Научная статья на тему 'AXLOQIY DUNYOQARASHNING MUAMMOLARIGA PSIXOLOGIK YONDASHUV'

AXLOQIY DUNYOQARASHNING MUAMMOLARIGA PSIXOLOGIK YONDASHUV Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
1261
49
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Axloq / tarbiya / dunyoqarash / bolalik / g’oya / ma’naviyat / ta’lim komillik / jamiyat va boshqalar / Morality / upbringing / worldview / childhood / idea / spirituality / education perfection / society.

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Nozigul Shuhratbek Qizi Shavkatova

Har bir insonning o’ziga xos axloq mezonlari mavjud. Biror kishiga umuman normal tuyulgan narsa, boshqasiga umuman nomaqbul. Inson o’z hayotida axloq tushunchasiga bir necha bor duch kelgan Biroq uning asl ma’nosini hamma ham bilmaydi. Zamonaviy dunyoda axloq muammosi juda keskin. Ko’p odamlar notog’ri va insofsiz turmush tarzini olib borishadi.Barcha asarlarda odamlar axloqiy tarbiyani juda qadrlashgan. Zamonaviy jamiyatda amalga oshirilayotgan chuqur ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar bizni yoshlar haqida o’ylashga majbur qiladi. Hozirgi vaqtda axloqiy ko’rsatmalar buzilgan yosh avlodga ma’naviyat yetishmasligi, e’tiqod yetishmasligi va tajovuzkorlikda ayblash mumkin. Aristotel “Axloqiy muvaffaqiyati bo’lmagan odam eng salbiy va vahshiy mavjudot bo’lib chiqadi”deb ta’kidlagan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PSYCHOLOGICAL APPROACH TO THE PROBLEMS OF THE MORAL WORLDWIDE

Everyone has their own set of ethics. To someone something that seems completely normal is completely unacceptable to another. Man is in his life encountered the concept of morality several times But its true meaning is all he doesn't even know. In the modern world, the problem of morality is very acute. Many people they lead a wrong and dishonest lifestyle. In all their works, people are moral highly valued upbringing. The depth that is being realized in modern society socio-economic changes make us think about young people. Current lack of spirituality in the young generation, whose morals were violated at the time, lack of faith and can be accused of aggression. Aristotle wrote “Ethical a person who fails is the most negative and savage being”. noted.

Текст научной работы на тему «AXLOQIY DUNYOQARASHNING MUAMMOLARIGA PSIXOLOGIK YONDASHUV»

AXLOQIY DUNYOQARASHNING MUAMMOLARIGA PSIXOLOGIK

YONDASHUV

Nozigul Shuhratbek qizi Shavkatova

Andijon pedagogika insituti Pedagogika psixologiya yo'nalishi 1-bosqich 102-guruh

talabasi

ANNOTATSIYA:

Har bir insonning o'ziga xos axloq mezonlari mavjud. Biror kishiga umuman normal tuyulgan narsa, boshqasiga umuman nomaqbul. Inson o'z hayotida axloq tushunchasiga bir necha bor duch kelgan Biroq uning asl ma'nosini hamma ham bilmaydi. Zamonaviy dunyoda axloq muammosi juda keskin. Ko'p odamlar notog'ri va insofsiz turmush tarzini olib borishadi.Barcha asarlarda odamlar axloqiy tarbiyani juda qadrlashgan. Zamonaviy jamiyatda amalga oshirilayotgan chuqur ijtimoiy-iqtisodiy o'zgarishlar bizni yoshlar haqida o'ylashga majbur qiladi. Hozirgi vaqtda axloqiy ko'rsatmalar buzilgan yosh avlodga ma'naviyat yetishmasligi, e'tiqod yetishmasligi va tajovuzkorlikda ayblash mumkin. Aristotel "Axloqiy muvaffaqiyati bo'lmagan odam eng salbiy va vahshiy mavjudot bo'lib chiqadi"deb ta'kidlagan.

Kalit so'zlar: Axloq, tarbiya, dunyoqarash, bolalik, g'oya, ma'naviyat, ta'lim komillik, jamiyat va boshqalar

PSYCHOLOGICAL APPROACH TO THE PROBLEMS OF THE MORAL WORLDWIDE

ABSTRACT

Everyone has their own set of ethics. To someone something that seems completely normal is completely unacceptable to another. Man is in his life encountered the concept of morality several times But its true meaning is all he doesn't even know. In the modern world, the problem of morality is very acute. Many people they lead a wrong and dishonest lifestyle. In all their works, people are moral highly valued upbringing. The depth that is being realized in modern society socio-economic changes make us think about young people. Current lack of spirituality in the young generation, whose morals were violated at the time, lack of faith and can be accused of aggression. Aristotle wrote "Ethical a person who fails is the most negative and savage being". noted.

Keywords: Morality, upbringing, worldview, childhood, idea, spirituality, education perfection, society.

Bugungi kunda bizning qilayotgan barcha ishlarimiz farzandlarimizning baxt-u

saodati, ularningyorug' kelajak uchun amalga oshirmoqda.Lekin baxt-u saodat

faqat boylik, mol-u mulk bilan belgilanmaydi.

I.Karimov

Odobli, bilimdon va aqlli, mehnatsevar, iymon-e'tiqodli farzand nafaqat ota onaning, balki jamiyatning eng katta boyligidir. Shuni unutmasligimiz kerakki, kelajagimiz poydevori bilim dargohlarida yaratiladi, boshqacha aytganda, xalqimizning ertangi kuni qanday bo'lishi farzandlarimizning bugun qanday ta'lim va tarbiya olishiga bog'liq. Ta'limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta'limdan ajratib bo'lmaydi -bu sharqona qarash,sharqona hayot falsafasi. Bu haqda fikr yuritganda, men Abdulla Avloniyning, "Tarbiya biz uchun yo hayot yo mamot yo najot yo halokat yo saodat yo falokat masalasidir" degan chuqur ma'noli so'zlarini eslayman. Buyuk ma'rifatparvar bobomizning bu so'zlari o'tgan asr boshida millatimiz uchun qanchalar muhim va dolzarb bo'lgan bo'lsa, hozirgi vaqtda ham biz uchun shunchalik,balki undan ham ko'ra muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi. Kim fanda ilgarilab, axloqda oqsasa, u oldinga emas ko'proq orqaga ketadi. Aristotel Insoniyat taraqqiyotida axloq muhim o'rin tutadi. Sharqning buyuk mutafakkirlari insonni axloqiy kamol toptirish,uni har tomonlama rivojlanlantirish, ma'naviy qiyofasini shakllantirish jamiyat taraqqiyotining muhim omillaridan biri deb qarashgan.

Axloq- kishilarning bir- birlariga, oilaga, jamiyatga bo'lgan munosabatlarida namoyon bo'ladigan xatti-harakatlari, xulq-atvorilari, odoblar majmui hisoblanadi. Inson axloqi, umuman ma'naviy va ma'rifiy jihatdan kamol topishi jarayonida turli tarixiy bosqichlardan- johillik, nodonlikdan ilmga, yovuzlikdan ezgulikka, vahshiylikdan insoniylikka o'tarkan, jamiyat shu tariqa rivojlanadi. Axloqning shakllanishida dinning ham ahamiyati katta. Dinning asosiy maqsadlaridan biri, insonga yomonliklarning zararlarini bayon qilish hamda yomon yo'lga kirib ketganlarni to'g'ri yo'lga da'vat etishdir. Islomda, uning muqaddas kitobi Qur'oni Karimda axloq masalasiga alohida e'tibor berilgan. Mutaffakir allomalarimiz ham axloq haqida bir qancha hikmatli so'zlarni aytib o'tishganlar. Masalan Imom Ismoil al-Buxoriy "Axloqning yaxshi bo'lishi,taomning pokizaligi,rostlik va omonatga xiyonat qilmaslik -mana shu to'rt xislatni Alloh Taolo senga bergan bo'lsa,dunyoviy ishlardan chetda qolgan bo'lsang ham,zarari yo'qdir", degan edi.

Xuddi shu ma'noda axloq kishining xulq-atvori,e'tiqod-iymoni,yurishturishi,fikr-mulohazalari uning muloqotida namoyon bo'ladi.Axloqli inson o'zini qattiq hurmat qiladi,unda ichki intizom kuchli bo'ladi.Suhbatdoshini ko'ngliga qarab muomila qiladi,kishining dilini og'ritmaydi muloqot odobiga rioya qiladi. Arzimas bo'lib ko'ringan odatlar shaxsni komil inson bo'lib shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ta'lim va tarbiyani doimo birga bermoq zarur, chunki ular bir-biriga chambarchas bog'liqdir. Ma'naviy-axloqiy tarbiyani tarbiyani tashkil etishda

o'quvchilar xatti- haratlarida ko'zga tashlanadigan salbiy odatlar -jamoa joylarida qattiq gapirish, qo'pol so'zlarni ishlatish, hissiyotga berilish,o'ylamay gapirish,ishonchli bo'lmagan dalillar haqida fikr yuritish, boshqalarning suhbatini bo'lish kabilarning bartaraf etib borilishiga alohida e'tibor qaratish lozim. Axloqning dunyoqarash funksiyasi shundaki,dunyoqarash nafaqat bilimlar asosida shakllanadi, balki hissiyotlarni murakkab doirasini ham o'z ichiga oladi.

Dunyoqarash kishining yoshi, hayotiy tajribasi, bilimi, mafkurasi bilan bog'liq tushunchadur. Dunyoqarash insonni o'zini va dunyoni zaruriy ravishda anglashi hamda baholashi asosida shakllanadi. Har bir insonning dunyoqarashi asta-sekin rivojlanadi.

Shaxsning ma'naviy-axloqiy qiyofasi, hayotiy yondashuvlari, uning uchun ustuvor ahamiyatga ega bo'lgan qadriyatlar hamda axloqiy tamoyillar mohiyati u ega bo'lgan dunyoqash mazmunini ifodalaydi. Inson doimo ta'lim- tarbiyaviy, barkamol shaxs bo'lib yetishar ekan dunyoqarashi ham rivojlanib boraveradi.Hamma odamlar uchun,istisnosiz dunyoqarash o'ziga xos mayoq vazifasini bajaradi. U deyarli hamma narsaga ko'rsatma beradi:qanday yashash ,qanday harakat qilish, qanday munosabatda bo'lish nimaga intilish kerak, nima tog'ri va nima yolg'on kabi.

Zamonaviy inson globallashuv davrida yashamoqda,bunda milliy madaniyatning ahamiyati pasaymoqda va uning qadryatlaridan begonalashuv kuzatilmoqda.Shaxs, xuddi dunyo fuqarosiga aylanadi, lekin shu bilan birga o'z ildizlarini yo'qotadi. Shuning uchun biz yoshlar jismonan barkamol, ma'naviy yetuk, dunyoqarashi keng,ta'lim va tarbiyaviy bo'lib kamol topishimiz lozim.

Axloqiy tarbiya barkamol inson tarbiyasida yetakchi bo'g'in insoniy sifatlarni yaratuvchi, shakllantiruvchi, mukammallika erishtiruvchi vosita ekanligini anglashimiz zarur.

Zero, tarbiya ta'limdan ustun turadi. Insonni tarbiya voyaga yetkazadi.Buning uchun har qaysi ota- ona ustoz va murabbiy har bir bola timsolida avvalo shaxsni ko'rishi lozim Yoshlarni mustaqil va keng fikrlash qobilyatiga ega bo'lgan ongli yashaydigan komil insonlar etib voyaga yetkazish bu ta'lim- tarbiyaning asosiy maqsadi bo'lib qoladi.

• Qachon gapirishni bilishingiz -tarbiyadir.

• Gapirayotgan kishiga quloq solishingiz -axloqdir.

• Gapirayotgan kishini gapini bo'lmasligingiz -odobdir.

Har-bir gapirgan kishining so'zini tasdiqlab ketavermasligingiz esa, zukkolikdir!

REFERENCES

1. Yuksak ma'naviyat -yengilmas kuch I.Karimov Toshkent- "Ma'naviyat" 2016 56 va 63-betlar.

2. Pedagogika M.X.To'xtaxodjayeva Toshkent 2010 280 bet.

3. Umumiy psixologiya P.I.Ivanov ,M.E.Zufarova Toshkent-2008 355-bet .

4. Psixologiya E.G'oziyev Toshkent-2008 240-betlar.

5. Ijtimoiy psixologiya V. Karimova Toshkent -2002 159-bet

6. https : //t.me/yordamchi-psixolog

7. https://t.me/library.ziyonet.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.