Научная статья на тему 'BALIQCHILIK KORXONALARIDA MAHSULOT TANNARXI VA SOTISH HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH'

BALIQCHILIK KORXONALARIDA MAHSULOT TANNARXI VA SOTISH HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
112
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
FERMER XO‘JALIKLARI / TABIIY SUV HAVZALARI / SUN’IY SUV HAVZALARI / TAYYOR MAHSULOT / SOTISH KANALLARI / XO‘JALIK OPERASIYALARI / SCHYOTLAR BOG‘LANISHI / YALPI TUSHUM / SOF TUSHUM / MAHSULOT TANNARXI / MOLIYAVIY NATIJA

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Eraliyev A.K.

Maqolada baliqchilik fermer xo‘jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari hisobi, baliq mahsulotlarini daromadga olish, sotish kanallari bo‘yicha realizasiya qilish va moliyaviy natijalarni aniqlash bo‘yicha bo‘ladigan xo‘jalik operasiyalariga schyotlar bog‘lanishi tuzish hamda moliyaviy hisobotda moliyaviy natijalarni aks ettirishni takomillashtirish bo‘yicha takliflar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVEMENT OF PRODUCT COST AND SALES ACCOUNT IN FISHERIES

The article discusses the creation of accounts for economic operations on the calculation of production costs in fishery farms, income from sales of fish products, sales through sales channels and determination of financial results, as well as improving the reflection of financial results in the financial statements.

Текст научной работы на тему «BALIQCHILIK KORXONALARIDA MAHSULOT TANNARXI VA SOTISH HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH»

Eraliyev A.K. assistenti SamlSI

BALIQCHILIK KORXONALARIDA MAHSULOT TANNARXI VA SOTISH HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH

Annotatsiya. Maqolada baliqchilik fermer xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari hisobi, baliq mahsulotlarini daromadga olish, sotish kanallari bo'yicha realizasiya qilish va moliyaviy natijalarni aniqlash bo 'yicha bo'ladigan xo'jalik operasiyalariga schyotlar bog'lanishi tuzish hamda moliyaviy hisobotda moliyaviy natijalarni aks ettirishni takomillashtirish bo'yicha takliflar berilgan.

Kalit so'zlar. Fermer xo'jaliklari, tabiiy suv havzalari, sun'iy suv havzalari, tayyor mahsulot, sotish kanallari, xo'jalik operasiyalari, schyotlar bog'lanishi, yalpi tushum, sof tushum, mahsulot tannarxi, moliyaviy natija.

Eraliyev A. assistant SamIES

IMPROVEMENT OF PRODUCT COST AND SALES ACCOUNT IN

FISHERIES

Abstract. The article discusses the creation of accounts for economic operations on the calculation of production costs in fishery farms, income from sales of fish products, sales through sales channels and determination of financial results, as well as improving the reflection of financial results in the financial statements.

Keywords: Fisheries, Cost, Initial Accounting, Cost Item, Cost Object, Cluster, Innovation, Calculation.

Kirish. Respublikamizda aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, shu jumladan, sifatli baliq mahsulotlari ishlab chiqarish hajmlarini ko'paytirish, aholini baliq mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirish bo'yicha bir qancha dasturiy chora-tadbirlar qabul qilinmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida [1] ham kambag'allikni qisqartirish va qishloq aholisi daromadlarini ko'paytirishda eng tez natija beradigan omil qishloq xo'jaligida hosildorlik va samaradorlikni keskin oshirish, bunda har gektar yerdan olinadigan daromadni hozirgi o'rtacha 2 ming dollardan kamida 5 ming dollargacha yetkazish ustuvor vazifa qilib qo'yildi. Buning uchun qishloq xo'jaligiga eng ilg'or texnologiyalar, suv tejaydigan va biotexnologiyalarni, urug'chilik, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi yutuqlarni keng joriy etish lozimligi alohida ta'kidlandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-avgustdagi "Baliqchilik tarmog'ini qo'llab-quvvatlash va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"[2]gi qaroriga ko'ra 2020-yildan boshlab sun'iy suv havzalarida baliq yetishtiradigan baliqchilik xo'jaliklariga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq suv obyektidan olingan va qaytarib chiqarilgan suv hajmi o'rtasidagi farqidan kelib chiqib, qishloq xo'jaligi yerlarini sug'orish uchun belgilangan stavkalarda hisoblanadi. Baliqchilik xo'jaliklari va qishloq xo'jaligi korxonalariga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni hisoblash uchun foydalanilgan suvning hajmi haqiqatda iste'mol qilingan hajmdan kelib chiqqan holda Suv xo'jaligi vazirligi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan aniqlanadi. Bu esa baliqchilik xo'jaliklariga haqiqatda foydalanilgan suv uchun soliq to'lovini amalga oshirish imkoniyatini yaratadi va o'z navbatida, suvdan unumli foydalanish vazifasini ham yuklaydi.

Baliqchilik xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari mahsulot yetishtirish uchun sarf bo'lgan barcha moddiy va mehnat xarajatlari yig'indisi hisoblanadi. Baliqchilik xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlarining pul shaklida ifodalanishi tayyor mahsulot tannarxini tashkil qiladi. Baliqchilik xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari hajmini kamaytirish va mahsulot tannarxi darajasini pasaytirish, samaradorlikni oshirishning asosiy imkoniyatlaridan bo'lib hisoblanadi. Tannarxning pasayishi foydaning ko'payishi va rentabellikning oshishiga olib keladi. Shuning uchun ham baliqchilik xo'jaliklarida ishlab chiqarish xarajatlari hajmi dinamikasini hamda baliq mahsulotlari tannarxi darajasi dinamikasini uzluksiz ravishda tahlil qilish muhim ahamiyatga egadir, chunki tahlil tufayli xarajatlarni kamaytirish va tannarxni pasaytirish imkoniyatlari aniqlanadi, natijada ulardan foydalanish bo'yicha chora-tadbirlar ishlab chiqiladi.

Baliqchilik tarmog'ida, boshqa xo'jalik yurituvchi subyektlardagi kabi, ishlab chiqarish xarajatlarining tarkibiy moddalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish to'g'risida Nizom» [3] ga asosan tartibga solinadi.

Mavzuga oid adabiyotlarning tahlili. Qishloq xo'jaligida, jumladan baliqchilik tarmog'ida ishlab chiqarish xarajatlari hisobi va tahlilining nazariy va amaliy jihatlari xorijlik iqtisodchi olimlar K.Druri, N.D.Vrublevskiy, T.P.Karpova[4], shuningdek, Respublikamiz iqtisodchi olimlari A.V.Vahobov, M.Q.Pardayev, A.X.Pardayev, B.A.Xasanov, K.B.Urazov va boshqalarning ilmiy va o'quv-uslubiy ishlarida o'z aksini topgan. Baliqchilik tarmog'i xarajatlari hisobi va tahlilida mavjudligi va tarkibiy o'zgartirishlarni chuqurlashtirish hamda qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish sharoitida xo'jalik yuritish talablaridan kelib chiqib, ularning yechimlarini hal etishning zarurligi muammoning dolzarbligini ko'rsatib turibdi va ushbu mavzuda ilmiy tadqiqotlar olib borishning zarurligini belgilab beradi.

Materiallar va metodlar. Samarqand viloyatida faoliyat yuritayotgan baliqchilikka ixtisoslashgan fermer xo'jaliklari bo'yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilib, baliq havzalarida tutilgan baliqlarni buxgalteriya hisobida daromadga olish, dehqon bozorlarida va qayta ishlovchi korxonalarga sotish, baliq sotish va moliyaviy natijalarni aniqlash bo'yicha xo'jalik operatsiyalariga tuziladigan schyotlar bog'lanishi atroflicha tahlil qilindi.

Tadqiqot davomida ilmiy-tadqiqotlarni olib borishda kuzatish, guruhlash, solishtirish va boshqa usullardan foydalanildi.

Natijalar va ularni tahlili. Samarqand viloyati bo'yicha 2020 yilda 4 006,1 tonna baliq yetishtirilib, uning 3643 tonnasi fermer xo'jaliklari hissasiga to'g'ri kelgan. 2021 yilda ushbu ko'rsatkich 8 974,1 tonnani tashkil etgan. 2020 yilda baliq yetishtirish 12 725,1 tonnani tashkil etgan. Viloyatda baliq yetishtirishni tumanlar kesimida o'rganganimizda, Payariq, Samarqand, Kattaqo'rg'on va Ishtixon tumanlarining fermer xo'jaliklari ulushi 60-65 foiz tashkil etgan[15].

Tadqiqot obyekti bo'lgan Samarqand viloyati baliqchilikka ixtisoslashgan fermer xo'jaliklari bo'yicha baliq havzalarida tutilgan baliqlarni buxgalteriya hisobida daromadga olish, dehqon bozorlarida va qayta ishlovchi korxonalarga sotish, baliq sotish va moliyaviy natijalarni aniqlash bo'yicha xo'jalik operasiyalariga tuziladigan schyotlar bog'lanishi atroflicha tahlil qilindi.

Tahlillar shuni ko'rsatadiki, baliq chavoqlari ishlab chiqarish hamda tabiiy suv havzalari va sun'iy ko'llardan samarasiz foydalanish baliqchilik tarmog'ining eng zaif bo'g'ini hisoblanadi. Natijada baliqchilik xo'jaliklarining ishlab chiqarish xarajatlari ko'payishi va sun'iy ko'llarning hosildorligi bir gektarda 20 sentnerdan oshmasligiga olib keladi. Bu jahondagi o'rtacha ko'rsatkichlardan ancha pastdir. Baliqchilik sohasidagi ilg'or xorijiy tajribalarni o'rganish, intensiv texnologiyalarni keng joriy etish va baliq yetishtirishning yuqori texnologik usullaridan foydalanish alohida e'tiborni talab qiladi.

Fermer xo'jaliklarida baliqchiliq tarmog'ining ishlab chiqaris h xarajatlari, olingan mahsulot va uni sotish jarayoni, moliyaviy natijalarni aniqlash bo'yicha xo'jalik operasiyalariga tuzilgan schyotlar bog'lanishi quyidagi buxgalteriya schyotlarida olib boriladi:

№ 2010 - "Asosiy ishlab chiqarish";

№2810 - "Ombordagi tayyor mahsulotlar";

№4010 - "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar";

№5010 - "Milliy valyutadagi pul mablag'lari";

№5110 - "Hisob-kitob schyoti";

№6310 - "Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo'naklar";

№9010 - "Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar";

№9110 - "Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi";

№9910 - "Yakuniy moliyaviy natija".

Fermer xo'jaliklarida tuzilgan schyotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, tuzilgan schyotlar bog'lanishi faqat naqd pulsiz hisob-kitoblar shaklida xaridorlarga

sotilgan yoki dehqon bozorida sotilgan baliqlar daromadga olinib, ularni sotish, moliyaviy natijalari bo'yicha schyotlar bog'lanishi tuzilgan bo'lib, aholiga hovuzdan tutilib naqd pulga sotilgan baliqlar daromadga olinmay qolingan, natijada moliyaviy natijalarda naqd pulga aholiga sotilgan baliqlar bo'yicha xo'jalik operatsiyalari o'z aksini topmay qolgan.

Hovuzdan tutilib, aholiga sotilgan baliqlarni daromadga olish, sotish va moliyaviy natijalarini aniqlash bo'yicha xo'jalik operasiyalariga quyidagicha buxgalteriya schyotlari bog'lanishi tuzish lozim:

1.Debet schyot № 2810 - "Ombordagi tayyor mahsulotlar"

Kredit schyot № 2010 - "Asosiy ishlab chiqarish" - hovuzdan tutilgan baliq tannarxiga.

2. Debet schyot № 9110 - "Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi"

Kredit schyot № 2810 - "Ombordagi tayyor mahsulotlar" - hovuzdan

tutilgan baliq sotilganda, uning tannarxiga.

3.Debet schyot № 5010 - "Milliy valyutadagi pul mablag'lari"

Kredit schyot № 9010 - "Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar" -hovuzdan tutilgan baliq sotilganda, uning sotish bahosiga, ya'ni naqd pul kassaga kirim qilinganda.

4. Debet schyot № 9010 - "Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar"

Kredit schyot № 9910 - "Yakuniy moliyaviy natija" - hovuzdan tutilgan

baliq sotishdan olingan foyda summasiga.

yoki,

Debet schyot № 9910 - "Yakuniy moliyaviy natija"

Kredit schyot № 9110 - "Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi" -hovuzdan tutilgan baliq sotishdan ko'rilgan zarar summasiga.

Baliqchilik ishlab chiqarish xarajatlari har bir moddasini hisobga olishning o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Ularning asosiylariga quyidagilar kiradi:

• baliq maxsulotlarini sotib olish xarajatlari;

• ozuqa mahsulotlarini sotib olish xarajatlari;

• mehnatga haq to'lash va ijtimoiy ajratmalar;

• kommunal to'lovlar;

• marketing xarajatlari;

• veterinariya xizmatlari;

• transport xarajatlari;

boshqa xarajatlar.

Xulosa va takliflar. Fermer xo'jaliklarida olib borilgan tadqiqotlar natijasida taklif etilgan schyotlar bog'lanishini tuzish, hovuzdan tutilib, aholiga naqd pulga sotiladigan baliqlarni hisobga olish bo'yicha tegishli buxgalteriya hujjatlari tuzish zarurligini belgilab, yetishtirilgan baliqlarni to'la daromadga olinishini, xo'jalik daromadlari va moliyaviy natijalarni iqtisodiy asoslangan holda aniqlanishini ta'minlaydi. Natijada fermer xo'jaliklarida mahsulot yetishtirish bo'yicha statistik ma'lumotlarni, moliyaviy hisobotni aniq va ishonchli bo'lishiga olib kelib, boshqaruv qarorlari samaradorligini ta'minlaydi.

Yuqoridagi takliflarimizni fermer xo'jaliklarida qo'llanilishi buxgalteriya hisobini tashkil etish va yuritishni takomillashtirish bilan birga, moliyaviy natijalarini iqtisodiy asoslangan holda aniqlash, olingan jami foyda buxgalteriya hisobini yuritish tamoyillariga mos holda aniqlashga olib kelib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va barqaror rivojlanishni ta'minlaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Baliqchilik tarmog'ini qo'llab-quvvatlash va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori.2020-yil 29-avgust. PQ-4816. https: //lex.uz/docs/-4975254

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasi.

3. O'zbekiston RespublikasiVazirlar Mahkamasining "Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash to'g'risida"gi Nizomi, 1999-yil 5-fevral. 54-son

4. Dusmuratov R.D., Menglikulov B.Y. Qishloq xo'jaligida buxgalteriya hisobi va statistika asoslari. - T.: "Fan va texnologiya", 2014. 392 bet.

5. Друри К. Управленческий и производственный учет. М.: ЮНИТИ. 2002. 312.с;

6. Карпова Т.П. Управленский учет. М.: ЮНИТИ. 2002. 486 с.;

7. Vahobov А., Ibrohimov А., Ishonqulov N. Moliyaviy va boshqaruv tahlili. Darslik.- Toshkent: Sharq, 2005. 480-b.;

8. Jo'raev N.Yu. va boshqalar Moliyaviy va boshqaruv hisobi. Darslik.-Toshkent. 2010, 310 b.;

9. Ibragimov A.K. Ishlab chiqarish xarajatlari hisobi, audit va qishloq xo'jalik mahsulotlari tannarxini aniqlashni takomillashtirish. Iqtisod fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya va avtoreferat. - Toshkent: Bank-moliya akademiyasi, 2002;

10. Уразов К. Б. Иктисодиётни эркинлаштириш шароитида бухгалтерия хдсобининг концептуал масалалари. - Тошкент: Фан, -236 б. 2003.-168 б.;

11. Samarqand Viloyat qishloq xo'jalik boshqarmasining 2018 -2019-2020 yillar yig'ma hisobot ma'lumotlari. https: //stat.uz/uz/rasmiy-statistika/agriculture-2

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.