Sarikulov M. O.
Andijon davlatpedagogika instituti Biologiya va geografiya o^qitish
metodikasi kafedrasi o'qituvchisi Sirojiddinov M.R.
Andijon davlat pedagogika instituti Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
yo^nalishi 2-bosqich talabasi Andijon shahri Do "stlik ko"chasi 2-uy
BALIQCHI TUMANIGA UMUMIY IQTISODIY GEOGRAFIK TAVSIF
Annotatsiya: Mazkur maqolada Baliqchi tumani xo^jaligining umumiy ta^rifi, demografiyasi, maishiy xizmat ko^rsatish sohalari haqida so'z boradi. Xizmat ko^rsatish jarayonining bugungi kundagi holati, takliflar, e 'tibor qaratilishi lozim bo 'lgan jihatlar yoritilgan.
Kalitso'z: Baliqchi tumani, maydon, aholi, tu 'gilish, o 'lim, sanoat, korxona, tashkilotlar, maktab, sanoat, qishloq xo jaligi.
Sarikulov M. O.
Teacher
of the Department of Biology and Geography Teaching Methodology
Andijan State Pedagogical Institute Andijan State Pedagogical Institute, Sirojiddinov M. R.
2nd-level student of Geography and Economic Basics Andijan city, Do^stlik Street, 2nd house
GENERAL ECONOMIC GEOGRAPHIC DESCRIPTION OF BALIKCHI DISTRICT
Abstract: This article talks about the general definition, demography, and household service sectors of the Baliqchi district economy. The current state of the service delivery process, suggestions, aspects that should be paid attention to are highlighted.
Key word: Balikchi district, area, population, birth, death, industry, enterprise, organizations, school, industry, agriculture.
TADQIQOT METODOLOGIYASI: Maqolani yozishda statistik tahlil usulidan foydalanilib, asosan tuman statistika bo'limi malumotlari va internet manbalariga tayanilgan. Baliqchi tumani 1962-yil 24-dekabrda tashkil topgan bo'lib, Andijon viloyatining ma'muriy-hududiy birligi hisoblanadi. Baliqchi tumani hududiy yer maydoni 0,34 ming kv km. Baliqchi tumanida 53,4 ming oila mavjud. 2023-yilning 1-yanvar holatiga Baliqchi tuman aholisi soni viloyat doimiy
aholisining (332,27 ming kishi) 6,4 foizini yoki 211,3 ming kishini tashkil etadi. Shundan, 70,7 ming kishi shahar joylarida va 140,6 ming kishi qishloq joylarida istiqomat qiladi. Aholi zichligi 1 kv km ga 621 kishi to'g'ri keladi. Baliqchi tumani ma'muriy hududiy tarkibi bo'yicha 44 ta qishloq aholi punkti, 66 ta mahalla fuqarolar yig'inidan iboгat. Baliqchi tumani Namangan viloyati (79 km), Ulug'nor tumani (20 km), Bo'ston tumani (1,8 km), Oltinko'l tumani (36,2 km) Izboskan tumani (18,5 km) va Shahrixon tumanlari bilan (20 km) chegaradosh.
Dastlabki ma'lumotlaгga ko'гa, Baliqchi tumanida 2023-yilning 1-yanvar holatiga tumanda doimiy aholi soni 211,3 ming kishini tashkil etib, yil boshidan 4,2 ming kishiga yoki 2,0 % ga o'sdi. Shuningdek, 2023- yilning 1-yanvar holatiga Baliqchi tumanida 103.5 ming kishi ayollar va 107.7 ming kishini erkaklar tashkil etgan.
Tug'ilish: Baliqchi tumanida 2022- yilda tug'ilganlar soni 5 305 kishini tashkil qildi va 2021- yilga (5 183 kishi) nisbatan 122 taga ko'paydi, shunga mos ravishdatug'ilish koeffitsiyenti 25,4 promilleni tashkil qildi.
O'lim. Baliqchi tumanida 2022- yilda o'lganlar soni 980 kishini tashkil qildi va 2021- yilga (996 kishi) nisbatan 16 kishiga kamaydi, mos ravishda o'limkoeffitsiyenti 4,7 promilleni tashkil qildi (2021- yilda 4,9 promille bo'lgan).
Migratsiya. 2022- yilda tuman bo'yicha ko'chib kelganlaT soni 266 kishini, shu davr mobaynida ko'chib ketganlar soni esa 371 kishini tashkil qildi. Mos ravishda migratsiya qoldig'i -105 kishini tashkil etgan, 2021- yilda minus -246 kishi bo'lgan.
Baliqchi tumanida 2023- yil 1- yanvar holatiga faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari 518 tani tashkil etdi. Shundan, 516 ta kichik korxona va mikrofirmalar, shu jumladan 7 ta xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar mavjud.
1-jadval
Baliqchi tumanidagi sanoat korxonalari soni o'sishi
Sanoat korxonalari 2021- yil 1-yanvar holatiga 2022- yil 1-yanvar holatiga 2023- yil 1- yanvar holatiga
Sanoat korxonalari, jami 278 417 518
- Yirik 1 1 2
- kichik korxona va mikrofirmalar 277 416 516
sh.j. xorijiy investitsiya ishtirokidagi korxonalar 7
Tumandagi sanoat korxonalar: Baliqchi noto'qima matolar aksiyadorlik jamiyati, Alisher Navoiy nomidagi Interneyshnl O'zbek-Amerika qo'shma
korxonasi, Chinobod paxta tozalash aksiyadorlik jamiyati, Baliqchi noto'qima matolar ishlab chiqarish aksiyadorlik jamiyati korxonasining ip o'rash sexida sport buyumlari aksiyadorlik jamiyati, Baliqchi non aksiyadorlik jamiyati, „Baliqchi tongi" aksiyadorlik jamiyati, 2 mexanizatsiyalashgan Ko'chma aksiyadorlik jamiyati bo'lib, biri suv inshootlari qurish va yangi yerlarni o'zlashtirish bilan shug'ullanadi, ikkinchisi xo'jaliklararo qurilish boshqarmasi. Bo'rdoqchilik bazasi, Baliqchi va Chinobod mashina traktor parklari mavjud.
Andijon viloyati yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishida, xususan, to'qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning 15,2% i, teri va unga tegishli mahsulotlarni ishlab chiqarishning 6,9% i, qog'oz va qog'oz mahsulotlari 5,5% i, kiyim ishlab chiqarishning 1,2% i, yog'och va po'kak buyumlar (mebeldan tashqari), pohol va to'qish uchun materiallar ishlab chiqarishning 0,2% i, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishning 7,6% i Baliqchi tumani hissasiga to'g'ri keladi.
Andijon viloyatining makroiqtisodiy ko'rsatkichlariga ko'ra 2024-yil yanvar-sentabr oylariga nisbatan eksport hajmi 830,4 mln.doll bo'lgan shundan Baliqchi tumanini o'rniham alohida ahamiyatga ega.
Xo'jaliklar chorvachilik, bog'dorchilik, pillachilik, polizchilik, sabzavotchilik va sholikorlik bilan shug'ullanadi. Qishloq xo'jaligida sug'oriladigan yerlar 23,0 ming ga, ekinzorlar 19,0 ming ga, shu jumladan 11,3 ming ga yerga paxta, 6,0 ming ga yerga bug'doy, 0,3 ming ga yerga sabzavot, 0.05 ming ga yerga kartoshka, 1,3 ming ga yerga yem-xashak ekinlari ekiladi. Baliqchi tumanida 19 jamoa va shirkat xo'jaligi, 525 fermer xo'jaligi bor. Xayrixon Ergasheva nomidagi, „Chinobod", „Paxtakor", „O'zbekiston" A. Mo'minov nomidagi. „Bo'ston", Ulug'bek nomidagi shirkat xo'jaliklari tumandagi yirik va mashhur xo'jaliklardir.
2020-2022-yillarda tumanda umumiy qiymati 804 mln.doll. bo'lgan 5 ta yirik loyihalar amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Bu loyihalarning ishga tushishi natijasida 605 ta yangi ish o'rinlari yaratiladi. Shu jumladan 2023-yilda 98 mln doll investitsiyalar (shundan 65 mln doll to'gridan-to'gri xorijiy investitsiya) o'zlashtirilishi va 102 ta yangi ish o'rinlarini yaratish rejalashtirilgan.
2022- yilda Baliqchi tumanida maktabgacha ta'lim muassasalari soni o'tgan 2021- yilga nisbatan 3 taga, tarbiyalanuvchi bolalar soni 685 nafarga ko'paygan.
2022- yilda Nodavlat maktabgacha ta'lim muassasalari soni 14 ta, tarbiyalanuvchi bolalar soni 1 579 nafar va pedagog xodim lar soni 164 nafarni tashkil etgan.
2-jadval
O'rta va o'rta-maxsus professional ta'lim muassasalari
Muassasalar O'icho v birligi Akademi k litseylar Kasb-hunar maktablar Kollejla r Texnikumla r
2022/2022- o'quv yili boshiga o'rta va o'rta-maxsus professional ta'lim muassasalari soni birlik x 2 2 x
O'quvchilar soni kishi x 1 203 1 572 x
O'qituvchilar soni kishi x 48 31 x
Baliqchi tumanida 2022- yil yakuni bo'yicha aholini kasalliklarga chalinishi, ya'ni shifoxona muassaslariga murojaat qilgan bemorlar soni 154 090 nafardan iborat. Ayrim kasalliklar bilan kasallanish holatlari bo'yicha o'sish kuzatilgan. Masalan, 2022- yilda 2021- yilga nisbatan Ovqat hazm qilish a'zolari kasalliklari 5,2 % ga va Ba'zi yuqumli va parazitar kasalliklari 7,1 % ga ortgan.
XULOSA VA TAKLIFLAR: qilib shuni aytishim mumkinki, aholi soni ortgan sari ishga bo'lgan talab ham, ishsizlar soni ham ortib boradi. Shu bilan aholining yashash sharoiti ham salbiy tomonga o'zgara boshlaydi. Bunday hollarni bartaraf etish uchun eng avval aholini ishchi kasblar bo'yicha kadr sifatida tayyorlash lozim. Faqatgina ishchi kasblar bo'yicha kadrlarni tayyorlash emas, o'quv jarayonlarini amaliyot bilan bog'lagan holda tashkil etish, ishsiz aholi, jumladan yoshlar va xotin-qizlarda zamonaviy kasb va tadbirkorlik ko'nikmalarini shakllantirish ham ayni muddao hisoblanadi. Shu bilan birgalikda ishsiz aholi va ish qidirayotgan shaxslar kasb hunarga o'qitilsa aholining o'z - o'zini band qilish qobilyatga ega bo'ladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1. Baliqchi tumanining 2020-2022- yillarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish holati to'g'risida AXBOROTNOMA
2. Baliqchi tumani statistika boshqarmasi.2023-yil 1-yanvar.
3. Tojiyeva Z. Iqtisodiy va demografik statistika. O'quv qo'llanma. -T., 2002.
4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 9-yanvardagi PQ-4563 sonli qarori.
5. Andijon viloyati statistika boshqarmasi.