Научная статья на тему 'ASALARICHILIKNING IQTISODIYOTDA TUTGAN O‘RNI'

ASALARICHILIKNING IQTISODIYOTDA TUTGAN O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
177
29
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
asalarichilik uyushmasi / tezkorlik / eksport / import / qishloq xo‘jaligi. / union of bee-keeping / quickness / export / import / agriculture.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Raupova, Lobar Sherzod Qizi

Mazkur maqolani yoritish jarayonida asalarichilik sanoatini yanada kengaytirish, mamlakatimizda asalarichilikni rivojlantirishga qaratilgan prezidentimiz farmoyishlari, asaldan va asalari zahirasidan samarali foydalanish jarayonlariga keng izoh berildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE ROLE OF BEEKEEPING IN THE ECONOMY

During the coverage of this article, the decrees of the President aimed at the further expansion of the beekeeping industry, the development of beekeeping in our country, and the effective use of honey and bee reserves were widely commented on.

Текст научной работы на тему «ASALARICHILIKNING IQTISODIYOTDA TUTGAN O‘RNI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ASALARICHILIKNING IQTISODIYOTDA TUTGAN O'RNI

Raupova Lobar Sherzod qizi

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti "Logistika" yo'nalishi L-164-21-guruh talabasi

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolani yoritish jarayonida asalarichilik sanoatini yanada kengaytirish, mamlakatimizda asalarichilikni rivojlantirishga qaratilgan prezidentimiz farmoyishlari, asaldan va asalari zahirasidan samarali foydalanish jarayonlariga keng izoh berildi.

Kalit so'zlar: asalarichilik uyushmasi, tezkorlik, eksport, import, qishloq xo'jaligi.

В ходе освещения данной статьи широко комментировались указы Президента, направленные на дальнейшее расширение пчеловодческой отрасли, развитие пчеловодства в нашей стране, эффективное использование меда и пчелиных резервов.

Ключевые слова: пчеловодческая, ассоциация, скорость, экспорт, импорт, селськое хозяйство.

During the coverage of this article, the decrees of the President aimed at the further expansion of the beekeeping industry, the development of beekeeping in our country, and the effective use of honey and bee reserves were widely commented on. Keywords: union of bee-keeping, quickness, export, import, agriculture.

O'zbekistonda qishloq xo'jaligi sohasida juda kata islohatlar olib borilmoqda. Shu jumladan qishloq xo'jaligida asalarichilikni rivojlantirish to'g'risida chora-tadbirlar ishlab chiqilmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev asalarichilik tarmog'ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish, tarmoqda naslchilik, ishlarini ilmiy asosda tashkil qilish, asalarichilik xo'jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish, asal mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi va turlarini yanada ko'paytirish, asalni qayta ishlash bo'yicha zamonaviy texnologiyalarni joriy etish, sohaning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek asalarichilik sohasidagi ilg'or tajribalarni resublikamizning barcha hududlarida tatbiq etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1-avgustdagi PF-5497-sonli Farmoniga ko'ra:

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

1. O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi, O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi, Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo'mitasi hamda Aksiyadorliktijorat "Aloqabank", "O'zbekiston asalarichilari" uyushmasini tashkil etish to'g'risidagi taklifga ko'ra rozilik berildi.

2. Quyidagi "O'zbekiston asalarichilari" uyishmasini asosiy vazifalari va

faoliyat yo'nalishlari qilib belgilandi:

• asalarichilik tarmog'ini rivojlantirishga qaratilgan normativ-huquqiy bazani ishlab chiqishda ishtirok etish;

• asalarichilik tarmog'ini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirishni muvofiqlashtirish, yagona ilmiy-texnika, investitsiya va eksport siyosatini muvofiqlashtirish;

• mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va manfaatdor tashkilotlar bilan hamkorlikda asalarichilik xo'jaliklarini o'rmon fondi yerlariga, tog' va tog'oldi hududlariga, tabiiy pichanzor va yaylovlarga hamda qishloq xo'jaligi yerlariga joylashtirishni amalga oshirish;

• asalari uchun sun'iy ozuqalar ishlab chiqarishni markazlashgan holda tashkil etishga ko'maklashish va ushbu tajribani keng qo'llash hisobiga asalarichilik xo'jaliklarining ozuqa bazasini mustahkamlash;

• asalari kasalliklarining oldini olish davolash va tashxis qo'yish bo'yicha zamonaviy va ilg'or usullarni joriy etish ishlariga ko'maklashish;

• oliy va o'rta maxsus, kasb- hunar ta'limi, shu jumladan xorijiy muassasalarda asalarichilik tarmog'ining kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini samarali tashkil etish va muvofiqlash tirishda ishtirok etish;

3. "O'zbekiston asalarichilari" uyushmasining tashkiliy tuzilmasi va uningijro etuvchi apparati boshqaruv xodimlarining umumiy cheklanganlar soni 27 nafar bo'lgan tuzilmasi muvofiqlashtirilgan.

4. O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi va A.T.Aloqabank Uyushmani "Apimondiya" xalqaro asalarichilik uyushmalari federatsiyasiga a'zo bo'lib kirishi bilan bog'liq barcha zarur tashkiliy-amaliy tadbirlar ta'minlangan.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Asalning foydali xususiyatlari: Asal hech qachon aynimaydi. U tabiiy antibakteriya, antimikrob bo'lib, har qanday buzuvchi, aynituvchi mikroblarga qarshi kurasha oladigan mahsulotdir. Asal Misr Firavni Tutanhamon (mil.av.XIV asr) saga'nasidan ham topilgan bo'lib, topilgan paytgacha (1922-yil 4-noyabr) iste'mol qilish uchun yaroqli holda saqlangan.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

2011-yil "Menapause" jurnalida e'lon qilingan tadqiqotda, ishtirokchilarning xotirasi asal ist'mol qilingandan 16 hafta o'tib estrogen va progestin garmonol terapiyasi bilan davolangan bemorlarniki singari yaxshilangani ta'kidlangan. 2022-yil "Pediatrice" jurnalida e'lon qilingan maqolada esa yuqori nafas yo'llari infeksiyasidan aziyat chekadigan bolalar uyquga yotishidan 30 daqiqa avval evkalipt sitrus yoki shifobaxsh giyohli asal iste'mol qilganidan keyin platsebo qa bul qilinganlarga nisbatan kam yo'talgani va yaxshiroq uxlagani ma'lim qilingan.

Asalarining zahari tarkibida faol moddalar, fermentlar, erkin aminokislotalar, chumoli xlorid, ortofosfat kislotalari, gistamin, xolin triptofan, oltingugurt, magniy fosfat va boshqa moddalar bor. Asalari zahridan tibbiyotda radikulit bod kasalliklari, bronxial astma gioertoniya kasalliklarini davolashda keng foydalaniladi.

2021-yilning iyun oyida Jizzaxning "XIVA Honey" MCHJ korxonasi tabiiy asalni yangi bozor Xitoyga eksport qila boshladi. Eksport Xitoyning yirik distribyutorlik komponiyasi bilan asal yetkazib berish bo'yicha tuzilgan 500 ming dollarlik shartnoma doirasida amalga oshirilgan. Asosiy eksportyorlar Yangi Zelandiya, Avstraliya, Tailand, Germaniya, Kanada, Buyuk Britaniya, Fransiya va Rossiya kabi davlatlarga amalga oshirildi.

Respublikamizda asalari zahri bilan davolaydigan manzilgohlar kundan kunga ortib bormoqda. Ularning ro'yxatidan Toshkent shahrida joylashgan "Donomed" klinikasi hisoblanadi. Bu klinikada nevrologik va boshqa kasalliklarni sharq tabobati yo'li bilan davolaydi. Bu klinikada asalari zahridan keng foydalaniladi. Respublikamizda asalari biznesidan Qashqadaryo viloyati Kitob tumanidan keng foydalaniladi. Kitob tumani asal ishlab chiqarish bo'yicha Respublikada oldingi o'rinlarda turadi. Qashqadaryo viloyatida ham asalari zahri bilan davolaydigan klinikalarni ko'paytirish Respublika iqtisodiyotini o'sishiga o'z ta'sirini ko'rsatadi.

REFERENCES

1. Karimov I.A. "Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo'jaliklarida chorva mollarini ko'paytirishni rag'batlantirish chora-tadbirlari" to'g'risidagi qarori. T. 2006 23- mart

2. O'zbekiston Reslublikasi Vazirlar Mahkamasining 03/1-348-sonli "Respublikada 2009-2011-yillar asalarichilik sohasini rivojlantirish bo'yicha amalga oshiriladigan chora - tadbirlar" dasturi.T.2009- yil 23- mart

3. Kraxotin N.F. "O'zbekistonda asalarichilik" T.Mehnat, 1985.

4. Isamuhamedov A.I. - "Asalarichilik" T.O'qituvchi, 1995.

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.