TARAQQIYOT STRATEGIYASI: AQLLI SHAHAR, RAQAMLI IQTISODIYOT, SUN'IY
INTELLEKT
BAZALT KOMPOZIT ARMATURALAR BILAN ARMATURALANGAN BETON TO'SINLARNI NORMAL KESIM BO'YICHA MUSTAXKAMLIGINI TADQIQ ETISH
assist. F.S.Solijonov, tal. G'.G'.Abduxamidov, Farg'ona politexnika institute
Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbekiston Respublikasida va chet mamlakatlarda hozirgi vaqtda barpo etilayotgan bino va inshootlarda beton konstruksiyalarini tiklashda keng qo'llanilayotgan kompozit armaturali elementlarning ishini tadqiq etish bo'yicha bajarilgan tadqiqot ishlari natijalarining tahlili bayon etilgan.
Kalit so'zlar: kompozit, bazalt, beton, solqilik, mustaxkamlik, messura, polimer
O'zbekiston Respublikasida yildan-yilga qurilish obodonlashtirish ishlari hajmi o'sib bormoqda. Rejalashtirilgan ulkan hajmdagi qurilish ishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun yangi innovatsion texnologiyalarni keng qo'llash talab etiladi. O'zbekiston sharoitida polimer kompozit armaturalarni qurilish amaliyotiga joriy etish mamlakatimiz sharoitida ularni tadqiq etishni taqazo qiladi. Shu sababli beton konstruksiyalarni polimer kompozit armaturalar bilan armaturalash yo'nalishida tadqiqotlar olib borish ijtimoiy va iqtisodiy axamiyatga ega bo'lgan dolzarb muammo hisoblanadi.
Shu sababli, bazaltplastik kompozit armaturalar bilan jihozlangan egiluvchi beton konstruksiyalarning kuchlar ta'sirida kuchlanib-deformatsiyalanganlik holatini, ularda yoriqlar hosil bo'lishi va rivojlanishini, bikrligini, buzilish shakllari va mustahkamligini aniqlash uchun kompleks eksperimental-nazariy tadqiqotlar o'tkazilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Buning uchun oddiy og'ir betondan tayyorlangan bazaltplastik sterjenlar bilan armaturalangan egiluvchi elementlarning eguvchi momentlar va ko'ndalang kuchlar ta'siriga qarshiligini eksperimental tadqiq etish zarur.
Eksperimental tadqiqotlarni o'tkazish uchun ko'ndalang kesimi to'g'ri to'rtburchak shaklida bo'lgan sinov modellari-namuna to'sinlar tayyorlandi. To'sinlar uchun oddiy og'ir beton ishlatildi.
Namuna to'sinlar betonidan tayyorlangan kublarni sinash natijalari _____1-jadval
To'sinlar shifri Beton yoshi (sutka) Namuna kubiklarining qirrasi, sm Betonning siqilishdagi mustahkamligi, MPa Betonning mustahkamligi
Rb, MPa Rbt, MPa Eb*10-3 MPa
1 2 3 4 5 6 7 8
1 BKPA -1 30 10 26,35 14,3 1,33 30,1
2 BKPA -2 30 10 25,42 13,9 1,30 29,6
To'sin namunalari bilan birgalikda xuddi shu qorishmadan o'lchamlari 10x10x10 sm bo'lgan kubiklar ham tayyorlandi. Normal harorat t=20±20C va 9=60-65% bo'lgan nisbiy namlik sharoitida 28 kun saqlanganidan so'ng namuna kubiklar gidravlik pressda siquvchi kuch ostida buzilguncha sinaldi.
TADQIQOT VA TARAQQIYOTILMIY JURNALI
TARAQQIYOT STRATEGIYASI: AQLLI SHAHAR, RAQAMLI IQTISODIYOT, SUN'IY
INTELLEKT
1-rasm. Namuna to'sinlarning armaturalanish va yuklanish sxemalari
Eksperimental tadqiqotlar uchun kesim o'lchamlari 12x24sm, uzunligi 174 sm bo'lgan 2 ta B20 sinfli beton va kompozit armaturalar bilan jihozlangan to'sinlar tayyorlandi. To'sinlar yog'och qoliplarda tayyorlandi. Qoliplarning ichki sirti metall listlar bilan qoplandi. B20 sinfli betondan tayyorlangan 2 ta sinov namunasida ishchi armatura sifatida cho'ziluvchi sohaga 2014BKA, siqiluvchi sohaga 2012BKA, xomutlar sifatida 08BKA armaturalar 7,5sm qadam bilan qo'yildi (1-rasm).
Tajriba uchun tayyorlangan namuna to'sinlarining o'lchamlari, namuna to'sinlariga ta'sir etayotgan yuklar qo'yilish oralig'i, ishlatilgan beton sinflari va bo'ylama cho'ziluvchi va siqiluvchi armaturalar soni, diametri, ko'ndalang armaturalar (xomut)ning soni va diametrlari 2-jadvalda keltirilgan.
Namuna to'sinlarining asosiy xarakteristikalari ___2-jadval
O'lchamlari, sm Armaturalanishi S
Ko'ndalang armatura (xomutlar) o gii fi ni
Namuna № b h ho Bo'ylama cho'ziluvch Bo'ylama siqiluvchi la r o r la kl £ Betonning loyihaviy s
BKPA -1 12 24 18,5 20 8 BKA 20 14 BKA 20 12 BKA 70 B20
BKPA -2 12 24 18,5 20 8 BKA 20 14 BKA 20 12 BKA 70 B20
Namuna to'sinlar kuch beruvchi stendda egilishga sinaldi. Stend maxsus tayyorlangan bo'lib, u to'sinlarni ikkita yig'ilgan kuch orqali yuklab, o'rta qismini sof egilishga sinash imkonini beradi.
Har bir bosqich yuki berilgandan so'ng va bosqich so'nggida o'lchov priborlari bo'yicha ko'rsatkichlar yozib olindi.
Beton va armaturaning deformatsiyalari, to'sinlarning salqiligi, yoriqlarning hosil bo'lish vaqti (yuki) va ochilish kengligi namunalar buzilguncha o'lchab borildi. Yukning qiymati domkratning manometridan yozib olindi. Yuk belgilangan qiymatga yetgandan so'ng domkratning ventili bekitilib, shu qiymatda 15-20 minut ushlab turildi. Ko'rsatkichlar priborlar
TADQIQOT VA TARAQQIYOTILMIY JURNALI
TARAQQIYOT STRATEGIYASI: AQLLI SHAHAR, RAQAMLI IQTISODIYOT, SUN'IY
INTELLEKT
orqali yozib olingandan keyin navbatdagi bosqich yuki berildi. Shu tarzda sinovlar davom ettirildi va namunalar buzilguncha olib borildi.
Sinovlar tugagandan so'ng hosil bo'lgan yoriqlarning o'rni belgilandi, namunalar rasmga olinib yoriqlarning balandligi o'lchandi, ular orasidagi masofalar aniqlandi, ishchi armaturaning himoya qatlamlari aniqlanib ishchi balandlik o'lchandi.
Sinov paytida beton va armaturalarning deformatsiyalari, normal yoriqlarning hosil bo'lish vaqti va yuk miqdori, to'sinning salqiliklari o'lchanib, qayd etib borildi.
Tajriba vaqtida BKPA-1,2 namunalarning buzilishi hisobiy yuklarga yaqin qiymatlarda yuz berdi, 1, 2 namuna to'sinlarida tajribaviy yuk hisobiy yukdan o'rtacha 10-20% gacha farq qilishi qayd etildi.
Qiya kesimlari bo'yicha buzilgan namunalarning aksariyatida berilayotgan kuch qiymati (0,9-0,95)Qult qiymatlarga erishgandan so'ng xomutlarning bo'ylama armaturalar bilan birikish tugunlari-bog'lamalarning buzilishi ro'y berdi va to'sin siqiluvchi sohalarining qirqilishi kuzatildi. Siqiluvchi qismida buzilish ro'y bergan namunalarning aksariyatida berilayotgan kuch qiymati (0,9-0,95)Qult qiymatlarga erishgandan so'ng beton o'z mustaxkamligini yo'qotganligi kuzatildi.
Namuna to'sinlarida o'tkazilgan eksperimental tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, kuchlar ostida kompozit armaturalar bilan jihozlangan egiluvchi beton to'sinlarning kuchlanib-deformatsiyalanganlik holati xarakteri, yoriqlarning hosil bo'lishi va rivojlanishi, armatura va betondagi deformatsiyalari, to'sinlardagi salqiliklarning ortib borishi po'lat armaturali egiluvchi elementlar bilan sifat jihatidan bir hil bo'lishi aniqlandi.
Namuna to'sinlarida element bo'ylama o'qiga normal yo'nalgan tajribaviy Mçrc va hisobiy Mçrc eguvchi momentlarning qiymatlari 2-jadvalda keltirilgan.
Namuna to'sinlarida normal yoriqlarning hosil bo'lishi
3.1- jadval.
Namuna to'sinlar shifri Kuchlar orasidagi masofa, sm Normal yoriqlar hosil bo'lishidagi eguvchi moment, kNm Kit Krc Krc
Tajribaviy Kro Hisobiy Krc Krc
BKPA-1 42 3,15 2,18 14,6 0,215 ,445
BKPA -2 42 3,15 2,17 13,7 0,21 ,451
BKPA-1,2 namuna to'sinlarga yuk berish boshlanganda yuklashning ma'lum bosqichlarida (II va undan keyingi) sof egilish sohasida to'sinlarda dastlab 2 ta yoki 3 tagacha normal yoriqlar paydo bo'ldi, so'ngra yuk ortib borgani sari yana yangi normal yoriqlar hosil bo'ldi. Dastlab hosil bo'lgan yoriqlarning ochilish kengligi 0,06-0,09 mm ni tashkil etdi, yuklar ortib borgani sari normal yoriqlar rivojlanib bordi, ularning uchi kesim balandligi bo'yicha ko'tarilib borishi kuzatildi va shu vaqtning o'zida yoriqlarning ochilish kengligi ham ortib bordi.
Element bo'ylama o'qiga nisbatan normal yo'nalgan yoriqlarning ochilish kengligini ShNQ [4] da keltirilgan usul bo'yicha hisoblash natijalari tajribalarda olingan o'zgarish qonuniyati va miqdorlari bilan qoniqarli darajada mos tushishi aniqlandi.
Tajribaviy M^rc ning hisobiy (nazariy) Mçrc ga nisbati, ldan katta bo'ldi va BKPA-1,2 namuna to'sinlarida o'rtacha 1,23ni tashkil etdi. BKPA-1,2 namunalarda tajribaviy yoriq hosil
TADQIQOT VA TARAQQIYOTILMIY JURNALI
TARAQQIYOT STRATEGIYASI: AQLLI SHAHAR, RAQAMLI IQTISODIYOT, SUN'IY
INTELLEKT
qiluvchi momentlarning o'rtacha qiymati buzuvchi momentlarning 22% ga teng ekanligi aniqlandi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. Умаров, Ш. А., Мирзабабаева, С. М., & Абобакирова, З. А. (2021). Бетон Тусинларда Шиша Толали Арматураларни ^уллаш Оркали Мустах,камлик Ва Бузилиш Х,олатлари Аниклаш. Таълим ва Ривожланиш Таулили онлайн илмий журнали, 1(6), 56-59.
2. Умаров, Ш. А. (2021). Исследование Деформационного Состояния Композиционных Арматурных Балок. Таълим ва Ривожланиш Таулили онлайн илмий журнали, 1(6), 60-64.
3. Umarov, S. A. (2021). Development of deformations in the reinforcement of beams with composite reinforcement. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(9), 511-517.
4. Мирзабабаева, С. М., Мирзаахмедова, У. А., Абобакирова, З. А., & Умаров, Ш. А. (2021). Влияние Повышенных И Высоких Температур На Деформативность Бетонов. Таълим ва Ривожланиш Таулили онлайн илмий журнали, 1(6), 40-43.
5. А.П.Мандриков. Примеры расчета железобетонных конструкций М. 1979г. 419 с.
TADQIQOT VA TARAQQIYOTILMIY JURNALI