Научная статья на тему '“AVESTO”DA SOG‘LOM AVLODNI TARBIYALASHNING SOTSIAL JIHATLARI XUSUSIDA'

“AVESTO”DA SOG‘LOM AVLODNI TARBIYALASHNING SOTSIAL JIHATLARI XUSUSIDA Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
1035
65
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Avesto / zardushtiylik / sog‘lom avlod / tarbiya / ijtimoiy / oila va jamoa / ayol va erkak / jismoniy tadbirlar / jismoniy mehnat / tabiat / axloq. / Avesta / Zoroastrianism / healthy generation / upbringing / society / family and community / woman and man / physical activity / physical labor / nature / morality

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Akramov, Xasan

Maqolada Sharq xalqlarining muqaddas yozma merosi “Avesto”da jismonan sog‘lom avlodni tarbiyalashda jismoniy sog‘lomlashtiruvchi tadbirlar, jismoniy mehnatning o‘rni va bu borada oila va jamoa a’zolariga, xususan ayol va erkaklarga ko‘rsatilgan alohida munosabatlarning ayrim ijtimoiy hamda axloqiy jihalari yoritilgan. Maqolada yoshlarni ham ma’nan, ham jismonan kamol toptirishdagi o’sha davr texnologiyalari yoritib berilgan. “Avesto”da oila muqaddasligi, undagi tarbiyaviy jarayonlar, jismoniy chiniqtirish, o’g’il va qiz bolalarni o’ziga xos ravishda tarbiyalash hamda jamiyatga sog’lom avlodni shakllantirib berish masalasi keltirib o’tilgan. Zardo’shtiylikda jamiyat talab etgan jarayonlarni olg’a surish masalasi ham keltirilgan. “Avesto”dagi ayrim so’z birikmalarining genezesi va ma’no-mohiyatlari ochib berilgan. “Axuramazda” va “Ahriman”lar o’rtasidagi kurashda sog’lomlikning muhim jihatlari to’g’risida gapirib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ABOUT THE SOCIAL ASPECTS OF RAISING A HEALTHY GENERATION IN «AVESTA»

The article the sacred written heritage of the peoples of the East in “Avesta” highlights physical health activities, the role of physical labor in the upbringing of a physically healthy generation, as well as some social and moral aspects of special treatment of family members and community, especially men and women. The article highlights the technologies of that time in the spiritual and physical improvement of youth. The "Avesta" touches upon the issue of the sanctity of the family, educational processes in it, physical hardening, a kind of upbringing of boys and girls and the formation of a healthy generation in society. Zoroastrianism also raises the question of promoting the processes required by society. The genesis and meaning of some phrases in the "Avesta" are revealed. In the struggle between ”ahuramazda“ and ”Ahriman", important aspects of health are mentioned.

Текст научной работы на тему «“AVESTO”DA SOG‘LOM AVLODNI TARBIYALASHNING SOTSIAL JIHATLARI XUSUSIDA»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(1), Jan., 2023

"AVESTO"DA SOG'LOM AVLODNI TARBIYALASHNING SOTSIAL

JIHATLARI XUSUSIDA

Xasan Akramov

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili va dabiyot universiteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar va axborot texnologiyalar fakulteti Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi katta o'qituvchisi xasakramov@gmail.com

ANNOTATSIYA

Maqolada Sharq xalqlarining muqaddas yozma merosi "Avesto "da jismonan sog'lom avlodni tarbiyalashda jismoniy sog'lomlashtiruvchi tadbirlar, jismoniy mehnatning o 'rni va bu borada oila va jamoa a 'zolariga, xususan ayol va erkaklarga ko 'rsatilgan alohida munosabatlarning ayrim ijtimoiy hamda axloqiy jihalari yoritilgan. Maqolada yoshlarni ham ma'nan, ham jismonan kamol toptirishdagi o 'sha davr texnologiyalari yoritib berilgan. "Avesto "da oila muqaddasligi, undagi tarbiyaviy jarayonlar, jismoniy chiniqtirish, o'g'il va qiz bolalarni o'ziga xos ravishda tarbiyalash hamda jamiyatga sog'lom avlodni shakllantirib berish masalasi keltirib o'tilgan. Zardo'shtiylikda jamiyat talab etgan jarayonlarni olg'a surish masalasi ham keltirilgan. "Avesto"dagi ayrim so'z birikmalarining genezesi va ma'no-mohiyatlari ochib berilgan. "Axuramazda" va "Ahriman'lar o'rtasidagi kurashda sog'lomlikning muhim jihatlari to 'g'risida gapirib o'tilgan.

Kalit so'zlar: Avesto, zardushtiylik, sog'lom avlod, tarbiya, ijtimoiy, oila va jamoa, ayol va erkak, jismoniy tadbirlar, jismoniy mehnat, tabiat, axloq.

О СОЦИАЛЬНЫХ АСПЕКТАХ ВОСПИТАНИЯ ЗДОРОВОГО

ПОКОЛЕНИЯ В "АВЕСТЕ"

Хасан Акрамов

Старший преподаватель кафедры социально-гуманитарных наук Факультета социально-гуманитарных наук и информационных технологий Ташкентского государственного университета Узбекского языка и литературы

имени Алишера Навои xasakramov@gmail.com

АННОТАЦИЯ

В статье священное писаное наследие народов Востока в "Авесте" освещаются физически оздоровительные мероприятия, роль физического

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

труда в воспитании физически здорового поколения, а также некоторые социальные и моральные аспекты особого отношения к членам семьи и сообщества, особенно к мужчинам и женщинам. В статье освещаются технологии того времени в духовном и физическом совершенствовании молодежи. В "Авесте" затрагивается вопрос святости семьи, воспитательных процессов в ней, физического закаливания, своеобразного воспитания мальчиков и девочек и формирования в обществе здорового поколения. В зороастризме также ставится вопрос о продвижении процессов, требуемых обществом. Раскрыты Генезис и значение некоторых словосочетаний в "Авесте". В борьбе между" ахурамаздой "и"Ариманом " упоминаются важные аспекты здоровья.

Ключевые слова: Авеста, зороастризм, здоровое поколение, воспитание, общество, семья и сообщество, женщина и мужчина, физическая деятельность, физический труд, природа, мораль

ABOUT THE SOCIAL ASPECTS OF RAISING A HEALTHY GENERATION

IN «AVESTA»

Senior Lecturer of the Department of Social Sciences and Humanities Faculty of Social and Humanitarian Sciences and Information Technologies of Tashkent State University of Uzbek Language and Literature named after Alisher

The article the sacred written heritage of the peoples of the East in "Avesta " highlights physical health activities, the role of physical labor in the upbringing of a physically healthy generation, as well as some social and moral aspects of special treatment of family members and community, especially men and women. The article highlights the technologies of that time in the spiritual and physical improvement of youth. The "Avesta" touches upon the issue of the sanctity of the family, educational processes in it, physical hardening, a kind of upbringing of boys and girls and the formation of a healthy generation in society. Zoroastrianism also raises the question of promoting the processes required by society. The genesis and meaning of some phrases in the "Avesta" are revealed. In the struggle between "ahuramazda " and "Ahriman ", important aspects of health are mentioned.

Hasan Akramov

Navoi

xasakramov@gmail.com

ABSTRACT

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Keywords: Avesta, Zoroastrianism, healthy generation, upbringing, society, family and community, woman and man, physical activity, physical labor, nature, morality

Ma'lumki, "Avesto" nafaqat ko'hna Sharq xalqlari dini, tarixi va madaniyati ilk yozma merosi sifatida qadrli, balki u buyuk umuminsoniy ma'naviy qadriyat ham hisoblanadi. Unda zardushtiylik (mazdaparastlik) dinining asosiy qoidalari, farz va sunnatlari, Axuramazdaning yagona yaratuvchilik qudrati gapirib o'tilgan. "Avesto "da o'sha davrdagi ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jarayonlar, ilk davlatchilik an'analari, turli ijtimoiy tabaqalarning jamiyatda tutgan o'rni, dunyo va odamning komilligi, oilaviy turmush tarzi va u bilan bog'liq munosabatlar, o'sha davr mafkurasiga oid qimmatli ma'lumotlar mavjud.

Darhaqiqat, oila va jamiyat insoniyat taraqqiyotining dastlabki ijtimoiy uyushmasi sifatida, kishilik tarixida dastlabki ijtimoiy munosabatlar paydo bo'lishi bilan yuzaga kela boshlagan. Keyinchalik dastlab oilada, so'ngra qabila va urug'-jamoada, so'ngra qo'ni-qo'shni jamoada o'zaro ijtimoiy munosabatlar shakllana boshlagan. Oila-jamoa munosabatlarining o'zaro aloqasi tufayli kishilar o'rtasida o'zaro mushtarak ijtimoiy, madaniy aloqalar shakllangan. Ular o'rtasidagi oilaga xos uyushqoqlik, qavmu qarindoshchilik munosabatlari jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida u yoki bu tarzda o'zgarib, rivojlanib kelgan va insoniyat jamiyati taraqiyotida muhim rol o'ynagan.

Ayniqsa unda jismonan va aqlan sog'lom avlodni tarbiyalashga oid qarashlar sharq xalqlari tarixi hamda madaniyatining qadimgi merosi zardushtiylik dini muqaddas kitobi Avestoda ma'lum ma'noda o'z ifodasini topgan. Unda o'sha davrning jismoniy, axloqiy, falsafiy va ijtimoiy g'oyalarini aks ettiruvchi qarashlari, xususan zardushtiylarda oila turmush tarzi, farzandlarning jismoniy tarbiyasi va ota onalar o'rtasidagi o'zaro munosabatlarga oid fikrlar jamiyatdagi ijtimoiy-falsafiy qarashlarning takomillashishi uchun asosiy manba bo'lib xizmat qilgan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Zardushtiylarda jamiyatning birlamchi iqtisodiy asosi, ijtimoiy tarkibi oila (nmana), urug'-oila (vis), qo'ni-qo'shni oila (vaeshvadata), ma'lum hudud yoki davlat (daxyu) deb atalgan va ular ma'lum hudud doirasida amal qilganlar [1, 89-bet]. Zardushtiylarda kishilar turmush tarzi, jumladan xo'jalik-iqtisodiy munosabatlari, huquqiy munosabatlariga ko'ra bir qancha toifalarga bo'linganki, ularning jamiyatdagi huquqiy mavqei Avestoda maxsus qayd etilgan [1, 90-bet].

KIRISH

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

Xususan, bir qancha oilalar birlashmasi, «nmana», uning boshqaruvchisi, ya'ni katta oila jamoasi oqsoqoli "nmanapati", urug' jamoasi boshlig'i "vis", qishloq oqsoqoli «vispati», qabila boshlig'i «zantupati» deb atalgan. Katta oila jamoasi oqsoqoli "nmanapati" oila jamoasi uchun diniy va dunyoviy boshliq hisoblangan. «Vis» muhim ijtimoiy siyosiy va huquqiy vazifalarini bajargan. U katta oila jamoasi oqsoqollari, ya'ni «nmapati»lar ichidan saylanib, urug' jamoasi boshligi qozi, diniy kohin, ya'ni rahnamo hisoblangan. Avestoga ko'ra o'sha davrda jamiyat tarkibi quyidagi 4 toifaga bo'lingan:

1. Kohinlar; 2. Jangchi va askarlar; 3. Chorvadorlar; 4. Hunarmandlar. Ayniqsa zardushtiylik ta'limotida rostlik va haqiqat uch ma'naviy-huquqiy g'oyaga asoslanganligi ya'ni, "Ezgu fikr, ezgu kalom (so'z), ezgu amal (ish) ga tayanganligi yanada e'tiborlidir [2, 96-bet].

«Avesto»ga ko'ra jamiyatda kishilar o'z jismoniy mavqeiga ko'ra quyidagi tamoyillarga amal qilganlar. Masalan, 15 yoshga to'lgan erkaklar balog'at yoshga yetgan hisoblangan va kattalar kabi jismoniy mehnatga, jismoniy sog'lomlashtiruvchi tadbirlarga, badantarbiya mashqlariga jalb qilingan. An'nanaga muvofiq bu yoshdagi erkak o'smirlar zardushtiylik e'tiqodi ramzi sifatida beliga yung ipakdan to'qilgan "kamar" (kusta) taqib yurishi va otashparastlar ibodatxonasida o'tkaziladigan diniy marosimlarda qatnashish huquqiga ega bo'lgan. Bu shundan dalolat beradiki, zardushtiylik e'tiqodining ramzi sifatida diniy marosimlarda faqat erkaklar ishtirok etish huquqiga ega bo'lganligini ko'rsatmoqda. Jismoniy, axloqiy, ma'naviy va huquqiy tarbiya bola 7 yoshga to'lganda otashparastlar ibodatxonasida tashkil qilingan va u yerda quyidagi yo'nalishlardagi tarbiyaviy tadbirlar amalga oshirilgan: birinchisi, diniy va ahloqiy tarbiya; ikkinchisi, jismoniy sog'lomlashtiruvchi tarbiya; uchinchisi, aqliy va huquqiy tarbiya.

Yoshlarga oilada jismoniy mazmundagi sog'lomlashtiruvchi tadbirlarga alohida e'tibor qaratilib, o'g'il bolalarga kurash tushish, otda o'zini boshqarish, suvda suzish, mol boqish, ularni urchitish, tuya-otlarni parvarishlash, ularni boshqara olish, qolaversa uy hayvonlarini yirtqich hayvonlardan himoya qilish va 50 dan ortiq harbiy qurol yarog' ishlata olish malakalarini egallash o'rgatilgan. Shuningdek balog'at yoshiga yetgan va undan oshgan yoshlarga chavondozlikdan tashqari yana 32 xil jismoniy va harbiy mashqlar o'rgatilgan [3, 176-bet].

Zardushtiylarda qiz bolalar jismoniy tarbiyasiga ham alohida e'tibor berilgan. Qiz bolalarning ip yigirish, liboslar tikish, o'g'il bolalar bilan kurash tushish, chavandozlik, qilichbozlik, suvda suzish, kamondan o'q uzish kabi jismoniy-harbiy malakalarni egallashi majburiy bo'lgan. Unda qayd qilinishicha, yaxshi yeb-ichmaydigan insonning toat ibodat qilishga ham kuchi yetmasligi, er-xotinlik

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

vazifasini ado etishga quvvati yetmasligi, jismonan sog'lom farzandni dunyoga keltira olmasligi ta'kidlang [1, 84-bet]. Xususan, zardushtiylik tartib qoidalariga ko'ra, zardushtiylar jamoasi orasida ayollar hayz ko'rgan va xomiladorlik paytida marosimiy makruh hisoblanganlar va ular boshqa pok narsalardan malum masofa uzoqlikda bo'lishi lozim bo'lgan. Vendidotning XVI fargardida hayz ko'rgan ayolni suvdan, olovdan, eridan, bolalaridan va boshqa pok narsalardan qancha masofa uzoqlikda bo'lmoqligi va qanday taomlar berilishi, shuningdek qanday xonada saqlanishi alohida takidlangan. Bunga ko'ra, homilador ayol olovdan, suvdan o'n bosh odim olisda va ashavan erdan uch odim olisda bo'lmog'i lozim bo'lgan. Xalqimizda ko'z yorigan ayolning malum paytgacha, yani chilla davrida tevarak atrofidagilar bilan bo'ladigan o'zaro muloqoti cheklangan. Bu davrda tuqqan ayol o'z oila azolari bilan bir dasturxonda o'tirmagan, ovqat pishirmagan, non yopmagan, hovli supurmagan, sigir sog'magan, xullas ro'zg'or yumushlariga aralashtirilmagan. Odatda bu davr farzand tug'ilgandan so'ng 7 kundan 9 kungacha, bazida esa kichkina chillasi tugaguncha davom etgan [4, 52-bet].

Agar erkak kishi jismoniy va jinsiy yetilgan bo'la turib, zurriyod qoldirish qobiliyatiga ega bo'lsa-yu, ammo uylanmasa unga tamg'a bosish yoki beliga zanjir bog'lab yurishga majbur qilingan yoki qopga solinib, 25 darra kaltaklangan [4, 50-bet]. Zurriyotni ko'paytirishga e'tiborsiz bo'lib, turmush qo'rmay yurgan qizlar jamoa oldida sazzoyi (sharmanda) qilingan,"Vendidot"ning XV fargardida yozilishicha, agar ayol o'z xomilasini tushirishga urinsa, uni qatl qilish to'g'risida hukmlar mavjud bo'lgan [5, 154-bet]. Zardushtiylik dinida erkak kishi jismoniy sog'lom bo'lishi uchun o'z vaqtida to'yib ovqat yebyishi olqishlangan, serfarzandlik qo'llab-quvvatlangan [6, 49-53-betlar]. Zardusht Axuramazdadan «serfarzand xonadonga nima berasan» deb so'raganda: u "bunday odamlarni o'z himoyamga olaman, hayotini farovon, rizqini mo'l qilaman" - deb javob berganligi fikrimiz tasdig'idir.

Avestoda qayd qilinishicha, jamiyatda jismoniy sog'lom avlod shakllanishi uchun qarindoshlarning o'zaro oila qurishi qonun bilan qat'iy man qilingan. Ko'p bolali ayollarga tuyalar berilgan, farzandini nobud qilgan ayollar esa o'limga mahkum etilgan. Shuningdek oilasini, farzandlarini sarson qilgan oila boshlig'iga, zinoga berilgan erkak va ayolga nisbatan darra bilan kaltaklash yoki o'lim jazosi qo'llanilgan. Bir yo'la 2-3 ta farzand ko'rgan ayolga bir juft sog'iladigan sigir, sariq tuya berilgan va davlat xazinasidan nafaqa to'langan.

Mazkur muqaddas manbaga oid materiallarda doimiy badantarbiya bilan shug'illanish, yuz-qo'lini, sochni bir kunda bir necha marta yuvishga oid maslahatlar berilganligi yanada e'tiborga molikdir. Xususan, etnolog olim A.Ashirovning

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

yozishicha, zardushtiylar an'anasiga muvofiq, soch va tirnoqqa nisbatan munosabatga ko'ra, olingan soch hamda tirnoqlar yovuzlik xudosi Axrimanning mulkiga aylanib, nopoklik va o'iim olib kelar ekan. Shu bois olingan timoq yoki sochlarni maxsus duolarni o'qigan holda ashavan erdan o'n qadam, olovdan 20 qadam, suvdan 30 qadam olisga va barsman dastalaridan ellik odim olisga eltish ta'kidlanadi. Chunki, mazdaparastlar tasavvuriga ko'ra, odam tanasidan olingan har bir unsur tabiatda ham mavjud. O'limdan so'ng inson yana o'sha tabiatdagi unsurlarga qaytadi. Rastoxez-qiyomat ro'y berganida so'ngaklari tuproqdan, qoni suvdan, sochlari giyohlardan, tirkligi olovdan qaytib kelar ekan [4, 52-bet].

Ajdodlarimiz zardushtiylik an'analariga ko'ra jismoniy barkamolikka erishishda tabiat va unda qilinajak mehnatning inson salomatligiga to'rt xil ta'sirini ham aniqlab, ularning mutanosibligi buzilishi natijasida "xun", "safro", "savdo" va "balg'am" kasalliklari kelib chiqishlarini ham aniqlashgan. Shuning uchun o'zbek xalqida insonga nisbatan "To'rt muchchasi sog' bo'lsin, degan maqol bejiz aytilmagan. Bu esa ajdodlarimiz sog'lom turmush tarziga erishishda jismoniy mehnatga qat'iy amal qilganliklaridan, ularga hurmatda bo'lganliklaridan dalolatdir.

Jumladan, buning tasdig'i sifatida Avestoda tabiatning ulug'lanishi -ajdodlarimizning islomgacha bo'lgan davrlarda - ona-zaminga befarq qaramaganligidan, ayniqsa jismoniy mehnatga alohida munosabatda bo'lganligidan darak beradi. Masalan, "Avesto"dagi "Yosh kelin eriga go'dak hadya etganidek, yer ham peshona teri va qo'l mehnati bilan uni parvarish qilgan odamlarga mo'l-ko'l hosil beradi. Haydalmagan va ekilmagan yer ersiz va farzandsiz bo'lgan johil qiz kabi baxtsizdir. Qiz yaxshi erni orzu qilganidek, yer ham yaxshi qo'shchiga ilhaq" degan fikrdan ko'rinib turibdiki, insonning jismoniy mehnat bilan tirikligi, uning hayvondan farqi yerni e'zozlab, ishlov berib, o'z rizqini olishi qonuniyatliligi uqtirilmoqda.

O'tmishda xalqimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotida jismoniy mehnatga munosabat alohida o'ringa ega bo'lganligi bois, tabiatning barcha ne'matlariga o'ziga xos tavsif berilgan. Jumladan, zardushtiylik dinining muqaddas kitobi Avestoda tabiatning to'rt asosiy manbasi, ya'ni yer, suv, olov, havoga munosabat va ularga hurmat g'oyasining ilgari surilishi hamda targ'ib qilinishi, tabiatga o'ziga xos ma'naviy-axloqiy munosabat shakllanganligidan dalolatdir. Ya'ni, zardushtiylar o'z turmush tarzida koinotning to'rt unsuri - quyosh (olov), suv, yer, havoni butun borliqning asosi, deb hisoblaganlar. Olov quyoshning yerdagi shakli (zarrachasi) deb, unga alohida sajda qilingan. U barcha gunohdan tozalovchi sehrli kuch sanalib, maxsus otashxonalarda turli marosimlar, jismoniy-axloqiy mazmundagi o'yinlar o'tkazib turilgan.

Zardushtiylarda katta (patriarxal) oilaning a'zolari, ayniqsa erkaklarning jamiyatda jismoniy ustunligi ramzi sifatida oila va urug'ni ota yoki oqsoqol

o

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

boshqargan. Ularning qo'lida barcha hokimiyat jamlangan bo'lib, ular oila va jamoa faoliyatiga oid barcha masalalarni hal qilish huquqiga ega bo'lganlar. Bunday shaxslarning topshiriq va buyruqlari oila a'zolari uchun majburiy hisoblangan. Ishlab chiqarish jamoalari tarkibini tashkil etgan har bir oila o'z xususiy mulkiga ega bo'lgan va uning har bir a'zosi jismoniy mehnatga jalb qilingan [7, 30-bet].

Zero, O'zbekiston hududidagi qadimgi shaharlarda bir qancha patriarxal jamoasi agnatlari, o'zaro qarindoshlik uzvlari bilan bog'langan urug' jamoalar uchun alohida qal'a va qo'rg'onlar bunyod etilgan bo'lib, o'z davrida bunda joylarda mahalliy aholi chorvachilik, dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug'illanib kelganligi mintaqadagi aholi manzilgohlari uchun tipik xarakter kasb etgan. Jumladan, zardushtiylik davriga xos uyushqoqlik va o'zaro ijtimoiy munosabatlar tizimi O'zbekiston aholisining ijtimoiy-hududiy joylashuv shakli sifatida tarixan patriarxal urug' jamoasi davriga borib taqaladi - deb uqtiradi M.I.Filanovich [8, 17-bet].

Umuman, yuqorida ta'kidlangan fikr-mulohazalardan anglashiladiki, zardushtiylarda jismoniy barkamollikka oid ma'lumotlar, sog'lom turmush tarzini shakllantirish masalalari jamiyat a'zolarining o'zaro ijtimoiy munosabatlari uchun xizmat qilganligiga guvoh bo'ldik. Uning bosh g'oyasi bo'lgan "Ezgu fikr, ezgu so'z va ezgu amal" Axuramazdaning insonlarga ato etgan ilohiy ne'matlari, hidoyat yo'liga boshlovchi yo'riqlari sifatida inson bu jarayonda uch tamoyilning birortasiga amal qila olmasa ham barkamollikka erisha olmasligi ayon bo'ldi. Chunonchi, ezgu fikrsiz yaxshi ishlar qilib bo'lmaganidek, ezgu so'zsiz hech qanday ichki ma'naviy fikrlar, aqidalar ruyobga chiqmaydi, ifodalanmaydi. Ezgu amal esa pirovard natija sifatida insonning amaliy hatti harakati, jismoniy olamining ko'zgusidir. Axuramazda bu amallarni bajo keltirib, jismoniy komillik ahkomlariga erishgan insonlarni qanchalik e'zozlasa, bu yo'ldan qaytgan gunohkor kishilarni shunchalik jazolaganligini ko'rishimiz mumkin. Yuqoridagi fikrlardan ayon bo'lmoqdaki, zardushtiylik ta'limotida islom ta'limotidagi kabi inson faoliyati davomida nafaqat ibodat qilmog'i, balik jismonan yetuk ham bo'lmog'i kerak. Unda bayon qilingan jismonan sog'lom avlodni tarbiyalash masalasi o'z davrida har bir insonning halol mehnat asosida rizq topishiga undagan, hunar olishga va o'zini har tomonlama teran anglab yetishiga xizmat qilgan. Bu esa bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmasdan, jamiyat rivojida, jumladan jismonan yetuk, barkamol avlodni tarbiyalashda mustahkam asos vazifasini o'tamoqda.

REFERENCES

1. Makovelskiy A.O. Avesta. Baku, - 1960. S.150.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

2. Asqarov A. O'zbek xalqining kelib chiqish tarixi. T., 2015, 196 b.

3. Hamidova M. O'zbekiston davlati va huquqi tarixi. (O'quv qo'llanma). 2004. 248 b.

4. Ashirov A. «Avesto» va Zardushtiylarning oila-turmush marosimlari // O'zbekistonda ijtimoiy fanlar. - 2002. - № 1.

5. Avesto tarixiy-adabiy yodgorlik / Asqar Mahkam tarjimasi. -Toshkent, 2001, 280 b.

6. Ashirov A. Farg'ona vodiysi aholisi turmush tarzida qadimiy diniy e'tiqod izlari. Tarix fanlari. nomz... diss. avtoreferati - T., 2000. Yana qarang: Ashirov A. «Avesto» va Zardushtiylarning oila-turmush marosimlari // O'zbekistonda ijtimoiy fanlar. -2002. - № 1. - B. 49-53.

7. Usmonov Q, Sodiqov M va boshqalar. O'zbekiston tarixi. (Oliy o'quv yurtlari barcha bakalavr bosqichi talabalari uchun darslik). T.,2005. 30 b.

8. Ramatov, J., Baratov, R., Jurabayev, N., Umarova, R., & Mamajanova, G. (2022, June). Evolution of railway construction development in Uzbekistan: Past and prospects. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 030011). AIP Publishing LLC.

9. Ramatov, J., Umarova, R., Baratov, R., Khasanov, M., Sultonov, S., & Kushakov, F. (2022). PROBLEMS OF INFLUENCE OF ISLAM ON CONSCIOUSNESS TRANSFORMATION. Academic research in educational sciences, 3(10), 591-597.

10. Baratov, R., Nuriddinov, S., Tokhtaboev, E., & Achilova, G. (2022, June). " One belt-one road" initiative-as a modern transport logistics. In AIP Conference Proceedings (Vol. 2432, No. 1, p. 030058). AIP Publishing LLC.

11. Раматов, Ж. С., Муратова, Д., Султанов, С. X,., Тухтабоев, Э., Кушаков, Ф., & Хасанов, М. Н. (2022). ИЖТИМОИЙ AДOЛAТ BA KAДРИЯТЛAР ПЛЮРAЛИЗМИ. World scientific research journal, 8(1), 102-108.

12. Раматов, Ж.С., Баратов, Р.У., Султанов, С.Х., Муратова, Д.А., Хасанов, М.Н., & Эрниёзов, У.К. (2022). ЁШЛAP 3AMOHAB™ МAДAНИЙ KИЁФACИ BA УМУМИНСОНИЙ KAДPИЯТЛAP ТУШУНЧACИНИНГ MA3MyH-МОХДЯТИ. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (10), 376-386.

13. Hasanov, M., & Tuhtaboev, E. (2021). THE PERFORMANCE OF THE PERFECT MAN IN THE EASTERN RENESSANCE (ON THE EXAMPLE OF FARABI'S VIEWS). Innovative Technologica: Methodical Research Journal, 2(05), 1-6.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(1), Jan., 2023

14. Mukhitdinov A., Ziyaev K., Omarov J., Methodology of constructing driving cycles by the synthesis, E3S Web of Conferences, (2021), DOI: 10.1051/e3sconf/202126401033

15. Ziyayev K.Z., Abdurazzokov U.A., Ismailova Sh.B., Zamonaviy shaharlarning transport muammolari va ularni hal etish usullari, Uzbek Scholar Journal, volume 9(2022)

16. Jumaniyoz Ramatov, Rozigul Umarova, Rashid Baratov, Mirshod Khasanov, Siroj Sultonov, & Fayzulla Kushakov (2022). MODERN REQUIREMENTS FOR THE SPIRITUAL IMAGE OF YOUNG PEOPLE AND ITS MANIFESTATION IN PRACTICE. Academic research in educational sciences, 3 (10), 582-586.

17. Ramatov, J.S., & Khasanov, M.N. (2022). SOCIAL ASPECTS OF PROFESSIONAL QUALITY IMPROVEMENT (ON THE EXAMPLE OF THE RAILWAY SECTOR). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (6), 969-976.

18. Раматов, Ж.С., Валиев, Л.А., & Хасанов, М.Н. (2022). XIX АСРДА ХИНДИСТОНДАГИ ИЖТИМОИЙ - ФАЛСАФИЙ ЖАРАЁНЛАР. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2 (6), 1070-1078.

19. Журабоев, Н. Ю., Кушаков, Ф. А., Султанов, С. Х., & Хасанов, М. Н. (2022). КОНФУЦИЙЛИК ХУСУСИЯТЛАРИДАН ХИТОЙ ФАЛСАФАСИНИНГ КЕНГАЙИШИ. World scientific research journal, 9(2), 3742.

20. Ruzigul, U., Nasirjan, J., Dilmurodkhakim, A., Mirshod, H., & Urozboy, E. (2020). Rationale and history of human reflections in the muslim philosophy. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(5), 1453-1458.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.