Ilmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY ISSN 2992-9024 (online) 2024, №8(1)
Original paper
BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIGA INGLIZ TILINI TALABLARI O'QITISHDA DTS •'IVJIOS-
© R.B. Sulaymanova1®
1Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, O'zbekiston Annotatsiya
KIRISH: ushbu maqolada boshlang'ich sinf o'quvchilariga ingliz tilini o'qitishda Davlat Ta'lim Standartlari (DTS) talablarining o'rni va ahamiyati tahlil qilinadi.
MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi - boshlang'ich sinf o'quvchilariga DTS talablariga muvofiq ravishda ingliz tilini o'qitish usullari va yondashuvlarini aniqlash hamda DTS talablarining o'quvchilarning lingvistik va kommunikativ ko'nikmalarini rivojlantirishdagi ahamiyatini o'rganishdan iborat.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda DTS talablari asosida boshlang'ich sinflarda ingliz tilini o'qitish metodikasi tahlil qilindi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: natijalar DTS talablariga muvofiq ravishda o'qitish orqali o'quvchilarning eshitish, o'qish, yozish va so'zlash ko'nikmalarining muvozanatli rivojlanishi ta'minlanishini ko'rsatdi.
XULOSA: tadqiqot natijalari boshlang'ich sinfda DTS talablariga mos ravishda ingliz tilini o'qitishning ahamiyatini tasdiqladi.
Kalit so'zlar: DTS talablari, boshlang'ich sinf, ingliz tili, lingvistik ko'nikmalar, kommunikativ ko'nikmalar, ta'lim metodikasi, interfaol yondashuv.
Iqtibos uchun: Sulaymanova.B.R. Boshlang'ich sinf o'quvchilarida ingliz tilini o' rganishda DTS talablari.// Inter education & global study. 2024. №8(1). B.197-203.
ТРЕБОВАНИЯ ГОС К ИЗУЧЕНИЮ АНГЛИЙСКОГО ЯЗЫКА УЧАЩИМИСЯ НАЧАЛЬНОЙ ШКОЛЫ_
© Р.Б. Сулаеманова1®
Ташкентский государственный педагогический университет, Ташкент, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в данной статье анализируется роль и значение требований Государственных образовательных стандартов (ГОС) при обучении английскому языку учащихся начальной школы.
ЦЕЛЬ: основная цель исследования - определить методы и подходы обучения английскому языку учащихся начальной школы в соответствии с
©intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE8(1)
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №8(1)
Nmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
требованиями ГОС и изучить значение требований ГОС в развитии лингвистических и коммуникативных навыков учащихся.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в ходе исследования была проанализирована методика преподавания английского языка в начальных классах с учетом требований ГОС
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты показали, что сбалансированное развитие навыков слушания, чтения, письма и разговорной речи учащихся обеспечивается преподаванием в соответствии с требованиями ГОС.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: результаты исследования подтвердили важность преподавания английского языка в соответствии с требованиями ГОС в начальной школе.
Ключевые слова: требования ГОС, начальная школа, английский язык, лингвистические навыки, коммуникативные навыки, методика обучения, интерактивный подход.
Для цитирования: Сулаеманова.Б.Р. Требования ГОС для изучения английского языка учениками начальной школы.// Inter education & global study.2024. №8(1). С. 197-203.
SES REQUIREMENTS FOR ENGLISH LANGUAGE LEARNING IN ELEMENTARY SCHOOL STUDENTS_
© Barno R. Sulaymanova1®
Tashkent State Pedagogical University,Tashkent, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: this article analyzes the role and importance of the requirements of the State Educational Standards (SES) in teaching English to primary school students.
AIM: the main objective of the study is to identify methods and approaches to teaching english to primary school students in accordance with the requirements of the ses and to study the importance of the ses requirements in developing students' linguistic and communicative skills.
MATERIALS AND METHODS: the study analyzed the methodology of teaching English in primary school based on the requirements of the SES.
DISCUSSION AND RESULTS: the results showed that teaching in accordance with the ses requirements ensures a balanced development of students' listening, reading, writing and speaking skills.
CONCLUSION: the results of the study confirmed the importance of teaching english in primary school in accordance with the requirements of the SES.
Keywords: SES requirements, primary school, English, linguistic skills, communicative skills, educational methodology, interactive approach.
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE8(1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
For citation: Barno R. Sulaymanova. (2024) 'SES requirements for English language learning in elementary school students', Inter education & global study, (8(1)), pp. 197-203. (In Uzbek).
Ta'lim tarbiya jarayoni didaktik, psixologik, lingvistik, metodik va boshqa qonuniyatlarga amal qiladi. Ularning ayrimlari barcha fanlar uchun umumiy bo'lishi mumkin. Bu qonuniyatlar ta'limning umumdidaktik tamoyili deyiladi. Boshqa qonuniyatlar esa ayrim fanlarni o'qitishga xos bo'lishi mumkin, masalan; ingliz tili o'qitish tamoyillari. Tamoyil tushunchasi didaktikada hali to'la hal etilmagan. Agar bir guruh tamoyillar ta'lim jarayonining qonuniyatlarini ifodalasa, ikkinchi guruh tamoyillar qaysidir nutq faoliyatining turiga xos bo'lgan qonuniyatlarni ifodalaydi, uchinchisi esa til materialining qaysidir bo'limiga xos bo'lgan tamoyillardir.
Til o'rganish aqliy faoliyat bo'lganligi tufayli uning psixologik asoslari mavjud. Aqliy faoliyat ruhshunoslikda ilmiy jihatdan tekshiriladi. Shu munosabat bilan ingliz tilio'qitishning psixologik tamoyillarini tadqiq etish ehtiyoji tug'iladi. Ilmiy manbalarda ingliz tili o'qitishning ikkita psixologik tamoyillari ishlab chiqilgan. Psixologik tamoyillar «verbalizatsiya» (o'zga til amalda faqat og'zaki nutq orqali o'rganiladi) va «korrelatsiya» (ingliz tili materialining muayyan chegarasi aniqlanadi, birinchi galda nutq malakalarini hosil qilish uchun mo'ljallangan til birliklari majmuyi shakllanadi) nomlarini olgan [1]. Ingliz tilio'qitishning tilshunoslik asoslari birmuncha tadqiq etilganligiga qaramay, metodika fanida ingliz tili o'qitishning lingvistik tamoyillari masalasiga kam e'tibor qaratilgan.
T.Q. Sattorov bilim va malakaning o'zaro munosabati nuqtayi nazardan o'quv predmetlarini (a) bilim va nazariya beruvchi fanlar (tarix, adabiyot, geografiya); (b) amaliy malakani shakllantirishga yo'naltirilgan fanlar (rasm, mehnat ta'limi, jismoniy tarbiya) kabi guruhlarga tasniflaydi. Bu borada ingliz tili o'qitish umumiy metodikasi mualliflarining fikriga qo'shiladi va ingliz tilini yuqoridagi ikki guruh o'rtasidagi predmet deb hisoblaydi. O'quv predmetlarining funksiyaviy, ta'limiy-tarbiyaviy xususiyatlaridan kelib chiqib tasniflash hollarini ham ilmiy-tadqiqotlarda kuzatishimiz mumkin. Taniqli metodistlardan J.J. Jalolov, S.S. Saydaliyevlar barcha o'quv predmetlarini shartli ravishda quyidagicha tasniflashgan [2]: a) fan asoslaridan saboq beradigan o'quv predmetlari (ximiya, biologiya, fizika, matematika, tarix); b) tarbiya berishga qaratilgan o'quv predmetlari (rasm, musiqa, ashula); d) amaliy faoliyatni o'rgatadigan o'quv predmetlari (jismoniy tarbiya, mehnat ta'limi); e) tilga oid o'quv predmetlari (ona tili, ikkinchi til, chet til).
Tillararo nazariyaga muvofiq ingliz tili o'rganish jarayoniga ta'sir etuvchi barcha omillar hisobga olinishi lozim. Bu omillar ingliz tili o'rganuvchining yoshga oid (psixologik va bilish faolligi) xususiyatlari, ta'lim mazmuni va maqsadi hamda ularga muvofiq ishlab chiqilgan ta'lim vositalaridan iboratdir [3]. Mazkur nazariyaga muvofiq ingliz tili o'rganish jarayonida o'quvchi til tajribasiga tayanib ingliz tilidagi kommunikatsiyaning yangi lisoniy tizimi «aralash/tillararo kod»ni shakllantiradi. Ya'ni ona tili tajribasi ikkinchi tilni o'rganishda, so'ngra ularning ikkovi ingliz tilini egallashda (tillararo transpozitsiya va interferensiya) ijobiy va salbiy ta'sir ko'rsatadi. Shu sababdan, darslik va dasturlar
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
tuzishda tillararo interferensiya va o'quvchining til tajribasi hisobga olinadi, ta'lim berishga mo'ljallangan qoidalar (oddiy nazariy bilimlar) amaliy ko'nikma va malakalarning egallanishini tezlatish va soddalashtirish maqsadlariga bo'ysundiriladi. Ya'ni ayrim zaruriy qoidalar yoki nazariyalarning elementlari ingliz tili o'rganish jarayonini tezlashtirish va osonlashtirish maqsadida bayon etiladi.
Boshlang'ich sinflarda ingliz tili o'qitishning pedagogik tamoyillari o'zbek va rus tilidagi ilmiy manbalarda dadidaktik tamoyil sifatida mufassal bayon etilgan. Lekin xorijiy adabiyotlarda pedagogik tamoyil alohida tadqiq etiladi. Biz pedagogik tamoyillarni umumlashtirishda uch tildagi ilmiy manbalardan foydalandik [4].
1. O'sib kelayotgan avlodni har tomonlama kamolotga etkazish. Ingliz tili vositasida o'zlashtiriladigan axborot va ingliz tili o'rganish mobaynida olinadigan aqliy va nutqiy ko'nikma hamda malakalar o'quvchilarni tarbiyalaydi.
2. O'quvchilarni o'rganilayotgan tildan foydalanishga rag'batlantirish.
3. O'quvchilarning individual xususiyatlarini e'tiborga olish.
4. O'quvchilarni atrofdagilarga nisbatan bag'rikenglik va turli qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash.
5. Darslarda bilimlarning mustaqil fahmlab o'rganilishi uchun optimal vaziyat
6. O'quvchilarda o'zlashtirish ko'rsatkichlarini mustaqil va o'zaro aniqlab borish malaka va ko'nikmalarini shakllantirish.
7. O'quvchilarga o'z bilimlarini o'rganilayotgan tilda namoyon qilish imkoniyatini
Boshlang'ich sinflarda o'qitilayotgan chet tillari bolalarning kelajagi va ularning miya faoliyatini yaxshi tashkil qilish uchun foydali hisobalandi. Dasturlarning o'qish va nutq o'stirish bo'limida o'tkaziladigan mashg'ulotlar mazmuniga; o'quvchilarni to'g'ri, ravon, ma'lum darajadagi tezlik bilan ifodali o'qishga o'rgatish; bolaning ona — Vatan, uning tabiati kishilar mehnatidagi qahramonlik, jasurlik, milliy istiqlol g'oyalarini ular ongiga singdirish kabi bilimlarni boyitish orqali o'quvchilarning bilim, ko'nikma malakalari kengaytiriladi, shakllanadi va mustahkamlanadi. O'qish darslarini Davlat talablari asosida hayotiy tajribalarga, kuzatishlarga suyanib, hayotga bog'lab o'tishi uning ta'sirchanligi ongli idrok etishlarini ta'minlaydi. O'qish va nutq o'stirishning ta'limiy — tarbiyaviy maqsadlari, sinflar bo'yicha o'qish mazmunini o'qish ko'nikmalarining og'zaki va yozma nutqlarini rivojlantirish usullarini, o'qish mashg'ulotlarining yozma nutq bilan bog'lanish kabi masalalar aniq kiritilgan.
Boshlang'ich sinflarda o'qish darslari yuqori sinflardagi o'zbek adabiyoti, tarix, geografiya, biologiya va boshqa fanlarni o'zlashtirish uchun dastlabki asosni yaratadi [5]. Shuning uchun boshlang'ich sinflardagi o'qish darslariga jiddiy e'tibor talab qilinadi. O'qish darslarini talabdagidek olib borish uchun o'qituvchi asosan quyidagilarga e'tibor berishi lozim. 6-10 yoshdagi bolalar bir soatga mo'ljallangan saboqni sabr toqat bilan tinglay olmaydilar. Ularning ruhiy tuzulishi qoyil harakatda, xayoli o'yinda bo'ladi. 10-15 minutdan ortiq davom etadigan gaplarni tinglayolmaydilat. Shu tugayli bu sinflarda ta'lim -
yaratish.
yaratish
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
tarbiya vazifalari, asosan o'yin, ashula, qisqa muddatli qiziqarli suhbat, hikoyalash va ifodali o'qish orqali amalga oshiriladi.
Ingliz tili darslari yosh o'quvchilarni o'qish va yozish dunyosi bilan tanishtiradi. Turli matnlarni o'qish va yozma topshiriqlar orqali o'quvchilar so'z boyligini kengaytiradi, tushunish qobiliyatini oshiradi, yozish ko'nikmalarini rivojlantiradi. Ushbu ko'nikmalar nafaqat akademik muvaffaqiyat uchun, balki umrbod ta'lim uchun ham juda muhimdir. Ingliz tilini o'rganish matnlarni tahlil qilish, xulosalar chiqarishni o'z ichiga oladi. Ushbu kognitiv jarayonlar bolalarda tanqidiy fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi. Ular savol berishni, baholashni va o'z fikrlarini shakllantirishni o'rganadilar, bu ularning akademik va shaxsiy rivojlanishida qimmatlidir. Ingliz tili darslari ko'pincha ijodiy yozish mashqlari va adabiy izlanishlarni o'z ichiga oladi. Yoshlikdan ijodkorlikni rag'batlantirish bolalarga o'z tasavvurlarini, g'oyalarini erkin ifodalash imkonini beradi [6]. Bu ularga o'zlarining betakror ovozlarini kashf etishga, adabiyot va hikoya qilishga bir umrlik muhabbatni rivojlantirishga yordam beradi.
To'g'ri o'qishga o'rgatish uchun quyidagi usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. So'zlarni bo'g'inlarga bo'lib o'qish. Masalan: "Fazliddin" Faz-lid-din, ro'z-no-ma. Shuningdek, buzib o'qigan ayrim so'zlarni to'g'ri o'qiy olmasa uni bo'g'in tovushlarga bo'lib o'qigan ayrim so'zlarni ovoz chiqarib takror o'qish. Tez aytish ham ancha foydali usullardan hisoblanadi. Ongli o'qishga o'rgatish uchun notanish so'zlarga izoh berish, matn yuzasidan berilgan savol topshiriqlarni o'rgatish matn yuzasidan savollar tuzish, reja asosida matn mazmunini qisqartirib, kengaytirib so'zlash kabi usullar ham muhim yordam beradi. Kuchli ingliz tilini bilish kelajakda ham akademik, ham professional muvaffaqiyat uchun zarurdir [7].
Farzandlar o'z ta'limini rivojlantirar ekan, ingliz tilini bilish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu oliy ta'lim imkoniyatlari va kelajakdagi martaba istiqbollari uchun eshiklarni ochadi. Bugungi globallashgan dunyoda ko'p tilli bo'lish qimmatli boylikdir [8]. Ingliz tili ko'pincha xalqaro muloqot tili hisoblanadi va ingliz tilini bilish o'quvchilarga turli madaniyatlar va kelib chiqishi bo'lgan odamlar bilan aloqa o'rnatish imkonini beradi, ularning dunyoqarashini kengaytiradi. Bolalar ingliz tilini o'zlashtirgani sayin o'z qobiliyatlariga ishonch hosil qiladi. Ular sinf muhokamalarida, taqdimotlarda va boshqa tadbirlarda qatnashishga ko'proq tayyor bo'ladilar. O'z-o'zini hurmat qilishning bu ortishi ularning umumiy akademik ko'rsatkichlari va shaxsiy o'sishiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi mumkin.
Boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun ingliz tili darslari ularning ta'lim yo'llarida hal qiluvchi rol o'ynaydi. Ingliz tilini o'rganish bo'yicha mustahkam poydevor yaratish orqali ushbu darslar yosh o'quvchilarni porloq kelajakka tayyorlaydi. Imtiyozlar sinfdan tashqarida ham o'ziga ishongan, so'zli va tanqidiy fikrlaydigan zamonaviy dunyo qiyinchiliklariga dosh berishga tayyor shaxslarni shakllantiradi. Boshlang'ich maktab yillarida ingliz tilidagi ta'limga sarmoya kiritish bolaning kelajakdagi muvaffaqiyatiga sarmoya bo'lishi aniq.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
O'zbekistonda ingliz tili ta'limi ikkinchi tildagi axborot sohibini (kognizant) shakllantirishga yo'naltiriladi, ya'ni o'rganilayotgan til sohibi yaratgan madaniy merosning o'rganilishi ingliz tili ta'limining bosh maqsadidir [9]. Ikkinchi tildagi axborot sohibi deganda, autentik muloqot vaziyatlarida o'zga madaniyat vakili bilan chet tilda adekvat muloqot qilish kompetentligiga ega shaxsni tushunish mumkin. Tilni o'rganish chog'ida o'quvchi lingvistik bilimlar to'plash bilan emas, balki nutqiy va madaniy malakalari (kompetensiyalari)ni oshirish bilan mashg'ul bo'ladi. Ingliz tili kommunikativ faoliyat ko'rsatish, shaxsga yo'naltirilgan, kompetensiyani egallashga mo'ljallangan integrativ yondashuv asosida o'rgatiladi.
Tillararo nazariya asosidagi ingliz tili o'qitishning shaxsga va faoliyatga yo'naltirilgan kommunikativ yondashuvi o'quvchilarga imkon qadar tezroq va qo'rquvsiz jonli muloqotga kirishish imkoniyatini yaratadi. Xatolardan qo'rqmaslik, ta'lim mazmuniga jiddiy urg'u berilishi o'quvchilarning o'rganilayotgan chet tildan foydalanish ishtiyoqini kuchaytiradi. Ushbu yondashuvga muvofiq ingliz tili o'rganish jarayoniga ta'sir etadigan a) o'quvchining psixologik va yoshga oid xususiyatlari; b) ona tili, rus tili va ingliz tili o'rtasida farq - tillararo interferensiya; d) ta'lim vositalari; e) ta'lim muassasasi; f) o'qituvchining mutaxassislik mahorati kabi barcha omillarning hisobga olinishi tavsiya etiladi [10]. Ma'lumki, ingliz tili tabbiy sharoitda muvaffaqiyatli o'zlashtiriladi. Geografik jihatdan olisda joylashgan va til sohibi bilan muloqatda bo'lish imkoniyati mavjud bo'lmagan ta'lim sharoitidagi ingliz tili o'rganish jarayonida amaliy maqsadga erishish murakkablashadi. Aynan shu vaziyat ingliz tili o'quv predmetini o'qitishda qator qiyinchiliklarga sabab bo'ladi. Shu sababdan o'quv jarayonini tabiiy muhitga yaqitlashtirish, darslarda tabiiy nutq vaziyatlarini yaratish yuzasidan izlanishlar olib boorish muhim ahamiyat kasb etadi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Гальскова Н.Д., Никитенко З.Н. Теория и практика обучения иностранным языкам. Начальная школа: Методическое пособие. - М.: Айрисс-пресс, 2004. -240 с.
2. Driscoll P., Frost D. The teaching of modern foreign languages in the primary schools. - L.: & N.Y.: Routledge, 2005. - 258 p.
3. Pinter A. Children learning second languages. Research and practice in Applied Linguistics. - UK.: Palgrave &Macmillan, 2011. - 308 p.
4. O'zbekiston Respublikasi uzluksiz ta'lim tizimining Davlat ta'lim standartlari. - Xalq ta'limi. - № 4. - 2013. - B. 4-32.
5. Общеевропейские компетенции владения иностранным языком: Изучение, обучение, оценка. - М.: МГЛПУ. Сарма, 2005. - 248 с.
6. Гальскова Н.Д. Современная цель обучения иностранным языкам: от комплексного подхода к интеграции. // Сборник статей международной научно -практической конференции памяти академика РАО Инессы Львовны Бим. - М.: Просвещение, 2013. - С.25-34.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
7. Дронов В.П., IКопылова В.В. Учебно-методическое обеспечение сегодня -переход к новым формам. // Сборник статей международной научно -практической конференции памяти академика РАО Инессы Львовны Бим. - М.: ТЕЗАУРУС, 2013. - С. 211-212.
8. Brown.D.H. Teaching by principles. An Integrative Approach to Language Pedagogy. -NY.: PEARSON Longman, 2007. - 570 p.
9. Koprowski M. Investigating the usefulness of lexical phrases in contemporary course books. ELT Journal Volume 59/4 October 2005. - P. 322- 332.
10. Горлова Н.А. Личностно-деятельностный метод обучения иностранным языкам дошкольников, младших школьников и подростков. Теоретические основы. - М.: МГПУ, 2010. - 248 с.
11. Пассов Е.И., Кузовлева Н.Е. Урок иностранного языка. - М.: Голоса-Пресс, 2010. - 640 с.
12. Williams M., Burden R. L. Psychology for language Teachers. A social constructivist approach. - L.: Cambridge University Press, 2010. - 240 p.
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Barno Sulaymanova Raxmatulla qizi, tayanch doktorant, [Барно Сулайманова Рахматулла кизи - докторантка], [Barno.R.Sulaymanova, doctoral student]; manzil: O'zbekiston Toshkent shahri, Chilonzor tumani Bunyodkor ko'chasi 27-uy. [адрес: Узбекистан, ул Город Ташкент, Чиланзорский район, улица Бунёдкор, 27.], [address: Uzbekistan, 27 Bunyodkor street, Chilonzor district, Tashkent city.]