IF = 7.921
EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center 921 www.in-academy.uz
SUSTAINABLE DEVELOPMENT-2030" PROGRAM AND ITS NEW GOALS, FACTORS OF SUSTAINABLE DEVELOPMENT Shamsidinova Gulchekhra Dostmurodovna
B.f.n., Assoc. NavDU Navoi city, [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.14538761
ARTICLE INFO
ABSTRACT
The article focuses on the processes of sustainable development in the Republic of Uzbekistan, the Millennium Development Goals adopted by the UN in 2000 and the solution to combating poverty, the new 17 Sustainable Development Goals of the "Sustainable Development-2030" program and the principles of ecological, economic and social development.
Received: 15th December 2024 Accepted: 20th December 2024 Online: 21th December 2024
KEYWORDS Sustainable development
process, economic growth, planet earth model, Stockholm Conference, ensuring the well-being of the population, saving water resources, environmental protection, sustainable
ecological development, rule of law, public administration, foreign policy, membership in the world trade organization, labor migration, armed forces, emergencies.
"BARQAROR TARAQQIYOT-2030" DASTURI VA UNING YANGI MAQSADLARI,
BARQAROR RIVOJLANISH OMILLARI
Shamsidinova Gulchexra Do'stmurodovna
B.f.n., dots.
NavDU Navoiy shahri, [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.14538761
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 15th December 2024 Accepted: 20th December 2024 Online: 21th December 2024
KEYWORDS Barqaror rivojlanish jarayoni, iqtisodiy o'sish, yer sayyorasi modeli, Stokgolm
konferensiyasi, aholi
farovonligini ta'minlash, suv
Maqolada O'zbekiston Respublikasidagi barqaror rivojlanish jarayonlari, mingyillik taraqqiyot maqsadlari BMTning 2000 yilda qabul qilingan va qashshoqlikka qarshi kurashish masalalarini yechimi, "Barqaror taraqqiyot -2030" dasturining yangi 17 ta Barqaror taraqqiyot maqsadlari va ekologik, iqtisodiy vaaaijtimoiy rivojlanish tamoyillariga e'tibor qaratilgandir.
IF = 7.921
EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center 921 www.in-academy.uz
resurslarini tejash, atrof-muhitni muhofaza qilish, barqaror ekologik taraqqiyot, qonun ustuvorligi, davlat boshqaruvi, tashqi siyosat, jahon savdo tashkilotiga a'zolik, mehnat migratsiyasi, qurolli kuchlar, favqulodda vaziyatlar.
Barqaror rivojlanish jarayoni— hozirgi mavjud avlodlar hayotiy ehtiyojlarini qondirishda, kelgusi avlodlar uchun ajratilgan zahira holatdagi moddiy ne'matlarga zarar yetkazmasdan amalga oshiriladigan rivojlanish jarayonidir. Barqaror rivojlansh mazmun bo'yicha ekologik rivojlanish tushunchasiga juda yaqin bo'lib, mazkur jarayonlarni amalga oshirish ham jamiyat, ham tabiat,balki butun insoniyatning rivojlanishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi.
1968 yilda asos solingan 10 ta davlatdan 30 kishidan iborat fan, madaniyat, maorif, biznes vakillaridan iborat "Rim klubi" a'zolari insoniyatning hozirgi va kelajakdagi murakkab ahvolini muhokama qilish va inqirozdan chiqish yo'llarini o'rganishni asosiy maqsad deb belgiladilar. 1972-yil 13-martda "Rim klubi" a'zolari uchun tayyorlangan "O'sish chegaralari" deb nomlangan ma'ruza e'lon qilinib, ma'ruzada yer sayyorasining kelgusi ekologik holatini bashorat qilish bo'yicha global Model tahlil qilingan. Modelda yer sayyorasida o'sishni va uning chegarasini belgilaydigan 5 asosiy omil mavjudligi aytilib, mazkur omillarning qanday o'zgarishlariga qarab, Yer yuzasidagi azaliy muvozanatning qay tomonga qarab og'ishi taxmin qilindi. Mazkur omillar quyidagilardir:
1. Dunyoning turli hududlarida aholi sonining o'zgarib borishi;
2. Qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishning to'lqinli o'zgarishlari;
3. Tabiiy resurslar zahirasining ishlatilishi, mavjudlik holati va istiqbol rejalar;
4. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning to'lqinli o'zgarishlari;
5. Atrof muhitning ifloslanishi natijasida kelib chiqadigan ekologik muammolar, ularning yechimini topish, tabiat va jamiyatda barqaror rivojlanish jarayoniga erishish.
1972-yil 5-iyunda Stokgolmda Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT)ning "Atrof muhit muhofazasi" bo'yicha birinchi umumjahon konferensiyasi o'tkazilib, unda 113 davlat vakillari ishtirok etdilar. Konferensiyada "Ekologik rivojlanishning asosiy talablari" deb nomlangan 26 ta banddan iborat tamoyillar qabul qilindi hamda "Stokgolm deklaratsiyasi" deb nomlandi. Mazkur deklaratsiyada keltirilgan tamoyillarning birida "Har bir inson o'zi uchun qulay bo'lgan atrof muhitda yashash huquqiga ega va mazkur muhit taraqqiyotga erishadigan darajada bo'lishi kerak" deb ta'kidlangan.
Stokgolm konferensiyasida qabul qilingan, ekologik taraqqiyotga yo'naltirilgan "Tadbirlar rejasi" 109 banddan iborat bo'lib, unda butun dunyoda jahon hamjamiyati ekologik barqarorlikka erishish bo'yicha amalga oshiriladigan harakatlar rejasi shakllantirildi. Konferensiyadan keyin ko'pgina mamlakatlar tabiat va jamiyatda ekologik barqarorlikni shakllantirish bo'yicha dastlabki qadamlarni tashlay boshladi.
EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center 21 www.in-academy.uz
IF = 7.921
1975-yili butun dunyo bo'yicha aholi sonining 4 milliard, 1987-yili esa 5 milliarddan oshganligi kuzatildi. Dunyoning turli hududlarida aholi sonining oshib borayotganligi tufayli, tabiatdagi ekologik muvozanatning buzilishi natijasida, chekka tumanlarda ekologik inqiroz vaziyatlari chuqurlashib, turli xildagi salbiy jarayonlar yuz bera boshladi: Orol dengizining qurishi, Shimoliy Afrika mamlakatlaridagi qurg'oqchilik, okeanlarning neft mahsulotlari bilan ifloslanishi, "ozon tuynugi"ning kengayib ketayotganligi muammolari chegara bilmasligi bilan tabiatdagi ekologik muvozanat buzilishining mintaqaviy va global oqibatlari bilan namoyon bo'la boshladi.
1992-yilning 3-4-iyun kunlarida Braziliyaning Rio-de Janeyro shahrida BMTning "Atrof -muhit va rivojlanish" bo'yicha konferensiyasi bo'lib, unda 179 ta davlatlarning rahbarlari, hukumat vakillari, ekspertlar, nodavlat tashkilotlari, ilmiy va ishbilarmon doiralari vakillari qatnashdilar. Hozirgi vaqtda rivojlanayotgan mamlakatlar: GFR yoki AQSh aholisining mavjud hayot darajasiga yetishishlari uchun, yana bitta yer sayyorasining resurslarini o'zlashtirish lozim bo'lishi alohida ta'kidlandi. Yer sayyorasi esa, koinotda yagona ekanligi, aholining turmush darajasini ko'tarish uchun boshqa tabiiy imkoniyatlarning mavjud emasligi, barcha jnsonlarga ma'lum bo'lgan hayotiy haqiqatdir. Mazkur holatlarni hisobga olgan holatda barcha ta'lim muassasalarida ekologik ta'lim va tarbiya jarayonlarini kuchaytirish barchamizning muqaddas burchimiz hisoblanadi.
Mingyillik taraqqiyot maqsadlari (MTM) BMTning 2000 yilda qabul qilingan va qashshoqlikka qarshi kurashish masalalarini yechishni ko'zda tutgan, 22 yillik dastur bo'lib, jamiyatni rivojlantirish, undagi ekologik muammolarni oldini olish masalalarini ko'zda tutgan edi. Mingyillik taraqqiyot maqsadlari doirasida qashshoqlik va ochlikka barham berish, o'limga olib keluvchi, lekin davolasa bo'ladigan kasalliklarning oldini olish, barcha bolalar uchun ta'lim olish imkoniyatini ta'minlash va rivojlanish sohasidagi vazifalar va maqsadlar belgilab olingan edi. BMTning Mingyillik taraqqiyot maqsadlari quyidagi yo'nalishlarda "yo'l ko'rsatgich" bo'lib xizmat qiladi:
• Mamlakatlarning daromad bo'yicha qashshoqlik holatini bartaraf qilish;
• Yaxshilangan suv manbalaridan foydalanish imkoniyatini kengaytirish;
• Bolalarning boshlang'ich ta'lim muassasalarida o'qishini tashkil qilish;
• Bolalar orasidagi o'lim darajasining mavjudlik foizini qisqartirish.
Mazkur vazifalar millionlab insonlar uchun hali to'laqonli bajarilmay qolganligini inobatga olib, qashshoqlikka batamom barham berish, to'liq Gender tenglikka erishish, sog'liqni saqlash sohasining sifatini oshirish, har bir bola maktab ta'limini olish imkoniyatiga ega bo'lishini ta'minlash lozimdir. Buning uchun esa rivojlanayotgan dunyoni XXI asrning barqaror taraqqiyot yo'liga yo'naltirish, tabiatda kelib chiqayotgan ekologik muammolarni oldini olish, kishilar ongida ekologik madaniyat va ma'naviyatni shakllantirish zarur ekanligini taqozo etadi.
BMT Mingyillik taraqqiyot va rivojlanish dasturining asosiy ahamiyati quyidagilardan iboratdir:
• Mingyillik taraqqiyot dasturi - qashshoqlik va ochlikka barham berish, kasalliklarning oldini olish, barcha bolalar uchun ta'lim olish imkoniyatini ta'minlash va rivojlanish sohasidagi yo'nalishlarda "yo'l ko'rsatgich"bo'lib xizmat qiladi;
EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center 21 www.in-academy.uz
IF = 7.921
• BMTTDning 2015 yildan keyingi davrga mo'ljallangan taraqqiyot rejalarini ishlab chiqish, butun dunyo mamlakatlarining vakillari yig'ilishib, yangi taraqqiyot dasturini qabul qilishi hamda iqlim o'zgarishi muammolarini hal qilishda yagona bir kelishuv tuzishi haqida kelishildi.
"Barqaror taraqqiyot maqsadlari" konsepsiyasi BMTning 2015 yilda bo'lib o'tgan Barqaror taraqqiyot mavzusidagi Rio+20 konferensiyasida dunyoga kelib, mazkur konferensiya davomida barqaror taraqqiyot konsepsiyasining uchta tamoyili: xususan, ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotni ta'minlash tamoillarini qamrab oluvchi vazifalar ham belgilab olindi. "Barqaror taraqqiyot -2030" dasturi yangi 17 ta Barqaror taraqqiyot maqsadlari (BTM)dan, yoki Global maqsadlardan iborat bo'lib, keyingi 15 yillik davrdagi umumjahon siyosati va sarmoyalar yo'nalishlarini belgilab beruvchi dasturlardan bo'lib hisoblanadi. Global maqsadlar ham aynan shu vazifalarning yechimini 2030 yilga qadar topish zarurligini nazarda tutib, dunyo mamlakatlarining yetakchilari global maqsadlarni amalga oshirish maqsadida, dunyoning barcha nuqtalarida - qashshoqlikka batamom barham berishga va'da qilmoqdalar.
"Barqaror taraqqiyot -2030" dasturining yangi 17 ta Barqaror taraqqiyot maqsadlari (BTM)ning asosiy mohiyati quyidagilardan iborat:
• Ekologik tamoyil- atrof muhitning musaffoligi, ona zaminning pokligi, unga xos bo'lgan tabiiy unsurlar: suv, havo va tuproqning tarkibini ozoda saqlash, tabiatdagi ekologik muvozanatni saqlab qolish, hozirgi davrdagi eng asosiy muammolardan biri bo'lib, har bir hududning musaffoligi nafaqat mazkur hududga xos bo'lgan, balki tevarak atrofdagi boshqa maydonlarni ham ekologik tozaligi uchun xizmat qiladi;
• Iqtisodiy tamoyil- mamlakatlarning milliy iqtisodiyotni isloh qilish, tashqi savdo, soliq va moliya siyosatini liberallashtirish, tadbirkorlikni qo'llab-quvvatlash va xususiy mulk daxlsizligini kafolatlash, qishloq xo'jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta'minlash bo'yicha bir qancha ta'sirchan choralar ko'rishdan iboratdir.
• Ijtimoiy rivojlanish tamoyili- inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish, milliy iqtisodiyotni jadal rivojlantirish va yuqori o'sish sur'atlarini ta'minlash, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish, inson kapitalini rivojlantirish, 2026-yilga qadar ehtiyojmand aholi ijtimoiy nafaqa va moddiy yordam bilan to'liq qamrab olish;
Global maqsadlar Mingyillik taraqqiyot maqsadlari dasturi tomonidan boshlab qo'yilgan ishlarni oxiriga yetkazib, hech bir inson taraqqiyot jarayonidan orqada qolib ketmasligini ta'minlashni nazarda tutadi. Barqaror taraqqiyot jamg'armasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD) tomonidan Ispaniya hukumatining boshlang'ich sarmoya tariqasida ajratilgan mablag'i hisobiga joriy etilgan bo'lib, Mingyillik taraqqiyot maqsadlari bosqichidan Barqaror taraqqiyot maqsadlari bosqichiga o'tishni ta'minlashga xizmat qiladi.
"Business Call to Action" (BCtA) nomli global tashabbusning asosiy maqsadi Mingyillik taraqqiyot maqsadlariga erishish jarayonni tezlashtirishdan iborat bo'lib, u tijorat sohasidagi yuksalish va shu bilan birga umumiy taraqqiyot jarayoniga yordam beruvchi biznes-modellarni hayotga tadbiq etuvchi kompaniyalarni rag'batlantirishga qaratilgan. Hozirgi
EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center 21 www.in-academy.uz
IF = 7.921
globallashuv jarayonida barcha mamlakatlarning yetakchilari qashshoqlik va tengsizlik darajasini pasaytirish hamda ona-yerimizni himoyalashga qaratilgan aniq va izchil choralarni ko'rishga undash har birimizning burchimizdir.
Yer sayyorasining hozirgi qiyofasini shakllanishida tabiat va jamiyatning mutanosib rivojlanishi - koevolyutsiya deb yuritilib, mazkur jarayonlarda jamiyatning rivojlanish sur'atlari juda yuqori, tabiat evolyutsiyasi tezligi esa o'zgarmaydi. Koevolyutsiyaga erishish uchun jamiyat o'zining ayrim ehtiyojlaridan voz kecha olishi lozimdir. Mazkur jarayon juda murakkab bo'lib, unga erishish uchun insoniyatning ongi, tafakkuri va real imkoniyatlari o'zgarishi lozim. Hozirda dunyo aholisi bunday sharoitlarga rozilik bildirishlari alohida masala bo'lib, mazkur masala ochiq turganligi ma'qul sanaladi.
XXI - asrda insoniyatning atrof-muhitga ko'rsatayotgan ta'sirlari sur'ati juda yuqori bo'lib, barcha mamlaktlar o'zlarining mavjud iqtisodiy imkoniyatlarini ishga solib, moddiy farovonlikni oshirish uchun harakat qilmoqdalar. Global yuksalish davrida Barqaror rivojlanish yo'lidagi barcha sa'yi-harakatlar ham o'zining ijobiy natijalarini bermoqda. Yangi asr boshlariga kelib, rivojlangan davlatlarda ekologik inqirozning oldini olish tadbirlariga yalpi ichki mahsulot (YaIM)ning 1,5-2,5% ulushi sarflanishi lozim hisoblangan edi. Sanoati rivojlangan, ishlab chiqarish jarayonlarining kuchaytirilishi hisobiga, ekologik ko'rsatkichlar ancha ayanchli holga tushib qolgan mamlakatlarda esa mazkur ko'rsatgich 4-5% dan kam bo'lmasligi kerakligi ta'kidlanadi. Aholi orasida ekologik ta'lim- tarbiyani rivojlantirish, ekologik ong va tafakkurni darajasini oshirish, mazkur tizimda jamoatchilik rolini oshirish, ishlab chiqarish jarayonlariga ekologik texnologiyalarni joriy qilish masalalari Barqaror rivojlanishni ta'minlashda muhim ahamiyatga egadir.
Hozirgi vaqtda tabiat va inson hayotining ekologik xavf ostida qolish jarayoni yanada murakkablashib, mushkullashib bormoqda. Atrof-muhit bilan jamiyat o'rtasidagi aloqalar muvozanatining buzilishi, insoniyatning tabiiy turmush tarziga va holatga putur yetkazmoqda. Yer yuzi tabiatining barqarorligi, turg'unligi va uning o'ziga xos qonunlarini insoniyat tomonidan buzilishining asosiy sabablaridan biri - bu aholi qatlamida atrof-muhit muhofazasi haqidagi bilimlarning yetishmasligi hamda tabiatning kelajakdagi ekologik holatini ko'ra bilmasliklaridadir.
O'zbekiston respublikasida tabiatni muhofaza qilish to'g'risidagi qonunlarda ko'rsatilganidek, barcha ta'lim muassasalarida ekologik ta'lim- tarbiya jarayonlari majburiy deb belgilangan edi. Umumiy o'rta ta'lim maktablari, litsey va kollejlarda ekologiya bo'yicha alohida fan o'qitilishi shart va zarurdir. Oliy ta'lim muassasalarida amal qilayotgan o'quv rejalariga asosan "Ekologiya va atrof- muhit muhofaza qilish" fani o'qitilayotgan edi. 20212022 o'quv yilidan boshlab esa Oliy ta'lim vazirligining buyrug'iga asosan, respublikadagi barcha Oliy ta'lim muassasalari o'quv rejalaridagi fanlarni OTMlarni o'zlari tanlash imkoniyati berildi. Shuning uchun ko'pgina ta'lim muassasalari Ekologiya fanlarining o'rniga, o'zlarining mutaxassisligiga oid fanlarni quyib, Oliy ta'lim muassasalarida o'quv jarayonining bunday tarzda tashkil qilinishi, Ekologiya fanlarning o'qitilishiga oid ba'zi bir kamchiliklarni namoyon qiladi. Mamlakatda barqaror rivojlanish jarayoniga erishish uchun ekologik ta'lim masalalari Oliy ta'limning asosini tashkil qilishi lozimdir. Mazkur jarayonlarda barcha mutasaddilarga faqat omadlar tilaymiz.
EURASIAN JOURNAL OF MEDICAL AND NATURAL SCIENCES
Innovative Academy Research Support Center 21 www.in-academy.uz
IF = 7.921
Barqaror taraqqiyot -2030" dasturining yangi maqsadlari, 17 ta global maqsadlardan iborat bo'lib, jamiyatni rivojlantirish nuqtai- nazaridan bir- biriga bog'liq bo'lgan bir necha guruhga bo'linadi. Bular quyidagilardir:
• Aholi turmush tarzini yuksaltirish, oziq - ovqat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan maqsadlar. (1,2 maqsadlar).
• Aholining sihaat- salomatligini ta'minlash (3 va 5 maqsadlar).
• Ta'lim jarayonlarini sifatini oshirishga qaratilgan ( 4- maqsad).
• Ekologik maqsadlar ( 6, 7,13, 144, 15
• Iqtisodiy o'sish va munosib mehnat sharoitlarini yaratish ( 7,8,9)
• Tengsizlik va adolatsizlikni oldini olish (
Barqaror taraqqiyot -2030" dasturining yangi maqsadlari quyidagilardan iborat bo'lib, mazkur maqsadlar jamiyatni taraqqiy ettirish uchun xizmat qiladi. BMT "Barqaror rivojlanish maqsadlari"ga erishish ustida ish olib bormoqda: ular O'zbekiston va butun dunyo aholisi duch kelayotgan asosiy muammolarni hal etishga qaratilgan 17 ta o'zaro bog'liq va ulkan maqsadlardan iborat. O'zbekiston 2030-yilgacha bo'lgan davrdagi global kun tartibida qo'yilgan vazifalarni bajarish va "Barqaror rivojlanish maqsadlari" sohasidagi 16 ta milliy maqsadga erishish uchun ko'plab manfaatdor tomonlar ishtirokidagi sheriklikka keng qamrovli yondashuvga sodiq ekanini tasdiqladi.
2017 - 2021-yillarga mo'ljallangan milily harakatlar strategiyasi BRMni amalga oshirishda dasturilamal bo'lib xizmat qiladi. Barcha vazirliklarda BRM ustuvorligini ta'minlash uchun 2018-yil oktabrida hukumat 2030-yilgacha bo'lgan davr uchun kun tartibini haqida qaror qabul qildi, ayni qaror BRMni milliy strategiyalar va dasturlar bilan muvofiqlashtirish ishiga sodiqlikni tasdiqladi. Mamlakat 16 ta milliy Barqaror rivojlanish maqsadlari, 125 ta vazifa va 206 ta ko'rsatkichlarni amalga oshirishni yengillashtirish uchun ma'qulladi.
Barqaror rivojlanish sohasidagi maqsadlar Yer yuzida qashshoqlikka barham berish, atrof-muhit va iqlimni himoya qilish hamda dunyodagi barcha kishilar tinchlik va ravnaq topishdan bahramand bo'lishini ta'minlash bo'yicha global miqyosda harakat qilishga da'vatdir. BMT O'zbekistonda amalga oshirish uchun harakat qilayotgan maqsadlar Respublikani rivojlantirish uchun xizmat qiladi.
References:
1. O'z.R.Prezidenti SH.Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 72- sessiysidagi nutqini o'rganish bo'yicha risola.T."Ma'naviyat"2017 y.183 b.
2. BMT Asosiy omillar.Toshkent,2001 yil.
3. BMT Yevropa iqtisodiyoti komissiyasining barqaror rivojlanish uchun ta'lim bo'yicha strategiyasi.-T., 2007.
4. Shamsidinova G.D. Barqaror taraqqiyot ta'limi, darslik, T. 2023 yil, 365 b.
5. Internet materiallari.