Научная статья на тему 'ALISHER NAVOIY-MUSULMON SHARQINING BUYUK INSONPARVARI'

ALISHER NAVOIY-MUSULMON SHARQINING BUYUK INSONPARVARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
471
58
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
Alisher Navoiy / inson / insonparvarlik / davlat / homiy / xalq / Xazoyin ul-maʼoniy” / «Lison ut-tayr» / “Hamsa”

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — X.Usmonova

Maqolada Alisher Navoiyning ulug’ mutafakkir shoir, olim, davlat arbobi ekanligi, Xuroson davlat muhrdori sifatida olb borgan insonparvarlik faoliyati, shuningdek, asarlarida insonparvarlikg’oyalarining ulug’lanishi bayon etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ALISHER NAVOIY-MUSULMON SHARQINING BUYUK INSONPARVARI»

ALISHER NAVOIY-MUSULMON SHARQINING BUYUK INSONPARVARI

X.Usmonova

Annotatsiya: Maqolada Alisher Navoiyning ulug' mutafakkir shoir, olim, davlat arbobi ekanligi, Xuroson davlat muhrdori sifatida olb borgan insonparvarlik faoliyati, shuningdek, asarlarida insonparvarlikg'oyalarining ulug'lanishi bayon etilgan

Kalit so'zlar: Alisher Navoiy, inson, insonparvarlik, davlat, homiy,xalq, Xazoyin ul-ma'oniy", «Lison ut-tayr», "Hamsa"

ALISHER THE GREAT HUMANITARIAN OF NAVOI-MUSLIM EAST

X.Usmonova

Abstract: The article describes Alisher Navoi as a great thinker, poet, scientist, statesman, his humanitarian work as the state seal of Khorasan, as well as the glorification of humanistic ideas in his works.

Keywords: Alisher Navoi, man, humanity, state, patron, people, "Khazain ul-ma'oni", "Lison ut-tair", "Khamsa"

"Shamsul millat" deb sharaflangan ulug' mutafakkir shoir, olim, davlat arbobi Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tahallusi ostida chig'atoy, ya'ni o'zbek tili hamda forsiyda ijod qilgan. G'arbda chig'atoy adabiyoti hisoblanmish o'zbek adabiyotining eng yirik namoyondasi. Umuman olganda, butun turkiy xalqlari orasida u kabi yirik shaxs yo'qdir.

Nizomiddin Mir Alisher hayoti davomida Navoiy tahallusi bilan musulmon Sharqining turli mamlakatlarida bo'ladi, o'z davrining taniqli shaxslari bilan ko'rishadi. O'zining she'riy mahoratini oshiradi va mashhur shoir bo'lib ulug'lanadi.

Xuroson hukmdori tomonidan davlat muhrdori etib tayinlangan Alisher Navoiy mamlakatning siyosiy hayotida faol ishtirok etadi va mamlakatning madaniy-ilmiy taraqqiyotida katta yordam ko'rsatadi. Masalan, insonparvar shahs sifatida 1480 yil Hirot shahrida va boshqa viloyatlarda o'z hisobidan bir nechta madrasa, 40 ta rabot, ya'ni yo'lovchilar uchun bekat, 17 ta masjid, 10 ta so'fiylar turarjoyi, ya'ni xonaqoh, 9 ta hammom, 9 ta ko'prik va boshqalarni qurdiradi. U tomonidan kuylangan:

Odami ersang, demagil odami, Oniki, yo'q xalq g'amidin g'ami

baytida ham Navoiyning xalq gami bilan yashaganini bilishimiz mumkin. Mashhur bu bayt orqali Navoiy barcha-barchani insonga g'amxo'r bo'lishga

I jbÄÜ^^Bl http://oac.dsmi-qf.uz

chaqirgan, insonparvarlikni kuylagan. Baytning mashhurligi ila asrlar osha hammamiz uchun ibrat yanglig' yangrab turibdi va hozirgi kunda ham tarbiya vositasi sifatida ta'lim-tarbiya jsrayonida qo'llanilib kelinmoqda

Buyuk insonparvar Alisher Navoiy o'rta asrdagi Uyg'onish davrining boshqa ulug' zotlari singari butun hayoti bilan haqiqiy inson qanday bo'lishi lozimligini ko'rsatdi. U o'z davridagi nohaqlikka, adolatsizlikka qarshi kurashdi, amaldorlarning o'z vazifalarini suiiste'mol qilishlarini va ta'magirliklarini fosh etdi, Ojiz, muhtoj kishilarni o'z himoyasiga olgan. Zero, bosh vazir Alisher Navoiy madaniyat va san'atning chinakam homiysi sifatida taniglan. Uning faoliyatida ijtimoiy-siyosiy masalalarni to'g'ri hal etishga intilish, jamiyatdagi barcha ijtimoiy qatlamlarga, barcha qavmlarga bir xil munosabatda bo'lish, hech qaysi birini kamsitmaslik, hammaning manfaatiga barobar xizmat qiladigan jamoat binolarini qurishga alohida e'tibor berish oldingi o'ringa chiqqan.

Alisher Navoiyning insonparvarlik faoliyati, ilg'or qarashlari, uning obro'-e'tibori xalq orasida tobora ortib borishi o'z manfaatlarini ko'zlagan saroy a'yonlari orasida norozilik tug'dirgan. Ular shoir bilan podsho orasiga nifoq solib, 1487 yilda Husayn Boyqaroning Alisher Navoiyni vazifasidan bo'shatishiga erishadilar. Lekin Navoiyning davlat boshqaruvi Astroboddagi hokimlik bilan davom ettadi. Navoiy hokimlik qilgan 2 yil davomida Astrobod shahri va viloyati obodonlashib, qo'shni davlatlar bilan yaxshi munosabatlar o'rnatiladi, savdo ishlari yo'lga qo'yiladi.

Navoiy lirikasida odam va olam, hayot va uning go'zalliklari madh etiladi. Adib lirikasida yuksak insonparvarlik, ezgulik g'oyalari deyarli barcha asarlarida aks etgan. Navoiyning "Xazoyin ul-ma'oniy" asari, aslida, to'rtta mustaqil devondan tashkil topgan. Shuning uchun ham u xalq orasida "Chor devon" - "To'rt devon" nomi bilan mashhur bo'lgan. Shoir "Xazoyin ul- maoniy"ni tuzar ekan, umrni to'rt faslga bo'ladi. 7-8 yoshdan 20 yoshgacha bo'lgan davrlarni umr fasllarining navbahoriga o'xshatadi va ushbu devonini "G'aroyib us - sig'ar", ya'ni "Yoshlik g'aroyibotlari" deb ataydi. Umrning yigitlik davrini shoir 20dan 30 yoshgacha deb belgilaydi va umr fasllarining yozi deb ataydi. Bu devonga Navoiy "Navodir ush-shabob", ya'ni "Yigitlik nodirliklari" deya nom beradi. 35dan 45 yoshgacha bo'lgan davrni umr fasllarining kuzi, tiriklik bog'ining xazonrezgisi deya belgilaydi va bu asarini "Badoye ul- vasat", ya'ni "O'rta yosh go'zalliklari" deb nomladi. Qirq besh yoshdan oltmish yoshgacha bo'lgan davrni qarilik davri deb ataydi va bu faslga mansub she'rlarini "Favoyid-ul kibar", ya'ni"Keksalik foydaliklari" devoniga jamlaydi. Shoirning "Xazoyin ul- maoniy" devonidagi quyidagi baytlari diqqatga sazavor:

Muruvvat - barcha bermakdur, yemak yo'q, Futuvvat - barcha qilmakdur, demak yo'q.

349

http://oac.dsmi-qf.uz

Mazkur baytda juda yuksak va salmoqdor insonparvar g'oyalar ilgari surilgan. Navoiy shu ikki misradayoq Sharq tasavvuf ta'limotining eng ilg'or oqimlaridan biri

- javonmardlik sulukining dasturiy qoidalarini qoyilmaqom darajada ifodalab berolgan. Javonmardlik namoyandalari muruvvat ahli, futuvvat ahlidirlar. Ularnn Navoiy o'z asarlarida «axiy» nomi bilan ham yuritgan. Muruvvat ahli eng olijanob toifa sifatida tasvirlangan. Chunonchi, baxil - o'zi ham yemaydi, boshqaga ham bermaydi; xasis - o'zi yeydi, boshqaga bermaydi; saxiy - o'zi ham yeydi, boshqalarga ham beradi; axiy esa - o'zi yemaydi, faqat boshqalarga ulashadi. Futuvvat ahli - fatiy

- javonmard esa faqat yaxshilik qiladi, lekin uni aytmaydi, ya'ni minnat qilmaydi.

«Lison ut-tayr» - Alisher Navoiyning so'nggi dostoni. Dostondagi bosh g'oya, bosh muammo tasavvufdagi imon, e'tiqod va ma'naviyat masalalaridir. Alisher Navoiyning niyati oddiy insonlarga insoniylikning ilohiy mohiyatini tushuntirib berish, ularni og'ir sinovlardan o'tkazib, komil inson darajasida ko'rish. Shoir asarda qushlar timsolida tasavvuf yo'liga kirgan va Allohni ko'rishga, unga yetishishga astoydil kirishgan xudojo'y insonlarni tasvirlashga intilgan. Hudhud degan qush nomidan so'ylangan yuzlarcha hikoyalar tasavvufiy mazmunda bo'lib, ular hammasi hayotiy, biri biridan qiziqarli. Qushlarning rang-barang timsollari orqali Alisher Navoiy o'zining tasavvuf ta'limoti bilan bog'liq g'oyalarini, Allohning hamma narsaning tashqarisida emas, balki ichida, o'zida ekanini ko'rsatish va isbotlashga harakat qiladi. Insonning ulug'vorligini majoziy uslub bilan, ta'sirli qilib, real ijtimoiy, axloqiy hodisalar ila bog'lab tasvirlagan. Tasavvufning vaxdat ul-vujud nazariyasi ham shu tarzda o'zining badiiy in'ikosini topgan. Bu bilan Navoiy tasavvuf g'oyalarini keng kitobxonlar ommasiga badiiy ko'rkam va jonli yetkazishda oliy darajada san'atkorlik ko'rsatgan.

Adabiyotshunos Z.Mamadalieva o'zining "Alisher Navoiy "Lisonu-t-tayr" dostonidagi ramziy obrazlar tizimi" nomli tadqiqotida mazkur ikki dostondagi ramziy timsollarni talqin qilish asnosida Navoiy dostonidagi Hudhudning o'ziga xos bir necha xususiyatlarini ko'rsatib o'tadi:

1) Navoiy talqinidagi Hudhud komil inson ramzi bo'lish bilan birga muallifning dostondagi birinchi raqamli timsoli hamdir;

2) Navoiy tasvirlagan Hudhud yuksak irfoniy masalalarni har bir qushning darajasiga mos ravishda sodda hayotiy voqealar va misollar bilan tushuntirib beradi [1]. Demak, Navoiy eng nafis, ijtimoiy-falsafiy va ilmiy asarlarini yaratgan shaxs, uning asarlarda jamoat ruhi, davrga xos muhim muammolar ustundir. Zero, Navoiy-musulmon Sharqining, deyarli barcha janrlarida o'z qalamini sinab ko'rgan va o'z ovozi, o'z uslubi borligini ko'rsata olgan ulug' mutafakkir shoir.

Sharq adabiyotida Navoiy tomonidan yaratilgan "Layli va Majnun", "Farxod va Shirin", "Hayrat ul-Abror" dostonlarida so'fiylik mavzusi umumfalsafiy darajaga ko'tarilgan, shuningdek, bir vaqtning o'zida shoirning insonparvarlik dunyoqarashlari

I D^Ü^^Sl 350 http://oac.dsmi-qf.uz

orqali dunyoning dolzarb muammolari ham qo'yilgan. "Hamsa"dagi boshqa ikki dostonida - "Sab'ai sayyor", "Saddi Iskandariy" hukmdor bilan bog'liq muammolar ham yetakchi o'ringa [2]chiqqan. Insoniylik fazilatlari ulug'langan Navoiy "Hamsa"sining miqdori va keng tarqalishi uni O'rta Osiyo intellektual hayotida alohida o'rin egallaganligini ko'rsatadi.

Navoiyning insonparvarlik g'oyalari bilan sugorilgan vatan va atanparvarlik haqidagi she'rlari ham faqat o'sha davr kishisining kechinmalari sifatidagina emas, balki bugungi avlod, xususan, yoshlar uchun ham ibrat va namuna maktabi bo'lishi tabiiydir.

G'urbatda g'arib shodmon bo'lmas emish, El anga shafiq-u mehribon bo'lmas emish.

Oltun qafas ichra gar qizil gul bitsa, Bulbulg'a tikandek oshiyon bo'lmas emish.

Xilosa o'rnida, Navoiy ijodini uzoq yillar davomida jiddiy o'rgangan taniqli adabiyotshunos Abduqodir Hayitmetovning quyidagi fikrlarinikeltirish joiz:: "Mabodo Navoiy boshqa asar yozmasdan faqat "Xazoyin ul-ma'oniy"ni, hatto uning tarkibidagi bitta devon - "G'aroyib us-sig'ar" yoki "Navodir ush-shabob", yoxud "Favoyid ul-kibar"ni yaratganda ham adabiyotimiz tarixida eng ulug' shoirlarimizdan biri bo'lib qola berar edi" Bunga qo'shimcha qilib aytish mumkinki, agar Navoiy boshqa janrlarda ijod qilmasdan, faqat ruboiylari tufayli ham mana shunday ulkan obro' va martabaga ega bo'laverar edi. Shunday qilib, adib she'riyatining mavzu keng qamrovli bo'lib, ularda falsafiy, ijtimoiy-siyosiy, axloqiy-ta'limiy fikr va mulohazalar yuksak badiiylik bilan ifoda etilgan. Zero, Navoiy she'riyati bilan muloqot kitobxonlarning ichki olami, ma'naviyatining boyishiga katta hissa qo'shadi. Navoiy merosi mavzu va janrlari bo'yicha turlidir. Uning asarlari XV asrdan hozirgi kungacha o'zbek adabiyoti rivoji uchun xizmat qilib kelmoqda. Asrlar davomida uning asarlari taqlid va ilhom manbai bo'lib hisoblanib kelgan. Demak, insonparvar Alisher Navoiy butun hayoti davomida adabiy asarlarni siyosat bilan birlashtirgan. Yuqori mansabga ega shaxs bo'la turib, u mamlakat hayotining ijtimoiy-iqtisodiy takomillashishiga katta hissa qo'shgan; ilm, fan, san'at rivojiga homiylik qilgan, tinchlik va totuvlik doimo hukmron surishiga doim harakat qilgan.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Mamadalieva Z. Lison ut-tayr" dostonidagi ramziy obrazlar tizimi. Filol.fan.nomz.diss. - T., 2011.

2. Qayumov A. Saddi Iskandariy. Toshkent, 1980 yil, o'zbek tilida

3. Navoiy Alisher. Lison ut-tayr (nasriy bayoni bilan). - T.: G'.G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa uyi, 2005.

4. N.Komilov. Tasavvuf. -T.: MoBarounnahr - O'zbekiston, 2009.

I jbÄÜ^^Bl ^51 http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.