ALISHER NAVOIY E'TIROF ETGAN ISTE'DOD
A.Azizqulov SamlSI dotsenti
Annotatsiya: Mazkur maqolada Alisher Navoiy homiyligida Hirotda etishib chiqqan olimlar, xususan, Husayn Voiz Koshifiy ilmiy merosining tarbiyaviy ahamiyati falsafiy jihatdan tahlil etiladi. Maqolada Alisher Navoiyning Husayn Voiz Koshifiyga nisbatan aytgan fikrlari ham yoritilgan. SHuningdek maqolada qomusiy bilim egasi bo 'lgan Husayn Voiz Koshifiyning ilmiy merosi bugungi globallashuv davrida ham muhim tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligi asoslab berilgan.
Kalit so'zlar: Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy, ilmiy meros, axloq, odob, tarbiya, ma 'naviy meros.
Аннотация: В статье дается философский анализ воспитательного значения научного наследия ученых, выросших в Герате под эгидой Алишера Навои, в частности, Хусейна Ваза Кашифи. В статье также освещены высказывания Алишера Навои о Хусейне Вазе Кашифи. В статье также утверждается, что научное наследие Хусейна Ваза Кашифи, энциклопедиста, имеет большое образовательное значение в сегодняшнюю эпоху глобализации.
Ключевые слова: Алишер Навои, Хусейн Воиз Кашифи, научное наследие, этика, этикет, воспитание, духовное наследие.
Annotation: This article provides a philosophical analysis of the educational significance of the scientific heritage of scholars who grew up in Herat under the auspices of Alisher Navoi, in particular, Hussein Waz Kashifi. The article also covers Alisher Navoi's remarks about Hussein Waz Kashifi. The article also argues that the scientific legacy of Hussein Waz Kashifi, an encyclopedic scholar, has an important educational value in today's era of globalization.
Keywords: Alisher Navoi, Hussein Voiz Kashifi, scientific heritage, ethics, etiquette, upbringing, spiritual heritage.
KIRISH
XV asrda Temuriylar saltanatining Movarounnahrdagi poytaxti Samarqanddagi kabi Xuroson mulkining markazi Hirot shahri ham ilm-fan va madaniyat markaziga aylanadi. Temuriy shahzodalarning ilm fanga homiyligi, ijodkor olimlarga bevosita ko'magi madaniyat va ma'naviyatning yuksalishiga zamin bo'ladi. O'lkada hukm surgan tinchlik va osoyishtalik, ijod ahliga berilgan erkinlik hamda ularga g'amxo'rlik hosilasi sifatida Hirotda Lutfiy, Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Kamoliddin Behzod, Jaloliddin Davoniy, Husayn Voiz Koshifiy, Fasih Havofiy, Qosimi Anvar,
Davlatshoh Samarqandiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Mirxond, Xondamir, Husayn Boyqaro singari buyuk shoir va tarixchilar, rassomlar etishib chiqadilar va o'zlarining sermaxsul ijodlari bilan o'lka xalqlari ma'naviy taraqqiyotida muhim hissa qo'shdilar.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR R.J.Mahmudov Husayn Voiz Koshifiy va Alisher Navoiyning ilmiy ijodini keng o'rgandilar. Alisher Navoiyning ilmiy merosi nafaqat o'tmishda, balki kelajakni ham asoslab beradigan she'riyat poydevoridir.
Tadqiqot olib borish davomida tizimlilik, nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez, tarixiylik va mantiqiylik, qiyosiy tahlil kabi ilmiy-falsafiy tamoyillardan foydalanildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Xurosonda ilm-fan va san'atning ravnaq topishida buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiyning xizmati katta bo'lgan. O'zining shaxsiy mablag'i hisobidan robotlar, ko'priklar, hammomlar, shifoxonalar bilan birga ko'plab madrasalarni bunyod ettiradi hamda iqtidorli ilm toliblarini va mudarrislarni o'zining himoyasiga oladi. Alisher Navoiyning bevosita homiyligida barakali ijod qilib ko'plab asarlarni bizga meros qilib qoldirgan Husayn Voiz Koshifiy ham shular jumlasidandir.
Husayn Voiz Koshifiy (1442/46-1505) islom dinining yirik nazariyotchilaridan biri bo'lishi bilan bir qatorda falsafa, axloq, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, siyosat, tarix, astronomiya, notiqlik san'ati, tibbiyot kabi sohalarga oid 200 dan ortiq asarlar yozgani ma'lum[ 1, 241-245]. Husayn Voiz Koshifiyning iste'dodini yuqori baholar ekan, uni o'z himoyasiga oladi, unga yaqindan homiylik qiladi. Alisher Navoiy o'zining «Majolis un nafois» tazkirasida Husayn Voiz Koshifiyga alohida o'rin ajratar ekan shunday deydi: "Mavlono Husayn voiz - "Koshifiy" taxallus qilur. Sabzavorlikdur. Yigirma yilga yaqin borkim, shahardadur va Mavlono zufunun va rangin va purkor voqe' bo'libtur. Oz fan bo'lgaykim, dahli bo'lmagay. Xususan, va'z, insho va nujumki, aning haqqidur va har qaysida mutaayyin va mashhur ishlari bor..." [ 2, 377-378]. Alisher Navoiy Husayn Voiz Koshifiyni o'z davrining barcha ilm sohalari bilan shug'ullangan olim sifatida e'tirof etmoqda.
Husayn Voiz Koshifiyning salmoqli ilmiy merosi orasida «Axloqi Muhsiniy» asari alohida o'rin ahamiyat kasb etadi. Asarni SHarq axloq falsafasining nodir durdonasi deb baholash mumkin. Koshifiy mazkur asarida axloq odob mavzusida yaratilgan ko'plab asarlarni chuqur tahlil etib, o'zining xulosalari bilan mazmunan boyitadi.
Xususan, «Axloqi Muhsiniy» asarida bayon etilgan barcha mavzular kishini yaxshi xulqqa chorlagani va bag'rikenglik g'oyalarini keng targ'ib qilganligi bois har
bir o'quvchida katta qiziqish uyg'otadi. Mavzularda shukr va sabr qilishlik va uning fazilatlari bayon etilib, hayo, pokizalik, oliyhimmatlik, sobitqadamlik, adolatli bo'lish, avf etish, shafqatli va marhamatli bo'lish kabi axloqiy fazilatlari targ'ib etiladi. SHunindek, Koshifiy kishi faoliyatida chiroyli xulq va muloyimlik fazilatlarining mohiyatini ochib berishga harakat qiladi. Omonat va diyonat, vafo va ahd, rostgo'ylik kabi axloqiy fazilatlar xususida batafsil to'xtalib o'tadi. Ohistalik va shoshilmaslik, andishalilik kabi xislatlarni kishi axloq odobida tutgan o'rnini bayon etadi. SHijoat, g'ayrat, fursatni g'animat bilish kishi uchun zarur fazilat ekanligiga alohida to'xtalib o'tadi. Koshifiy o'quvchini farosatlilikka, sir saqlashlik, huquqqa rioya qilishlik, doimo yaxshilar bilan hamsuhbat bo'lishlikka va yomon ishlardan yiroq bo'lishga chaqiradi.
Husayn Voiz Koshifiy «Axloqi muhsiniy» asarlarining ilmiy ahamiyati shundaki, unda avvalo odob axloq qoidalari mukammal ishlab chiqilishi bilan birga turli millatlar va dinlar vakillari o'rtasida o'zaro hamjihatlik, tinch-totuvlik kabi bag'rikenglik tamoyili ilgari surilgan
[ 3, 129]. Xusayn Voiz Koshifiy ilgarni surgan barcha millat va din vakillarning tengligi g'oyasi hanuzgacha o'z ahamiyatitin yo'qotgan emas.
XULOSA
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, avvalo, Husayn Voiz Koshifiy temuriylar saltanatidagi barqaror ijtimoiy va ijodiy muhit natijasida yuzaga kelgan Ikkinchi Uyg'onish davrida etishib chiqqan allomalardan biridir. Ikkinchidan, Husayn Voiz Koshifiyning barakali ijod qilishida shaxsan buyuk mutafakkir alloma Alisher Navoiyning xizmatlari katta bo'lgan. Uchinchidan, Husayn Voiz Koshifiy tomonidan bayon etilgan axloq-odob tamoyillari hozirgi globallashuv sharoitida barkamol yoshlarni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. R.J.Mahmudov. Husayn Voiz Koshifiy/Ma'naviyat yulduzlari. T. 2001y.241-245 betlar
2. Alisher Navoiy Majolis ul-nafois.To'la asarlar to'plami. 10 jildlik. 9-jild.-T.: G'afur G'ulom nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2011y. 377-378 betlar
3. Xusayn Voiz Koshifiy. Futuvvatnomai sultoniy. Axloqi muhsiniy. T.: «O'zbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy nashri, 2011. - 129 bet
4. Po'latov, Sh.N., Rabindranat Tagorning Hindiston ilm-ma'rifatga qo'shgan xissasi.// "SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 136-144 P.
R
5. Po'latov, Sh.N., Hindistonda pedagogik ta'limning rivojlanish bosqichlari. //"SCIENCE AND EDUCATION" Scientific journal Volume 1, Special issue 2020 21-27 P.
6. Jurayev SH.S., Abu Ali ibn Sinoning falsafiy qarashlarida baxt-saodat masalasi // Academic Research in Educational Sciences, 2 (Special Issue 1), 395-401 P.