Научная статья на тему 'BAXTSIZ HODISALAR VA TRANSPORT AVARIYALARIDA ZARARLANGANLARGA BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO’RSATISH'

BAXTSIZ HODISALAR VA TRANSPORT AVARIYALARIDA ZARARLANGANLARGA BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO’RSATISH Текст научной статьи по специальности «Техника и технологии»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по технике и технологии, автор научной работы — Xolliyeva Aziza Askarovna

Birinchi yordam — baxtsiz hodisalar roʻy berganda, kishi shikastlanganda yoki toʻsatdan kasal boʻlib qolganda uning hayotini asrab qolish va yomon asoratlardan omon qolishi uchun koʻrsatiladigan tez va oddiy tadbirlar majmui; shifokor yetib kelguncha yoki ularni shifoxonaga olib borguncha amalga oshiriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «BAXTSIZ HODISALAR VA TRANSPORT AVARIYALARIDA ZARARLANGANLARGA BIRINCHI TIBBIY YORDAM KO’RSATISH»

CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES A

iSIAN iqffljlNAI. OF

sci pciflhry research

iagement studies

.ISSJf

BAXTSIZ HODISALAR VA TRANSPORT AVARIYALARIDA ZARARLANGANLARGA BIRINCHI TIBBIY YORDAM

KO'RSATISH

Xolliyeva Aziza Askarovna Pastdarg'om jamoat salomatligi tibbiyot texnikumi hamshiralik ishi yo'nalishi o'qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14890389

ARTICLE INFO

Received:11th February 2025 Accepted:12th February 2025 Published: 18th February 2025 KEYWORDS

ABSTRACT

Birinchi yordam — baxtsiz hodisalar ro'y berganda, kishi shikastlanganda yoki to'satdan kasal bo'lib qolganda uning hayotini asrab qolish va yomon asoratlardan omon qolishi uchun ko'rsatiladigan tez va oddiy tadbirlar majmui; shifokor yetib kelguncha yoki ularni shifoxonaga olib borguncha amalga oshiriladi.

Birinchi yordam o'z-o'ziga yoki boshqalar tomonidan (o'zaro) ko'rsatilishi mumkin. Shikastlangan odam jarohatini o'zi bog'lay olsa, zaharlanish alomati bo'lganida, mast, ko'p suyuqlik ichib me'dani yuvish va qayt qilishga quvvati kelsa, o'z-o'ziga birinchi yordam ko'rsatishi mumkin. O'zaro birinchi yordam odatda boshqa kishi tomonidan ko'rsatiladi. Kishining hayoti xavf ostida qolganda, mast, qon ketganda, tok urganda, zaharlanishda, koma, shok va boshqa holatlarda darhol birinchi yordam ko'rsatish zarur. Keyingi ko'rsatiladigan tibbiy yordam birinchi yordamning qanchalik to'g'ri ko'rsatilganligiga bog'liq. Mast, suyak ochiq singanda bog'lov va shina (taxtakach)ning tez va to'g'ri qo'yilishi, ko'pincha shok va boshqa og'ir kasalliklarning oldini olishga, shikastlanib behush yotgan kishini yonboshi bilan yotqizish traxeya va bronxlarga qusuq massasi hamda qon ketib qolmasligiga yordam beradi.

Birinchi yordam ko'rsatish. Birinchi yordam uch xil tadbirlar majmuasini o'z ichiga oladi: 1) tashqi shikastlovchi omillar (elektr toki, bosib qolgan og'ir narsa va boshqalar) ta'sirini darhol bartaraf etish yoki shikastlangan kishini noqulay sharoitdan xoli qilish (suvdan, o't tushgan joydan olib chiqish va boshqalar); 2) shikastlanish tarziga qarab birinchi yordam

ko'rsatish (bular haqida qarang: suyak chiqishi, suyak sinishi, zaharlanish, hushdan ketish, jarohatlanish, kuyish va boshqalar); 3) yaqin atrofdagi kasalxona, poliklinikaga yetkazish. Odam to'satdan betob bo'lib qolganida, turli xil baxtsiz hodisalar ro'y berganida, albatta tez yordam chaqirish, noiloj qolgan hollarda duch kelgan transportda davolash muassasasiga olib borish zarur. To'g'ri birinchi yordam ko'rsatish uchun doim tegishli bilim va malakani oshirib borish lozim. Ishxona, avtomashina va uydagi dori qutichasida birinchi yordam uchun zarur bo'lgan hamma narsalar bo'lishi kerak.

Birgina uy sharoitida hozirgi kunda o'ndan ortiq elektr asboblari, mexanik qurilmalar, xavfli kimyoviy vositalar, harakatlanish vositalari ishlatiladi. Shuning uchun hozirgi kunda boshqa baxtsiz hodisalarga qaraganda uy xo'jaligi baxtsiz hodisalari ko'proq uchramoqda. Ikkinchi o'rinda ko'cha baxtsiz hodisalari turadi. Bu yerda ham talafot ko'rganlar ko'proq bolalarni

Volume 2, Issue 2, February 2025

Page 139

tashkil etadi. Ko'cha baxtsiz hodisalarining sodir bo'lishiga asosiy sabab, ko'cha qoidalariga amal qilmaslik, texnika vositalarining nosozligidir. Gohida ko'cha baxtsiz hodisalariga yo'ko'rsatkich vositalari (svetoforlar)ning nosozligi ham sabab bo'ladi. Baxtsiz hodisalar kutilmagan vaqtda paydo bo'lib, qisqa vaqtda juda ko'plab insonlar talafot ko'radi. Hozirgi kunda ob-havo, yer qatlami, transport vositalari, yong'in, portlashlar natijasida kelib chiqadigan baxtsiz hodisalar kuzatiladi. Ob-havoning to'satdan o'zgarishi, zilzilalar, to'fonlar, sellar, dovullar, qor bosib qolishlari bularga misol bo'la oladi. Bundan tashqari, temiryo'l va havo yo'llari, avtomobil avariyalari juda ko'p kuzatilmoqda. Shuning uchun tibbiyot xodimlari doimo bunday baxtsiz hodisalarga har tomonlama tayyor bo'lishlari lozim. Baxtsiz hodisalar tasnifi: 1. Transport vositalari avariyalari bilan bog'liq a) avtomobillar; b) temiryo'l vositalari; d) havo yo'llari vositalari; e) metropoliten; f) suv orqali harakatlanuvchi vositalar. 2. Uy xo'jaligi bilan bog'liq a) elektr; b) gaz; d) suv-isitish tizimi; e) qurilish; f) uy hayvonlari; g) oziq-ovqatlar; h) uyda ishlatiladigan kimyoviy moddalar. 3. Ishlab chiqarish bilan bog'liq a) xavfsizlik texnikasini buzish; b) transportning nosozligi; d) portlashlar, yong'inlar; e) elektr, gaz, isitish tizimidagi avariyalar; f) kimyoviy moddalar ishlatilishi, to'kilishi, tarqalishi, portlashi; g) radioaktiv moddalarning tarqalishi, uchishi, to'kilishi, portlashi. 4. Tabiat o'zgarishlari bilan bog'liq a) suv toshqinlari, do'l, jala, sellar, qor ko'chkilari; b) bo'ron, dovul, to'fonlar; d) zilzilalar, yer ko'chishlar, o'pirilishlar.

Shikastlovchi elementning turiga, qayerga, qanday, qancha vaqt, qancha kuchda ta'sir etganligiga qarab jarohatlanish turli-tuman bo'ladi. Jarohatlanish turlari: 1) mexanik; 2) termik; 3) kimyoviy. Organizmning tashqi yoki ichki muhitiga ta'sir etganligiga qarab: 1) tashqi; 2) ichki. Darajasiga qarab: 1) yengil; 2) o'rta; 3) og'ir. Kompensatsiyasiga qarab: 1) kompensatsiyalangan; 2) dekompensatsiyalangan. Oddiy va murakkabligi bo'yicha: 1) oddiy (masalan, yengil darajali termik kuyish); 2) murakkab (masalan, og'ir darajali termik va kimyoviy kuyish).

Shikastlovchi elementlar turlari bo'yicha: 1) bir element (masalan, kislota)ning ta'sir etishi; 2) bir necha element (masalan, kislota, radioaktiv modda)ning ta'sir etishi. Shikastlovchi elementlar: 1. Yer (asfalt, tuproq, qum, tosh, shag'al, beton). 2. Suv, muz. 3. Elektr toki. 4. Kislota, ishqor, tuzlar. 5. Radioaktiv moddalar. 6. Metall, oyna, plastmassa. 7. O'simliklar zaharlari. 8. Hayvonlar va hasharotlarning zaharlari. 9. Gazlar.

Qanday vaziyatda bo'lmasin tibbiy yordam ko'rsatuvchilar quyidagilarni yaxshi bilishlari lozim: 1. Bemorning yoshi kichik bo'lsa yoki juda qari, kasalmand bo'lsa, ahvoli shuncha tez og'irlashadi. 2. Bemorning shilliq qavatlari kimyoviy moddalar bilan og'irroq jarohatlanadi. 3. Kimyoviy moddalarning konsentratsiyasi yuqori bo'lsa, og'irroq jarohatlaydi. 4. Vaqt qancha ko'p o'tsa, kimyoviy moddalar shuncha og'ir jarohatlaydi. 5. Balanddan yiqilganda ichki organlar yoriladi. 6. Ko'p qon yo'qotgan odam birdan tik turgazilsa, ortostatik kollaps yuz beradi. 7. Ta'sir etuvchi element qancha uzoq ta'sir etsa va ta'sir etishi kuchli bo'lsa, bemor shuncha og'ir shikastlanadi. 8. Baxtsiz hodisalarda ko'pincha ahvoli og'ir bemorlar soni ko'payib ketadi. 9. Bemorlarga tez va aniq tibbiy yordam ko'rsatish uchun juda tez va juda aniq tibbiy saralash o'tkazish lozim. 10. Bemorlarga sifatli tibbiy yordam ko'rsatish bilan birga o'zining shaxsiy xavfsizligini ham unutmaslik lozim. 11. Ko'rsatilayotgan tibbiy

yordam tez, aniq, puxta, sifatli bo'lishi lozim. Baxtsiz hodisalarda yuz berishi mumkin bo'lgan barcha jarohatlar, shikastlar, zararlanishlarda tez tibbiy yordam ko'rsatish amaliy qismda berilgan. Transport avariyalari juda og'ir jarohatlanishlarga olib keladi va tananing ko'p qismi, ichki organlar, bosh miyaga shikast yetadi. Yuzning ezilishi, ayniqsa, burunning ezilishida kuchli qon ketish ro'y beradi. Kalla suyagi va uning asosi singanda burun, quloqdan qon ketadi, ko'z atrofida ko'zoynak simptomi hosil bo'ladi. Miya chayqalishi, miyaning ezilishida hushdan ketish, ko'ngil aynishi, qusish kuzatiladi. Atrof-muhitda to'satdan sodir bo'ladigan voqea-hodisalar ta'sirida odam organizmi funksiyalarining buzilishi baxtsiz hodisa (BH) deb ataladi. Baxtsiz hodisalar hozirgi zamonda ilm, fan va texnika taraqqiyoti bilan asta-sekin ko'payib bormoqda. Har yili O'zbekistonda minglab sog'lom kishilar baxtsiz hodisalar oqibatida o'z

Volume 2, Issue 2, February 2025

Page 140

sog'lig'ini butkul yo'qotib, nogiron bo'lib qolmoqda yoki halok bo'lmoqda. Baxtsiz hodisalarning, ayniqsa, yoshlar va navqiron yoshdagilar o'rtasida ko'p uchrayotgani achinarlidir. Buning sababi turli-tuman bo'lib, ular orasida eng ko'p uchraydigani bolalarni e'tiborsiz qoldirish, ularning xavfli o'yinlari, yosh kadrlar tomonidan xavfsizlik texnikasi qoidalarining qo'pol buzilishi, shoshma-shosharlik, loqaydlik, sovuqqonlik va boshqalar.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

2. Эргашева, О. А. К. (2022). РОЛЬ ФИЗИЧЕСКОГО ВОСПИТАНИЯ КАК УЧЕБНОЙ ДИСЦИПЛИНЫ. Вестник науки и образования, (10-2 (130)), 58-61.

3. qizi Ergasheva, O. A. (2023). OLIY TA'LIM MUASSASASI TALABALARI BILAN O 'TKAZILADIGAN YENGIL ATLETIKA BO 'YICHA TO 'GARAK MASHG 'ULOTLARINING MAZMUNI. Educational Research in Universal Sciences, 2(14), 155-158

4. Ergasheva, O. A. (2022). 11-12 YOSHLI O'QUVCHILARNING TEZKORLIK SIFATINI YENGIL ATLETIKA MASHQLARI YORDAMIDA TAKOMILLASHTIRISH. IJODKOR O'QITUVCHI, 2(24), 150-153.

5. Ergasheva, O. A. (2021). Psychological characteristics of movements of primary schoolchildren. ISJ Theoretical & Applied Science, 11 (103), 956-959.

6. Ergasheva, O. (2024). Potential glycolytic mechanism of endurance in athletics in female group students. In E3S Web of Conferences (Vol. 538, p. 05027). EDP Sciences.

7. Hamroyev, A. R., & Ergasheva, O. A. (2023). THE EFFECT OF ACTION GAMES ON THE PHYSICAL DEVELOPMENT AND LEVEL OF PHYSICAL FITNESS OF ELEMENTARY SCHOOL STUDENTS. FORMATION OF PSYCHOLOGY AND PEDAGOGY AS INTERDISCIPLINARY SCIENCES, 2(18), 67-71.

8. Axmedova M.D. A90 Yuqumli kasalliklarda hamshiralik ishi: Tibbiyot institutlarining bakalavriat ta 'lim yo'nalishi talabalari uchun darslik / M.D. Axmedova, A.R. Obloqulov, S.N. B oboxo'jayev; — Ozbekiston Respublikasi oliy va o 'rta maxsus ta 'lim vazirligi. — T., «Iqtisod-Moliya», 2008. - 244 b. Obloqulov A.R., Boboxo'jayev S.N.

9.YAXSHINOR ALLAYOROV, YAXSHIBOY OOJIBOYEV FAVQULODDA VAZIYATLARDA TEZ TIBBIY YORDAM ASOSLARI Tibbiyot kollejlari uchun darslik To ldirilgan va qayta ishlangan 3-nashri Toshkent «ILM ZIYO» 2007

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.