Научная статья на тему 'BIZNES MUHITINI YAXSHILASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING YAPON TAJRIBASI'

BIZNES MUHITINI YAXSHILASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING YAPON TAJRIBASI Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
104
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tadbirkorlik / xususiy mulk / biznes / biznes muhit / imtiyoz / yapon tajribasi / startap.

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Rasulov N.M.

Maqolada Yaponiyada biznes muhitini yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida davlat tomonidan olib borilgan islohotlar va erishilgan natijalar yoritib berilgan. Shu bilan birga tadbirkorlikni rivojlantirishdagi to’siqlar va ularni bartaraf etishdagi echimlar to’g’risidagi yapon tajribasi bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BIZNES MUHITINI YAXSHILASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING YAPON TAJRIBASI»

Rasulov N.M.

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti loyiha rahbari, i.f.ddots.

BIZNES MUHITINI YAXSHILASH VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHNING YAPON TAJRIBASI

Annotatsiya. Maqolada Yaponiyada biznes muhitini yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirish borasida davlat tomonidan olib borilgan islohotlar va erishilgan natijalar yoritib berilgan. Shu bilan birga tadbirkorlikni rivojlantirishdagi to'siqlar va ularni bartaraf etishdagi echimlar to'g'risidagi yapon tajribasi bayon etilgan.

Kalit so'zlar: tadbirkorlik, xususiy mulk, biznes, biznes muhit, imtiyoz, yapon tajribasi, startap.

Rasulov N.M., DSc docent project manager

Institute for Macroeconomic and Regional Studies

JAPANESE EXPERIENCE IN IMPROVING THE BUSINESS

ENVIRONMENT AND DEVELOPING ENTREPRENEURSHIP

Abstract. The article highlights the reforms carried out by the government and the results achieved in order to improve the business environment and develop entrepreneurship in Japan. At the same time, the Japanese experience of entrepreneurship development, obstacles and ways to solve them are described.

Keywords: entrepreneurship, private property, business, business environment, privileges, Japanese experience, startup.

Yaponiyada biznes muhitini yaxshilash va tadbirkorlikni rivojlantirishda davlatning roli va bu yo'nalishda olib borgan islohotlari muhim ahamiyatga ega bo'lgan. Xususan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tartibga soluvchi huquqiy asoslarning yangilanishi o'z navbatida yangi tadbirkorlar soni oshishiga jiddiy turtki bo'ldi. Yaponiyada kichik va o'rta biznesni tartibga soluvchi asosiy qonun dastlab 1963 yilda qabul qilingan "Kichik va o'rta tadbirkorlik bo'yicha asosiy qonun" hisoblanib, aynan shu qonun asosida qo'llab-quvvatlanar edi36.

Tahlillarga ko'ra 1990 yillarga kelib Yaponiyada tadbirkorlik subyektlarining yangi shakllari, biznes uchun startap loyihalarining rivojlanish holati AQSh va Buyuk Britaniya kabi rivojlangan mamlakatlarga nisbatan sust shakllanganligini ko'rishimiz mumkin. Yapon mutaxassislari mazkur holatni

36 https://www.chusho.meti.go.jp/sme_english/outline/08/01_01.html

o'rgangan holda 1999 yildan hukumat tomonidan "Kichik va o'rta tadbirkorlik bo'yicha asosiy qonun"ga jiddiy o'zgarishlar kiritilishini taklif etdilar. Berilgan takliflar asosida kiritilgan o'zgarishlar tadbirkorlar uchun quyidagi imkoniyatlarni yaratilishiga olib keldi:

- tadbirkorlarga ko'proq erkinlik berish;

- moliyaviy qo'llab-quvvatlash;

- startap loyihalar uchun yangi imtiyozlar taqdim etish;

- byurokratik jarayonlarni soddalashtirish.

Qisqa muddatda natijalarni yaxshilashga qaratilgan "Startaplarni ikki xissaga oshirish rejasi" ("Startup-Doubling Plan") kabi davlat dasturi va loyihalari ishlab chiqildi. Natijada 2001 yildan 2006 bo'lgan davrda startaplar soni 180 mingdan 360 minggacha ko'paydi37.

Olib borilgan islohotlar natijasida 2022 yilda Yaponiyadagi jami biznes subyektlari soni 3,6 mln.taga yetdi, shundan 3,6 mln.tasini kichik va o'rta biznes subyektlari tashkil qildi. Shuningdek, "Milliy startap va venchur forumi" tashkil qilindi38. 2022 yilgacha 10 mingdan ortiq startap loyihalar muvaffaqiyat qozondi, ular orasida unicorn deb ataluvchi qiymati 1 mlrd. AQSh dollaridan oshgan loyihalar paydo bo'ldi.

Yaponiyada kichik biznesni qo'llab-quvvatlash va yangi tadbirkorlik subyektlari sonini oshirishga qaratilgan islohotlar quyidagi asosiy yo'nalishlarda amalga oshirildi:

1. Kichik biznesni yo'lga qo'yish uchun eng kam talab qilinadigan kapital talablarini bekor qilish. Biznes boshlash, xususan xorijiy investitsiya uchun minimal kapital kiritish talablari olib tashlandi. Bu o'zgarishdan avval qo'shma-korxona uchun kapital kiiritishga bo'lgan eng kam miqdordagi talab 10 million iyenani tashkil qilardi. Islohotdan so'nga "Bir iyenalik kompaniyalar" soni orta boshladi.

2. Tadbirkorlar uchun maxsus ta'lim berish va ma'lumot olishga ko'maklashish. 1997 yilda Yaponiya hukumati tomonidan o'tkazilgan so'rovnomada 1,25 million yollanib ishlovchilar ehtimoliy tadbirkorlar ekanligi aniqlandi. Bu yollanib ishlovchilarning har 50 nafardan bittasiga to'gri keladi. Ushbu respondentlarning yarimi yaqin kelajakda o'zini-o'zi band qilish rejasi borligini bildirishgan. Mazkur salohiyatdan unumli foydalanish maqsadida "Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish uchun Yaponiya samaradorlik markazi" (JPC-SED) tomonidan yangi tadbirkorlar uchun hamda tadbirkorlikka jalb qilish uchun ta'lim berish va ma'lumotlar bilan ko'maklashish xizmatlarini keng yo'lga qo'yildi.

3. Yangi biznes g'oyalari va tashabbuslarni moliyalashtirish.

Startaplarni moliyalashtiruvchi yangi "Milliy moliyalashtirish korporatsiyasi" (National Life Finance Corporation) dasturi tuzildi va 2008 yilgacha xususiy

37 https://nap.nationalacademies.org/read/12194/chapter/8

38 https://www.eastasiaforum.org/2022/08/09/restoring-japan-as-a-start-up-nation/

moliyaviy tashkilotlardan qarz olishga qiynalgan yangi tadbirkorlarga moliyaviy xizmatlar ko'rsatdi.

Quyidagi jadvallarda (1va 2-jadvallar) Yaponiyada biznes muhitini tahlil qilishga maqsadida o'tkazilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. Buning uchun tadbirkorlar örtasida ötkazilgan sörovnoma natijasiga muvofiq biznes muhiti bilan bog'liq 10 ta eng asosiy omillar tanlab olingan hamda respondentlar tomonidan berilgan javoblar foiz qiymatida keltirilgan. Jami 2468 ta kompaniya sörovnomada ishtirok etgan, har bir kompaniyaga beshtagacha javoblarni tanlash imkoni berilgan.

1-jadval.

Yaponiyada biznes muhitining jozibador taraflari_

Reytin g So'rovnoma javoblari Jami (n=2468) Ishlab chiqarishd a Ishlab chiqarishda n boshqa

1 Daromad darajasi yuqori, Istemolchilar soni köpligi 61,0 8,7 52,3

2 Rivojlangan infrastruktura 47,6 8,1 39,6

3 Yangi mahsulot va xizmat turiga nisbatan sezuvchanlik, yangi 47,3 8,4 38,9

mahsulotlarning raqobatbardoshligini ölchash imkoning mavjudligi

4 Global kompaniyalar va ishlab chiqaruvchilarning ko'pligi 36,8 6,1 30,7

5 Sifatli yashash sharoitlari 34,8 5,7 29,1

6 Malakali mutaxasisslarning borligi 23,9 5,9 18,0

7 Osiyo mintaqaviy bozorlariga kirish eshigi, hududiy markaz uchun optimal joylashuv 19,8 3,8 16,0

8 Hududlarga kirib borishdagi geografik joylashuvning ahamiyati 18,2 3,1 15,1

9 Moliyaviy resurslar mavjudligi va moliyaviy tizimning samaradorligi 10,4 2,7 10,5

10 Yuqori sifatli ilmiy salohiyat va ilmiy yutuqlar 10,4 3,8 6,6

Manba: "54th Survey of Trends in Business Activities of Foreign

Affiliates" (METI)39

Yaponiyada biznes yuritish uchun to'siqlar 2-jadval.

Jami (n=2468) Ishlab chiqarishda Ishlab

Reyting So'rovnoma javoblari chiqarishdan boshqa

1 Biznes qilishning yuqori xarajatlari 75,1 80,1 74,1

2 Hodimlar uchun xavfsizlikni 53,6 57,4 52,8

ta'minlashdagi qiyinchiliklar

39 https://www.meti.go.jp/english/statistics/tyo/gaisikei/index.html

3 Eksklyuzivlik va Yaponiya bozorining ajralib turishi 45,2 40,9 46,1

4 Iste'molchilarning mahsulot va xizmatdan yuqori satndartlarni talab qilishi 44,3 49,5 43,2

5 Murakkab administrativ jarayonlar 40,5 36,4 41,3

6 Qat'iy tartib-qoidalar, ruxsatnoma va litsenziya olish tizimi 39,3 37,6 39,7

7 Rag'batlantirish va imtiyozlarning yetarli emasligi 18,7 21,5 18,1

8 Xorijliklar uchun yashash sharoitlari va muhiti 12,2 13,6 11,9

9 Viza olishdagi qiyinchiliklar 7,0 6,0 7,2

10 Mablag' olishdagi qiyinchiliklar 6,7 6,9 6,7

Manba: "54th Survey of Trends in Business Activities of Foreign Affiliates" (METI)

Amalga oshirilgan eng so'nggi samarali islohotlar sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

1. Abenomiks - 2012 yilda sobiq bosh vazir Shinzo Abe tomonidan rivojlanishning yangi loyihasi sifatida taklif qilindi. Mazkur rivojlanish dasturining iqtisodiy islohotlar yo'nalishiga bizneslar uchun samarali monetary siyosat, kuchli fiskal stimul, biznes raqobatbardoshligini oshirish, xususiy investitsiyani rag'batlantirish va bizneslar uchun innovatsiyani qo'llab-quvvatlashni o'z ichiga oladi.

2. Biznesni tartibga solish bo'yicha islohotlar. Xorijiy investorlar uchun byurokratik talablar qisqartirildi, xorijliklar uchun viza berish osonlashtirildi hamda korporativ boshqaruvni rivojlantirish keng targ'ib qilindi.

3. Erkin Savdo Kelishuvlari (Free Trade Gareement) orqali tashqi savdo va eksportni rag'batlantirish islohotlari. Jumladan Yaponiya hukumati Trans-Tinch okeani hamkorligi bo'yicha keng qamrovli va progressiv kelishuv (CPTPP) va Yaponiya-Yevropa Ittifoqi iqtisodiy hamkorlik to'g'risidagi bitim (EPU) kabi erkin savdo kelishuvlariga urg'u berdi.

Yaponiyada tadbirkorlarni soliqqa tortish va soliq imtiyozlari

Yaponiya soliq tizimi progerssiv bo'lib, ko'proq daromaddan ko'proq soliq olishga qaratilgan. Biznes uchun bir qancha soliq imtiyozlari amal qiladi:

1. Investitsiya uchun soliq imtiyozlari. Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari 3 foizdan 7 foizgacha yangi texnologiya va ishlab chiqarish vositalari olgani uchun soliq imtiyoziga ega bo'ladi. Shuningdek biznes subyektlari uchun faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan alohida imtiyozlar ham beriladi.

2. Eksportni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan soliq imtiyozlari. Ishlab chiqargan mahsulotini eksport qilgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlar uchun ekportdan olgan tushumidan 5 foizlik soliq imtiyoziga ega bo'ladi.

3. Ochilganiga besh yildan kam bo'lgan tadbirkorlik subyektlari uchun startap loyihasining xarajatlari qiymatida 50 foizgacha soliqdan imtiyoz olishi mumkin. Ushbu imtiyoz 10 million iyena miqdorigacha amal qiladi.

4. Hududiy rivojlanishga qaratilgan soliq imtiyozlari. Imtiyozli hududlarda tadbirkorlik faoliyatini boshlagan tadbirkorlar uchun sotib olgan yangi texnologiya va ishlab chiqarish vositalari uchun 10 foizlik soliq imtiyozi beriladi.

Yaponiyada korporativ soliq stavkasi 23,4 foizni tashkil qiladi. Kichik biznes subyketlaridan yillik aylanmasi 100 million iyenadan kam bo'lgan subyektlar 20,4 foiz satvkada korporativ soliq to'lashi mumkin.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashga qaratilgan institutsional tuzilmalar va davlat dasturlari

1. Kichik biznesni moliyalashtirish korporatsiyasi (SBFC) Yaponiyada kichik biznes subyektlarini moliyaviy qo'llab-quvvatlashga qaratilgan katta davlat loyihasi. Ushbu loyiha innovatsiyalar, yangi investitsiya qo'naltirish, biznesni kengaytirish maqsadlarida moliyaviy ko'maklar berishga qaratilgan. Mazkur moliyaviy xizmatlardan ishsizlik yuqori bo'lgan hududlarda hamda ishlab chiqarish nisbatan kam hududlarda tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlashni ham maqsad qiladi.

2. Texnik ko'maklashishga qaratilgan dasturlar. Yaponiya kichik biznes industrial texnologiyalarr instituti (JISTEP) kichik tadbirkorlar uchun bir qancha xizmatlarni ko'rsaatadi, jumladan ilmiy tadqiqotni yo'lga qo'yish, tashkiliy masalalar hamda bozorni o'rganish kabi xizmatlar.

3. Yaponiya kichik biznes korproratsiyasi (JSBC) kichik bizneslar uchun treninglar tashkil qilish, zaruriy kasbiy ko'nikmalarni o'qitish bilan ahug'ullanadi. Bunda asosan uchta yo'nalishda, biznesni boshqarish, marketing va bozorni o'rganish va moliyaviy boshqaruv yo'nalishlarida treninglar tashkil qiladi.

4. Bozorni o'rganish va investitsiyani qo'llab-quvvatlash bo'yicha. Yaponiya tashqi savdo tashkiloti (JETRO) tomonidan kichik biznes subyektlari va yangi ochilayotgan firmalar uchun bozorlarni o'rganish, bozorlar haqida ma'lumot berish, xorijiy investitsiyani jalb qilishga qaratilgan xizmatlarni ko'rsatadi. Shu nuqtiy nazardan mamlakatimizda innovasion salohiyatni oshirish hisobiga an'anaviy tarmoqlarga yangi xorijiy texnologiyalar jalb etish, ularga qo'shimcha yangiliklarni kiritish, innovasion infratuzilmani rivojlantirish hamda yangi fan, texnika, texnologiyalarga talab va taklifni rag'batlantirishda Yaponiya alohida o'ringa ega40.

Xulosa qilib shuni takidlashimiz mumkinki, birinchi navbatda davlat tomonidan biznes muhitni yaxshilash o'z navbatida tadbirkorlik shakllarini ko'payishiga hamda ularning sonini ortishiga olib keladi. Ikkinchidan, biznes muhitni yaxshilanishi ishlab chiqaruvchilar o'rtasida raqobatni faollashuviga olib

40 Рaсyлов Н.М., Кэмолов A.A. Узбекистон-Япония: инновaцион ривожлaнишнинг истикболлaри I Узбекистон Республигаси Ba Япония уртэсидэ щтисодий Ba мaдaний соxaлaрдaги адмкорлик. Хэлвдро илмий-aмaлий энжумэннинг мэърузэ тезислaри туплши. ТошДИУ, 2012 йил 5 июнь, 16-18 6eraap.

keladi. Raqobatni rivojlanishi tovar va xizmatlar narxini arzonlashishi bilan sifatni oshishiga xizmat qiladi. Shuning uchun O'zbekistonda biznes muhitni yaxshilashda albatta Yaponiya tajribasidan fodalanish ham katta samara beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. https://www.chusho.meti.go.jp/sme_english/outline/08/01_01.html

2. https ://nap.nationalacademies. org/read/12194/chapter/8

3.https://www.eastasiaforum.org/2022/08/09/restoring-japan-as-a-start-up-nation/

4. https ://www.meti.go.jp/english/statistics/tyo/gaisikei/index.html

5. Расулов Н.М., Камолов А.А. Узбекистон-Япония: инновацион ривожланишнинг истикболлари / Узбекистан Республикаси ва Япония уртасида иктисодий ва маданий сох,алардаги хдмкорлик. Халкаро илмий-амалий анжуманнинг маъруза тезислари туплами. ТошДИУ, 2012 йил 5 июнь, 16-18 бетлар.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.