Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
BO'LAJAK XORIJIY TIL O'QITUVCHILARI LISONIY-KOMMUNIKATIV KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISHGA QO'YILADIGAN DIDAKTIK TALABLAR
© X. Rahimov1H_
1Farg'ona davlat universiteti,Farg'ona,O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: ushbu maqola bo'lajak xorijiy til o'qituvchilarining lisoniy-kommunikativ kompetentligini rivojlantirishga qo'yiladigan didaktik talablarni tahlil qilishga bag'ishlangan.
MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi bo'lajak xorijiy til o'qituvchilarini zamonaviy ta'lim talablari va interaktiv metodlarga mos ravishda tayyorlash, shuningdek, chet tilini o'qitishda samaradorlikni oshirish uchun lisoniy-kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishga yordam beruvchi didaktik talablarga aniqlik kiritishdir.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot davomida xorijiy til o'qitishda qo'llaniladigan didaktik talablar, zamonaviy ta'lim texnologiyalari va cefr talablari tahlil qilindi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: natijalar shuni ko'rsatadiki, lisoniy-kommunikativ kompetentligini rivojlantirishga qaratilgan didaktik talablar bo'lajak o'qituvchilarda chet tilini amaliy vaziyatlarda samarali qo'llash, ijodkorlikni rivojlantirish va mustaqil fikrlash ko'nikmalarini shakllantiradi.
XULOSA: tadqiqot natijalari xorijiy til o'qitishda didaktik talablarning muhimligini tasdiqladi. Zamonaviy texnologiyalar va interaktiv metodlardan foydalanish lisoniy-kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishning samarali usuli ekanligi ta'kidlandi.
Kalit so'zlar: lisoniy-kommunikativ kompetentlik, xorijiy til, didaktik talablar, pedagogik yondashuv, interaktiv metodlar.
Iqtibos uchun: Rahimov X. Bo'lajak xorijiy til o'qituvchilari lisoniy-kommunikativ kompetentligini rivojlantirishga qo'yiladigan didaktik talablar.// Inter education & global study. 2024. №10(1). B.391-395.
ДИДАКТИЧЕСКИЕ ТРЕБОВАНИЯ К РАЗВИТИЮ ЛИНГВИСТИКО-КОММУНИКАТИВНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ БУДУЩИХ ПРЕПОДАВАТЕЛЕЙ ИНОСТРАННЫХ ЯЗЫКОВ_
© Х. Рахимов1 и
1Ферганский государственный университет, Фергана, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в статье анализируются дидактические требования, направленные на развитие лингвистико-коммуникативной компетентности будущих преподавателей иностранных языков.
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10(1)
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал 2024, №10(1)
Scientific theoretical and methodical journal
NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ЦЕЛЬ: основная цель исследования — подготовка будущих преподавателей иностранных языков в соответствии с современными требованиями образования, а также уточнение дидактических требований, способствующих развитию их лингвистико-коммуникативной компетентности.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании проанализированы дидактические требования, современные образовательные технологии и общеевропейские компетенции (cefr), используемые в обучении иностранным языкам.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты показывают, что дидактические требования, направленные на развитие лингвистико-коммуникативной компетентности, формируют у будущих преподавателей навыки практического применения языка, творческое мышление и самостоятельность.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: исследование подтвердило важность дидактических требований в обучении иностранным языкам. Использование современных технологий и интерактивных методов признано эффективным инструментом развития лингвистико-коммуникативной компетентности.
Ключевые слова: лингвистико-коммуникативная компетентность, иностранный язык, дидактические требования, педагогический подход, интерактивные методы.
Для цитирования: Рахимов Х. Дидактические требования к развитию лингвистико-коммуникативной компетентности будущих преподавателей иностранных языков. // Inter education & global study. 2024. №10(1). С. 391-395.
DIDACTIC REQUIREMENTS FOR DEVELOPING LINGUISTIC-COMMUNICATIVE COMPETENCE OF PROSPECTIVE FOREIGN LANGUAGE TEACHERS_
© Khurshid Rahimov1®
1Fergana State University, Fergana, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: the article analyzes the didactic requirements for developing linguistic-communicative competence among future foreign language teachers.
AIM: the main aim of the study is to prepare future foreign language teachers in line with modern educational standards and clarify didactic requirements that promote the development of linguistic-communicative competence.
MATERIALS AND METHODS: the study examines didactic requirements, modern educational technologies, and cefr standards applied in foreign language teaching.
DISCUSSION AND RESULTS: the results indicate that didactic requirements focused on developing linguistic-communicative competence foster practical language use, creativity, and independent thinking skills among future teachers.
CONCLUSION: the study confirms the importance of didactic requirements in foreign language education. Utilizing modern technologies and interactive methods is recognized as an effective approach to enhancing linguistic-communicative competence.
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10(1)
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Keywords: linguistic-communicative competence, foreign language, didactic requirements, pedagogical approach, interactive methods.
For citation: Khurshid Rahimov. (2024) 'Didactic Requirements for Developing Linguistic-Communicative Competence of Prospective Foreign Language Teachers.' // Inter education & global study. 2024. № (10(1)). pp. 391-395. (In Uzbek).
Bo'lajak xorijiy til o'qituvchilarining lisoniy-kommunikativ kompetentligini rivojlantirishga qo'yiladigan didaktik talablar zamonaviy pedagogikaning eng dolzarb masalalaridan biri sifatida e'tirof etilmoqda. Chet tillarini o'qitish jarayonining bugungi kun talablari ta'lim samarasini faqat tilni rasmiy o'rganish bilan cheklab bo'lmasligini, balki ma'naviy, madaniy hamda texnologik rivojlanish omillarini ham hisobga olishni talab qiladi. Xorijiy til o'qituvchisi o'zi ishlab chiqqan metodik konsepsiyaga tayangan holda nafaqat fonetika, leksika yoki grammatika bo'yicha yetarli bilimga ega bo'lishi, balki o'quvchilar bilan samarali muloqot o'rnatish, ularni amaliy ko'nikmalarga jalb qilish, ijodiy faoliyatni rag'batlantirish mahoratiga ham ega bo'lishi zarur. Shu jihatdan qaraganda, bo'lajak xorijiy til o'qituvchilari lisoniy-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish da'vosi ularning shaxsiy va kasbiy rivojlanishi uchun bebaho asos vazifasini o'taydi.
Ta'kidlash joizki, bugungi kunda chet tilini o'qitish tizimida interaktiv usullar va amaliy muloqotga yo'naltirilgan yondashuvlar tobora keng ommalashib bormoqda. Talabalarga chet tilini yo'l-yo'riqlar asosida emas, balki bevosita muloqot bilan bog'liq holda, turli sotsial va madaniy kontekstlarda qo'llash zarurligi vujudga kelgan. Shunday sharoitda bo'lajak o'qituvchilarning lisoniy-kommunikativ kompetentligi ularni oddiy nazariy bilimlarni bilish bilan cheklanishdan chiqarib, chet tilini amaliy maqsadlarda, turli ijtimoiy vaziyatlarda erkin ravishda qo'llashga o'rgatadi. Bunda tilning grammatika va lug'aviy boyligi muhim ahamiyat kasb etsa-da, asosiy e'tibor kommunikatsion vazifalarga va muloqotdagi pragmatik omillarga qaratilishi lozim. Zero, chet tilini puxta bilgan shaxs ham uni bevosita ishlatish tajribasi yetishmasa, bilimini ijtimoiy munosabatlarda to'liq namoyon etolmasligi mumkin.
Lisoniy-kommunikativ kompetentlik, umumiy ma'noda, nafaqat til tizimini egallash balki, bu tilni muloqot jarayonida to'g'ri va samarali qo'llay bilish qobiliyatidir. Bo'lajak xorijiy til o'qituvchisiga bu kompetentlik o'quvchilarni xorijiy tilga jalb qilish, ularga muloqot asnosida amaliy ko'nikma berish, ijodkorlik va mustaqil fikrlashni rivojlantirishda katta yordam beradi. Xususan, o'quv mashg'ulotlarida chet tilidagi nutqni tushunish, uni to'g'ri talaffuz qilish, turli til registrlaridan foydalana olish, mos ravishda yozma va og'zaki muloqotni tashkil etish mas'uliyati ham shu kompetentlik doirasida shakllanadi. Shuning uchun xorijiy til o'qituvchisi har bir o'quvchining individual til o'rganish xususiyatlarini inobatga olib, ularga mos ta'lim usullarini tanlashga intilishi lozim bo'ladi.
Bo'lajak xorijiy til o'qituvchilari lisoniy-kommunikativ kompetentligini rivojlantirishga qo'yiladigan didaktik talablar, avvalo, aniq maqsadni belgilab olish bilan boshlanadi. O'qituvchilarning amaliy nutq kompetentligi, madaniy va ijtimoiy muhitda chet tilidan foydalanish imkoniyatlari, shuningdek, multimedia vositalaridan foydalanish ko'nikmalari kabi barcha jihatlar ta'lim jarayoni rejasiga kiritilishi zarur. Bu esa oliy ta'lim muassasalarida xorijiy tillar bo'yicha tayyorlanayotgan talabalarning o'quv rejalariga rejalashtirilgan mustaqil ishlar,
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10(1)
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
interaktiv seminarlar, ijodiy loyihalar va muloqotga yo'naltirilgan yakuniy topshiriqlarni kiritishni taqozo etadi. Shu tarzda, talabalarning turli nutqiy vaziyatlarda izchil ravishda ishtirok etishi, nazariy va amaliy ko'nikmalarni o'zaro uyg'unlashtirish imkonini beradi.
Didaktik talablarning yana bir muhim jihati - bu reflektiv yondashuvni keng joriy qilishdir. Reflektiv yondashuv deganda, talabaning o'zi o'qish jarayonida nimalarni o'rgandi, nimani bilmaydi, uning kuchli va zaif tomonlari nimada, kelajak faoliyati uchun qanday mahoratlar zarur, kabi savollarga o'zi javob topa olishi tushuniladi. Bunda xorijiy til o'qituvchisiga tayyorlanayotgan talaba dars jarayonida o'z harakatini nazorat qilish, tahlil qilish va zarur bo'lsa, moslashtirishi mumkin. Bu shakllangan didaktik talablar tizimida, avvalo, mustaqil tahlil va xulosa chiqarishga o'rgatuvchi mashg'ulot turlarini aniqlash lozim. Shuningdek, talabalarga doimiy ravishda o'z-o'zini baholash va o'ziga baho berish vazifalarini berish orqali, ularning xorijiy tilni amaliy nutq va ijodiy jarayonda qo'llashlari rag'batlantiriladi.
Shuni ham e'tibordan chetda qoldirmaslik kerakki, bo'lajak xorijiy til o'qituvchilarining lisoniy-kommunikativ kompetentligi faqat dars jarayonida emas, balki darsdan tashqari tadbirlarda ham mustahkamlanib boradi. Masalan, turli xalqaro konferensiyalar, akademik muloqotlar, onlayn platformalardagi muhokamalar, fan olimpiadalari yoki yozgi amaliy loyihalarda qatnashish, xorijiy til prostdasida madaniyatlararo muloqotni amalga oshirish imkonini beradi. Bunda talabalarning xorijiy tilni to'laqonli muloqot quroli sifatida qabul qilishi kuchayadi, natijada chet tilni nazariy o'rganishdan amaliy kompetentlikka erishish bosqichi sifat jixatdan yuksaladi. Lisoniy-kommunikativ kompetentlikning rivoji, shuningdek, ilmiy-pedagogik adabiyotlar bilan tanishish hamda doimiy ravishda xorijiy adabiyotlarni o'qib borish orqali ham qo'llab-quvvatlanadi. Bunda ilmiy maqolalar, metodik qo'llanmalar, zamonaviy o'qitish texnologiyalari bo'yicha izlanishlar bilan muntazam tanishib borish va ularni dars jarayoniga integratsiya qilish, talabalarda ilmiy-tadqiqot qobiliyatlarini shakllantirishga xizmat qiladi. Shu bilan birga, xorijiy til bo'yicha oraliq yoki yakuniy testlarning tuzilishi va ularning natijalariga baho berish usullari ham diqqat markazida bo'lishi lozim. Bunda test topshiriqlarining axborot texnologiyalari yordamida amalga oshirilishi, o'qituvchi hamda talabaning natijalarni birgalikda tahlil qilishi, xatolardan xulosa chiqarishi didaktik talablarning yuqori sifatini ta'minlaydi.
Shu bilan birga, lisoniy-kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishda bo'lajak o'qituvchilarda pedagogik mahoratni shakllantirish ham muhimdir. Pedagogik mahorat, asosan, mashg'ulotni to'g'ri rejalashtirish, didaktik prinsiplardan unumli foydalanish, shaxsga yo'naltirilgan ta'lim uslublarini qo'llash, turli yosh guruhlar bilan ishlash metodikasini bilish va interfaol mashg'ulotlarni tashkil etish kabi ko'nikmalarni o'z ichiga oladi. Shuningdek, kelajak o'qituvchisining dars davomida psixologik muhitni to'g'ri boshlab, ishtirokchilarning faoliyatini nazorat qilish, rag'bat berish va zarur bo'lsa, muloqot strategiyasini o'zgartirish qobiliyati ham xuddi shu kompetentlikning ajralmas qismi sifatida namoyon bo'ladi. Bunday bilim va ko'nikmalar bo'lajak o'qituvchiga odatda til o'rganish jarayonidagi "turg'unlik" va stereotiplarni yengishda, hamda talabalarga individual yondashuv orqali, ularning ijodkorligini rag'batlantirish orqali yordam beradi. Chet tilini o'qitishda texnologik jarayonlarni kiritish bugungi davr didaktik talablarini belgilab beruvchi asosiy omillardan biridir. Raqamli
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10(1)
Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
platformalar, masofaviy ta'lim shakllari, audio va video manbalar, mobil ilovalar, virtual sinflar - bularning barchasi xorijiy til o'qitish jarayonida keng qo'llanilmoqda. Bo'lajak xorijiy til o'qituvchilari bu vositalar bilan amaliy tanish bo'lish, ulardan oqilona foydalana bilish va ayni paytda didaktik mezonlar doirasida talabalarning ma'naviy hamda interaktiv o'sishini ta'minlovchi sharoit yaratishga xizmat qiluvchi metodik yondashuvlarni bilishlari kerak. Texnologik uslublar orqali o'qitish nafaqat dars jarayonini rang-barang qiladi, balki individual ta'lim trajectoryalarini shakllantirishga ham imkon beradi. Shu bilan birga, ilg'or texnologik vositalardan foydalanish xorijiy tilni mustahkam o'zlashtirish hamda muloqotda qo'llash jarayonini jadallashtirish imkonini yaratadi.
Xulosa o'rnida aytish lozimki, bo'lajak xorijiy til o'qituvchilarining lisoniy-kommunikativ kompetentligi yuqori darajada shakllanishi chet tilini o'qitish sifatini tubdan yaxshilash bilan bir qatorda, butun ta'lim tizimining xalqaro miqyosdagi raqobatbardoshligini oshiradi. Zero, zamonaviy talim jarayonida til vositasida nafaqat axborotni uzatish yoki eshitish-hazm qilish jarayoni, balki butun madaniy aloqani o'rnatish, globallashuv sharoitida xorijlik hamkorlar bilan surunkali aloqada bo'lish, jahon ilm-fan va innovatsiyalariga integratsiya qilish uchun ham muhim dastakdir. Didaktik talablar esa ana shu maqsadga erishish yo'lida nazariy va amaliy choralarni izchil ravishda uyg'unlashtiradi. Lisoniy-kommunikativ kompetentlikni rivojlantirishga yo'naltirilgan didaktik talablar ta'lim jarayoniga interaktiv metodlarni keng joriy etish, talabalarning ijodkorligi va mustaqil fikrlashini rag'batlantiradigan topshiriqlar berish, hamkorlikda o'qitish uslublarini amaliyotda tatbiq etish hamda ilg'or texnologiyalardan foydalanish kabi qator omillarni o'z ichiga oladi. Shuning uchun ham chet tilini o'qitish bo'yicha kelgusida yaratiladigan har qanday metodik ish yoki ta'lim konsepsiyasi, eng avvalo, bo'lajak xorijiy til o'qituvchilarining lisoniy-kommunikativ kompetentligini yuksaltirishni maqsad qilib olishga intilishi muhimdir. Ana shunda biz chet tilini bilish nafaqat nazariy darajada qolib ketadigan, balki amaliy hayotga tatbiq qilinadigan, xalqaro hamkorlik va fan-texnik taraqqiyotiga katta hissa qo'shadigan chuqur va mustahkam poydevorga ega bo'lamiz.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 10-dekabrdagi "Chet tillarini o'qitish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-1875-sonli Qarori.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 8-maydagi "Zamonaviy pedagogik texnologiyalarni joriy etish orqali o'qitish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori.
3. Chet tillarini o'qitish bo'yicha Yevropa kengashining Umumiy Yevropa talablari (CEFR).
4. Brown, H. D. (2007). Principles of Language Learning and Teaching. (5-nashr). White Plains, NY: Pearson Education.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO] ^Rahimov Xurshid, tadqiqotchi [Рахимов Хуршид, исследователь], [Khurshid Rahimov researcher]; manzil: 150100, Farg'ona shahri, Murabbiylar ko'chasi, 19-uy, [адреа 150100, г. Фергана, улица Мурабийлар, д. 19 ], [address: Murabiylar Street, 19, Fergana, 150100].
©intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 10(1)
iccl (A