Научная статья на тему 'BERUNIYNING ANIQ VA TABIIY FANLARGA QO‘SHGAN BUYUK MEROSI'

BERUNIYNING ANIQ VA TABIIY FANLARGA QO‘SHGAN BUYUK MEROSI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

858
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xorazm / astronomiya / geometriya / matematika / Xorazmshoh.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — N. S. Matxoshimov

Beruniy ona tilidan tashqari yana bir qancha tillarni: arab, so„g„diy, fors, suryoniy, yunon va qadimgi yahudiy tillarini, keyinchalik Hindistonda sanskrit tilini bilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BERUNIYNING ANIQ VA TABIIY FANLARGA QO‘SHGAN BUYUK MEROSI»

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

BERUNIYNING ANIQ VA TABIIY FANLARGA QO'SHGAN

BUYUK MEROSI

N. S. Matxoshimov

Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti Farg'ona filiali

ANNOTATSIYA

Beruniy ona tilidan tashqari yana bir qancha tillarni: arab, so'g'diy, fors, suryoniy, yunon va qadimgi yahudiy tillarini, keyinchalik Hindistonda sanskrit tilini bilgan.

Kalit so'zi: Xorazm, astronomiya, geometriya, matematika, Xorazmshoh.

Yurtimizda qanchadan-qancha qomusiy olimlar, muhaddisu mufaqqihlar, mufassir va mutasavviflar, donishmand va mutafakkirlar, fan arboblari yetishib chiqqan. Ulardan biri o'rta asrning buyuk qomusiy olimi Abu Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy zamonasining qator fanlari: astronomiya, fizika, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, tarix kabilarni chuqur o'rgangan. Beruniy ustozi mashhur olim Abu Nasr Mansur ibn Iroq qo'lida ta'lim oldi. Ibn Iroq astronomiya, geometriya, matematikaga oid bir qancha asarlar yozib, shulardan 12 tasini Beruniyga bag'ishlaydi.

Beruniy ona tilidan tashqari yana bir qancha tillarni: arab, so'g'diy, fors, suryoniy, yunon va qadimgi yahudiy tillarini, keyinchalik Hindistonda sanskrit tilini o'rganadi.

O'z ilmiy asarlaridan birida yozishicha, u Xorazmda yashagan davrida, 990 yillardan boshlab Kot shahrida muhim astronomik kuzatishlar o'tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o'zi astronomik asboblar ixtiro etgan. Xorazm zodagonlari orasida taxt uchun boshlangan kurashlar olimning bu ilmiy ishlarini davom ettirishga imkon bermaganligi bois, 22 yoshida vatanini tashlab chiqib ketishga majbur bo'ldi va bir qancha vaqt Kaspiy dengizining janubi-sharqiy sohilidagi Jurjon shahrida muhojirlikda yashadi. So'ng qadimgi Ray shahriga bordi, 998 yiddan keyin yana Jurjonga keldi va bu yerda o'zining ikkinchi ustozi tabib, astronom, faylasuf Abu Sah! Iso al-Masihiy bilan tanishib, undan ta'lim oldi.

Beruniy "Osor al-boqiya an al-qurun al-xoliya" ("Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar") asarini Jurjonda muhojirlik davrida yoza boshlagan va 1000 yilda tamomlagan. "Osor al-

36

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

boqiya" Beruniyga juda katta shuhrat keltirdi, uni fanning hamma sohasiga qiziquvchi buyuk olim ekanini ko'rsatdi.

Bundan tashqari Beruniy Jurjonda astronomiya, netrologiya tarixiga oid 10 dan ortiq asar yezdi. Beruniy Xorazm-ning yangi hukmdori Abu Abbos Ma'mun II ibn Ma'mun tomonidan mamlakatning yangi poytaxti Urganchga chaqirtirildi. Xorazmshoh to-monidan juda katta izzat-ikrom bilan qabul qilindi. Beruniy Urganchda Ma'munning bevosita rahnamoligida vujudga kelgan ilmiy markazda faoliyat ko'rsatdi.

Beruniy shoh Ma'mun II ning eng yaqin maslahatchisi sifatida mamlakatning siyosiy ishlarida ham faol qatnashadi.

Xorazmning Mahmud g'aznaviy tomonidan bosib olinishi Beruniy hayotini xavf ostiga qo'yadi. U Xorazmshoh saroyidagi barcha olimlar bilan birga g'azna shahriga asir qilib olib ketiladi. Beruniyning 1017-1048 yillarda g'aznada kechirgan hayoti, bir tomondan nihoyat og'ir kechgan bo'lsa, ikkinchi tomondan, uning ilmiy faoliyati uchun eng mahsuldor davr bo'ldi.

Beruniyning "Xorazmning mashhur kishilari" asari ham shu davrda yaratilgan. Uning muhim astronomik-geografik asari "Tahdid nihoyot al-amoniya li tashidi masofat al-masokin" ("Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash" - "Geodeziya") 1025 yilda yozib tugatilgan.

Beruniyning "Munajjimlik san'atidan boshlang'ich tushunchalar" asari ham 1029 yil g'aznada yozilgan. Asarning forscha, arabcha nusxalari bizgacha yetib kelgan. Unda o'sha zamon astronomiyasi bilan bog'liq bo'lgan bir qancha fanlar haqida muhim ma'lumotlar berilgan. Beruniyning "Hindiston" nomli mashhur yirik asari "Tahqiq mo li-l-Hind min ma'quda maqbula fi-l-aql av marzula" ("Hindlarning aqlga sig'adigan va sig'maydigan ta'limotlarini aniqlash kitobi") 1030 yilda yozilgan bo'lib, bu shoh asar g'arb va sharq olimlari, shu jumladan, hozirgi zamon hind olimlari tomonidan yuksak baholangan. Akademik V. R. Rozen "SHarq va g'arbning qadimgi va O'rta asrdagi butun ilmiy adabiyoti orasida bunga teng keladigan asar yo'q", deb baho bergan.

Mahmud G'aznaviyning Hindistonga qilgan yurishlaridan birida shohga hamroh bo'lgan Beruniy, u yerda sanskrit tilini puxta o'rganishi hind madaniyati adabiyoti va Hindistonning o'sha davr olimlari bilan yaqindan tanishishga hamda bu mamlakat haqida o'lmas asar yaratishga imkon berdi. «Hindiston» asari yozib tugatilgan yili Mahmud g'aznaviy vafot etdi va uning o'rniga taxtta o'g'li Mas'ud o'tirdi. Bu davrda Beruniyning ahvoli ancha yaxshilandi.

37

Volume 3 j TMA Conference j 2G22 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

Astronomiyaga oid "Mas'ud qonuni" asarini sulton Mas'udga bag'ishladi. O'sha asr olimlaridan biri Yoqutning yozishicha: "Mas'ud qonuni" kitobi matematika va astronomiya bo'yicha ungacha yozilgan hamma kitoblar izini o'chirib yuborgan".

Beruniy o'z asarlari ro'yxatini tuzgandan keyin yana ikkita muhim kitobini yozgan. Bulardan biri "Mineralogiya"dir. Bu risola o'z zamonasi uchun Markaziy Osiyo va Yaqin SHarq; hatto Ovro'poda ham mineralogiya sohasida eng yaxshi, tengi yo'q asar hisoblanadi. Beruniyning oxirgi asari - "Dorivor o'simliklar haqida kitob"ining qo'lyozmasi XX asrning 30-yillarida Turkiyada topildi. Asar "Saydona" nomi bilan mashhur, unda Beruniy SHarq, ayniqsa, Markaziy Osiyoda o'sadigan dorivor o'simliklarning to'la tavsifini beradi.

Beruniy so'nggi avlodlarga katta ilmiy meros qoldirdi. Beruniyning o'z davri ilm-fanining turli sohalariga oid 160 dan ortiq tarjimalari, turli hajmdagi asarlari, yozishmalari qolganligi bizga ma'lum.

Yuqorida ko'rsatib o'tilgan katta hajmdagi asarlaridan tashqari astronomiya, astrologiya, matematika, geodeziya, geologiya, mineralogiya, geografiya, arifmetika, tibbiyot, farmakognoziya, tarix, filologiya masalalariga oid qator risolalar yaratdi va sanskrit tilidan arabchaga, arab tilidan sanskrit tiliga tarjimalar qildi, badiiy ijod bilan ham shug'ullanib she'rlar yozdi. "Astrologiyaga kirish", "Astronomiya kaliti", "Jonni davolovchi quyosh kitobi", "Ikki xil harakatning zarurligi haqida", "Ko'paytirish asoslari", "Ptolemey "Almagest»ining sanskritchaga tarjimasi", "Foydali savollar va to'g'ri javoblar", "Farg'oniy "Elementlar"iga tuzatishlar", "Turklar tomonidan ehtiyotkorlik", "Oq kiyimlilar" va karmatlar haqida ma'lumotlar", "SHe'rlar to'plami", "Al-Muqanna haqidagi ma'lumotlar tarjimasi", "Ibn Sino bilan yozishmalar" shular jumlasidandir.

Beruniy qadimgi yunon ilmi va uning vakillari Aristotelb, Platon, Ptolemey, Yevklid kabilarning asarlari, hind olimlari, musulmon olimlari al-Xorazmiy, Farg'oniy, Battoniy, Roziy, Abu Tammam, ibn Kaysum, Abu Ma'shar asarlari bilan yaqindan tanish bo'lgan, ularga sharhlar, izohlar, tuzatishlar, raddiyalar yozgan. Uning ilmiy merosi g'oyat rang-barang bo'lib, tibbiyot faniga, astronomiya faniga xizmati juda kattadir. Beruniy o'z ilmiy asarlarida dunyo-ning tuzilishi masalasida Ptolemey sistemasiga suyansa ham, yerning harakati haqida Beruniy: «Erning harakatsizligi (masalasi) astronomiya fanining asosiy masalalaridan biri bo'lib, bu haqda yuz beradigan shubhalarni yechish qiyin», deb yozadi. Osmon jismlarini geometrik tushuntirish asosida Beruniy Kopernikdan bir necha asr avval Yerni koinotning markazi deb biluvchi geotsentrik va quyoshni koinot markazi deb o'rgatuvchi geliotsentrik tizim teng

38

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science_

Volume 3 | TMA Conference | 2022 Abu Rayhon Beruniy ilmiy-madaniy merosining ahamiyati va uning fan

taraqqivotidagi o'rni

'.qytyonda^

kuchga ega, degan xulosaga keladi. "Geodeziya" asarida Beruniy geotsentrizm bilan bog'liq bo'lgan ba'zi bir nazariyalarning to'g'riligiga shubha bilan qaraganini ochiqdan-ochiq bayon etadi.

Beruniy harakat traektoriyasi va osmon yoritqichlari shaklining ellipsoid ekanligi haqida birinchi bo'lib fikr yuritgan olimlardan bo'lib, joylarning geografik uzokligini, kengligini aniqlash yo'llarini tanlab olishda novator hisoblanadi. U trigonometriyani, geometriyani keng qo'llash orqali o'zidan oldingi astronomlarga nisbatan ancha aniq natijalarga erishdi. Turli joylarning geografik kengligi va uzoqligini aniqlashda Beruniy erishgan natijalar hatto hozirgi zamon olimlarini ham hayratda qoddiradi. Buyuk olim Yer yuzasining har bir qismi o'zining uzoq tarixiy taraqqiyotiga ega ekanligini qayd etgan.

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferena

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.