ilm bilan, bu sohaning ulug' namoyandalari bilan bog'liq bo'lgan faol munosabat aks etgan. Albatta, bu holat o'z davrida so'fizmning taraqqiy etishi va tantanasi bilan bog'liq edi. O'z-o'zidan bu diniy-falsafiy ta'limotning badiiy adabiyotga ta'sir etishi, adabiyot vositasida o'z g'oyalarini singdirishga urinish tabiiy hol edi. "Boburnoma" asarida ham o'z davrining yetuk pir-u valiylariga oqilona munosabat, ularning ma'naviy tafakkur darajasiga ergashish holatlari namoyon bo'lgan. Bu holat esa mazkur asarning manoqib janriga xos bo'lgan jihatlarini o'zida mujassamlashtirganidan dalolat bermoqda. "Manoqibning o'ziga xos xususiyati shundaki, ta'rif-tavsif etilayotgan kishining yaxshi fazilatlari ayrim o'rinlarda biroz badiiylashtirilib, bo'rttirib ko'rsatilgan, maqtalgan. Lekin tarixiy haqiqatdan uzoqlashilgan emas. Manoqib tarkibida muallif o'z qahramonining hayot faoliyatida sodir bo'lgan voqea-

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

hodisalarni rivoyatlar, hikoyatlar shaklida juda qiziqarli qilib berib borgan" 1 Boburning yozishdan maqsadi o'zi ta'kidlaganidek, tarixning rostini bitish edi. "Boburnoma"da muallif o'z dunyoqarashi va tasvirlash mahorati tufayli asarning markaziy obrazi darajasiga ko'tarilgan edi. Shu tufayli uning tahlillarida tasavvuf ixlosmandlariga bo'lgan ehtiromi podshohlarga xos bosiq tarzda ifodalanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Mumtoz adabiyotning ajralmas bir qismi bo'lgan tasavvuf sohasi o'zining ibratli ma'naviy xususiyatlari bilan o'qiguvchini jalb qiladi. Boburning pirlarga bo'lgan xayrixohligi va ular bilan kezi kelganda g'oyibona tarzda munosabatga kirishishi tarixiy voqeliklar bayonida ketma-ket tarzda ayon bo'lgan edi. Ko'p qirrali va xususiyatli mazmunga ega "Boburnoma"ning matnida ma'lum bir valiyga bo'lgan munosabat tarixiy voqelik zaruratidan kelib chiqqan holda ravshan bo'ladi. Bobur diqqat qilgan tasavvuf allomalardan biri Xoja Mavlono Qozi bo'lgan. Xoja Mavlono Qozining Bobur hayotiga amaliy ta'siri nihoyatda katta bo'lgan. Yosh Boburning dastlab taxtga o'tirish jarayonidagi qiyinchiliklardan tortib, Andijondagi xiyonat mojarolarida ham o'zining qat'iy sadoqatini ko'rsatgan arbob edi. Ma'lum bo'lishicha, Xoja Mavlono Qozi Xoja Ubaydullohning muridi bo'lib, uning tarbiyatida ma'naviy kamolotga erishgan. Uning valiylik sifatiga Bobur ishonch bilan qaraydi: "Xoja Qozining valiylig'ida mening hech shakkim yo'qtur... Xoja Qozi ajab kishi edi. Qo'rqmoq anda aslo yo'q edi. Oncha daler kishi ko'rilgan emas. Bu sifat ham valoyat dalilidur. Soyir el har necha bahodur bo'lsa, andak dag'dag'asi va tavahhumi bo'lur. Xojada aslo dag'dag'a va tavahhum yo'q edi"2. Darhaqiqat, tasavvufiy-ilmiy tadqiqotlarda ta'kidlanganidek, "Agar Alloh o'zi tanlagan valiysiga o'zini tanitsa unga muhabbatni ham qo'rquvni ham sezmaydigan qilib qo'ygan, chunki ular uning uchun hech bir ma'noga ega bo'lmagan" 3 Ahmad Tanbal va Uzun Hasanlar tomonidan uyushtirilgan davlat to'ntarishi natijasida ushbu xiyonatga astoydil qarshi turgan Xoja Mavlono Qozining joniga ham su'iqasd qilinadi: "Andijonni olg'ondin so'ng mening Xo'jand kelganimni eshitib, Xoja Mavlonoyi Qozini ark darvozasida osib shahid qildilar" 4 Lekin tarixdagi bu kabi xunrezliklar o'z jazosini olmay qolmagan. Ushbu fitna ishtirokchilarining keyingi taqdiri haqida Bobur yozadi: "Qaysi ish valoyatqa mundin yaxshiroq dalildurkim, alarg'a qasd

1 X,aKHMOB M. fflapK MaH6amyHOC^Hru nyraTH. - T, 2013. - E. 496.

2 3axHpHg£HH My^aMMag Eoöyp. Eo6ypHOMa. fflaprç HMAK. - T.: 2002. -E.64.

3 HcarçoBa 3. TacaBBy^ Tai^HMOTuga Ba^HH^HR TymyHnacuHHHr guHHH $arca$HH t&IKHHH (Anumep HaBOHHHUHr «HacoHHM yn My^a66aT» acapu acocuga) $a^.$.HOM. guc..Hmu. - TomReHT. 2007. - E. 90.

4 3axHpuggHH My^aMMag Eo6yp. Eo6ypHOMa. fflap^ HMAK. - T.: 2002. -E.64.

821

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

qilg'onlardin oz fursatta osor va alomat qolmadi"5. Demak, Boburning kelajakda iqtidor hosil qilib, murakkab xatarli sinovlardan o'tishi uchun unga madadkor bo'lgan valiy zotlarning ishonchi va madadkor bo'lishi muhim rol o'ynagan ekan. "Boburnoma" voqealaridan ma'lumki, Xoja Ahror valiy Boburning eng qiyin damlarida uni g'oyibona tarzda ma'nan-ruhan qo'llab quvvatlab kelgan. Bu haqda Bobur Samarqandni ishg'ol qilish jarayonlarini tasvirlagan paytlarida ma'lum qiladi. Boburning hikoya qilishicha, azim Samarqandni egallab, sustlashgan temuriylar saltanatini qayta tiklashga bo'lgan urinish orzusi uni bir dam ham tark etmagan. Shu bois ham uning Samarqandni qamal qilish jarayonlarida bu ishdan umidvorligi katta edi. Ayni shu damlarda uning tushida Xoja Ahror Valiy siymosi bo'y ko'rsatgani hikoya qilingan. Unda aytilishicha, Xoja Ahror Valiy Boburning huzuriga kelib, uning qo'lidan ko'targach, Boburning oyoqlari yerdan uziladi. Bobur ushbu ilohiy tushning ta'birini yaxshilikka yo'yadi. Maslahat uchun, yaqin sarkardalaridan Samarqandning qo'lga olinish kunini bashorat qilinishlarini so'raganida No'yon Ko'kaldosh bu g'alaba o'n to'rt kunda ro'y berishini taxmin qiladi. Darhaqiqat, roppa-rosa o'n to'rt kunda yosh Boburga poytaxt Samarqandni egallash sharafi nasib qiladi. Zikr etilgan ilohiy tushni Bobur ushbu g'alabaga ishora sifatida qabul qilgan edi. Xoja Ahror Valiyning navbatdagi madad berish holati Karnon qal'asida bo'lib o'tgan edi. Bobur xiyonatkor beklar-u, navkarlar qoshida chorasiz qolgan damlarida ajalga bosh egganini tasvirlaydi: "O'zumda betoqatlig'e fahm qildim. Qo'ptum, bog' go'shasig'a bordim. O'zum bila andisha qildim. Dedimkim, kishi agar yuz, agar ming yashasa, oxir o'lmak kerak.

Agar sad sol moni va-r yake ro'z.

Biboyad raft az in koxi dilafro'z.

Mazmuni: Agar yuz yil va agar birgina kun yashasang ham, ko'ngil ochuvchi bu qasrdan ketish kerak bo 'lur (P.Shamsiyev).

O'zumni o'lumga qaror berdim. O'shal bog'da bir suv oqib keladur edi, vuzu qildim, ikki rak'at namoz o'qudum, boshimni munojotqa qo'yub tilak tilaydur edimkim, ko'zum uyqug'a borubtur. Ko'radurmenkim, Xoja Ya'qub, Xoja Yahyoning o'g'li hazrati Xoja Ubaydullohning o'g'li Xoja Ubaydulloning nabiralari ro'baro'yimg'a ablaq ot minib ko'p jamoati ablaqsuvor bilan keldilar. Dedilarkim, g'am yemangiz, Xoja Ahror meni sizga yubordilar. Dedilarkim, biz alarg'a istionat tegurub, podshohlik masnadig'a o'lturg'uzubbiz. Har yerda mushkul ish tushsa, bizni nazarig'a kelturub yod etsun, biz anda hozir bo'lurbiz. Holo ushbu soatda fath va

5 Yma MaHÖa.

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 21 ISSUE 10

educational, natural and social sciences -------- JtV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022:5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

nusrat sizning soridur. Bosh ko'taring va uyg'oning".6 Mazkur ibratli lavha orqali Boburning haqiqatdan ham dushmanlar qo'lidan bir necha daqiqalarda xalos bo'lishini so'zlaydi. Aynan ushbu ilohiy tushni Boburning sadoqatli beklaridan biri Qutluq Muhammad Barlos ham uch kun ilgari ko'rgan va uni qutqarishga chog'langan edi. Biroq "Boburnoma"ni ingliz tiliga tarjima qilgan Anetta Susanna Beverej xonim mazkur lavhaga7 shubha bilan qarab uni "g'ayrioddiy najot"deya ataydi. Beverej xonim o'z iddaosida quyidagi e'tirozlarni keltiradi: Ushbu lavha asarning qo'lyozmasiga boburiy Jahongir shoh tomonidan Haydarobod nusxasiga qo'shib qo'yilgan bo'lishi mumkin, asarda tilga olingan qutqaruvchi shaxslar asarning boshqa o'rnida tilga olinmagan, lavhada roviy uslubi asar uslubidan farq qilishi: podshoh so'zi muallifning tiliga mos kelmasligi, va bu paytda lavhada aytilganidek, xonlar Andijonda bo'lmagani da'vo qiladi. Shuningdek, Beverej xonim e'tirozlarida Xoja Ahror valiyning aynan Xoja Ya'qub ismli nabirasi borligi noma'lumligi va bu ma'lumotlar tarixda saqlanmaganini shubha ostiga oladi. Bizningcha, Anetta Beverej xonimning e'tirozlari o'zini oqlamaydi. Birinchidan, Boburning roviy sifatida hikoya qilish uslubi bu lavhada hech qanday o'zgarishga uchramagan, lavhaning sintaktik qurilmasi matnning boshqa joylaridan farq qilgani yo'q, ikkinchidan, lavhadagi podshoh so'zi asarning dastlabki jumlasidayoq, Farg'ona taxtiga o'tirish voqealarida ham tilga olingan edi, uchinchidan, asarning ishonchli London, Edinburg, Kazan qo'lyozmalari asosida uning ilmiy tanqidiy matnini tayyorlagan yapon olimi Eyje Mano hamda adabiyotshunos Saidbek Hasanovlar ham ushbu lavhani nashrga kiritganlar, to'rtinchidan, Xoja Ahror Valiyning keyingi avlodlar shajarasini aniqlash borasidagi tarixiy tadqiqotlar hali o'z yakuniga yetgani yo'q. Shu bilan birga ushbu lavha agar asossiz ravishda kiritilgan bo'lganida "Boburnoma"ning mazmunida ham sun'iy g'alizlik kelib chiqishi tabiiy edi, biz esa matnda voqeliklar ketma-ketligida hech qanday uzilishni ko'rmaymiz. Demak, bu lavha Boburning o'z qo'li bilan yozilganiga hech qanday shubha yo'q. Asarda tilga olingan qutqaruvchi shaxslarning boshqa tilga olinmasligi ham shubha uyg'otuvchi omil emas, chunki "Boburnoma"ning yo'qolgan sahifalari hamon topilgani yo'q. Ushbu shaxslarning nomlari yo'qolgan sahifalarda tilga olingan bo'lishi ham mumkin. Akademik Botirxon Valixo'jayev o'zining "Buyuk ma'naviy murshid" nomli risolasida ushbu lavhaga quyidagicha munosabat bildiradi: "Ehtimolki, bunday tasvirlar Bobur qo'llagan badiiy tasvir usulidir, bu usul Alisher

6 3axHpHg£HH My^aMMag Eoôyp. EoôypHOMa. fflaprç HMAK. - T.: 2002. -E.100.

7 K^apaHr: DEMiR, C. (2016). Baburname'de Hoca Ubeydullah Ahrar. Uluslararasi Turkce Edebiyat Kultur Egitim Dergisi, 5(2), 651-660.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Navoiyda ham, Mavlono Lutfiyda ham va boshqa shoirlarda ham uchraydi, bas shunday ekan, uni hayotiy va real deb qabul qilish mumkinmi, deguvchilar ham bo'lar. Biz bunday fikrlarga to'la-to'kis qo'shilamiz. Shu bilan birga qaysi shaklda bo'lishidan qat'iy nazar bu tasvirlarda Boburning Xoja Ubaydullohga nisbatan bo'lgan samimiy ixlosi aks ettirilgan. Bu esa muhimdir. Ana shu ixlos tufayli Bobur o'z shaxsiy hayoti va ijtimoiy faoliyatida Xoja Ubaydulloh fazilatlari va aytganlariga amal qilishga harakat qildi" 8 Bizningcha, akademik Botirxon Valixo'jayevning bu taxmini Boburning roviylik uslubiga mos kelmaydi, sababi, muallif sifatida u yolg'ondan hazar qilishga, faqat rostini bitimakka odatlangan edi, bunday o'ylab topilgan badiiy tasvirni (to'qima tushni) shunday yirik asarga kiritishga yana Valiyning siymosini ushbu yolg'onga aralashtirishga Boburda hech qanday ma'naviy ehtiyoj yo'q edi. Ma'lumki, Bobur o'zining og'ir xastaligi davrida Xoja Ahror Valiyning ruhidan madad istab "Volidiya" asarini o'zbek tilida she'riy tabdil qilgani, shundan so'ng butunlay sog'ayib ketgani haqida ma'lumot bergan edi. Bu holat ham uning ushbu pirga bo'lgan g'oyibona ixlosi hayotining oxirigacha davom etganidan darak beradi. Shu bilan birga Boburning Hindistonni zabt etish damlarida ham yana bir pir Jaloliddin Kosoniy - Maxdumi A'zamga g'oyibona ixlos bilan nazr-niyozlar yuborib, undan duo iltimos qilgani haqida manbalarda ma'lumotlar keltirilgan. Rus sharqshunosi Bartold "Miftoh ut-tolibin" asaridagi bir lavhani o'rganib, unda Boburning Rano Sanga bilan bo'ladigan urush oldidan uni Xoja Muxammad Xabushoniy-Kuchoniy g'oyibona tarzda duo qilgani, hamda Boburga g'oliblik nasib qilgani to'g'risida ma'lumot beradi9.

Afsuski, sobiq Sho'ro tuzumi davri ilmiy adabiyotlarida Hoja Ahror Valiyning temuriylar saltanatida tutgan o'rni hamda ta'sir doirasi haqida noxolis munosabatlar bildirish avj olgan edi. Hoja Ahror valiy siymosini to'liq anglamaslik, o'rganishga urinmaslik natijasida ushbu tuhmat ayblovi boshqa nashrlarda, asarlarda ham avjiga chiqqan edi. Biroq Xoja Ahror valiyning tom ma'nodagi siyratini gavdalantiruvchi tasavvufiy asarlarda (Muhammad Qozining "Silsilat ul-orifin", Ali Safiyning "Rashahot"), shuningdek, akademik Botirxon Valixo'jayevning "Buyuk ma'naviy murshid"10 risolasida bu kabi bo'htonlarni butkul inkor qiladigan ibratli tarixiy voqealar dalillar asosida tekshirilgan. Mazkur qo'lyozma va risolalardan ma'lum bo'ladiki, uydirma va tuhmat ma'lumotlarning aksariyati Xoja Ahror Valiy tirikligidayoq tarqala boshlagan. Ushbu noxolis ma'lumotlar Xoja Ahror Valiyning

8 Valixo'jayev B. Buyuk ma'naviy murshid. - T.: Fan, 2004.-B.65.

9 EopH эота îxmnaHK khothïï. KeH^a - T.: 2004. -E. 78.

10 Valixo'jayev B. Buyuk ma'naviy murshid.-T.: «Fan» 2004.-B.86.

824

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

mol-mulki va obro'sini ko'rolmagan dushmanlari tomonidan tarqatilgani va ular hayotlik paytidayoq ushbu razilligi uchun jazo topganliklari o'rganilgan. Shu bilan birga keyingi yillarda Xoja Ahror Valiyning faoliyati va uning Movarounnahr, Xuroson tarixida tutgan o'rni haqida bir qator risola va qo'llanmalar nashr qilinib, ushbu siymo haqidagi ko'plab chalkash ma'lumotlarga oydinlik kiritildi.11

"Nasoyim ul-muhabbat"12da avliyolarga xos karomatlar sifatida ularning ilohiy tushlar ko'rishi, voqealarni oldindan bashorat qilishi, uzoqdagi odam bilan g'oyibona so'zlashishga erishishi, ruhining jismidan ajrab sayr qilishi va yana jismga qaytib kirishi, o'zgalarning fikrini uqiy olishi, o'zgalarga ta'sir o'tkazish, nazar quvvati, nafas quvvati kabilar alohida belgilar13 sifatida sanalgan. Xoja Ahror valiyda ham shunga o'xshash hodisa va g'aroyib karomatlar zohir bo'lgan ediki, mazkur hodisalar ortidan muallif ularning kamolot hosil qilganiga iymon keltirgani ayon bo'ladi. Muallif Xoja Ahrorning valiylikka xos belgilarini o'zga shaxslar hayotida ro'y bergan voqealar vositasida so'zlaydi. Masalan, Mavlono Muhammadning undan tahsil olgan chog'ida sodir bo'lgan karomatlari va boshqa muridlar vositada hikoya qilingan karomat hodisalari manoqib janrida kuzatilgani kabi batafsil hikoya qilinadi.14

XULOSA

Boburning tasavvuf namoyandalariga va tasavvuf adabiyotiga bo'lgan munosabatida komil inson tushunchasi ideallashtirilgan. Zero hukmdorlik masnadida bo'lgan bu ijodkorlar uchun insoniyatning baxtu kamoli ustuvor masala edi. Manbalarda kuzatilgani kabi har bir pirning ma'naviy dunyosi va kamoloti o'z davri uchun yuksak qadriyatlar darajasida talqin etilgan bo'lib, bugungi kun ma'naviy hayotimizda, yosh avlodlar tarbiyasida ushbu masalalar muhim ahamiyat kasb etadi.

REFERENCES

1. X,aKHMOB M. fflapK MaHSamyHOCHHra HyFaTH. - T, 2013. - E. 496.

2. 3axHpnggHH Myx,aMMag EoSyp. EoSypHOMa. fflap»; HMAK. - T.: 2002. -E.64.

11 KapHMOB Э. Xy^a A^pop xaera Ba $ao^HaTH. -TomKeHT.: MaiHaBHaT. 2003. -E. 24; X,acaHHH M. Pa33o^oBa M. Xy^a A^popra 6aFHmnaHraH pHcona Ba Ma^ona^ap. -TomKeHT.:2004.-E.27; Ta6appyK pHconanap. X,acaHHH M,yMp3OK E,Amhh -TomKeHT.:2004. -E.386.

12 A^umep HaBouH. MAT. 20 ^nng^HK. 17 Hampra TaHepnoBHH^ap. C. FaHueBa. M.Mup3aa^MegoBa. ®aH. -T.: 2001. - E ...

13 Hco^oBa 3. TacaBBy^ Tai^HMoraga B&mräHK TymyHnacuHHHr guHHH $anca$HH Ta^KHHH(Anumep HaBouHHHHr «HacoHHM yn Myxa66ar» acapH acocHga) $an.$.HoM. gHC..HmH.TomKeHT. 2007. -E. 90.

14 MHp3o My^aMMag X,angap .TapHXH PamHgHH. Y36eKHCTOH HMHy. - T.:2011. - E. 475.

825

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

3. Исакова З. Тасаввуф таълимотида валийлик тушунчасининг диний фалсафий талкини (Алишер Навоийнинг «Насойим ул мухаббат» асари асосида) фал.ф.ном. дис..иши. - Тошкент. 2007. - Б. 90.

4. Каранг: DEMiR, C. (2016). Baburname'de Hoca Ubeydullah Ahrar. Uluslararasi Turkce Edebiyat Kultur Egitim Dergisi, 5(2), 651-660.

5. Valixo'jayev B. Buyuk ma'naviy murshid. - T.: Fan, 2004.-В.65.

6. Бори элFа яхшилик k^f^. Кенжа К. - Т.: 2004. -Б. 78.

7. Каримов Э. Хужа Ахрор хаёти ва фаолияти. -Тошкент.: Маънавият. 2003. -Б. 24; Хдсаний М. Раззокова М. Хужа Ахрорга баFишланган рисола ва маколалар. -Тошкент.:2004.-Б.27; Табаррук рисолалар. касаний М,Умрзок Б,Амин X,. -Тошкент.:2004. -Б.386.

8. Алишер Навоий. МАТ. 20 жилдлик. 17 жилд. Нашрга тайёрловчилар. С. Ганиева. М.Мирзаахмедова. Фан. - Т.: 2001. - Б ...

9. Исокова З. Тасаввуф таълимотида валийлик тушунчасининг диний фалсафий талкини(Алишер Навоийнинг «Насойим ул мухаббат» асари асосида) фал.ф.ном. дис..иши.Тошкент. 2007. -Б. 90.

10. Мирзо Мухаммад Хайдар. Тарихи Рашидий. Узбекистан НМИУ. -

Т.:2011. - Б. 475.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.