Научная статья на тему 'ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH VA EKOLOGIYA SOHASIDAGI QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISHNING KONSTITUTSIYAVIY MAQOMI'

ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH VA EKOLOGIYA SOHASIDAGI QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISHNING KONSTITUTSIYAVIY MAQOMI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

42
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ekologiya / Atrof-muhit / Konstitutsiya normalari / qonunchilik / ekologik huquqlar / biosfera / iqlim o’zgarishi.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Bahora Shodiyeva

Ekologiyamizni, tabiatimizni asrashda yer yuzida mujassamlashgan barcha tirik jonlar munosabatga kirishishi kerak bo‘ladi. Bu nima degani? Har bitta yashab turgan mavjudot ya’ni insonlarmi, hayvonlarmi, o‘simlikmi o‘z vazifasini bajarishi kerak. Manashular bilan muvozanat saqlanib turadi. Ushbu maqolada yuqorida sanab o‘tganlarim orasidan eng ongli va oliy tafakkur egasi bo‘lmish insonlarning qanday qilib bu munosabatga kirishishining tahlili, O’zbekiston Respublikasining ekologiya sohasidagi qonunchiligini takomillashtirishning Konstitutasiyaviy maqomi, atrof muhitni muhofaza qilishda amaldagi qonunlarning realizatsiyasi atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek maqolada global ekologik muammolarni paydo bo’lish tarixi, sabablari va ushbu muammolarni ijobiy hal qilishda qonunchilik ishlab chiqish zaruriyati yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH VA EKOLOGIYA SOHASIDAGI QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISHNING KONSTITUTSIYAVIY MAQOMI»

Toshkent davlat transport universiteti Tashkent State

Konstitutsiya — inson qadri uchun The Constitution — for Human Dignity

ATROF-MUHITNI MUHOFAZA QILISH VA EKOLOGIYA SOHASIDAGI QONUNCHILIKNI TAKOMILLASHTIRISHNING KONSTITUTSIYAVIY

MAQOMI

Bahora Shodiyeva

Toshkent davlat transport universiteti talabasi Ilmiy rahbar: Toshkent davlat transport universiteti dotsenti Mafura

Muxtarxanovna Inagamova

Ekologiyamizni, tabiatimizni asrashda yer yuzida mujassamlashgan barcha tirik jonlar munosabatga kirishishi kerak bo'ladi. Bu nima degani? Har bitta yashab turgan mavjudot ya'ni insonlarmi, hayvonlarmi, o'simlikmi o'z vazifasini bajarishi kerak. Manashular bilan muvozanat saqlanib turadi. Ushbu maqolada yuqorida sanab o'tganlarim orasidan eng ongli va oliy tafakkur egasi bo'lmish insonlarning qanday qilib bu munosabatga kirishishining tahlili, O'zbekiston Respublikasining ekologiya sohasidagi qonunchiligini takomillashtirishning Konstitutasiyaviy maqomi, atrof muhitni muhofaza qilishda amaldagi qonunlarning realizatsiyasi atroflicha tahlil qilingan. Shuningdek maqolada global ekologik muammolarni paydo bo'lish tarixi, sabablari va ushbu muammolarni ijobiy hal qilishda qonunchilik ishlab chiqish zaruriyati yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Ekologiya, Atrof-muhit, Konstitutsiya normalari, qonunchilik, ekologik huquqlar, biosfera, iqlim o'zgarishi.

Kirish. Bugungi globallashgan dunyoda biz demokratik islohotlarni rivojlantirishga e'tibor qaratsak, sayyoramiz va insoniyatning kelajagi ko'p jihatdan atrof-muhit muhofazasiga bog'liq. Ko'p yillar davomida tabiiy boyliklarni asrab-avaylash, inson va tabiat o'rtasidagi uyg'unlikka erishish zamonamizning dolzarb masalalaridan bo'lib kelmoqda. 20-asrning ikkinchi yarmida paydo bo'lgan bu tashvish ko'lami va murakkabligi jihatidan kengayib, insoniyatni boshi berk ko'chaga olib kirdi. Atrof-muhit sharoitlari va tabiiy resurslardan barqaror foydalanish, shuningdek, barcha uchun toza havo va sog'lom atrof-muhitni ta'minlash jadal rivojlanayotgan har bir mamlakat uchun dolzarb muammolarga aylanib borayotgani keng e'tirof etilgan.

Metodlar. Ushbu maqola qiyosiy-huquqiy tahlil, qiyosiy-mantiqiy tahlil, ketma-ketlik, tarixiy, xolislik metodlari asosida yoritilgan bo'lib, unda O'zbekiston Respublikasi ekologiya vaatrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishda konstitutsiya normalarining o'rni muhokama qilingan.

ANNOTATSIYA

320

2024-yil, 7-dekabr

Tadqiqot natijalari: Yuqorida ta'kidlanganidek birinchi navbatda insoniyatning eng asosiy muammolaridan bo'lib kelayotgan ekologik muammolarni kelib chiqish tarixi, sabablari va atrof-muhit muhofazasining huquqiy asoslarini kelib chiqishini yoritib beramiz.

Arxeologlar, insonlarning atrof muhitga antropogen ta'siri bundan 50 000 yill muqaddam yer yuzida taxminan 200 000 odam yashagan davrda hayvonlar va o'simliklarning inson tomonidan yo'q bo'lib ketishiga oid dalillarni aniqladilar. Biz ekologik o'zgarishlarga dastlabki odamlar qanday munosabatda bo'lganiklari haqida faqat taxmin qilishimiz mumkin, lekin ular uchun yashash joylarini tashlab yangi flora va faunaga boy hamda hayvonlar ko'p hududlarga ko'chish odatiy hol bo'lgan. Besh ming yil oldin, Mohenjo Daro (hozirgi Pokistondagi qadimiy shahar) Indus tsivilizatsiyasi allaqachon ifloslanishning inson salomatligiga ta'sirini tan olgan va atrof muhitni chiqindilardan tozalashni boshlashgan va sanitariya bilan shug'ullangan. Yunonistonda o'rmonlarning kesilishi tuproq eroziyasiga olib kelganligi sababli, faylasuf Platon: "Barcha boy va yumshoq qismlar qulab tushdi va yerning shunchaki skeleti qoldi" deb fikr bildirgan. Xitoy, Hindiston va Perudagi jamoalar tuproq eroziyasining ta'sirini o'rganib chiqib ekinlarni ekishda yerlarni almashtirib ekish va ozuqa moddalarini qayta ishlash orqali uning oldini oldilar.

Inson tirik organizmlarga to'g'ridan-to'g'ri ta'sir etib yoki yashash sharoitini o'zgartirib, uning tarqalishiga yoki qirilib yo'q bo'lishiga sababchi bo'lishi mumkin. Inson tabiatga ko'rsatadigan kuchli ta'siri orqali abiotik va biotik sharoitlarni o'zgartiradi. Inson million yil davomida tarkib topgan tirik dunyo manzarasini bir necha o'n yilda o'zgartirib yubordi. Uning tirik organizmlariga salbiy ta'siri natijasida Yer yuzida ko'plab o'simlik va hayvon turlari yo'qolib ketdi. Hozirda dunyo aholisi 7.929,050.275 nafarni tashkil etmoqda. Bu korsatkich o'sishda davom etadi. Aholi o'sar ekan uning talab va ehtiyojlari oshib boradi. Ammo bugungi demografik o'sish, resurslar va yer tanqis bo'lgan davrda ekologik toza bo'lgan yangi hududlarga ko'chib o'tish imkonsiz. Shuning uchun atrof muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo'lish bir qancha davlatlarning xususan O'zbekiston Respublikasining asosiy normalarida belgilab qo'yilgan. Masalan, Germaniya Konstitsiyasining 20a moddasiga ko'ra "Davlat kelajak avlodlar oldidagi mas'uliyatini ham yodda tutgan holda, tabiat va hayvonlarning tabiiy asoslarini qonun hujjatlari bilan, qonun va adolatga muvofiq, ijro etuvchi va sud organlari orqali konstitutsiyaviy tuzum doirasida himoya qiladi".[1] Shuningdek, Avstriya, Albaniya, Bolgariya, Vengriya, Litva, Polsha, Slovakiya, Sloveniya, Xorvatiya, Chexiya va Estoniya kabi davlatlarda fuqarolar va davlatning ekologiya sohasidagi huquq va majburiyatlari aniq-ravshan belgilab berilgan. Xususan, Gretsiya Konstitutsiyasi (1975 y.) 24-moddasida "Tabiiy va madaniy atrof muhitni

321

2024-yil, 7-dekabr

muhofaza qilish davlatning majburiyati hisoblanadi", deb belgilangan. Avstriyada esa, "Atrof muhitni har tomonlama muhofaza qilish to'g'risida"gi Federal Konstitutsiyaviy qonun (1920 y.) amal qilishi ushbu mamlakatning atrof muhitni kompleks muhofaza qilishga intilayotganligidan dalolat beradi. GFR Konstitutsiyasi 20a-moddasida ham davlat atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishi, bugungi avlod kelajak avlod oldida ma'sul ekanligi uqtirilgan. Italiyada ham atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish bo'yicha vazifa davlat zimmasiga yuklangan. Italiya Konstitutsiyasi 9-moddasida (1947 y.) ta'kidlanishicha, "Respublika mamlakat tabiatini muhofaza qiladi". Hindistonda atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari davlatning atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va uni yaxshilashga harakat qilishga majbur ekanligini hamda bu har bir Hindiston fuqarosidan talab qilinishini belgilaydi. O'zbekiston Respublikasining Konstitusiyasi 49-moddasida ham "Har kimga qulay atrof-muhitga, uning holati to'g'risidagi ishonchli axborotga ega bo'lish huquqi berilganligi, davlat fuqarolarning ekologik huquqlarini ta'minlash va atrof-muhitga zararli ta'sir ko'rsatilishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida shaharsozlik faoliyati sohasida jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yaratishi, shaharsozlik hujjatlarining loyihalari qonunda belgilangan tartibda jamoatchilik muhokamasidan o'tkazilishi, davlat barqaror rivojlanish prinsipiga muvofiq, atrof-muhitni yaxshilash, tiklash va muhofaza qilish, ekologik muvozanatni saqlash bo'yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishi, davlat Orolbo'yi mintaqasining ekologik tizimini muhofaza qilish hamda tiklash, mintaqani ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan rivojlantirish yuzasidan choralar ko'rishi" belgilab qo'yilgan.

Ushbu moddaning ahamiyati birinchidan, fuqarolarning yashash uchun maqbul bo'lgan tabiiy sharoitlarga ega bo'lish, har bir fuqaroning atrof tabiiy muhit holati va unda bo'layotgan o'zgarishlar haqidagi axborotni olish hamda tanishish imkoniga ega bo'lishini hamda fuqarolarning muhim ekologik huquqlarni davlat organlari tomonidan amalga oshirish mexanizmlarini belgilashga xizmat qilsa. Ikkinchidan, ushbu konstitutsiyaviy normalar ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo'yicha qonunchilik tizimini shakillantirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Bugungi kunda mamlakatimizda mazkur konstitutsiyaviy normalar asosida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda aholi salomatligini asrash bo'yicha 30 dan ziyod qonunlar va 200 yaqin qonun osti hujjatlari qabul qilingan.

Davlat ekologik nazoratini amalga oshirishda qo'llaniladigan asosiy me'yoriy huquqiy hujjatlar O'zbbekiston respublikasi qonunlari: "Xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to'g'risida", "Ekologik nazorat to'grisida",

322

2024-yil, 7-dekabr

"Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida",1 "Atmosfera havosini muhofaza qilish to'g'risida", "O'rmon to'grisida", "O'simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risida", "Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to'g'risida", Chiqindilar to'g'risida" va "Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to'g'risida". Shuningdek O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari jumladan "Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori va Vazirlar mahkamasining qarorlari ushbu sohada asosiy normativ huquqiy hujjatlar hisoblanadi.

Ekologik qonunchilikni buzganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslarni javobgarligi ham belgilab qo'yilgan masalan O'zbekiston Respublikasining "Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida"gi qonuniga muvofiq XI bo'limda ekologik qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik ko'zda tutilgan.

47-modda. Tabiatni muhofaza qilishga doir qonunlarni buzganlik uchun javobgarlik

Tubandagi hollarda:

- tabiatni muhofaza qilishning standartlari, normalari, qoidalari va boshqa normativ-texnik talablarini buzishda, shu jumladan korxonalar, inshootlar, transport vositalari va boshqa ob'ektlarni rejalashtirish, qurish, rekonstruktsiyalash, ulardan foydalanish yoki ularni tugatish chog'ida, ekologiya nuqtai nazaridan xavfli mahsulotlarni chet ellarga chiqarish va chet ellardan olib kelishda hududning belgilab qo'yilgan ekologiya sig'imini, ekologiya normalari, qoidalarini buzishda;

- tabiiy boyliklardan o'zboshimchalik bilan foydalanishda, davlat ekologiya ekspertizasi talablarini bajarmaganlikda; atrof tabiiy muhitning holati va uning resurslaridan foydalanish to'g'risida o'z vaqtida va to'g'ri axborot berishdan bosh tortganlikda aybdor bo'lgan shaxslar O'zbekiston Respublikasining qonunlariga binoan intizomiy, ma'muriy, jinoiy va boshqa yo'sindagi javobgarlikka tortiladilar. Mamlakatimizda tabiiy resurslarni boshqarish va ekologik muamolarni bartaraf etish borasida sayi harakatlarga keladigan bo'lsak, qoniqarli darajada deya olamiz. Xususan ekoturiz sohasi. Zomin tog' landshafti, baxmal tumani ekologik muhiti, Guliston tumanidagi ekomaskan, shovot turistik qishlog'i, Samarqand sohilbo'yi dam olish maskanlari va so'nggi yillardagi sayi harakatlar, kata mehnat natijasida tashkil qilingan

1 O'zbekiston Respublikasining "Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida" // qonun 09.12.1993. 754 - XII - son O'zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 1-son, 38-modda; O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda;1997-y., 4-5-son, 126-modda; 1999-y., 1-son, 20-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda; 2000-y., 7-8-son, 217-modda; 2002-y., 9-son, 165-modda; 2003-y., 9-10-son, 149-modda; O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2004-y., 25-son, 287-modda; 51-son, 514-modda; 2006-y., 41-son, 405-modda; 2011-y., 1-2-son, 1-modda, 36-son, 365-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; 2014-y., 36-son, 452-modda; 2017-y., 24-son, 487-modda, 37-son, 978-modda

Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son; 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son, 15.11.2019-y., 03/19/584/4025-son; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 12.10.2021-y., 03/21/721/0952-son; 29.12.2023-y., 03/23/891/0989-son; 07.02.2024-y., 03/24/904/0102-son; 30.08.2024-y., 03/24/951/0673-son)

2024-yil, 7-dekabr

323

"Orolbo'yi ekologik tizimi" bunga yaqqol namuna bo'la oladi.2 Ekologik muammolarni hal etishning asosiy yo'nalishlari Tabiatni muhofaza qilish davlat qo'mitasi, Vazirlar mahkamasi, turli nodavlat tashkilotlari hamda davlat tomonidan qabul qilingan Atrof - muhitni muhofazasi, gigienik, biologik xilma-xillikni saqlash bo'yicha milliy harakat rejalari va strategiyalarida o'z aksini topgan. Har bir viloyat, har bir shahar, har bir qishloqning o'z ekotizimi tashkillashtirilgan, bu quvonarli hol. O'simlik dunyosi boy va rang barang, hayvonlarni muhofaza qilish uchun qo'riqxonalar tashkil qilingan. Qo'riqxonalarda har bir tabiiy mintaqa, balandlik mintaqasida tabiiy landshaftlar namunasi va landshaft elementlari, masalan, xarakterli manzara, relef shakllari, tabiat yodgorliklari, ayrim noyob turlar va hayvonlar saqlanib qolinadi.[4]

M. L.O'Konnor va Filip Fosterning "Rivojlanayotgan mamlakatlarda atrof-muhit huquqi: tanlangan masalalar" asarida ekologik protsessual huquqlar kontseptsiyasi, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar kontekstida, ekologik huquqning muhim tarkibiy qismi sifatida ko'rib chiqiladi. Ekologik protsessual huquqlar, odatda, shaxslar va jamoalarning atrof muhit haqida axborotga ega bo'lish, qaror qabul qilish jarayonlarida ishtirok etish va ekologik huquqlari buzilgan tegishli idoralarga murojaat qilish huquqlarini anglatadi. Bu huquqlar shaffoflik, hisobdorlik va atrof-muhitni boshqarishda jamoatchilik ishtirokini ta'minlash uchun asosiy hisoblanadi. Kitobda muhokama qilingan ushbu protsessual huquqlar quyidagilar hisoblanadi:

1. Atrof-muhit haqida ishonchli ma'lumotga ega bo'lish:

- Bu huquq shaxslar va jamoalarning atrof-muhit sharoitlari, siyosatlari va ularga ta'sir qilishi mumkin bo'lgan qarorlar haqida ma'lumot olishlarini ta'minlaydi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda bu huquq mahalliy aholining ekologik muammolarni tushunish va ularga javob berish imkoniyatlarini kengaytirish uchun juda muhimdir.

2. Atrof-muhitga oid qarorlar qabul qilishda jamoatchilik ishtiroki:

- Jamoatchilik ishtiroki fuqarolar va manfaatdor tomonlarni atrof-muhitga ta'sir qiluvchi qarorlarni qabul qilish jarayoniga jalb qilishni o'z ichiga oladi. Bunga atrof-muhitni muhofaza qilish siyosati, rejalari va loyihalarini ishlab chiqishda fikr-mulohazalar kiritish imkoniyatlari kiradi. Samarali ishtirok etish turli nuqtai nazarlarni o'zida mujassamlashtirishga yordam beradi va zarar ko'rgan jamoalar manfaatlarini hisobga olishni ta'minlaydi.

3. Ekologik huquqlari buzilganligi haqida murojaat qilish:

- Bu huquq shaxslar va tashkilotlarga ularning ekologik huquqlari buzilgan taqdirda qonuniy choralar ko'rish imkonini beradi. Odil sudlovdan foydalanish ma'muriy yoki

2 O'zbekiston Respublikasining yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasida qonun ustuvorligini ta'minlash va mahalla institut faoliyatining samaradorligini oshirishning tashkiliy -huquqiy masalalari (tahliliy statistik ma'lumotlar asosida) // Multidisciplinary Scientific Journal Octaber. 2022 yil 315-321

2024-yil, 7-dekabr

324

sud jarayonlari orqali ekologik qarorlar va siyosatlarga e'tiroz bildirishni o'z ichiga oladi. Rivojlanayotgan mamlakatlarda bu hokimiyatni javobgarlikka tortish va atrof-muhit qonunlarining bajarilishini ta'minlash uchun muhim bo'lishi mumkin. Kitobda ta'kidlanishicha, ushbu protsessual huquqlar xalqaro miqyosda tan olingan bo'lsa-da, rivojlanayotgan mamlakatlarda ularni amalga oshirish ko'pincha jiddiy muammolarga duch keladi. Bu muammolarga cheklangan resurslar, infratuzilmaning yo'qligi, zaif qonunchilik bazasi va ushbu huquqlarni amalga oshirish uchun mas'ul bo'lgan institutlar salohiyatining yetarli emasligi bilan belgilanadi.3 Mualliflar atrof-muhitni boshqarishni takomillashtirish va ekologik qonunlarning samarali amalga oshirilishini ta'minlash uchun protsessual huquqlarni mustahkamlash muhimligini ta'kidlaydilar. Shuningdek, ular ushbu huquqlar atrof-muhitni boshqarishda shaffoflik, ishtirok etish va aholining ekologik mas'uliyatini oshirish orqali kengroq ekologik va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qanday hissa qo'shishini muhokama qilishadi.

Xulosa. Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, asosiy qomusimizning beshinchi bo'limida davlat hokimiyatini tashkil etishning asosiy qoidalari belgilangan bo'lib, ushbu normalar ekologik qonunchilikning shakllanishi va shu sohadagi davlat organlarining tashkil etilishida muhim huquqiy negiz bo'lib xizmat qiladi. Yuqoridagilardan tashqari Konstitutsiyamizda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining vakolatlari ham belgilangan bo'lib, ushbu normalar mazkur organlarning ekologiya sohasidagi vakolatlarining huquqiy maqomini belgilovchi milliy qonun hujjatlarining rivojlanishi uchun asos bo'ladi. Umumiy konstitutsiyaviy normalarning ahamiyati yana shu bilan belgilanadiki, birinchidan, ularda ekologik munosabatlar to'g'ridan-to'g'ri tartibga solinmagan; ikkinchidan, ushbu normalar ekologik qonunchilikning shakllanishi va rivojlanishida muhim ahamiyatga bo'lgan asosiy qoidalarni belgilab beradi.

Tabiatni astash har birimizning qo'limizda, agar munosib fuqaro bo'lib o'z hissamizni qo'shsak albatta kelajak avlod uchun ham jonli tabiat va foydali resurslar saqlab qolinadi.

REFERENCES

1. Инагамова М.М. Сифатли таълим тизимини ривожлантиришнинг баъзи стратегик асослари //Республикаси ИИВ Малака ошириш институти ахборотномаси. Т.- 2023. № 3. 63-70 б.

2. Инагамоыв М.М .Узбекистонда аёлларга нисбатан зуравонлик масалалари: муаммолар, ютуклар ва истикболлар//International Journal of Intellectual and

3 Muhammadjon Tursunov Toshkent davlat yuridik universiteti o'qituvchisi academic research in modern scienceinternational scientific-online conference "ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishda konstitutsiya normalarining roli" page 83

2024-yil, 7-dekabr

325

Toshkent davlat transport universiteti Konstitutsiya — inson qadri uchun Tashkent State Transport University_The Constitution — for Human Dignity

Cultural Heritage Volume: 3 Issue: 06 | 2023 ISSN: P - 2181-2306, E - 2181-2314. Р. 107-112

3. Инагамова М.М., Журабоев Н. Ю. . Туркистонлик аёлларнинг сиёсий MaKOMtf//Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. (E)ISSN: 2181-1784 4 (5), May, 2024. Б.78-90

4. Инагамова М.М Оила, никох муносабатларида махалла институининг ташкилий-хукукий жихатлари/ZYangi O'zbekiston taraqqiyotida ilm-fan istiqbollari" mavzusidagi davra suhbati materiallari to'plami. - Toshkent. Jamoat xavfsizligi universiteti nashriyoti. 2022. - Б. 48-55

5. Инагамова М.М . Конституциявий ислохотларда инсон-жамият- давлат масалаларининг ривожланиш боскичлари//«O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi - inson qadrini ulug'lash, erkin va farovon hayotimiz kafolati» mavzusidagi ilmiy amaliy konfirensiya. - Toshkent. Republican Scientific and Practical Conference. December 1. Т.: 2023. Б. 59-64.

6. Инагамова М.М Конституциявий ислохотлар - аёл хукуклари химоясининг гарови// Конституция - тинчлик ва тараккиёт кафолати: Узбекистон Республикаси Конституцияси кабул килинган куннинг 27 йиллиги байрамини нишонлаш максадида утказилган Республика илмий-амалий конференция материаллари (2019 йил 5 декабрь). -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2020. -Б. 121-125.

7. Узбекистоннинг максадли тараккиёт стратегияси уюшган жиноятчилик, экстремизм ва терроризмга карши курашишнинг хукуки кафолати//Трансмиллий уюшган жиноятчилик, терроризм ва экстремизмга карши курашда ички ишлар органларининг роли хамда хамкорлик йуналишлари: Республика илмий-амалий конференция туплами / Масъул мухаррир техника фанлари номзоди, доцент О.Т.Ахмедов. -Т.: Узбекистон Республикаси ИИВ Малака ошириш ошириш институти, 2023. - Б.5-9.

8. Germaniya Konstitsiyasi 20a modda Basic Law for the Federal Republic of Germany [23 May 1949 Last amended on 19 December 2022 140 pages]

9. Muhammadjon TursunovToshkent davlat yuridik universiteti o'qituvchisi Academic research in modern science international scientific-online conference "Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishda konstitutsiya normalarining roli" page 83

10. "Tabiatni muhofaza qilish to'g'risida" O'zbekiston Respublikasi qonuni

11. Muhammadjon Tursunov Toshkent davlat yuridik universiteti o'qituvchisi academic research in modern scienceinternational scientific-online conference

326

2024-yil, 7-dekabr

"ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirishda konstitutsiya normalarining roli" page 83

12. "This Changes Everything: Capitalism vs. the Climate" by Naomi Klein

13. "Environmental Law and Policy: Nature, Law, and Society" by Zygmunt J.B. Plater, Daniel A. Farber, and Michael B. Gerrard

14. "Environmental Law in Developing Countries: Selected Issues" by M. L. T. K. O'Connor and Philip M. L. Foster

15. Ekologik munosabatlarning konstitutsiyaviy-huquqiy asoslari: milliy va xorijiy tajriba O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti bo'lim boshlig'i, yu.f.n., dotsent, Dj.Safarov.

16. Дадашева А.А. The role of mass media in the development of civil society in new Uzbekistan // Educational Research in Universal Sciences VOLUME 2.ISSUE 4. 2023. Р. 203-207.

17. Дадашева А.А. Янги Узбекистонда махаллий ижро органлари фаолиятида жамоатчилик назорати// Фалсафа ва хукук. 2022/2. Б-137-138.

18. Дадашева А.А. Давлат хизматини ислох килиш шароитида хокимлар фаолияти устидан жамоатчилик назоратини амалга оширишнинг асосий йуналишлари// Tashkent State Transport University Google Scholar indexed Prospects for Training International Specialists in the Field of Transport DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1 Volume 3 TSTU Conference 1 2022 . Б. 117-122.

19. Дадашева А.А. Жамоатчилик фикри-фукаролик жамиятини ривожлантиришнинг мухим омили// Узбекистон Республикаси Президент хузуридаги давлат бошкаруви академияси. Жамият ва бошкаруви. Тошкент. № 2 (92). 2020. Б-125-129.

20. Дадашева А.А. Махаллий ижро хокимияти фаолияти устидан жамоатчилик назоратини натижадорлигини оширишнинг илмий-назарий ечимлари// Хукукий тадкикотлар журнали. 2-махсус сон. Тошкент. 2020. Б-227-232

327

2024-yil, 7-dekabr

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.