Turopova M. E.
Xalqaro innovatsion universiteti o 'qituvchisi
BO'LAJAK BOSHLANG'ICH SINF O'QITUVCHILARINI IJODIY FAOLIYATNI TASHKIL ETISHGA TAYYORLASH
Annotatsiya: maqolada bo 'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining ijodiy faoliyatni tashkil etishga tayyorlashda yuzaga keluvchi mavjud qiyinchilik va muammolar, pedagog shaxsining o'ziga xosliklari bilan bog'liqlikda duch keladigan qiyinchiliklar, o 'qituvchi faoliyatida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish strategiyalari haqida so 'z yuritilgan.
Kalit so'zlar: ijod, ijodkorlik, ijodiy, kasbiy faoliyat, kasbiy rivojlanish, psixologik muhofaza, kasbiy deformatsiya.
Turopova M. E.
International University of innovation lecturer
PREPARATION OF FUTURE ELEMENTARY SCHOOL TEACHERS FOR THE ORGANIZATION OF CREATIVE ACTIVITIES
Abstract: the article describes the existing difficulties and problems in the preparation of future primary school teachers for the organization of creative activities, the difficulties encountered in connection with the characteristics of the pedagogue's personality, strategies for overcoming the difficulties that arise in the teacher's work spoken.
Key words: creativity, creativity, creative, professional activity, professional development, psychological protection, professional deformation.
Yosh avlodni ma'naviy-axloqiy va estetik tarbiyalashda xalqning milliy tarbiya usullari, qadriyat va an'analari, buyuk mutafakkirlarning jahon tamadduniga qo'shgan munosib ulushlari, boy ma'naviy merosidan unumli foydalanish, albatta, o'zining ijobiy natijasini beradi. Binobarin, tarbiya tushunchasi zamirida "tarbiyalanuvchining ongi (ijtimoiy xarakterdagi amaliy faoliyatga ruhlantiruvchi hissiy va aqliy sohalariga) hamda fe'l-atvoriga shaxsni rivojlantirishga zarur shart-sharoitlarni ta'minlovchi muayyan yo'l-yo'riq, tushuncha, tamoyil, qadriyatli yo'nalishni shakllantirish maqsadida ta'sir ko'rsatish" [1; 21-b.] g'oyasi yotadi.
Shaxs kamolotida ta'lim-tarbiya muassasalari, oila va mahalla, ommaviy axborot vositalari, internet tizimi hamda keng jamoatchilikning targ'ibot-tashviqot ishlari muhim o'rin tutadi. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining jamoaviy ijodiy faoliyatini tashkil etishda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, yuksak e'tiqod ruhida tarbiyalashning muhim omili sifatida falsafa, psixologiya, pedagogika, tarix, til va adabiyot fanlari uyg'unligiga tayaniladi.
'^KOHOMHKa h соцнумм №12(127)-1 2024
www.iupr.ru
491
Milliy tarbiyashunoslikdagi ilg'or tajribalar boshlang'ich sinf o'qituvchilarini ijtimoiy jamiyatning faol ishtirokchilariga aylantirishga keng imkoniyatlar yaratadi. Bunda "odamzodga xos eng yuksak ma'naviy va jismoniy barkamollikni mujassam etgan", "yangilanayotgan jamiyatimizda sog'lom avlodni tarbiyalash", "erkin fuqaro ma'naviyatini shakllantirish", "ma'naviy-ma'rifiy ishlarni yuksak darajaga ko'tarish orqali barkamol insonlarni voyaga yetkazish" [2; 56-b.] maqsadiga erishish tarbiya metodikasining tub mohiyatini tashkil etadi.
Ma'naviy yetuk va barkamol yoshlar tarbiyasiga qaratilgan davlat siyosati ma'naviy-axloqiy tarbiya usullariga chambarchas bog'liq bo'lib, bu jarayon uzluksiz ta'lim tizimining barcha bo'g'inlarida, xususan, oliy ta'lim tizimida talabalarning mustaqil tafakkuri, ijodkorligi va intellektual salohiyatini oshirishga uzviylikda amalga oshiriladi. Bu borada Yurtboshimiz Sh.M.Mirziyoyevning quyidagi fikrlari e'tiborga loyiq: "Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohot va o'zgarishlar, keng ko'lamli dasturlar yagona va ulug' bir maqsadga qaratilgan. U ham bo'lsa, farzandlarimizni har tomonlama yetuk va barkamol etib tarbiyalashdan iborat" [3; 412-b.].
Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining ijodiy faoliyatini tashkil etish haqida so'z ketganda, ijodkorlikning o'zi nima ekanligini aniqlash, so'ng ijodiy faoliyatni tashkillashtirish mezonini tanlash maqsadga muvofiq.
"Ijodkorlik" tushunchasi ko'pgina fanlarning tahliliy asosi sanaladi. Uning ma'nolarini aniqlashda ushbu qobiliyatning serqirra ekanligi muhim o'rin tutadi. Tushuncha o'zida "ijodiy munosabat", "ijodiy faoliyat", "ijodiy mehnat", "ijodkor shaxs", "ijodiy o'ziga xoslik" kabi ma'nolarni mujassam etadi.
XIX asr oxirida ko'pgina faylasuflar tomonidan ijodkorlik tushunchasiga oid qarashlar ilgari surilgan bo'lib, har birida o'ziga xos individuallik va tafakkurning turfaligi sezilib turadi. Binobarin, ijodkorlik "ijtimoiy ahamiyatga ega yangi moddiy va ma'naviy qadriyatlarni yaratuvchi inson faoliyatidir"
"Ijodkorlik - bu qarama-qarshiliklarni bartaraf qilishga yo'naltirilgan inson faoliyati ko'rinishlaridan biri bo'lib, uning uchun ob'ektiv (ijtimoiy, axloqiy) va sub'ektiv shaxsiy shart-sharoit (bilim, ko'nikma, ijodiy qobiliyat) kabilar zarur, uning natijasi yangilik va taraqqiyparvarlik kasb etadi (4; 53- b.).
"Ijodkorlik - bu faoliyat bo'lib, yangi moddiy va ma'naviy qadriyatlarning yuzaga kelishi uning natijasi hisoblanadi"
Insoniyat ijodiyotning sub'ekti sifatida o'zini anglashi ijodkorlik muammosi va tushunchalarini ko'rib chiqishning yangi yo'nalishlarini belgiladi. Faylasuflar inson ijodiy faoliyatining mohiyatini, gnoseologik va umummetodologik xususiyatlari muammolarini o'rganadilar. Shunga ko'ra, XX asr mahalliy falsafasida "IJODKOR ODAM" muammosini hal qilishga urinish maqsadi yetakchilik qilgan.
Ijodiy pedagogik faoliyatning keyingi mohiyatli tavsifi uchun "kreativlik" -ijodkorlik tushunchasiga murojaat qilish zarur, bu esa ko'rib chiqilayotgan kategoriyaning markaziy havolasi sanaladi.
"Экономика и социум" №12(127)-1 2024
www.iupr.ru
492
Kreativlik nazariyasini ishlab chiquvchilardan biri Ye.P.Torrens bo'lib, u kreativlikni muammolarga, bilimning yetishmasligi, ularning hamohang emasligi, nomuvofiqligiga nisbatan ta'sirchanlikning paydo bo'lish jarayoni sifatida belgilaydi;
Dj.Gilford o'zining modeli asosida kreativlikning to'rt omilini ajratib ko'rsatadi: o'ziga xoslik, semantik moslashuvchanlik, obrazli moslashuvchanlik va semantik o'z-o'zidan yuzaga keladigan moslashuvchanlik bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining ijodiy faoliyatini tashkil etishga doir metodik ta'minotning yetarli emasligi;
- ta'lim jarayonida talabalarni ijodiy faoliyatga yo'naltirish bilan bir qatorda kommunikativ kompetentliligini rivojlantirish hamda sohaga oid yangiliklarni o'zlashtirishga qaratilgan seminar-trening va master klasslarni o'tkazishga ahamiyat berilmayotganligi;
- ijodkorlikka oid topshiriq va mashqlarni bajarishda axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, elektron ta'lim resurslarini yaratish bo'yicha bilim, ko'nikma va malakalarni shakllantirishga e'tibor qaratilmayotganligi va h.k.
V.I.Zagvyazinskiyning "O'qituvchining pedagogik ijodkorligi" kitobida ijodiy faoliyatga "yangi pedagogika tizimini yaratish, noma'lum qonuniyatlarni ochish, yangi g'oyalar, usul, vositalar; yangilik yaratish, insonning ichki mohiyati asosidagi kuchlarini uyg'otish orqali ijod qilish" ta'rifi beriladi. Olim tomondan pedagog ijodiyotining quyidagi farqli jihatlari ajratib ko'rsatiladi:
1. Vaqt jihatidan qat'iy belgilangan va chegaralangan. Agar darsda kutilmagan holat ro'y bersa, o'qituvchi qisqa muddat ichida yangi qaror qabul qilishi shart.
2. Pedagogik ijodiyot o'quv-tarbiyaviy jarayon bilan yaxlit tutash bo'lganligi sababli u har doim ijobiy natijalarga olib kelishi lozim. Salbiylari esa faqat xayoliy sinov va taxminlardagina bo'lishi mumkin.
3. Pedagogik ijodkorlik doimo hamkorlikdagi ijodiy ishdir.
4. Ijodiyotning sezilarli qismi odamlar oldida ommaviy tarzda (o'zining ruhiy holatini boshqara olish ko'nikmasi) amalga oshiriladi.
Boshlang'ich sinf o'qituvchisining ijodiy faoliyatida yuzaga keluvchi qiyinchilik va muammolarning ob'ektiv shart-sharoitlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
a) yetarli metodik ta'minotga ega bo'lmaslik;
b) faoliyatini baholashdagi yuzakilik;
v) ikkinchi darajali vazifalarga jalb etilishi.
Quyidagilar pedagog shaxsining o'ziga xosliklari bilan bog'liqlikda yuzaga keladigan qiyinchiliklar qatorini tashkil qiladi:
- pedagogik faoliyatni amalga oshirishda ichki kuch va imkoniyatlarning yetarli emasligi;
- faoliyatini sohadagi islohotlarga uzviylik holda o'zgartirishga imkon bermaydigan o'z-o'zini yo'naltirish mexanizmining buzilishi;
мЭкономнка h ^uyM" №12(127)-1 2024
www.iupr.ru
493
- salbiy psixologik holatlar (ishonchsizlik, asabiylik, qo'rquv, o'z faoliyatidan qoniqmaslik va boshqalar).
O'qituvchi faoliyatida yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish quyidagi strategiyalarga asoslanishni talab etadi:
1) kasbiy rivojlanish (konstruktiv strategiya);
2) psixologik muhofaza (himoya strategiyasi);
3) kasbiy deformatsiya (destruktiv strategiya).
Mahoratli pedagoglar uchun qiyinchiliklar innovatsiya to'siqlarini yengib o'tish bilan chambarchas bog'liq. Pedagogik faoliyatda duch kelinadigan to'siqlar ko'pincha pedagog faoliyatini chegaralab qo'yish ko'rinishida namoyon bo'ladi. Mazkur tipologiya bilan bog'liqlikda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni hal etishda birdan ortiq strategiyalarni qo'llash maqsadga muvofiq. Masalan, yosh o'qituvchilar faoliyatida yuzaga keladigan qiyinchiliklar, avvalo, kasbiy rivojlanishini bosqichmabosqich takomillashtirib borish, kasbiy faoliyat bilan bog'liq muammoli vaziyatlarni hal etishda ularni psixologik qo'llab-quvvatlash, o'z-o'ziga ishonch, mas'uliyat hissini qaror toptirish hamda o'zgaruvchan vaziyatlarda muvafaqqiyatli harakatlana olish strategiyalarini talab etadi.
Tadqiqot davomida ijodkor pedagog qanday bo'lishi kerak degan nuqtai nazarlar umumlashtirib, pedagogik faoliyat ko'pgina amaliy muammolarni ijodiy hal qilish, ya'ni ta'lim jarayonini oldindan ko'ra bilish, uni loyihalashtirish va tashkillashtirish, o'quvchilarga tashxis qo'ya olish hamda ularning rivojlanishini yaxshilash talabidir degan xulosaga kelindi. Buning uchun o'qituvchidan kasbiga xos mahorat qirralari: mustaqillik, kasbiy sezgirlik va empatiyaga ega bo'lish, tanqidiy fikrlay olish, muammoni his qilish, murakkab vaziyatlarni oldindan taxmin qilish, individual ijodiy uslubini yaratishga intilish va o'z-o'zini rivojlantirish sifatlari talab etiladi. Bir so'z bilan aytganda, ijodkorlikka qandaydir sifatli yangilikni vujudga keltiruvchi faoliyat sifatida qaraladi.
Shaxsda ijodiy faollik ko'nikmasining orttirilib borilishi ular tomonidan amalga oshiriladigan faoliyat turlarida aks etadi. Faoliyat bu - "biror sohada olib boriladigan ish, mashg'ulot, harakat"
Nazarimizda, jamoaviy ijodiy faoliyatni tashkil etishga tayyorlash tizimi uzluksiz jarayon bo'lib, u o'zida talaba shaxsidagi intilish, qiziqish, moyilliklarni o'qituvchining qo'llab-quvvatlashi, yo'naltirishi, iqtidori va qobiliyatlarining namoyon bo'lishiga imkon beruvchi chora-tadbirlarga asoslanishni taqozo etadi.
Ijodiy fikrlash ijodiy faoliyatga yo'naltiruvchi bosh mezondir. Talabalarda ijodiy fikrlashni rivojlantirishning asosiy komponentlarini tadqiq qilgan G.Ergashevaning qayd etishicha, "jamoadagi ma'naviypsixologik iqlim ijodiy muhit yaratishga yo'naltirilgan bo'lishi, ijodga salbiy ta'sir ko'rsatadigan omillarni baratarf etishi lozim. Qulay psixologik muhit quyidagilar bilan tavsiflanadi: barcha talabalarda ijodiy jarayonning ortishi, stereotiplarning erkinligi, muhokamalarning noqulay bo'lmasligi, tashabbusi va mustaqilligi, ijodiy kasbiy faoliyatga qiziqish va tayyorligi"
'^KOHOMHKa h ^HyM" №12(127)-1 2024
www.iupr.ru
494
Albatta, bu jihatlarga e'tibor qaratishda talabalardagi yaqqol ko'zga tashlanadigan xususiyatlarga asoslanish, individual imkoniyatlarini ko'zda tutish va rag'batlantirish zarur. Bizningcha, jamoaviy ijodiy faoliyatni tashkil etishga tayyorlashda talabalar o'rtasida sog'lom raqobat muhitini yaratish, musobaqalashish, kuch sinashish imkoniyatini berish ularda ijodiy g'oyalarni qo'llab-quvvatlashga motivatsiya uyg'otadi.
Ijodkorlik natijasi faqat qandaydir mahsulotni yaratishda emas, balki ijodkor sub'ektining o'zini rivojlantirishida, ya'ni insoniyat faoliyati shakllarida amalga oshiriladigan taraqqiyotida namoyon bo'ladi. Ijodiy rivojlanish barcha taraqqiyot kabi ikki ko'rinishdagi elementni qamrab oladi: reproduktiv (mavjud narsani qaytadan tiklash) va ijodiy (ilgariga qarab intilish imkonini beruvchi yangilik). Ijodiy harakat muammoning yuzaga kelishi, hal qilishga tayyorgarlik, g'oyaning paydo bo'lishi, va nihoyat, uni mujassamlashtirish kabi bir necha bosqichlarga bo'linadi.
Fikrimizcha, o'qituvchi ijodkorligining asosi bo'lib kasbiga nisbatan qiziqishi, manfaatdorligini ifodalovchi ichki motivatsiyasi, iroda sohasining rivojlanganligi va tubdan o'zgargan faoliyatga intilishi hisoblanadi. Demak, bo'lajak o'qituvchining jamoaviy ijodiy faoliyatini tashkillashtirishda uning qiziqishlari yo'lidagi xatti-harakatlarini qo'llab-quvvatlash, talabalar oldiga aniq maqsad va vazifalarni qo'yish hamda ijodiy faoliyatga faol jalb etish maqsadga muvofiq bo'ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Abduqodirov A.A., Pardaev A.X. Masofali o'qitish nazariyasi va amaliyoti. Monografiya. - T.: Fan, 2009.
2. Mirziyoyev Sh. Milliy taraqqiyot yo'limizni qat'iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko'taramiz (1-jild). - T.: "O'zbekiston" NMIU, 2017.
3. Filosofskiy slovar [Tekst]/ pod red. I.T.Frolova. - 6-ye izd., pererab. i dop. - M.: Politizdat, 1991.
4. Педагогика: педагогические теории, системы, технологии [Текст]: учеб. для студ. высш. и сред, пед. учеб. заведений / С.А.Смирнов, И.Б.Котова, Е.П.Шиянов [и др.]; под ред. С.А.Смирнова. - 4-е изд., испр. - М.: Изд. сентр «Академия», 2000.
5. Загвязинский, В.И. Педагогическое творчество учителя [Текст]: пособие для студ. высш. учеб. заведений / В.И.Загвязинский. - М.: Педагогика, 1987.
6. Ergasheva G. Talabalarda ijodiy fikrlashni rivojlantirishning asosiy komponentlari // Xalq ta'limi. - T.: 2017.
"Экономика и социум" №12(127)-1 2024
www.iupr.ru
495