Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti Tashkent Institute of Economics and Pedagogy
Uchinchi renessansyosh olimlari: zamonaviy vazifalar,
innovatsiya va istiqbol Young Scientists of the Third Renaissance: Current Challenges, Innovations and Prospects
KUCHLI ZILZILA PARAMETRLARI VA JOYLARINI ANIQLASHGA MASHINANI O'RGATISH MODELINI QO'LLASH
J. Q. Mamarahimov,
O'zR FA G'.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti kichik ilmiy xodimi, N.B.Tilovov O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sho'basi mudiri.
O'zbekiston.
Zilzilalar magnitudasini bashorat qilishda turli xil sun'iy intellekt algoritmlari keng ko'lamda qo'llanilmoqda. Ularning yordami bilan kelajakdagi zilzilalar magnitudasi joylashuviga bog'lanmagan holda aniqlanmoqda. Biz mashinani o'rgatish uchun Kora-3 va Random Forest algoritmlarini qo'lladik. Shu maqsadda O'zbekistonning seysmik aktiv bo'lgan regioni Farg'ona depressiyasining defarmatsion-kuchlanganlik xolatini matematik modeli qurildi[1]. Bu hudud 17 ta shartli zonalarga bo'lindi. Xar bir zona uchun zilzilaga xos belgilar (seysmologik, tektonik, morfologik, geologik, geofizik, kuchlanishlar, zamonaviy harakatlar, ajralib chiqqan energiyalari va boshqalar) aniqlandi. Ushbu belgilarning qaysi biri zilzila uchun ustuvor ekanligini aniqlash uchun yuqorida qayd etilgan algoritmlarni qo'lladik. Shu bilan birga, ko'rilayotgan xududning qaysi zonalarda kelgusida zilzilalar bo'lishi mumkinligi ushbu algoritmlar orqali bashorat qilindi. Aniqlangan zonada kelajakda M>6,5 magnitudali zilzilalar sodir bo'lishi mumkin. Bu zona shimoliy Tyan-Shan va Janubiy Tyan-Shan tog tizmalarining bir biriga nisbatan yaqinlashayotgan joyiga to'g'ri keladi.
REFERENCES
1. Atabekov I.U., Sadykov Yu.M. Stress State of the Yearth's Crust in the Western Tiyen Shan in Central Asia (Uzbekistan): A Mathematical Stress Model //Geotectonics (2022), No.3, pp. 306-320, DOI: 10.1134/S0016852122030037
110
https://tipi.uz/
May 15, 2024
International Scientific and Practical Conference