Научная статья на тему 'XUDОYBERDI TO‘XTABОEVNING SO‘Z QO‘LLASH MAHОRATI'

XUDОYBERDI TO‘XTABОEVNING SO‘Z QO‘LLASH MAHОRATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

2247
150
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Xudoyberdi To„xtaboyev / uning so„z qo„llash mahorati / o„zbek adabiyoti / juft / takroriy va qo„shma so„zlar. / Khudoiberdi Tokhtaboev / his vocabulary / Uzbek literature / double / repetitive and compound words

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Gulnoza Teshaboyeva

Xudоyberdi To„xtabоev o„z hayoti va amaliyotida ijоdkоrning qalamini o„tkirlashtirishga yordam berishi mumkin bo„lgan har bir san‟at asarini (u qaysi xalqniki, qaysi millatniki bo„lmasin) ijоdiy o„rgangan, оziq оlgan va adabiytanqidiy mavzularda ham shu to„g„ri pоzitsiyani himоya etgan. Maqolada Xudoyberdi To„xtaboyevning so„z qo„llash mahorati haqida so„z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Khudoiberdi Tukhtaboev creatively studied every work of art (regardless of its nationality), which can help hone the artist's pen in his life and practice. Retains the same correct position on critical issues. The article is devoted to the vocabulary skills of Khudoiberdi Tokhtaboev.

Текст научной работы на тему «XUDОYBERDI TO‘XTABОEVNING SO‘Z QO‘LLASH MAHОRATI»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-154-158

XUDOYBERDI TO'XTABOEVNING SO'Z QO'LLASH MAHORATI

Gulnoza Teshaboyeva

Boshlang'ich ta'lim kafedrasi o'qituvchisi Andijon davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Xudoyberdi To'xtaboev o'z hayoti va amaliyotida ijodkorning qalamini o'tkirlashtirishga yordam berishi mumkin bo'lgan har bir san'at asarini (u qaysi xalqniki, qaysi millatniki bo'lmasin) ijodiy o'rgangan, oziq olgan va adabiy-tanqidiy mavzularda ham shu to'g'ri pozitsiyani himoya etgan. Maqolada Xudoyberdi To'xtaboyevning so'z qo'llash mahorati haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: Xudoyberdi To'xtaboyev, uning so'z qo'llash mahorati, o'zbek adabiyoti, juft, takroriy va qo'shma so'zlar.

ABSTRACT

Khudoiberdi Tukhtaboev creatively studied every work of art (regardless of its nationality), which can help hone the artist's pen in his life and practice. Retains the same correct position on critical issues. The article is devoted to the vocabulary skills of Khudoiberdi Tokhtaboev.

Keywords: Khudoiberdi Tokhtaboev, his vocabulary, Uzbek literature, double, repetitive and compound words.

KIRISH

Xudoyberdi To'xtaboev o'zbek adabiyoti erishgan har bir yangilikdan quvonar, adabiyot jarayonidagi yangi tendensiyalarni qo'llab-quvvatlagan novator adib edi. U Ayniy, Oybek, Hamid Olimjon, Shayxzoda, S.Abdula, A.Umariy, S.Ahmad, S.Zunnunova, R.Bobojon, Mirmuhsin, O'.Umarbekov, O.Yoqubov, O'.Hoshimov kabi yozuvchilar safida qanot yozdi. Bu esa X.To'xtaboyevning adabiy harakat aktiv ishtirokchisi bo'lganini to'la tasdiqlaydi. Mazkur maqolada yozuvchining ijodiy yutug'i va ijodkor sifatida adabiyotshunoslikda tutgan o'rni belgilandi, shuningdek, X. To'xtaboyevning ijodi roman, hikoyachilik, satira va yumor to'g'risidagi mulohazalarga boy bo'ldi.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-154-158

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

X.To'xtaboyev to'g'risida adabiyotshunos M.Qo'shjonov: "hajviy asarlari, aytish mumkin bizning adabiyotshunosligimizda hajviy janri to'g'risida, uning imkoniyati va mushkullari haqida birinchi bo'lib muhim va asosli fikrni aytdi. Xudoyberdi o'z asarlari uchun respublika bo'ylab, har xil sohadan material tanlab, tanlangan materiallar ustida qunt bilan ishlar va felyetondan felyetonga o'z mahoratini oshirib borar edi." Gap shundaki, X.To'xtaboyev "Sariq devni minib", "Sariq devning o'limi", "Mungli ko'zlar", "Shirin qovunlar mamlakati", "Jannati odamlar" kabi asarlari oqali el mehriga tushdi. Ayniqsa, uning "Sariq devni minib", "Sariq devning o'limi" asarlari yozuvchiga katta shuhrat keltirdi.

Xuddi tanganing ikki tomonini ajratib bo'lmagandek ,badiiy adabiyot tilini yoki badiiy asarning o'zini alohida bo'laklarga ajratib qarash o'zini oqlamaydi. Agar tilshunoslik bilan adabiyotshunoslik filologiya fanining ikki asosiy sohasi bo'lsa, badiiy til shu ikkala sohaga ham ozuqa beradigan, ularni tubdan birlashtirib turadigan umumiy ildizdir. (P.Kpdirov. Xalq tili va realistik proza.T.,Fan, 1973.-4 b.)

Lekin shunday bo'lsa-da, adabiyotshunoslik stilistikasi va tilshunoslik stilistikasinig tadqiqot doirasida kuzatiladi.

Badiiy asar tilining lingvistik tahlilida ham yozuvchining muayyan til birliklaridan foydalanib, qanday ma'noni yuzaga chiqarishi o'z-o'zidan e'tiborga olinadi. Faqat bunda o'sha til elemenlarining kelib chiqish faktiga chuqurroq yondashiladi. Shuning uchun biz yozuvchi uslubini yuzaga chiqaruvchi omillar xusisidagi masalaga lingvistik aspektda yondashishni o'rinli deb topdik. Shu o'rinda o'rni bilan adabiy tahlilga ham murojaat qilinadi.

O'zbek adabiy tilining rivojlanishi, umummilliy adabiy til darajasiga ko'tarilishida badiiy adabiyotning o'rni beqiyosdir. Shunday ekan, bugungi davr adabiyotiga o'z hissasini qo'shayotgan ijodkorlar asarlarining tili va uslubini o'rganish muhim ahamiyatga egadir. Shu maqsadda yozuvchi X.To'xtaboyev asarlarining o'ziga xos uslubiy jihatlarini o'rganishga ahd qildik.

X. To'xtaboyev asarlarida juft, takroriy va qo'shma so'zlar qo'llanilgan. Ayniqsa, juft va takroriy so'zlar soni behisob. Farg'ona shevasining o'ziga xos xususiyatlaridan biri bu juft va takroriy so'zlarning nutqda ko'p ishlatilishidadir deb o'ylaymiz. Darhaqiqat, adib asarlari bunga yaqqol misol bo'la oladi. Bitta gapning o'zida 3 ta hatto 4 tagacha juft va takroriy so'zlar ishlatilgan. Juft so'zlar ma'nosiga ko'ra sinonim, antonim sifatida kelsa, grammatik xususiyati bo'yicha ot, son, sifat, olmosh, ravish kabi so'z turkumiga xos so'zlardan unumli foydalangan.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-154-158

X.To'xtaboyev asarlarida qo'shma so'zlarning qo'llanishi ham o'ziga xos uslubdan foydalanadi. U Andijon, Farg'ona shevalaridan so'zlashuv uslubiga doir, iste'mol doirasi keng bo'lmagan so'zlardan unumli foydalanadi. Bu esa adib asarlarining badiiy qimmatini yanada oshiradi. Masalan: savacho'p, moshbirinch so'zlari Andijon va Farg'ona viloyati tumanlarida ishlatiladi. Sholipoya, sochpopuk so'zlari esa Farg'ona vodiysi dialektlarida bugungi kunda ham keng iste'molda. X.To'xtaboyev asarlarida bundan yaxshi foydalanadi.

Quyida berilgan gaplarda qo'shma so'zlar mavjud. Berilgan gaplarning tahliliga e'tibor qilamiz:

1.Tollarning ko'm-ko'k sochlari (sochpopuklari) qizlarning mayda o'rilgan kokillariday selkillab tushmoqqa boshladi.

Bu gapda sochpopuklari so'zi qo'shma so'z, qo'shma ot, nimalari? so'rog'iga javob bo'ladi, bosh shakli soch, bosh kelishikda, ega, ko'plik, turdosh ot, III shaxsda.

2. Qog'ozlarni o'qib bo'lganidan keyin advokatning cho'ziq yuzlariga bir kulgi yoyildi, uning moshbirinch mo'ylovlarini ikki tomonga kirib borgan bu kulishida chinakam otaning boladan kulganiga o'xshagan bir narsa bor edi.

Bu gapda moshbirinch - qo'shma so'z, qo'shma sifat, qanday? so'rog'iga javob bo'ladi, mo'ylov so'zi bilan bog'langan, aniqlovchi, oddiy daraja.

3. Oldinda past bo'yli, dum-dumaloq, ko'zoynak taqqan ellik yoshlardagi bir shoir, uning orqasidan qotmadan kelgan, sochlari oq oralab qolgan cho'ziq yuzli yana bir shoir.

Bu gapda ko'zoynak qo'shma so'z, qo'shma ot, nima? so'rog'iga javob bo'ladi, bosh shakli ko'z- ot, oynak - ot so'zi bilan bog'langan, bosh kelishikda, ega, turdosh ot, birlikda III shaxsda.

4. Daraxtga chiqib, joylashibroq o'tirib oldim. Olako'z oyog'ini silkitasilkita tushuntira ketdi.

Bu gapda Olako'z - qo'shma so'z, qo'shma ot, nima so'rog'iga javob bo'ladi, bosh shakli ol -sifat, ko'z - ot bilan bog'langan, bosh kelishikda, atoqli (laqab) ot, birlikda, I shaxsda.

5. O'sha kechasi Polvontog'a bilan dalaning o'zida yotib qoldik.

Bu gapda bosh shakl polvon - sifat, tog'a - ot bilan bog'langan shaxsni bildiradi. Bosh kelishikda, birlikda, I shaxsda.

O'zbek tili uslubiy vositalarga boy til hisoblanadi. Unda poetik sintaksis vositalari keng qo'llanilib, ular nutqning ta'sirchanligini oshirishga xizmat qiladi. Uslubiy vositalar nutqning ta'sirchanligini oshirishda, mazmundorligini ta'minldashda qo'shimcha biror vazifani bajaruvchi til elementlaridir. Uslubiy

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 j ISSUE 9 j 2G21

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2G21: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2G2G-21: G.89

DOI: 1G.24412/2181-1385-2G21-9-154-158

vositalar bajarib kelgan vazifa mohiyati nutqda namoyon bo'ladi. Bunday til vositalari, ayniqsa, badiiy nutq uslubida keng qo'llanilib, tilning boy imkoniyatlarini ko'rsatib berishga xizmat qiladi va uning estetik funksiyasini oshirishga katta yordam beradi. Shu sababli uslubiy vositalar badiiy tasvir vositalari deb ham yuritiladi, ba'zi adabiyotlarda poetik figuralar nomi bilan ham ataladi. X.To'xtaboyev asarlarining tili g'oyat jozibador, g'oyat chiroyli, g'oyat yoqimli tildir. Adibning hikoyalari, romanlari va hajviy asarlarini o'qir ekanmiz, ular bizni o'ziga rom etadi, hayajonlantiradi, badiiy zavq beradi. Buning asosiy sababi adibning o'z asarlarida turli uslubiy vositalardan o'rinli va mohirona foydalana olganligidadir.

NATIJALAR VA MUHOKAMA

So'zlovchi o'z hissiyotlarini, emotsiyasini odatdagi tartibga sig'dira olmagan, odatdagi tuzilish uning sezgi va hissiyotlarini ifoda etish uchun kamday tuyulgan o'rinlarda miqdor oshiriladi, natijada takror yuzaga keladi. Takror nutqda yuqori emotsionallikni, me'yordan ortiq his-tuyg'uni ifodalashga xizmat qiladi.

Nutq birliklarining takrorlanishi. So'z va uning grammatik qismlarini takror qo'llanishi, sintaktik butunliklarning qayta aynan qo'llanishi bunga misol bo'la oladi. Bunda shunday xulosa kelib chiqadiki, tilda takrorlar ma'lum sistemani tashkil etadi.

X.To'xtaboyev o'z asarlarida takror va juft so'zlarga e'tiborni katta qaratgan. Bu esa asarlaridagi uslubiy bo'yoqdorlikni ta'minlagan. Masalan, Menga o'xshash esli-hushli, gapga tushunadigan bir yigitga juda-juda zoriqib o'tirgan ekan.

- Yopirim-ey, yopirim-ey! - deb soqolini changallab, hangu mang bo'lib

qoldi.

Ehtimol, bechora oyijonim sochlarini yulib faryod chekayotgandir, dalama-dala, qishloqma-qishloq bo'zlab meni axtarib yurgandir.

To'yib-to'yib tuxum yutasan, kitoblaring chiqadi, surating gazetada bosiladi.

Matnda bir so'zning qayta-qayta takrorlanishi o'sha so'z bilan bog'liq bo'lgan vaziyatning kuchaytirilgan holda ta'kidlanishiga xizmat qiladi.

Adib antroponimlardan ham ustalik bilan foydalangan. Badiiy matndagi personajlarni nomlashning turli asoslari mavjud. Ular atobiografik tarixiy -madaniy, majoziy va hokazo bo'lishi mumkin, lekin deyarli har doim muallif personaj nomiga o'ziga xos ma'no yuklashga harakat qilishi tabiiydir. Muallif tomonidan qo'yilgan nomlarning asosiy vazifasi haqida so'z borar ekan, lingvistik tahlil orqali ismlarning semantik va ramziy ma'nolarini o'rganish talab etiladi. Yozuvchining "Sariq devni minib", "Sariq dening o'limi" romanlarida antroponimlarni shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 9 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-9-154-158

1. Real tarixiy shaxs nomlari - Nikolay poshsho, Lenin, Stalin va hokazo.

2. Real - noekspressiv ism-shariflar - Oyshaxon, Sirojiddin, Orif, Hoshimjon, Mirobiddinxo'ja, Soraxon va hokazo.

3. Metonimik ma'no ifodalovchi nomlar - Ketmon , Oqpodsho, Ideologiya, Adabiyot, Fizika, Kimyo, Geografiya va hokazo.

4. Sinekdoxa asosida ma'no tashuvchi nomlar - Ollako'z, Danak qori, Bodom qori, Yong'oq qori, Uzunquloq pirim va hokazo.

XULOSA

Keltirilgan nomlar X.To'xtaboyev asarlaridagi nomlarning ayrimlarigina xolos. Bu nomlarning barchasini o'ziga xos ma'nolari bo'lib adib buni ajoyib tarzda tasvirlaydi. Masalan, Soy bo'yida turadigan qori pochcha juda-juda ham pakana, semirib dum-dumaloq bo'lib qolgan. Uzoqdan qarasangiz, xuddi Dononing yelim qo'g'irchog'iga o'xshab ko'rinadi. Odamlar uni Danak qori deb atashadi. Ko'rinadiki, bu gapda Danak qori ning bir qancha semalari mavjud. Uning implitsit (yashirin) ma'nosi har bir sohadagi pishiqligidir. Keltirilgan sinekdoxa asosida ma'no tashuvchi nomlarning nomlanish asoslari mavjud.

REFERENCES

1. To'xtaboyev X. Jonginam shartingni ayt. Qissa va hikoyalar. -T.: Yosh gvardiya, 1978.

2. To'xtaboyev X. Sariq devni minib. Uch qismli sarguzasht roman. - T.: G'. G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashryoti, 1977.

3. Sharafiddinov O. Botirlarning umri boqiy. Manba: Go'zallik izlab. -T.: G'.G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashryoti, 1985.

4. Shermuhammedov P. Ezgulik hissini tarbiyalab... Manba: Barchadan yaxshiroq hayot guli... -T.: G'.G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashryoti, 1983.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.