Research BIB / Index Copernicus
AJDODLARIMIZ BOY MA'NAVIY MEROSIDA MIRZO ULUG'BEKNING "TO'RT ULUS TARIXI" ASARI
Ikromboyev Xusanboy
Toshkent to'qimachilik va yengil sanoat instituti 13-22-guruhi talabasi Ilmiy rahbar: G.K.Masharipova
Alfraganus universiteti professori, falsafa fanlari doktori
Maqolada Ikkinchi Renessans davrining eng buyuk olimi Mirzo Uluhbekning «To'rt ulus tarixi» asarining bugungi kundagi ilmiy ahamiyati yoritib berildi. Ulug'bek saroyida tarjima ishlari ham yaxshi yo'lga qo'yilgan. Olimning merosi XVII asrdan beri butun dunyo ilmiy jamoatchiligining diqqat-e'tiborini o'ziga qaratib kelgan. Mirzo Ulug'bek va u qoldirgan merosni o'rganishda mamlakatimizda ham xorijiy yurtlarda ham anchagina asarlar yaratilgan.
Kalitso'zlar: ulus, tarix, siyosiy, ijtimoiy, madaniy, ma'naviy, hayot, meros, ilmfan, mol-mulk, davlat, boshqaruv.
В статье расскрыто научное значение Мирзо Улугбека, крупнейшего учёного периода Второго Возрождения, «Истории четырёх народов». Во Дворце Улугбека полным ходом идут переводческие работы. Наследие ученого привлекает внимание научной общественности мира еще с XVII века. По изучению Мирзо Улугбека и его наследия создано множество работ как в нашей стране, так и в зарубежных странах.
Ключевые слова: нация, история, политическая, социальная, культурная, духовная, жизнь, наследие, наука, собственность, государство, управление.
The article reveals the scientific significance of Mirzo Ulugbek, the greatest scholar of the Second Renaissance, "History of the Four Nations". Translation work is in full swing in the Ulugbek Palace. The scholar's legacy has attracted the attention of the scientific community of the world since the 17th century. Many works have been created on the study of Mirzo Ulugbek and his legacy both in our country and in foreign countries.
Keywords: nation, history, political, social, cultural, spiritual, life, heritage, science, property, state, management.
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
ABSTRACT
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
KIRISH
Ulug'bekning asl ismi Muhammad Tarag'ay, u sohibqiron Amir Temurning nabirasi. Ulug'bek 1394 yil 22 martda Temurning harbiy yurishi davrida Sultoniya shahrida tug'ilgan. Mirzo Ulug'bek Markaziy Osiyo xalqlari ilmu fani va madaniyatini o'z davrida dunyo fanining oldingi safiga olib chiqqan buyuk olimlardan biridir. Ulug'bek bobosi Amir Temurning doimo diqqat e'tiborida bo'lgan. Temur butun muhabbatini ziyrak, hamma narsani bilishga harakat qilgan nabirasiga qaratadi va uning tarbiyasiga katta e'tibor beradi. Ulug'bekni bilimdon va tajribali murabbiylar tarbiyalab, xat-savod chiqardilar, diniy va dunyoviy ilmlarning asosi bilan tanishtirdilar. Bir qator manbalarda keltirilishicha, 1397-1398 yiliyoq, kelajakda katta shoir va olim bo'lib yetishgan shayx Orif Ozariy Ulug'bekning murabbiysi qilib tayinlangan [1, 6-b.].
Ulug'bek juda yosh bo'lishiga qaramay, davlat kengashlarida, mas'ul qabul marosimlariga ham kiritilgan va hamisha bobosining chap tomonida o'tirardi. Temur bu nabirasini davlat ishlarini boshqarishga tayyorlab borgan. Ulug'bek bobosi singari harbiy yurishlar qilmadi. Uning harbiy yurishlari yaqinlashib kelayotgan xavf-xatarni bartaraf qilishga qaratilgan bo'lib, qisqa muddatli bo'lgan. 1447 yili SHohruh vafot etgach, Ulug'bek Xurosonni Movarounnahr bilan birlashtirib, kuchli davlat tuzishga harakat qildi, lekin qattiq qarshilikka duch keldi. 1448 yil bahorida Hirot yaqinidagi Tarnob degan joyda Ulug'bek bilan jiyani Aloviddavlat o'rtasida katta jang bo'lib, qo'shinning chap tomonida Ulug'bekning katta o'g'li Abdullatif, o'g' tomonida katta o'g'li Abdulaziz qo'mondonlik qildi. Jang Ulug'bek g'alabasi bilan tugadi, lekin g'alabanoma Abdullatif nomidan emas, faqat Abdulaziz nomidan e'lon qilindi. Undan tashqari Abdullatifning Hirotdagi Ixtiyoriddin qal'asidagi mol-mulkini davlat mulkiga o'tkazilishi o'g'ilning otaga nisbatan dushmanligini yanada oshirdi. Ulug'bek Hirotda Abdullatifni qoldirib, o'zi Samarqandga ketdi. O'g'ilning otaga dushmanligidan Ulug'bekning raqiblari mohirona foydalandi. 1449 yil kuzida Abdullatif qo'shinlari Ulug'bekka hujum qilib, uni engdi. Abdullatifning roziligi va ruhoniylarning fatvosi bilan Ulug'bek Samarqand shahri yaqinidagi qishloqda qatl etildi. Uning jasadi Samarqandga dafn etilgan [1, 34-b.].
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ulug'bekning hukmronlik yillarida Samarqand yanada gullab yashnadi, hunarmandchilik, me'morchilik va adabiyot ravnaq topdi. Buxoroda (1417), Samarqandda (1420), G'ijduvonda (1432-33) madrasalar va Marvda xayriya muassasalari qurildi. Bibixonim masjidi, Amir Temur maqbarasi, Shohi Zinda ansambli qurilishlari poyoniga etkazildi. Ulug'bek talaygina jamoat binolari, karvonsaroy, tili, chorsu, hammom va boshqalarni ham barpo ettirgan.
Research BIB / Index Copernicus
"To'rt ulus tarixi" asarining umumiy mazmuniga o'tishdan oldin dastlab uning nomlanish tarixi, yaratilishida Mirzo Ulug'bekning hissasi, shuningdek, o'rganish jarayonining qanday kechayotganiga qisqacha to'xtalib o'tamiz.
Asar "Ulus-a arba'-yi CHingiziy" ("CHingiziylarning to'rt ulusi") "Tarix-i arba' ulus" ("To'rt ulus tarixi") nomlari bilan mashhur. Lekin, Ovrupa sharqshunoslari orasida ushbu asarni birinchilar qatori o'rgangan va uning qisqartirilgan inglizcha tarjimasini e'lon qilgan polkovnik Mayls, etarli asosi bo'lmagani holda bu kitobni "SHajarat ul-atrok" ("Turk hoqonlarining shajarasi") deb ataydi [2, 182-b.].
CHuqur va atroflicha o'rganish natijalari shuni ko'rsatadiki, asarning faqat YOfas o'g'lon va uning o'g'li Turkxon hamda farzandlari, tatar-mo'g'ul bilan turk tabaqalari, shuningdek, ularning podsholarigina "Shajarat ul-atrok" asosida yozilgan, xolos. Asarning Chingizxonning ulug' ajdodi Buzunjor Qoondanva Movarounnahrning XIII-XIV asrning birinchi yarmidan idora qilgan. Chig'atoyxon avlodi tarixini o'z ichiga olgan qismi "Ulus-i arba'-yi Chingiziy" yoki "Tarix-i arba' ulus" deb ataladi. Bu qism Mirzo Ulug'bek va uning yordamchilari tarafidan yozilgan. Fikrimizni asarning o'zida keltirilgan ayrim qaydlar ham tasdiqlaydi.
Qaydlardan birida mana bularni o'qiymiz: "Mo''tabar tarixlarda yozilishicha, uning naslu nasabi hammaga ma'lum va Jo'chixonga borib taqaladi. Ammo "SHajarat ul-atrok" kitobida uning haqida hech narsa nazarga kirmagani uchun o'sha kitobning saylanmasi bo'lgan kitobda ham uning haqida hech narsa yozilmadi. Biroq, xotirda qolgani shuki, u ulug'vor podishoh bo'lib, in'omi behisob edi [3, 121a-b.].
Mazkur qayddan anglashiladiki, birinchidan "Shajarat ul-atrok" bilan "Tarix-i arba' ulus" boshqa-boshqa asarlardir. Ikkinchidan, "Tarix-i arba' ulus" ma'lum darajada "SHajarat ul-atrok"ga asoslangan. YAna bir joyda esa bunday eslatilgan: "CHingizxonning to'rt ulus tarixi" nomli ushbu majmu'ada Turkxon ibn Yofas Nuh alayhissalom avlodidan bo'lmish podishohlar nomi zikr etiladi. Mazkur risolada keltirilgan Turkistonzamin hoqonlarining nomlari Sulton as-Sa'id Ulug'bek mirzoyi shahid, - Olloh uning qabrini nurga to'ldirsin, - tarafidan bitilgan to'rt ulus hoqonlari haqidagi majmu'adan olindi" [4, 182a-b.].
"Zubdat ul-osor" (XVI asrning birinchi yarmida yozilgan) kitobining muallifi turk-mo'g'ul xalqlari tarixini bayon etar ekan, "Mirzo Ulug'bekning nomi bilan ziynatlangan "Tarix-i xoniy" asariga tayangandim", - deb aytadi. Bu erda gap shubhasiz, "Tarix-i arba' ulus", aniqrog'i, uning birinchi qismi haqida borayotganga o'xshaydi. XVII asrda o'tgan yirik qomusiy olim Mahmud ibn Valining "Bahr ul -asror" nomli katta asarini, aniqrog'i uning mo'g'ullar imperiyasi va Chingizxonning o'limidan keyin imperiya o'rnida tashkil topgan Ulug' yurt, ya'ni Mo'g'uliston, Oltin o'rda, Chig'atoy ulusi, shuningdek, Chingizxonning nabirasi Halokuxon asos solgan
Research BIB / Index Copernicus
Elxoniylar davlati tarixini o'z ichiga olgan oltinchi jildi mundarijasi hamda mazmuni jihatidan Ulug'bekning "Tarix-i arba' ulus"iga o'xshab ketadi.
Asarning yaratilishida Ulug'bekning ishtirok etganligiga hech bir shubha yoki ikkilanishga o'rin yo'q. XVI asrning mashhur tarixchilaridan biri Mirzo Muhammad Haydar (1500-1551) ham Ulug'bekning tarix ilmi sohasida ham samarali mehnat qilganligini aytadi. Masalan, uning "Tarix-i Rashidiy" nomli yirik kitobida bu haqda mana shunday fikrlar bildirgan: "Donishmand podishoh Mirzo Ulug'bek bir tarixiy asar yozdi va unga "Ulus-i arba'" deb nom qo'ydi" [5, 85a-b.]. Ulug'bekning shunday asar yozganligini Xondamir bilan Mahmud ibn Vali ham tasdiqlaydilar. YUqorida keltirilgan ma'lumotlarga tayanib aytish mumkinki, "Tarix-i arba' ulus" Rashiduddining mashhur "Jami' ut-tavarix" asari singari tarixchi olimlar jamoasi tarafidan, Mirzo Ulug'bekning bevosita ishtiroki va rahbarligi ostida yozilgan.
"Tarix-i arba' ulus"ning nusxalari juda kam. Asarning to'liq nusxasi hali topilganicha yo'q. Bugungi kunda uning qisqartirilgan to'rtta nusxasi saqlangan bo'lib, uning ikkitasi Angliyada, bir nusxasi Hindistonning Bankipur shahri kutubxonasida, to'rtinchi nusxasi AQSHning Xarvard universitetida saqlanadi. Asar bir talay tarixiy, jug'rofiy manbalar va manoqiblar asosida yozilgan. Muallif ko'p hollarda o'z manbalarini aniq ko'rsatmaydi va "aytishlaricha", "qissa va tarix kitoblarida" yozilishicha, "CHig'atoy ulusi ulamolarining kitoblarida keltirilishicha", "bir guruh odil, haqiqatgo'y tarix arboblarining aytishicha" kabi umumiy iboralar bilan cheklanadi. Lekin, ayrim o'rinlarda o'zi foydalangan ba'zi asarlar va ularning mualliflari nomini ham tilga oladi. Bular orasida mashhur astronom Abu Ma'shar Balxiy, yirik olim, shoir hamda sayyoh Rashiduddin Votvot, mashhur tarixchi-yu, davlat arboblari Alouddin Otamalik Juvayniy, Rashiduddin Fazlulloh Hamadoniy, Hamdulloh Mustovfiyi Kazviniy va boshqalarning nomlari tilga olinadi. Olim tasir va hadis kitoblar, rivoyatlardan foydalanganliginiham aytadi. Rashiduddin Votvot, Xo'jandiy va Nizomiydan olingan she'riy parchalar ham uchraydi. SHunga qaraganda, Ulug'bek mazkur asarini yozishda juda ko'p, mazmun jihatdan xilma-xil (tarix, jug'rofiya. Astronomiya, nazmiy) kitoblardan keng foydalangan.
Asarning mazmuni haqida ikki og'iz so'z. Avvalo shuni aytish kerakki, muallifning o'zi mazkur asarini qism yoki boblarga bo'lmagan. B.Ahmedov ushbu asarni to'rt ulus tarixini o'z ichiga olganligidan kelib chiqib, to'rt qismdan iborat deb aytadi [6, 6-b.].
Asar muqaddima va yettita bobdan iborat. Muqaddimada o'rta asr tarix ilmida hukm surgan an'anaga ko'ra, Tangri taolo, uning elchisi, payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va-s-sallam va avlodlari sha'niga aytilgan maqtovlar Odam Atoning yaratilishi hamda islomiyatdan avval o'tgan payg'ambarlar (SHis,
Research BIB / Index Copernicus
Qaynon, Mahloyil va boshqa), Nuh alayhissalom, shuningdek, uning farzandlari tarixi qisqacha bayon qilinadi.
Birinchi bobda Turkxon ibn YOfas hamda uning Turkiston zaminida podsholik qilgan avlodi tatar-mo'g'ul va turk qavmlariyu podsholri tarixi bayon etilgan. Ko'p narsalar boshqa asarlardan-da ma'lum, lekin yana ayrim muhim ma'lumotlarni ham uchratamiz. O'g'uzxon davrida amalda bo'lgan saroy qabul marosimlari tartibi, turk qo'shinining tuzilishi, ulus tizimi, turk qo'shinining tuzilishi, usmonli turk sultonlarining shajarasi shular jumlasidandir. Mazkur bobda keltirilgan turklar va mo'g'ul qavmlari haqidagi ma'lumotlardan ko'rinishicha, ular bir-biriga shu qadar yaqin darajada istiqomat qilganlarki, hatto shajaralari ham aralash-quralash bo'lib ketgan. Bu holni biz Rashiduddinning yuqorida tilgan asarida va mashhur nemis sharqshunosi Gerxard Doyorferning "YAngi fors adabiyotida turk-mo'g'ul elementlari" degan to'rt jildlik izohli lug'atida [7, 25-b.] ham yaqqol ko'ramiz.
Ikkinchi bob - turk-mo'g'ul xalqlarining afsonaviy onasi Alanquva va undan tarqalgan avlod, ya'ni podsholar (Buzunjor qoon, Buqoxon, Dutuminxon, Qobulxon, Boysung'urxon, Barton bahodir, YAsugay bahodir) tarixi bayonini o'z ichiga oladi. Bu bobda ham ilm-fan uchun muhim ma'lumotlar uchraydi. Turk-mo'g'ul qavmlarining birgalikda, aralashib yashab kelganligi Turk diyori va uning boshqa qavmlari orasida tutgan mavqe'i, oddiy xalqning erga, aniqrog'i, o'z hukmdoriga biriktirilganligi, VIII asrda jaloir qavmi boshliqlarining kuchayib ketishi haqidagi ma'lumotlar shular jumlasidandir.
"Tarix-i arba' ulus"ning uchinchi bobi buyuk jahongir CHingizxon tarixi bayon etilgan. Bu erda keltirilgan ma'lumotlar ichida e'tiborga moliklaridan mo'g'ul qo'shinlarining tuzilishi, CHingizxonning oq rangdagi to'qqiz poyali tug'i, qurultoy va boshqa qabul marosimlarida amalda o'lgan tartib-qoidalar, turk eli, ya'ni, naymanlar, qariliqlar, uyg'urlar yoso hamda yusun haqidagi ma'lumotlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Chingizxon zamonida turk-mo'g'ul qavmlari daha (o'nlik), sada (yuzlik), xazora (minglik) va tuman (o'n minglik)larga bo'lingan. Chingizxon zamonida "hech kim, - deb aytiladi "Tarix-i arba' ulus"da, o'z dahasi va sadasi va xazorasidan boshqa joyga keta olmagay va boshqaning panohiga o'ta olmagay. Bunga xilof ish tutganlarni xalq oldida qatl etadilar, toki boshqalarga ibrat bo'lsin. Bu xususda "Tarix-i arba' ulus" muallif keltirgan mana bu fakt ham diqqatga sazovordir: "Asarning to'rtinchi bobida aytilishicha, Chingizxonning 1225 yili Xorazmshohlar davlatiga qilgan katta harbiy yurishidan qaytishida Sirdaryoning o'ng sohilida katta ov uyushtirdi. o'shanda xon tarafidan buyruq bo'ldiki, "Arqoni
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
davlat va boshqa askarlar. Ulaming har biri o'z qadri va mavqeiga muvofiq ov maydonida biron o'ijani qo'lga kirita olsinlar. Tirik ovlarga o'z tamg'alarini bosib, so'ng qo'yib yuborsinlar. Bu fakt mo'g'ul imperiyasida nafaqat er suv, balki ov qilinadigan qo'riqxonalar va undagi jonivorlar ham feodallarga biriktirib qo'yilganligini ko'rsatadi. Shuningdek, turk-mo'g'ul jamiyatida mavjud bo'lgan feodal munosabatlar haqidagi tasawurimizni bir qadar kengaytirishga yordam beradi yoki Chingizxonning shu qadar tez vaqt ichida ko'p mamlakatlar, xususan o'sha zamonning eng qudratli davlatlaridan Xorazm imperiyasi ustidan g'alabasini ta'minlagan. Siyosatini xarakterlovchi mana shu misol ham diqqatga sazovordir. "Sohibqironi a'zam Chingizxoni muazzam, - deb o'qiymiz, - ushbu asarda biror dinu millatga yon bosmagan. Bir millatning ikkinchi bir millat ustidan ustunligi taasubidan o'zini nari tutardi. Musulmonlar toifasining ulamo va zoxidlarini e'zoz ko'rardi". YAna bir muhim misol: "Odam Ato zamonidan bugungi kungacha biron podishohning sipohi turklarnikidan mufassal bo'lmagan". Faqat turklarning bir o'zidan tuzilgan katta-katta harbiy qismlar Chingizxonning Movarounnahr, Afg'niston, Hindiston, Eron, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlarga qilgan yurishlarida faol ishgtirok etganlar.
Asarda uchragan "Chingizxon Jo'jixonni Barchin shaharini olish uchun bir tuman turkiy lashkar bilan jo'natdi".
"Turklar bilan bo'lgan jangu jadalda Turkon xotun avlodi bilan asir olingan
edi".
"Koshin yurtining tanqutlarini turk otlarining oyog'i ostiga tashladilar"
"Hindistonnning ob-havosi turklarning mijoziga to'g'ri kelmay, ko'pchilik kasalga chalindi" kabi parchalarni uchratamiz [8, 63-67-bb ].
Asarning to'rtinchi bobi - Chingizxonning Ulug' yurt, ya'ni mo'g'uliston bilan SHimoliy Xitoyni idora qilgan bevosita vorislari tarixiga bag'ishlanadi va o'qtoy qoon zamonidan to Arik Buko avlodi O'rdoy qoongacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Ayniqsa, Chingizxon vafotidan keyin to Amir Temur zamonigacha Mo'g'ulistonda hukmronlik qilgan 21 hukmdordan 17 tasining tarixi qisqacha bayon qilinadi. Muhimi shundaki, Rashiduddin ulardan beshtasi (o'qtoy, Chig'atoy, Guyukxon, Manguxon, Hubiloy qoon)ning nomini [8, 7-64-bb.; 114-122-bb.; 128-148-bb.; 152-213-bb.], "Muqaddima-yi Zafarnoma" muallifi SHarafuddin Ali Yazdiy ulardan faqat 14 tasini nomini keltirgan xolis.
Beshinchi bob CHingizxonning to'ngich o'g'li Jo'chixon naslidan bo'lgan 33 xon zamonida Dashti Qipchoqning tarixidan hikoya qiladi. Voqealar bu bobda ham juda qisqa tarzda bayon etilgan. Lekin shunday bo'lsa ham diqqatga sazovor ma'lumotlarni ko'plab uchratish mumkin.
Research BIB / Index Copernicus
Asarning oltinchi bobi - Eron bilan Ozarbayjon ustidan qariyb bir asr mobaynida hukmronlik qilgan Elxoniylar davlati, shuningdek, Arpaxon davrida (1335-1336) nufuzi orta boshlagan. CHo'poniylar va Jaloiriylar tarixini o'z ichiga oladi. Bu bobda Elxoniylar davlatining ichki ahvoli va tashqi siyosat iga oid bir talay ma'lumotlar keltirilgan.
Asarning eng muhim qismi - uni ng etinchi bobidir. Unda CHig'atoy ulusining CHingizxon zamonidan (1227 y.) to Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi (1370 y.) gacha bo'lgan tarixi hikoya qilinadi.
Ma'lumki, Chig'atoy ulusining qariyb 150 yillik tarixi o'rganilmagan. Bu haqda qo'lyozma manbalarda etarli ma'lumotlar bo'lmasligi bunga asosiy sababdir. Chig'atoy ulusida hukmfarmonlik qilgan xonlar haqida juda qisqa ma'lumotlar SHarafuddin Ali YAzdiyning "Muqaddimayi zafarnoma"sida, Mahmud ibn Valining "Bahr ul-asror"ida ham keltirilgan. Lekin "Tarix-i arba' ulus" ularga nisbatan bir qadar to'laroq. Unda ulusda hukmronlik qilgan Chig'atoy va o'qtoy qoon naslidan bo'lgan 33 xonning tarixi qisqa tarzda bayon etilgan.Asarda ko'zga tashlangan eng katta va ko'p xato - bu mo'g'ulcha va xitoycha nomlarning ba'zi o'rinlarda to'g'ri yozilmaganligidir.
Ayrim hollarda voqealarning sanalari buzib ko'rsatilgan. Masalan, elxoniylardan G'ozonxonning Misr bilan bo'lgan urushi vaqti uch erda - uch xil: 699, 708 va 703 deb ko'rsatilgan.
"To'rt ulus tarixi" asaridan davlat va undagi qoonlarning boshqaruv uslubi, etnik qavmlar haqida keng ma'lumotlar olish mumkin. O'g'uzxon davrida amalda bo'lgan saroy qabul marosimlari tartibi, turk qo'shinining tuzilishi, ulus tizimi, usmonli turk sultonlarining shajarasi shular jumlasidandir. Asarda keltirilgan turklar va mo'g'ul qavmlari haqidagi ma'lumotlardan ko'rinishicha, ular bir-biriga shu qadar yaqin darajada istiqomat qilganlarki, hatto shajaralari ham aralash-quralash bo'lib ketgan. Bu holni biz Rashiduddinning asarlarida va mashhur nemis sharqshunosi Gerxard Doyorferning "Yangi fors adabiyotida turk-mo'g'ul elementlari" degan to'rt jildlik izohli lug'atida ham yaqqol ko'ramiz.
Shuningdek, turk-mo'g'ul xalqlarining afsonaviy onasi Alanquva va undan tarqalgan avlod, ya'ni podsholar (Buzunjor qoon, Buqoxon, Dutuminxon, Qobulxon, Boysung'urxon, Barton bahodir, YAsugay bahodir) tarixi bayonida ham ilm-fan uchun muhim ma'lumotlar uchraydi. Turk-mo'g'ul qavmlarining birgalikda, aralashib yashab kelganligi Turk diyori va uning boshqa qavmlari orasida tutgan mavqe'i, oddiy xalqning erga, aniqrog'i, o'z hukmdoriga biriktirilganligi, VIII asrda jaloir qavmi boshliqlarining kuchayib ketishi haqidagi ma'lumotlar shular jumlasidandir.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Research BIB / Index Copernicus
"Tarix-i arba' ulus" asarida jahongir Chingizxon tarixi bayon etilgan. Bu erda keltirilgan ma'lumotlar ichida e'tiborga moliklaridan mo'g'ul qo'shinlarining tuzilishi, Chingizxonning oq rangdagi to'qqiz poyali tug'i, qurultoy va boshqa qabul marosimlarida amalda bo'lgan tartib-qoidalar, turk eli, ya'ni, naymanlar, qariliqlar, uyg'urlar yoso hamda yusun haqidagi ma'lumotlar muhim ahamiyat kasb etadi.
Chingizxon zamonida turk-mo'g'ul qavmlari daha (o'nlik), sada (yuzlik), xazora (minglik) va tuman (o'n minglik)larga bo'lingan. Chingizxon zamonida "hech kim, - deb aytiladi "Tarix-i arba' ulus"da, o'z dahasi va sadasi va xazorasidan boshqa joyga keta olmagay va boshqaning panohiga o'ta olmagay. Bunga xilof ish tutganlarni xalq oldida qatl etadilar, toki boshqalarga ibrat bo'lsin. Bu xususda "Tarix-i arba' ulus" muallif keltirgan mana bu fakt ham diqqatga sazovordir: "Asarning to'rtinchi bobida aytilishicha, CHingizxonning 1225 yili Xorazmshohlar davlatiga qilgan katta harbiy yurishidan qaytishida Sirdaryoning o'ng sohilida katta ov uyushtirdi. o'shanda xon tarafidan buyruq bo'ldiki, "Arqoni davlat va boshqa askarlar. Ularning har biri o'z qadri va mavqeiga muvofiq ov maydonida biron o'ljani qo'lga kirita olsinlar. Tirik ovlarga o'z tamg'alarini bosib, so'ng qo'yib yuborsinlar. Bu fakt mo'g'ul imperiyasida nafaqat er suv, balki ov qilinadigan qo'riqxonalar va undagi jonivorlar ham feodallarga biriktirib qo'yilganligini ko'rsatadi. SHuningdek, turk-mo'g'ul jamiyatida mavjud bo'lgan feodal munosabatlar haqidagi tasavvurimizni bir qadar kengaytirishga yordam beradi yoki Chingizxonning shu qadar tez vaqt ichida ko'p mamlakatlar, xususan o'sha zamonning eng qudratli davlatlaridan Xorazm imperiyasi ustidan g'alabasini ta'minlagan. Siyosatini xarakterlovchi mana shu misol ham diqqatga sazovordir. "Sohibqironi a'zam Chingizxoni muazzam, - deb o'qiymiz, - ushbu asarda biror dinu millatga yon bosmagan. Bir millatning ikkinchi bir millat ustidan ustunligi taassubidan o'zini nari tutardi. Musulmonlar toifasining ulamo va zoxidlarini e'zoz ko'rardi" YAna bir muhim misol: "Odam Ato zamonidan bugungi kungacha biron podishohning sipohi turklarnikidan mufassal bo'lmagan" Faqat turklarning bir o'zidan tuzilgan katta-katta harbiy qismlar CHingizxonning Movarounnahr, Afg'niston, Hindiston, Eron, Ozarbayjon va boshqa mamlakatlarga qilgan yurishlarida faol ishgtirok etganlar.
Asarda uchragan "CHingizxon Jo'jixonni Barchin shaharini olish uchun bir tuman turkiy lashkar bilan jo'natdi"
"Turklar bilan bo'lgan jangu jadalda Turkon xotun avlodi bilan asir olingan
edi".
"Koshin yurtining tanqutlarini turk otlarining oyog'i ostiga tashladilar"
Research BIB / Index Copernicus
"Hindistonnning ob-havosi turklarning mijoziga to'g'ri kelmay, ko'pchilik kasalga chalindi" kabi parchalarni uchratamiz.
O'qtoy qoon zamonidan to Arik Buko avlodi O'rdoy qoongacha bo'lgan davrda ham ko'p xabarlarni olish mumkin. Ayniqsa, CHingizxon vafotidan keyin to Amir Temur zamonigacha Mo'g'ulistonda hukmronlik qilgan 21 hukmdordan 17 tasining tarixi qisqacha bayon qilinadi. Muhimi shundaki, Rashiduddin ulardan beshtasi (O'qtoy, Chig'atoy, Guyukxon, Manguxon, Hubiloy qoon)ning nomini [9, 152-b.], "Muqaddima-yi Zafarnoma" muallifi SHarafuddin Ali YAzdiy ulardan faqat 14 tasini nomini keltirgan xolos. Shuningdek, "To'rt ulus tarixi" asarida CHingizxonning to'ngich o'g'li Jo'chixon naslidan bo'lgan 33 xon zamonida Dashti Qipchoqning tarixidan hikoya qilinadi. Voqealar juda qisqa tarzda bayon etilgan. Lekin shunday bo'lsa ham diqqatga sazovor ma'lumotlarni ko'plab uchratish mumkin.
Eron bilan Ozarbayjon ustidan qariyb bir asr mobaynida hukmronlik qilgan Elxoniylar davlati, shuningdek, Arpaxon davrida (1335-1336) nufuzi orta boshlagan. Cho'poniylar va Jaloiriylar tarixini o'z ichiga oladi. Bu bobda Elxoniylar davlatining ichki ahvoli va tashqi siyosat iga oid bir talay ma'lumotlar keltirilgan.
Asarning eng muhim qismi - uning etinchi bobidir. Unda Chig'atoy ulusining Chingizxon zamonidan (1227 y.) to Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi (1370 y.) gacha bo'lgan tarixi hikoya qilinadi.
XULOSA
Ma'lumki, Chig'atoy ulusining qariyb 150 yillik tarixi o'rganilmagan. Bu haqda qo'lyozma manbalarda etarli ma'lumotlar bo'lmasligi bunga asosiy sababdir. Chig'atoy ulusida hukmfarmonlik qilgan xonlar haqida juda qisqa ma'lumotlar Sharafuddin Ali Yazdiyning "Muqaddimayi zafarnoma"sida, Mahmud ibn Valining "Bahr ul-asror"ida ham keltirilgan. Lekin "Tarix-i arba' ulus" ularga nisbatan bir qadar to'laroq. Unda ulusda hukmronlik qilgan Chig'atoy va o'qtoy qoon naslidan bo'lgan 33 xonning tarixi qisqa tarzda bayon etilgan. "To'rt ulus tarixi" asarining bugungi kundagi ahamiyati juda kattadir. SHu paytgacha qoonlar tarixi haqida yaratilgan bironta asar yo'qki, turk-mo'gul va tatarlar qavmiga oid ko'plab ma'lumotlarni olish mumkin. Ayniqsa, o'sha davrda tuzning kashf etilishi, Mahmud Torobiyning sehrgarlik va tabiblik sohasidagi qilgan ishlari asarni o'qi yotgan kishida yanada qiziqish uyg'otadi. Ushbu asar haligacha to'liq nusxada topilgan bo'lmasada, tarixiylik nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi. Asarni to'liq nusxasini izlab topish va ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish bugungi kunda davom etmoqda.
Research BIB / Index Copernicus
ADABIYOTLAR (REFERENCES)
1. Ahmedov A. Ulug'bek. - Toshkent, 1994.
2. The Shajarat ul-Atrak, or Geneological Tree of the Turks and tatars, transl and-abrid. By Glonel Milles, London, 1832, b. 182a.
3. Tarix-i arba' ulus. Britaniya muzeyi qo'lyozmasi. Inv. № ADD 26190, v. 121a.
4. Ulus-i arba'-yi Chingiziy. Britaniya muzeyi qo'lyozmasi, inv. № ADD 26190, v.
5. Tarix-i Rashidiy. O'zbekiston FA Sharqshunoslik instituti qo'lyozmasi, № 1430, v. 85a
6. Ahmedov B., Norqulov N., Xasaniy M. To'rt ulus tarixi. Toshkent, Cho'lpon, 1994. - B. 6.
7. Gerhard Doerfer, Turkiqche und Mongoliqche clemente im Neuperqchen Literature, Wieqbaden, 1963-1975.
8. Masharipova G.K. Mirzo Ulug'bek davridagi tarixiy jarayonlar va allomaning ilmiy merosi. // Mirzo Ulug'bek merosi va hozirgi zamon mavzusidagi Respublika ilmiy konferensiyasi materiallari. - Toshkent, 2014. - 63-67-bb.
9. Сборник летописей. Т.II. - Москва - Ленинград, 1960, с. 7-64, 114-122, 128-148, 152-213.
182 a.