Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
UDK: 624.131
ANGREN-POP AVTOMOBIL YO'LI JOYLASHGAN XUDUDNING SEYMIK RISKINI JADDALASHISHIGA SABAB BO'LADIGAN XAVFLI
GEOLOGIK JARAYONLAR
A. F.Mansurov
tayanch doktorant, A.S.Xusomiddinov
katta ilmiy xodim. O'z RFA Seysmologiya intstituti. O'zbekiston.
Bugungi kunda butun dunyo bo'ylab zilzilalar xaqida, ularning paydo bo'lishi insoniyatga ne chog'lik zarar keltirayotganligini qanchadan-qancha bino va inshootlar transport arterialarining vayron bo'lishi natijasida insonlarni ayanchli tarzda vafot etishiga, yoki bir umr nogiron bo'lib qolishiga olib kelmoqda, birgina misol 2023-yilning 6 fevral kuni Turkiyada sodir bo'lgan juda kuchli zilzila dunyo hamjamiyatini larzaga soldi. Qurbonlar sonining ko'pligi, bino va inshoatlarning vayron bo'lishi natijasida boshpanasiz qolgan fuqarolarning ahvoli, avtomobil va temir yullarning buzulib juda katta er yoriqlarini paydo bo'lganligi, mamlakat iqtisodiy holatining keskin pasayishi boshqa davlatlar uchun ham achinarli holatga aylandi. Zilzila dunyoning boshqa hududlariga ham o'z ta'sirini o'tkazmay qolmadi.
Ushbu sodir bo'lgan zilzilalarni taxlil qiladigan bo'lsak, zilzila juda kichik vaqt oralig'ida sodir bo'lgan bo'lsada kuchli zilzila bo'lganligi tufayli bino va inshoatlar bu kuchli tebranishga dosh bera olmay qulab tushishi natijasida talafotlar miqdori ortib ketgan. Bundan tashqari avtomobil va temir yo'llarining shikastlanishi, juda katta er yoriqlarining paydo bo'lishi, avtomobil va temir yo'l tizimlarining bir qancha qismlarida uzilishlar sodir bo'ldi.
Yuqorida keltrib o'tilgan malumotlar asosida shuni aytish mumkinki tadqiqot xududi Angren-Pop avtomobil yo'lida zilzilalar sodir bo'lganda xavfli geologik jarayonlarning xam xarakati ortadi bu esa seysmik riskni jaddaligini oshiradi.
Angren-Pop avtomobil yo'li murakkab relefdagi, hamda turli darajadagi chuqur er yoriqlar, darzliklar va tektonik buzilishlar mavjud hududda joylashgan. Ushbu hududda turli xil muhandis-geologik xususiyatdagi qoyatoshlar, chaqiq tog' jinslari va delyuvial gruntlar keng tarqalgan. Shuningdek hududda suv omborlar (Ohongaron, Rezaksoy), uzunligi 19,2 km bo'lgan temir yo'l tuneli va umumiy
May 15, 2024
120
Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
uzunligi 2486 m bo'lgan 2 ta avtomobil yo'l tunnellari mavjud. Ushbu transport arteriyasidan sutkasiga 21000 dan ortiq engil avtomobillar, yuk va maxsus transport vositalari, shuningdek, bir qancha yo'lovchi va yuk poezdlari harakatlanadi.
Angren-Pop avtomobil yo'li o'tadigan yo'nalishlarda zamonaviy er harakatlari va xavfli geologik jarayonlar (ko'chkilar, qor ko'chkilari, tosh ko'chkilar, sellar, cho'kuvchan gruntlar) rivojlangan. Jumladan o'tgan yillar davomida sodir bo'lgan xavfli geologik jarayonlar avtomobil va temir yul bo'ylab katta talofatlarni keltirib chikardi.[1]
Anren-Pop avtomobil yuli xududining iqlim sharoiti hamda yog'inlarning miqdori 1-rasmda keltirib o'tilgan.
Toshkent va Fag'ona vodiysini bog'lab turuvchi transport tarmog'i A-373 «Toshkent-O'sh»
avtomobil yo'li hisoblanadi. Ushbu avtomobil yo'li O'zbekiston iqtisodiyotini rivojlanishida juda katta o'rinni egalaydi, chunki uch viloyatning markaz bilan aloqa tarmog'i sifatida 10 mln. dan ortiq insonlarga xizmat qiladi. Shuning uchun ushbu avtomobil yo'li joylashgan xududni o'rganish har tomonlama axamiyatlidir. 1-jadvalda ushbu hududda yuzaga kelgan geologik jarayonlar miqdori turlari va hududlari bo'yicha taqsimlanganligi keltirilgan[2].
1-jadval A-373 Toshkent-O'sh avtomobil yo'li 2018-2022-yillarda sodir bo'lgan xavfli geologik jarayonlar
Hudud nomi Er ko'chkisi Tosh qulashlari Ko'chki yoriqlari Jami
Toshkent viloyati 6 14 1 21
Namangan viloyati 10 10 - 20
Jami: 41 ta
121
May 15, 2024
Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
Quyidagi rasmda bahor oyida sodir bo'lgan tosh ko'chkisini avtomobil yo'lga ta'siri ko'rsatilgan.
A-373 raqamili
«Toshkent-O'sh» avtomobil yo'li yo'nalishida 2018-2022-yillari sodir bo'lgan geologik
jarayonlarni turlari bo'yicha miqdoriy ko'rsatkichlari 4-rasmda
Yuqoridagi malumotlar asosida shuni aytish mumkinki xavfli geologik
jarayonlarning sodir bulishiga yonbag'irlarning geologik tuzilishi, relefi, qatlamlarning yotish holati, er osti va ustki suvlari, atmosfera yog'inlari, tog' jinslarining nurashi va tarkibi katta rol uynaydi. Shuningdek sun'iy sabablar (inson faoliyati) natijasida xam xosil bo'ladi. Masalan, atmosfera yog'inlari ta'sirida suvga bo'kib, ko'chay deb turgan massa yaqinida portlatish ishi amalga oshirilsa yoki poezd xarakatlari natijasidagi tebranish, bu grunt massasini tog' yonbag'ir bo'ylab birdaniga surilishiga olib keladi.
Bulardan tashkari zilzila ham xavfli geologik jarayonlarning sodir bo'lishiga sabab bo'ladi. Zilzila tufayli lyoss va lyossimon tog' jinslarining fizik-mexanik xossalari o'zgaradi. Masalan, kuchli zilzila natijasida jinslarning ichki ishqalanish burchagi 1°dan 6°gacha kichrayadi, bu esa yonbag'irning mustaqkamlik koeffitsienti kamayishiga sabab bo'ladi[3].
Shunig uchun bu xududning seysmikligini xam inobatga olish lozim, chunki ushbu xavfli geologik jarayonlar maydonning seysmikligi bilan bog'liq bo'lishi mumkin.
Ushbu xolat bo'yicha quyidagicha xulosaga kelish mumkin.
- Tog' yonbag'ridagi jarayonlarni ehtimoliy ta'sirini hisobga olgan holda chiziqli inshootlarning (avtomobil yo'l va temir yo'l) seysmik xavfini baholash metodikasini ishlab chiqish.
- Tog' yonbag'ridagi jarayonlarni ehtimoliy ta'sirini hisobga olgan holda chiziqli inshootlarning seysmik xavfini baholash metodikasini ishlab chiqish.
May 15, 2024
122
Uchinchi renessans yosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
- Tadqiqot hududidagi injener-geodinamikjarayonlar tadqiq etish.
- Tadqiqot hududining seysmik xavfini tahlil qilish va baholash[3].
REFERENCES
1. Bimurzaev G.A., Anorboev F.Z., Uralov I.F. Sovremennoe sostoyanie Gosudarstvennoy slujbo' Respubliki Uzbekistan po slejeniyu za opasno'mi geologicheskimi protsessami problemno'e voproso' i perspektivo' dalneyshego razvitiya G'G' Materialo' otraslevoy nauch.-prakt. konf. «Problemno'e voproso' i perspektivo' razvitiya geologicheskoy otrasli Respubliki Uzbekistan». - T.: GP «IMR», 2019. - S. 89-91.
2. Mansurov A.F., Anorboev F. Z., Baxtiyorova R.D., Bozorov J.Sh. Chiziqli inshootlar seysmik riskini baholash masalasiga oid (Angren-Pop transport arteriyasi misolida) Respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-texnik anjuman "O'zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash muammolari" 2021-yil 20-21-sentabr 136-141 b.
3. 3.Niyazov R.A., Bimurzaev G.A., Xidirov V.X. Mexanizm razvitiya sovremenno'x texnogenno'x opolzney v Angrenskom ugolnom razreze G'G' Geologiya i mineralno'e resurso'. - 2019. - № 4. - S. 72-78.
123
May 15, 2024