INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Original paper
© H.A. Saipova1H, X.I. Obidova2H_
12Farg'ona davlat universiteti, Farg'ona, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: maqolada bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisi kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayonida yuzaga keladigan muammolar va ularga yechimlar tahlil qilinadi. Hozirgi ta'lim tizimida kasbiy kompetentlikni shakllantirishning ahamiyati va uning ta'lim jarayoniga qo'shgan hissasi ko'rib chiqiladi.
MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi - bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisining kasbiy kompetentligini rivojlantirishda pedagogik, psixologik va metodik yondashuvlar orqali samaradorlikni oshirish va bo'lajak o'qituvchilarni amaliy ko'nikmalarga tayyorlashda innovatsion texnologiyalardan foydalanishning afzalliklarini aniqlashdir.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini rivojlantirishga oid ilmiy adabiyotlar va pedagogik metodlar tahlil qilindi. Kasbiy kompetentlikni shakllantirishga qaratilgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodologiyalar ko'rib chiqildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: natijalar bo'yicha bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarining kasbiy kompetentlik darajasi, pedagogik va psixologik bilimlarni egallashda, shuningdek, metodik ko'nikmalarni rivojlantirishda sezilarli darajada oshganini ko'rsatdi.
XULOSA: tadqiqot natijalari bo'yajak boshlang'ich sinf o'qituvchisini kasbiy kompetentligini rivojlantirish jarayonida pedagogik yondashuvlarni qo'llash o'quv jarayonini yanada samarali va amaliyotga yaqinlashtirishi mumkinligini tasdiqladi.
Kalit so'zlar: kasbiy kompetentlik, pedagogik kompetensiya, psixologik bilim, metodik ko'nikmalar, innovatsion o'qitish, zamonaviy texnologiyalar.
ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ У БУДУЩЕГО УЧИТЕЛЯ НАЧАЛЬНЫХ КЛАССОВ_
© Х.А. Саипова1И, Х.И. Обидова2И
^Ферганский государственный университет, Фергана, Узбекистан_
Аннотация
Iqtibos uchun: Saipova H.A., Obidova X.I. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisidagi kasbiy kompetentlikni rivojlantirishning o'ziga xos xususiyatlari. // Inter education & global study. 2024. №10(1). B.289-295.
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №10(1)
Nmiy-nazariyvametodikjurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ВВЕДЕНИЕ: I в статье рассматриваются вопросы формирования профессиональной компетентности будущего учителя начальных классов в контексте современных требований образования и социальной динамики. Обсуждается влияние внешних факторов, таких как развитие технологий и изменение общества, на подготовку будущих педагогов.
ЦЕЛЬ: основная цель исследования — выявить особенности формирования профессиональной компетентности будущего учителя начальных классов и определить ключевые подходы и методы для эффективного развития данной компетенции.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании проведен анализ научных работ, посвященных развитию профессиональной компетентности в педагогике, а также рассмотрены методические подходы и педагогические технологии, направленные на повышение профессионального уровня будущих учителей начальных классов.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты показали, что эффективное развитие профессиональной компетентности будущих учителей начальных классов зависит от интеграции теоретических и практических знаний, а также психолого-педагогических навыков, необходимых для успешной работы в образовательной среде.
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: результаты исследования подтвердили, что успешное формирование профессиональной компетентности будущих учителей начальных классов требует комплексного подхода, включающего как теоретическую подготовку, так и развитие практических навыков в реальных педагогических условиях.
Ключевые слова: профессиональная компетентность, педагогическая подготовка, будущий учитель, психологические знания, педагогические навыки, методика преподавания.
Для цитирования: Саипова Х.А., Обидова Х.И. Особенности формирования профессиональной компетентности будущего учителя начальных классов. // Inter education & global study. 2024. №10(1). С.289-295.
FEATURES OF THE DEVELOPMENT OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF A FUTURE PRIMARY SCHOOL TEACHER_
© Hilola A. Saipova1®, Xurshida I. Obidova2®
12 Fergana state university, Fergana, Uzbekistan_
Annotation
INTRODUCTION: the article discusses the issues related to the formation of professional competence in future primary school teachers, addressing current educational requirements and societal changes. The influence of external factors, such
©intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 10(1)
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
as technological advancement and societal development, on teacher preparation is also considered.
AIM: the main objective of the study is to identify the unique aspects of the development of professional competence in future primary school teachers and determine key approaches and methods for effectively developing this competence.
MATERIALS AND METHODS: the study involved an analysis of scientific literature related to the development of professional competence in pedagogy, along with a review of methodological approaches and educational technologies aimed at enhancing the professional competence of future primary school teachers.
DISCUSSION AND RESULTS: the results revealed that the effective development of professional competence in future primary school teachers is dependent on integrating both theoretical knowledge and practical pedagogical skills, which are essential for success in the educational environment.
CONCLUSION: the results of the study confirm that successful development of professional competence in future primary school teachers requires a comprehensive approach that includes both theoretical preparation and practical skill development in real pedagogical settings.
Key words: professional competence, teacher preparation, future teacher, psychological knowledge, pedagogical skills, teaching methodology.
Hozirgi vaqtda ta'limni modernizatsiyalash jarayonlarini amalga oshirish o'qituvchilarning kasbiy, shaxsiy va ijodiy salohiyatini yangilashni taqozo etmoqda. Bunga sabab jadallik bilan rivojlanib, yangilanib borayotgan axborot asrida ma'lumotlarning tez eskirishi, ishchi kuchini texnika bilan o'rin almashinishi, sun'iy intellektning insonlar vazifasini bir qismini bajargan holda o'z ustida ishlamaydigan xodimga o'rin qoldirmayotgani va inson tomonidan bajarilayotgan ko'p ishlarni kompyuterlashtirilayotganini misol qilib keltirishimiz mumkin. Zamonaviy jamiyatda ro'y berayotgan tub o'zgarishlar, uning yuqori rivojlanish dinamikasi, ijtimoiy ishlab chiqarishni texnik jihatdan qayta jihozlash, tubdan yangi texnikalarni joriy etish, ta'limni rivojlantirishga qodir bo'lgan faol va ijodiy shaxsni tarbiyalash zarurati bilan to'qnashadi. O'zini o'zi rivojlantirish, tarbiyalash, yangi ma'lmotlarni mustaqil ravishda idrok etish va baholash, qarorlar qabul qilish, yangi professional g'oyalarni yaratish bo'lajak o'qituvchilarning kasbi va shaxsi oldida turgan muhim vazifasidir. Ana shunday insongina jamiyatni taraqqiyotning yangi chegaralari sari yetaklay oladi.
Davlat ta'lim standartlarida bo'lajak pedagogning mutaxassislik (kasbiy) kompetensiyasi mavjud bo'lib, u o'qituvchining asosiy tashkil etuvchisi hisoblanadi. Hozirgi vaqtda u juda kam o'rganilayotgan muammolardan biridir. Ana shunday
For citation: Hilola A. Saipova, Xurshida I. Obidova (2024). 'The specific features of the development of professional competence in future primary school teacher.' // Inter education & global study. (10(1)), pp.289-295. (In Uzbek).
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
masalalardan biri bu bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarida kasbiy kompetensiyalarni riviojlantirishga kompetentli yondashuvni aniqlash va DTS ning asosiy qoidalariga munosib holatda uning tuzilmaviy modelini ishlab chiqishdan iborat. Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisining kasbiy kompetentligini aniqlash ushbu tushunchani o'rganishga bag'ishlangan ba'zi bir tadqiqotlarga e'tiborni qaratamiz. Kasbiy kompetensiya pedagogik muammo sifatida o'rganilgan tadqiqotlarda asosan, o'qituvchining xususiyatlari tahlil qilingan.
V.I. Baydenko "kasbiy kompetentlik" tushunchasini quyidagicha tavsiflagan: o'z mutaxassisligi bo'yicha faoliyat yuritish uchun zarur bo'ladigan bilim, ko'nikma, malaka va qobiliyatlarga, kasbiy muammolarni qisman hal etishda bir vaqtda avtonomik va egiluvchanlik xususiyatlarga ega bo'lish; kasbiy shaxslararo muhitda hamkasblar bilan hamkorlikni rivojlantirish; insonga hozirgi zamon mehnat muhitida ish faoliyatini muvaffaqiyatli bajarish imkonini beruvchi bilimlar, xususiyatlar va ko'nikmalarning integrallashgan birlashuvi; faoliyat mezoni (sifat o'lchovi), qo'llash sohasi, talab etiladigan bilimlarni o'z ichiga olgan standartlarni loyihalash tuzilmasi.(2,72).
Yuqorida keltirib o'tilgan fikrlarni umumlashtirgan holda V.I.Baydenko kasbiy kompetentlikni ish-faoliyat talablariga mos ravishda harakat qilishga, duch kelinadigan muammolarni mustaqil ravishda hal qilishga, shu bilan bir qatorda o'z ish-faoliyati natijalari, ya'ni mos ko'nikma va malaka, texnik usullarni baholay olishga tayyorligi va qobiliyati sifatida tushunadi.
Pedagog olimlarning fikricha, bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari quyidagi funksional komponentlarni bilishi kerak: o'quv materiallarini tayyorlash va taqdim qilish; o'quvchilarni bilim va shu bilan birga tarbiya olishga qiziqtira olish; o'quvchilarda uchraydigan turlicha kamchiliklarni bartaraf etishiga ko'maklashish; muntazam ravishda o'quvchilarni nazoratiga olish.
Mazkur ko'rsatmalar asosida bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilarini kasbiy tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tajribali pedagog olim sifatida A.K.Markovo yondashuviga ko'ra bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari faoliyati to'rtta muhim yo'nalishlarni o'z ichiga oladi: kasbiy psixologik va pedagogik bilimlarni egallash; kasbiy pedagogik malakani egallash; kasbiy psixologik ko'nikmalarni egallash; shaxsiy fazilatlar egasi bo'lish.
Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchilari kasbiy faoliyatiga quyidagi mexanizmlar asosida yo'naltirilishi kerak: mutaxassislik fanlarini o'qitish jarayonida; maxsus kurslar vositasida; mustaqil ta'lim vositasida; ustoz-shogird an'anasi vositasida.
Bu mexanizmlarga amal qilish boshlang'ich sinf o'qituvchilarini kasbiy faoliyatga yo'naltirish jarayonini aniq tashkil etish uchun xizmat qiladi. Shu tufayli ham boshlang'ich sinf o'qituvchilarini kasbiy faoliyatiga qo'yiladigan talablar pedagogik, psixologik, sotsiologik xarakterga egaligi bilan ahamiyatlidir.
O'qituvchining, pedagogik mahorati uning malakasi, pedagogik qobiliyati, pedagogik kompetensiyasining oshishiga sezilarli darajada ta'sir ko'rsatuvchi usullardan biri bu doimiy kasbiy kompetentligini ta'lim malakalarini oshirib borishdir.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
Ta'limning an'anaviy "bilim, ko'nikma, malakalar" natijalaridan farqli ravishda kompetentlik: birinchidan, integratsiyalangan bo'ladi; ikkinchidan, sun'iy yaratiladigan test vaziyatida ( nazorat ishi, imtihon, kurs ishi himoyasi va h.k) emas, balki vaziyatli va haqiqiy zarurat vaziyatlarda ifodalanadi; uchinchidan, vaqtning asosiy qismida ma'lum mamunga kirib va ma'lum vaziyatda mos elementlardan imkoniyat sifatida mavjud bo'ladi.
Ta'lim tizimida tom ma'noda o'quvchilarga sifatli, foydali va amaliy ahamiyatga ega ma'lumotlarni tizimli ravishda yetkaib bera olishi uchun bugungi kun o'qituvchisi, axborotlarni tezkor qabul qilish va shu bilan bir qatorda o'quvchilarga aniq, tushunarli hamda tez yetkazib berishning uddasidan chiqa olishi zarur. Bu esa o'qituvchining kasbiy kompetentlik sifatlari, pedagogik mahorati hamda kreativ qobiliyatiga ega bo'lishi nazarda tutiladi.
Bugungi kunda har bir pedagog har tomonlama mukammal bo'lmog'i zarur. Jumladan, boshlang'ich sinf o'qituvchisi kasbiy kompetensiyasi rivojlangan, fanlar tizimida innovatsion pedagogik faoliyatga tayyor bo'lib, o'quvchilardagi bilim, ko'nikma, qobiliyat va kompetensiyalarni rivojlantiradi. Uning vazifalari quyidagicha: boshlang'ich sinf o'qituvchisi innovatsion pedagogik faoliyatning asosiy tushunchalari, tarkibi va mezonlarini bilishi; boshlang'ich ta'limda o'tiladigan fanlarni o'qitishda qo'llaniladigan texnologiyalarning nazariy asoslari, o'ziga xos xususiyatlarini, darajalarini bilish va o'rganish; o'quvchilarning bilish faoliyatini shakllantirish va boshqarish yo'llarini, o'quvchilarga tabaqalashtirilgan, individual yondoshishni; boshlang'ich ta'lim fanlarini o'qitishda modulli, muammoli, kreativ ta'lim, didaktik - o'yinli, hamkorlikda o'qitish hamda an'anaviy ta'lim texnologiyalarini, loyiha texnologiyalarini qo'llashni; fanlarni o'qitishda zamonaviy axborot texnologiyalari vositalaridan, multimediya texnologiyalaridan foydalanishni; o'quvchilarni kichik guruhlarda o'qitish, ularda ijodkorlik izlanuvchanlikni shakllantirish, o'quvchilarda mustaqil fikrlash va ishlashning shakllantirish usullarini egallashni bilishi kerak; ilmiy, ilmiy-metodik jurnallarda nashrdan chiqqan va o'quv adabiyotlarida bor bo'lgan, internet orqali berilgan o'qitish jarayonida foydalanish mumkin bo'lgan tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan masalalar haqidagi maqolalarni hamda axborotlarni mustaqil o'rganib, tahlil qilish hamda ularni amaliyotda qo'llash; istiqbolli o'qitish vositalaridan foydalanish va ularga tayangan holda boshlang'ich ta'lim fanlarini o'qitish texnologiyalarini loyihalash, amaliyotga joriy eta olish bilim, ko'nikma va malakalarini tarkib toptirish; o'z pedagogik faoliyatlarini tahlil qila olishga, baholashga o'rgatish; tahliliy, tanqidiy, ijodiy va mustaqil fikr yuritish ko'nikmalarini rivojlantirish orqali bo'lg'usi boshlang'ich sinf o'qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlashdir.
Fanni o'qitishda boshlang'ich sinf o'qituvchilaridan maxsus bilim, tajriba talab qilib, yangi yondashuvlar o'qituvchidan darsni yangicha metod va texnologiyalar asosida o'tishni taqozo etadi. Fanlarning o'quv dasturi va darsliklarida vatanparvarlik, irodalilik, mafkuraviy immunitet, mehr-oqibatlilik, mas'uliyatlilik, bag'rikenglik, innovatsion fikrlash, mehnatsevarlik kabi ko'nikmalarni shakllantirishga alohida urg'u berilgan.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
Bugungi kunda zamonaviy jamiyat ta'lim tizimi oldiga yuqori malakali, intiluvchan, raqobatbardosh, tashabbuskor, ma'naviy va jismoniy sog'lom shaxslarni tarbiyalab berish talabini qo'ymoqda. Shu munosabat bilan bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisida kasbiy kompetentlik sifatlari ham bo'lishi kerak. Har bir pedagogning kasbiy kompetensiyasi bo'lib, u shaxsning yaxlit tuzilishidagi nazariy va amaliy tayyorgarligining birligini ifodalaydi va uning kasbiy mahoratini tavsiflaydi. Muayyan mutaxassislik kasbiy bilim va ko'nikmalarning muvofiqlik darajasi, normativ talablar, muayyan faoliyat sohasidagi kasbiy tayyorgarlik darajalari kasbiy kompetensiyaning mazmunini tashkil qiladi.
Kasbiy kompetentlik - mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda yuqori darajada qo'llay olinishidir. Har bir pedagogning o'zini o'zi rivojlantirishi va kasbiy yuksalishi bevosita uning ijodiy qobiliyatiga bog'liq. Odatda, pedagoglarning ijodiy qobiliyatiga ega bo'lishlari pedagogik muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish va o'zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari hamda samarali pedagogik muloqotni amalga oshirishi orqali ta'minlanadi.
Samarali pedagogik muloqotni amalga oshirish-o'qituvchi kasbiy faoliyatining eng muhim tarkibiy qismidir. Pedagogik faoliyatdagi muloqot ta'lim muammolarini hal qilish, o'quv jarayonini ijtimoiy-psixologik ta'minlash vositasi, o'qituvchi va talabalar o'rtasidagi munosabatlarni tashkil etish usuli bo'lib, ta'lim va tarbiyaning muvaffaqiyatini belgilaydi.
Bo'lajak boshlang'ich sinf o'qituvchisi o'quvchilarda motivatsiyani shakllantirish, ta'lim jarayonini rejalashtirish va baholash, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini bilish, o'z ustida muntazam ishlash, psixologik bilimlarga ega bo'lish hamda o'z fanini mukammal bilish kabi kasbiy kompetentlik sifatlariga ega bo'lishi kerak.
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Azizxo'jayeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. Toshkent, TDPU, 2003.
2. Белкин А.С. Компетентность, профессионализм, мастерство. — Екатеринбург: Урал. гос. лед. ун-т, 2006. — 176 с.
3. Браже Т.Г. Профессиональная компетентность специалиста как многофакторное явление ф/ Тезисы к семинару, 25—29 июля 1990 г. / под ред. В.Г. Онушкина. — Л.: НИИ НОВ, 1990. — С. 39—62.
4. Будникова С.П. Психологические условия становления профессиональной позиции у будущих педагогов на этапе производственной (педагогической) практики: автореф. дис. ... канд. псих. наук. — Калуга, 2003. — 24 с.
5. Зеер Э.Ф., Сыманюк Э. Компетентностный подход к модернизации профессионального образования /л Высшее образование в России. — 2005.— Нс 4. — С. 23—29.
6. Карпов А.В. Рефлексивность как психологическое свойство и методика её диагностики // Психологический журнал. 2001. Т.: 24. № 5. С. 45-57.
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY _
7. Кузьмина Н.В. Методы исследования педагогической деятельности. - Л.: Изд-во Ленингр. Ун-та, 1970. — 114 с.
8. Muslimov N.A., Urazova M.B., Eshpulatov Sh.N. (2013). Kasb ta'limi o'qituvchilarining kasbiy kompetentligini shakllantirish texnologiyasi.// - T.: Fan va texnologiya nashriyoti
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
Saipova Hilola Abduxamitovna, dotsent [Саипова Хилола Абдухамитовна, доцент], [Hilola A. Saipova associate professor]; manzil: 150100, Farg'ona shahri, Murabbiylar ko'chasi, 19-uy, [адрес: 150100, г. Фергана, ул. Мурабийлар, д. 19], [address: 150100, Fergana, Murabiylar str., 19].
®Obidova Xurshida Ilhomjon qizi magistr [Обидова Хуршида Ильхомжоновна, магистр], [Xurshida I. Obidova master's degree]; manzil: 150100, Farg'ona shahri, Murabbiylar ko'chasi, 19-uy, [адрес: 150100, г. Фергана, ул. Мурабийлар, д. 19], [address: 150100, Fergana, Murabiylar str., 19].