Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
BO'LAJAK TASVIRIY SAN'AT O'QITUVCHILARINI O'QUVCHILARIDA BADIIY TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHGA AMALIY SAN'ATNING
O'RNI
Maqolada bo 'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarini o'quvchilarida badiiy tafakkurni shakllantirishda amaliy san'atning o'rni haqida gap boradi.
Tayanch so'zlar: badiiy tafakkur, shart-sharoit, shakli, tuzilish, hajm, shakl, kompozitsiya,ganchkorlik, kandakorlik, kashtado'zlikda, zardo'zlik, kulolchilik, zargarlik.
В статье рассматриваются роли прикладного искусства в формировании художественного мышления у учащихся будущих учителей изобразительного искусства.
Ключевые слова: художественное мышление, условия, форма, структура, размер, форма, композиция, украшения, резьба, вышивка, ювелирное дело, гончарное дело, украшения.
The article discusses the role of applied art in the formation of artistic thinking among students of future teachers of fine arts.
Keywords: artistic thinking, conditions, form, structure, size, form, composition, ornaments, carving, embroidery, jewelry, pottery, ornaments.
O'zbekiston xalqlarinimg tarixi, qadriyatlari, ilm-fan, madaniyat durdonalarini har tomonlama ilmiy o'rganish va taxlil gilish g'oyat muximdir.
O'zbekiston va umuman O'rta Osiyo xalqlarining bizgacha yetib kelgan san'at asarlari orasida naqshlar asosida yaratilgan badiiy asarlar alohida ko'p sonni tashkil etadi. Boshqa san'atlarga nisbatan bunday naqshli bezaklar ko'pligining va takomil to'ganligining muayan tarixiy sabablari bor. Ushbu tarixiy omil o'zbek milliy bezak san'atining gurkirab rivojlanishiga turtki bo'lganki, xozirda jaxonga mashhur mehmorchilik yodgorliklarimiz ulardagi ganchkorlik, koshinkorlik, naqqoshlik,
Qurbonova Barchinoy Mirzahamdamovna
Farg'ona Davlat Universiteti Tasviriy san'at kafedrasi mudiri, katta o'qituvchi qurbonovamirzahamdamovnabarchn@gmail.com
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
xattotlik,toshtaroshlik va boshqa turdagi sanatlarning ajoyib darajada uyg'unlashgan mujassamligidan iboratdir.
Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Toshkent, Qo'qon va boshqa shaharlardagi mehmorchilik va xalq amaliy bezak san'ati yodgorliklari o'tmish avlodlarimiz yaratgan barkamol takrorlanmas va tarixan bebaho san'at asarlarining nahmunalari bo'lib, xalqimizning va shu bilan birga jaxon madaniyatining durdonalaridan bo'lgan badiiy va madaniy merosni tashkil etadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Xalq amaliy bezak san'ati kishilarning mahnaviy olamini boyitadi, badiiy didini shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi. Shuning uchun ham o'zbek xalq amaliy san'ati kishilarni badiiy axloqiy, umuminsoniy tarbiyalab, ularning ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirishda hamda madaniy darajasini yuksaltirishda eng zarur manbalardan biri xisoblanadi.
Ma'lumki, mavjud barcha san'at turlari o'z o'quvchisiga, tinglovchisiga yoki tomoshabiniga o'tkazadigan badiiy, xissiy, ruhiy tahsiri orqali bilim beradi va tarbiyalaydi. SHu o'rinda amaliy bezak san'ati turlarining fazilatlari juda ham o'ziga xos bo'lib, ularni boshqa xech narsa bilan almashtirib bo'lmaydi. Ya'ni bunday san'at asarlari ayni chog'da ham badiiy, ham amaliy vazifalarni bajara olishi ularning xalq orasida keng tarqalishiga sabab bo'lgan.
Yaqin o'tmishda o'zbek amaliy bezak san'atining eng rivojlangan ganchkorlik, naqqoshlik, yog'och, tosh va suyak o'ymakorligi kandakorchilik, pichoqchilik, zargarlik, kashtachilik, zardo'stlik, gilamchilik, kigizchilik, savatchilik, bo'yrachilik kabi turlarining o'ziga xos bajarish texnologiyalari, haqiqiy milliy nomlari, ularga xos atamalar, bu san'atlarga xos maktablar, uslublar hamda shu sohalarda nom qozongan ustalarning xizmatlari unuta borilib, yo'qolib ketish xavfi ostida qolgan edi.
Bunday holat hozirgi kunda san'atkorlar, xalq ustalari, muallimlar va san'at havaskorlari oldiga amaliy bezak san'atini saqlab solish, ularni har tomonlama o'rganish va rivojlantirish, yosh avlodga san'at sir-asrorlarini o'rgatish orqali o'rinbosarlar tayyorlash, san'at asarlarini keng targ'ib qilish orqali jamoatchilikning estetik didini, madaniy darajasini yanada yuqori bosqichga ko'tarilishiga erishish vazifalarini qo'yadi.
O'tmishda ota-bobolarimiz qurgan muhtasham binolar hozirgi kungacha maftunkor jilvasini yo'qotmagan. Yuksak did bilan ishlangan naqshlar bizni hayratga solib kelmoqda.
Milliy naqshlarimiz g'oyatda boy mazmunga ega. Oddiy qosniq, lagan, quticha, sandiq, belanchak, cholg'u asboblari, uy-ro'zg'or buyumlaridan tortib turar joy va
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
jamoat binolarining devor hamda shiftlariga solingan naqshlar insonni hayratga soladi, uni o'ylantiradi. Bu go'zal naqshlar ajoyib naqqoshlar tomonidan yaratilgan bo'lib, asrlar davomida bunyod to'di, rivojlandi, mehmorchilik hamda tasviriy san'at rivoji bilan bog'langan holda takomillashib bordi.
Naqsh-arabcha tasvir, gul degan ma'noni anglatadi. Qush, hayvon, o'simlik, geometrik va boshqa elementlarni ma'lum tartibda takrorlanishidan hosil qilingan bezakdir. Ganchkorlik, kandakorlik, kashtado'zlikda, zardo'zlik, kulolchilik, zargarlik, gilam to'qish, to'qimachilik, panjaralar va hokazolarda har-xil yo'llar bilan naqshlar ishlanadi.
Arxitektura inshootlarini bezagi bilan bog'liq hunarmandchilikda ham naqshi kompozitsiyalari juda muhim rol o'ynaydi. Hunarmandchilikning ona shu turlari ganchkorlik, o'ymakorlik, naqqoshlikda xalq ustalari faqat foydali buyumlarni emas, balki shaharlar hamda qishloqlar turmushining bezagi bo'lmish badiiy asarlarni yaratadilar.
Bizning rivojlangan asrimizda odamlar o'z atrofida bir qoli'dagi ommaviy buyumlar emas, balki qo'lda yasalgan va o'zida tabiiylik hamda nafislikni mujassamlashtirgan dekorativ san'at predmetlari bo'lishini istaydi. Xalq orasida masalan, Xiva va Rishton naqshlari ishlangan idishlar laganlar Buxorolik, Samarqandlik, Toshkentlik ustalar oddiy naqsh kompozitsiyasi bilan bezagan, zarhal ipaklar bilan tikilgan milliy kiyimlar, do'ppilar ko'ylak va tuflilar keng tarqalgan.
Xalq san'ati asosan mehnatkash xalq, yahni kosib va hunarmandlar vujudga keltirgan. Hunarmandchilikning ayrim turlari ko'p asrlik tarixga va juda qadimiy anhanalariga ega.
O'tmishda badiiy naqsh mehmorchilik bilan chambarchast bog'liq bo'lgan. U ikki turga bo'linadi: yog'ochga va alg'bastr suvoq ustiga ishlanadigan nashqlar ilgari devorlar ('anno), shift va karnizlar naqshlangan. Bunday naqshlar tuxum va yelim aralashtirilgan suvli bo'yoqlar bilan ishlangan. Yorqin, sof rangli, bir-biiridan keskin ajraladigan bo'yoqlardan foydalanilgan. Hozir ham devorlarga ishlangan nashqlarda guldondagi ko'rkam guldasta, ekilgan majnuntol va hokazolar ko'proq ifodalanadi.
Naqqoshlik dekorativ-amaliy san'atning bir turi sifatida qadimdan o'zbek madaniyatining muhim elementi hisoblanadi. Ko'p asrlar mobaynida uning badiiy anhanalari vujudga keldi. Naqshlarda san'atning boshqa hamma turlaridan farqli ravishda avlodlarning chambarchas bog'liqligini, anhanalarning davomiyligini ko'rishi mumkin.
Ana shu davomiylik tufayli naqsh san'ati hozirgacha saqlanib qoldi. Naqshning eng yaxshi namunalari boy ijodiy fantaziya orqali birlashtirilgan shakllarning
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
maqsadga muvofiqligi va go'zalligi bilan farqlanadi. Bunda xalq ustalarining atrof-muhitga qarashlaridagi tafovut aks etadi. Naqshdagi chiziqlar o'yini musiqadagi ohang kabi, qo'shiq va ertak kabi "xalq hayotiy tajribasining katta umumlashmasidan" iborat bo'ladi.
So'nggi yillarda badiiy naqqoshlikka qiziqish kuchaydi va u tez tarqala boshladi. Yosh ustalarning ishlari shuhrat qozondi. Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Farg'ona, Qoqon, Andijon, Namangan, SHahrisabz va boshqa shahar hamda tumanlardagi turli kasblarda ishlaydigan kishilar bo'sh vaqtlarida naqsh bilan shug'ullanmoqdalar.
Usta naqqoshlarni go'zallik ustalari deb atalgan va haqiqatdan ham shunday. Badiiy naqqoshlik-ranglarning uyg'unligida va original kompozitsiyalarda go'zallik yaratish san'atidir. Naqqosh o'z ishida rangning tabiiy jilosidan, bejirim shakldan, material fakturasidan mohirlik bilan foydalanib yorqin ifodalilikka erishadi.
O'zbekistonning anhanaviy me'morchiligida naqqoshlik asosan shiftlarni: jimjimador araqilarni, saroy ustunlarini, masjidlar, maktablar, boylarning, uylari, yog'ochdan yasalgan buyumlarni bezashda qo'llangan.
Nozik o'simliksimon-geometrik naqshdagi o'zaro singishib ketgan novdalar, shoxlar va hashamatli tasvirlangan gullarning ritmik harakati, o'zbek ustalarining ishlaridagi islimiy va girih nashqlarining klassik motivlari shiftlarning shakliga moslangan.
Naqsh ko'proq intererlarni va yo'piq ayvon, peshayvonlarni bezagiga xizmat qilgan. Tekis devorlarni bezashda aniq sistema mavjud bo'lgan. Devorlarning vertikal (panel, devor yuzasi, araqi) va gorizontal (turli panno, tokcha, hogiya) yo'nalishlarda o'ziga xos tarzda qismlarga bo'linishi o'zbek anhanaviy binokorligining karkasli qurilishidan kelib chiqqan.
Ustalar mazkur sistemani buzmagan holda o'zaro ohista qo'shilib ketgan ajoyib medalhonlar, geometrik kataklar yoki gullagan shoxlar, turli guldastalar, gultuvakdagi gullar, daraxtlar, bahzan xatto peyzajlar bilan to'ldirilgan chiroyli baland pannolarning g'oyat xilma-xil naqsh kompozitsiyalarini yaratganlar. Shuningdek, ular turli ko'rinishdagi hoshiyalarni, uchburchakli o'yiqlardan iborat-ensiz, go'yo bir maromda yugurib ketayotgandek tuyuladigan o'simlik novdalaridan iborat enli hoshiya va hokazolarni ishlaganlar.
Mahalliy mehmorchilikning arxitektura konstruktsiyalariga va detallariga tarkibiy bog'langan naqshlar butun inshootga mukammallik va o'ziga xoslik baxsh etgan.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
REFERENCES
1. Artikov G'.A. "Materialshunoslik, rangtasvir texnika va texnologiyasi". O'quv qo'llanma. Toshkent "INFO CFPITAL GROUP" 2018 yil.
2. Artiqov G.A. "Rangtasvir texnikasi va ashyolar texnologiyasi", O'quv qo'llanma. "Sharq" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati. T.
3. Artiqov G'.A. "Rangtasvir texnikasi va ashyolar texnologiyasi" , O'quv qo'llanma. T., Sharq, 2007 y. 72 b. 4 nusxa.
4. O'zbekiston san'ati. T., "SHarq", 2001.
5. S.Bulatov. O'zbek xalq amaliy bezak san'ati. Toshkent, 1991
6. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.
7. Mirzahamdamovna, K. B., Erkinovna, A. N., & Jumadillaevich, S. R. (2021). USE OF INNOVATIVE EDUCATIONAL TECHNOLOGIES IN FINE ARTS CLASSES OF HIGHER EDUCATION INSTITUTIONS.
8. Sadikovna, S. G., Kurbonova, B., Akhmedova, N., & Sulaymanova, S. (2020). FUNDAMENTALS OF PROFESSIONALISM DEVELOPMENT ON THE EXAMPLE OF PRACTICAL EXERCISES ON FORMING THE SKILLS AND SKILLS OF FUTURE TEACHERS. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt/Egyptology, 77(6), 8894-8903.
9. Barchinoy, K., Sevarakhon, S., & Mukhammadkodir, Y. (2021). EFFECTIVE METHODS OF TEACHING FINE ARTS AND DRAWING AT SCHOOL.
10. Barchinoy, K. (2019). Problems of Improving Artistic Perception of Future Art Teachers. Cross-Cultural Communication, 15(4), 79-82.
11. Qurbonova, B. (2021). The history of visual art and it's importance in people life. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(2), 1558-1561.
12. Kakharovna, A. M., Tadjimatovich, Y. M., Rakhmatovich, S. O., & Mirzahamdamovna, Q. B. (2021). Modern Approaches to the Teaching of Fine Arts. Solid State Technology, 64(2), 4250-4254.
13. Nodirjon, M., Abdusalom, M., & Ozodbek, S. (2021). TECHNOLOGIES OF TEACHING FINE ARTS WITH MODERN METHODS.
14. Zulfiya, B., Rakhmonali, S., & Murodjon, K. (2021). A BRIEF HISTORY OF THE DEVELOPMENT AND TEACHING OF DRAWING SCIENCE IN UZBEKISTAN.
2007.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
VOLUME 2 | ISSUE 10/2 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
15. Nazokat, A., Ibrokhim, Y., & Makhpuzakhon, A. (2021). FACTORS OF DEVELOPMENT OF FINE ARTS.
16. Nazokat, A. (2021). Means of Ensuring the Integrity of the Image and Writing in the Performance of Visual Advertising.