ARPANING QURG'OQCHILIKKA CHIDAMLI NAV NAMUNALARINI
AJRATISHNING NATIJALARI
Mamadali Kudratovich Lukov
Termiz agrotexnologiyalar va innovatsion rivojlanish instituti q.x.f.n, dotsent
Ushbu maqolada arpaning 30 xil nav, namunalari ob'ekt sifatida olinib, nazorat pitomnigida nav va namunalarning qurg'oqchilikka chidamliligi, o'sishi va rivojlanishi, sug'orilmaydigan sharoitda o'stirish tartibi, mahsuldorlik ko'rsatkichlari bo'yicha o'rganilganligi haqida malumot berilgan.
Kalit so'zlar: Arpa, qurg'oqchilikka chidamli navlar, lalmikor mintaqalar, oziqa birligi, navlar, fenologik kuzatish, mahsuldorlik ko'rsatkichlar, hosildorlik.
This article provides information on the role of barley in the creation of the fodder base of livestock, drought tolerance, the order of cultivation in arable lands, varieties with high productivity, samples which 30 variety of barley.
Kirish. Arpa chorva mollari ozuqasi uchun furaj donli ekin hisoblansada, uning donidan kofe, turli pechenelar, konfetlar tayyorlanadi. Shuningdek donidan pivo tayyorlanadi, perlovka olinadi. Bug'doy uniga arpa unidan 15-20% qo'shib sifatli non tayyorlanadi. Arpaning 100 kg donida 124 va somonida 28 ozuqa birligi mavjud. [3; 104-107 b]
Arpa universal ekin hisoblanib uni sug'oriladigan sharoitlarda kuzda va erta bahorda ekib gektaridan 60-70 s/ga don hosil olinadi. Arpaning yaxshi xususiyataridan biri u biologik qurg'oqchilikka chidamli ekin. O'zbekistonning lalmikor mintaqalari yilda atmosfera yog'ini yaxshi bo'lganda tekis tepalik mintaqalarda 20 s/ga va tog' oldi mintaqalarda 25 s/ga.gacha hosil yetishtiriladi. [6, 7; 57 6.] Arpani lalmikorlikda o'stirish katta iqtisodiy samara keltiradi [7; 37-38 b.] Lalmikorlikda o'stirish uchun navlarning biologik xsusiyatlarini hisobga olgan holda qurg'oqchilikka chidamli va lalmikor
Ilxom Xolmurad o'g'li Xaliyarov
Tosh DAU Samarqand filiali magistranti
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
sharoitda yuqori hosilni ta'minlaydigan navlami ekish maqsadga
October 5-6
muvofiq. [4; 7 b] Qurg'oqchilikka chidamli arpa navlarini shu nav yoki namunaning morfologik belgilariga qarab baholash mumkin [1; 57-68 b]. Lalmikorlikda arpaning qurg'oqchilikka chidamli va tezpishar navlarini ekish yaxshi samara keltiradi. [7; 3738 b] Lalmikor mintaqalar sharoitiga mos navlarni sug'oriladigan sharoitda o'stirilganda arpaning zamburug'li kasalliklari bilan zaralanishi kuzatiladi. [5; .1-3
H.sativumning H.disticum kenja turiga mansub deficientia gurulariga oid nav namunalar H. disticum nutantiaga oid namunalarga nisbatan qurg'oqchilikka chidamlidir. [8; 55-61 c] Arpaning qurg'oqchilikka yoki isiqqa chidamliligi deganda uning noqulay sharoitda yuqori hosil berishi tushiniladi. Respublikaning lalmi yerlarida arpa o'stirilishi bu ekinning noqulay sharoitga moslashuv xususiyatiga ega ekanligidan darak beradi. O'simlikning qurg'oqchilikka, issiqqa chidamliligi to'qimalardan suvning yo'qotilishini kamaytirish bilan bog'liq fiziologik va anotomo-morfologik xususiyatlariga asoslanadi. Arpaning bu xususiyati uning ildiz tizimining rivojlanishi, o'suv davrining davomiyligi, suv sarflash tezligi kabi omillar bilan bog'liq. Qurg'oqchilik va issiq sharoitda arpadan yuqori hosil olish bir tomondan o' simlik o'sishi sharoitini yaxshilashga qaratilgan tadbirlarga, eng avvalo uni suv bilan ta'minlashga, ikkinchi tomondan ekin navning tashqi muhitning noqulay ta'siriga chidamlilik xususiyatiga to'laqonli foydalanish xususiyatiga bog'liq.
Dolzarbligi: Respublikamizning sug'oriladigan yerlariga nisbatan arpa lalmikorlik dehqonchilikda katta maydonlarda o'stiriladi. Biroq urug'lik tanqis bo'lganligi va ayrim tashkiliy tadbirlarga ko'ra lalmikor mintaqalarda ham suvli yerda o'stiriladagan arpa urug'larini ekish kuzatiladi. Bundan tashqari qurg'oqchilikka chidamli bo'lgan arpaning barcha navlari ham mahalliy sharoitda yuqori hosil bermasligi kuzatilmoqda. Yuqoridagilarni hisobga olganda arpaning qurg'oqchilkka chidamli ertapishar yuqori va sifatli hosildorlikni ta'minlaydigan nav namunalarini ajaratish dolzarb masala hisoblanadi.
Material va metodlar: Sabzavot-poliz ekinlari va kartoshkachilik ITI ning Samarqand tajriba stansiyasida sug'orilmaydigan sharoitda 30 ta nav, namunalar kichik bo'lmachalarda o'rganildi. Bu nav, namunalarning o'sish, rivojlanish va mahsuldorlik ko'rsatkichlari o'rganilgandan keyin ulardan eng yaxshi suvsizlikka chidamli 5 ta nav, namunalar ajratildi. 2020-2021-yillarda Samarqand viloyatining Urgut tumani tog'oldi mintaqasidagi "Baxrin" fermer xo'jaligida, Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi tekis tepalik
b.]
October 5-6
yeriaridagi "Qo,chqoг polvon" fei-тег xojligida, dala tajгibalari o4kazildi.
Dala tajribalarida ob'ekt sifatida arpaning 30 xil nav,namunalarining II-reproduksiyali urug'lari ekildi. Arpaning qator orasi 15 sm, o'n qatorli, qator uzunligi
9 9 9
80 metr. Bo'lmacha maydoni 120 m . (15 x 10=1,5m2; 80 x 1,5=120m2). Tajriba maydonlarida navlar (variantlar) sistematik usulda 3 qaytariqda joylashtirildi. Variantlar taqqoslab o'rganish uchun lalmikor mintaqalarga ekishga tavsiya etilgan Abu G'ofur navi qabul qilindi. Ekish oldi tajriba o'tkazilgan dalalarda 10 tonna go'ng sepilib, 30 sm chuqurlikda shudgor qilindi. Boshqa agrotexnik tadbirlar lalmikor mintaqalardagidek o'tkazildi. Dala tajribasida fenologik kuzatishlar, biometrik o'lchashlar, hosil elementlarini tahlil qilishda O'zbekiston O'simlikshunoslik ITI (2009), sobiq O'zPITI (2000) Don va dukkakli ekinlaг ITI ning va umumqabul qilingan uslublarda o'tkazildi.
Tadqiqot natijalari va ularning tahlili. O'rganilgan ma'lumotlardan quyidagilar aniqlandi. Samarqand viloyatida sug'orilmaydigan sharoitda mart oyida ekilgan arpa nav, namunalari iyun oyigacha maysalash, tuplash, boshoqlash va pishishi fazalarini to'liq o'tadi. Nav va namunalar biologiyasiga bog'liq holda mahsuldor poyalar soni Qashqadaryo viloyati sharoitida 2,5-3,0 dona, Samarqand viloyati sharoitida 2,8-3,3 dona, poyalar uzunligi Qashqadaryo viloyati sharoitida 36-45sm, Samarqand viloyati sharoitida 39-47 sm, bitta boshoqdagi don vazni Qashqadaryo viloyati sharoitida o'rtacha 1,0-1,5 g, Samarqand viloyati sharoitida 1,2-1,7 g, 1000 dona urug' vazni Qashqadaryo viloyati sharoitida 32,5-36,7 g, Samarqand viloyati sharoitida 33,6-37,5 g. va bir tup o'simlik hosili Qashqadaryo viloyati sharoitida 3,1-5,2 g, Samarqand viloyati sharoitida esa 3,4-5,4 gr ni tashkil etdi. Tajribada Adir navi va D-84 namunasi mahsuldorlik ko'rsatkichlari yuqori bo'lganligi aniqlandi. Tadqiqot natijalaridan malum bo'lishicha arpa har xil nav, namunalarining o'sish, rivojlanishiga, fazalarning sodir bo'lishiga, o'suv davri davomiyligiga tashqi omillar, jumladan suvsizlik ta' sir qiladi.
Xulosa. Arpa har xil nav, namunalarining tashqi muhit omillari xususan suvsizlikka ta'sirchanligi uning biologiyasiga bog'liq holda nav va namunalarda har xil sodir bo'ladi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatadiki, Samarqand viloyati sharoitida havo haroratining nisbiy namligi yaxshi bo'lganligi sababli arpa har xil nav, namunalarida mahsuldorlik ko'rsatkichlari Qashqadaryo viloyatiga nisbatan yuqori bo'ldi. Jumladan, arpaning Adir navida mahsuldorlik ko'rsatkichi bir tup o'simlikda 5,3 gr ni, D-84 namunasida esa 5,4 gr ni tashkil etdi.
October 5-6
Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan
Qashqadaryo va Samarqand viloyati sharoitida arpa nav, namunalarining mahsuldorlik
ko'rsatkichlari
Nav va Mahsuldor poyalar soni (dona) Boshoqdagi donlar vazni, (gr) 1000 ta don vazni, (gr) Bir tup o' simlik hosili, (gr)
№ namun alar Qashqadar yo sharoitida Samarqand sharoitida Qashqadaryo sharoitida Samarqand sharoitida Qashqadary o sharoitida Samarqa nd sharoitid a Qashqada ryo sharoitida Samarqand sharoitida
Abu-
1 G'ofur (St) 3,0 3,2 1,3 1,5 35,2 36,1 4,1 4,8
Abu-
2 G'ofur-20 2,9 3,1 1,1 1,3 34,1 35,3 3,7 4,2
3 Bahori kor 2,8 3,0 1,0 1,2 33,8 34,6 3,4 3,9
4 Lalmik or 2,9 3,0 1,2 1,4 34,0 34,8 3,6 4,0
5 Adir 3,1 3,3 1,4 1,6 36,7 37,3 5,1 5,3
6 Mushta rak 2,8 3,1 1,2 1,5 34,2 34,8 3,7 4,1
7 Sharof-100 2,9 3,0 1,3 1,5 34,5 35,0 3,8 4,3
8 Savruk 3,0 3,2 1,2 1,4 34,6 35,2 3,9 4,2
9 Xotira-59 2,8 3,1 1,3 1,5 34,8 35,9 4,0 4,5
10 Dunyo-M 2,9 3,0 1,4 1,6 35,0 36,1 4,2 4,8
11 D-3 2,8 3,1 1,0 1,3 33,9 35,4 3,3 4,0
12 D-23 2,7 2,9 1,2 1,3 34,0 34,8 3,5 4,2
13 D-27 2,5 2,8 1,1 1,2 33,7 34,6 3,1 3,4
14 D-84 3,1 3,2 1,5 1,7 36,4 37,5 5,2 5,4
15 D-94 2,6 2,9 1,0 1,2 32,6 33,7 3,3 3,7
16 D-104 2,9 3,1 1,3 1,5 34,3 35,0 4,1 4,6
17 D-150 2,7 2,9 1,2 1,4 33,0 34,1 4,0 4,8
18 D-156 2,8 3,0 1,3 1,5 33,4 34,4 4,2 4,9
19 D-165 2,9 3,1 1,2 1,4 33,6 34,7 4,4 5,0
20 D-179 2,6 2,8 1,1 1,3 33,2 34,2 3,5 4,1
21 Obikor 2,5 2,8 1,0 1,2 33,0 33,8 3,2 3,9
22 Ixtiyor 2,7 2,9 1,2 1,4 33,5 34,0 3,4 4,0
23 Xonaq oh 2,8 3,0 1,3 1,5 33,8 34,9 3,6 4,3
24 Mirzac ho'l 2,6 2,8 1,2 1,4 34,0 35,1 3,8 4,5
25 Qizilqo 'rg'on 2,5 2,8 1,1 1,3 32,9 33,7 3,1 3,8
26 Do'stli k 2,6 2,9 1,2 1,5 33,6 34,3 3,5 4,1
27 Mavlon o 2,7 3,0 1,3 1,5 34,7 35,8 3,9 4,8
28 Mezon 2,8 2,9 1,2 1,4 34,1 35,0 3,7 4,2
29 K-10 2,5 2,8 1,1 1,3 32,5 33,6 3,1 3,9
30 Bolg'al i 2,7 3,0 1,3 1,4 34,6 35,4 3,8 4,4
® ©
October 5-6) Republican Scientific and Practical Conference
©
o1
300
Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan
1-jadval. Qashqadaryo va Samarqand viloyati sharoitida o'stirilgan arpa nav, namunalari
mahsuldorlik ko rsatkichlarining grafik tasviri
REFERENCES
1. Abdukarimov D.T Dala ekinlar xususiy seklsiyasi T.2007. 57-68 b.
2. Abdukarimov D.T Donli ekinlar seleksiyasi va urug'chiligi T.2010
3. Ataboyeva H .N. , Joniqulov X.B. O'simlikshunoslik T. 2019. 104-107 b.
4. Gaybullayev G.S. Kuzgi arpa navlarini har tomonlama o'rganish va seleksiya uchun eng yaxshi nav, namunalarni tanlash. Ozbekiston qishloq va suv xojligi jurnali. Maxsus son-2021. 7-b.
5. Lukov M.K, Xaliyarov I.X "Lalmikor yerlarda arpa va kungaboqarni o'stirishning xususiyatlari" "Samarqand Veterinariya meditsinasi instituti" konferensiya to'plami 2021-y. 1-son. 1-3 b.
6. Lukov M.K, Xaliyarov I.X "Productivity of Barley and Samples in Non-Irrigated Conditions". Journal Impact Factor. 2022. 5.985.
7. Mamatqulov T. O'zbekistonning sug'oriladigan yerlarida arpa seleksivasining natijalari va yo'nalishlari /Sug'oriladigan yerlarda q/x ekinlari seleksiyasi urug'chiligi va yetishtirish texnologiyasining muammolari/ Resp. ilm. kon mat.37-38 b. Samarqand 2006y.
8. Qurbonov G„.Q. Исходный материал и итого аналитической селексии ячменя. Селсхозяйственные културы на богарных землях. Ташкент. 1999. С 55-61.
October 5-6
301