Жамият ва инновациялар -Общество и инновации -Society and innovations
Journal home page: https://inscience.uz/index.php/socinov/index
Folk art is an example of painting
Azizbek RAKHIMOV1, Bakhtiyor UTABOEV2
Jizzakh State Pedagogical Institute named after A. Kodiry
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Article history:
Received March 2021 Received in revised form 20 March 2021 Accepted 15 April 2021 Available online 20 May 2021
Keywords: floral, geometric, pattern,
symbolic priority,
development,
manuscripts,
turquoise,
lojuvard,
aqiq,
nephrite.
This article shows the origin, crisis and rise of the art of painting, which is one of the folk arts, as well as its current place and level, and has been proven with the help of the necessary literature. It should be noted that the art of painting is a real art that has been polished for centuries since the creation of mankind, and most importantly, has survived to this day.
2181-1415/© 2021 in Science LLC.
This is an open access article under the Attribution 4.0 International (CC BY 4.0) license (https://creativecommons.org/licenses/by/4.0/deed.ru)
Xalq amaliy san'ati naqqoshlik misolida
ANNOTATSIYA
Kalit so'zlar: o'simliksimon, geometrik, naqsh,
ramziy ustuvorlik,
taraqqiyot,
qo'lyozmalar,
feruza,
lojuvard,
aqiq,
nefrit.
Mazkur maqolada xalq amaliy san'atlaridan biri bo'lgan naqqoshlik san'atining kelib chiqishi, inqiroz va yuksalish davri shu bilan bir qatorda hozirgi kundagi o'rni va darajasi ko'rsatib berilgan va kerakli adabiyotlar yordamida isbotlangan, ma'lumot o'rnida shuni aytib o'tish joizki, naqqoshlik san'ati insoniyat yaratilgandan buyon, asrlar davomida sayqallanib borayotgan, eng muhimi esa bugungi kungacha saqlanib qolgan haqiqiy san'at turidir.
1 Lecturer, Jizzakh State Pedagogical Institute named after A. Kodiry. Jizzakh, Uzbekistan.
2 Lecturer, Jizzakh State Pedagogical Institute named after A. Kodiry, Jizzakh, Uzbekistan.
Народное искусство - образец живописи
АННОТАЦИЯ
Ключевые слова:
растительный, геометрический,
В статье показано происхождение искусства живописи, одного из видов народного искусства, период кризиса и подъема, а также его нынешнее место и уровень, что было доказано с помощью необходимой литературы, отмечено, что искусство живописи - это настоящее искусство, которое шлифовалось веками с момента создания человечества, а главное, сохранилось до наших дней.
узор,
символический
приоритет,
развитие,
рукописи,
бирюза,
лазурит,
акик,
нефрит.
KIRISH
Qadimgi zamonlarda ham kishilik jamiyati yashayotgan manzillariga, devor-u toshlarga asosan ov jarayonlari, janglar, bayramlar, tantanali marosimlarning suratlarini chizishga harakat qilganlar.Masalan, Afrosiyob, Varaxsha, Bolaliktepa va boshqa obidalar qoldiqlarida shunga o'xshash turli xildagi chizmalarni toppish mumkin.Vaqtlar o'tgandan keyin esa diniy bilimlar va boshqa shunga o'xshash voqea hodisalar ro'y bergandan keyin tirik mavjudotning suratlarini chizish man etilib qo'yildi. Balki shu sababli ham tasviriy san'at o'rnini sekin sekin o'simliksimon hamda geometrik naqshli bezaklaregallay boshladi. Har xil turdagi rangdagi, o'simliksimon va geometrik naqshlarda aqilli va izlanuvchan rassomlar har xil ramziy belgilar yaratishdi va ularga ko'plab sirlarni berkita boshlashdi. Chizilgan tasvirlangan naqshlarda ramziylik ustivorlik darajasiga chiqdi. Ota-bobolarimiz qadimiy obidalarni nafis naqshlar bilan bezar ekanlar, zavq olish bilan bir qatorda ular orqali o'z orzu-umidlarini, muhabbatlarini, tilaklarini kuylaganlar. Naqqosh ota-bobolarimiz inson ruhiyatini juda chuqur va har taraflama o'rganib chiqb, uylarni ajoyib naqshlar bilan boyitganlar. Naqshlangan uyda kishilar xotirjam, ruhiy osoyishtalik og'ushida bo'lishi, uzoq umr ko'rishini donishmand bobolar asrlar davomida hayotiy tajribalar asosida isbotlab berganlar. Keksa ustalarimizning aytishlaricha, qadimda naqqoshlik san'ati shunchalik rivojlangan ekanki, ular chizgan yoki bo'yagan naqshlari orqali bir-birlari bilan ovozsiz gaplashganlar. Bu esa ularni o'z kasblarining qay darajada mohir va mehrli bo'lganligining yorqin dalilidir. Alisher Navoiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Al-Xorazmiy, Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Deh-laviy, Kamoliddin Behzod, Maoniy, Firdavsiy, Umar Xay-yom, Bobur kabi jahonga mashhur olim, shoir va naqqoshlar binolarimizni kishilar xayolini o'ziga tortuvchi, tabiatning go'zal manzaralariga monand naqshlar bilan bezashga chaqirganlar. Kishilarni go'zallik bilan yaqin do'st, birodar bo'lishga undaganlar. Arab imlosi, g'azal, bitiklar, naqshlar, me'moriy obidalar, tasviriy san'atning islimiy-tilsimiy turlari eshitish va ko'rish a'zolarimiz orqali ruhimizga hissiy qu-vonch olib keladi. Islom madaniyati ijod dasturida fikr va narsalarning shakl yaxlitligi ramziy-tilsimiy mazmun qobig'iga o'ralgan.
ADABIYOTLAR NAZARIYASI
Temuriylar davri ya'ni XlV-XV-asrlarda amaliy bezak san'atining yuksak taraqqiyotTopgan davri hisoblanadi. Chunki mahalliy an'analar bilan birgalikda amaliy bezak san'ati ya'ni naqqoshlik O'rta Sharq badiiy yutuqlariga ham asos solgan. Izlanishlar esa asosan bezak naqshlar sohasida bo'lgan. Bezakda o'simlik va gul mavzulari, "girih"
handasaviy naqshlari, yozuvli namoyonlar yetakchilik qilgan. Yog'och ustunlar va eshiklarning naqsh mujassamoti maydon, belboq, hoshiya kabilarga mutanosib bo'linib, o'yma gular - egiluvchi novdalar va gulli butalar bilan bezatildi. Marmar qabrtoshlari egiluvchan butalar o'ramidagi o'ta nafis yozuvlar bilan qoplandi. "Girih" ko'rinishidagi handasaviy naqshlar yog'ochlardan yig'ilgan sag'analar, yog'och va marmar panjaralarda mahorat bilan ishlandgan. Mazkur asr kulolchiligida ko'm-ko'k tusdagi Xitoy chinnisi ta'sirida yangi bezash usuli shakllandi, ko'proq oq-ko'k sir ishlandi. Tanga, glaptika, metall o'ymakorligida husnixat hukmronlik qilgan. Kulollikda rangli va bir rangda ishlangan bo'yama naqshlar saqlanib qolgan qat'iy sovuq rangli moviy zaminga qora naqsh, oq zaminga ko'k naqshlar ishlangan. Koshindagi bezak chiziqlarining mayin va o'quvchanligi bilan farq qiluvchi nafis ko'k-yashil bo'yama naqshlar bilan hamohang bo'lgan bilinar-bilinmas bo'rtma gulli chiroyli idishlar yaratilishi ustalarning katta yutug'i bo'ldi. Naqshlarda o'simlik, hayvon va osmon jismlari mavzu uyg'unlashgan.
NAZARIYA NATIJASI
Amaliy san'atga bu qadar chuqur falsafiy yondashish natijasida shartlilik, stilizatsiya - ramziylikka asoslangan badiiy bezak asarlari yaratish kuchayib ketdi. Ushbu tarixiy omil o'zbek milliy bezak san'atining gurkirab rivojlanishiga turtki bo'lgan va hozirda jahonga mashhur me'morchilik yodgorliklarimiz ulardagi ganchkorlik, koshinkorlik, naqqoshlik, xattotlik, toshtaroshlik va boshia turdagi san'atlarning ajoyib darajada uyg'unligidan va mujassamligidan dalolatdir. Xali hamon amaliy bezak san'ati kishilarning ma'naviy olamini boyitadi, badiiy didini shakllantiradi, ruhiyatini tarbiyalaydi. Shuning uchun ham o'zbek xali amaliy san'ati kishilarni badiiy, umuminsoniy tarbiyalab, ularning ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirishda, hamda madaniy darajasini oshirishda eng zarur manbalardan biri hisoblanadi.
Yaqin o'tmishda o'zbek amaliy bezak san'atining eng rivojlangan naqqoshlik, ganchkorlik, tosh va suyak o'ymakorligi, kandakorlik, pichoqchilik, bo'yrachilik,zargarlik, kashtachilik, zardo'zlik, gilamdo'zlik, kigizchilik, savatchilik kabi turlarining o'ziga xos bajarish texnologiyalari, haiiiiy milliy nomlari, ularga xos atamalar, bu san'atlarga xos maktablar, uslublar hamda shu sohalarda nom qozongan ustalarning xizmatlari butun jahonga dong'i ketgan. O'rta Osiyo naqqoshlik san'ati iadimdan dunyoga mashhur. O'tmishda ota-bobolarimiz qurgan muhtasham binolar hozirgi kungacha maftunkor jilvasini yo'qotmagan. Yuksak did bilan ishlangan naqshlar hozirgacha bizni hayratga solib kelmoqda. Naqsh arabcha tasvir, gul degan ma'noni bildirib, u qush, hayvonot, o'simlik dunyosi, geometrik va boshia turli shakllarning ma'lum tartibda takrorlanishidan hosil qilingan bezak.
XULOSA
Mustaqillik yillarida,ayniqsa so'ngi besh yil ichida san'at sohasida ulkan o'zgarishlar sodir bo'ldi. Yangidan yangi imkoniyatlar eshigi O'zbekiston yoshlari uchun,san'at ahli uchun, xususan tasviriy san'at va naqqoshlik sohasida faoliyat olib borayotgan jonkuyar fidokor yoshlarga,qolaversa ularning ustozlariga katta qilib ochib qo'yilmoqda. Misol uchun maktabda va maktabgacha ta'lim muassasalarida mehnat, texnologiya, tasviriysan'at fanlari chuqur o'rgatilmoqda, bundan tashqari qo'shimcha darslar tashkil etilyapti bularning barchasi san'atga, qaratilayotgan e'tibor natijasidir. Yuqorida bayon etilgan fikrlardan xulosa shuki, talabalarga boshlangMch sinflardan boshlab, Texnologiya va dizayin mashg'ulotlarini ham amaliy, ham ilmiy-nazariy jihatdan yaxshi o'qitilishi shart.
iMlSf 1РПГР
Uli lv"'" Жамият ва инновациялар - Общество и инновации - Society and innovations
Special Issue - 4 (2021) / ISSN 2181-1415
O'tmishga boqsak ham, qadimda buyuk naqqoshlik san'atning ilmiy asoslarini qo'llash natijasida, katta yutuqlarga erishilgan. Bularni talabalarga o'qitishda didaktiv prinsiplarning asosiysi hisoblangan - ilmiylik prinsipi yetakchi o'rin egallaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RCYXATI:
1. Ремпел Л.И. Панджара Т.: Государственное издательство художественной литературы P.Sh. Ферганская роспись. - Т.: Гос.изд.худ.лит. Узбекистана. 1960
2. Ремпел Л.И Архитектурный орнамент Узбекистана. Косимов С.С.- Т.: 1982.
3. Abdul^v N. San'at tarixi. 1-Т - Т.: "O'qituvchi" 1986.
4. Mirzaaxmеdov M. Matеriallarga badiiy ishlov bеrish. - Т.: "O'qituvchi" 1986.
5. Azimov I. O'zbеkiston nasshu nigorlari. - Т.: Q. Qulom nomidagi "Adabiyot va san'at" nashriyoti, 1987.
6. Sosimov S.S. Naqqoshlik - Т.: "O'qituvchi" 1990.
7. Manakova V.N. о^Ьек xonadonining badiiy bеzash madaniyati. - Т.: Q. Qulom nomidagi "Adabiyot va san'at" nashriyoti, 1989.
8. Bulatov S.S. О^Ьек xalq amaliy bеzak san'ati. - Т.: "Mеhnat", 1991.
9. Bulatov S.S., Ashurova M.O. Amaliy san'at sissacha lu^ati. - Т.: Qomuslar bosh taqririyati. 1992.
10. Abdul^v N. San'at tarixi. 2Т - Т.: "San'at" 2001.
11. Bositxonov Z. Xandasiy Naqsh (girix)larning есЫткп. - Т.: "Ochiq Jamiyat Instituti Ko'mak Jamqarmasining О^ек Vakolatxonasi", 2002.