Научная статья на тему 'BERUNING AXLOQIY QARASHLARI'

BERUNING AXLOQIY QARASHLARI Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

716
52
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Renessans / mutaffakar / axloq / etika / fan / inson / ma‟naviyat / qiyofa / millat / yuksak.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Feruza Sadullaevna Atamuratova, Aziza Rixsivoyevna Sultanova

Mazkur maqola Sharq Renessansining buyuk olimlaridan biri Abu Rayxon Beruniyning axloqiy qarashlariga bag„ishlangan bo„lib, unda inson ma‟naviy kamoloti va yuksak insoniy fazilatlari yaxshilik, mardlik, do„stlik, halollik, haqgo„ylik, muruvvat, adolat, rahmdillik, qat‟iyat, sabr-toqat, kamtarlik haqidagi fikrlariga ahamiyat berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BERUNING AXLOQIY QARASHLARI»

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

BERUNING AXLOQIY QARASHLARI

Feruza Sadullaevna Atamuratova

Toshkent tibbiyot akademiyasi Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti

falsafa fanlari nomzodi

Aziza Rixsivoyevna Sultanova

Toshkent moliya instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola Sharq Renessansining buyuk olimlaridan biri Abu Rayxon Beruniyning axloqiy qarashlariga bag'ishlangan bo'lib, unda inson ma'naviy kamoloti va yuksak insoniy fazilatlari - yaxshilik, mardlik, do'stlik, halollik, haqgo'ylik, muruvvat, adolat, rahmdillik, qat'iyat, sabr-toqat, kamtarlik haqidagi fikrlariga ahamiyat berilgan.

Kalit so'zlar: Renessans, mutaffakar, axloq, etika, fan, inson, ma'naviyat, qiyofa, millat, yuksak.

Abu Rayxon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy (973-1048 yy.) Sharq Renessansi davrining qomusiy olimlaridan biri hisoblanadi. U 150 dan ziyod fundamental asarlar yozgan bo'lib, ilmiy asarlari inson sivilizatsiyasi rivojiga qo'shgan buyuk xizmatlarining eng yorqin dalilidir. Beruniy o'zining butun umri davomida turli fanlarga qiziqib, yozgan asarlarida falsafa, sotsiologiya, tarix, filologiya, etika va boshqa fanlarga oid masalalar yuzasidan o'ziga xos fikrlarini bergan. Ayniqsa, Beruniyning axloqqa oid qarashlari bugungi kunda juda dolzarb hisoblanadi.

Beruniy yer yuzidagi boshqa mavjudotlarga qaraganda inson zimmasiga eng mas'uliyatli vazifalar yuklangan, deydi. Uning fikricha, inson - tabiatning eng oliy kamoloti bo'lib, "inson zotiga yer yuzini obod etish va uni boshqarib turish uchun katta sharaf ko'rsatilgan - unga aql-zakovat kuchi armug'on etilgan" [1, 9]. Shu sababli, insonning ma'naviy qiyofasi uning oldiga qo'yilgan vazifalarga mos bo'lmog'i uchun u yuksak axloqli, bilim-ma'rifatli bo'lishi lozim.

Mutafakkir inson xatti-harakatining axlokiy sabablari va motivlari asoslarini insonning o'zidan qidirgan, o'zidan oldin o'tgan olimlar kabi shaxsning tabiatidan keltirib chiqargan. "Odam, - deydi Beruniy, -tabiati jihatidan bir-biriga zid a'zolar qo'shilmasidan tarkib

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

121

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

taraqqiyotidagi o'rni

'qqtyonmg

topgan murakkab tanaga ega..." va shu boisdan "uning holati o'z xarakteriga ko'ra xilma-xil va turli-tuman bo'ladi" [1,11]. Beruniyning da'vosicha, hamma odamlar o'z qiyofasi jihatidan bir-biriga o'xshaydi, ammo ayni choqda ular bir-biridan farq qilib turadi. Bu tafovut "ular temperamentlarining, tabiiy xususiyatlari va hokazolarning ziddiyatli bo'lishi tufayli ularning instinktlari zamirida yotadi" [1,26].

Olim uqtiradiki, shaxsning ma'naviy qiyofasi u boshqa odamlar bilan muloqatda bo'ladigan jamiyatda shakllanadi. Mutafakkirning ilgari surgan kollektiv tarzda hayot kechirish zarurligi haqidagi g'oyalari faqat sotsial mazmungagina emas, balki axloqiy mazmunga ham ega. U jamiyatning tashkil topishi asl sabablarini eng olijanob motivlari: o'zaro yordam, bir-biriga foyda keltirish, ehtiyojlarni birgalikda qondirish zarurati va hokazolar deb biladi. Beruniyning fikriga ko'ra, bu sahovatli xislatlar har bir kishining ajralmas axloqiy prinsipi bo'lib qolishi zarur. Odam hamma vaqt boshqalarning baxt-saodati haqida, muayyan vazifalarni bajarish zarurligi haqida o'ylashi lozim, chunki "bu kishining dunëdagi butun faoliyati davomidagi yashashi (prinsipi) dir" [2,83].

Beruniy muruvvatni insonning chinakam axloqiy xislatlaridan biri deb hisoblar edi. Mutafakkirning fikriga ko'ra, muruvvatli kishi odamlarga xayrixoh bo'ladi, u halol va haqgo'y, boylik orttirishga intilmaydi, o'z mehnati bilan, dehqonchilik, savdo-sotiq, hunarmandchilik va hokazo bilan shug'ullanadimi, bari-bir, o'z mehnati bilan yashaydi. "Muruvvatli erkak (mard), - deb yozgan edi Beruniy, - o'zidan va o'z mol-mulkidan boshqa (hech narsaga) ega bo'lmaydi, mol-mulkning kimniki ekanligiga (hech kim) shubha qilmaydi" [1,14]. Beruniy "mulozamat, rahmdillik, qat'iyat, sabr-toqat va kamtarlik"ni [1,9] yuksak axloqiy insonning asosiy xislatlari deb bilar edi. Ya'ni, mutaffakir muruvvatlilik deganda eng avvlo insonning axloqiy kamolotini tushunar edi.

Beruniy irqiy, diniy va territorial to'siqlarga qaramay, odamlar o'rtasida, xalqlar o'rtasida do'stlik uchun chinakam kurashchi sifatida maydonga chiqadi. U xuddi xalqlarning ana shu do'stligini ijtimoiy taraqqiyotning kuchi, insoniyat baxt-saodatining poydevori deb bilar edi. Beruniy "odamga eng yaqin turgan narsa uning o'z jonidir. Ana shu jon uchun birinchi galda yaxshilik qidirish, undan keyin esa uning tevaragida eng yaqin turgan narsalar uchun yaxshilik qidirish juda ham munosib ishdir", deydi [1,21]. Buyuk insonparvar mutafakkir, chinakam do'stliksiz haqiqiy baxt bo'lmaydi, deb ta'lim berar edi: "uning (insonning) baxti munosib tarzda hayot kechiruvchi, maqtovga loyiq fe'l-atvorli haqiqiy do'stidadir" [1,21]. Uning fikriga ko'ra, kimki axloqan yaxshi

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferenc«

December 16

Tashkent Medical Academy

The significance of the scientific, cultural

heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in

tarbiyalangan, ma'naviy boy bo'lsa, axloqiy qonun-qoidalarga muvofiq turmush kechirsa, do'st degan nomga munosib.

Olim o'zining "Hindiston" asarida hind xalqining tarixi, turmush tarzi, hayoti, axloq-odobi an'analarini ob'ektiv tarzda tavsiflar ekan, unga g'oyat katta hurmat bilan qaraydi. Shu bilan birga, u hindlarning ayrim qismlari xayolidagi millatchilik elementlarini, boshqa xalqlarga yomon ko'z bilan qarash tuyg'ularini qattiq qoralaydiki, bunday kishilar nazarida "yerlar - ularning yerlari, kishilar - faqat ularning xalqi namoyandalari, podsholar - faqat ularning hokimlari, din - faqat ularning dini, faqat ularda borgina fandir... Ular yer yuzida o'z mamlakatlaridan boshqa mamlakatlarning, o'z xalqlaridan boshqa kishilarning borligini hatto xayolga ham keltirmaydilar" [4,67-68]. Hindlar muayyan qismining boshqa xalqlarni kamsitishlarini qoralab, Beruniy xalqlar o'rtasida nifoq va nizolar bo'lmasligi kerak, bularni xalqlarning o'zlari bartaraf etishlari va tamomila yuq qilib yuborishlari mumkin, degan o'z zamonasi uchun juda muhim bo'lgan fikrni aytgan edi.

Beruniyning axloqiy qarashlari haqida gapirganda olimlar axloqi haqidagi uning tasavvuriga to'xtalib o'tish lozim. Olimlar yaratadigan ilmiy asarlar, mutafakkirning fikricha, faqat nazariy-amaliy ahamiyatgagina emas, ("istiqbolga nigoh tashlab, falokatlardan iloji bo'lganining oldini olish" [2,84]) balki ma'naviy ahamiyatga ham egadir ("ular yuksak axloq-odob kasb etadilar va xizmatlari samaralarini to'playdilar" [2,81]). "Bordiyu fan bo'lmaganida edi, idrok etilayotgan narsa yovuzlik, kechilayotgan narsa esa yaxshilik bo'lib chiqishiga ishonch bo'lmagan bo'lur edi" [2,81]). Ana shuning uchun ham faylasuf olimlarni jamiyatdagi ulkan vazifalarga munosib bo'lishga, nosamimiylik va g'arazgo'ylikka yo'l qo'ymaslikka da'vat etadi, chunki bu nuqsonlar "fanni inkor etishga va fan ixlosmandlariga nafrat bilan qarashga" [4,58]) olib kelishi mumkin.

Beruniyning ta'lim berishicha, mard odam bo'lish - faqat so'zdagina emas, balki amalda ham haqqoniy bo'lish demakdir. Mard kishi haqiqat uchun kurashib, hech kanday ta'qib va xavf-xatarga qaramay, yolg'onga qarshi kurashishi lozim: "Yolg'ondan qochib, haqiqatga amal qiladigan kishigina taxsin va maqtovga sazovordir... Axir, "haqiqat hatto sizning o'zingizga qarshi bo'lsa ham, haqiqatni ayting" deyilgan-ku" [4,81].

Zamondoshlari xabar berishlaricha, Beruniy g'oyat kamtarin, mustahkam, irodali, mehnat kilib charchamaydigan, bilimga qattiq berilgan kishi bo'lgan. Beruniy o'zining mashhur "O'tgan ajdodlardan qolgan yodgorliklar" asarining oxirida uning kamtarligi va yuksak nafsoniyatdan dalolat beruvchi quyidagi so'zlarni yozgan edi: "Kitobxon albatta

https://tma.uz/

December 16 Republican Scientific and Practical Conference

123

Tashkent Medical Academy The significance of the scientific, cultural heritage of Abu Rayhon Beruni and its role in the development of science

taraqqiyotidagi o'rni

'.qqtyottüa^

(yo) menga o'xshagan bo'ladi va o'shanda u meni maqtaydi va mening kuch-g'ayratim uchun minnatdorchilik bildiradi, yoki (uning bilimlari) darajasi mening darajamdan yuqori bo'ladi, unda u muruvvat qilib, nuqsonlarni to'g'rilaydi va xatolar qilingan bo'lsa, buning uchun kechiradi. Kitobxonlarning uchinchisi (xili)ga kelganda, bu xususda men (tahlikadan) xoliman, chunki ular (yo) bilimlar olmoq uchun menga bo'ysunadilar, yoki o'zlari zaif bo'lgan (sohada) menga nisbatan dushmanlik qiladilar" [5,413].

Beruniyning axloqiy qarashlarini o'rganish shuni ko'rsatib turibdiki, uning yaxshilik, yomonlik, nomus, baxt, mardlik, do'stlik, halollik, haqgo'ylik, adolatlik kabi ko'p axloqiy masalalarga ahamiyat bergan bo'lib, ular bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan.

REFERENCES

1. Абу Райхон Беруний. Минерология (перевод А.М.Беленицкого)// Избранные произведения, Том II. - Ташкент: Фан, 1966.

2. Абу Райхон Беруний. Геодезия (перевод П.Г.Булгакова), Ташкент, 1966.

3. Абу Райхон Беруний. Индия (перевод А. Б. Халидова, Ю. Н. Завадовского)// Избранные произведения, Том II. - Ташкент: Фан, 1963.

4. Абу Райхон Беруний. Памятники минувших поколений (перевод и примечания М.А.Салье)//Избранные произведения, Том I. - Ташкент: Фан,

5. Атамуратова Ф.С. (2016). Духовного наследия великих мыслителей востока и их вклад в медицину. Вестник Ташкентской медицинской академии, (3), 171-

1957.

172.

https://tma.uz/

Republican Scientific and Practical Conferenc«

December 16

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.