UO'T :725.94
AMIR TEMUR DAVRI ARXITEKTURASI - TEMURIYLAR SULOLASI ME'MORCHILIGINING BOSHLANISH BOSQICHI
Abduraxmonov Dostonbek Davron o'g'li Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti
Almasova Gulrux Iskandar qizi Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti [email protected]
Annotatsiya. Amir Temur davrida boshlangan yangi bosqichli arxitekturaviy konstruksiyalar hamda inshootlarning fan, taraqqiyot va sivilizatsiyada tutgan o'rni beqiyos. Bu davr yangi yo'nalish, yangi bosqich demakdir. Hozirgi zamon va fan tabiri bilan aytganda yangi bosqichni o'rganish, uni asrab qolish hamda davom ettirish muhim vazifadir.
Аннотация. Роль архитектурных сооружений и сооружений нового этапа в науке, развитии и цивилизации, начавшаяся в эпоху Амира Темура, бесподобна. Этот период означает новое направление, новый этап. Освоить новый этап, сохранить его и продолжить - важная задача в наше время и с точки зрения науки.
Abstract. The role of new-stage architectural constructions and structures that began during the reign of Amir Temur in science, development and civilization is incomparable. This period means a new direction, a new stage. In the terms of modern times and science, it is an important task to study, preserve and continue the new stage.
Kalit so'zlar: arxitektura, inshoot, naqqoshlik, struktura, loyiha, zilzilabardosh, joylashuv.
Ключевые слова: архитектура, сооружение, проектирование, сооружение, проект, сейсмостойкость, местоположение.
Keywords: architecture, structure, painting, structure, project, earthquake-resistant, location.
Agar kimda-kim bizning qudratimizga shubha qilsa, biz qurgan binolarga boqsin.
Amir Temur
Sharq me'morchiligi hamda arxitektura san'atida o'zining yuksak, noyob, chuqur va mukammal loyiha asosida rejab qurilgan bino va inshootlari bilan ajralib turuvchi me'moriy obidalar ko'p, ammo bu tarixiy obidalarning eng asosiy qismi Temuriylar davri arxitekturasi va qurilishiga borib taqaladi. Shunday yuksak san'at va fan sohasining rivojlanishiga qo'shilgan ulkan hissa hali hanuz o'rganilmoqda va davomiy o'rganilish yo'lidadir. Bunday loyihalarni ishlab chiqish hamda qurdirish hozirgi kunda katta bilim, salohiyat, mablag' talab etadi.
Temuriylar davri arxitekturasi chuqur bilim va sinchkovlik bilan o'rganilsa bitta fan sifatida o'qish va o'rganish mumkin.Temuriylar davri arxitekturasi Temuriylar saltanati vujudga kelishi bilan bog'liq va shu saltanat bilan teng yoshda hisoblanadi. XIV-XVI asrlarda vujudga kelgan bu me'moriy uslub o'zining takrorlanmasligi hamda hozirgi qurilish me'yoriy hujjatlariga to'la javob berishi bilan ajralib turgan. Temuriylar saltanatining asosiy joylashuv hududlari Movorounnahr ( hozirgi O'zbekiston) va Katta Xuroson ( Sharqiy Eron va Shimoliy Afg'oniston) hududlarini tashkil qilgan asosiy qurilish va bunyodkorlik ishlari davlat poytaxti Samarqand shahrida olib borilgan. Bunday bunyodkorlik ishlari hali ham o'z holicha, qayta rekonstruksiya va restavratsiya qilish yo'li bilan o'z jozibasi hamda viqori saqlab qolingan. Amir Temur uchun uning ko'rsatmasi hamda buyrug'iga ba'zi hollarda hozigi fan tili bilan aytganda loyihasi bilan qurulgan inshootlar, bunyodkorlik ishlari ham ijtimoiy ham siyosiy ahamiyatga ega edi. Bunga yaqqol misol sifatida Oqsaroy peshtoqiga yozilgan "Agar bizning qudratimizga ishonch hosil qilishni hohlasangiz, bizning binolarimizga qarang!" deb bitilgan bitiklarni dalil keltirish joiz. Ushbu
inshootlarning o'ziga xosligi shundaki ular baland, muhtasham ko'rinishga, bezatishda esa noyob naqshlar hamda yangicha bezatish uslublariga egaligi bilan ajralib turadi.
O'rta Osiyoda me'morchilik rivoji Amir Temur vafotidan keyin ham, u yaratgan imperiya hududi ancha qisqargan va haqiqatda ikkiga bo'lingan bo'lsa ham mamlakat iqtisodiyotining mustahkamlanishi, Samarqand va Hirotda madaniy kuchlarning bir joyda jamlanishi jadalligini yo'qotmagan.
XV asrning birinchi yarmida O'rta Osiyo me'morchiligi Amir Temurning nabirasi Ulug'bek nomi bilan bog'liq. Rasmiy jihatdan u otasi Shohruhning Movarounnahr hokimi hisoblansa-da, aslida u Movarounnahrning mustaqil hukmdori edi. Ulug'bek bobosi kabi harbiy yurishlardan ko'ra ilm-fan va san'atga katta qiziqish ko'rsatib, Sharqning eng yaxshi ilmiy kuchlarini Samarqandga to'pladi, bu esa o'z navbatida arxitektura tabiatiga ham ta'sir ko'rsatdi.
Amir Temur davlatchiligining eng buyuk davomchilaridan Mirzo Ulug'bekgina yuksak maqomga olib chiqa oldi va shu davlatga munosib siyosat olib borgani natijasida, Temuriylar davrida Samarqand gullab yashnagan. Buning natijasida Samarqandda san'at, madaniyat, fan va bunyodkorlik ishlari yuqori darajada olib borilgan deyish mumkin. Amir Temur boshlab bergan me'morchilik, siyosiy va boshqa ko'plab sohalarni Mirzo Ulug'bek davom ettirdi va davomchi bo'la oldi. Binolar me'morchiligida balandligi 9 metr (eni 4 metr va chuqurligi 3 metr) gacha bo'lgan qurilish uslubi amaliyotda kam uchraydi . Devorlarga gilamlar, kiygizlar, qurollar osilgan. Derazalar rangli oynali vitrajlar va ochiq panjaralar bilan bezatilgan. Sun'iy ravishda yoritish uchun devorga o'rnatilgan bronza shamdonlardagi shamlar va oltin qandillar ishlatilgan.
Naqqoshlikda foydalaniladigan bezak turlari xilma-xildir. Xattotlik kufiy yozuvi bilan ifodalanadi (Alloh va Muhammad so'zlari eng ko'p ishlatilgan). Geometrik jihatdan girih, medalyon, spiral, romb va olti burchak shakli qo'llanilgan. Gulli usulda bezatishda poya va gullar bir-biriga bog'langan holda bo'lgan. Qurilishda asosiy ishlatilgan ranglar "firuza-ko'k", bezatishda esa "ko'k-oltin" bo'lgan. Temuriylar shoiri Alisher Navoiy havorang (moviyrang) va indigo ranglarini ajratadi. Shuningdek, me'morchilikda yashil, qizil, sariq, qora va oq ranglar(ganch) mavjud. Plitkalardan tozalangan yuza qismlari alebaster bilan qoplanishi mumkin.
Temuriylar me'morchiligi 16-18-asrlarda Markaziy Osiyo, Hindiston va Eronda yangi tashkil topgan uchta davlat me'morchiligining boshlang'ich nuqtasi bo'lib, ularda bir qancha umumiy rivojlanish belgilari kuzatilgan. Bunda rivojlanayotgan savdo-sotiq, diplomatik aloqalar va hunarmandlar munosabati muhim rol o'ynadi. Shunday qilib, 17-asr o'rtalarida Buxorodagi Abdulazizxon madrasasining tashqi ko'rinishi hind me'morchiligi manzarasi aks ettirilgan devoriy suratlar bilan bezatilgan. Bu ko'rinish Agra shahridagi mashhur Toj Mahal maqbarasi qurilishida ishtirok etgan. Buxorolik 2 ta o'ymakor usta va Samarqandlik gumbaz quruvchisi tomonidan yaratilgan.
Inshootlarda qo'llanilgan yodgorlik va konstruktiv yechimlarning aksariyati bizgacha yetib kelgan bu uch madrasadan ma'lum bo'lgan. Ulug'bek homiyligi va ishtirokida aniq fanlar yuksak darajada rivojlangani uning yodgorlik binolarida yaqqol namoyon bo'ladi. Qurilmalar, materiallar va ulardan oqilona foydalanish, ularning yangi turlarini takomillashtirish qurilish jarayonini yuqori darajada tashkil etish bilan bog'liq.
Mirzo Ulug'bek 1420-29 yillari Samarqand yaqinidagi Obi-Rahmat tepaligiga rasadxona qurdirdi. Bino uch qavatli to'garak shaklida bo'lib, diametri 46-40 metr, balandligi 30 metrcha edi. Bu haqda Zaxiriddin Muhammad Bobur ham guvohlik beradi. Rasadxona haqida tarixchi Abdurazzoq Samarqandiy quyidagicha yozadi: "Samarqandning shimoliy tomonida sal sharqqa og'ishgan joy tanlandi, mashhur munajjimlar bu ishni boshlab yuborish uchun yulduz ko'rsatgan hayrli kunni aniqlab berdilar. Bino qudrat asosi, ulug'vorlik negizidek pishiq qurildi. Poydevor va ustunlar tog' asosidek shunday mustahkam qilindiki, ular to mashhar kunigacha na joyidan jilar va na qular edi. Baland qurilgan bu muhtasham imorat xonalarining ichiga solingan rasm va beqiyos suratlarda to'qqiz falakning daraja, daqiqa, soniya va soniyaning o'ndan bir ulushlari ko'rsatilgan yetti qavat osmon gardishi, yetti sayyora va turg'un yulduzlar tasvirlangan osmon gumbazi, iqlimlar, tog'lar, daryolar, sahrolar, xullas olamga tegishli hamma narsalar tasvirlangan edi. Shundan keyin Quyosh va sayyoralarning harakatini kuzatish, ko'rganlarni yozish va qayd qilishni boshlab yuborishga farmon berildi".
XVI asrda g'oyib bo'lib tepalikka aylangan yodgorlik XIX asrning 70-yillarida rus o'lkashunoslari tomonidan topilgan, faqat arxeolog V.L.Vyatkin tomonidan 1908-09 va 1914-yillarda olib borilgan qazishmalar natijasida uning poydevori va qoyaning chuqurligidagi xandaq aniqlangan. Akademik T.N.Qori-Niyoziy va astronom G'iyos Jalilovlarning tadqiqotlaridan
ma'lumki, bu samoviy jismlarni kuzatishda qo'llaniladigan sekstant qoldiq bo'lib, shimoldan janubga meridional yo'nalishda qurilganligi aniq. Ularning fikri V.N.Kastalskiy va V.P.Shexlovlarning tekshiruvlari bilan ham tasdiqlandi. Bu yerdagi rasadxonaning asosiy quroli radiusi 40,212 metr bo'lgan juda katta burchak o'lchash asbobi (vertikal doira) hisoblanadi. Asbobning hozirda saqlanib qolgan qismi tepalik tagidagi qoyaga o'yib tor chuqur yarim doira shaklida o'yilganligi aniqlangan.
Xulosa qilib aytganda, Mirzo Ulug'bek Amir Temur "me'moriy asarlari"ning davomchisi sifatida Movarounnahr XV asr me'morchiligining alohida yo'nalishiga, ya'ni mashhur olimlar, muhandislar va me'morlarning puxta o'ylangan hisob- kitoblari asosida binolar qurishdagi ilmiy yutuqlarga rahbarlik qildi. Har bir strukturaning butun tarixi davomida olimlar matematik usullarda har bir elementning kuch darajasini aniqlashga harakat qilishgan. Bu, o'z navbatida. Ulug'bekga o'zining ko'pgina binolarini qariyb 500 yil davomida saqlab qolish imkonini berdi, ularning zilzilalar va noqulay tabiiy ta'sirlarga chidamliligini ta'minladi.
ADABIYOTLAR
1. Amir Temur Ko'rogon. Temur tuzuklari -Toshkent: ''IJOD-PRESS'' - 2019-160 bet
2. Amir Temur tarixi - I-II qism. Ibn Arabshoh -1991Toshkent, Mehnat nashriyoti - 324 bet
3. AMHP TeMyp ^ax,OH Tapuxuga. - TomKeHT.: fflapK, 1996. -6.163.
4. A6gypax,MOHOB A. Y.nyr6eK aKageMMacM. - TomKeHT: ^OMycnap 6om Ta^pupHaTH.
1994
5. https://scholar.google.com/citations7view op=view citation&hl=en&user=dYU6ItwA
AAAJ&citation for view=dYU6ItwAAAAJ:roLk4NBRz8UC
6. https://scholar.google.com/citations7view op=view citation&hl=en&user=dYU6ItwA
AAAJ&citation for view=dYU6ItwAAAAJ:W7OEmFMy 1HYC
7. https://scholar.google.com/citations7view_op=view_citation&hl=en&user=dYU6ItwA
AAAJ&citation_for_view=dYU6ItwAAAAJ:Y0pCki6q_DkC