SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
ALOQA OBYEKTLARI YERLARI KADASTR HISOBININI YURITISHNING HOZIRGI HOLATI VA UNI RIVOJLANTIRISH
MUAMMOLARI
Xurshidbek Shuxrat o'g'li Avazov
«Toshkent irrigatsiya va qishloq xo'jaligini mehanizatsiyalash muhandislari instituti»
Milliy tadqiqot universiteti magistranti
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada aloqa obektlari yerlari kadastr xisobinini yuritishning hozirgi holati va uni rivojlantirish muammolari muhokama qilindi. Aloqa obyektlari yerlarini kuzatish va muammolarni hal qilish ikki usulda amalga oshirriladi. Shuningdek, aloqa obektlari yerlari kadastrni rivojlantirish muammolari aniqlandi.
Kalit so'zlar: Aloqa obyektlari, mulkdor, foydalanuv, kadastr, axborot texnologiya, kadastr axborotlar, smeta qiymati, balans qiymati.
Asosiy qism Aloqa obyektlari davlat kadastri (AODK)ni yuritish O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining quyidagi tarkibiy bo'linmalari hamda vakolatli shaxslari tomonidan amalga oshiriladi: AODK xizmatining vazifalari yuklatilgan O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining ""UNICON.UZ" fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi" davlat unitar korxonasi;
mulkdorlar/foydalanuvchilar yoki aloqa obyektlariga boshqa huquqlar egalarining kadastr xizmatlari (vakolatli shaxslari).
AODKni yuritish bo'yicha ishlarni muvofiqlashtirish O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining AODK xizmati tomonidan amalga oshiriladi. AODKni yuritishni metodik ta'minlash O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
AODKni yuritish ushbu Nizomga ilovadagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi. O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining AODK xizmati:
kadastr xizmatlari (vakolatli shaxslar) ishlarini muvofiqlashtiradi; tushayotgan axborotlar sifatini nazorat qiladi, ularning ishonchliligi va Aloqa obyektlarining geoaxborot tizimiga kiritilishi uchun javob beradi;
kadastr yuritish texnologiyasining takomillashtirilishini ta'minlaydi [1-3].
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257
Aloqa obyektlarining geoaxborot tizimini joriy etadi va uning faoliyat ko'rsatishini ta'minlaydi;
mulkdorlar/foydalanuvchilar yoki aloqa obyektlariga boshqa huquqlar egalarining kadastr xizmatlari (vakolatli shaxslari)ning aloqa obyektlarining mavjudligi, miqdoriy va sifat holati, baholanishi va ulardan foydalanish to'g'risidagi hisobotlarini o'rganadi, tahlil qiladi va umumlashtiradi;
O'zbekiston Respublikasi hududida aloqa obyektlarining joylashish xaritasi tuzilishini ta'minlaydi;
manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kadastr axborotlaridan foydalanish tartibi va shartlarini belgilaydi;
DKYaTga zarur kadastr axborotlarining tezkorlik bilan taqdim etilishini amalga oshiradi;
har oyning oxirida, belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga DKYaT ma'lumotlar bazasiga kiritish uchun aloqa obyektlarining holati va ulardan foydalanilishi to'g'risidagi hisobotni taqdim etadi [4-6].
Aloqa obyektlari mulkdorlari/foydalanuvchilari yoki aloqa obyektlariga boshqa huquqlar egalarining kadastr xizmatlari (vakolatli shaxslari) O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining AODK xizmatiga kadastr obyektlarining geografik holati, huquqiy maqomi, miqdoriy tavsiflari va bahosi, shuningdek o'tgan hisobot davri (oyi) mobaynida ularning holatidagi joriy o'zgarishlar to'g'risidagi axborotlarni har oyning 10 sanasiga qadar taqdim etishlari shart [7-9].
AODKni yuritish aloqa obyektlarining barcha turlari ro'yxatini, ularning miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olishni, iqtisodiy baholashni, shuningdek kadastr axborotlarini to'plash, tahlil qilish, ishlash, tizimlashtirish, saqlash, yangilashni hamda ularni qonunchilikda belgilangan tartibda manfaatdor foydalanuvchilarga berishni o'z ichiga oladi [10-12].
AODKni yuritishda shaharlararo aloqaning liniya inshootlari uchun erlar faqat qurilish davrida ajratiladi [13-15]. Aloqaning liniya inshootlaridan foydalanish jarayonida erlardan foydalanish tartibi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-maydagi 210-son qarori bilan tasdiqlangan Telekommunikatsiyalar liniyalari va inshootlarini muhofaza qilish qoidalari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan belgilanadi [16-18].
Aloqa obyektlari ro'yxati ularning miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish hamda ekologik-iqtisodiy baholash uchun asos hisoblanadi [19]. Aloqa obyektlariga bo'lgan mulkdorlar yoki boshqa huquq egalari darajasida, o'z aloqa obyektlarining barcha turlari boshlang'ich ro'yxatga kiritiladi [20]. Bunda asosiy ko'rsatkichlar qayd
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023
ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
etiladi, ushbu ko'rsatkichlarning tarkibi O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan kelishgan holda O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan tegishli hujjatlar bilan belgilanadi [21]. Ro'yxatga kiritish natijalari bo'yicha har qaysi obyekt uchun texnik pasport tuziladi.
Miqdor va sifat tavsiflarini asosiy hisobga olish hisobga qo'yish vaqtida foydalanishga topshirilgan va faoliyat ko'rsatayotgan (sanoat maqsadida ishlatilayotgan) har qaysi aloqa obyekti bo'yicha amalga oshiriladi [22-24].
Aloqa obyektlari tavsiflaridagi keyingi o'zgarishlar joriy hisobga olishda qayd etiladi. Aloqa obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish ularning iqtisodiy, texnologik va ekologik belgilari bo'yicha klassifikatsiya qilishni o'z ichiga oladi, ushbu belgilar tarkibi aloqa obyektlari davlat kadastrini yuritish bo'yicha hujjatlarda belgilanadi [25-27].
Aloqa obyektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish uchun O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan kelishgan holda kadastr axborotlarini taqdim etishning texnik parametrlari va hajmlari ishlab chiqiladi [28].
Hujjatli rasmiylashtirilgan va belgilangan tartibda tasdiqlangan hisobga olish axborotlari korxonaning elektron kadastr daftariga yoziladi va AODKning Aloqa obyektlarining geoaxborot tizimiga kiritiladi [29]. Aloqa obyektlarini iqtisodiy baholash soliq solish, xususiylashtirish va boshqa maqsadlar uchun har qaysi obyekt qiymatini baholash uchun amalga oshiriladi. Aloqa obyektlarini iqtisodiy baholash ularning xususiyatlarini hisobga olgan holda, qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Har qaysi aloqa obyekti bo'yicha baholash kadastr ko'rsatkichlari tizimi quyidagi natural (aloqa obyektining har qaysi turi uchun xos bo'lgan) va qiymat ko'rsatkichlari yig'indisini o'z ichiga oladi: quvvat; smeta qiymati; balans qiymati; ishlovchilarning son tarkibi; -I- ekologik ko'rsatkichlar;
-I- obyektning texnik holati;asosiy asbob-uskunalar va ularning texnik hamda ma'naviy eskirganligi.
AODKni yuritish zimmasiga yuklangan vakolatli mansabdor shaxslar kadastr axborotlarining ishonchliligi va ularning DKYATga geoaxborot tizimi orqali o'z vaqtida taqdim etilishi uchun javob berishadi.
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
Mulkdorlar/foydalanuvchilar yoki aloqa obyektlariga boshqa huquqlar egalarining kadastr xizmatlari (vakolatli shaxslari) AODK xizmatiga o'z aloqa obyektlari to'g'risidagi kadastr ma'lumotlarini taqdim etadilar (1-rasm).
1-rasm. Aloqa obyektlari davlat kadastrini yuritish sxemasi
AODK xizmati davlat yer kadastridan hamda binolar va inshootlar davlat kadastridan yer uchastkalari, bino va inshootlar to'g'risidagi axborotlarni oladi. AODK xizmati aloqa korxonalari obyekti AODKga kiritilgandan keyin kadastr axborotlarini O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligining DKYaT ma'lumotlar bazasiga beradi. AODK xizmati so'rov bo'yicha O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligining DKYaT ma'lumotlar bazasidan aloqa korxonalari obyektlari bo'yicha axborotlarni olishi mumkin. AODK xizmati aloqa korxonalari obyektlari bo'yicha zarur axborotlarni mulkdorlar/foydalanuvchilar yoki aloqa obyektlariga boshqa huquqlar egalarining kadastr xizmatlari (vakolatli shaxslari)ga yuboradi.
Xulosa. Davlat aloqa obektlari kadastrini yuritish O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining AODK xizmati ning Davlat aloqa obektlari kadastri bo'limi va ushbu qo'mitaning hududiy bo'linmalari (aloqa obektlari xo'jaliklari) tomonidan amalga oshirilishini, davlat aloqa obektlari kadastrini yuritish ishlariga umumiy rahbarlik O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining AODK xizmati raisining o'rinbosari tomonidan amalga oshirilishi, Davlat aloqa obektlari kadastrini yuritishni metodik ta'minlash O'zbekiston Respublikasi Axborot Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 262
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining AODK xizmati tomonidan amalga oshirilib, Davlat aloqa obektlari kadastrini yuritish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 30 fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Davlat kadastrlari yagona tizimini yaratish va yuritish tartibi to'g'risidagi Nizomga jadval qilingan sxemaga muvofiq amalga oshirilishi haqida to'liq ma'lumotlarga ega bo'ldim.
Foydalanilgan adabiyotlar
[1] Узбекистан Республикаси алока обектлари ерларини давлат кадастри бахолаш методикаси. Андрианов Й. В. Моторли транспорт воситаларини бахолаш. - 2-е., испр. - М.: Дело, . - 488 с.2003 г
[2] Алока обектлари фонди ерларини давлат кадастри киймати. Узбекистон Федерал Ер кадастр хизмати. М.:2003.
[3] Кучмас мулкни бахолаш / А.Г. Грязнова, Москва, Нашриёт уйи "Молия ва статистика", 2002, 496 с.
[4] Узбекистон республикаси вазирлар махкамасининг карори, "Айрим давлат кадастрларини юритиш тартиби тугрисидаги низомларни тасдиклаш хакида" Тошкент ш., 2005-йил 15-ноябр, 250-сон
[5] Вазирлар Махкамасининг 2005-йил 15-ноябрдаги 250-сон карорига 1-ИЛОВА Давлат алока обектлари кадастрини юритиш тартиби тугрисида НИЗОМ.
[6] Valixon K. et al. QISHLOQ XO 'JАLIGI YER EGАLIKLАRI УА YERDАN FOYDАLАNISHLАRINI TАSHKIL ETISH VА TАRTIBGА SOLISH //IQRO JURNALI. - 2023. - Т. 2. - №. 1. - С. 765-770.
[7] Алтиев А. и др. Ердан ижара хукуки асосида фойдаланишда шартномавий-хукукий муносабатлар //Общество и инновации. - 2023. - Т. 4. - №. 2. - С. 57-66.
[8] Кароматов В. Урмон хужалиги тасаруфидаги кишлок хужалиги яйлов ерларини деградацияга учрашининг асосий омиллари //Основные направления стратегии земельной реформы: проблемы и решения. - 2022. - Т. 1. - №. 1. - С. 263-268.
[9] Кароматов В. O'rmon fondi yerlari infrastrukturasining ob'ektlarini (omillarini) baholash.(Rossiya federatsiyasi misolida) //Основные направления стратегии земельной реформы: проблемы и решения. - 2022. - Т. 1. - №. 1. - С. 254-262.
[10] Sultanovich A. A. STAGES OF THE FORMATION OF THE LAND MARKET, THE MAIN DIRECTIONS OF ITS DEVELOPMENT AND SOCIO-ECONOMIC IMPORTANCE //Ann. For. Res. - 2022. - Т. 65. - №. 1. - С. 9151-9163.
[11] A.P, B., & S.B., R. (2021). The Current State Of The Use Of Lalmi Crop Land And The Main Directions Of Their Improvement. The American Journal of Agriculture
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
and Biomedical Engineering, 3(03), 39-
45. https://doi.org/10.37547/tajabe/Volume03Issue03-07
[12] Muratovich, MukumovAbdugani and Alikulovich, Usmanov Yusuf and Sobir, Ruziboyev. (2020). The ways to increase the efficiency of dekhan and household plots. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(03).
[13] АР Бабажанов, СР Шарипов, БМ Успанкулов. ЗЕМЛИ ЛЕСНОГО ФОНДА РЕСПУБЛИКИ УЗБЕКИСТАН И АНАЛИЗ ИХ ИСПОЛЬЗОВАНИЯ. Вестник Казахского гуманитарно-юридического инновационного университета. 2017. № 1 (33). С. 198-201.
[14] AR Babajanov, MD Mahsudov. Diversification of land fund in the district. Monograph. LAP Lambert Academic Publishing, 77-78
[15] АР Бабажанов, СБ Рузибоев, БМ Успанкулов. Классификация зданий и сооружений Узбекистана для их оценки. Вестник Казахского гуманитарно-юридического инновационного университета. 2020. № 4 (48). С. 97-102.
[16] Avezbayev S. et al. Determination of rational areas of irrigated plots in saline and subjected lands to irrigation erosion //IOP Conference Series: Materials Science and Engineering. - IOP Publishing, 2020. - Т. 883. - №. 1. - С. 012059.
[17] Samosa R. C. et al. Methodology for Determining the Costs of Environmental Protection Measures in Land Management //European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630). - 2021. - Т. 10. - С. 39-45.
[18] Bangayan-Manera A. et al. Problems of Cadastral Evaluation of Land Intended for Non-Agricultural Purposes //European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630). - 2021. - Т. 10. - С. 34-38.
[19] Хафизова З., Мукумов А. ЕР УЧАСТКАСИ (ДАЛА) ПАСПОРТИ (ТАРИХ ВА КЕЛАЖАК) //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 2. - С. 300-307
[20] Хафизова З. МЕТОДИКА ОПРЕДЕЛЕНИЯ ЗАТРАТ НА ПРИРОДООХРАННЫЕ МЕРОПРИЯТИЯ ПРИ ЗЕМЛЕУСТРОЙСТВЕ //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 2. - С. 1106-1115.
[21] Мажитов Б. КИШЛОК ХУЖАЛИГИДА ЕР МОНИТОРИНГИНИ ЮРИТИШДА ЗАМОНАВИЙ ТЕХНОЛОГИЯЛАРНИ КУЛЛАШ //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 2. - С. 761-768.
[22] Хафизова З. Х., Мукумов А. М. ЕР ТУЗИШ АСОСИДА ЭЛЕКТР УЗАТИШ ТАРМОКЛАРИНИ ЖОЙЛАШТИРИШ //Эффективность применения инновационных технологий и техники в сельском и водном хозяйстве. - 2020. - С. 309-312.
[23] Авезбаев С., Шарипов С. БУЗИЛГАН ЕРЛАРНИ РЕКУЛЬТИВАЦИЯ КИЛИШ БУЙИЧА ИШЧИ ЛОЙИХАЛАР--ЕРЛАРНИ МУХ,ОФАЗА КДЯИШ УСУЛИ СИФАТИДА //Scientific progress. - 2021. - Т. 2. - №. 2. - С. 1529-1536.
SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 5 I 2023 _ISSN: 2181-1601
Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7
[24] Sayfuddin S., Muhammadbek M. Working Projects of Disturbed Land Recovery-As a Method of Land Protection //Academic Journal of Digital Economics and Stability. - 2021. - Т. 9. - С. 80-84.
[25] Икрамов Р., Бобокулов Ш. ЕРЛАРНИ МУДОФАЗА ^ИЛИШГА ОИД ^У^У^ИЙ АСОСЛАРНИНГ ТАКОМИЛЛАШУВИ //Academic research in educational sciences. - 2021. - Т. 2. - №. 5. - С. 1233-1239.
[26] Abdurashid A., Muhammadbek M. Regulation of the Diversification of the Use of the District Land Fund through the General Scheme //Design Engineering. - 2021. - С. 2565-2581.
[27] Sultanovich, A. A., & Ugli, M. M. D. (2019). Methods of forecasting and management of land fund diversification in local areas. International Journal of Recent Technology and Engineering, 8(3), 403-411.
[28] Alikulovich, U. Y. (2020). Mechanisms Of Establishing The Use Of Irrigated Land In The Degradation State In The Conditions Of Land Use Diversification. The American Journal of Agriculture and Biomedical Engineering, 2(09), 7784. https://doi.org/10.37547/taiabe/Volume02Issue09-13
[29] Авезбаев, Садулла. (1992). Экономические и социальные основе организации рационального использования земельных и водных ресурсов в районах экологического бедствия (на примере низовья Амударьи).