Научная статья на тему 'DAVLAT XIZMATCHISI MA’NAVIY-AXLOQIY TAMOYILLARINING RETROSPEKTIV NEGIZLARI VA ULARNI O‘RGANISHNING AHAMIYATI'

DAVLAT XIZMATCHISI MA’NAVIY-AXLOQIY TAMOYILLARINING RETROSPEKTIV NEGIZLARI VA ULARNI O‘RGANISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
565
52
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
davlat xizmatchisi / davlat / davlat va jamiyat / davlat boshqaruvi / ma’naviy tamoyillar / axloq / axloqiy qadriyatlar / retrospektiv axloq / davlat xizmatchisining axloqi / boshqaruv / siyosiy boshqaruv / boshqaruvda axloqiylik / rahbar / rahbar boshqaruvi / qadriyat / civil servant / state / state and society / public administration / moral principles / ethics / moral values / retrospective ethics / civil servant ethics / management / political management / ethics in management / leader / leadership management / value.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Shonazarov, Jamshid Shuhratovich

Mazkur maqolada ma’naviy axloqiy tamoyillar uyg‘unligini ta’minlash davlat xizmatchisi boshqaruv faoliyatining tarkibiy qismi bo‘lishi bilan birga bir qator o‘ziga xos xususiyatlari haqida fikrlar ilgari surilgan. Bugungi kunda axloqiy ma’naviyatga ega bo‘lish har qanday zamonaviy davlat xizmatchisi uchun nafaqat zarur, balki shartdir, chunki, davlat va jamiyatning har bir sohasida islohotlar tom ma’noda o‘zining samarali ijrosini topishi uchun davlat xizmatchilari yuksak madaniyatga va axloqiy ma’naviyatga ega bo‘lishlari o’zaro tahlil qilib o’tiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

RETROSPECTIVE FUNDAMENTALS OF THE SPIRITUAL AND MORAL PRINCIPLES OF A CIVIL SERVANT AND THE IMPORTANCE OF STUDYING THEM

This article discusses a number of specific features that are part of a civil servant’s management activities to ensure that moral and ethical principles are complied with. Today, having a moral morale is not only necessary but necessary for any modern civil servant, because in order for the reforms in every sphere of the state and society to find their effective implementation, civil servants must have a high culture and moral education. their navigation is mutually analyzed.

Текст научной работы на тему «DAVLAT XIZMATCHISI MA’NAVIY-AXLOQIY TAMOYILLARINING RETROSPEKTIV NEGIZLARI VA ULARNI O‘RGANISHNING AHAMIYATI»

Scientific Journal Impact Factor

DAVLAT XIZMATCHISI MA'NAVIY-AXLOQIY TAMOYILLARINING RETROSPEKTIV NEGIZLARI VA ULARNI O'RGANISHNING

AHAMIYATI

Mazkur maqolada ma'naviy axloqiy tamoyillar uyg'unligini ta'minlash davlat xizmatchisi boshqaruv faoliyatining tarkibiy qismi bo'lishi bilan birga bir qator o'ziga xos xususiyatlari haqida fikrlar ilgari surilgan. Bugungi kunda axloqiy ma 'naviyatga ega bo 'lish har qanday zamonaviy davlat xizmatchisi uchun nafaqat zarur, balki shartdir, chunki, davlat va jamiyatning har bir sohasida islohotlar tom ma'noda o'zining samarali ijrosini topishi uchun davlat xizmatchilari yuksak madaniyatga va axloqiy ma 'naviyatga ega bo 'lishlari o 'zaro tahlil qilib o 'tiladi.

Tayanch tushunchalar: davlat xizmatchisi, davlat, davlat va jamiyat, davlat boshqaruvi, ma'naviy tamoyillar, axloq, axloqiy qadriyatlar, retrospektiv axloq, davlat xizmatchisining axloqi, boshqaruv, siyosiy boshqaruv, boshqaruvda axloqiylik, rahbar, rahbar boshqaruvi, qadriyat.

This article discusses a number of specific features that are part of a civil servant's management activities to ensure that moral and ethical principles are complied with. Today, having a moral morale is not only necessary but necessary for any modern civil servant, because in order for the reforms in every sphere of the state and society to find their effective implementation, civil servants must have a high culture and moral education. their navigation is mutually analyzed.

Keywords: civil servant, state, state and society, public administration, moral principles, ethics, moral values, retrospective ethics, civil servant ethics, management, political management, ethics in management, leader, leadership management, value.

Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy va ma'naviy rivojlantirishni tezlashtirish vazifasi hal qilinayotgan hozirgi bosqichda kadrlar siyosati yangi va chinakam chuqur mazmun kasb etib bormoqda. "Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari" ezgu tamoyilimiz qanchalik ko'lamdor bo'lsa, uni amalga oshirishda rahbar xodimlarning,

Shonazarov Jamshid Shuhratovich F.f.n., dotsent

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

Scientific Journal Impact Factor

ayniqsa, davlat xizmatchilarining ma'naviy axloqiy tamoyillarini retrospektiv o'rnanish ahamiyati ham shu qadar yuqori bo'ladi.

Boshqaruvda ma'naviy axloqiy tamoyillar uyg'unligini ta'minlash davlat xizmatchisi boshqaruv faoliyatining tarkibiy qismi bo'lishi bilan birga bir qator o'ziga xos xususiyatlarga ham ega. Yuksak axloqiy ma'naviyatga ega bo'lish har qanday zamonaviy davlat xizmatchisi uchun nafaqat zarur, balki shartdir, chunki, davlat va jamiyatning har bir sohasida islohotlar tom ma'noda o'zining samarali ijrosini topishi uchun davlat xizmatchilari yuksak madaniyatga va axloqmy ma'naviyatga ega bo'lishlari kerak. Zero, boshqaruvda rahbar ma'naviyati darajasi xodimlar, ayniqsa, davlat xizmatchilari ma'naviyatini, boshqaruv jarayoni madaniyati, boshqaruv texnikasi, mehnat sharoitini aks ettiruvchi ko'rsatkichlar bo'yicha baholanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Boshqaruv madaniyati unsurlarining turli-tumanligi boshqaruv jarayonida turli-tuman me'yorlarga, jumladan, ahloqiy, huquqiy, iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, estetik me'yorlarga rioya qilish zaruriyatini keltirib chiqaradi. E'tibor qiladigan bo'lsak, davlat xizmatchisi ma'naviy-axloqiy tamoyillarining retrospektiv negizlari va ularni o'rganish ahamiyati

bir necha ko'rinishda namoyon bo'ladi.

Ular: - o'tmish ma'naviy merosi;

- Prezident Shavkat Mirziyoev asarlari;- Milliy istiqlol g'oyasi;

- Ilmiy-nazariy manbalar.

Biz minglab yillar mobaynida davlatchilik va jamiyat boshqaruvi xususida yaratilgan juda boy ma'naviy merosga egamiz. Ayniqsa, bu borada Ahmad Farg'oniy, Imom Buxoriy, Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yassaviy, Abulxoliq G'ijduvoniy, Abu Mansur Moturidiy, Najmiddin Kubro, Aziziddin Nasafiy, Mahmudxo'ja Behbudiy, Munavvar Qori, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Tavallo va Abdulla Qodiriy kabi mutafakkirlarning asarlarini mukammal o'rganish davlat xizmatchilari ma'naviy axloqiy tamoyillarini rerospektiv nuqtai nazardan tahlil va tadqiq qilib borish imkonini beradi. Chunki, bu buyuk ajdodlarimiz va ular tomonidan yaratilgan asarlar 130 yil davom etgan mustamlakachilik sharoitida unut bo'layozgan tarixiy xotirani tiklashdagi ahamiyati kattadir. Zero, muhtarm birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta'kildaganidek: Sharq, xususan, Markaziy Osiyo mintaqasi IX-XII va XIV-XV asrlarda bamisoli po'rtanadek otilib chiqqan ikki qudratli ilmiy-madaniy

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

yuksalishning manbai hisoblanib, jahonning boshqa mintaqalaridagi Renessans jarayonlariga ijobiy ta'sir ko'rsatgan Sharq uyg'onish davri - Sharq Renessansi sifatida dunyo ilmiy jamoatchiligi tomonidan haqli ravishda tan olingan.1

Boshqaruv jarayonida davlat xizmatchisining ma'naviy axloqiy tamoyillari ajdodlar ibratiga asoslanib, qadriyat darajasida qadrlanadigan, shaxs ma'naviy olamini tartibga solib turuvchi, ko'nikma darajasiga yetgan hissiy bilimlar majmuidir. Rahbardagi axloqiy tamoyillar uyg'unligi esa - uning rahbarlik faoliyat usuli va rivojlanish mezonidir. Rahbar o'z rahbarlik salohiyatini rivojlantirishi uchun ma'naviy olamini boyitadigan bilimlarni, egallashi, tashabbuskorlik qobiliyatini oshirib borishi zarur. Rahbarning ma'naviy mulkiga aylangan bilim unga xohish-istaklarini chegaralay bilish, o'zini tashqi tazyiq va ta'sirlaridan himoya qilishga vosita bo'ladi. Aniqroq qilib aytadigan bo'lsak, yuksak ma'naviy axloqiy jihatdan shakllangan rahbar bo'lish har qanday ijtimoiy muhitda o'zini tuta bilish, o'zi rahbarlik qilayotgan jamoada va keng jamoatchilikda sog'lom mehnat muhitini yaratishdan va insonlarga samimiy munosabatda bo'lishdan qoniqib yashashdir. Yuksak axloqiy ma'naviyati shakllangan davlat xizmatchilari o'zi yashayotgan ijtimoiy hayotda yomonlikka, adolatsizlikka, qonun buzilishlariga, Vatan manfaatlariga zid harakatlarga qarshi kurashishda iroda, shijoat va faollik ko'rsata oladi. Davlat xizmatchilarining boshqaruv faoliyatida ma'naviy axloqiy tamoyilar bilan bog'liq bo'lgan retrospektiv tahlillar qo'yidagi ko'rinishlar orqali namoyon bo'ladi:

Birinchidan, boshqaruv jarayonida ma'naviy axloqiy qiyofasi nisbatan past saviyada shakllangan davlat xizmatchilari. Bunday xizmatchi kadrlar oddiy axloqiy fazilatlardan ancha mahrum va jamiyatninn axloqiy me'yorlarini tushunib yetmaydigan, ularni mensimaydigan rahbar xodimlardir. Ushbu illatlar xususida professor Abdulla Begmatov shunday fikr yuritadi: - "Davlat xizmatchisining axloqi nafaqat uning muvofaqqiyatlariga, balki davlatning obro'siga ham ta'sir qiladi."2

Ikkinchi toifadagi rahbarlar ma'naviy madaniyati, axloqiy darajasi past bo'lishi bilan birga, jamoat fikri, oila, xalq an'analari va boshqa shu kabi qadriyatlar bilan bog'liq ijtimoiy muhitni tez-tez buzib turadigan rahbarlardir. Bunday toifadagi rahbarlar o'zining mustaqil fikriga ega bo'lmasdan o'zgalarning "gij gijlash"ga qaratilgan asossiz fikrlariga qaram bo'lib qoladi. Ijtimoiy voqeylikni baholash va

1 Президент Ислом Каримовнинг — "Урта асрлар Шарк алломалари ва мутафаккирларининг тарихий мероси, унинг замонавий цивилизация ривожидаги роли ва ахамияти." Мавзусидаги халкаро конференциянинг очилиш маросимида сузлаган нутки.

http://xs.uz/index.php/madaniyat/item/1084-ajdodlari

2 А.Бегматов. Давлат хизмати одоби. Жамият ва бошкарув. № 3. 2004 й. Б. 8.

Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 8

educational, natural and social sciences ( ) ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423

anglash idrokidan ham mahrum bo'lib qoladi. Vaholangki, alaloqibat rahbar faoliyati shunday darajaga yetadiki, oddiygina muammolar yechimni topishda ham haligi "gij gijlash"ga qodir bo'lgan "o'zga"ning mahoratiga ehtiyoj sezadi.

Uchinchi toifadagi rahbarlar qatoriga ma'naviy axloq tamoyil va me'yorlarni hayotiy zarurat sifatida ichki ishonch va tuyg'u bilan o'zlashtirmasdan, ularni ko'r -ko'rona qabul qiluvchilar kiradi. Bunday rahbarlar ko'p o'qib o'rganishadi, ular nazariy jihatdan yuqori bilimga ega bo'ladi, amalda esa bu bilimlarni qo'llay olmaydi yoki tashkilotchilik qobiliyati yetishmaydi. Bunday rahbarlar muhtarm Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda, "o'rta bo'g'in rahbarlari" toifasiga kiradi. Ular faoliyatida yo jur'at yetishmaydi, yoki tashabbuskorlik yoki korrupsiyaga moyillik yuqori bo'ladi.3 Bunday toifadagi davlat xizmatchilari mamlakat tarqqiyotini butunlay ortga tortishadi. Buning yagona sababi ular o'zlarining funksional vazifalarini anglab yetmaganliklarida yoki egallagan mansab va lavozimining mohiyatini idrok etishdagi bilimning yetishmasligi.

To'rtinchi toifadagi davlat xizmatchilari ruhan-sust, ma'naviy madaniyatli bo'lsa-da, adolatsizlikni o'tkir hissiyot bilan qabul qiladi. Ularda axloqiy bilimlar yetarli, ammo ularni ro'yobga chiqarish uchun tashabbuskorlik, mustaqillik va shijoat yetishmaydi. Bu toifadagi davlat xizmatchilari o'ta irodasiz bo'lib, ish faoliyatida yuzaga keladigan adolatsizlikka to'lgan to'siqlarni yengib o'tishga jur'at va shijoat yetishmasdan o'zlarini ichdan kemirishadi. Buning oqibatida barcha adolatsizliklarga tinchgina ko'z yumib, o'zi bilan birgalikda jamiyatning muayyan qismini xastaga aylantiradi.

Beshinchi toifadagi davlat xizmatchilari ma'naviy madaniyatni va ijtimoiy siyosiy bilimlarni yetarli darajada egallagan, tashabbuskor va shijoatli bo'ladi. Bu rahbarlar chuqur bilimga, teran tafakkur va o'tkir mushohadaga, ma'naviy hissiyotlarga boy bo'ladi. Qolaversa, boshqalarga nisbatan yetakchi obraz sifatida tasavvur qoldiradi va boshqaruvda asosiy richaglar shu toifadagi davlat xizmatchilari zimmasmga yuklatiladi. Boshqalar esa, uning soyasida barcha ishlarning yetakchisidek ko'krak kerib yurishadi.

Ushbu tahlillar asosida rahbar kadrlar va davlat xizmatchilarining axloqiy ma'naviyatini shakllantirishda qo'yidagi uch qadriyatga jiddiy diqqat qilishni lozim, deb topdik.

1. Ma'naviyat - muntazam kamol topib borayotgan davlat xizmatchilarining aqliy, ruhiy va botiniy kuchidir. U mustaqil fikrga va mustaqil dunyoqarashga olib

3 ffl. Mnp3HëeB. Y36eKHCTOH Pecny6^HKacn nap^aMemura Mypo^aara. 2020 hhïï. 27 geKa6pb.

466

Scientific Journal Impact Factor

keladi. Natijada jamiyatda ziyolinamo inson sifatida shaklanishida asosiy omil bo'lib xizmat qiladi.

2. Axloq-odob - davlat xizmatchisning axloqiy, vujudiy va hayotiy kuchidir. U sog'lom vujud va sog'lom hayotga olib keladi. Axloq va odob davlat xizmatchisi faoliyatining asosiy mehvari hisoblanib, unga ruhiy kuch berib axloqiy e'tiqodini mustahkamlaydi.

3. Ma'rifat - davlat xizmatchisning bilimi, tajribasi va e'tiqodidir. U inson qalbida sog'lom tafakkur va ijtimoiy faollikni vujudga keltiradi. Yuksak iroda, tashabbuskorlik va ilmiy e'tiqod uning doimiy hamrohiga aylanadi. Shu sababli muhtaram birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ta'kidlaganlaridek, - "Bizning muqaddas dinimiz ham, butun Sharq falsafasi ham bu qadriyatlarni ulug'lagan, ularni ijtimoiy taraqqiyotning eng muhim shartlari, - deb bilgan". 4 Rahbar shaxs ma'naviyatini bu uch qadriyat asosida takomillashtirib borish qo'yidagi samaralarni beradi.

Birinchidan, jamiyat boshqaruvi sharoitida rahbar shaxsning nufuzi ortadi;

Ikkinchidan, fuqarolik jamiyatini qurishda rahbar shaxs eng faol kishiga aylanadi.

Uchinchidan, ijtimoiy taraqqiyotni yuzaga keltirishda rahbar shaxsning ta'siri kuchayadi. Mustaqil davlatchilik taraqqiyot yo'lida to'plangan tajriba, dunyo jamoatchiligi o'zbek modeli deya e'tirof etgan o'zimizga xos va o'zimizga mos taraqqiyot yo'li kelajagi buyuk davlat barpo etish borasida amalga oshirilayotgan barcha tarixiy o'zgarishlar va yangilanishlar bugungi kun davlat xizmatchilarining shaxsiy e'tiqodi va ma'naviy axloqiy qiyofasini tubdan o'zgartirishga katta yordam berdi. Yuksak axloqiy madaniyat va ma'naviyatga ega bo'lgan davlat xizmatchilari avlodini shakllantirish bilan bog'liq bo'lgan muammolar yechimini topish va uni amaliyotga tadbiq etib borish, aslida juda murakkab masala. Bu masala bilan olimlar, ushbu soha vakillari va davlat rahbarlari muntazam ravishda uzoq vaqt, izchillik bilan shug'ullanib kelishgganlar. Chunki, inson shaxsi darhol rahbar bo'lib tug'ilmaydi. Izchil tarbiya va yig'ilgan doimiy tajriba vositasida iqtidorli kishilar rahbar shaxsga aylana boradi. Bu borada axloqiy qadriyatlarning retrospektiv tahlillariga boy bo'lgan buyuk alolmalarimizdan hisoblanmish Imom G'azzoliy: o'zining «Kimyoi saodat» asarida shunday fikr yupitadi: «Xabarda kelibdur, «Har kim yomon kishilar bilan vazmin bo'lsa, u ish sadaqadur». Abu Dardo roziyallohu anhu aytibdurlar: «Aksariyat odamlar bor, o'z obro'yini yomonlarning tilidan saqlaydilar. Men ham alarning

4 KapHMOB H. Y36eKHCTOH geMOKpaTHK y3rapHm^apHH aHaga ny^yp^amTupum Ba ^yrçapo^HK ^aMHara acoc^apHHH maKfl^aHTHpHmHHHr acocHH HyH&mmnapH. // "Xam; cy3u", 2000 HHÏÏ aBrycT.

Scientific Journal Impact Factor

yuziga kulib qarayman. Ammo mening dilim ul kishiga la'nat aytadur» 5 . Odamlarning yomonidan qo'rqib, uni aytganini qilgandan ko'ra, uning qalbiga til topib o'z ta'siringizni o'tkazish bilan yaxshi yo'lga boshlagan ma'qul. Zero o'ta «to'g'rilik» ham qo'polikka sabab bo'lishi mumkin. Shuning uchun ham davlat xizmatchilarining ma'naviy-axloqiy tamoyillarining retrospektiv negizlari qo'yilagilar hisoblanadi: Rahbarning kamtar bo'lishi - o'z-o'ziga talabchanlik, o'z harakatlariga, ishiga, bilimiga tanqidiy qarash, o'ziga, kuch-quvvatiga ortiqcha baho bermaslikni talab qiladi. Kamtarlik kishilarga bo'lgan munosabatda namoyon bo'ladi. Inson odobli bo'lsa, u kishilar bilan shunchalik sodda kamtarona muomala qiladi, o'z ishlariga va harakatlariga kamtarlik bilan baho beradi. Boshqalarga nisbatan shirinsuhan bo'ladi. Kamtar inson boshqalardan o'zini ustun qo'ymaydi, o'ziga bino qo'yib, soxta shuhrat ketidan quvmaydi, yutuqlardan esankiramaydi.

Kamtarinlik Arastuning fikricha: "uyatsizlik va tortinchoqlik o'rtasidagi xislatdir. Bu xislat odamlarning qilmishlarida va gap so'zlarida ko'rinadi. Uyatsiz, shaloq odam hammaga, xar qanday vaziyatda har narsani gapiraveradi. Tortinchoq odam esa zarur gapni zarur vaqtida aytmaydi, zarur ishni bajarishga ham jur'ati yetishmaydi. Kamtarin odam esa, uyatsiz odam kabi, har vaqt, har yerda, har qanday gapni aytavermaydi; va o'ta tortinchoq odam kabi, zarur vaqtda zarur gapni aytishga jur'atsizlik ham qilmaydi."6 Rahbarning vijdonli bo'lishi o'z faoliyati, qilgan ishlari va belgilagan maqsadlarini ruhiy taxlil eta olish imkoniyatini beradi. Inson ma'naviyatining kuchi, qudrati ham, o'z qilmishiga o'zi xolisona baho bera olish darajasi bilan belgilanadi. Vijdon, Zigmund Froyd ta'biri bilan aytganda, a'lo men, men ustidan nazorat o'rnatib, uni boshqarib turuvchi ikkinchi bir, yuqori darajadagi men. Davlat xizmatchilarining boshqaruv faoliyatiga axloqiy tamoyillar retrospektiv yondoshuvidan kelib chiqib aytadigan bo'lsak, yuqoridagi axloqiy fazilatlar rahbar faoliyatida doimo hamohang va uyg'un bo'lishi kerak. Buyuk qomusiy alloma, mutafakkir Abu Rayhon Beruniy fikricha, axloqiylik rahbar kishining eng asosiy sifati bo'lishi kerak. Bu xislat birdaniga tarkib topmaydi. U kishilar bilan o'zaro muloqot, ijtimoiy muhit-jamiyat taraqqiyoti jarayonida tarkib topadi. U boshqaruv madaniyatiga doir xislatlarga to'g'rilik, odillik, o'zini vazmin tutish, insof, kamtarlik, lutf, sobitqadamlik, ehtiyotkorlik, saxiylik, shirinsuxanlik, rahbarlikda adolatlilik, tadbirkorlik kabilarni kiritadi.7

5 Fa330OTH A6y XpMug. KnMHën caogaT. Agorar; TomKeHT, 2005; -322 6.

6 Apacry. Пoэтнкa. Ax^o^H Ka6np. T., .Hmn acp aB^ogn. 128-6.

7 fflapK goHumMaHg^apn ^uKMaraapn. T., fflaprç. 2006. 120-6.

Scientific Journal Impact Factor

XULOSA VA TAKLIFLAR

Davlat xizmatchisi ma'naviy-axloqiy tamoyillarining retrospektiv negizlari va ularni o'rganish ahamiyatiga qaratilgan tahlillarimiz mavzu yuzasidan qo'yidagi xulolasalarni ishlab chiqish imkonini beradi:

birinchidan, davlat va jamiyat boshqaruvida davlat xizmatchisi ma'naviy-axloqiy tamoyillarining retrospektiv negizlari va ularni o'rganish ahamiyati rahbar o'z shaxsiy hayotida ham boshqalarga namuna va ibrat bo'lishi, sog'lom turmush tarziga rioya qilib, turli zararli odatlardan xoli bo'lishi zaruriyati omillarini yuzaga keltiradi. U axloqiy tamoyillarning asosiy mezoni bo'lgan rahbarga xos fazilatlar -nafs balosidan saqlanishi, qo'l ostidagilarni ham tamagirlik va loqaydlik kabi turli illatlardan asrashga intilishi kerakliga qaratilgan tahlillar ilmiy asoslandi;

ikkinchidan, boshqaruv jarayonida har qanday rahbarda tashabbuskorlik, qat'iyat va talabchanlik bo'lmog'i shart. Talabchanlikni zo'ravonlikka, qat'iyatni manmanlikka aylantirish o'ta kaltabinlikdir. Zero, bunday illatlar davlat xizmatchisi ma'naviy-axloqiy tamoyillarining retrospektiv xususiyatlariga to'g'ri kelmasdan rahbarni yaxshi mutaxassis kadrlar va samimiy insonlardan uzoqlashtiradi. Rahbar qo'l ostidagilarni tanish-bilish va mahalliychilik hamda shaxsiy sadoqatiga qarab tanlamasligi lozim. U jamoadagi yaxshi mutaxassislarni qadrlashi, ularning xizmat faoliyati davomida orttirgan boy amaliy tajribalaridan unumli foydalanishga intilishi kerak.

Uchinchidan, bugungi kun rahbarlariga shunday kasallik "o'rf" bo'lganki, rahbar turli maqtovlardan boshi aylanib, kutilmaganda "dohiy"lik kasalligiga chalinib qoladilar. Boz ustiga, bunday rahbarlar atrofida faqat o'z manfaatini o'ylovchi "aqlli" "maslahatgo'ylar", amalparast, laganbardor, oddiy odamlarga zulm o'tkazuvchilar to'planib qoladi. Ig'vo, tuhmat va hasadgo'ylik esa, jamoada ma'naviy muhitning buzilishiga sabab bo'lib, parokandalikni yuzaga keltiradi. Natijada bunday holat, jamoada adolatsizlik idizlarining keng ma'noda palak yozish imkonini beradi. Boshqaruvda shu va shunga o'xshash illatlarning oldini olishga qaratilgan muammolarning yechimi axloqiy tamoyillarnining retpospektiv o'rganish xususiyatlaridan kelib chiqqan holda ilmiy asoslandi. Shu nuqtai nazardan, rahbarning adolatsizlikka aslo yo'l qo'ymasligi lozimligi, har bir ishda odillik bilan qarorlar qabul qilishi, qo'l ostidagilarga nisbatan hurmat bilan qarab xolisona munosabatda bo'lishi kerakligiga oid xulosaviy taklif va iavsiyalar ilgari surildi;

to'rtinchidan, Sharq va G'arb mutafakkirlari tomonidan davlat va jamiyat boshqaruvini demokratlashtirish andozalariga qaratilgan ta'limotlarni, davlat xizmatchisi boshqaruv faoliyatidagi ma'naiy axloqiy tamoyillariga mansub bilimlarni

Scientific Journal Impact Factor

umumiy bir tizimga keltirish, hamda siyosiy-falsafiy fanlar tomonidan o'rganish muhim omil ekanligi tavsiya etiladi. Milliy o'zlikni anglash va milliy axloqiy qadriyatlarimizga oid bilimlarning shakllanishi ushbu vazifalarni amalga oshirish uchun katta ilmiy amaliy ahamiyat kasb etadi;

beshinchidan, "Milliy tiklanishdan - milliy yuksalish sari" ezgu tamoyili asosida yangi O'zbekistonni barpo etish bilan bog'liq bo'lgan islohotlarimizning asosiy talabi milliy axloqiy qadriyatlarimiz ilmu urfoniga yo'g'rilgan davlat xizmatchilarini tarbiyalashga qaratilgan. Shu nuqtai nazardan, ushbu talab va istaklarni amalga oshirish bilan bog'liq bo'lgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda milliy-ma'naviy merosimizni mukammal o'rganish imkoniyati millat va xalqning tarixiy xotirasini tiklashda, davlatchilik madaniyatimizni o'zlashtirishga xizmat qilmoqda. Zero, millatning ruhiy, axloqiy madaniyati kuchli bo'lsagina, davlat va jamiyat boshqaruvini demokratlashtirishga qaratilgan islohotlar istiqboli porloq bo'ladi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.. O'zbekiston Respublikasi Parlamentiga murojaati. 2020 yil. 27 dekabr.

2. Islom Karimovning — "O'rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy sivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati." Mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimida so'zlagan no'tqi. http ://xs. uz/index.php/madaniyat/item/1084-aj dodlari

3. Sharq donishmandlari hikmatlari. T., Sharq. 2006. 120-b.

4. Arastu. Poetika. Axloqi Kabir. T., Yangi asr avlodi. 128-b.

5. Begmatov A. Davlat xizmati odobi. Jamiyat va boshqaruv. № 3. 2004 y. B. 8.

6. G'azzoliy Abu Homid. Kimiyoi saodat. Adolat; Toshkent, 2005; -322 b.

7. Mirzoulug'Mirsaidovich, M., & Buriniyozovna, E. S. (2021). OLIY TA'LIM SIFATINI OSHIRISHDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH MASALALARI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(3), 100-404.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.