Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN: 2181-1784
educational, natural and social sciences 4(11), Dec., 2024
Research BIB / Index Copernicus www.oriens.uz
BADIIY QARASHLARDAN FOYDALANISHNING PEDAGOGIK AHAMIYATI (HOFIZ XORAZMIY IJODI MISOLIDA)
Xudayberganov Dilmurod Tuxtabayevich
Osiyo Xalqaro Universiteti "Pedagogika" yo'nalishi magistranti dtxudayberganov@gmail .com
Kurbanova Shukurjon Yeldashbayevna
Urganch davlat pedagogika instituti mustaqil izlanuvchisi [email protected]
ANNOTATSIYA
Mazkur maqolada Hofiz Xorazmiy ijodiy merosi misolida badiiy qarashlarning pedagogik ahamiyati tahlil qilinadi. Shuningdek, Hofiz Xorazmiyning badiiy qarashlari va ularning pedagogik ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan asoslanib, didaktik yondashuvlari izohlanadi.
Kalit so 'zlar. Hofiz Xorazmiy, devon, badiiy qarashlar, pedagogik yondashuv, oshiq va ma 'shuq obrazi.
АННОТАЦИЯ
В данной статье анализируется педагогическое значение художественных взглядов на примере творческого наследия Хафиза Хорезми. Также на научно-теоретических аспектах основаны художественные взгляды Хафиза Хорезми и их педагогическое значение, а также объяснены дидактические подходы.
Ключевые слова: Хафиз Хорезми, деван, художественные взгляды, педагогический подход, образ влюбленного и возлюбленной.
ABSTRACT
This article analyzes the pedagogical significance of artistic views using the example of the creative heritage of Hafiz Khorezm. It also explains Hafiz Khorezm's artistic views and their pedagogical significance, based on scientific and theoretical foundations, and his didactic approaches.
Keywords. Hafiz Khorezm, divan, artistic views, pedagogical approach, image of lover and beloved.
KIRISH
Adabiyot va san'at insoniyat tafakkurini boyituvchi, uning ma'naviy kamolotini ta'minlovchi sohalardan hisoblanadi. Badiiy qarashlar esa insonning ongi va qalbini yuksaltirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda hayotga estetik munosabatni
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
shakllantirishda alohida ahamiyatga ega. Ayniqsa, ta'lim va tarbiya jarayonida adabiyotning o'rni beqiyosdir. Adabiyot orqali yosh avlod nafaqat bilim oladi, balki ularning fikrlashi chuqurlashib, axloqiy va ruhiy jihatdan yetuk insonlar sifatida shakllanadi. Shu nuqtayi nazardan, o'zbek adabiyoti tarixida muhim iz qoldirgan Hofiz Xorazmiy o'z davrining yirik adabiy vakillaridan biri sifatida alohida e'tiborga loyiqdir. Uning ijodi o'zbek klassik adabiyotining eng yorqin namunalari qatoridan joy olib, ijtimoiy adolat, insonparvarlik, axloq-odob va ma'rifat masalalarini yuksak badiiylik bilan yoritadi. Shoirning devoni mazmunan chuqur, shaklan nafis va g'oyaviy jihatdan boy she'riy satrlarni o'z ichiga oladi. Jumlada, shoir devonidan o'rin olgan badiiy qarashlardan foydalanish yoshlarni tarbiyalashda bir qator pedagogik maqsadlarni amalga oshirishga yordam beradi:
1. Estetik didni shakllantirish: Hofiz Xorazmiyning badiiy tasvir vositalaridan foydalanib yaratilgan she'rlari o'quvchilarda san'at va go'zallikni tushunish qobiliyatini rivojlantiradi. Misol uchun Hofiz Xorazmiy g'azallarining biridan olingan ushbu baytida go'zallik va estetik zavqning badiiy tasviri ko'zga tashlanadi.
Chun go 'zallar orasinda yo 'q aningtak bir go 'zal, Kim shakartak la 'lidin bo 'Isa ravon suvtak asal. [1: 24]
Baytda shoir mislsiz go'zalning tasvirini chizadi. "Chun go'zallar orasinda yo'q aningtak bir go'zal" misrasida shoir barcha go'zallar orasida uning tengi yo'qligini ta'kidlaydi. Bu yerda "aningtak bir go'zal" iborasi bilan ideal go'zallikni tasvirlab, o'quvchi tasavvurida betakror go'zalning obrazini shakllantiradi.
"Kim shakartak la'lidin bo'lsa ravon suvtak asal" misrasida esa shoir go'zallikning jozibasini chuqurlashtiradi. Shoir qizning lablarini "shakar" va "asal" bilan qiyoslagan. Bu qiyos orqali go'zallik nafaqat tashqi ko'rinishda, balki ichki mohiyatida ham shirinlik va latofatga ega ekanligi ifodalanadi. "Ravon suv" obrazida shoir go'zallikni jonlantiradi, bu go'zallik hayotga bo'lgan muhabbat va zavqni uyg'otadi.
Yuqoridagi satrlar o'quvchilarda san'at va go'zallikka estetik his-tuyg'ular uyg'otadi. Shoirning poetik tasviri orqali ular tashqi go'zallik va ichki ma'noni uyg'un ko'rishga o'rganadilar. Go'zallikni shirinlik, sof daryo suvi kabi jonli va tabiiy obrazlar orqali talqin qilgan bu she'r bolalar qalbida go'zallikni qadrlash, estetik didni rivojlantirishga xizmat qiladi.
2. Axloqiy tarbiya: Hofiz Xorazmiyning ijodi orqali yoshlarga adolat, halollik, mehr-oqibat kabi qadriyatlarni singdirish mumkin. Masalan, Hofiz Xorazmiyning ushbu g'azallarining biridan olingan parcha axloqiy tarbiyani shakllantirish uchun juda mos vositadir.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
Banda-yi xaq bo 'lu olamning uza sulton bo 'l, Iyd-i jon izdayu g'am matbaxida qurbon bo 'l. Necha san devsifat xalq ora yurugasan, Kunj-n uzlatni talab aylavu xush inson bo'l. [1: 16]
Yuqoridagi misralarda aks etgan axloqiy masalalar hayotiy misollar orqali yoshlaming axloqiy ongini shakllantiradi. Unda inson hayotidagi muhim axloqiy qadriyatlar, jumladan, halollik, mehr-oqibat, va adolatning ahamiyati poetik ifoda orqali ta'kidlanadi.
"Banda-yi xaq bo'lu olamning uza sulton bo'l" misrasida shoir insonni Allohga itoatkor bo'lishga, halol va adolatli yo'l tutishga chorlaydi. Shoirning fikriga ko'ra, haq yo'lida yuruvchi inson dunyo podshohidan ham ulug'roq maqomga ega bo'lishi mumkin. Bu misra yoshlarga halollik va adolatga intilish zarurligini o'rgatadi.
"Iyd-i jon izdayu g'am matbaxida qurbon bo'l" misrasida shoir insonni ruhiy poklikka va ichki o'zgarishlarga chaqiradi. Bu yerda "g'am matbaxi" obrazida dunyo viy tashvishlar ifodalangan bo'lib, ulardan xalos bo'lish orqali haqiqiy ruhiy yuksalishga erishish tavsiya etiladi.
"Necha san devsifat xalq ora yurugasan, Kunj-n uzlatni talab aylavu xush inson bo'l" misrasida esa shoir yovuzlik va g'arazdan voz kechishga, ezgu inson bo'lib yashashga da'vat qiladi. "Devsifat xalq" deganda shoir insonlarning axloqiy buzilgan holatini nazarda tutib, ulardan uzoq bo'lish va ezgulik yo'lini tanlashni tavsiya etadi.
Ushbu satrlar yoshlarni axloqiy jihatdan o'stirishda muhim vosita bo'lib xizmat qiladi. Hofiz Xorazmiy insonni o'z axloqini yaxshilashga, halollik va samimiyat yo'lini tanlashga undaydi. Yoshlar ushbu she'r orqali adolatli, pok va mehribon inson bo'lishning naqadar muhimligini anglaydilar. Shu tariqa, uning she'rlari axloqiy ongni rivojlantirish va jamiyatda ijobiy qadriyatlarni shakllantirishda o'ziga xos ma'rifiy manba sifatida xizmat qiladi.
3. Dunyoqarashni kengaytirish: Badiiy qarashlar inson tafakkurini boyitadi, uning dunyoni chuqurroq tushunishiga imkon yaratadi. Hofiz Xorazmiyning she'rlaridagi falsafiy mazmun yoshlarga hayot va odamlar o'rtasidagi munosabatlar mohiyatini anglashda yordam beradi. Jumladan, biz buni g'azallarining biridan olingan mazkur satrlar orqali ko'rib chiqamiz.
Chun ne tilasa haq bo 'lur olamning ichra bexato, Hech bilmaduk bu yo'ldakim, nedur taqsirimiz.
Chavgon-i qudrat hukmida maydonning ichra go 'ytak Aylasa boshlar ravon nedur bizim tadbirimiz. Hofiz jamoli mus 'hafin ofoq-i anfusda ko 'rar, Chun olamu odam erur oyotu ham tafsirimiz. [2: 237]
Research BIB / Index Copernicus
Hofiz Xorazmiyning yuqorida keltirilgan satrlarida inson hayotining mohiyati, taqdir va inson iroda erkinligi haqidagi falsafiy mulohazalarni o'zida mujassam etgan bo'lib, u o'quvchilarning dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi. Shoir koinot va inson hayoti o'rtasidagi bog'liqlikni poetik tasvirlar orqali ochib beradi.
"Chun ne tilasa haq bo'lur olamning ichra bexato, Hech bilmaduk bu yo'ldakim, nedur taqsirimiz." Bu misralarda shoir inson hayotidagi barcha voqeliklar Yaratuvchining irodasi bilan yuz berishini ta'kidlaydi. Inson ko'pincha hayotidagi yo'llarini anglay olmaydi va bu orqali o'quvchilarni taqdirga nisbatan mulohaza qilishga undaydi. Shoir hayotdagi muvaffaqiyat va qiyinchiliklarning chuqur sabablarini izlashga chaqiradi.
"Chavgon-i qudrat hukmida maydonning ichra go'ytak Aylasa boshlar ravon nedur bizim tadbirimiz." Bu misralarda inson hayoti taqdir maydonida Yaratuvchining irodasiga bo'ysunuvchi bir unsur sifatida tasvirlanadi. Shoir "chavgon-i qudrat" va "maydon" obrazlari orqali hayotni metaforik tarzda aks ettirib, inson iroda va qudratning chegaralarini tushunishga undaydi. Bu o'quvchilarni hayotdagi vaziyatlarni chuqurroq tahlil qilishga va o'z pozitsiyalarini aniqlashga ilhomlantiradi.
"Hofiz jamoli mus'hafin ofoq-i anfusda ko'rar, Chun olamu odam erur oyotu ham tafsirimiz." Bu misralarda shoir olam va insonni dining muqaddas oyatlari va tafsirlariga qiyos qiladi. Shoir olamni yuksak falsafiy nigoh bilan idrok etib, inson hayotining har bir lahzasi muqaddas, qadriyatli tushuncha va hikmatlarga bog'liqligini ifodalaydi. Olam va insonning o'zaro uyg'unligi falsafasi yoshlarni tabiat, insoniyat va hayot haqidagi chuqur fikrlarga chorlaydi.
Yuqoridagi satrlari falsafiy chuqurligi bilan yoshlarning tafakkurini boyitadi va dunyoni yaxshiroq anglashlariga yordam beradi. Shoirning hayot va taqdir haqidagi mulohazalari o'quvchilarni insoniyatning mavjudligi, taqdirga nisbatan munosabat va insonning koinotdagi o'rni haqida o'ylashga undaydi. G'azal hayotga nisbatan chuqurroq qarashni shakllantirib, yoshlarni o'zlarini va olamni anglash yo'lida yetaklaydi.
4. Ijodiy tafakkurni rivojlantirish: Badiiy adabiyot vositasida yoshlarning ijodiy tafakkuri rivojlanadi. Hofiz Xorazmiyning poetik uslubi va ifoda vositalarini tahlil qilish orqali ular o'z fikrlarini badiiy shaklda ifodalashni o'rganadilar.
Qilg'ali ko'nglum vasling tamanno Ko 'z chashmasidur hajringda daryo. To eshigingda yo'l topdim, ey jon, Ko 'nglum tilamas gulzoru sahro. Yuzungni ko'rub so 'zga kelurman,
Research BIB / Index Copernicus
Ore, gul aylar bulbulni go 'yo,
Jon qushi izdar zulfung kamandin, Chun anga uldur maskanu ma 'vo. Shirin tudoqu so 'zunga quldur La 'lu javohir lo 'lo '-yi lolo.
So 'rsam labingni, turfa emaskim, So 'filar izdar payvasta halvo. Man banda Hofiz so 'rdum sanikim, Manman Majnun, sensen Laylo. . [2: 53-54]
Hofiz Xorazmiyning yuqorida keltirilgan g'azalida joy olgan badiiy ifoda vositalari va poetik uslub orqali o'quvchilarda ijodiy tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiladi. She'rda shoir muhabbat, go'zallik va sadoqat tuyg'ularini yuksak badiiy mahorat bilan ifoda etgan. Jumladan:
"Qilg'ali ko'nglum vasling tamanno, Ko'z chashmasidur hajringda daryo." Shoirning bu misralarida visol va hijron hissiyotlari ko'rinadi. Shoir ko'nglining sevgilisi visoliga intizor ekanligini ta'kidlaydi, hijron esa ko'z yoshi daryosiga aylangan. Bu yerda "ko'z chashmasi" va "daryo" obrazlari orqali chuqur badiiy tasvir yaratilgan, bu yoshlarni poetik ifoda vositalarini tushunishga va ulardan foydalanishga ilhomlantiradi.
"To eshigingda yo'l topdim, ey jon, Ko'nglum tilamas gulzoru sahro." Bu misralarda shoir sevgilisi eshigiga yetib kelganida, boshqa hech qanday dunyoviy narsani istamasligini ifodalaydi. Shoirning bu ifodasi sadoqat va muhabbatning eng yuksak shaklini aks ettiradi, bu esa yoshlarga hissiyotlarni poetik tarzda ifodalash imkoniyatini beradi.
"Yuzungni ko'rub so'zga kelurman, Ore, gul aylar bulbulni go'yo." Bu yerda shoir sevgilisining yuzini ko'rganida so'zlar jonlanishini aytadi. Shoirning bu ifodasi obrazli fikrlashga yo'naltiradi: "gul" va "bulbul" obrazlari o'quvchilarni poetik qiyoslar orqali ichki o'z hissiyotlarini ifodalashni o'rganishga chorlaydi.
"Jon qushi izdar zulfung kamandin, Chun anga uldur maskanu ma'vo." Shoir sevgilisining sochini jon qushiga maskan sifatida tasvirlaydi. Bu tasvir yoshlarni badiiy metaforalarni yaratishda ijodiy yondashuvga o'rgatadi.
"Shirin tudoqu so'zunga quldur La'lu javohir lo'lo'-yi lolo." Bu misralarda shoir sevgilisining so'zlarini la'l va javohirga qiyoslab, uning har bir so'zi go'zallik va qimmatbaho xususiyatga ega ekanligini ifoda etadi. Bu yoshlarni o'z insoniy tuyg'ularini badiiy qiyoslar yordamida boyitishga o'rgatadi.
"Man banda Hofiz so'rdum sanikim, Manman Majnun, sensen Laylo." Ushbu so'nggi misralarda shoir o'zining Majnun kabi sadoqatli ekanligini ta'kidlaydi,
Research BIB / Index Copernicus
sevgilisini esa Layloga qiyoslaydi. Bu badiiy qiyos yoshlarni klassik adabiyotni o^ganishga va undan ilhomlanib ijod qilishga yo'naltiradi.
Yuqorida keltirilgan g'azal yoshlarda obrazli fikrlash va ijodiy ifodani shakllantirishga yordam beradi. Hofiz Xorazmiyning poetik uslubini tahlil qilish orqali o'quvchilar metafora, tashbeh va qiyos kabi badiiy vositalarni anglaydi hamda ulardan o'z ijodlarida foydalanishni o'rganadi. Bu esa ularning badiiy tafakkurini boyitib, ijodiy qobiliyatlarini rivojlantiradi.
Zero, Hofiz Xorazmiy ijodi nafaqat adabiy, balki pedagogik jihatdan ham ulkan ahamiyatga ega. Uning badiiy qarashlari orqali yosh avlodni tarbiyalash, ularni ma'naviy va axloqiy jihatdan shakllantirishda katta natijalarga erishish mumkin. Pedagoglar bunday ijodiy merosdan samarali foydalanib, o'quvchilar qalbida estetik did, ma'rifiy saviya va axloqiy qadriyatlarni singdirishda o'z mahoratlarini namoyon etishlari lozim. Hofiz Xorazmiyning ijodi insoniyatning ma'naviy olamini boyituvchi nodir manba bo'lib, uning asarlaridagi g'oyalar yosh avlodning axloqiy-ruhiy va estetik rivojlanishi uchun bebaho o'rnakdir. Zamonaviy ta'lim-tarbiya jarayonida milliy qadriyatlar va badiiy estetik olamni yosh avlodga yetkazishda Hofiz Xorazmiy ijodidan foydalanish nafaqat ijtimoiy ehtiyoj, balki pedagogik vazifadir. Quyidagi takliflar aynan ushbu ehtiyojlardan kelib chiqadi.
1. Hofiz Xorazmiy ijodiy merosini chuqur o'rganish uchun maxsus qo'llanma va o'quv adabiyotlari yaratish.
2. Hofiz Xorazmiy ijodiy merosi asosida hujjatli filmlar va video materiallar tayyorlash.
3. Oilaviy adabiy kechalar tashkil etish, unda Hofiz Xorazmiy ijodidan parchalar o'qish va muhokama qilish.
4. Hofiz Xorazmiy asarlari asosida ma'naviyat targ'ibot dasturlarini ommaviy axborot vositalari orqali keng yoritish.
Yuqoridagi takliflarning amalga oshirilishi nafaqat Hofiz Xorazmiy ijodining ommalashuviga, balki yoshlarning axloqiy va ma'naviy jihatdan yetuk avlod sifatida shakllanishiga hissa qo'shadi.
ADABIYOTLARAttffTEPATyPA/REFERENCES:
1. Хрфиз Хоразмий. Девон. 2 том. 2-китоб. - Т.: УзКПМК, 1981. - 312 б.
2. Хрфиз Хоразмий. Девон. 2 том. 1-китоб. - Т.: УзКПМК, 1981. - 304 б.
3. Сулаймонов.М. Хрфиз Хоразмий шеъриятида эпик тимсоллар талкини // Шаркшунослик. 2016. № 1. - 23-30 б.
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
4. XaKKy-^OB H.^. Y3ÖeK TacaBBy^ metpHATHHHr maKmaHTHpHnnmH Ba TapaKKHëTH (roaBHÖnnK, H3gomnHK, o6pa3nap onaMH): OHHOH. ^aHnapn goKTopn ... gncc. - T., 2015. - 282 6.
5. Co6npoBa H.K. Xopa3M "OMHK" TypKyMH gocTOHnapn cro^era: этaкнн MOTHBnapn Ba o6pa3nap TH3HMHHHHr MH^onorHK acocnapn: OHHOH. ^aHnapn HOM3OAH ... gncc. - T., 2004. - 143 6.
6. Ko6hhob y.y. Y36eKgarn mothbh Ba o6pa3napn x,aKHga(XIV-XV acpnap): ohhoh. ^aHnapn goKTopn . gncc. - T., 2019. - 283 6.
7. MaMaganneBa 3.y. Annmep HaBOHHHHHr ".HHCOH-yr Tafip" gocTOHHgara paM3HH o6pa3nap TH3HMH: OHHOH. ^aHnapn H0M30gn ... gncc. - T., 2011. - 177 6.
8. 3coHKynoBa C.H. Hogupa metpntfrga TapnxHH o6pa3nap TSHKHHE: OHHOH. ^aHnapn HOM3OAH . gncc. - T., 2011. - 158 6.
9. MaTëKy6oBa T.P. Oraxnö metpH^rga maxcHH o6pa3nap TSHKHHE: OHHOH. ^aHnapn HOM3OAH ... gncc. - T., 2001. - 134 6.
10. Rejep Toparli. Çagatay §âiri Hâfiz Hârezmî., Türk Dünyasi Araçtirmalari (§ubat). - Istanbul: 1984. - 1-32 s.