INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© G'B. Avazov1H_
1Termiz davlat pedagogika instituti, Termiz, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: zamonaviy ta'lim tizimida o'qituvchilarning professional malakasi va shaxsiy kompetentsiyasi muhim ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa, texnologiya fani o'qituvchilarining kreativ kompetentsiyasini rivojlantirish ularning kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatli bo'lishlari uchun zarurdir. Kreativ kompetentsiya o'qituvchilarga innovatsion metodlar qo'llash, o'quv jarayonini samarali tashkil etish va o'quvchilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish imkonini beradi. Ushbu maqolada, kelajakdagi texnologiya fani o'qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda kreativ kompetentsiyani rivojlantirish metodlarining pedagogik-psixologik imkoniyatlari tahlil qilinadi.
MAQSAD: bo'lajak texnologiya fani o'qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda kreativ kompetentsiyani rivojlantirish eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.
MATERIALLAR VA METODLAR: m mazkur tadqiqotda bo'lajak maktab biologiya o o'qituvchilarning raqamli ta'lim muhitida darslarini tashkil etish yo'llari jarayonini o'rganishda zamonaviy pedagogik va psixologik yondashuvlarga asoslangan metodologik usullar qo'llanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: O'qituvchilarning emotsional barqarorligini oshirish, stressni boshqarish, ijobiy munosabatlarni shakllantirish va samarali muloqotni o'rnatish ularning professional faoliyatida muhim ahamiyatga ega. Bunday psixologik qo'llab-quvvatlash o'qituvchilarning kasbiy o'sishida va kreativ yondashuvlarni qo'llashda ularga yordam beradi. O'qituvchilarning individual yondashuvi, ya'ni har bir o'quvchining qobiliyatlari va qiziqishlariga moslashgan o'quv rejalarini ishlab chiqish, ularning o'quvchilarning ehtiyojlarini qondirish va ularga maksimal darajada yordam berish imkonini yaratadi.
XULOSA: individual yondashuv va innovatsion pedagogik yondashuvlar ham yuqori darajada korrelyatsiyaga ega bo'lib, o'qituvchilarning shaxsiy yondashuvlari va innovatsion metodlarni qo'llashlari kreativ kompetentsiyaning rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Bu natijalar, ta'lim muassasalarida o'qituvchilarning shaxsiy rivojlanishini qo'llab-quvvatlash, ularni yangi metodlar bilan tanishtirish va motivatsiyasini oshirish zarurligini ko'rsatadi.
Kalit so'zlar: kreativ kompetentsiya, Texnologiya fani o'qituvchisi, Innovatsion pedagogika, Aktiv o'quv metodlari, Dizayn fikrlash, Loyiha asosidagi o'rganish, Emotsional intellect
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Iqtibos uchun: Avazov G'B. Bo'lajak texnologiya fani o'qituvchilarini kasbiy faoliyatiga tayyorlashda kreativ kompetentligini rivojlantirish metodlarining pedagogik-psixologik imkoniyatlari. // Inter education & global study. 2024. №10 B.50-57.
ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ И ПСИХОЛОГИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ МЕТОДА РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСКОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ В ПОДГОТОВКЕ БУДУЩИХ УЧИТЕЛЕЙ ТЕХНОЛОГИИ К ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ_
© Г.Б. Авазов1И
1Термезский государственный педагогический институт, Термез, Узбекистан_
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: в современной системе образования большое значение имеет профессиональная квалификация и личностная компетентность педагогов. В частности, развитие творческой компетентности учителей технологии необходимо для их успеха в профессиональной деятельности. Творческая компетентность позволяет педагогам использовать инновационные методы, эффективно организовывать учебный процесс, развивать способность учащихся творчески мыслить. В данной статье анализируются педагогические и психологические возможности методов развития творческой компетентности при подготовке будущих учителей технологии к профессиональной деятельности.
ЦЕЛЬ: развитие творческой компетентности является одной из важнейших задач при подготовке будущих преподавателей технических дисциплин к профессиональной деятельности.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в данном исследовании применены методологические методы, основанные на современных педагогических и психологических подходах к изучению процесса организации уроков будущих школьных учителей биологии о в цифровой образовательной среде.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: повышение эмоциональной устойчивости учителей, управление стрессом, формирование позитивных отношений и установление эффективного общения имеют важное значение в их профессиональной деятельности. Такая психологическая поддержка помогает педагогам в их профессиональном росте и применении творческих подходов. Индивидуальный подход учителей, то есть разработка учебных планов, адаптированных к способностям и интересам каждого ученика, позволяет им удовлетворять потребности учащихся и оказывать им максимальную помощь.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: индивидуальный подход и инновационные педагогические подходы также имеют высокую степень корреляции, причем личностные подходы учителей и применение инновационных методов оказывают значительное влияние на развитие творческой компетентности. Эти результаты свидетельствуют о необходимости поддержки личностного развития педагогов в образовательных учреждениях, приобщения их к новым методикам и повышения их мотивации.
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №10
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Ключевые I слова: творческая компетентность, Учитель технологии, Инновационная педагогика, Активные методы обучения, Дизайн-мышление, Проектное обучение, Эмоциональный интеллект.
Для цитирования: Г.Б. Авазов. Педагогические и психологические возможности метода развития творческой компетентности в подготовке будущих учителей технологии к профессиональной деятельности. // Inter education & global study. 2024. №10. С. 50-57.
PEDAGOGICAL-PSYCHOLOGICAL POSSIBILITIES OF CREATIVE COMPETENCE DEVELOPMENT METHODS IN PREPARING FUTURE TECHNOLOGY TEACHERS FOR THEIR PROFESSIONAL ACTIVITY_
© G'oyibnazar B. Avazov1®
1Termez State Pedagogical Institute, Termez, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: in the modern education system, the professional qualification and personal competence of teachers are of great importance. In particular, the development of creative competence of technology teachers is necessary for their success in their professional activities. Creative competence allows teachers to use innovative methods, effectively organize the educational process, and develop students' ability to think creatively. This article analyzes the pedagogical and psychological possibilities of creative competence development methods in the preparation of future technology teachers for professional activities.
AIM: the development of creative competence is one of the most important tasks in preparing future teachers of technical disciplines for professional activity.
Materials and methods: m This study uses methodological methods based on modern pedagogical and psychological approaches to studying the process of organizing lessons for future school teachers of biology in a digital educational environment.
DISCUSSION AND RESULTS: improving teachers' emotional stability, stress management, forming positive relationships and establishing effective communication are important in their professional activities. Such psychological support helps teachers in their professional growth and the application of creative approaches. The individual approach of teachers, that is, the development of curricula adapted to the abilities and interests of each student, allows them to meet the needs of students and provide them with maximum assistance.
CONCLUSION: the individual approach and innovative pedagogical approaches also have a high degree of correlation, and the personal approaches of teachers and the use of innovative methods have a significant impact on the development of creative competence. These results indicate the need to support the personal development of
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 10
CC
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
teachers in educational institutions, introduce them to new methods and increase their motivation.
Key words: creative competence, Technology teacher, Innovative pedagogy, Active teaching methods, Design thinking, Project-based learning, Emotional intelligence.
Bugungi kunda ta'lim tizimida global miqyosda o'zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, innovatsion texnologiyalarni ta'lim jarayoniga integratsiya qilish va zamonaviy o'qituvchilarning kreativ kompetentsiyasini rivojlantirish masalalari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Texnologiya fanining o'qitilishi, faqatgina nazariy bilimlar yetkazish emas, balki o'quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda zamonaviy muammolarni yechish uchun zarur bo'lgan innovatsion yondashuvlarni shakllantirishni talab qiladi.
Kreativ kompetentsiya - bu shaxsning muammolarni yechishda ijodkorlik bilan yondashishi, yangilik yaratish va samarali usullarni ishlab chiqish qobiliyatidir. Zamonaviy texnologiyalar va ularning ta'limdagi qo'llanilishi sharoitida, o'qituvchilardan faqatgina bilimli bo'lish emas, balki o'z bilimi va tajribasini ijodiy tarzda tatbiq eta olish ham talab qilinadi. Bunda pedagogik-psixologik yondashuvlar va innovatsion metodlarning ahamiyati katta. Ta'lim jarayonida kreativ kompetentsiyani rivojlantirish o'quv chilarning ijodiy fikrlash qobiliyatini oshirish bilan birga, ularning muammoli vaziyatlarni hal qilishda o'ziga xos va samarali yondashuvlarni ishlab chiqishiga xizmat qiladi. Bu esa, texnologiya fani o'qituvchilarining nafaqat kasbiy mahoratini oshiradi, balki ularning o'quvchilar bilan samarali pedagogik munosabatlarini shakllantiradi. Ushbu maqola bo'lajak texnologiya fani o'qituvchilarining kreativ kompetentsiyasini rivojlantirish uchun mo'ljallangan metodlarning pedagogik va psixologik imkoniyatlarini tahlil qilishga qaratilgan.
Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, kreativ yondashuvlar va o'quv jarayonida ijodiy usullardan foydalanishning afzalliklari va ularning o'qituvchilar faoliyatidagi o'rni keng yoritiladi. O'z navbatida, ta'limda kreativ kompetentsiyani shakllantirish va ri vojlantirish masalasiga milliy va xalqaro tajriba asosida yondashib, bo'lajak o'qituvchilarning professional va shaxsiy rivojlanishini ta'minlashga xizmat qiladigan tavsiyalar beriladi. Shu bilan birga, kreativ kompetentsiyani rivojlantirishda qo'llaniladigan metodlar va yondashuvlarning psixologik asoslari ham chuqur tahlil qilinadi.
Kelajakdagi texnologiya fani o'qituvchilarini kreativ kompetentsiyani rivojlantirish masalasi bo'yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqotlar turli pedagogik va psixologik yondashuvlar asosida amalga oshirilgan. Ushbu tahlil jarayonida mavzuga oid adabiyotlarni quyidagi yo'nalishlar bo'yicha o'rganamiz:
Guilford (1950) ijodiylikni shaxsning muhim psixologik sifati sifatida ta'riflab, uni yangi g'oyalar yaratish va muammolarni noan'anaviy usullar bilan hal qilish qobiliyati sifatida
For citation: G'oyibnazar B. Avazov. (2024) 'Pedagogical-psychological possibilities of creative competence development methods in preparing future technology teachers for their professional activity', Inter education & global study, (10), pp. 50-57. (In Uzbek).
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ko'rsatgan. Uning tadqiqotlari kreativ fikrlashning komponentlarini, masalan,
moslashuvchanlik, o'ziga xoslik va fluensiyani aniqlashga qaratilgan.
Runco va Jaeger (2012) kreativlikni zamonaviy ta'lim jarayonida asosiy
kompetentsiyalardan biri deb hisoblaydi. Ularning tadqiqotlari shuni ko'rsatadiki, kreativ
kompetentsiyaga ega o'qituvchilar o'quvchilarda yangi bilimlarni izlashga qiziqish
uyg'otadi.
O'zbekistonlik olimlar orasida Gulomov (2020) kreativ kompetentsiyaning o'quv jarayonidagi ahamiyatini o'rganib, uni pedagogik jarayonning ajralmas qismi deb ta'kidlagan. Uning tadqiqotlarida kreativ kompetentsiya o'qituvchilarning innovatsion yondashuvlarni qo'llash imkoniyatlarini ochib beruvchi sifat sifatida qaraladi. Vygotskiy (1978) o'quv jarayonida ijodiylikni rivojlantirishga alohida urg'u bergan va shaxsning ijtimoiy muhit bilan muloqoti ijodiy fikrlashni shakllantirishda muhim omil ekanligini ta'kidlagan.
Miller (2015) texnologiya fani o'qituvchilarini tayyorlash jarayonida loyiha asosida o'qitish va dizayn fikrlash metodologiyasini qo'llash ijodiy qobiliyatni rivojlantirishda samarador ekanligini ko'rsatgan.
Islomova (2018) texnologiya fanini o'qitishda innovatsion yondashuvlarning o'rnini o'rgangan. U, ayniqsa, texnologik loyihalash va gamifikatsiyaning o'quv jarayonida ijodiy qobiliyatlarni rivojlantirishdagi ahamiyatini qayd etgan.
Ushbu tadqiqot kelajakdagi texnologiya fani o'qituvchilarining kasbiy faoliyatiga tayyorlanish jarayonida kreativ kompetentsiyasini rivojlantirish metodlarining pedagogik-psixologik imkoniyatlarini o'rganishga qaratilgan. Tadqiqotda sifatli va miqdoriy usu llarni birlashtirgan kombinatsiyalangan metodologiya qo'llanildi, bu esa natijalar ishonchliligi va to'liqligini ta'minlashga imkon berdi. Tadqiqot dizayni eksperimental asosda tashkil etilib, o'qituvchilarning kreativ kompetentsiyasini baholash uchun keng qamrovli ma'lumotlarni yig'ishga imkon yaratdi. Miqdoriy tadqiqot qismi uchun 150 ta texnologiya fani o'qituvchisi o'rtasida standartlashtirilgan anketalar o'tkazildi. Anketa savollari kreativ kompetentsiyaning turli komponentlarini baholashga qaratilgan bo'lib, ularda innovatsion fikrlash, muammolarni yechim topish qobiliyati, ijodiy metodlarni qo'llash va o'quvchilarning kreativligini rivojlantirish kabi aspektlar mavjud edi. Likert shkali yordamida baholash tizimi (1 - juda past, 5 - juda yuqori) qo'llanildi, bu orqali o'qituvchilarning kreativ kompetentsiyasi darajasi aniq ko'rsatilishi mumkin bo'ldi.
Sifatli tadqiqot qismi uchun esa, miqdoriy tadqiqotdan keyin 20 ta o'qituvchi bilan chuqur intervyular olib borildi. Intervyularning maqsadi anketalarda olingan natijalarni yanada chuqurroq tahlil qilish, o'qituvchilarning kreativ kompetentsiyasini rivojla ntirishda duch keladigan qiyinchiliklar va muvaffaqiyatlarni aniqlash edi. Intervyu savollari ochiq bo'lib, o'qituvchilarning shaxsiy tajribalari, qo'llagan metodlari, motivatsiya va pedagogik -psixologik omillar haqida ma'lumot olishga yo'naltirilgan edi. Tadqiqotning nazariy qismi mavjud adabiyotlar, ilmiy maqolalar va ilg'or tajribalarni tahlil qilish orqali amalga oshirildi. Bu orqali kreativ kompetentsiyaning nazariy asoslari, uning ahamiyati va rivojlantirish metodlari haqida chuqur tushuncha hosil qilindi. Tadqiqotda qatnashuvchi sifatida
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
O'zbekistonning turli hududlarida faoliyat yuritayotgan texnologiya fani o'qituvchilari tanlandi. Anketalash uchun 150 ta o'qituvchi tanlab olindi, ular orasida maktab va o'rta maxsus ta'lim muassasalarida ishlovchi o'qituvchilar bo'ldi. Intervyu uchun esa 20 ta o'qituvchi tasodifiy tanlandi, ular anketada yuqori va o'rta darajadagi kreativ kompetentsiya ko'rsatkichlariga ega bo'lishi ta'minlandi.
Zamonaviy ta'lim tizimi tez sur'atlar bilan o'zgarib bormoqda, ayniqsa texnologiya fanlari sohasida yangiliklar va innovatsiyalar doimiy ravishda joriy etilmoqda. Bu jarayon o'qituvchilardan nafaqat texnik bilim va ko'nikmalarni egallash, balki ularni o'qu v jarayonida samarali va ijodiy tarzda qo'llay olish qobiliyatini ham talab qiladi. Shu nuqtai nazardan, kelajak texnologiya fani o'qituvchilarini kasbiy faoliyatga tayyorlashda kreativ kompetentsiyaning rivojlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Kreativ kompetentsiya - bu shaxsning yangi va innovatsion g'oyalar yaratish, ularni amalga oshirish, muammolarni yechim topishda ijodiy yondashuvlarni qo'llash qobiliyatidir. Texnologiya fanlari o'qituvchilari uchun bu kompetentsiya, o'z navbatida, darslarni interaktiv, qiziqarli va samarali tashkil etish, o'quvchilarning texnologik savodxonligini oshirish va ularni kelajakdagi texnologik talablarga tayyorlashda asosiy rol o'ynaydi.
Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining (AKT) ta'lim jarayonida keng qo'llanilishi o'quvchilarning bilim olish jarayonini sezilarli darajada o'zgartirdi. Ularning ehtiyojlari va qobiliyatlari ham, shuningdek, o'qituvchilarning malakasi ham bu o'zgarishlarga moslashishni talab qiladi. Texnologiya fani o'qituvchilari o'zlarining pedagogik va psixologik kompetentsiyalarini doimiy ravishda yangilab borishlari, innovatsion metodlarni o'zlashtirishlari va ularni amaliyotda qo'llashlari zarur. Shu ningdek, globalizatsiya jarayonlari va 4 sanoat inqilobi ta'lim tizimida yangi talablarni yuzaga keltirmoqda. Bu talablar o'qituvchilardan yanada yuqori darajadagi ijodiy fikrlash, muammolarni tahlil qilish va yechim topish qobiliyatini, hamda o'zaro muloqot va hamkorlikda ishlash qobiliyatini talab qiladi. Shu bilan birga, o'qituvchilarning emotsional intellekti va motivatsiyasi ularning professional o'sishida muhim omil bo'lib xizmat qiladi.
Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, kreativ kompetentsiyasi yuqori bo'lgan o'qituvchilar o'quvchilarning bilim olish jarayoniga yanada faol ishtirok etishlariga, ularda mustaqil fikrlash va innovatsion yondashuvlarni shakllantirishga yordam beradi. Masalan, anketalar asosida o'tkazilgan tadqiqotlarda o'qituvchilarning 30% i yuqori darajada, 50% i o'rta darajada va 20% i past darajada kreativ kompetentsiyaga ega ekanligi aniqlangan. Bu natijalar shuni ko'rsatadiki, ko'plab o'qituvchilar kreativ kompetentsiyani r ivojlantirishda qo'shimcha qo'llab-quvvatlash va metodik yordamga muhtoj. Tadqiqot davomida loyihaviy o'rganish va dizayn fikrlash metodlari eng yuqori samaradorlik ko'rsatdi. Loyiha asosidagi o'rganish metodi 85% samaradorlik bilan, dizayn fikrlash esa 80% samaradorlik bilan o'qituvchilarning kreativ kompetentsiyasini rivojlantirishda eng samarali usullar sifatida tan olindi. Bu metodlar o'quvchilarning mustaqil ishlashini, jamoaviy ish ko'nikmalarini va kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirishga katta hissa qo'shadi. Brainstorming va o'yin asosidagi o'qitish metodlari ham o'zlarining samaradorligini namoyish etdi, ular mos
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ravishda 75% va 165% samaradorlik ko'rsatdi. Bu metodlar o'quvchilarning qiziqishini oshirish va darslarni interaktiv tarzda o'tkazishga yordam beradi.
Pedagogik-psixologik imkoniyatlar esa o'qituvchilarning kreativ kompetentsiyasini rivojlantirishda muhim rol o'ynaydi. Emotsional intellekt va motivatsiya kreativ kompetentsiyani rivojlantirishda eng kuchli ta'sir ko'rsatadigan omillar sifatida aniqlangan. Anketalarda emotsional intellektning kreativ kompetentsiya bilan korrelatsiya koeffitsienti 0.72, motivatsiyaning esa 0.68 bo'lib, ular o'qituvchilarning o'z ishiga bo'lgan munosabati va ichki motivatsiyasining yuqori darajada bo'lishi kreativ kompetentsi yani rivojlantirishga ijobiy ta'sir ko'rsatishini tasdiqlaydi. Individual yondashuv va innovatsion pedagogik yondashuvlar ham yuqori darajada korrelyatsiyaga ega bo'lib, o'qituvchilarning shaxsiy yondashuvlari va innovatsion metodlarni qo'llashlari kreativ kompetentsiyaning rivojlanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatadi. Bu natijalar ta'lim muassasalarida o'qituvchilarning shaxsiy rivojlanishini qo'llab-quvvatlash, ularni yangi metodlar bilan tanishtirish va motivatsiyasini oshirishning zarurligini ko'rsatadi.
Shuningdek, tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, pedagogik-psixologik imkoniyatlarni kuchaytirish o'qituvchilarning kreativ kompetentsiyasini yanada rivojlantirishga yordam beradi.
Grafik va jadval ma'lumotlari asosida, loyihaviy o'rganish va dizayn fikrlash metodlari o'qituvchilarning kreativ kompetentsiyasini rivojlantirishda eng yuqori samaradorlikka ega ekanligi aniqlandi. Bu metodlar o'qituvchilarga innovatsion yondashuvlarni qo'llash, muammolarni tizimli tahlil qilish va ijodiy yechimlar topishda yordam beradi. Bundan tashqari, o'yin asosidagi o'qitish metodlari ham o'quvchilarning qiziqishini oshirish va darslarga bo'lgan motivatsiyasini kuchaytirishda samarali vosita sifatida ko'rsatiladi. Pedagogik-psixologik imkoniyatlarni kuchaytirish orqali o'qituvchilar o'zlarining professional o'sishini ta'minlashlari va kreativ kompetentsiyalarini yanada rivojlantirishlari mumkin.
Tadqiqot natijalari kelajakdagi texnologiya fani o'qituvchilarining kreativ kompetentsiyasini rivojlantirishda qo'llaniladigan metodlarning samaradorligini chuqur o'rganishga imkon berdi. Bu jarayonda loyiha asosidagi o'rganish va dizayn fikrlash metodlari eng yuqori samaradorlik ko'rsatdi, bu esa ularning o'qituvchilarning kreativ qobiliyatlarini rivojlantirishdagi ahamiyatini tasdiqlaydi. Loyiha asosidagi o'rganish metodi 85% samaradorlik bilan, dizayn fikrlash esa 80% samaradorlik bilan o'qituvchilarning kreativ kompetentsiyasini oshirishda eng samarali usullar sifatida ajralib turadi. Bu metodlar o'qituvchilarga nafaqat o'z bilim va ko'nikmalarini yangilash, balki ularni innovatsion tarzda qo'llash imkonini beradi, bu esa o'quvchilarning texnologik savodxonligini oshirish va ularni zamonaviy talablarga tayyorlashda muhim rol o'ynaydi. Brainstorming va o'yin asosidagi o'qitish metodlari ham ijobiy natijalarga erishdi, ularning samaradorligi mos ravishda 75% va 65% bo'lib, bu metodlarning o'quvchilarning qi ziqishini oshirish va darslarni interaktiv tarzda o'tkazishda samarali ekanligini ko'rsatadi. Bu natijalar, o'qituvchilarning dars jarayonini qiziqarli va faol o'tkazishlari orqali o'quvchilarning o'z fikrlarini erkin ifoda etishlari va ijodiy yondashuvlarni rivojlantirishlari mumkinligini
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
isbotlaydi. Pedagogik-psixologik imkoniyatlar, ayniqsa emotsional intellekt va motivatsiya, o'qituvchilarning kreativ kompetentsiyasini rivojlantirishda muhim omil ekanligi aniqlangan. Emotsional intellektning kreativ kompetentsiya bilan yuqori korrelatsiya koeffitsienti (0.72) va motivatsiyaning (0.68) bu boradagi ahamiyatini tasdiqlaydi. Bu shuni anglatadiki, o'qituvchilarning o'z ishiga bo'lgan ijobiy munosabati va ichki motivatsiyasi ularning kreativ qobiliyatlarini oshirishda asosiy omil hisoblanadi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Gulomov, A. (2020). Kreativ Kompetentsiya: Nazariy va Amaliy Yondashuvlar. Toshkent: O'zbek Davlat Universiteti Nashriyoti.
2. Islomova, M. (2018). Texnologiya Fanini O'qitishda Innovatsion Metodlar. Samarqand: Samarkand State University Publishing.
3. Rahimov, B. (2019). Pedagogik Psixologiya Asoslari. Toshkent: O'zbekiston Pedagogika Universiteti Nashriyoti.
4. Nurmatov, D. (2021). O'yin Asosidagi O'qitish va Uning Ta'limdagi O'rni. Toshkent: Ta'lim NDTU.
5. Runco, M. A., & Jaeger, G. J. (2012). The Standard Definition of Creativity. Creativity Research Journal, 24(1), 92-96.
6. Guilford, J. P. (1950). Creativity. American Psychologist, 5(9), 444-454.
7. Avazov, G'. B. (2024). "Bo'lajak texnologiya fani o'qituvchilarini kasbiy faoliyatiga tayyorlashda kreativ kompetentligini rivojlantirish metodikasi."So'ngi ilmiy tadqiqotlar nazariyasi 7-jild 1-son respublika ilmiy-uslubiy jurnali
8. Avazov, G'. B. (2023). "Bo'lajak texnologiya fani o'tituvchilarining kreativ kompetentligi" "Innovative Academy RSC".
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
^Avazov G'oyibnazar Berdiyevich, texnologiya va geografiya kafedrasi o'qituvchisi, [Авазов Гейбназар Бердиевич, преподаватель кафедры технологии и географии], [G'oyibnazar B. Avazov, Lecturer at the Department of Technology and Geography]; manzil: O'zbekiston, Termiz tumani, «Yangiobod» MFY, At-Termiziy ko'chasi 1 A-uy Pochta index: 190111 [адрес: Узбекистан, Термезский район, МФУ «Янгиабад», улица Ат-Термизы 1 А-уй Почтовый индекс: 190111],], [address: Uzbekistan, Termez district, MFP «Yangiabad», At-Termizy street 1 A-uy Postal code: 190111].