SUG'ORILADIGAN YERLARDA ARPANING ERTAPISHAR VA YOTIB QOLISHGA CHIDAMLI NAV NAMUNALARINI TANLASH
G'. S. G'aybullayev
TDAU Samarqand filiali fakultet dekani, q.x.f.d., dotsent
M. Sh. Abdulloyeva
TDAU Samarqand filiali magistranti
R. B. Tuyg'unov
Lalmikor dehqonchilik ilmiy tadqiqot instituti doktoranti
ANNOTATSIYA
Bugungi kunda aholi soni oshishi bilan uni oziq-ovqat ta'minoti muammosi ham ortib bormoqda. Insoniyat uchun asosiy oziq-ovqat ekinlari sanalgan boshoqli don ekinlarining hosildorligini sifat va miqdor jihatidan oshirish va uning turli xil stress omillariga chidamliligini yaxshilash orqali muammoni bartaraf etish mumkin. Mazkur maqolada asosiy donli ekinlardan biri sanalgan arpa navlarida hosildorlik elementlari o'rtasidagi bog'liqlikni tahlil qilish, arpaning seleksiya dasturlari uchun boshlang'ich materialini o'rganish natijalari keltirilgan.
Kalit so'zlar. Arpa, hosildorlik, boshlang'ich material, abiotik omillar, nav, ertapishar, yotib qolishga chidamli.
ABSTRACT
Today, with the increase in population, the problem of food supply is also increasing. The problem can be solved by increasing the quality and quantity of grain crops, which are the main food crops for mankind, and by improving their resistance to various stress factors. This article presents the results of the analysis of the relationship between the elements of productivity in barley varieties, which is one of the main grain crops, and the study of the starting material for the selection programs of barley.
Keywords. Barley, productivity, starting material, abiotic factors, variety, early spring, resistant to dormancy.
Kirish. Respublikamizning sug^riladigan maydоnlari uchun yuqоri ^silli, dоn sifat ko'rsatkichlari yuqоri, tashqi
® ©
October 5-6
©
o1
229
muhitning abiotik omülariga, kasalliklarga va arpa navlariga ta'sir ko'rsatadigan zararkunandalarga chidamli navlar yaratish uchun, avvalambor seleksiya uchun boshlang'ich manba va donor navlarni tanlash va ular o'rtasida duragaylash o'tkazish katta ahamiyatga ega.
Arpa jahon miqyosida boshoqli don ekinlari ichida yetakchi o'rinlarda turadi. O'zbekistonda arpa sug'oriladigan va lalmi yerlarda yetishtiriladigan asososiy yem-xashak ekini hisoblanadi, shuningdek arpa oziq-ovqat sanoatida ham keng qo'llaniladi, u har xil tuproq keskin o'zgaruvchan ob-havo sharoitida ham yengil moslashib ketadi. Ertapishar, sho'rga qurg'oqchilikka, issiqga, qishga, yotib qolishga, kasalliklarga chidamli navlar yaratish borasida ancha ishlar olib borilmoqda.
Sug'oriladigan yerlarda ekilib kelinayotgan arpa navlarining hosildorligi ayniqsa talab darajasida emas. Bularni hisobga olgan holda arpani sug'oriladigan yerlarda hosildorligi yuqori bo'lgan, yotib qolishga chidamli, ishlab chiqarishni pivo hamda oziq-ovqat sanoati talabiga mos, intensiv tipga xos navlarni yaratish uchun sifatli boshlang'ich manbalarni yaratish o'ta dolzarb muammo bo'lib, buning ustida ilmiy tadqiqotlar olib borish ham ilmiy ham amaliy ahamiyat kasb etadi (A.Amonov).
Arpa xususiyatlaridan seleksiya yo'nalishida muhim belgilardan yotib qolishga chidamlilik, plastiklik, ya'ni turli mintaqalarda har xil ob-havoli yillari turg'un hosil berish qobiliyatli; o'ta zararli kasalliklarga: qora kuya, un shudring, gelmintosporioz, ildiz chirish, pakana zang kasalliklariga chidamliligidir. Bugungi kunda sug'oriladigan sharoitda va lalmikor yerlarga mukammal hosil beradigan navlar talab etiladi. Kuzgi arpa navlari qishga chidamliligi, birinchi navbatda sovuqqa bardoshliligi bilan ajralib turadi. Respublikamizning sug'oriladigan maydonlarida ekilayotgan arpa navlari asosan Yevropadan keltirilayotgan o'rtapishar va kechpishar guruhiga mansub. Tajribaning asosiy maqsadi Respublikaning sug'oriladigan maydonlari uchun kuzgi arpa navlarini yaratishda boshlang'ich manbalar sifatida foydalanish uchun, hosildor, yotib qolishga va tashqi muhit omillariga chidamli hamda yuqori sifatli arpa namunalarini tanlab olish va ular ishtirokida istiqbolli mahalliy navlar bilan chatishtirish ishlari o'tkazib, boshlang'ich manbalar yaratishdan iborat.
October 5-6
1-jadval
Tajriba dalasi tuprog'ining agrokimyoviy tavsifi
Qatlam, sm Gumus, % Umumiy, % tg ^ a in O <N CL, O <N PH suvli so'rim Singdirilgan asoslar yig'indisi, mg.ekv / 100 g tuproqda Ca+, Mg+, K+ bo'yicha singdirish sig'imi, mg.ekv/ 100 g tuproqda
N R K Ca+ Mg+ K+
0-30 1,20 0,14 0,27 2,27 4,6 209 7,1 9,40 3,2 0,80 13,40
3060 0,79 0,06 0,17 2,16 17,6 187 7,4 9,69 3,3 0,65 13,64
Tadqiqotlar davomida dunyoning turli geografik mintaqalaridan keltirilgan arpaning 200 ta jahon kolleksiya nav namunalari ustida ilmiy izlanishlar olib borildi. Bunda kolleksiya nav namunalari ertapisharlik, hosildorlik, yotib qolishga, kasalliklar va zararkunandalarga chidamlilik bo'yicha biologik xususiyatlar har taraflama o'rganildi (1-jadval). Tajriba dalasining tuproqlari sug'oriladigan tuproqlar, sizot suvlari chuqurligi 2-2,5 metr, o'tloq - bo'z tuproq bo'lib, mexanik tarkibi o'rta qumoq.
Foydalanilgan materiallar va usullar.
Tadqiqоtlar 2021-2022 yillarda Samarkand viloyati Jоmbоy tumani Zarafshon MMTP hududida joylashgan "Farboma selekt" ilmiy urug'chilik fermer xo'jaligi tajriba dalasida olib borildi. Tadqiqotning obyekti hisobida arpa seleksiyasi bo'yicha xalqaro markazlar ICARDA va CIMMYT hamda O'simlikshunoslik ITI va Don va dukkakli ekinlar ITI G'allaorol ilmiy-tajriba stansiyasidan keltirilgan 200 ta arpa kolleksiyasi nav namunalari o'rganildi. Kolleksion pitomnikning hisob maydoni har
9 9
bir namuna uchun 1 m , 2 takrorda, oktyabr oyida 1 m ga 300 ta urug' ekildi. Har 10 ta namunadan keyin standart nav sifatida rayonlashgan "Ixtiyor" navi ekildi.
Ilmiy-tadqiqot ishlarida kuzatish, hisoblash va tahlillar «Dala tajribalarini o'tkazish uslublari» (O'zPITI, 2007), fenologik kuzatuvlar va biometrik tahlillar Qishloq xo'jalik ekinlari navlarini sinash Davlat komissiyasining uslubi (1989) bo'yicha aniqlandi. Matematik tahlillar Dospexov B.A (1985 yil) tomonidan ishlab chiqilgan uslub bo'yicha, kasalliklarga chidamliligini baholash xalqaro ICARDA markazida (International Center for Agticultural Research in the Dry Areas) (1996 yil) ishlab chiqilgan shkala buyicha (%) baholandi.
Olingan natijalar va ularning muhokamasi.
Arpaning ertapishar va hosildor navlarini yaratish seleksionerlar oldida turgan muhim vazifalaridan biri hisoblanadi.
October 5-6
231
O'simlik o'suv davrining davоmiyligi navning tabiiy o'zgaruvchanligi bilan aniqlanib, o'stirish sharoitiga ham bоg'liq. Ertapishar, hоsildоr va yotib qоlishga chidamli arpa navlarini yaratish uchun jaton kоllеksiyasini har tоmоnlama o'rganish, arpaning kеlib chiqish markazlaridan yangidan kеltirilgan kоllеksiya namunalarini har taraflama chuqur tahlil qilish alоhida ahamiyatga ega. Sеlеksiya usullaridan foydalanib, arpaning ertapishar, tosi^r, yotib qоlishga va kasalliklarga chidamli navlarini yaratish uchun bоshlang'ich manbalarni to'g'ri tanlash kеrak.
Tadqiqоtlar natijasida:
- arpa nav namunalarining ertapisharlik gradatsiyasi quyidagicha bo'ldi: unib chiqish-bоshоq tоrtishi juda ertapishar 157-160 kun, ertapishar 161-164, o'rtapishar 165-168 kun, o'rta kеchpishar 169-172 kun, kеchpishar 173-177 kun etib bеlgilandi. Ertapishar ko'rsatkichlarga ega bo'lgan namunalar: 491stGSBSN-7, 10, 11, 12; INBYT-HI-13, 15, 35, IBON-HI-1, 6, 23, 24; IBON-W-11, 15, 21; 3rdGSBYT-4, 6;
- arpaning birinchi darajali kasalliklari: to'q-qo'ng'ir dоg'lanish (gеlmintоspоriоz), rinxоspоriоz, un-shudring, yo'l-yo'l dоg'lanish, to'r-to'r dоg'lanish kasalligi bilan sug'оriladigan maydоnlarda nav namunalari 10-50% atrofida kasallikka chalingani qayd etildi. Nav namunalar ichidan sug^riladigan maydоnlarda Kоndrat, Tеmur, Mirzacho'l, Bоlg'ali, Xоnaqоx, Ixtiyor, NM-55, NM-79;
- sug'оriladigan maydоnlarda qishga chidamlilik bo'yicha o'rtacha (51-70%), juda yuqоri (90% dan yuqоri) ko'rsatkichlari bilan batolandi. Qishga juda chidamli bo'lgan chidamlilik darajasi (71-90%) bo'lgan va unga yaqin (±10%) ko'rsatkichga ega bo'lgan quyidagi ^ndrat, Nоvоsadskiy 520, Qizilqo'rg'оn, Mеzоn, Mirzacho'l, Ixtiyor, NM-53, NM-93, Mavlоnо, IBON-HI-1.
2-jadval
Yotib qоlishga chidamli bo'lgan arpa nav namunalari, (2021-2022 yy)
T/r Nav O'simlik bo'yi, sm Yotib qоlishga
namunalarining 2021 2022 O'rtacha chidamliligi,
^mi M+m M+m M+m (ball)
1 Ixtiyor (St) 90,4 88,6 89,5 8
2 1stGSBSN-17 88,2 87,7 87,9 9
3 1stGSBSN-20 86,3 85,6 85,9 9
4 1stGSBSN-36 88,1 87,6 87,8 9
5 IBON-W-11 90,0 89,7 89,8 8
® o
October 5-6) Republican Scientific and Practical Conference
©
o1
232
6 IBON-W-15 89,3 89,1 89,2 8
7 IBON-W-21 91,2 90,8 91,0 8
8 1stGSBSN-28 94,3 93,7 94,0 7
9 IBON-HI-1 86,5 85,7 85,7 9
10 IBON-HI-6 78,2 82,5 86,1 9
11 IBON-HI-23 88,9 90,2 89,5 8
12 IBON-HI-24 86,2 88,5 87,3 9
13 IBON-HI-25 85,4 87,3 86,3 9
14 INBYT-HI-13 89,7 91,8 90,7 8
15 INBYT-HI-15 87,4 89,6 88,5 9
16 INBYT-HI-35 90,2 88,6 89,4 8
17 INBYT-HI-49 89,2 90,5 89,8 8
18 3rdGSBYT-2 88,0 91,0 89,5 8
19 3rdGSBYT-4 87,0 85,4 86,2 9
20 3rdGSBYT-6 88,9 84,3 86,6 9
21 3rdGSBYT-27 85,4 88,2 86,8 9
22 3rdGSBYT-32 89,1 90,2 89,6 8
23 3rdGSBYT-127 88,5 87,3 87,9 9
Arpaning yotib qolishi ko'p hollarda sut pishishi yoki undan ham oldinroq ro'y berishi mumkin. Bunday holatda o'simlik bir-birini soyalab qo'yadi. Yotib qolish natijasida fotosintezning sekinlashuvi donning puch yoki mayda bo'lishiga sabab bo'ladi. Arpa o'simligining pishish davrida yotib qolishi don hosilini yig'ishtirib olishni ancha qiyinlashtiradi. Yotib qolish yomg'ir yog'ganda, kuchli shamol oqibatida ham bo'lishi mumkin. Yotib qolishga chidamlilikni oshirishda ildiz tizimining baquvvat bo'lishi ham katta rol o'ynaydi. Yotib qolganda o'simlik poyasi qayriladi yoki sinadi. Don yo'qotilish bilan birgalikda donning sifati pasayishiga va har xil kasalliklarning rivojlanishiga sharoit tug'diradi (2-jadval).
- namunalarni o'simlik bo'yi bo'yicha o'rtadan past (71-80 sm), o'rta bo'yli (81-95 sm), o'rtadan yuqori (96-110 sm), baland bo'yli (111-125 sm) va juda baland (126-140 sm) klassifikator bo'yicha, yotib qolishga chidamlilik xususiyati bilan yuqori (7 ball) va juda yuqori (9 ball) chidamlilik bilan baholandi. Yotib qolishga chidamli 1stGSBSN-17, 20, 28, 36, 44; IBON-W-11, 15, 21; IBON-HI-1, 6, 23, 24, 25; INBYT-HI-13, 15, 35, 49; 3rdGSBYT-2, 4, 6, 27, 32.127.
® ©
October 5-6) Republican Scientific and Practical Conference
©
O1
233
3-jadval
Yuqori don massasiga ega bo'lgan arpa nav namunalari, (2021-2022 yy)
T/r Nav namunalarining nomi 1000 ta don vazni bo'yicha, 1m maydonda
2021 M+m 2022 M+m O'rtacha M+m
1 Ixtiyor (St) 460 470 465
2 Mirzacho'l (610 gr) 612 608 610
3 K-561063 476 480 478
4 K-92320 489 491 490
5 K-22845 (618 gr) 617 619 618
6 K-19985 (625 gr) 623 627 625
7 Temur (614 gr) 613 615 614
8 K-566244 (633 gr) 632 634 633
9 K-565224 510 514 512
10 K-19005 558 562 560
Boshoqdagi don soni mahsuldorlik bo'yicha tanlashda mu iim ahamiyatga eg
va yuqori hosil olish uchun asosiy omil hisoblanadi. Boshoqdagi don soni bo'yicha K-561063, Mirzacho'l, K-22845, Temur, K-92320 nav namunalari, boshoqdagi don vazni K-561063, Mirzacho'l, K-22845, K-92320 nav namunalari, 1000ta don vazni bo'yicha yuqori ko'rsatgichga ega quyidagi namunalar K-22845, Ixtiyor, K-19985
л
qimmatli boshlang'ich material hisoblanadi. O'rganilgan namunalarda 1m maydondan olingan don massasi 478 grammdan 633 grammgacha bo'ldi (3-jadval).
Yuqori don massasi quyidagi nav namunalarida kuzatildi. Mirzacho'l (610 gr), K-22845 (618 gr), K-19985 (625gr), Temur (614 gr), K-566244 (633 gr) nav namunalar andozaga nisbatan 155 grammgacha yuqori hosil berdi va tanlab olindi.
Xulosalar. Tadqiqotlar natijasida, kolleksiya nav namunalarini o'rganish davomida standart Ixtiyor naviga nisbatan yuqoridagi ajratib olingan nav namunalar hosildor arpa navlarini yaratishda seleksiya uchun boshlang'ich manbaa sifatida ajratib olindi va arpa seleksiyasi bilan shug'ullanuvchi ilmiy muassaslarga boshlang'ich material sifatida foydalanishga tavsiya etildi.
REFERENCES
1. Цицкиев З.М. Технология сортообновления и производства семян озимого ячменя для хозяйств агропромышленного комплекса республики Ингушетия. Мелиорация в россии: потенциал и стратегия развития. Материалы Международной научно-практической интернет-
конференции, посвященной 50-летию масштабной
October 5-6
234
программы развития мелиорации земель г. Волгоград, 26 августа 2016 г.С. 286-
2. Маматкулов Т. Арпа селекциясида бошлангич манбаларнинг ахамияти. Гуза, беда селекцияси ва уругчилигини ривожлантиришнинг илмий асослари. Республика илмий конференцияси материаллари. Тошкент 2009.
3. Ходжакулов Т.Х. Изучение генетики количественных признаков развития узбекских ячменей в целях селекции. Тез. докладов науч практ конференции. Ташкент. 1993. С. 97-98.
4. Амонов А.О., Буриев Х,.Ч., Гафурова Л.А., Нурбеков А. Бир бошок дон. -Тошкент: Мехнат, 2003. -30-35б.
290
October 5-6