Научная статья на тему 'BIOLOGIK SUYUQLIK TARKIBIDA MAVJUD BO‘LGAN MODDALARNING (NaCl va Oqsil) SUVSIZLANISH (BUG‘LANISH) KINETIKASI'

BIOLOGIK SUYUQLIK TARKIBIDA MAVJUD BO‘LGAN MODDALARNING (NaCl va Oqsil) SUVSIZLANISH (BUG‘LANISH) KINETIKASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
6360
134
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Biologik suyuqlik / Natriy-xlorid / oqsil / tomchi / suvsizlanish / fatsiya. / Biological fluid / Sodium chloride / protein / droplets / dehydration / facies.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Muxammadjon Qoraboyevich Qoraboyev, Karimberdi Egamberdiyevich Onarqulov, Erkinjon Abdusattor O‘g‘li Ergashev, Sevinchbek Baxodir O‘g‘li Nazirjonov

Biologik suyuqlik tananing ichki muhitining dinamik barqarorligini aks ettiradigan kompleks vosita bo’lib shu bilan birga, og’iz suyuqligi turli omillar ta'sirida turli, fizik-kimyoviy va biologik xususiyatlarga ega bo'lishi mumkin va organizm reaktivligining ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Ilm-fan sohasida erishilgan ko'plab ma'lumotlar, insondagi biologik suyuqlik (so’lak) asosiy tadqiqotlarda va tibbiy tashxislarda foydalanish uchun katta salohiyatga ega bo'lgan noyob moddadir degan xulosaga kelishimizga asos bo’lib xizmat qiladi. Biologik suyuqliklarning ichki tuzilishi va uning miqdorlariga bog’liq holda bug’lanish jarayonida bo’ladigan fizikaviy o’zgarishlar va qattiq fazasini baholash usullari laboratoriya diagnostikasida juda keng qo'llanilishi, biologik suyuqlikni olish jarayonining soddaligi, shuningdek, yuqori sezuvchanlik va axborot olish imkoniyatining mavjudligi o’rganila boshlangan yangi yo'nalishlardan biri xisoblanadi. Odatda ushbu usuldan foydalanishda tekshirilayotgan biologik suyuqlikning tomchi ko’rinishini oluvchi ma’lum miqdorini bug’lanishi jarayonida bo’ladigan fizik jarayonlar va bug’langanidan so’ng hosil bo’ladigan qattiq ko’rinishdagi cho’kma (fatsiya)ni morfologiyasi o’rganiladi. Biz jarayonni o’rganish uchun hozirgi kunda davr talabiga javob bera oladigan zamonaviy mikroskopdan foydalandik, mikroskopning asosiy vazifasi faqatgina ob'ektni kengaytirilgan ko'rinishda ko'rsatish emas balki, rasm olish, rasmga olingan ob’ektni ekranga uzatish, ularni ko’rsatkichlarini aniqlash, video tasvir hosil qilishdan iborat. Tajriba natijalarini olish jarayonida biz kichik o’lchamdagi ya’ni mikrometr darajadagi qiymatlarni o’lchash imkoniyatiga ega bo’lamiz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Biological fluid is a complex tool that reflects the dynamic stability of the internal environment of the body, however, oral fluid can have different, physicochemical and biological properties under the influence of various factors and is one of the indicators of the body's reactivity. Numerous scientific findings have led us to conclude that human biological fluid (saliva) is a unique substance with great potential for use in basic research and medical diagnostics. Depending on the internal structure of biological fluids and their quantities, the physical changes in the evaporation process and the methods of solid phase assessment are widely used in laboratory diagnostics, the simplicity of the process of obtaining biological fluids, as well as high sensitivity and access to information is one of the new directions that has begun to be explored. Typically, when using this method, the morphology of the physical processes that take place during the evaporation of a certain amount of the biological fluid under study, which takes the form of droplets, and the solid sediment (facies) formed after evaporation. is studied. To study the process, we used a modern microscope that can meet the requirements of the time, the main function of the microscope is not only to show the object in an enlarged view, but also to take pictures, transfer the captured object to the screen, determine their pointers, creating a video image. In the process of obtaining the results of the experiment, we will be able to measure values on a small scale, i.e. at the micrometer level.

Текст научной работы на тему «BIOLOGIK SUYUQLIK TARKIBIDA MAVJUD BO‘LGAN MODDALARNING (NaCl va Oqsil) SUVSIZLANISH (BUG‘LANISH) KINETIKASI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-86-93

BIOLOGIK SUYUQLIK TARKIBIDA MAVJUD BO'LGAN MODDALARNING (NaCl va Oqsil) SUVSIZLANISH (BUG' LANISH)

KINETIKASI

Muxammadjon Qoraboyevich Qoraboyev

Farg'ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, Fizika-matematika fanlari doktori,

Professor

Karimberdi Egamberdiyevich Onarqulov Farg'ona davlat universiteti, Fizika-matematika fanlari doktori, Professor

Erkinjon Abdusattor o'g'li Ergashev

Farg'ona davlat universiteti erkinj onebk@mail .ru

Sevinchbek Baxodir o'g'li Nazirjonov

Farg'ona davlat universiteti, magistrant

ANNOTATSIYA

Biologik suyuqlik tananing ichki muhitining dinamik barqarorligini aks ettiradigan kompleks vosita bo'lib shu bilan birga, og'iz suyuqligi turli omillar ta'sirida turli, fizik-kimyoviy va biologik xususiyatlarga ega bo'lishi mumkin va organizm reaktivligining ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Ilm-fan sohasida erishilgan ko'plab ma'lumotlar, insondagi biologik suyuqlik (so'lak) asosiy tadqiqotlarda va tibbiy tashxislarda foydalanish uchun katta salohiyatga ega bo'lgan noyob moddadir degan xulosaga kelishimizga asos bo'lib xizmat qiladi. Biologik suyuqliklarning ichki tuzilishi va uning miqdorlariga bog'liq holda bug'lanish jarayonida bo'ladigan fizikaviy o'zgarishlar va qattiq fazasini baholash usullari laboratoriya diagnostikasida juda keng qo'llanilishi, biologik suyuqlikni olish jarayonining soddaligi, shuningdek, yuqori sezuvchanlik va axborot olish imkoniyatining mavjudligi o'rganila boshlangan yangi yo'nalishlardan biri xisoblanadi. Odatda ushbu usuldan foydalanishda tekshirilayotgan biologik suyuqlikning tomchi ko'rinishini oluvchi ma'lum miqdorini bug'lanishi jarayonida bo'ladigan fizik jarayonlar va bug'langanidan so'ng hosil bo'ladigan qattiq ko'rinishdagi cho'kma (fatsiya)ni morfologiyasi o'rganiladi. Biz jarayonni o'rganish uchun hozirgi kunda davr talabiga javob bera oladigan zamonaviy

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-86-93

mikroskopdan foydalandik, mikroskopning asosiy vazifasi faqatgina ob'ektni kengaytirilgan ko'rinishda ko'rsatish emas balki, rasm olish, rasmga olingan ob'ektni ekranga uzatish, ularni ko'rsatkichlarini aniqlash, video tasvir hosil qilishdan iborat. Tajriba natijalarini olish jarayonida biz kichik o'lchamdagi ya'ni mikrometr darajadagi qiymatlarni o'lchash imkoniyatiga ega bo'lamiz.

Kalit so'zlar: Biologik suyuqlik, Natriy-xlorid, oqsil, tomchi, suvsizlanish, fatsiya.

ABSTRACT

Biological fluid is a complex tool that reflects the dynamic stability of the internal environment of the body, however, oral fluid can have different, physicochemical and biological properties under the influence of various factors and is one of the indicators of the body's reactivity. Numerous scientific findings have led us to conclude that human biological fluid (saliva) is a unique substance with great potential for use in basic research and medical diagnostics. Depending on the internal structure of biological fluids and their quantities, the physical changes in the evaporation process and the methods of solid phase assessment are widely used in laboratory diagnostics, the simplicity of the process of obtaining biological fluids, as well as high sensitivity and access to information is one of the new directions that has begun to be explored. Typically, when using this method, the morphology of the physical processes that take place during the evaporation of a certain amount of the biological fluid under study, which takes the form of droplets, and the solid sediment (facies) formed after evaporation. is studied. To study the process, we used a modern microscope that can meet the requirements of the time, the main function of the microscope is not only to show the object in an enlarged view, but also to take pictures, transfer the captured object to the screen, determine their pointers, creating a video image. In the process of obtaining the results of the experiment, we will be able to measure values on a small scale, i.e. at the micrometer level.

Keywords: Biological fluid, Sodium chloride, protein, droplets, dehydration,

facies.

KIRISH

Hozirgi kunda diagnostik maqsadlar uchun biologik suyuqlik (so'lak)ni tahlil qilish istiqbollarini o'rganishga katta e'tibor qaratilmoqda. Biologik suyuqliklarda (biologik suyuqlik) molekulyar tarkibda - fiziologik, ekstremal va patologik

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-86-93

sharoitlarda turli komponentlarning o'zaro ta'sirining tabiatida, yuqori tezlikda o'zgarishlar mavjud [2]. Tirik organizmda sodir bo'ladigan har qanday fiziologik va patologik jarayonlar, asosan, oqsil va boshqa organik molekulalarning tuzilishidagi o'ziga xos o'zgarishlar, turli kasalliklarni dastlabki bosqichlarda tashxislash uchun asos bo'lib xizmat qilishi mumkin. Biologik suyuqlik(so'lak) tananing ichki muhitining dinamik barqarorligini aks ettiradigan kompleks vosita bo'lib shu bilan birga, og'iz suyuqligi turli omillar ta'sirida turli, fizik-kimyoviy va biologik xususiyatlarga ega bo'lishi mumkin va organizm reaktivligining ko'rsatkichlaridan biri hisoblanadi. Biologik suyuqliklarning ichki tuzilishi va uning miqdorlariga bog'liq holda bug'lanish jarayonida bo'ladigan fizikaviy o'zgarishlar va qattiq fazasini baholash usullari laboratoriya diagnostikasida juda keng qo'llanilishi, biologik suyuqlikni olish jarayonining soddaligi, shuningdek, yuqori sezuvchanlik va axborot olish imkoniyatining mavjudligi o'rganila boshlangan dolzarb muammolardan biridir [4].

Biologik suyuqlik (so'lak)ning kristallanish usuli (Qattiq fazaga o'tish jarayonida suyuqlik tizimining yo'q bo'lib ketishi) oxirgi paytlarda keng qo'llanila boshlangan usul hisoblanadi. Biologik suyuqlik(so'lak)ning kristallanishi bo'yicha tadqiqotning asosiy yo'nalishlari kristallanishning suyuqlik tarkibida mavjud bo'lgan ya'ni natriy xlor va oqsil moddalar va ularning miqdorlariga bog'liq holda o'zgarishini aniqlashdan va biologik suyuqliklarning suvsizlanish jarayonida sodir bo'ladigan, molekulalararo tarkiblanish jarayonini, axborot berish imkonini o'rganishdan iborat[1].

Ilm-fan sohasida erishilgan ko'plab yutuqlar va olingan ma'lumotlar, insondagi biologik suyuqlik (so'lak) asosiy tadqiqotlarda va tibbiy tashxislarda foydalanish uchun katta salohiyatga ega bo'lgan noyob moddadir degan xulosaga kelishimizga yordam beradi. Hozirgi vaqtda diagnostik maqsadlar uchun biologik suyuqlik (so'lak)ni tahlil qilish istiqbollarini o'rganishga katta e'tibor qaratilmoqda. Klinik tahlilda biologik suyuqlik (so'lak)dan foydalanishni kengaytirish, kasallikni tashxislashni tezlashishiga yordam beradi.

Odatda ushbu usuldan foydalanishda tekshirilayotgan biologik suyuqlikning tomchi ko'rinishini oluvchi ma'lum miqdorini bug'lanishi jarayonida bo'ladigan fizik jarayonlar va bug'langanidan so'ng hosil bo'ladigan qattiq ko'rinishdagi cho'kma (fatsiya)ni morfologiyasi o'rganiladi.

Biologik suyuqlik(so'lak) organizmdagi inson DNKlari va klinik tahlillarini o'rganish uchun manba bo'lishi mumkin deb xisoblanadi chunki so'lakdagi muayyan molekulalarning tarkibi (NaCl, Oqsil) ularning qondagi konsentratsiyasini aks ettiradi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-86-93

Turli laboratoriya testlari uchun so'lakni qo'llash, ayniqsa, bolalar va qariyalarda sinab ko'rishda qonni ishlatishdan ancha soddaroq, xavfsizroq va arzonroq [6].

METODOLOGIYA

Har kuni odamda 1-1,2 litrgacha biologik suyuqlik (so'lak) ajraladi. Biologik suyuqlik (so'lak) tarkibidagi anorganik moddalarda natriy, kaliy, kalsiy, va boshqa mikroelementlar uchraydi. Biologik suyuqlik (so'lak) tarkibidagi organik moddalar asosan oqsillardan va tuzlardan iborat. Biologik suyuqliklarning bug'lanishi va qattiq fazasining tuzilishini o'rganish uchun quyidagi uslub ishlab chiqildi. Hajmi 1 mm3-10 mm3 oralig'ida bo'lgan biologik suyuqlik gorizontal ravishda gorizontal holda joylashgan yassi oynaga tomiziladi. Bir tomchisining diametri 2-5 mm oralig'ida, temperetaurasi esa 23.8 °C haroratda va nisbiy namlikni o'zgartirmagan holda kuzatiladi. Biologik suyuqlikning bug'lanish jarayonida hosil bo'ladigon fizikaviy o'zgarishlar kuzatiladi va shular asosida natijalar olinadi (1-rasm - gorizontal holatdan qaralganda ko'rinishi bunda balandlik, asos radiusi, burchak, va umumiy radiuslarning qiymati belgilangan) [3].

Biologik suyuqlikning shisha oynaga tomchi ko'rinishida joylashtirib (1-rasm) dastlabki ko'rinishdan boshlab belgilangan ma'lum vaqt oralig'idagi bug'lanish jarayoni hozirgi paytlarda o'rganilib kelinmoqda. Suyuqlikning bir tomchisi toza shisha oyna sirtiga joylashtirilsa, bug'lanish jarayonida uning balandligi pasayib boradi, asosining diametri quritish paytida o'zgarmaydi (moddalar turiga bo'gliq holda) bug'lanish jarayonida uning sirtidan suyuqlik chiqib ketishi natijasida qolayotgan suyuqlikning ko'rinishi 2(a)-rasmdagi shaklida emas, balki 2(b)-rasmdagi ko'rinish holatini oladi[2,5]..

Bugungi kunda, mikroskop bo'lmasa, har qanday tibbiyot laboratoriyasining to'liq ishlashini tasavvur qilish qiyin. Ushbu qurilmadan foydalangan holda olib borilgan tadqiqotlar natijalariga ko'ra, shifokor bemorga aniq tashxis qo'yishi, davolanish jarayonini kuzatishi va agar kerak bo'lsa, davolashning sifati va samaradorligini oshirish maqsadida qo'shimcha tekshiruvlar o'tkazish zarur. Mikroskopsiz, ilmiy kashfiyotlar yoki yangi tibbiy preparatlar joriy etilmaydi. Shuning uchun, mikroskop tibbiy (va ko'plab boshqa) amaliyotda asosiy vositalardan biri deb atalishi mumkin.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-86-93

Biz jarayonni o'rganish uchun hozirgi kunda davr talabiga javob bera oladigan zamonaviy mikroskopdan foydalandik, mikroskopning asosiy vazifasi faqatgina ob'ektni kengaytirilgan ko'rinishda ko'rsatish emas balki, rasm olish, rasmga olingan ob'ektni ekranga uzatish, ularni ko'rsatkichlarini aniqlash, video tasvir hosil qilishdan iborat. Tajriba natijalarini olish jarayonida biz kichik o'lchamdagi ya'ni mikrometr darajadagi qiymatlarni o'lchash imkoniyatiga ega bo'lamiz.

Kamalak shakli ko'rinishini olgan biologik suyuqlik (so'lak)ning tarkibida mavjud bo'lgan moddalar vaqt birligi ichida sirt yuzidan bug'lanishi natijasida havoga ko'tarilib ketayotgan hajmining miqdorini hisoblash shar segmenti hajmidan foydalanamiz

V = (3R - h)

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ilm-fan sohasida erishilgan ko'plab ma'lumotlar, insondagi biologik suyuqlik (so'lak) asosiy tadqiqotlarda va tibbiy tashxislarda foydalanish uchun katta salohiyatga ega bo'lgan noyob moddadir degan xulosaga kelishimizga yordam beradi. Hozirgi vaqtda diagnostik maqsadlar uchun biologik suyuqlik (so'lak)ni tahlil qilish istiqbollarini o'rganishga katta e'tibor qaratilmoqda. Klinik tahlilda biologik suyuqlik (so'lak)dan foydalanishni kengaytirish kasallik tashxislashni tezlashishiga yordam beradi. Odatda ushbu usuldan foydalanishda tekshirilayotgan biologik suyuqlikning tomchi ko'rinishini oluvchi ma'lum miqdorini quritilgandan so'ng hosil bo'ladigan qattiq ko'rinishdagi cho'kma (fatsiya)ni morfologiyasi o'rganiladi[5].

Tekshiruvlarimiz obyekti bo'lgan inson organizmdagi biologik suyuqlik (so'lak) tarkibida mavjud bo'lgan moddalar (0,3% konsentratsiyadagi NaCl, va 5% Oqsil aralashmalari), hamda ushbu suyuqliklarning (0,25 qismi NaCl+0,75 qismi Oqsil, 0,5 qismi NaCl+0,5 qismi Oqsil, 0,75 qismi NaCl+0,25 qismi Oqsil aralashmalari) namunasini olib uning bir tomchisi shisha oynaga tomizg'ich (pipidka) yordamida tomizildi va undagi bo'ladigan jarayonlar ya'ni vaqt o'tishi bilan uning sirtidan bug'lanib chiqib ketayotgan suyuqlik hajmi va qattiq fazasiga o'tish jarayonlari kompyuterga ulangan usb mikroskop orqali kuzatilib borilishi natijasida quyidagi natijalar olindi.

1-jadval

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-86-93

Oqsil va NaCl eritmasining miqdorlari Tomchining balandligi (mm) Tomchi hosil qilgan asos diametri (mm) Tomchining hajmi (mm3) biologik suyuqlikning to'liq bug'lanib qattiq fazaga o'tishi uchun zarur bo'lgan vaqt (minut)

NaCl(0.3% konsentratsiyalik) 0,825 3,134 3,476 43

0,75 NaCl(0.3% konsentratsiyalik)+0,25 Oqsil(5% konsentratsiyalik) 0,825 3,134 3,476 32

0,5 NaCl(0.3% konsentratsiyalik)+0,5 Oqsil(5% konsentratsiyalik) 0,825 3,134 3,476 30

0,25 NaCl(0.3% konsentratsiyalik)+0,75 Oqsil(5% konsentratsiyalik) 0,825 3,134 3,476 29

Oqsil(5% konsentratsiyalik) 0,825 3,134 3,476 34

1-jadvalda biologik suyuqlik tarkibida mavjud bo'lgan (NaCl va albumin aralashmalari) turli komponentlik suyuqlik gorizontal holda joylashgan yassi oynaga tomizilgan paytdagi suyuqlikning boshlang'ich holatdagi ko'rinishida olingan parametrlari ifodalangan ya'ni suyuqlik balandligi, uning tag qismining diametri, dastlabki jarayon boshlanish vaqtidagi hajmi va suyuqlikning to'la bug'lanib kristall holatga kelish vaqti.

1-Grafikda suyuqlikning vaqt va hajmga bo'gliqlik holati ya'ni tomchining dastlabki holatidan to'la kristallanishgacha bo'lgan davr berilgan.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-86-93

2-jadval

Oqsil va NaCl eritmasining miqdorlari NaCl (0.3% konsentra tsiyalik) 0,75 NaCl+0,25 Oqsil 0,5 NaCl+0,5 Oqsil 0,25 NaCl+0,75 Oqsil Oqsil(5% konsentratsiy alik)

Tomchining bug'lanish tezligi (mm3/minut) 0,0808 0,1086 0,1158 0,1198 0,1022

2-jadvalda berilgan qiymatlar inson organizmdagi biologik suyuqlik (so'lak) tarkibida mavjud bo'lgan moddalar 0,3% konsentratsiyadagi NaCl, va 5% konsentratsiyadagi Oqsil hamda ularning turli foizlarda berilgan aralashmalarining bug'lanish tezligi berilgan.

bug'lanish tezligi

0,1086

0,1158 0,1198

0,1022

0,0808

bug'lanish tezligi 0,0808 0,1086 0,1158 0,1198 0,1022

XULOSA

Yaqin vaqtgacha biologiya va tibbiyotda morfologiya tushunchasi faqat hujayra to'qimalariga taalluqli edi va biologik suyuqliklar (qon zardobi, ko'z yoshlari, og'iz suyuqligi(so'lak), va boshqalar) morfologik tadqiqotlar doirasidan tashqarida edi. Biroq, so'nggi yillarda ishlab chiqilgan biologik suyuqliklarni o'rganish fizik usullari bu munosabatni o'zgartirishga imkon berdi. Aniqlanishicha, odatda biosuyuqliklarda qattiq fazada tegishli sifat va miqdoriy ko'rsatkichlarga ega bo'lgan ma'lum tuzilmalar ko'rinishida mustahkamlangan tartib mavjud. Shu bilan birga, tananing patologik sharoitlari ushbu tartibni sezilarli darajada buzilishiga olib keladi. Natijada, tuzilmalar diagnostik belgilar sifatida qaraladigan yangi xususiyatlarga ega bo'ladi.

0

1

2

3

4

5

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 4 | April, 2022 | SJIF: 5,965 | UIF: 7,6 | ISRA: JIF 1.947 | Google Scholar |

www.carjis.org DOI: 10.24412/2181-2454-2022-4-86-93

Biologik suyuqlik tomchisini suvsizlantirish jarayonini o'rganishda uning hajmi va sirti o'zgarishini o'rganish ilk bor tajribada amalga oshirildi va buning natijasida biologik suyuqlik(so'lak) tarkibida mavjud bo'lgan moddalar (0,9% konsentratsiyali NaCl eritmasi va 5% konsentratsiyadagi oqsil )ning miqdori o'zgarishi natijasida uning suvsizlanishda vaqt o'tishi bilan suyuqlik hajmi turlicha kamayishi, suvsizlanish jarayonining vaqti turlicha bo'lishi kuzatildi

Ushbu ishning fan va amaliyotga qo'shgan muhim hissasi shundaki, u klinik diagnostikada fizik-matematik yondashuvlar tamoyillarini ishlab chiqadi, bu nafaqat biokimyoviy tadqiqotlar ma'lumotlarini to'ldiradi, balki tizimli ravishda prinsipial jihatdan yangi diagnostika ma'lumotlarini olish imkonini beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI:

1. Барер Г.М., Денисов А.Б. (2008). Кристаллографический метод изучения слюны. - М.: ВУНМЦ Росздрава,

2. Шабалин В.Н., Шатохина С.Н.(2001) морфология биологических жидкостей человека. М.: Хризостом, 2001

3. Karabayevich, K. M., Abdusattor-ugli, E. E., & Muxtorovna, G. N. (2021). Evaluation of the degree of crystallization of biological fluid (Saliva). ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 11(1), 1032-1036.

4. Karabaev, M. K., & Ergashev, E. A. (2019). Effect of Sodium Chloride on Morphology Self-Organization of Saliva During Their Dehydratation.

5. Mukhammadjon, K., & Abdusattor-ugli, E. E. EVAPORATION PROCESS AS A RESULT OF CHANGE IN BIOLOGICAL LIQUID AND ITS CONTENT.

6. Рапис Е. Белок и жизнь (самосборка и симметрия наноструктур белка). М.: ЗЛ. Милта-ПКП ГИТ, 2002. - 257 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.